Tasviriy reklama Internet-reklama keyingi yillarda dastlabki shakllardagi ko‘rinishda ham jadal rivojlanmoqda. An’anaviy bosma reklamalarning media va onlayn shakli bir nechta harakatlanuvchi tasvirlarni o‘z ichiga oladi. Odatda ular ekranda joylashishiga qarab “banner” yoki “osmono‘par”deb ataladi. Ular “bo‘linib-bo‘linib chiqadigan reklama” yoki “qalqib chiquvchi oyna” shaklda bo‘ladi. Bunday reklama e’lonlari reklama beruvchining saytida xosterga murojaat qilinishi bilan yangi oynada avtomatik tarzda paydo bo‘ladi. “qalqib chiquvchi oyna” keng turlari mavjud bo‘lib, Pop-up shaklda yoki to yopmagunga qadar ochiq turuvchi pop-ander(pop-unders) shaklda ko‘rinadi. Bunday reklama turlari iste’molchilar tomonidan ko‘pincha ularga majburlash xususiyatiga ega ekanligi bois tanqid qilinadi. Ko‘pchilik iste’molchilar bunday reklama kontentlarini maxsus dasturlar yordamida avtomatik tarzda ta’qiqlashni ma’qul ko‘rishadi. Shu bois kompaniyalar iste’molchilar bilan onlayn tarzda aloqa o‘rnatishga asoslangan puxta strategiyalarni o‘ylab topishlariga to‘g‘ri keladi. Keyingi vaqtlarda iste’molchilar bilan kamroq ziddiyatga olib keluvchi va ularning g‘ashiga tegmaydigan reklama shakllari ishlab chiqilmoqda.
Internet va marketing kommunikatsiyalari asosida maxsus reklama atamalari lug‘ati ishlab chiqilgan. IAB (www.iabuk.net) yangi va bugungi kunda kerakli bo‘lgan internet-reklama bo‘yicha glossariy ishlab chiqqan bo‘lib, u zamonaviy tushuncha va atamalar asosida boyitilgan.
Qidiruv marketingi (search marketing) Search marketing - internet qidiruv tizimlarida joylashtirilgan reklamaning umumiy nomidir. Qidiruv reklamasi foydalanuvchilar saytga kirishi bilan ishga tushadi. Masalan, Yahoo, Google, Ask va boshqalar saytga kirishingiz bilan kalit so‘zni kiritishingizni so‘raydi. Qidiruv natijalari foydalanuvchiga homiylik va homiylik qilinmagan ro‘yxat shaklda tasvirlanadi. Reklama ishoratlari reklama beruvchi kompaniyalar tomonidan pul to‘langan ro‘yxatda tasvirlanadi.Ba’zan uni kompaniyalar qidiruv so‘zlarini “harid qiluvchi sayt” “sayt marketingi” ham deb atashadi. Chunki ularning saytlarida foydalanuvchi tomonidan qidirilayotgan so‘zlar maxsus belgi bilan alohida ajratilgan holda qidiriladi va ro‘yxatga kiritiladi.
Boshqa atamasi “klik uchun to‘lov” bo‘lib, bunda kompaniyalar saytdagi ishoratga har bir murojaati (klik) uchun haq to‘lashadi.
Qidiruv marketingi o‘ziga xos raqobat arenasi hamdir. Bunda kompaniyalar o‘z tovar va xizmatlari to‘g‘risidagi “kalit so‘z(qidiruv so‘z)”ni qidiruv tizimlariga kiritish uchun homiylik qilishlari mumkin. Shuning uchun reklama beruvchilar biznes uchun dolzarb bo‘lgan qidiruv tizimlarida pullik asosida joylashtirishga harakat qilishadi. Qidiruvni optimallashtirish SEO (search engine optimization) bu kompaniya saytini eng taniqli bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan jarayon bo‘lib, qidiruv natijalariga ko‘ra kompaniya qidiruv tizimlari uchun haq to‘laydi. Bu “paid inclusion”deb ataladi. Qidiruvni optimallashtirish(SEO)da kompaniya saytiga yo‘naltiruvchi ishorat qidiruv chog‘ida doimiy ravishda ko‘rinib turadi. Ayrim hollarda buning imkoniyati bo‘lmasada, kompaniya nomi atamalarning statistik ahamiyatini tartibga solishda eng ko‘p qidirilgan so‘z sifatida ham ko‘rinib turishi mumkin.
Misol
www.travelocity.co.uk sayti Angliyada ikki marotaba Google AdWordsdan buyurtma oldi.
Onlayn-sayyohlik bozorida bu kompaniya eng ommaviy internet turistik xizmatlar sayti hisoblanali.Kompaniyada saytlari dunyoning 4 ta qit’asida 40 millionga yaqin foydalanuvchiga ega va 10 ga yaqin aviakompaniya, mingdan ortiq mehmonxona va kruizlar, turpaketlar va avtomobillar ijarasi bo‘yicha ko‘plab saytlardan foydalanish imkoniyatiga ega. Angliya hududida travelocity (www.travelocity.co.uk) sayti bilan offlayn tarzda ishlaydigan Klondayk (Klondike) media agentligi internet-marketing, media-rejalashtirish va harid qilish va “kalit so‘zlar” bo‘yicha reklama berish bilan shug‘ullanadi.
Approach
Klondayk (Klondike) media agentligining mijozlar bilan ishlash bo‘yicha direktori Djoshua Krichevski (Joshua Krichefski) so‘zlariga qaraganda “bugungi kunda sayyohatlarni mavsumiy yoki doimiy deyish juda mushkul. Bugungi kunda kishilar o‘z dam olish kunlari yoki mehnat ta’tillarini maroqli o‘tkazish uchun bron qilishadi. Bunda ular ko‘proq internet-qidiruv tizimlaridan ko‘proq foydalanishmoqda. O‘sib borayotgan axborotlarni qayta ishlash va ularga mos yo‘nalishni tanlash, pullik reklama saytlaridan foydalanish bugungi kunda travelocity mijozlari uchun ham juda muhim”.
Djoshua Krichevskining fikricha, Google keyingi yillarda Angliya internet-reklama bozorida yirik ishtirokchilardan biriga aylandi. Bu sayohat bo‘yicha qidiruv so‘rovlarining ulkan hajmi, biz uchun maqsadli auditoriya hisoblangan ko‘p sonli foydalanuvchilar va bizning ulkan jamoamiz uchun Angliyada Google orqali reklama berishga harakat qilishimiz shart,- deydi u.
Klondayk travelocity uchun AdWords™ yordamida sinov dasturini o‘tkazdi. “biz Googleni, travelocity sayti servisi uchun barcha qidiruv sharoitlarini aniqlashga yordam berish haqida xabardor etdik. Imkoniyatlarimizni hisobga olgan holda reyslar, avtomobillar ijarasi, mehmonxona, bayram va dam olish vaqtlarini hisoblab chiqdik, - deydi Krichevski. “biz travelocitysaytining Spotlight teglarini qayta sozlab chiqdik. Birgina klik orqali barcha komandalar ushbu tegdagi biz harid qilgan “kalit so‘z (qidiruv so‘z)”lariga yo‘naltiriladi. Shu tarzda biz doimiy ravishda “kalit so‘z (qidiruv so‘z)” yordamida tushgan buyurtmalarni kuzatib turishimiz mumkin. O‘zimizning nufuzimiz, tushgan buyurtmalar o‘z vaqtida mijozlarga yetib borishini ta’minlash uchun doimiy ravishda o‘z takliflarimizni, har bir klik uchun to‘lov miqdorini muntazam ravishda o‘zgartirib turdik.”
Natija Krichevskining so‘zlariga qaraganda Klondayk media agentligining asosiy ishi “sayt orqali buyurtmalarni televideniya, radio, bosma va offlayn reklama orqali qilish mumkin bo‘lgan eng kam bron qilish narxlarida yetkazib berishga erishilgan.
Istochnik: http://www.google.co.uk/ads