1- mavzu.“Мehmonxona xo’jaligi marketingi” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Download 3,49 Mb.
bet116/137
Sana30.03.2022
Hajmi3,49 Mb.
#519631
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   137
Bog'liq
МEHMONXONA XO’JALIGI MARKETINGI

Onlayn-reklamaning rivojlanishi
Butunjahon o‘rgimchak to‘ri(WWW)da reklama kontenti tez suratlar bilan o‘sib bormoqda, ayniqsa turizm va mehmonxona xo‘jaligida marketing kommunikatsiyalari sohasida asosiy vosita sifatida qo‘llanilmoqda. 2000 yilda internet-reklamaning o‘sish surati birmuncha pasaydi, 2003 yilda asosiy harajatlar reklamaga sarflandi. Ayniqsa Angliyala bu 136.4% o‘sdi. Bu internet reklama turlarining rivojlanishi, pullik xabarlar va homiylik reklamalari bilan bog‘liqdir. The Communications Market 2006, keynote, 2007:5). Shundan so‘ng 2004 yilda 77%, 2005 yilda 65% va 2006 yilning birinchi yarmida 2005 yilning shu davriga nisbatan 40% o‘sdi. Shunga qaramasdan o‘sish suratining pasayishi ushbu raqamlar internetning tez rivojlanayotgan reklama etuvchi vosita ekanligidan dalolat beradi. Bu o‘z navbatida reklama harajatlarining yildan-yilga pasayib borayotganligini bildiradi. (The Communications Market 2006, keynote, 2007:5). Internet-reklama Byurosi (IAB)ning ta’kidlashicha, internet-reklama Angliya reklama industriyasida 2006 yilda 11.4% ulushga ega bo‘lgan Price Waterhouse Coopers [PwC], Global Entertainment and Media Outlook 2006-2010, cited from www.iabuk.net); bu o‘sish surati iste’molchilarning talabiga to‘liq mos kelmasligi va kam tadqiq etilganligiga qaramasdan saqlanib qolmoqda. Ayrim tadqiqotchilarning ma’lumotiga ko‘ra iste’molchilarning reklama agentliklari bilan hamkorlikda onlayn reklama ishlab chitqishda ishtirok etishi ularning iste’mol xulq-atvori va iste’molchi ustanovkalarining shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatar ekan (Wu et al. (2008)).


Buyuk Britania internet-reklama bozori
Internet-reklamaning qiymati juda katta va bu tez suratlar bilan muntazam ravishda o‘sib bormoqda. Chunki kundan-kunga yangi marshrutlar, foydalanuvchilarning internet imkoniyatlaridan foydalanishlari, foydalanuvchilar turmush tarzi(harid, ehtiyojlari, istak-hohishlari)ning internetga uyg‘unlashuvi kuzatilmoqda. Bu Yevropa turistik biznesida ham dolzarb masaladir. Ma’lumotlariga ko‘ra 2006 yildan 2010 yilga qadar YEI turagentliklarida onlayn chakana savdo 20% o‘sadi va $69 mlrd yetadi (Euromonitor International).
Angliya reklama industriyasida internet-reklamadan foydalunuvchi eng tez rivojlanayotgan mamlakat hisoblanadi. 2006 yilda internet-reklama harajatlari £2 milliardga teng bo‘ldi. Shu bilan birga internet-reklama harajatlari o‘sishi bilan boshqa OAV harajatlarining pasayishi kuzatilmoqda. 2006 yilda internet reklama harajatlari 7% o‘sdi va boshqa tarmoqlarda esa harajatlar 1% pasaydi (WARC/IAB/PwC, 2007). Reklamaning boshqa turlari bo‘yicha harajatlar ham shu tarzda 1% pasayishga ega bo‘ldi. Haqiqatan ham internet-reklama harajatlari 10% ortiq ulushni egallamoqda. Bugungi kunda internet-reklama harajatlari dunyo bo‘yicha o‘rtacha 5,8% ga teng bo‘lsa, Angliyada 2006 yilning ikkinchi yarmida 12% dan ortiqroq ulushga ega bo‘lgan.
IAB ma’lumotlariga ko‘ra 2006 yilda bannerlar va onlayn homiylik asosida –reklamalar namoyishi 35% o‘sdi. Biroq, bu borada asosiy yetakchi pullik qidiruv bo‘lib 2006 yilda 50% dan ortiqroq o‘sib, £1,2 mlrd. yoki onlayn-reklama harajatlarning deyarli 58% ini tashkil etdi.
Biroq, shuni him alohida ta’kidlash joizki, internet reklama samaradorligi va bozor ulushining sezilarli darajada o‘sishi bilan bir vaqtda uning asosiy sohalari avtomobil, texnika, ko‘chmas mulk va chakana savdo bo‘lib qolmoqda.
Turizm va mehmonxona industriyasi internet-reklama rivojlanishida asosiy sohalardan biri hisoblansada, reklama bozoridagi ulushining o‘sishi boshqa sohalar bilan proporsional o‘sishga erisha olmaydi. Shuningdek ushbu sohada reklama faoliyati u darajada katta bo‘la olmaydi.
IAB ma’lumotlariga ko‘ra muvaffaqiyatning asosiy omili keng polosali internet imkoniyatlaridan foydalanish bo‘lib, multimedia texnologiyasining internetdagi reklamada qo‘llash, ayniqsa video va audio fayllardan foydalanishda namoyon bo‘lmoqda. Bu o‘z navbatida YouTube va MySpace, turizm va sayohat maqsadlarida foydalaniladigan turli aralash saytlar orqali foydalanuvchilar kontentining o‘sishi bilan bog‘liq. (www.iabuk.net).



Misol




Internet texnologiyasining joriy etilishi ommaviy ovqatlanish va mehmondorchilik industriyasi uchun bilvosita munosabatlar sifatida qabul qilinsada, bunday texnologik o‘zgarishlar yordamida ma’lum naflikka erishish mumkin. Ayrim mehmonxona tarmoqlari mavjud texnologiyalar yordamida audio-vizual vositalarni qamrab olgan va maqsadli auditoriyada ijobiy taassurot qoldirishga xizmat qiluvchi dinamik veb-saytlarni yaratishga katta e’tibor qaratadilar. Bu saytga interaktiv va vizual elementlarni qo‘shish imkonini, sayt orqali mehmonxona bo‘ylab virtual sayohat qilish imkonin beradi va mehmonxona uchun qulay muhit yaratib beradi. Mehmonxonalar uchun vositachi-saytlarini yaratish butik-otel yoki mass-market (ommaviy do‘kon) kabi eng ommaviy bo‘lgan mahsulotlarni sotishga qaratilgan bo‘lib, arzonlashtirilgan xonalarni sotish, bron qilishga mo‘ljallanadi (masalan, www.laterooms.com). Bu esa iste’molchilarga sayohat davrida turning turli elementlarini alohida-alohida bron qilish imkoniyatini yaratadi. Onlayn-serverlar yordamida alohida va mukammal turpaketlarni ishlab chiqish elektron vositachilar sonining ortishiga, onlayn yoki offlayn rejimda ishlaydigan yangi mahsulotlar yaratish, yangi turistik mahsulotlarni ishlab chiqish va reklamaning yangi yo‘nalishlarini izlab topish imkonini beradi.





  1. Download 3,49 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish