Neyronlarning tuzilishi.
Aniklanishicha, odamning miyasida 25 milliardga yakin nerv xujayrasi -
neyron mavjud. Periferik nerv tizimidagi xujayralar soni esa 25 million atrofida.
Neyronlarning uzi xam bir-biridan katta-kichikligi, shakli, tuzilishi, vazifasi va
boshka xususiyatlari bilan farklanadi (3).
Neyronning tuzilishi
1 – soma; 2 – dendrit; 3 – akson; 4 – aksonal tepalik; 5 – akson kollaterali; 6 –
akson uchi; 7 – miyelin qobiq; 8 Ranvye qovuzlog`; strelka bilan
qo’zg`alishni o’tkazish yo’nalishi ko’rsatilgan.
Nerv xujayralarining kattaligi xar xil bulib, 4-6 mikrondan 120 mikrongacha
boradi. Nerv xujayralarining katta-kichikligi undan chikuvchi nerv tolalarining
uzunligiga va shu xujayrani nerv bilan ta'minlaydigan maydon xajmiga boglik (1).
Neyronlarning shakli xam turli-tuman buladi, masalan, piramidasimon,
yulduzsimon, oval shaklda, shoxlangan darxsimon va xokazo.
Nerv xujayralari xam boshka barcha xujayralar kabi tuzilgan, ammo uning bir
kator uziga xos xususiyatlari xam mavjud. Birinchidan ular tuzilishi bilan,
ikkinchidan bajaradigan vazifasi bilan va uchinchidan mavjud imkoniyatlari bilan
keskin fark kiladi.
Nerv xujayrasini 4 ta asosiy kismga bulish mumkin: tanasi, dendritlari, aksoni
va aksonning sinaps oldi oxirgi tarmoklari (1.1.5.-rasm).
Barcha neyronlarning tanasida xam boshka xujayralardagi kabi organoidlar
bor, bularga yadro, ribosomalar, endoplazmatik tur, mitoxondriya, Golji apparati,
sitoplazma va undagi turli xil kiritmalar, neyrofibrill apparat, xromatin modda,
ya'ni Nissl substansiyasi va boshkalar kiradi.
Yadro. Xamma nerv xujayralarning yadrosi aksari dumalok shaklga ega.
Yadroning kattaligi urta xisobda xujayraning turtdan bir kismiga teng bulib,
kupincha xujayraning markazida joylashgan buladi. Orka miya Klark ustuni
xujayralarining yadrolari, shuningdek vegetativ nerv sistemasidagi ba'zi bir
xujayralarining yadrolari xujayra markazida emas, balki uning chetida
joylashgandir.
Nerv xujayrasining yadrosi suyuk modda bulib, yumalok yoki oval shaklga
ega. Yadro 600-1000 A ga teng bulgan ikki kavat lipoproteid pardadan iborat.
Yadro bilan protoplazma urtasida faol modda almashinuvi vaktida bu pardalarda
teshiklar paydo bulib, ular orkali yadroga turli moddalarning molekulalari kiradi
(3).
Nerv xujayrasining yadro suyukligi nukleoproteidlardan tuzilgan. Yadroning
10% moy tashkil etadi. Fermentlardan ishkoriy fosfataza kup mikdorda uchraydi
va organizm kancha yosh bulsa, bu ferment shunchalik faol buladi. Nerv
xujayrasining yadrosida xolinesteraza, sitoxromoksidaza, karbongidrataza, kabi
fermentlar xam uchrab turadi.
Yadro ichida bir yoki ikki dona yalrocha joylashgan. Uning xajmi kishi
umrining birinchi yarmiga kadar kattalashib boradi. Yadrocha asosan
ribonukleotidlardan tuzilgan. Xujayra yadrosi nevronning trofik markazi bulganligi
tufayli u xujayra va uning jami usikchalari trofikasini boshkarib turadi.
Jinsiy xromatin yoki satellit. Satellit - yadro ichida joylashgan, diametri bir
mikron bulgan yumalok shakldagi tuzilma bulib, u fakat ayollar xujayrasiga xosdir.
Erkaklarning nerv xujayralariga atigi 5 foiz uchraydi. Satellit kupincha yadro
yenida joylashgan buladi, uning uzi nuklein kislotalardan tuzilgan. Satellit ayol
xujayrasining yadrolariga xos tuzilma bulgani uchun uning bor yoki yukligi jinsni
aniklashda kattta axamiyatga ega. Shu sababli u “jins xromatini” deb ataladi.
Xromatin modda yoki Nissl donachalari. Bu neyronning sitoplazmasida va
dendritlarida mavjud bulgan, Nissl usulida buyalganda kurinadigan donachalardir.
Ular xam ancha murakkab tuzilishga ega bulib, xujayra charchagan, kuzgalgan va
narkoz berilgan paytda ular yukolib ketadi. Shu sababli ular energetik manba
sifatida karaladi (3).
Mitoxondriy. Nerv xujayrasi protoplazmasining neyrit ajraladigan kismida xar
xil xajmdagi oksillardan iborat mitoxondriy deb ataluvchi donacha va
tayokchalar joylashgan. Ular asosan lipoidlardan tuzilgan parda bilan uralgan.
Mitoxondriylarda xar xil fermentlar, jumladan oksil, uglevod, moy va energetik
moddalar almashinuvida ishtirok etuvchi fermentlar borligi aniklangan. Xozirgi
vaktda mitoxondriy nerv impulslarini aksonlarga yo‘naltirishda va miyaning eng
murakkab funksiyalaridan biri bulgan xotirada ishtirok esakerak, degan taxmin
kilinmokda.
Golji apparati. Golji apparati kumush nitrit (argentum nitrium) bilan
buyalganda kurinadi. Golji apparati xujayrani urab oladigan mayda xalkachalardan
iborat tur xosil kiladi. Golji apparati ishlaganda yukolib, dam olganda paydo
buladi, shu sababli uni xujayrada bulib turadigan moddalar almashinuvi jarayonida
ishtirok esa kerak, deb taxmin kilinadi. Golji apparati lipoid va proteinlardan tarkib
topgan.
Pigmentlar. Nerv xujayralarida asosan ikki xil pigment uchraydi.
1) Lipofussin
2) Melanin
Lipofussin sarik rangda. U oksil va lipoidlardan tuzilgan bulib, xujayralarning
yadrosi yonida joylashgan. Yoshlarning nerv xujayralarida lipofussinning mikdori
kamrok bulib, keksayganda kupayadi. Lipofussin odamda 6 yoshdan boshlab
paydo bula boshlaydi. Lipofussin nerv xujayrasinig metabolizmi natijasida vujudga
kelgan koldik moddalar yigindisi bulsa kerak, deb taxmin kilinadi. Ayrim
kasalliklarda esa yoshlarning xujayra protoplazmasida xam lipofussin kup
uchraydi.
Neyrofibrillar. Nerv xujayrasiga kumush nitrit eritmasi shimdirilsa, u koraga
buyaladi. Bunda xujayra ichidagi ingichka tolalardan xosil bulgan tur kurinadi. Bu
tolalar nevrofibrillar deb ataladi.
Xar bir nevrofibrilla tolasi kundalang yunalishdagi ketma-ket joylashgan ok
va kora chiziklari borligi bilan ifodalanadi. Elektron mikroskop bilan tekshirish
natijasida nevrofibrill tolasi yotik kundalang joylashgan disklardan iborat ekanligi
aniklandi. Bu nevrofibrillar bir dendritdan ikkinchi dendritga xamda xujayra
ichidan akson tomon yunalgan buladi. Xar kanday aksonning uk silindri xujayra
ichidan chikib keluvchi nevrofibrilldan tuzilgan. Nevrofibrillar asosan nerv
impulslarini utkazishda ishtirok etadi.
Ayrim nerv xujayralari sekretor funksiyani bajaradi. Sekret xosil bulishida
protoplazmaning xromatin moddasi ishtirok etadi, deb taxmin kilinadi.
Paraventikulyar yadro oksitotsin deb ataluvchi gormon ishlab chikaradi. Bu
gormon bachadon va sut beziga ta'sir etadi.
Supraoptik yadro vazopressin degan gormon ishlab chikaradi. Bu gormon kon
bosimiga va siydik ajralishiga ta'sir kursatadi. Xozirgi vaktda xujayra tanasida
xosil buladigan kolloidning akson tanaga karab yunalishi va akson orkali turli
organlarga yetib borishini tasdiklovchi ilmiy tadkikotlar utkazilgan. Miyachaning
Purkine xujayralarida xam sekretsiya bulsa kerak deb taxmin kilinadi.
Dendritlar nerv xujayrasining kalta usimtalari bulib, ularning ichi sitoplazma
bilan tulgan buladi. Dendritlarning asosiy vazifasi xujayraga impulslarni yetkazib
berish va impulslarni MNT dagi bir neyrondan ikkinchisiga utkazishdir.
Neyrondagi dendritlarning soni juda kup buladi.
Dendritlarning atrofida xam mayda usimtalar borligi aniklangan. Masalan,
maymun miyasining xujayrasida 61.000 dan ortik usimta borligi urganilgan. Bu
usimtalarning diametri 0,5 mikronga teng. Bu usimtalar xar xil tashki ta'sirotlarga
nisbatan sezgir. Patologik jarayonlarda ularda katta uzgarishlar yuz beradi.
Neyrondagi dendritlar soni juda kup bulganligi tufayli ular katta yuzani xosil
kiladi. Masalan, Purkine xujayralaridagi dendritlar yuzasi 250.000 mkm
2
ga teng.
Shu sababli neyronlar dendritlari orkali juda kup sonli boshka neyronlar bilan
aloka kilishi mumkin. Dendritlarning sitoplazmasida xam Golji apparati,
mikronaychalar, neyrofilamentlar mavjud.
Dendritlar shoxlanib ketadi va ular membranasida juda ko‘p sinapslar bo‘ladi.
Yana bu membrana yuzasida neyron hujayrasida bo‘lganidek oqsil molekulalari
ayrim-ayrim, qaysiki ximiyaviy retseptor vazifasini bajaradi, ular har xil ximiyaviy
moddalarga sezuvchan bo‘ladi, shu bilan nerv hujayralarini bir-biriga bog‘lab
turadi.
Akson xam harakat potensiali yoki nerv impulslarini o‘tkazish vazifasini
bajaradi. Ular nerv hujayralarini bir-biri bilan va asosan neyronni ishchi organ
bilan bog‘lab turadi. Aksonning uchida maxsus pufakcha - vezikulalar bo‘lib, unda
ximiyaviy moddalar bo‘ladi. Aksonning presinaptik (sinaps oldi) qismi maxsus
retseptor bilan ta'minlangan bo‘lib, ular har xil mediatorlarga nisbatan sezuvchan
bo‘ladi.
Aksonning katta kichikligi neyronning katta-kichikligi bilan boglik. Neyron
kanchalik katta bulsa, akson xam shunchalik katta buladi va aksincha.
Akson dendritlardan kam shoxlanishi, muayyan doimiy diametri mavjudligi,
mielin pardasi bilan fark kiladi.
Aksonning uzini xam bir nechta kismlarga bulib urganish mumkin:
boshlangich kism, aksoplazma, aksolemma, kollaterallar va terminallar.
Boshlangich kism (sigment) aksonning xujayra tanasidan chikish joyida bulib,
sigmentning boshlanishida boshka neyronning aksoni kelib tugashi mumkin.
Bunda begona aksondan foydalanib, informatsiyani uzatish mumkin.
Aksoplazma da mikronaychalar, neyrofilamentlar, mitoxondriyalar va boshka
organoidlar bor. Neyrofilamentlar va mikronaychalar sitoplazmadagi turli
kimyoviy moddalarni, oksillarni tashiydi.
Aksolemma aksonning membranasi bulib, u mielinli aksonlarda xam,
mielinsiz akonlarda xam mavjud. Aksonning oxirida aksolemma sinapsning sinaps
oldi kismini shakllantiradi.
Kollaterallar bitta javob impulsini turli neyronlarga yetkazib beradi va ular
akson ichida shoxlanishi xam mumkin.
Terminallar aksonning oxirgi bulinish joyida bulib, ular u yerda yugonlashadi
va
asosan
sinapslarni
shakllantiradi.
Terminallarning
yonida
odatda
mitoxondriyalar, turli kimyoviy moddalarga boy bulgan vezikulalar tuplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |