1- ma'ruza. Kirish. Tinchlik va qo`zg`alish potensiallari. Neyronlararo aloqalar. Markaziy nerv tizimi


Membrana potensiallari, tinchlik potensiali



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/23
Sana01.01.2022
Hajmi0,5 Mb.
#291017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
1 маъруза

Membrana potensiallari, tinchlik potensiali. 

 

Hozirgi paytda nerv hujayralarining ichki va tashqi yuzasi sitoplazma ichida 



qutblanishlar mavjudligini o’lchashda maxsus elektrodlar (uchi - 5 mk) ishlatiladi 

(mikroelektrod  texnikani  batafsil  tushuntirish,  chizmalar,  rasmlar  oladilar).  Agar 

hayvon  yoki  o’simlikning  alohida  olingan  hujayrasida  (tinchlik  paytida) 

mikroelektrod tikib zanjir sezgir galvanometrga ulansa, uning ichki yuzasi manfiy, 

tashqisi  musbat  zaryadga  ega  ekanligini  ko’rish  mumkin.  Buning  o’lchami  yoki 

membrana  potensiali  o’rtacha  70  mV  atrofida  bo’lib,  uni  membrananing  tinchlik 

potensiali  (MTP)  deyiladi.  Elektron  mikroskop  yordamida  hujayra,  uning 

membranasi,  sitoplazma,  organellalari  yetarli  darajada  o’rganilgan.  Membrana  5-

10 nm qalinlikdagi ikki tomondan lipid o’rtada esa oqsil qavati bor bo’lgan qatlam. 

Undagi  oqsil  qavat  suv  va  ionlar  o’ta  oladigan  maxsus  kanallarni  shakllantiradi. 

Lipidli  qavatning  ustidagi  mukopolisaxarid  qatlamdan  retseptorlar  (muayyan 

moddalarni  «tanib»  oladigan  molekulalar)  shakllanadi.  Membrana  katta  elektr 

qarshiligiga  va  sig’imga  ega.  Yog’da  eruvchi  moddalar  membranadagi  lipidlar 

asosida  olib  undan  hujayra    ichida  oson  o’tadi.  Suv  va  suvda  eruvchi  diametri 

kichik ionlar aytib o’tilgan kanallardan o’ta oladi. Lekin katta molekulali organik 



moddalar hujayra  ichiga kira olmaydi. Buning uchun  maxsus mexanizmlar ishga 

tushishi kerak.  

 

Qo’zg’aluvchi  to’qimalar  faoliyati  uchun  hujayraga  K



+

,  Na


+

,  Cl


-- 

  va  Ca


++

 

ionlari  o’tib  turishi  kerak.  Bu  ionlarning  membranada  alohida-alohida  kanallari 



(spetsifik)  bor.  Hujayra    tinch  turganida  K

+

  kanallari  ochiq  (aksariyati)  Na



+

 

kanallari yopiq bo’ladi. Yana nospetsifik kanallar ham membranada bor. Ular doim 



ochiq bo’ladi, ular orqali aytib o’tilgan ionlar o’tib turishi mumkin. 

 

MTP  hujayra    ichi  va  tashqarisidagi  ionlar  qonsentratsiyasi  tufayli 



shakllanadi. Masalan, hujayra  ichida 100 000 K

+

 kationi bo’lsa, tashqarida 2000 ta 



xolos. (50 marta ko’p). Na

+

 esa buning teskarisicha ichkarida ko’p, tashqarida oz. 



Cl

-

  anioni  hujayra    ichida  tashqarida  qaraganda  20-100  marta  kam  va  hokoza. 



Tinchlik  paytida  membrana  orqali  Na

+

  va  Cl



-

  ionlari  harakati  juda  kuchsiz,  shu 

tufayli  uning  tashqi  yuzasi  musbat,  ichkisi  esa  manfiy  zaryadlangan  bo’ladi 

(Kalmar  aksoni  1mm  yo’g’onlikka    esa  manfiy  zaryadlangan  bo’ladi).  MTP 

hujayra  uchun, muhim ahamiyat kasb etadi (ma'lum elektr maydoni hosil qilib, u 

yerdagi  moddalar  almashinuviga  faol  ta'sir  qiladi.  Hujayraning  tashqarisi  va 

ichkarisida qayd qilingan ionlar qonsentratsiyasini saqlashda alohida mexanizmlar 

xizmat qiladi, ularni natriy kaliy nasosi deyiladi. Membranada mavjud bo’lgan Na 

- ATFaza va K - ATFazalar bu nasosning asosini tashkil qiladi. Nasos ishi uchun 

zarur energiya ATF parchalanishidan hosil bo’ladi. 

 

Ionlarning  membrana  orqali  harakati  ikki  xil  kuchga  tayanib  sodir  bo’ladi, 



ya'ni  qonsentratsion  gradient  (ko’pgina  diffuziya  yo’li  bilan)  va  faol  o’tkazish 

(tashuvchilar) orqali (bunda ma'lum energiya ATF dan ajralib chiqadi.  

 


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish