Biologiya darslarida masala va mashqlar yechish o’quvchilarni o’quv dasturidagi mavzularini keng va chuqur o’zlashtirishiga mantiqiy va mustaqil fikr yuritishiga ko’maklashadi. Biologiya darslarida juda ko’p mavzularda masala va mashqlardan foydalanish mumkin.
Quyida biologiya darslarida o’quvchilarning bilish faolligini oshirishga yordam beradigan ayrim masala va mashqlarni yechish usullarini tavsiya etaman.
1-bosqich
1-bosqich
Tayyorgarlik bosqichi: Bu bosqichda oqsillarni aminakislotalargacha , yog’larni gilitserin va yog’ kislotalargacha , polisaxaridlarni monosoxoridlargacha parchalanishi ro’y beradi natijada kam miqtorda energiya ajraladi.
Energiyani hammasi ( 100% ) issiqlik / sifatida tarqalib ketadi. To’planmaydi (0%)
Energiya almashinuvi bosqichlari 2- bosqich: glikoliz bosqichi sitoplazma kechadi.
Achish , to’liqsiz (chala ) parchalanish , Oraliq kislorodsiz (anaerob ) parchalanish deb nomlanadi .
1 molekula (180gr ) glukoza ( C 6 H 12 O 6 ) ni parchalanish natijasida – 2 molekula sut kislota (C 3H 60 3) 2ta ATF ajraladi. Umumiy 200 kj energiya ajraladi. 200kj energiyani / 120kj tarqaladi (60% ) : 80 kj ATF ning fosfat bog’lariga to’planadi (40%)
C 6H 120 6+2H 3PO 4 +2 ADF= 2C 3H 60 3+2ADF +2H 2O .
3- bosqich: Kislorodli parchalanish bosqichi mitoxondiriyada kechadi.
Kislorodli (aerob) to’liq parchlanish, nafas olish oksidlanish deb nomlanadi.
2 molekula sut kislota parchalanishi natijasida -36 ta ATF hosil bo’ladi . Umumiy 2600 kj energiya ajraladi. 2600 kj energiyani / 1160 kj tarqaladi ( 44,6 % ) : / 1440 kj ATF ning fosfat bog’lariga to’planadi. (55,4%)
Jami tarqalagan 120+1160 =1280 kj jami to’plangan 80+1440=1520kj jami energiya 1280 +1520 =2800kj umumiy energetik almashinuvning reaksiyasining yig’indisi.
C 6H 120 6+60 2+38ADF+38H 3PO 4=44H 20+6CO 2+38ATF
Xloroplastlarda mitoxondriyaga nisbatan 30 marta ko’p ATF sintezlanadi.
Energiya almashinuviga doir masalalar yechish ussullarini tavsiya qilaman:
1-masala. 675 gr glukoza fermentlar ishtirokida aerob sharoitida bosqichma – bosqich parchalansa , qancha energiya hosil bo’ladi?
Izoh : 180 gr glukoza aerob sharoitida parchalansa 200 kj aerob sharoitida esa – 2600 kj energiya hosil bo’ladi. Proporsiya tuzamiz:
Javob; 675 g gluyokaza aerob sharoitida parchalansa , 9750kj energiya hosil bo’ladi .
2-masala . Glikoliz jarayonida 4500 g gluyokoza parchlangan bo’lsa hujayrada qancha sut kislota hosil bo’ladi ?
Izoh . 180gr (1 mol) gluyokaza glikoliz jarayonida parchalansa 2 mol sut kislota hosil bo’ladi.
Yechish:
1-ish: 180g da_____2
4500g--------X
2-ish: Sut kislota X=(4500*2)/180=50
Javob :50 mol sut kislota hosil bo’ladi.
3-Masala Muskullarda 7 mol gluyukoza parchalandi . Shundan 3 mol glyukoza kislorod ishtirokida , 4 mol glyukoza kislorod ishtiroksiz parchalandi. Qancha CO2, H2O sut kislota hosil bo’ladi.
3-Masala Muskullarda 7 mol gluyukoza parchalandi . Shundan 3 mol glyukoza kislorod ishtirokida , 4 mol glyukoza kislorod ishtiroksiz parchalandi. Qancha CO2, H2O sut kislota hosil bo’ladi.
Izoh . 1 mol glyukozadan glikoliz jarayonida 2 molekula sut kislota hosil bo’ladi. Undan kislorod ishtirokida 36 molekula ATF 42 molekula H2O va 6 molekula CO2 hosil bo’ladi.