1. Xorazm hukmdorlari tomonidan zarb etilgan tangalarda qanday tasvirlar tushirilgan?
1) Tuproqqal’a 2) Anqaqal’a 3) Xorazmning afrig‘iy shohlarining kumush tangalari
a.qo‘lida burgut qo‘ndirilgan tojdor hukmdor
b. qo‘lida lochin tutgan tojdor kishi tasviri c. oldi tarafiga shoh surati, orqasiga esa suvoriy surati
A. 1a, 2b, 3c B. 1c, 2b, 3a C. 1b, 2a, 3c D. 1a, 2c, 3b
2. 456-yilda qanday tarixiy voqealar ro`y bergan?
1. Kidariylar ko‘chmanchi eftallar bilan to‘qnashishi natijasida Shimoliy Hindistonga chekinadilar
2. Eftallar davlati o‘zaro aloqa o‘rnatish maqsadida Xitoyga elchi yuborgan
3. Kidariylar va Sosoniylar davlatlari o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lib o‘tadi
4. Eftallar davlati Turk hoqonligi hamda Eron sosoniylarining zarbasiga uchragan va tamomila barbod bo‘lgan
A. 1, 2, 3 B 3, 4 C. 2, 3 D. 1, 4
3. V asrning ikkinchi yarmi va VI asrning boshlarida Eftallar davlati qaysi hududlarni o`z ichiga olgan?
A. O‘rta Osiyo, Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston
B. Baqtriya, So`g`diyona, Xorazm va Parfiya
C. Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston, Xitoy va Sharqiy Turkiston
D. Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston, Xitoy, Vizantiya va Sharqiy Turkiston
4. Turklar bilan eftallilar o`rtasidagi Buxoro uchun jang necha kun bo`lgan?
A. 8 B.10 C. 15 D. 20
5. Turk xoqonligi tomonidan bosib olingan hududlarni tartib bilan joylashtiring
A. Yettisuv va Sharqiy Turkiston→Sirdaryo va Orol dengizi bo‘ylari→Choch→Samarqand→Buxoro→Naxshab→Kesh
B. Sirdaryo va Orol dengizi bo‘ylari→Yettisuv va Sharqiy Turkiston→Choch→Samarqand→Buxoro→Naxshab→Kesh
C. Yettisuv va Sharqiy Turkiston→Sirdaryo va Orol dengizi bo‘ylari→Choch→Samarqand→Kesh→Naxshab→Buxoro
D. Choch→Samarqand→Kesh→Sirdaryo va Orol dengizi bo‘ylari→Yettisuv va Sharqiy Turkiston →Naxshab→Buxoro
6. Ilk o‘rta asr ganchkorligi san’atining nodir yodgorligi namunalari qayerdan topilgan?
A. Farg‘ona vodiysi Quvadan B. Qo‘rg‘ontepadagi Ajinatepadan
C. Varaxshadan D. Balx shahri yaqinidan
7. Arablar Buxoraga nechanchi yillarda egallaydilar?
A. 1-marta 654-yil, 2-marta 709-yil
B. 1-marta 673 yil, 2-marta 709-yil
C. 1-marta 667-yil, 2-marta 710 yil
D. 1-marta 672 yil, 2-marta 705 yil
8. Qutayba Movorounnahr shaharlarini qaysi yillarda egallagan?
1. Balx viloyati atroflarini, 2. Buxoro, 3. Naxshab va Kesh, 4. Xorazm, 5. Samarqand, 6.Choch, 7 Farg’ona
a. 709-yil, b. 715-yil, c. 712-yil, d. 710 yil, e. 705-yil, f. 711-yil j. 713-yil
A. 1e, 2a, 3d, 4f, 5j, 6c, 7b
B. 1e, 2a, 3d, 4f, 5c, 6j, 7b
C.1a, 2e, 3d, 4f, 5c, 6j, 7b
D.1e, 2d, 3a, 4f, 5c, 6j, 7b
9. Chu daryosidan shimolroqda joylashgan Suyob shahri qaysi davlat poytaxti bo’lgan?
A. O’g’uzlar B. Eftallar C. Qarluqlar D. Yag‘molar
10. Nechanchi yilda Tohir davlat ishlarini mustaqil idora etish maqsadida xalifa nomini xutbadan chiqartirib yuboradi?
A. 813-yilda B. 817-yilda C. 821-yilda D. 822-yilda
11. “Zandanicha” mallarang bo‘zi qayerda to’qilgan?
A. Samarqandning Zardana qishlog’ida
B. Shoshning Zardana qishlog’ida
C. Buxoroning Zandana qishlog‘ida
D. Samarqandning Vador qishlog‘ida
12. Ma’sud G’aznaviy hukmronligining davri tugagan yildan necha yil o’tib G’aznaviylar davlati butunlay tugatilgan?
A. 200 yil B. 144 yil C. 146 yil D. 164 yil
13. Mahmud G‘aznaviy hukmronligining nechanchi yilida Xorazm davlatini o‘z saltanatiga qo‘shib olgan?
A. 10 yili B. 15 yili C. 5 yili D. 20 yili
14. Xorazmdagi ma’muniylar hukmronligi yillarini aniqlang?
A. 995-1017-yillar B. 1017-1040-yillar C. 1040-1127-yillar D. 1127-1156-yillar
15. Nechanchi yilda Chig‘atoy naslidan bo‘lgan Tug‘luq Temur Mo‘g‘uliston xoni etib ko‘tarilgan?
A. 1346-yilda B. 1348-yilda C. 1338-yilda D. 1358-yilda
16. Jaloliddin Hindistondan chiqib o‘z qo‘shini bilan dastlab qayerga boradi?
A. Kirmon B. Sheroz C. Isfahon D. Barcha javoblar to’g’ri
17. Xalifa Nosirning Jaloliddin Manguberdiga qarshi yuborgan qo‘shini qayerda tor-mor keltirildi?
A. Damashq yaqinida B. Bog’dod yaqinida C. Basra yaqinidagi D. Isfahonda
18. Quyida Jaloliddin Manguberdi haqida yozilgan asarlar muallifi bilan to’g’ri berilgan javobni toping
1.“Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Mengburni” 2. “Al-Komil fit-tarix” 3. “Tarixi jahonkushoy” 4.“Ravzatus-safo” 5. “Tarixi arba’ ulus” 6. “Jaloliddin Manguberdi”
a. Mirzo Ulug‘bek b. Ibn al-Asir c. Maqsud Shayxzoda d. Alouddin Atomalik Juvayniy e. Shihobiddin ibn Ahmad an-Nasaviy f. Mirxond
A.1b, 2e, 3d, 4a, 5f, 6c B. 1e, 2b, 3d, 4f, 5c, 6a
C. 1e, 2b, 3d, 4f, 5a, 6c B. 1e, 2d, 3b, 4f, 5a, 6c
19. O‘zbek xalqining asosini qanday etnik guruhlar tashkil etgan?
A. sug‘diylar, baqtriylar, xorazmiylar, farg‘onaliklar, shoshliklar, yarim chorvador qang‘lar, ko‘chmanchi sak-massaget
B. Janubiy Sibir, Oltoy, Yettisuv, Sharqiy Turkiston hamda Volga va Ural daryosi bo‘ylaridan turli davrlarda Movarounnahrga kirib kelgan etnik guruhlar C. Janubiy Sibir, Oltoy, Yettisuv, Sharqiy Turkiston va Movarounnahrda yashagan etnih guruhlar
D. kushonlar, xioniylar, kidariylar va eftallardir
20. Nechanchi asrda Movarounnahr mintaqasida yaxlit turkiy etnik qatlam, turkiy til muhiti vujudga kela boshladi va o‘z navbatida sug‘diylar va boshqa mahalliy etnoslarda ham turkiylashish jarayoni jadallashgan?
A. IX asrda B. X asrda C. XI asrda D. XII asrda
Do'stlaringiz bilan baham: |