12 – mavzu. Interaktiv va elektron kommunikatsiya: muammo va yechimlar (strategiyalar)
1. Internetning rivojlanishi. Onlayn-reklamaning rivojlanishi. Buyuk Britania internet-reklama bozori.
2. Onlayn-xulq-atvor. Onlayn xulq-atvor va marketing kommunikatsiyalari.
3. Internet-reklamaning turlari. Tasviriy reklama. Qidiruv marketingi (search marketing). E-mail marketing. Virusli marketing. Hamkorlik marketing. Podkasting. Onlayn Reklama ilovalari. Foydalanuvchi kontenti.
4. Internet-hamjamiyat. Foydalunuvchilar kontenti bilan bog‘liq muammolar. Virtual dunyolar. 5. Internet-marketingning xabarlarni yaratish bilan bog‘liq muammolari
1. Internetning rivojlanishi
Taraqqiy etgan aksariyat kishilar uchun internet paydo bo‘lgunga qadar davrni yoki internetsiz hayotni tasavvur qilish juda qiyin. Internet 1995 yilda AQSH va Yevropaning ayrim akademik foydalanuvchilari uchun mintaqaviy darajada foydalanilgan edi. Dastlabki kunlarda internet texnologiyasi biznes guruhlar uchun o‘z biznesini qaror toptirish, tashkiliy kontentini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan edi. Biroq, elektron tijorat, AKT qo‘llanilishi va joriy etilishining jadal suratlar bilan taraqiy etishi turli davralarda muhokama qilina boshlandi (Buhalis, 2000; Buhalis i zakoni, 2001). Mazkur bobda internet, hisoblash mashinalari rivojlanishi va ulardan foydalanish imkoniyatining kengayishidagi tub o‘zgarishlar va mazkur o‘zgarishlarning turizm va mehmonxona xo‘jaligida marketing kommunikatsiyalari, sayyohatlarni tashkil etishda qo‘llanioishi ko‘rib chiqiladi.
Shaxsiy kompyuterlar va internetning inson faoliyatiga chuqur kirib borishi dunyoning aksariyat qismida mehnat harakteri, bo‘sh vaqt, axborotlardan foydalanish OAVni o‘zgartirib yubordi. Masalan Angliyada Internetdan foydalanuvchi aholi 2000 yilda 30% bo‘lsa, 2006 yilda ikki baravar ortib 60% yetdi. (The Communications Market 2006, keynote, 2007:7).Internetdagi tub o‘zgarishlar keng polosali tarmoqlarni joriy etish bilan amalga oshdi. 2008 yilga kelib Angliyada uy xo‘jaliklarining 65% internet tarmog‘iga ulangan bo‘lsa, shundan 56% (taxminan 8.9 mln) keng polosali tarmoqqa ulangan edi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 5% ortiq edi (Office of National Statistics, 2008). Keng polosali ulanish tarmoqning yuklanishini kamaytiradi va foydalanuvchilarning ko‘proq internet sahifalarini ko‘rish imkonini beradi. Keyingi yillarda keng polosali ulanishning turlari va shakllari soni ortib bormoqda. Bu keng polosali ulanishning imkoniyatlaridan kengroq foydalanish bilan bog‘liq. Internet-reklama Byurosi (IAB), prognoziga ko‘ra 2010 yilda Angliyada uy xo‘jaliklarining 63.5% keng polosali internet tarmog‘iga ulanadi (Price Waterhouse Coopers [PwC], Global Entertainment and Media Outlook 2006-2010, cited from www.iabuk.net). Bu shaxsiy kompyuter xotirasining kengayishi, amaliy dasturlar ishlab chiqishda keskin o‘zgarishga olib keladi. Kundan-kunga musiqa va kino arzon va qulay bo‘lgan kliplarga o‘z o‘rnini bo‘shatib bermoqda, masalan multimedia kontenti aksariyat korxonalar uchun butunjahon o‘rgimchak to‘ri (WWW)da o‘zini namoyish etishda muhim rol o‘ynamoqda.
Bu marketing kommunikatsiyalari turlari va OAVning internet orqali amalga oshishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Mazkur bobda ushbu o‘zgarishlarning turizm va mehmonxona xo‘jaligidagi ahamiyatiga alohida baho beriladi. Bu birinchidan, sohaga oid ayrim internet atamalariga tarif berish, internet reklamaning turli strategiyalarini tahlil qilish, ikkinchidan ushbu strategiyalarning yakuniy samarasi, oqibatlari va jadal suratlar bilan rivojlanib borayotgan xizmatlar sohasining axborot almashinuvidagi ishtirokini yoritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |