2. Fiziologiyaning o’rganish usullari.
Fiziologiya ko’pgina fanlardan farq qilib undagi barcha qonuniyat va
mexanizmlar tajribalarga, ya'ni eksperimentlarga asosan o’rganiladi. Bunday usul
tirik organizmdagi u yoki bu hayotiy funksiyalarning qanday ekanligini kursatib
qolmasdan, nega shunday ekanligini ham tushuntirish imkoniyatiga ega.
Hozir fiziologik tajriblarda tahliliy tekshirishlar olib borilmoqda, ya'ni
hayotiy jarayonlarni mukammal o’rganish uchun tadqikotlar nerv, muskul va bez
to’qimalarida molekulyar darajada olib borilmoqda. Bu yo’l hujayra sitoplazmasi,
membranasi va boshqa organellalardagi fiziologik funksiyalarni o’rganish
mumkin. Shu bilan bir vaqtda hayotiy jarayonlarni bitta hujayra yoki uning ayrim
olingan bitta organellasida o’rganish haqikatdan ancha uzoq bo’lib, ob'ektiv
natijalar olish qiyin. Shuning uchun fiziologik tadqiqotlarda sintetik tekshirishlar
keng o’rin tutadi, ya'ni tajribalar organizmning tabiiy yashash muhitidan
ajratilmagan holda o’rganiladi.
Fiziologiyaning dastlabki rivojlanish paytlari ekstraksiya va transplantatsiya
usullari keng ko’lamda qo’llanildi. Ichki a'zolar funksiyasini o’rganishga fistula
usuli qo’llanib kelindi. Hozirgi paytda qo’llaniladigan katetrizatsiya usulini fistula
usulining ma'lum varianti deb qarash mumkin.
Har bir ishchi a'zo bilan nerv tizimi orasidagi bog’lanishni aniqlashda
denervatsiya usuli ishlatiladi (a'zolarga keladigan nerv tolalarining butunlay kesib
tashlash yoki elektr toki bilan qitiqlash).
Fiziologik tadqiqotlarda qo’llaniladigan o’tkir va surunkali (xronik usullarni
batafsil bayon qilish). Alohida a'zolar faoliyati perfuziya usuli bilan olib boriladi.
Hozir fiziologik tekshirishlarda oldin qo’llanib kelingan mexanik asboblar o’rniga
elektron qayd qilgichlar ishlatilib, olingan natijalar kompyuterlar yordamida tahlil
qilinmoqda.
3. Fiziologiyaning rivojlanish tarixi.
Tirik organizmning hayotiy funksiyalarini o’rganish bilan bog’liq hatti
harakatlar kishilik jamiyatining taraqqiyoti bilan bog’liq. Qadimgi Yunoniston,
Rim, Xitoy, Hindiston va Misr mamlakatlarida olim mutafakkirlar tirik organizm
funksiyalari haqida ma'lumotlar to’plashni qadim zamonlardan boshlagan.
Gippokrat yoki Buqrot (yangi eradan oldin 460-377 yillar) mijoz bo’yicha
ish olib borib insonlarni hulq-atvori, his-tuyg’u va hatti-harakatlariga ko’ra to’rtta
guruhga bo’lgan (sangvinik-serharakat, ildam, issiq qonli odamlar: flegmatik-
badanida sovuq shilimshiq modda ko’p bo’lgan, sovuq qon vazmin odamlar:
Melanxolik-tanasida qora o’t ko’p bo’lgan, ivirsiydigan, o’ziga ishonmaydigan
odamlar: xolerik-serjahl o’zini tutolmaydigan odamlar). Vaqt o’tib Buqrotning
odamlarni temperaturasiga qarab, to’rt guruhga bo’lish I.I.Pavlov tadqikotlarida
tasdiqlandi. Uni tibbiyot asoschisi deb qarash mumkin.
Fiziologiyaning rivojlanishiga muhim hissa qo’shgan qadimgi olimlardan
Galen (Jolinus)ni (134-211 yillar) olish mumkin. U cho’chqa va maymunlarda
tajriba o’tkazib anatomiya va fiziologiyani davriga nisbatan ancha chuqur
o’rgangan. Biologiya va tibbiyotga tajribalar kiritish lozimligini birinchi bo’lib,
Galen taklif qilgan. Kishilardagi ruhiy xususiyatlar bosh miya bilan orqa miya
oldingi ildizlarining harakat qiyinchiliklarini sezgi bilan bog’likligini ilk bor u
aniqlagan.
Sharq mamlakatlaridan chiqqan mutafakkirlar ham fiziologiya rivojlanishiga
o’z hissalarini qo’shishgan, masalan, Abu NosirMuhammad Al-Farobiy (873 yilda
tugilgan) miya va undagi markazlarning odam faoliyatida muhimligini tushungan
va nervlarni harakatga keltiruvchi ham sezuvchilarga guruhlagan.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) o’zining «Tib qonunlari» va boshqa kitoblari
bilan jahonga mashhur. Uning «Tib qonunlari» asari XYIII asrgacha tibbiyotdagi
asosiy adabiyot bo’lgan.
XYI asrlarning o’rtalarida ijod qilib o’tgan anatom olim A.Vazeliy Ibn Sino
asarlarini sinchiklab o’rgangan. U birinchi bo’lib, hayvonlarda tajriba o’tkazish
uchun maxsus qo’llanma yaratdi.
Fiziologiya tarixida 1628 yil uning fan sifatida shakllanish yili deb qabul
qilingan. Chunki aynan shu yili ingliz olimi U.Garvey «Hayvon yuragi va qonining
harakati to’g’risida anatomik tekshirishlar» degan kitobini chop qilib, unda qon
aylanish haqidagi Galenning noto’g’ri fikrlarini inkor qildi. Uning buyukligi
shundaki, arteriya va vena qon tomirlari bir-biriga juda mayda tomirlar bilan
bog’lansa kerak deb to’gri taxmin qiladi, chunki bu davrda hali kapilyar tomirlar
ochilmagan edi (kapilyar tomirlar 1661 yili Malpigi tomonidan ochiladi).
Fransuz mutafakkiri R.Dekart refleks haqida dastlabki tushunchani bergan
(XYII asr).
XYIII asrdan boshlab ko’pgina nufuzli o’quv yurtlarida (universitetlarda)
fiziologiya mustaqil fan sifatida o’tila boshlandi. Bu davrga kelib fizika, ximiya,
mexanika, gidravlika, optika qonunlarini fiziologiyada qo’llash qon bosimini va
nafas olishni o’lchash, ko’z faoliyatini o’rganish imkoniyatlarini yaratdi
(R.Reomyur va L.Spalansini ovqat hazm qilishni, A.Lavuaze va P.Laplas energiya
sarfini o’lchashni, M.L.Lomonosov, J.Joul va G.Gelmgolslar moddalar va energiya
saqlanish qonunini ochishdi).
XYIII asrning oxirlariga kelib L.Golvani elektrofiziologiyaga asos soldi
(uning «hayvon elektri» kitobi). 1847 yili K.Lyudvig kimograf kashf qildi. 1842
yili rus vrachi V.A.Basov me'daga fistula qo’yishni kashf etdi.
I.M.Sechenov rus fiziologiyasining otasi hisoblanadi, uning 1863 yili
chiqqan «Bosh miya refleksllari» kitobida ixtiyoriy va ixtiyorsiz harakatilarning
barchasi refleks ekanligi ta'riflangan. Bu kitobda u birinchi bo’lib, ongni tajriba
yo’li bilan o’rganishni taklif qildi. I.M.Sechenov mehnat fiziologiyasining
asoschisi bo’lib ham hisoblanadi. Uning shogirdi N.ye.Vvedenskiy parabioz
ta'limotini yaratdi.
Fiziologiya tarixida I.P.Pavlov alohida o’rin tutadi. U dastlab yurak va qon
aylanish fiziolgiyasi bilan shug’ullandi (yurak ishini susaytiradigan va
kuchaytiradigan maxsus nervlarni kashf qildi). Keyin u ovqat hazm qilish
fiziologiyasini rivojlantirdi. Uning bu boradagi ishlari 1904 yili Xalqaro Nobel
mukofoti bilan taqdirlandi.
Fiziolog olimlardan B.P.Babkin, L.A.Orbeli, K.M Bikov, I.P.Razenkov,
P.K.Anoxinlar, I.P.Pavlov shogirdlari bo’lib hisoblanadi (ularning ishlari haqida
ma'lumot berish).
XX asrda fiziologiya sohasida qilingan muhim ishlar elektrofiziologik
tadqiqotlar va A.M.Ugolev tomonidan membranada ovqat hazm bo’lishining
ochilishdir.
O’zbekistonlik
fiziologlar
(A.I.Izrael,
A.S.Shatalina N.V.Danilov,
A.Yu.Yunusov, A.X.Xoshimov, A.S.Sodiqov, G.F.Korotko, Z.T.Tursunov,
K.R.Rahimov,
X.Sh.Xayritdinov,
U.Z.Qodirov,
E.S.Mahmudov,
M.G.Mirzakarimova, R.A.Axmedova, Sh.Q.Qurbonov va boshqalar ishi haqida
to’xtalish kerak).
4. Fiziologiyaning bo’limlari.
Umumiy fiziologiya, juz'iy fiziologiya, amaliy fiziologiya (mehnat
fiziologiyasi, sport fiziologiyasi), ovqatlanish fiziologiyasi, ekologik fiziologiya,
qishloq xo’jalik hayvonlari fiziologiyasi. Yana fiziologiya shartli ravishda
patologik va me'yoriy fiziologiyaga bo’linadi (tushuntirish kerak).
Do'stlaringiz bilan baham: |