Reklama marketingi – tadқiқotlarning eng қimmat turadigan unsuri. Agar reklama maқsadlari, uni uzatish vositalari, reklama murojatlarining maқsadga muvofiқligi va boshқalar to’g’ri tanlangan bo’lsa, turistik korxonasi reklamaga ketgan harajatlarni қoplaydi va kuzda tutilgan maқsadga erishadi. Demak, xarakatlar va harakatlari kerakli natija berishi uchun, reklama faoliyatini amalga oshirishda tizimli va majmuali yondashish kerak.
Turistik korxona va mehmonxonaning faoliyati mantiқiy jarayon bo’lib, қuyidagi bosқichlarni o’z ichiga oladi:
Reklama nima?
Reklama Agentlari Instituti (The Institute of Practitioners in Advertising) reklamani “Eng kam qiymat evaziga istiqbolda sotuv hajmini oshirishga qaratilgan eng asosli xabarlar vositasi” sifatida ta’riflaydi. Bu ta’rif reklama xabarlari orqali marketing aloqalarini ahamiyatini amaliy jihatdan va foydaga yo’naltirilgan holda tasvirlaydi. Yuqorida keltirilgan ta’rif korxonalarning savdo hajmini oshirishga qaratilgan strategiyalarida reklama o’yinlarining katta ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlaydi. Shu bilan birga ushbu kitob, turizm va mehmonxona bo’yicha tashkilotlarning, ayniqsa faoliyati go’yoki siyosiy motivlashgan hamda vazifasi nafaqat savdo hajmini oshirish, balki butun jamiyatning foydasi uchun biron bir hududni rivojlantirish bo’lgan hududiy marketing tashkilotlarining ahamiyati va roli tez-tez o’zgarib turishini ko’rsatib bermoqda.
Xuddi shunday, savdo hajmini oshishiga reklamaning to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qilish-qilmasligi marketing va xususan turizm va mehmonxona bo’yicha adabiyotlarda bahs-munozaraga sabab bo’lgan. Reklamaning “kuchli” va “kuchsiz” ta’siri nazariyalari bu sektorda turli holatlarda qo’llanilishi mumkin. Shuning uchun, ushbu sohalar tashkilotlari uchun reklamaning barcha xususiyatlari va asosliligini o’rganish maqsadida reklamani yanada kengroq o’rganish zarur.
Reklama – marketing aloqalarining maxsus formasi bo’lib, u tashkilot, uning mahsulotlari va xizmatlari haqida hamda shu kabi boshqa axborotlarni bozor e’tiboriga havola etadi.
Reklama turli xil ko’rinishlarda bo’lishi mumkin va u bevosita aniq bir auditoriya(auditoriya 6-bobda SMP - Segmentatsiya, maqsadni belgilash, pozitsiyani aniqlash jarayoni orqali tanlangan edi) ga qaratilgan bo’lishi kerak.Reklama “rag’batlantirish” tushunchasi bilan sinomim emas, chunki aksariyat reklama xabarlari yo tashkilot haqida ma’lumot beradi va tashkilotni, undan foydalanish kanallarini tanitadi yoki bozorni tegishli axborot bilan ta’minlash orqali (3-bob) tashkilot haqida xabardor etadi. Mustaqil sayohat qilishga moyillik va sayohat qilish va mehmonxona xizmatlari uchun buyurtmalar to’g’ridan-to’g’ri Internet orqali olinayotgani turizm va mehmonxona sohalarida an’anaviy reklama xabarlaridan ko’ra, veb-sahifalar yaratilishi, xizmatlarga buyurtma berish, ularni narxlarini solishtirish imkonini beradigan hamda tarmoq orqali sotib olishning foydali taraflari haqida ma’lumot beradigan sahifalar ko’proq diqqatimiz markazida bo’lmoqda.
Shunday qilib kitobda foydalaniladigan holatlar va misollar shuni ko’rsatmoqdaki, reklama xabarlarining bugungi ko’rinishi quyidagilarga asoslanib o’zgargan:
media kanallaridan foydalanish jihatidan yirik parchalanish
strategiyalarda bosimning o’sishi (iste’molchilarni ma’lum bir harakatlarni amalga oshirishga da’vat etish uchun)
reklama xabarlarida interaktivlilikning kuchayishi
shaxsiy ijobiy fikrlardan foydalanishning oshishi (mashhur va oddiy insonlar)
yanada ko’proq innovatsion media strategiyalar.
Biroq kitobda keltirilgan bir nechta misollar(masalan, 4 va 7 misollar) shuni ko’rsatdiki, aloqa strategiyalari iste’molchilarni oqilona fikr yuritishiga qarab emas, balki emotsional darajada ularni jalb etishga harakat qilishgan. Bunga sabab sifatida ko’pgina turizm va mehmonxona munosabatlari emotsiyalarga asoslanadi, hattoki narx va qimmatlilik masalasi birinchi o’rinda turgan holatlarda ham.
Do'stlaringiz bilan baham: |