1- ma'ruza. Kirish. Tinchlik va qo`zg`alish potensiallari. Neyronlararo aloqalar. Markaziy nerv tizimi



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/23
Sana01.01.2022
Hajmi0,5 Mb.
#291017
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
1 маъруза

1.1.6.-rasm. Sinapsning tuzilishi. 

 

Sinapslar  neyronni  nerv,  muskul  va  boshqa  hujayralar  bilan  birlashtiruvchi 



tuzilmalardir  (1.1.6.-rasm).  Sinapsning  tarkibida  aksonning  oxirida  joylashgan 

membrana  –  presinaptik  membrana  va  dendrit  yoki  muskul  hujayralarida 

joylashgan  possinaptik  membrana  mavjud.  Ular  o‘rtasida  sinapsning  uchinchi  

qismi  –  sinaps  yirig‘i  bor.  Nerv  impulslari  ko‘rinishida  kodlangan  axborot  bir 

neyrondan  ikkinchisiga  akson  terminallaridan  (uchidan)  ajraluvchi  mediator  yoki 

neyrotransmitter  deb  ataladigan  kimyoviy    vositachilar  yordamida  o‘tadi. 

Mediatorlar sinaptik oraliqlar orqali possinaptik membranada uning kaliy va natriy 

ionlariga  nisbatan  o‘tkazuvchanligini  o‘zgartiradi  va  possinaptik  membranani 

tinchlik holatidan qo‘zg‘algan holatga o‘tkazadi. Bir necha o‘n milisekundlardada 

neyrotransmitterlar  sinaptik  tugundan  o‘tib,  qabul  qiluvchi  hujayraning 

retseptorlariga  kalit  qulufiga  mos  kelgan  kabi  bog‘lanadi.  Bunday  bog‘lanish 

natijasida  bir  zumda  nerotransmitterlar  natriy  ioni  kanallarining  ochilishini 

ta'minlaydi  va  kanallar  orqali  natriy  ionlari  neyronning  ichiga  kirib,  membrana 

potensialini o‘zgarishiga va harakat potensialining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.  

Sinapslar faollashganda ikki xil jarayon yuzaga kelishi mumkin – qo‘zg‘alish 

yoki  tormozlanish.  Shunga  ko‘ra  qo‘zg‘atuvchi  va  tormozlovchi  sinapslar  tafovut 

qilinadi. 




Qo‘zg‘alishning o‘tish uslubiga ko‘ra sinapslarni kimyoviy, elektr va aralash 

sinapslarga bo‘lish qabul qilingan.  



Kimyoviy  sinapslar  yirig‘i  ancha  keng  (10-40  nm)  va  yuqori  elektr 

qarshiligiga  ega.  Shu  sababli  ular  elektr  impulslarni  o‘tishiga  to‘sqinlik  qiladi. 

Impulslar bu to‘siqdan mediator vositasida o‘tishi mumkin. 

Akson  uchida  oldindan  sintezlab  qo‘yilgan  mediator  sinaptik  pufakchalarda 

saqlanadi.  Akson  uchiga  yetib  kelgan  nerv  impulsi  pufakchalarni  yorilishiga  olib 

keladi  va  mediator  molekulalari  sinaps  yirig‘iga  membranadan  chiqishi  yuzaga 

keladi.  Sinaptik  yirig‘iga  o‘tgan  mediator  moddasi  possinaptik  membrana 

retseptori bilan bog‘lanib, harakat potensialini yuzaga chiqaradi. 

Kimyoviy sinapslarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: 

 



qo‘zg‘alish  faqat  bir  tarafga  –  presinaptik  membranadan  possinaptik 

membrana tomon o‘tadi; 

 

qo‘zg‘alish sinapsda to‘xtab o‘tadi (0,2-0,5 ms); 



 

sinapsga  yetib  kelgan  va  undan  chiqqan  imprulslar  soni  odatda  teng 



bo‘lmaydi; 

 



sinapslar  ba'zi  fiziologik  faol  modda,  dorilar  va  zaharlarga  yuqori 

sezgirlikka ega.    



Elektr 

sinapslar 

oz  miqdorda  uchraydi.  Ular,  masalan  ko‘zni 

harakatlantiruvchi  nerv  yadrosini  tashkil  qiluvchi  neyronlarda,  yurakning  muskul 

tolalari  o‘rtasida,  ichki  a'zolarning  silliq  muskullarida,  jigar  va  bezlarda  mavjud 

bo‘ladi.  

Elektr  sinapslarning  sinaptik  yirig‘i  kimyoviy  sinpslarnikiga  ko‘ra  ancha  tor 

(2-4 nm), o‘z ichida va maxsus tuzilmalarni tutadi va elektr tokiga qarshiligi past 

bo‘ladi.  Shu  sababli aksonning presinaptik  oxiriga  yetib kelgan  potensial osonlik 

bilan possinaptik membranada harakat potensialini yuzaga keltiradi. 

Elektr sinapslarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: 

 

juda tez va bexato ishlaydi



 

impulsning to‘xtab qolishi 0,1 ms-dan oshmaydi; 



 

uzoq vaqtgacha charchamaydi



 

bir taraflama o‘tkazishni yetarlicha ta'minlamaydi; 



 

tormozlovchilari deyarli yo‘q; 



 

impulslar o‘tkazilishiga ichki muhit omillari (gormonlar, harorat) ta'sir 



etmaydi; 

 



bir hujayradan ikkinchisiga ba'zi moddalarni oz miqdorda o‘tkazadi. 

 



Aralash  sinapslar  ham  kimyoviy,  ham  elektr  sinapslar  xususiyatlariga  ega 

bo‘ladi, ya'ni ularda o‘tkazishning ikkala mexanizmi mavjud . Bunday sinapsning 

bir qismi kimyoviy sinaps, ikkinchi qismi esa elektr sinaps shaklida tuzilgan. Ular 

turli tipdagi neyronlarni bog‘laydi. 

Aralash sinapslar yetarli darajada o‘rganilmagan. 


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish