Ekskursiya obyektlarini tanlash va baholash


Ekskursiya obyektlarini baholash mezonlari



Download 25,25 Kb.
bet2/2
Sana16.04.2022
Hajmi25,25 Kb.
#557650
1   2
Bog'liq
EKSKURSIYA OBYEKTLARINI TANLASH VA BAHOLASH

5.2. Ekskursiya obyektlarini baholash mezonlari.
Ekskursiya xizmati amaliyotida obyektlarni baholashning aniq metodikasi ishlab chiqilgan. Bu metodikani qo‘llash ayniqsa, marshrutda tuzilishi jihatidan o‘xshash obyektlar bo‘lganda foydalanib, ularning ichidan mavzuni yoritishda eng qiziqarli bo‘lgani tanlanadi. Ekskursiya mavzusi uchun tanlangan obyektlarni baholashda quyidagi mezonlardan foydalanish tavsiya etiladi:
• ilmiyligi - ya’ni obyektning ma’lum bir davr tarixi, mashhur arbob hayoti bilan bog‘liqligi, uning tasviriy qadr-qimmati, ekskursantni estetik tarbiyalash qobiliyatidir;
• mashhurligi — ya’ni obyektning aholi, turistlar orasida taniqliligi inobatga olinadi (masalan: Registon maydoni (Samarqand), Ichan qal’a (Xiva), Ark (Buxoro) va b.);
• jozibadorligi - ya’ni obyektning betakrorligi, binolar, tarixiy-madaniy yodgorliklaming o‘ziga xosligi nazarda tutiladi. (Masalan: o‘z davrida O‘rta Osiyoda eng baland minora bo'lgan Buxorodagi 50 melrli Minorai Kalon). Ushbu binoda. yodgorlik o‘rnatilgan joy da tarixiy voqea sodir bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin («Buyuk Ipak yo‘li» karvon vo'H, Shoxi Zinda ansambli, dunyoda atigi 5 dona bo‘lgan astronomik stansiyalardan biri «Kitob» astronomik stansiyasi). Tabiatdagi tabiiy ko‘rinishdagi jozibadorlik (Xatirchidagi Sangijumon toshi, Nuroboddagi Hazrati Dovud ziyoratgohi va h.k );
• ta’sirchanligi - ya’ni obyektning tashqi jilosi, uni atrofdagi bino-inshootlar, landshaft bilan uyg‘unligi inobatga olinadi._
• saqlanganligi - ya’ni ekskursantlarga ko‘rsatilishi rejalashtirilayotgan obyektning hozirgi holati baholanadi.
• joylashuvi - obyektlarni tanlashda ular orasidagi masofa, yo‘llar holati, guruhni joylashtirish uchun qulay joyning mavjudligi e’tiborga olinadi. obyektni ко ‘rsatishdagi vaqt cheklovlari - ya’ni obyektlarni ko'rsatishda mavsumiylikni, kunning ma’lum bir soatini, oyning ma’lum bir kunini hisobga olishni nazarda tutadi. Ekskursiya xizmati jarayoni ekskursantga zerikish va qiziqishni pasayishiga olib kelmasligi uchun ko‘p sonli obyektlar bilan to‘ldirib qo‘yilmasligi kerak. Ekskursiya xizmatining eng optimal davomiyligi 2-4 soat bo‘lib, bu vaqt ichida ekskursant 10-20 ta obyektlarni ko‘rishi mumkin. Ekskursiya xizmatiga bitta obyekt (me’moriy yodgorligi) va obyektlar guruhi ( tarixiy yodgorliklar, tabiiy obyektlar, muzey eksponatlari) kirishi mumkin. Obyektlar jamlanmasi ekskursiya mavzusi va ishtirokchilar tarkibidan kelib chiqqan holda tanlanadi. Hozirgi vaqtda respublikamizda davlat ro‘yxatida 7 mingdan ortiq tarixiy arxeologik va madaniy yodgorliklar, muzeylarimizda esa 10 mingdan ortiq eksponatlar saqlanmoqda. Shahar bilan tanishuv mavzusidagi ekskursiyada faqat tarixiy yodgorliklarni ko‘rsatish noto'g‘ri bo‘ladi. Agar marshrutda yodgorliklardan tashqari boshqa inshootlar, ko‘chalar, maydonlar, xiyobonlar, tarixiy joylar, tabiat yodgorlikiari kiritilsa, bu ekskursantlar taassurotini boyitadi. Yangi ekskursiya mavzusini tayyorlash jarayonida obyektlarni joyida o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Zarur ma’lumotlami kitob, albom, rasm kabi manbalardan olish mumkin. Gidning ekskursiya obyektini bevosita o‘z joyida o‘rganishi guruhni to‘g‘ri joylashtirishga, uni samarali ko‘rsatishga yordam beradi. Obyektlar tanlangandan so‘ng, har bir obyektga kartochka(pasport) tuziladi. Obyekt kartochkasi ma’Iumotlaridan shu va kelajakdagi mavzularni tayyorlashda ham foydalanish mumkin. Obyekt kartochkasiga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
1. Obyekt nomi (dastlabki va zamonaviy ) shuningdek, aholi orasida ishlatiladigan nomi;
2. Obyekt bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy voqealar, uning vaqti;
3. Obyektning joylashgan joyi, uning pochta manzili, hududi (shahar, qishloq, sanoat tashkiloti);
4. Obyekt tavsifi (borish yo‘li, muallifi, qanday materiallardan tayyorlanganligi, memorial taxtadagi yozuvi);
5. Obyekt haqida ma’Iumot beruvchi manbalar (adabiyotlar, arxiv ma’lumotlari, og‘zaki ijodiyot, bosmadan chiqarilgan asosiy ishlar va chiqarilmagan qo‘lyozmalar);
6. Obyektning saqlanganlik holati(yodgorlik ahvoli va hududi, oxirgi restavratsiya va ta’mirlash ishlari sanasi);
7. Obyekt qaysi tashkilot himoyasida;
8. Obyekt qaysi mavzudagi ekskursiyalarda foydalaniladi;
9. Kartochkani tuzish sanasi va tuzuvchining ismi, familiyasi.
Kartochkaga obyektning oldingi va hozirgi ko‘rinishdagi rasmi tikiladi. Tabiiy, arxitektura, me’moriy yodgorliklar kartochkasiga boshqa ma’lumotlar ham ilova qilinishi mumkin, masalan, me’moriy obyekt kartochkasiga u yerda yana haykal mavjudligi, devordagi yozuvlar va yodgorliklaming dekorativ bezaklari (ichki va tashqarisi), bino konstruksiyasi, texnik holati to‘g‘risida ma’lumotlar kiritiladi. Mintaqadagi barcha ekskursiya obyektlariga kartochkalaming mavjudligi yangi ekskursiya mavzularini tayyorlash jarayonini tezlashtiradi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ekskursiya xizmati jarayonida obyektlar mavzuni yoritadi, ekskursantlaming diqqat markazida turadi, gidning hikoyalarini isbotlaydi.


Tayanch so‘z va iboralar: ekskursiya xizmati obyekti, ekskursiya obyektlarini tasniflash, obyekt kartochkasi
Download 25,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish