Ekskursiya obyektlarini tanlash va baholash



Download 25,25 Kb.
bet1/2
Sana16.04.2022
Hajmi25,25 Kb.
#557650
  1   2
Bog'liq
EKSKURSIYA OBYEKTLARINI TANLASH VA BAHOLASH


EKSKURSIYA OBYEKTLARINI TANLASH VA BAHOLASH
Reja:
1. Ekskursiya obyektlarini tasniflashning ahamiyati.
2. Ekskursiya obyektlarini baholash mezonlari.

5.1. Ekskursiya obyektlarini tasniflashning ahamiyati.
Ekskursiya xizmatida obyektlarni ko‘rsatish uning asosiy elementi hisoblanadi. Obyektlarning to‘g‘ri tanlanishi, soni, ko‘rsatish ketma-ketligi ekskursiya xizmatining sifatiga ta’sir etadi. Ekskursiya xizmati obyektlari sifatida quyidagilarni tanlash mumkin
: • xotira maydonlari - mahalliy xalq hayotidagi tarixiy voqea joylari, jamiyat va davlatning rivojlanishi bilan bog‘liq joylar va h.k.;
bino va inshootlar, memorial yodgorliklar - mashhur shaxslar hayoti, me’moriy yodgorlikiari, turar joy va jamoat joylari, sanoat inshootlari va h.k.;
• ko'rgazmalar - davlat va xalq muzeylari, rassomchilik galereyalari, doimiy va davriy ko'rgazmalar va h.k.;
• arxeologiyayodgorlikiari — shaharlar, qadimiy karvonsaroylar, qo‘rg‘onlar, yo‘Ilar, qo‘riqxonalar, sardobalar, kanallar va h.k.;
• san’at asarlari - tasviriy san’at, dekorativ san’at namunalari, haykaltaroshlik, bog‘Iar va h.k.
Demak, ekskursiya xizmati mavzusini yoritishga yordam beruvchi har qanday predmet, joy, shaxs, hodisa ekskursiya xizmati obyekti bo‘lishi mumkin. Ekskursiya xizmati obyektlarini quyidagicha tasniflash mumkin: Tarkibiga ko‘ra-bir rejali (rassomchilik ishlari, ko‘llar, o‘simliklar, hayvonot bog‘lari) va ко‘p rejali (arxitektura ansambllari, o‘rmon, maydonlar, ko’chalar); Funksionat vazifasiga ko‘ra - asosiy, ya’ni mavzuni yoritishga xizmat qiladigan va qo‘shimcha, asosiy obyektlarning biridan ikkinchisiga harakatlanish oralig‘ida ko‘rsatiladigan obyektlar. Saqlanganlik holatiga ко‘ra-to'liq saqlangan, bizning davrgacha mа’lum о‘zgartirishlar kiritilgan, qisman saqlangan, saqlanmagan. Yangi ekskursiya mavzusi ustida ishlayotgan ijodiy guruhning vazifasi mavzuni to‘liqroq yoritadigan va tashqi ko‘rinishi bilan jalb qiladigan obyektlarni tanlashdir. Obyektlarning to‘g‘ri tanlanishi uni ekskursantlar tomonidan yaxshi qabul qilinishiga va mavzuni to’liq yoritishga yordam beradi. Imkon qadar har bir mavzuning o‘z obyekti bo‘lgani ma’qul. Agar obyektning g'aroyibligini hisobga olgan holda uni boshqasi bilan almashtirishm iloji bo‘lmasa, (Samarqanddagi «Registon» maydoni, Toshkentdagi «Mustaqillik» maydoni) unda ushbu obyektlar uchun alohida ekskursiya xizmatini tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Bu obyektlarni ko‘rsatish jarayonida ekskursiya mavzularida aytilmagan o‘ziga xos xususiyatlariga chuqurroq to'xtalib o'tiladi va ko‘rsatish, hikoya qilish jarayonida mavzudan kelib chiqib, har safar turli hajmdagi ma’lumotlardan foydalanish mumkin. Shundagina bunday obyektlarni takroriy ko‘rish ekskursantlarda qiziqish yo‘qolmaydi. Ekskursiya xizmati metodikasi obyektlarni ko‘rsatishda ketmaketlikni ta’minlashni talab qiladi. Obyektlarni ko‘rsatishda gid harakatlarining ketma-ketligi taxminan quyidagicha bo'ladi:
• aniqlash, gid ekskursantlarga qanaqa predmet (obyekt) ko‘rsatilishini aniqlaydi;
• tavsiflash, gid obyektning o‘ziga xos jihatlarini tavsiflaydi;
• yaratilish maqsadi, gid obyektning mazmun mohiyati haqida hikoya qiladi;
• ekskursiyali tahlil, taqqoslash, gid obyektning alohida qismlarini izohlab o‘tadi;
• та’limot berish, gid yodgorlik, me’moriy inshoot muallifi, qurilgan yili, sababini hikoya qiladi;
• tarixiy voqeani baholash, gid obyekt bilan bog‘liq voqea, hodisani hikoya qilib beradi, mohiyatini yoritadi. Obyektlarni ko‘rsatishda sanab o‘tilgan bosqichlardan foydalanish taassurotlar kuchayishini ta’minlaydi, xulosa va umumlashtirishga yordam beradi.


Download 25,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish