2.3. 1929-1933-yillardagi iqtisodiy liberalizm nazariyasining inqirozi
Iqtisodiy inqiroz bozor mexanizmining o’zi iqtisodiyotni tartibga soluvchi va barqarorlashtiruvchi yagona mexanizm bo’la olmasligini ko’rsatdi. Iqtisodiy liberalizm konsepsiya- sining ta’siri zaiflashdi. 1929—1933-yillarda bo’lib, o’tgan iqti- sodiy inqiroz davrida ishlab chiqarish sur’ati 45 % ga pasaydi, ishsizlik darajasi oshib ketdi va h.k. Asosan 1929—1933- yillardagi inqiroz o’zgaruvchan sharoitda bozor davlatning aralashuvisiz ishiab chiqarishni tartibga’ solishga va resurslardan samarali foydalanishni ta’minlash imkoniyatiga ega emasligini ko’rsaidi.
Ingliz iqtisodchisi Dj.M.Keyns (1883—1946) taklif etgan konsepsiya iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli haqidagi qarashlarning rivojlanishida yangi va muhim bosqichi hisoblanadi. U bozor iqtisodiyotida davlatning roli haqidagi klassik qarashlarda keskin burilish yasadi. U tartibga solishning bozor mexanizmi bilan uyg4unlashtirilgan iqtisodiyotda dav- latning aralashuvisiz iqtisodiyot samarali rivojlana olmasligini kohsaiih berdi. Keyns konsepsiyasi o’sha davrdagi xojaiik tizimini halokatli larzalardan saqlab qolishga qaratilgan edi.
U iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning o’miga klas- sik(iqtisodiy liberalizm) qarashlarda buriUsh yasadi. Iqtiso- diyotni rivojlanishida bozor va davlatning roli, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning zarurati haqidagi Keyns qarashlari iqtisodiy rivojlanishda davlatning roli haqidagi qarashlarda Keyns inqilobi nomini oldi.
Kcyns iqtisodiy modeining mazmunini «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi* (1936-y.) asarida yoritib berdi. Bu tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti doktrinasi edi. U bozor iqtisodiyoti «kasai» uni davolash lozim, deb hisoblaydi.
«Kcyns inqilobi* jarayonida olg’a surilgan g’oya klassik siyosiy iqtisodchilami qarashlarida bozor iqtisodiyotiga qarash- larida burilish yasadi. Keyns yalpi talab va taklifhi takomil- lashtirishda davlat siyosatidan tbydalanmasdan turib ishlab chiqarish inqirozidan chiqish mumkin emasligini ko’rsatib bcrdi.
Jami talabni pul-kredit va moliya mcxanizmlari orqali davlat tomonidan tartibga solish - Keyns g’oyasining asosini tashkil etadi. Keyns ta’limotidagi asosiy tezis: - talab taldifni belgdaydi.
Ishsizlikni va resurslardan to’liq foydaianilmaslikni qisqar- tirish uchun esa davlat o’zining xarajatlarini kengaytirish yo’li bilan talabni rag’batlantirishi, kam foizli soliq tizimi orqali xususiy investitsiyani rag’bailarnirishi lozim.
Keyns modeli narxlar va ish haqlari qisqa davr ichida sekin o’zgarishi bilan klassik modcldan farqianadi. Keyns Seyning taklif shaxsiy talabni yuzaga kelliradi degan qonunini rad etdi. Keynsjami talab jami takiifni yuzaga keltiradi, degan fikrni ilgari suradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |