Turizm va Mehmonxona media kanallari Yuqorida keltirilgan umumiy reklama kanallariga qo’shimcha ravishda turizm va mehmonxona sohalari mahsulotlari va xizmatlarini reklama qilish uchun boshqa ajoyib yo’nalishlar ham mavjud.
Sayyohlarning kurortlar yoki diqqatga sazovor joylarga sayohatlari davomida, masalan, sayyohlarga barlar, tungi klublar va restoranlarda flayerlar va maxsus qog’ozchalar tarqatish mumkin. Bularning barchasi diqqatga sazovor joylarda, kurortlarning atrofida va ichida va shaharning mashhur ko’chalarida va tumanlarida joylashgan. Reklamaning bunday formalari kutilmagan qarorlar chiqarishda muhim va bo’lib o’tayotgan hodisalar haqida xabardorlik darajasini oshiradi.
Tashkilot reklama kampaniyasini rejalashtirayotganda medianing qaysi turlari va formalaridan foydalanishini ko’rib chiqishi kerak. Turizm uchun mos keladigan hamda foydasi tegishi mumkin bo’lgan medianing quyidagi turlari mavjud:
lidlarni jalb etish ustida izlanishlar (lid bu reklama beruvchining reklamasiga javoban iste’molchining ro’yxatdan o’tishi)
(www.tourismtrade.org.uk/marketingopportunities)
Kampaniyalar Potensial klientlarni jalb etishga qaratilgan axborot kampaniyalari bir qator an’anaviy (ATL) va noan’anaviy (BTL) reklama va ommaviy axborot vositalarini o’z ichiga oladi.
B2B savdosi B2B savdosi, seminarlar va ko’rgazmalarga boshqa kompaniyalar (tur agentlar va tur operatorlar) bilan munosabatlar kiradi. Bu ayniqsa sayohatlarni sotishda qo’l keladi, turizm markazlari o’zlarini tur operatorlarga taklif qiladilar, tur operatorlar esa diqqatga sazovor joylar, transport va turizm markazlari bilan birgalikda o’zlarini ham sayohatlar savdosida auditoriyalarga taklif qiladilar.Shunga qaramasdan, to’g’ridan-to’g’ri aniq bir auditoriyani e’tiboriga qaratilgan yangi ko’rinishdagi mijozga yo’naltirilgan sayohat, ta’til ko’rgazmalari va yarmarkalari paydo bo’ldi.
Bosma reklama Bosma reklamaga qog’ozga chop etilgan OAV lar, gazetalar, jurnallardagi reklama e’lonlari va boshqa bosma shakldagi e’lonlari kiradi.