II BOB. IQTISODIYOTNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHNING NAZARIY ASOSLARI
2.1. Iqtisodiyotni tartibga soliskda davtatning roli haqida merkantilizm va fiziokrat maktabiari namoyandalarining nazariy qarashlari
Dastlabki iqtisodiy nazariyalar kapitalizmning boshlang’ich davriga to’g’ri keladi (XV—XVII asrlar), Bu davrda merkantil- istlar jamiyat boyiigi muomala sohasida yaratiladi, millat boyligi esa pul miqdori bilan aniqlanadi degan fikmi ilgari surishadi. Merkantilizm — bu iqtisodiy nazariyadagi birinchi maktab bo’lib, uning mashhur namoyandalaridan biri Tomas Men hisoblanadi (1571—1641-y.).
Merkantilizm kapitalni dastlabki jamg’arilishi davriga xos bo’lib, savdo burjuaziya manfaatlarini ifoda etadi. Mcrkan- tilizmga ikki xususiyat xosdir: 1) boylik pul bilan ifodalanadi (davlat qancha ko’p pulga ega bo’lsa, u shuncha badavlat hisoblanadi) 2) davlat hokimiyati yordaniida pul boyliklarini jamg’arishga erishish mumkin. Ushbu maktab namoyandalari mamlakatga olib kirilgan va olib chiqilgan tovarlar o’rtasidagi farqning (aktiv savdo balansi) yuqoriligi bilan davlat boyligi oshadi va davlat akliv savdo balansida siyosiy ishlami olib borishi zanir, deb hisoblashadi. Davlat mamlakatdan Tovar- larni olib chiqishni rag’batlantirish va mamlakatga tovariar olib kirishni cheklash, ba’zi tovarlami esa olib kirilishini taqiqlash bilan proteksionizm siyosatini yuritishi lozim. Bunda quyidagi tamoyil olg’a suriladi: chet eldan arzon bahoga sotib olish, boshqa davlatlarga qimmatroq sotish.
Merkantilizm maktabi «Siyosiy iqtisod» atamasining paydo bo’lishi bilan bog’liq. U fransuz merkantilisti A.Monkretton- ning 1615-yilda chiqqan «Siyosiy iqtisod traktlari» kitobiga kiritilgan edi. Merkantilistlar birinchi bo’lib iste’mol qiymatini emas, balki almashinuv qiymatini boylik deb e’lon qildilar.
Keyingi iqtisodiy maktab fiziokratlar edi. Ushbu mak- tabning eng ko’zga ko’ringan namoyandasi — F.Kene (1694— 1774-y.J. Uning xizmati: fiziokratlar muomala sohasini tahlil etishdan ishlab ehiqarishni tahlil etishga tomon burihsh yasadi. Faqat ular qishloq xo’jaligi bilan chegamlanishdi. Kene ekvivalent ayirboshiash ta’limini olg’a surdi va savdodagi ayir- boshladan hech qanday boylik yaratilmasligini va ayirboshlash hech narsa ishlab chiqarilmasligini isbotladi.
F.Kene -stabiiy tartiblanish* holatini. ya’ni bozor narxining beqaror tebranishi, erkin raqobat va ba’zi hollarda davlat aralashuvi asosida iqtisodiyotni rivojlatirishni olg’a surdi. Fizi- okratlar iqtisodiy rivojlanish o’zida tabiiy jarayonni namoyon qilishi. qonunlarga amal qilinishi va odamlar ta’siridan holi bo’lishini lozim deb bilishdi. Bu ulaming mutlaq yutuqlari edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |