1- ma'ruza. Kirish. Tinchlik va qo`zg`alish potensiallari. Neyronlararo aloqalar. Markaziy nerv tizimi



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/23
Sana01.01.2022
Hajmi0,5 Mb.
#291017
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
1 маъруза

Nerv  markazlari  MNT-ning  muayyan  refleksini  yuzaga  chiqarishda  yoki 

muayyan fknksiyani boshqarishda ishtirok etadigan neyronlar yig‘indisidir.  



Nerv markazining anatomik ta'rifi – murakkab bo‘lmagan ma'lum bir refleksni 

boshqaruvchi  neyronlar  yig‘indisi.  Bunday  nerv  markazi  uncha  murakkab 

bo‘lmagan  reflekslarni  boshqaradi  (tizza  refleksi).  Bu  refleksnining  markazi 

umurtqa pog‘onasining 2-4-bel segmentlarida joylashgan. 



Nerv  markazining  fiziologik  ta'rifi  –  MNT-da  turli  funksional  darajalarda  va 

murakkab  harakatlarni  ta'minlovchi  bir  necha  nerv  markazlarining  yig‘indisi. 

Masalan,  ovqatlanish  bilan  bog‘liq  hatti-harakatlarni  amalga  oshirishda  ko‘p 

a'zolar  ishtirok  etadi.  Bu  a'zolarning  faoliyati  nerv  tizi-mining  turli  joylaridan 

keluvchi nerv impulslari tomonidan boshqariladi. Ovqatlanish jarayonida turli nerv 

markazlari  ma'lum  bir  foydali  natija  olish  uchun  funksional  birlashadilar. 

Fiziologik va nerv markazlari MNT-ning turli pog‘onalarida – orqa miyadan bosh 

miya po‘stlog‘igacha joylashgan. 

Nerv markazlari o‘zaro juda ko‘p sondagi sinapslar bilan birikkan bo‘lib, bu 

narsa ularning asosiy xossalarini belgilaydi. 



Nerv  markazlarining  asosiy  xsusiyatlari  –  qo‘zg‘alishning  bir  tomonlama 

o‘tkazilishi,  uning  sekinlshtirib  o‘tkazilishi,  qo‘zg‘alishning  to‘planishi 

(summatsiyasi), qo‘zg‘alish ritmining o‘zgarishi (transformatsiya), faliyat qoldig‘i, 

nerv  markazlarining  charchashi,  tarangligi,  ular  funksiyalarining    kislorod  bilan 

ta'minlanishga bog‘liqligi  va hokazo.  

Qo‘zg‘alishning bir tomonlama o‘tkazilishi. Nerv tolasi bo‘ylab impulslar ikki 

tomonga  qarab  o‘tadi.  MNT-da  esa  qo‘zg‘alish  faqat  bir  tomonlama  tarqalishi 

kuzatiladi. Bu hodisa nerv markazlarida qo‘zg‘alishning bir tomonlama o‘tkazilishi 

deb  nomlanadi.  Buni  turli  reflektor  faoliyatlarda  kuzatish  mumkin.  Qo‘zg‘alish 

impulslarining  bir  tomonlama  o‘tishi  MNT-da  sinapslarning  xossalariga  bog‘liq, 

chunki sinapslarda qo‘zg‘alish faqat bir tomonlama tarqaladi. 



Sekinlashtirib  o‘tkazish.  Qo‘zg‘alish  nerv  tolalariga  nisbatan  nerv 

markazlaridan  sekin  o‘tadi.  Nerv  markazlarida  qo‘zg‘alishning  sekinlashtirib 

o‘tkazilishi  sinpslardagi  elektr  impulslarning  kimyoviy  yo‘l  bilan  o‘tkazilishiga 



bog‘liq.  Kimyoviy  signallarni  o‘tkazish  tezligi  elektr  signallariga  nisbatan  ming 

marotaba  sekinroqdir.qo‘zg‘alishning  sinaptik  ushlanishi  sinaps  tugunida 

impulslarning  to‘planishi,  mediatorning  sinaptik  oraliqda  to‘planishi,  ion 

o‘tkazuvchanligining o‘zgarishi va harakat potensialining o‘zgarish vaqtidan kelib 

chiqadi.  Refleks  yoyida  sinapslar  soni  qanchalik  ko‘p  bo‘lsa,  refleks  vaqti 

shunchalik  uzayadi.  Undan  tashqari,  mediator  ajralishi,  uni  sinaptik  oraliq  orqali 

diffuziyalanishi,  postsinaptik  membrananing  qo‘zg‘alishi  uchun  ancha  vaqt  talab 

qilinadi.  Bolalar  MNT-da  qo‘zg‘alishning  sekin  o‘tishi  kattalarga  nisbatan 

yaqqollar ko‘rinadi. Charchash holatida esa qo‘zg‘alishni o‘tkazish muddati yana 

ham cho‘ziladi.  



Nerv markazlarida qo‘zg‘alishning summatsiyasi. Pog‘ona osti kuchi, kuchsiz 

bo‘lsada tez-tez qaytarilib tursa qitiqlovchilar ta'sirida to‘qimalarda qo‘zg‘alishlar 

bir-biri  bilan  qo‘shilib  ketishi,  ya'ni  summatsiyalanishi  kuzatiladi.  Qo‘zg‘alish 

summatsiyasi  bir  vaqtning  o‘zida  bir  nechta  pog‘ona  osti  kusiga  ega  bo‘lgan 

qitiqlagichlar  ta'sir  etganda  ham  ro‘y  berishi  mumkin.  Uning  kelib  chiqish 

mexanizmi  postsinaptik  membranada  mediatorning  to‘planishi  va  nerv 

markazidagi  hujayralar  qo‘zg‘aluvchanligining  oshishi  bilan  tushuntiriladi. 

Qo‘zg‘alish  summatsiyasiga  misol  –  aksa  urish  refleksi.  Bu  refleks  burun  shilliq 

pardalarining  ta'sirlanishi  uzoq  davom  etganda  ro‘y  beradi.  Nerv  markazlaridagi 

qo‘zg‘alish  summatsiyasi  holatini  birinchi  marotaba  1863  yili  I.M.Sechenov 

aniqlagan. Nerv markazlaridagi summatsiya ikki xil bo‘lishi mumkin:1) ketma-ket 

summatsiya  (birin-ketin  keluvchi  impulslar  qo‘shiladi);  2)  masofali  summatsiya 

(bir vaqtning o‘zida ta'sir etuvchi bir nechta impulslar qo‘shiladi). 

Qo‘zg‘alish  ritmining  o‘zgarishi  (transformatsiyasi).  Nerv  markazlari  har 

qanday,  hatto  juda  sekin  ta'sir  etuvchi  ritmlarga  ham  katta  tebranish  bilan  javob 

qaytaradi.  Nerv  markazlaridan  periferiyaga  boruvchi  qo‘zg‘alishlar  tebranishi  1 

soniyada  50  dan  200  gacha  bo‘lishi  mumkin.  Nerv  markazlarining  bu  xususiyati 

barcha  muskullarning  tetanik,  silliq  qisqarishlarini  ta'minlaydi.  Nerv  markazlari 

o‘ziga  keluvchi  impulslarning  ritmini  o‘zgartira  olish  xususiyatiga  ham  ega.  Shu 

sababli  markazlardagi neyronlarda efferent impulslar tebranishi afferent impulslar 

tebranishidan farq qiladi va nisbatan mustaqil bo‘ladi. 



Faoliyat  qoldig‘i.  Reflektor  aktlar  ularni  yuzaga  chiqarayotgan  ta'sirlarning 

to‘xtashi  bilan  bir  vaqtda  tamom  bo‘lmay,  oradan  ma'lum  vaqt  o‘tgandan  keyin 

to‘xtaydi.  Bu  hodisa  reflektor  faoliyat  qoldig‘i  deb  ataladi.  Faoliyat  qoldig‘ining 

davom  etish  vaqti  ta'sirot  davomiga  nisbatan  ko‘p  marta  ortiq  bo‘lishi  mumkin. 

Ta'sir  qancha  kuchli  bo‘lsa,  qancha  ko‘p  davom  etsa,  reflektor  faoliyat  qoldig‘i 

ham odatda shunga muvofiq ravishda uzayadi. 




Nerv  markazlarining  charchashi.  Nerv  markazlari  nerv  tolalaridan  farq  qilib 

tez  charchash  xususiyatiga  ega.  Nerv  markazlarining  charchashi  odatda  reflektor 

reaksiya  shiddatligining  pasayishida  va  ma'lum  vaqt  o‘tishi  bilan  uning  to‘la 

to‘xtashida  namoyon  bo‘ladi.  Nerv  markazlarining  bu  xususiyatini  quyidagicha 

isbitlash  mumkin.  Afferent  tolalar  ta'sirlanishiga  javoban  muskulning  qisqarishi 

to‘xtaganidan  keyin  muskulga  keluvchi  efferent  tolasi  qitiqlansa,  muskul  qayta 

qisqaradi.  Demak,charchash  efferent  yo‘llarda  emas,  balkinerv  markazlarida  ro‘y 

berar  ekan.  Reflektor  yoyidagi  eng  ko‘p  charchaydigan  tuzilmalar  –  ta'sirlarni 

qabo‘l  qiluvchineyronlardir.  Hozirgi  vaqda  charchash,  eng  avvalo,  sinapslarda 

qo‘zg‘alishning  uzatish  mexanizmlari  izdan  chiqishi  bilan  tushuntirilmoqda. 

Mediator  zahiralarining  kamayishi  va  postsinaptik  membranada  sezgirlikning 

kamayishi ham nerv markazlarining charchashiga sabab bo‘lishi mumkin. 



Nerv 

markazlarining 

tarangligi

Elektrofiziologik 

tekshirishlarning 

ko‘rsatishicha,  nerv  impulslari  nerv  markazlaridan  periferiyaga,  tegishli  a'zo  va 

to‘qimalarga faqat reflekslarning yuzaga chiqish vaqtida emas, balki nisbiy tinchlik 

holatida ham borib turadi. Nerv markazlarining shunday doimiy qo‘zg‘alib turishi 

nerv markazlarining tarangligi deb ataladi. 

Nerv markazlari funksiyalarining kislorod bilan ta'minlanishiga bog‘liqligi

Odatda,  nerv  hujayralarining  kislorodni  iste'mol  qilishi  ancha  jadal  kechadi. 

Odam  nev  hujayralari  1  daqiqada  taxminan  40-50  ml  kislorodni  o‘zlashtiradi. 

Kislorodsiz  muhitda  nerv  markazlarining  ishi  tezda  ishdan  chiqadi.  Katta  yarim 

sharlarga  5-6  daqiqa  davomida  kislorod  yetkazilmasa,  nerv  hujayralari  nobud 

bo‘ladi. Miya sopining nerv markazlari kislorod yetishmovchiligiga 15-20 daqiqa, 

orqa  miya  neyronlari  esa  20-30  daqiqagacha  chidashi  mumkin.  Gavda  harorati 

sun'iy  yo‘l  bilan  pasaytirilganida,  paydo  bo‘lgan  gipotermiya  natijasida 

organizmdagi  moddalar  almashinuvi  susayadi,  shu  bilan  MNT  kislorod 

yetishmovchiligiga  uzoqroq  bardosh  berishi  mumkin,  va  bu  holat  tibbiyot 

amaliyotida tegishli holda qo‘llaniladi. 

 


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish