1- ma'ruza. Kirish. Tinchlik va qo`zg`alish potensiallari. Neyronlararo aloqalar. Markaziy nerv tizimi



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/23
Sana01.01.2022
Hajmi0,5 Mb.
#291017
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
1 маъруза



1- Ma'ruza

 

Kirish.   Tinchlik va qo`zg`alish potensiallari. Neyronlararo aloqalar. 



Markaziy nerv tizimi 

 

 



 

R e j a: 

1. 

Fiziologiyaning predmeti, ahamiyati. 



2. 

Fiziologiyaning o’rganish usullari. 

3. 

Fiziologiyaning rivojlanish tarixi. 



4. 

Fiziologiyaning bo’limlari. 

 

1. Fiziologiyaning predmeti va ahamiyati. 

 

Fiziologiya  so’zi  yunoncha  phisis  -  tabiat,  logos  -  ta'limot  ma'nolarini 



beruvchi  tushuncha  bo’lib,  unga  tabiat  haqidagi  fan  deb  qaralgan.  XVI  asrdan 

boshlab,  o’simliklar  va  hayvonot  dunyosini  o’rganuvchi  fan  sifatida  o’rin  olib 

kelgan. Keyinchalik ilmiy ma'lumotlarning to’planishi tufayli botanika, zoologiya, 

anatomiya kabi mustaqil fanlar vujudga kelgan. Shunga qaramasdan, uzoq vaqtlar 

davomida  fiziologiya  anatomiya  fanini  ichida  o’rganib  kelingan,  anatomik 

tekshirishlar jarayonida fiziologik funksiyalarni o’rganish odat tusida bo’lgan. XIX 

asrda  fiziologiya  anatomiyadan  ajralib  mustaqil  bo’ldi,  shakllandi  va  unga  odam 

hamda  hayvonlarning  tirikligi  bilan  bog’liq  barcha  hayotiy  funksiyalarni 

o’rganuvchi  fan  sifatida  qarala  boshlandi.  Bularga  moddalar  va  energiya 

almashinuvining  borishi,  yurak-qon  tomirlar,  nafas  olish,  ovqat  hazm  bo’lishi, 

ajratish tizimlarining ishlashi, ichki sekretsiya bezlari, nerv tizimi, muskullar, sezgi 

a'zolarining  faoliyati  va  boshqalar  kiradi.  Hozirgi  kunda  odam  va  hayvonlar 

fiziologiyasi  bir  butun  tirik  organizm,  undagi  ayrim  tizim,  a'zo,  to’qima  va 

hujayralarning yashash qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir. 

 

Fiziologiya keng ko’lamli fan bo’lib, uning muhim ahamiyati dastavval tirik 



organizm  bilan  uni  o’rab  olgan  muhit  orasidagi  aloqa  mexanizmini  tushuntiradi. 

Bu  mexanizmlarning  u  yoki  bu  sabablariga  ko’ra  buzilishi  turli  xil  kasalliklarga 

olib kelgan, yuzaga kelgan kasallikning mohiyatini esa fiziologiya qonuniyatlarini 

bilmasdan  tasavvur  qilib  bo’lmaydi.  Shuning  uchun  ham  fiziologiya  tibbiyotning 

nazariy  asosini  tashkil qiladi,  deb bemalol  aytsa bo’ladi.  Fiziologik  funksiyalarni 

tekshirish esa klinik diagnostikaning asosini tashkil qiladi (yurak urish chastotasi, 

elektrokardiogrammasi  va  boshqa  ko’rsatgichlarga  ko’ra  uning  me'yoriy  ishlash 



ishlamasligi, hazm shiralarining tarkibi va miqdoriga ko’ra oshqozon-ichaklarning 

faoliyati haqida xulosa qilinadi va hokoza). 

 

Fiziologiyaning  ahamiyatiga  inson  hayotiy  funksiyalarini  o’rganishdan 



tashqari  hayvonot  dunyosining  barcha  vakillarida  tiriklik  ko’rsatgichlarini  taqlid 

qilish  ham  kiradi.  Bu  holat  o’z  navbatida  organik  dunyo  taraqqiyotini  to’liqroq 

tasavvur  qilishga  yordam  beradi.  Turli  xil  hayvondagi  har  bir  fiziologik  funksiya 

mavjud  muhit  sharoitida  yashab  qolishni  taqozo  qiladi.  Shuning  uchun  ham, 

evolyusion taraqqiyot jarayonida hayvon organizmidagi u yoki bu a'zolar, tizimlar, 

to’qima  va  hujayralar  tegishli  o’zgarishlarni  qabul  qiladi,  moslashadi,  muhit 

sharoitiga  muvofiqlashadi  (suvda  yashovchilarning  quruqlikka  chiqishi  bilan 

jabralar orqali nafas olish o’rniga o’pka bilan nafas olish yuzaga keladi va hokoza). 

 

Fiziologiyaning  muhim  ahamiyatlaridan  yana  biri  shundan  iboratki,  hozirgi 



zamon  kishilarida  uchraydigan  xastaliklar  (shakarli  diabet,  ateroskleroz, 

gipertoniya,  oshqozon-ichak  yaralari,  xavfli  o’smalar  va  boshqalar)  kundalik 

turmush tarzida organizm zimmasiga tushadigan turli yuklamalarning (ruhiy-hissiy 

achchiqlanish,  tajavvuzkorlik,  hasad  qilish,  jismoniy  kam  harakatlilik,  monoton 

harakat  qilish,  giperdinamiya,  fizikaviy  juda  issiq  yoki  juda  sovuq  sharoitda 

yashash,  nurlanish,  tezlashish,  vaznsizlik  va  boshqa  holatlarga  tushish)  me'yor 

darajasidan chetga chiqishi ekanligini tushuntirib berish bilan xarakterlanadi. 

 

 




Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish