Texnologiya fanida ekskursiyalarni tashkillashtirish



Download 31 Kb.
Sana23.06.2022
Hajmi31 Kb.
#698042
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)


TEXNOLOGIYA FANIDA EKSKURSIYALARNI TASHKILLASHTIRISH
Reja:
Ekskursiya darslari va ularni amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Ekskursiyalarning darsdan tashqari mashg‘ulotlarda tutgan o‘rni.
Mehnat ta’limida ekskursiyalarni amalga oshirish metodikasi.

O‘rganilayotgan mavzuning mazmuniga bog‘liq bo‘lgan narsa, hodisa va voqealarni hamma vaqt sinf sharoitida namoyish qilish mumkin bo‘lmaydi. Shuning uchun ham o‘tilayotgan mavzuning xarakteriga qarab, ekskursiya darslaridan foydalaniladi. O‘z mohiyatiga ko‘ra ekskursiyalar ta’limning yordamchi shakllari sanaladi. Ular ommaviy, guruhli va kichik guruhli bo‘lishi mumkin. O‘quv ekskursiyalari alohida fanlar hamda bir qancha fanlar bo‘yicha ham rejalashtiriladi. Ekskursiyani muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun o‘qituvchi unga puxta tayyorlanishi zarur:


1) ob’ekt va mashrut bilan oldindan tanishib chiqishi;
to‘la rejani ishlab chiqishi;
o‘quvchilarni bo‘lajak topshiriqlarni bajarishga jalb eta olishi.
Ekskursiya rejasida mavzu va maqsad, ob’ekt, u bilan tanishish tartibi, o‘quvchilar idrok etish faoliyatlarini tashkil etish, topshiriqni bajarish uchun zarur bo‘lgan vositalar va uskunalar, yakun yasash tartibi ko‘rsatiladi. Ekskursiyani o‘tkazish metodikasi mavzu, didaktik maqsad, o‘quvchilarning yoshi, ularning rivojlanishi hamda ekskursiya ob’ektiga bog‘liq bo‘ladi.
Ekskursiya jarayonida didaktikaning ko‘rgazmalilik, nazariya bilan amaliyotni bog‘lab olib borish kabi prinsiplari amalga oshiriladi. Ekskursiya jarayonida o‘quvchilarning bilish faoliyatlari, jamoatchilik, vatanparvarlik kabi xususiyatlari shakllanadi va rivojlanadi, shaxsni estetik tarbiyalash kabi ishlar amalga oshadi.
Odatda, ekskursiya, u yoki bu fanning ma’lum bo‘limlarini o‘rganish maqsadida o‘tkaziladi. Ular tabiat, ishlab chikarish korxonalari, jamoa xo‘jaligi, muzey, tarixiy yodgorliklar bo‘lishi mumkin. Ekskursiyani muvaffaqiyatli o‘tkazish ko‘p jihatdan o‘qituvchining tayyorgarligiga bog‘lik bo‘ladi. Tayyorgarlik bosqichi o‘z ichiga quyidagi asosiy vaqtlarni oladi: joyni tanlash va uning oldindan o‘qituvchi tomonidan kuzatilishi; ekskursiya jarayonida o‘qituvchi tayanishi lozim bo‘lgan bolalardagi bilim va tushunchalarni bilib olish; ekskursiya rejasini belgilash va uning maqsadini aniqlash.
Ekskursiya mehnat ta’limning shunday bir bo‘lagidirki, uning borishi jarayonida o‘quvchilar asbob-uskunalarni, texnologik jarayonlarni va mehnat jarayonlarini ishlab chiqarish sharoitida mehnatni tashkil etishni kuzatadi va o‘rganadi. Korxonaga ekskursiyalar o‘quvchilarni korxona bilan, uning asbob-uskunalari, mehnat jarayonlarining tashkil etilishi va ishlab chiqarishning aniq masalalarini, ya’ni asbob-uskunalarining eng yangi namunalarini va ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyasini, ilg‘or ish usullari va mehnatni ilmiy asosda tashkil etish metodlarini o‘rganish maqsadida ham tashkil etilishi mumkin. Demak, ekskursiyalar o‘tkazishdan maqsad avvalo o‘quvchilarda hozirgi zamon ishlab chiqarishi haqida tasavvur qilishdir. Zero, o‘quv ustaxonalari sharoitida o‘quvchilar odatda materiallarga ishlov berishning sanoatdagi eng yangi yutuqlarini aks ettiradigan usullari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar. SHunga ko‘ra aytish mumkinki, ekskursiya o‘quvchilarni zamonaviy texnika, texnologiya va bevosita korxonada ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan tanishtirishning yagona yo‘lidir. Ekskursiya anchagina muhim tushunchalarni, jumladan, “mehnat unumdorligi” tushunchasini shakllantirishda ham katta ahamiyatga ega. Bu tushunchani bayon qilish va ko‘rsatmali qo‘llanmalardan foydalanish orqali ham shakllantirish mumkin, albatta. Lekin bunda mazkur tushuncha o‘quvchilarning amaliy faoliyatidagi, jumladan, ishlab chiqarishga uyushtirilgan ekskursiyadagi kabi mustahkam o‘zlashtirmaydi. Ular rejalashni to‘g‘ri bajarish va birikadigan detallarni aniq moslash qanchalik qiyinligini biladilar. Mehnat unumdorligini oshirishda murakkab tikuvchilik yo‘llaridan biri bilan tanishish o‘quvchilarda katta tasurot qoldiradi va ularning esida yaxshi qoladi.
Umumiy tanishtirish xarakteriga ega bo‘lish ekskursiyani ta’limning biror bo‘limi (yog‘och va metallga ishlov berish, servis xizmati, mehnat operatsiyasi va hokazolar) boshlanishidan oldin o‘tkazilishi kerak. Aniq mavzuni o‘tishdan keyin yoki undan oldin o‘tkazilgani ma’qul. Ekskursiya odatda 15-20 o‘quvchidan iborat bitta sinf bilan frontal ravishda o‘tkaziladi, biroq ekskursiya jarayonida ayrim o‘quvchilar uchun yakka holda maslahatlar va izohlar berish istisno qilinmaydi.
Mehnat o‘qituvchisi yoki ekskursiyani olib boruvchi ekskursiya jarayonida o‘quvchilarning kuzatishiga rahbarlik qilib turadi, ularning ishlash tamoyiliga va mahsuloti ishlash texnolgiyasiga mehnatni tashkil etish va hokazolarga jalb qilinadi, bular o‘rtasida ob’ektiv ravishda umumiy tamoyillarni bilib olishni o‘rgatadi.
Masalan, o‘quvchilar o‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlarda asosan yog‘och, metall, gazlamaga ishlov berishning qo‘lda bajariladigan operatsiyalarini o‘rganib oladilar. Tegishli korxonalarga o‘tkazilgan ekskursiya jarayonida ular eng yangi stanok, mashinalar, jihozlar bilan va yuqori unumli mehnat usullari bilan tanishadilar. Tikuv materiallarini qayta ishlash korxonasining tayyorlovssexiga o‘tkazilgan ekskursiya davomida, o‘quvchilar har xil mashinalarning ishlashini, tikuv materiallarining qirqilishini ko‘rayotganlarida ularning mehnat unumdorligi haqidagi bilimlarini mustahkamlash va kengaytirish mumkin. Bolalar ekskursiyada baravar vaqt mobaynida qo‘ldagiga nisbatan mexanik qaychi bilan ancha ko‘p ish bajarish mumkinligini bevosita ko‘radilar. Ana shu misol orqali mehnat unumdorligini oshirishning ayrim yo‘llarini ko‘rsatish mumkin. Masalan, qo‘l qaychi o‘rniga mexanizatsiyalashtirilgan qaychidan foydalanish qo‘l mehnati o‘rnini mexanizatsiyalashgan mehnat egallashning namunalaridan biridir, mehnat unumdorliginining oshirishi esa ishda bir yo‘la bir necha asbobdan nuqtai nazaridan biridir, mehnat unumdorligining oshirilishi esa ishda bir yo‘la bir necha asbobdan foydalanishga misol bo‘la oladi. Mehnat unumdorligini oshirish nuqtai nazaridan qaychilash jarayonini ta’riflashda o‘quvchilarga mustaqil holda bir necha misollar keltirishni tavsiya etish ma’qul. Ular ilgari o‘rganilgan materiallarni: qo‘l va elektr mashinalar bilan tikish, qo‘lda va mashinalarga yo‘rmash, qo‘l va mexanik qaychilarda qirqish va h.k.larni eslasalar mazkur topshiriqni bajaradilar.
Ekskursiyaga tayyorlanish ekskursiya ob’ektini tanlashdan boshlanadi. Ob’ektni tanlash ekskursiya jarayonida qo‘yiladigan vazifalar bilan belgilanadi. Masalan: 5-sinf o‘quvchilari mehnat ta’limi darslarida tikuv materiallarini qirqish ishlarini bajaradilar (tikuvchilik korxonalariga ekskursiya uyushtirib, o‘quvchilarni tikuv materiallarini qirqish bilan tanishtirish mumkin); 6-7-sinfda tikuvchilik buyumlariga ishlov berish o‘rganilgandan so‘ng asosiy ta’limiy vazifa o‘quvchilarga texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish haqida tushuncha berishdan iborat bo‘ladi (tabiiyki, bunday paytda ekskursiya uchun avtomat liniya yoki alohida avtomat mashinalar mavjud ob’ekt tanlanishi kerak).
Ekskursiya ob’ektlarini tanlashda qishloq joylarida mehnat ta’limi o‘qituvchisining imkoniyati nihoyatda cheklanganini nazarda tutish kerak. Buning ustiga ba’zan hamma ekskursiyalarni bitta korxonaning o‘zida o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda mehnat ta’limi o‘qituvchisi ekskursiyalar mazmunan takrorlanmasligi va ularga o‘quvchilarning qiziqishi susaymasligi uchun oldindan ustaxonalarda ta’lim berishning butun davri uchun o‘tkaziladigan ekskursiyalarning rejasini tuzib oladi.
O‘qituvchi ekskursiya uchun ob’ekt tanlagach korxona rahbarlari bilan kelishib oladi va ekskursiyani kim o‘tkazishi masalasini hal qiladi. Ekskursiyani o‘qituvchining o‘zi o‘tkazsa, eng ko‘p ta’limiy samarada erishiladi. Chunki o‘qituvchi mana shu tadbirning ta’limiy vazifalarini, o‘quvchilarning tayyorligi va fan asoslariga doir bilimlarini yaqqol tasavvur etadi. Bularning hammasi unga ishni aniq olib borish, o‘quvchilarning daqqat e’tiborini ular uchun eng muhim hisoblangan asosiy narsalarga qaratish imkonini beradi. Afsuski, har bir mehnat ta’limi o‘qituvchisi hozirgi sanoat korxonalarida o‘tkaziladigan e
kskursiyalarni boshqarishga tayyorlangan, deb bo‘lmaydi. Ana shunday hollarda ekskursiyani korxonaning xodimi o‘tkazadi, o‘qituvchi esa unga avval ekskursiyaning vazifalarini tushuntirishi lozim.
Mehnat ta’limi o‘qituvchisi ekskursiyani olib boruvchi bilan birgalikda ekskursiyaning marshrutini va o‘quvchilarga ko‘rsatiladigan ob’ektni belgilaydi. Bunda o‘quvchilarning xavfsizligi masalalariga katta e’tibor beriladi. O‘qituvchi ekskursiyani olib boruvchi bilan birgalikda o‘quvchilarning korxona territoriyasidagi harakati xavfsizligini qanday ta’minlash, ularnissexga qanday joylashtirish kerakligi haqida fikrlashadi.
O‘qituvchi ekskursiya vaqtida o‘quvchilarning faolligini oshirish uchun ularga individual topshiriqlar beradi. Bu topshiriqlar turli xarakterda bo‘lishi, masalan: muayyan detalga ishlov berish tartibini yozishdan (marshrutli texnologik karta tuzishdan), qator operatsiyalar bo‘yicha detal mashg‘ulotning eskizini tayyorlashdan, qo‘l mehnati bilan mashinada ishlashning unumdorligini taqqoslashdan iborat bo‘lishi mumkin.
O‘quvchilar o‘quv ustaxonalari va ishlab chiqarishdagi mehnat jarayonlarini taqqoslab, faqat o‘quvchilar mehnatining sifatinigina emas, balki mehnat unumdorligini oshirishni ham ta’minlaydigan xilma-xil dastaki va stanok moslamalaridan keng foydalanish yo‘li bilan qo‘lda bajariladigan ishlarni mexanizatsiyalash zarur, degan mustaqil xulosalarga keladilar. Bunday ekskursiyalar o‘quvchilarda o‘zlari qurgan narsalar to‘g‘risida yorqin tasurotlar qoldiradi, ularning bilim doirasini va mehnatni qayta qurish munosabatini shakllantiradi, bilish faolligini rivojlantirishga imkon beradi va ishlab chiqarish intizom asoslarini qaror toptiradi
Ekskursiya ekskursiyalarining xususiyatlari. Turizmda ekskursiya turlari Ekskursiya turizmining asosiy tushunchalari Ekskursiya insonning dunyoqarashini kengaytirish usulidir. Ushbu tadbirda ishtirok etishdan maqsad ma'lum bir mavzu, joy yoki voqea haqida bilim olishdir. Ekskursiya faoliyati tushunchasining kengligidan kelib chiqqan holda, ekskursiyaning ko'plab turlari mavjud bo'lib, ular ba'zi bir xarakterli belgilariga ko'ra bo'linadi.
Ekskursiya nima "Ekskursiya" so'zi lotin tilidan kelib chiqqan bo'lib, yurish yoki sayohat degan ma'noni anglatadi. Bu atama individual yurish yoki sayohatni anglatadi diqqatga sazovor joylar ilmiy, ta'lim yoki ko'ngilochar nuqtai nazardan qiziqish. Ekskursiyada uchta element ishtirok etadi: va ekskursiya ob'ekti (yoki predmeti).
Ekskursiya ob'ekti tarixiy, madaniy, estetik yoki ilmiy ahamiyatga ega bo'lgan ob'ekt yoki hodisadir. Diqqatga sazovor joyga tashrif gid tomonidan nazorat qilinadi. Bu berishga qodir bo'lgan malakali mutaxassis batafsil ma'lumot tashrif buyuruvchiga ob'ekt haqida. Ob'ektni ko'zdan kechirishda ekskursiya turiga qarab bir yoki bir necha ekskursionist ishtirok etadi.
Ekskursiyani o'tkazish maqsadi uning yo'nalishini belgilaydi. Ko'pincha sayohat qiziqarli bo'ladi. Bunday sayohatlar ajralmas qsm hisoblanadi.
Ekskursiya ekskursiyalarining xususiyatlari. Turizmda ekskursiya turlari Ekskursiya turizmining asosiy tushunchalari
Ekskursiya insonning dunyoqarashini kengaytirish usulidir. Ushbu tadbirda ishtirok etishdan maqsad ma'lum bir mavzu, joy yoki voqea haqida bilim olishdir. Ekskursiya faoliyati tushunchasining kengligidan kelib chiqqan holda, ekskursiyaning ko'plab turlari mavjud bo'lib, ular ba'zi bir xarakterli belgilariga ko'ra bo'linadi.
Ekskursiya nima "Ekskursiya" so'zi lotin tilidan kelib chiqqan bo'lib, yurish yoki sayohat degan ma'noni anglatadi. Bu atama individual yurish yoki sayohatni anglatadi diqqatga sazovor joylar ilmiy, ta'lim yoki ko'ngilochar nuqtai nazardan qiziqish. Ekskursiyada uchta element ishtirok etadi: va ekskursiya ob'ekti (yoki predmeti).
Ekskursiya ob'ekti tarixiy, madaniy, estetik yoki ilmiy ahamiyatga ega bo'lgan ob'ekt yoki hodisadir. Diqqatga sazovor joyga tashrif gid tomonidan nazorat qilinadi. Bu berishga qodir bo'lgan malakali mutaxassis batafsil ma'lumot tashrif buyuruvchiga ob'ekt haqida. Ob'ektni ko'zdan kechirishda ekskursiya turiga qarab bir yoki bir necha ekskursionist ishtirok etadi.
Ekskursiyani o'tkazish maqsadi uning yo'nalishini belgilaydi. Ko'pincha sayohat qiziqarli bo'ladi. Bunday sayohatlar ajralmas qism hisoblanadi.Aks holda ekskursiya tarbiyaviy hodisaga aylanadi.
Ekskursiyaning muhim farqlovchi xususiyati ob'ekt haqida fikr yuritish va u haqida ma'lumot olish imkoniyatidir. Tafakkursiz ekskursiya ma'ruzaga, informatsion jihati bo'lmasa, ekskursiya tekshiruvga aylanadi.
Tarix
Ko'pgina tarixchilarning fikriga ko'ra, birinchi ekskursiyalar muqaddas joylarga ziyorat qilish sayohatlarini o'z ichiga oladi. Sport ekskursiyalariga Olimpiya o'yinlari kiradi Qadimgi Gretsiya... Ammo faqat yigirmanchi asrning boshlarida ekskursiya faoliyati mustaqil yo'nalishga aylandi. Bunga transport yo'nalishlari, turizmning rivojlanishi katta hissa qo'shdi. Yuqori sinf vakillariga dunyoning turli burchaklariga bemalol sayohat qilish, shuningdek, farzandlarini boshqa mamlakatlarga o‘qishga yuborish imkoniyati berildi.
Sayohat bilan bir vaqtda ular bolalar bilan o'quv ekskursiya tadbirlarini o'tkazishni boshladilar. Ularning asosiy maqsadi talabalarni tanishtirish edi muhit, ya'ni ular edi har xil turlari tabiatga ekskursiyalar. Shu bilan birga, ekskursiya faoliyatining faol rivojlanishi tug'ildi va ekskursiyalarni tashkil etish va o'tkazish bilan shug'ullanadigan turli kompaniyalarning shakllanishiga olib keldi.
Tasniflash
Hozirgi vaqtda bunday faoliyat turlarini tasniflash uchun ekskursiya ishining asoschisi bo'lgan olim-ekskursionist B.E.Raykov tomonidan aniqlangan belgilardan foydalaniladi. Ekskursiyalar quyidagi xususiyatlariga ko'ra tur va shakllarga bo'linadi:
Tarkib.
Ekskursiyachilarning tarkibi va soni.
Ekskursiya o'tkaziladigan joy.
Ekskursiya guruhining harakatlanish usuli.
Tadbirning davomiyligi.
Ekskursiya shakli.
Yuqoridagi ekskursiya turlarining har biri individual xususiyatlar va xususiyatlarga ega.
Tasniflash maqsadlari
Ekskursiya faoliyatini tasniflash zarurati ko'p sabablarga ko'ra paydo bo'ldi. Asosiysi, ekskursiya faoliyatini tayyorlash va rivojlantirishni soddalashtirish. Yurishni rejalashtirayotganda, u nafaqat tarbiyaviy xususiyatga ega bo'lishi, balki ijobiy his-tuyg'ularni ham keltirishi kerakligini hisobga olish kerak. Shuning uchun samarali ekskursiya uchun shou mavzusini bilishning o'zi etarli emas.
Yo'lboshchi yurish joyiga yaxshi yo'naltirilgan bo'lishi kerak, nuqtalarni tanlang eng yaxshi ko'rinish... Ekskursiyada ob'ekt haqida to'g'ridan-to'g'ri gapiradigan, to'ldiriladigan biron bir syujet bo'lishi kerak qiziqarli faktlar va sub'ektning mashhur shaxslar yoki muhim voqealar bilan aloqalarini kiritish.
Uzoq yurish bo'lsa, gid guruhning dam olishi uchun hikoyada bir nechta tanaffuslarni ta'minlashi kerak. Ekskursiyalarning ayrim turlari uchun (in boshlang'ich maktab, nogironlar uchun), guruhning xususiyatlarini hisobga olish kerak.
Ekskursiyaning mazmuni uni ikki turga ajratadi: umumiy va tematik. Diqqatga sazovor joylarga sayohat- bu mazmunan ko'p qirrali bo'lgan ekskursiya turi. Diqqatga sazovor joylarga ekskursiyalar, qoida tariqasida, shahar, viloyat, korxona yoki tasvirlash uchun amalga oshiriladi tabiiy ob'ekt... Bunday ekskursiyalar o'ziga xos tuzilishga ega. Saytning umumiy ko'rinishida bir nechta mavzular va sub-mavzular mavjud bo'lib, sayt mavjud bo'lgan uzoq vaqt oralig'ini ta'kidlaydi va saytni turli tarixiy voqealar bilan bog'laydi.
Masalan, shaharni ko'rib chiqishda arxitektura submavzusi shaharsozlik xususiyatlarining tavsifini o'z ichiga oladi va tabiat tarixi - ma'lum bir hududning o'simlik va hayvonot dunyosi haqida gapiradi. Shuni ta'kidlash kerakki, kichik mavzularning har biri alohida ekskursiya uchun mavzu bo'lishi mumkin. Ekskursiyaning diqqatga sazovor joylari bo'ylab sayr - turizmda eng keng tarqalgan ekskursiya turlaridan biri.
Tematik ekskursiya turlari
Tematik yurishlar bir aniq mavzuni qamrab oladi. Bunday ekskursiyalarning oltita turi mavjud, ularning har biri torroq yo'nalishlarga ega:
Tarixiy bir yoki bir nechtasiga bag'ishlangan tarixiy voqealar, va hikoya bu voqealarning vaqt doirasi bilan cheklangan. O'lkashunoslik yo'nalishi hudud tarixini, turli vaqt oralig'ida sodir bo'lgan voqealarni tavsiflaydi, ekskursiya ob'ektining shakllanishi haqida tasavvur beradi. Ekskursiyadagi arxeologik yo'nalish - qadimgi odamlarga tashrif buyurish va oʻrta asr yodgorliklari... Harbiy-tarixiy - harbiy harakatlar haqida hikoya qiladi. Etnografik - urf-odat va an'analarning tavsifi. Tarixiy va biografik yo'nalish tarixiy ahamiyatga ega shaxs haqida gapiradi. Alohida hudud tarixiy muzeylarga tashrif buyuradi.
Ko'pincha ekskursiyalarning sanoat turlari maktabda, ayniqsa o'rta maktabda o'tkaziladi. Bunday tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad korxonalar faoliyati haqida so‘zlab berishdir. Ushbu ko'rinish uchta yo'nalishga ega. Tarixiy yo'nalish korxonaning yaratilish tarixi haqida gapiradi, iqtisodiy yo'nalish - faoliyatning iqtisodiy tomonlarini tashkil etish va o'ziga xosligi haqida, texnik - ish qobiliyatini bevosita namoyish qilishni o'z ichiga oladi.
Tabiiy tarix ekskursiyasi o'rganilayotgan hududning biosferasi haqida tushuncha beradi va quyidagi yo'nalishlarga ega: biologik, zoologik, geologik, ekologik.
San'atshunoslar san'atning ma'lum bir turiga bag'ishlangan. Bunday ekskursiyaning yo'nalishi tasvirlangan san'at turiga bevosita bog'liq. Bu teatr, musiqiy, kino yo'nalishi bo'lishi mumkin. Shuningdek, bunday ekskursiyalar qatoriga rassomlar va haykaltaroshlar ustaxonalariga, madaniyat arboblarining uy-muzeylariga va hokazolarga tashrif buyurish kiradi.
Adabiy ekskursiya yozuvchining hayoti va ijodi haqida, tarixiy - ma'lum bir adabiy janrning rivojlanishi yoki turli vaqt oralig'idagi adabiy faoliyatning xususiyatlari, badiiy yo'nalishi - joylar bo'ylab sayr qiladi. adabiy asarlarda tasvirlangan.
Arxitektura va shaharsozlik ekskursiyasi me'morning hayoti va faoliyatini tasvirlashga, arxitektura ob'ektlari va me'moriy yodgorliklarga tashrif buyurishga qaratilgan bo'lishi mumkin.
Turar joy ekskursiya faoliyatini beshta asosiy turga ajratadi. Shahar tipidagi ekskursiya diqqatga sazovor joylarga sayohat yoki tematik tur bo'lishi mumkin. Masalan, ma'lum bir davrda binolarni qurishning o'ziga xos xususiyatlari haqida gapiradigan va tegishli qurilish ob'ektlarini ko'rsatadigan arxitektura va shaharsozlik ekskursiyasi shahar.
Mamlakat sayrlari noyob tabiiy joylarga tashrif buyurishni o'z ichiga oladi park ansambllari... Ekskursiyaning yakuniy nuqtasigacha bo'lgan masofa kamdan-kam hollarda yuz kilometrdan oshadi. Bunday yurishning bir nechta kichik turlari mavjud:
ekskursiya tadbirlari sayohatning yakuniy nuqtasida o'tkaziladi;
yakuniy nuqtani ko'rib chiqishdan tashqari, hikoya butun marshrut bo'ylab amalga oshiriladi;
ekskursiya sayohat davomida olib boriladi va ob'ektlarning namoyishi bilan birga bo'ladi.
Ekskursiyaning muzey turi, qoida tariqasida, san'at tarixidir. Muzey ekskursiyasining mavzusi tashrif buyurilgan ekspozitsiyaga bog'liq. Murakkab ekskursiyalar bir nechta joylarning kombinatsiyasini o'z ichiga oladi.
Download 31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish