I BOB. BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA DAVLATNING IQTISODIY ROLI VA VAZIFALARI
Iqtisodiyotni tartibga solishning bozor va davlat mexanizmlari
Bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan va rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga solishning ikki: davlat va bozor mexanizmlari yuzaga keldi. Fanning maqsadi – davlat va bozor mexanizmlarining o’ziga xos xususiyatlarini yoritishdan iborat. Ular hayotda aralash va o’zaro aloqadorlikda uchraydi. Ularning optimal aloqadorlikda bo’lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Fanning vazifasi iqtisodiyotni boshqarishda bozor munosabatlari bilan birgalikda davlat mexanizmini qabul qilgan sohalar va shakllarini ko’rsatish, iqtisodiyotni boshqarishda davlatning o’rni haqidagi turli konsepsiyalarni tahlil etishdir.
Bozor – insoniyat taraqqiyotining buyuk yutuqlaridan biri. Uning rivojlanishi uzoq yo’lni bosib o’tgan: bu jarayon kichik-kichik ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o’rtasidagi aloqalar sifatidagi oddiy shakllaridan boshlab to zamonaviy ishlab chiqarish faoliyatining barcha shakllari, jamiyat iqtisodiy subyektlari o’rtasidagi rivojlangan iqtisodiy munosabatlari, ijtimoiy mahsulotni yaratishdan to uni iste’mol etishgacha bo’lgan davrni qamrab oladi.
Bozor – bu turli ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish ko’rinishidagi faoliyatlarni muvofiqlashtiruvchi murakkab mexanizmdir. Bunda ijtimoiy mehnat taqsimoti va xususiy mulkchilik bozorni hal etuvchi shartlari bo’lib hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik faoliyatining erkinliklari, ishlab chiqaruvchilarning moddiy manfaatdorliklari raqobatga undovchi asosiy kuch bo’lib hisoblanadi.
Ma’lumki, bozorning muhim elementi bu narx va uning darajasi bo’lib, bu ishlab chiqaruvchi uchun ham, tadbirkor uchun ham va xaridor uchun ham muhim ko’rsatkich hisoblanadi.
Bozor tizimi ishlab chiqaruvchilar va xaridorlarni qaror qabul qilishlarida egiluvchanlik va moslashuvchanlik jihatlarini yuqori ekanligi bilan tavsiflanadi. Bozor ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o’rtasidagi aloqalarni boglaydi. Tarmoqlar o’rtasida resurslami samarali taqsimlanishida, talab va taklif mutanosibligini ta’minlashda bozor mexanizmi qulaydir.
Jamiyat iqtisodiyotining rivojlanishida, ijtimoiy mehnat taqsimotida, davlatlararo aloqalarning kengayishida, iqti sodiyotning tarkibiy qismlari o’rtasidagi aloqalami tartibga solish kabi iqtisodiy jarayonlarda bozor mexanizmining tartibga solish imkoniyatlari chegaralanganligi namoyon bo’ladi. Bunga iqtisodiyotda yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz davri qarama-qarshiliklarini misol keltirish mumkin. 1929— 1933-yillarda sodir bo’lgan jahon iqtisodiy inqirozi yaqqol misol bo’la oladi.
Bozor mexanizmi bajara olmaydigan va tartibga sola olmaydigan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining vazifalari mavjud. Sanoat rivojlanishida erkin raqobat asosida ishlab chiqarish kuchlari nafaqat yakka tartibdagi xususiy muLk doirasida o’smoqda, balki jamoa (aksionerlikjva boshqa mulk- chiiik shakllarining roli ham ortib bormoqda. Biroq. davlat iqtisodiyotning yirik tarmoqlarini o’z zimmasiga olishga, ularni rivojlantirishga va tartibga solishga majbur bo’lmoqda. Masalan: temiryo’l, telegraf, pochta. mudofaa va h.k. Bozor mexanizmi bajara olmaydigan ijtimoiy vazifalar ham mayjud. Bundan tashqari, bozor munosabatlari asosidagi ba’zi faoliyat natijalariga davlatning aralashuvi ehtiyoji tug’iladi.
Bu, awalambor, iqtisodiyotni makro darajada tartibga solishda, aholining ma’lum qismini ijtimoiy himoya qilish va ularga yordam ko’rsatishda (ishsizlarga, tug’ma nogironlarga), pensiya ta’minotida, mudofaani ta’minlashda, ekologik mu- ammolami hal etishda, ijtimoiy tartibni saqlashda, pul muomalasini tartibga solishda, iqtisodiy takror ishlab chiqarish sikliga ta’sir etishda, Fundamental ilmni rivojlantirishda davlat aralashuviga zarurat tug’iladi. Tashqi iqtisodiy aloqalami dav- lat aralashuvisiz tartibga solib bo’lmaydi. Bozor mexanizmj jamiyat manfaatlarini himoya etish. uzoq davrli ijtimoiy muammolami va mamlakailaming o’zaro aloqalarida yuzaga keladigan muammolami bartaraf eta olmaydi.
Davlat bozor mexanizmi bajara olmaydigan bir qatot iqtisodiy vazifalami bajaradi. Ular quyidagilardir:
mamlakatning ijtimoiy - iqtisodiy xavfsizligini va milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini ta’minlash;
barqarorlashlirish vazifalari (pul muomalasini tartibga solish, inflatsiyani oldini olish va h.);
qonuniy tartibga solish vazifasi;
muvofiqlashtirish vazifasi;
ijtimoiy yo’naltirilgan vazifasi;
-. - taqsimlash;
Yuqoridagilarning barchasi hoziigi zamon iqtisodiyotidh bozor mexanizmi orqali iqtisodiyotni tartibga solish qanchalik zarur bo’Isa, davlat mexanizmini shunchalar zarur ekanliginj ko’rsatadi. Eng muhimi, iqtisodiy jarayonlami tartibga solish- da har ikkala mexanizmlami afzal jihatlarini birlashtirishdir, Bu esa iqtisodiyotni ratsionai boshqarishdagi muhim vazifa^ lardan biri hisobjanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |