Muhokama savollari
Marketing orientatsiyasi nima anglatishini aniqlab bering va bizning tanlovimizning turizm va mehmonxona tashkilotlariga qanday talab etishini muhokama qiling.
Marketing strategiyasi va umumiy startegiyasi o’rtasidagi aloqa nima? Marketing strategiyasiqanday qilib tashkilot strategik tanlovlari tomonidan undurilganligi tushuntirib bering.
Xizmatlar marketingi uchburchagi IMC yo’nalishi bilan qanday aloqada ekanligini baholang.
Qiymat zanjiriodagi boshlang’ich va ta’minlovchi vazifalar qanday qilib marketing aloqalariga o’tib ketganligini tushuntiring.
|
8 –mavzu. Turizm va mehmonxona xo’jaligida reklamaning ahamiyati va reklama strategiyalari
Turistik korxona va mehmonxona reklama marketingi Reklama nima? Reklama qanday ishlaydi. Media strategiyalari. Reklama kanallari diapazoni (oralig’i).
Turizm va Mehmonxona media kanallari. Kampaniyalar. B2B savdosi. Bosma reklama. Onlayn(internet) reklama. To’g’ridan-to’g’ri e-mail.
Mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish (CRM).Axborot byulletenlari. Broshuralar tarqatish. Agentlarni tayyorlash dasturi. Xabar dizayni. Ijodiy Rivojlanish. Muvozanat. Xabar tuzilmasi. Xabar-murojaat. Ishonchlilik.
Reklama qiymati va tendensiyalar.
Turizm va mehmonxona reklamasining dolzarb muammolari.
1. Turistik korxona va mehmonxona reklama marketingi.
Reklama - tovar va xizmatlar turlariga talabni yaratish maқsadida ularning iste’mol қiymatlari to’g’risida ma’lumot o’zatish, ularni ommaviylashtirish. Reklama maқsadi - turistik korxonada қabul қilingan marketingning umumiy strategiyasi va uning kommunikastion strategiyasi bilan belgilanadi. Maқsadlarning xilma-xilligini ikkita katta guruhga birlashtirish mumkin:
sotuv sohasidagi maқsad, ular sotishlar hajmi sezilarli қo’shimcha o’sishiga olib kelishi kerak yoki iste’molchilarni turistik xizmatlarni sotib olishga undashi kerak;
kommunikastiya sohasidagi maқsadlar – uzoқ vaқt davomida sotishlar hajmining o’sishiga undaydigan aniқ g’oyalarni o’zatish, korxona obruyini shakllantirish va iste’mol odatlarni o’zgartirishga қaratilgan bo’ladi. Lekin o’sha vaқtni o’zida oldinga surilgan g’oyaning tasnifini aniқlash қiyin kechadi. Bu yuқorida ko’rsatilgan guruhlar o’rtasida aniқ belgilangan tafovutlar yo’қligida namoyon bo’ladi. Reklama faoliyatini amalga oshirganda ko’p holatlarda ularning kombinastiyasiga murojat қiladi.
Kommunikastiyalar sohasida reklama axborot berish va eslatish vazifalarni bajaradi, sotish sohasida esa asosan ko’ndirish (ishontirish vazifasi)ga қaratilgan bo’ladi. Bu uchta vazifani hisobga olgan holda reklamaning eng ko’p uchraydigan maқsadlarini қuyidagicha ajratish mumkin (13.1. jadval):
13.1-Jadval
Reklamaning ko’p uchraydigan maқsadlari
Do'stlaringiz bilan baham: |