Toshkent tibbiyot akademiyasi "tasdiqlayman" "kelishldi"



Download 1,8 Mb.
bet1/14
Sana07.10.2019
Hajmi1,8 Mb.
#23102
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
неонатология китоб



Tibbiyot Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv adabiyoti


XALMATOVA B.T.

BOBOYEVA О’. R.

SАTIBАLDIEVA N.R.

NEONATOLOGIYADA HAMSHIRALIK ISHI

Toshkent-2014


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VASIRLIGI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VASIRLIGI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

”TASDIQLAYMAN” “KELISHLDI”

O’Zr SSV Fan va o’quv O’Zr SSVning Tibbiy

yurtlari bosh boshqarmasi ta’limni rivojlantirish markasiboshlig’i U.S.Ismoilov direktori M.X.Alimova

___ __________ 2014 y ____ __________ 2014 y


NEONATOLOGIYADA HAMSHIRALIK ISHI

tibbiyot oily o’quv yurtlari talabalari uchun darsllik

Toshkent 2014


Mualliflar:
1. XalmatovaB.T. – Toshkent tibbiyot akademiyasi “Bolalarkasalliklari” kafedrasimudiri, t.f.d.,professor

2. BoboevaO’.R. – Toshkent tibbiyot akademiyasi “Bolalarkasalliklari” kafedrasikattao’qituvchisi, t.f.n.

3. SatibaldievaN.R. - Toshkent tibbiyot akademiyasi “Bolalarkasalliklari” kafedrasiassistenti, t.f.n.


Taqrischilar:


  1. Rahmonova L.K. – Toshkent tibbiyot akademiyasi UASH-pediatriya kafedrasi professori, t.f.d.

  2. Shomansurova E.A. – Toshkent Pediatriya medizina instituti Ambulator medizina va nur tashxisi va terapiyasi kafedrasi mudiri, t.f.d., professor

"Neonatoliyada hamshiralik ishi" darsligi tibbiyot institutlarining oliy ma’lumotli hamshira fakultetlari talabalari uchun mo’ljallangan.


Darslik “Bolalar kasalliklari” kafedrasi majlisida 29 noyabr 2013 yilda Bayonnoma №7, Oliy hamshiralik ishi seksiyasining majlisida 30 noyabr 2013 yilda Bayonnoma №3, TTA Ilmiy-uslubiy kengashida 17 dekabr 2013 yilda Bayonnoma №4 ko’rib chiqilgan.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Ilmiy Kengashida 25 dekabr 2013 yilda tasdiqlangan Bayonnoma №5

Toshlent tibbiyot akademiyasi



Ilmiy kotibasi Nurillaeva N.M.

Mundarija


Kirish…………………………………………………………………....................5




Chaqaloqlikdavrifiziologiyasi. Moslanishdavrihususiyatlari. Chaqaloqlarniparvarishqilishtamoyillari……………………..................................................7




Chegaraviyholatlar………………………………………………….....................13




Chaqaloqlarniovqatlantirishtamoyillari…………………………………............21




JSSTtavsiyasigako’ratiriktugilganlikmezonlari ..........................................29




Chalatug’ilganchaqaloqlarvahomilaichirivojlanishidanorqadaqolish.................................................................................……………........30




Homilagipoksiyasivа chaqaloqlarasfiksiyasidahamshiralikjarayonivа parvarishi……………………………………….................................................40




Tug’ruqjarohatlaridahamshiralikjarayonivа parvarishi...................................49




Terivа kindikkasalliklaridahamshiralikjarayonivа parvarish...........................................................................…………….............61




Chaqaloqlarsepsisidahamshiralikjarayonivа parvarish....................................67




Nafasbuzilishisindromidahamshiralikjarayonivа parvarish.............................70




Chaqaloqlarpnevmoniyasidahamshiralikjarayonivа parvarish...........................72




Chaqaloqlarsariqligidahamshiralikjarayonivа parvarish..................................76




Chaqaloqlargemolitikkasalligidahamshiralikjarayonivа parvarish....................83




Homilaichiinfeksiyalaridahamshiralikjarayonivа parvarish............................87




ОIV/ОITSdа hamshiralikjarayonivа parvarish..........…………………….........108




Glossariy....................................................................................................111




Ilovalar………………………………………………………………..................113

Adabiyotlar ro’yhati…………………………………………………………......142







KIRISh

Ushbu darslikda kattalarda uchraydigan kasalliklarning manbai bolalik davrlaridan boshlab yuzaga kelishi ta'kidlangan. Shuning uchun, tug’ilish, erta bolalik va bolaning rivojlanish sharoiti qanday bo’lgan bo’lsa, katta odam sog’ligi holati ham xuddi shunday bo’ladi.

Yuqori rivojlangan mamlakatlarda bolalarning tirik qolishi va uzoq yashashi yutuqlari, material-texnik rivojlanish ustunligi, chaqaloqlar intensiv terapiya bo’limlarining yaxshi ta'minlanganligi, farmasevtik ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga bog’liqdir. Chalatug’ilganlarvachaqaloqlarni parvarishlashni asosini yuqori kvalifikasiyali parvarish va kuzatuv tashkil etadi.

Oxirgi yillarda, hamshiralik jarayoni shifokorlik jarayoni bilantenglikdaqaralmoqda, hamshiralik jarayoni davolash-tashhislash faoliyatining elementi bo’lib, o’znavbatidatibbiyyordamsifatinioshirmoqda. Hozirgi vaqtda, ijtimoiy-iqtisodiy sharoit o’zgarishi munosabati bilan,bolalargatibbiy-xizmat ko’rsatishning profilaktik yo’nalishi, shuningdek, sog’lom turmush tarzini targ’ib etishga alohida e'tiborqaratishzarur.Bundan tashqari, bo’lajak tibbiyot xodimlari - talabalarga nazariy va amaliy bilim berish jarayoni sifatini oshirish fanni o’rganishning asosini tashkil qiladi.

Neonatologiya - bu yosh fanlardan biri qisoblanadi.Tibbiyotning (pediatriya) alohida qismi bo’lib, XX-asrda vujudga kelgan. Neonatologiya bola hayotining birinchi to’rt haftasidagi davri xususiyatlari va kasalliklarini o’rgatadi.

"Neonatalog" va "neonatalogiya" termini birinchi bor amerikalik pediatr olim Aleksandr Shaffer tomonidan 1960 yilda taklif etilgan. Neonatalogiyaning ma'nosi - yunoncha "neos'' - yangi, lotincha "natus''- tug’ilgan va yunoncha "logos" - ta'limot so’zlaridan tashkil topgan.

Perinatalogiya - bu tibbiyotning alohida sohasi bo’lib, homiladorlikning 28 haftasidan to tug’ruqdan so’ng chaqaloqning 7 kunligigacha bo’lgan davrni o’rganadi. U ham 3 ta so’z birikmasidan: peri (yunoncha)- atrofida yoki oldida; natus (lot. ) - tug’ilish; "logos" - (lot. ) ta'limot so’zlaridan tashkil topgan.

Perinatal davr quyidagi davrlarni o’z ichiga oladi:

-tug’ruqdan oldingi - antenatal,

-tug’ruq jarayoni boshlanishi bilan bola tug’ilishigacha bo’lgan davr - intranatal

-tug’ruqdan keyingi - neonatal davr.

Perinatal davr inson rivojlanishining eng asosiy bosqichi hisoblanadi, chunki homiladorlikning oxirgi davriga kelib homilaning shakllanishi yuz beradi, tug’ruq vaqtida homila ko’pgina omillar ta'siriga duch keladi. Bola hayotining birinchi 7 kunligida tashqi muhitga moslashish yuz beradi. Ante-, intra- va postnatal davrda nobud bo’lgan homila va chaqaloqlar soni perinatal o’lim ko’rsatkichini belgilab beradi, shuningdek bu davrda yuzaga kelgan kasalliklar perinatal kasalliklar deb yuritiladi. Inson hayotining ante-, intra- va postnatal davrlargaajratilishi nemis akusheri E. Zaling nomi bilan bog’liq. Zaling "inson hayotining perinatal davrni turli mutaxasislar bilan birgalikda o’rganish muhimligini, perinatal kasallanish va o’lim ko’rsatgichini pasaytirishga sabab bo’ladi" deb ta'kidlaydi.

O’tgan asrning 50-70 yillaridagi ko’pgina Yevropa mamlakatlaridagi kuzatuvlar shuni isbotlaganki, tug’ilishni kamaytirish, perinatal va go’daklar o’limini (7 kunlikdan keyin) pasayishiga sabab bo’lgan. Zaling g’oyasini ko’pgina olimlar qo’llab-quvvatlaganlar va 1976 yilda Ovro’pa perinatologlarning ilmiy kengashi tuzilgan.

Perinatologiyaning rivojlanishi bilan perinatal davrning vaqtinchalik parametrlari kengaydi, ya'ni embrion va homilaning tug’ruqgacha rivojlanish davri, homiladorlikning urug’lanish jarayonidan boshlab, to homiladorlikning 28-haftasigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Shuning uchun, perinatologiya homila ichi rivojlanish davrining barcha davrlarini o’z ichiga oladi.

Oliy ma'lumotli tibbiyot hamshirasi sog’lomchaqaloqlarni parvarish- lashda yuqori malakali ko’nikmalarga ega bo’lishi va chaqaloqlar patologiyasida yordam ko’rsatishni bilishi zarur.

ChAQALOQLIK DAVRI FIZIOLOGIYaSI. MOSLAShISh DAVRI XUSUSIYaTLARI. YeTUK TUG’ILGAN ChAQALOKLARNI PARVARIShLASh USULLARI

Sog’lom tug’ilgan chaqaloq– tug’ilishi bilan hech qanday tibbiy muolajaga muhtoj bo’lmagan va yashash qobiliyatini saqlagan boladir.

Gestasion yosh - oxirgi menstruasiyasining birinchi kunidan boshlab (to’liq akusherlik haftalari hisobiga) to tug’ruqqacha bo’lgan davr hisoblanadi. Gestasion yoshi bo’yicha chaqaloqlar yetuk tug’ilgan, chala va muddatidan o’tib tug’ilgan chaqaloqlarga ajratiladi.

Etuk tug’ilgan chaqaloq - gestasiya vaqtining 37 haftasidan 42 xaftasigacha bo’lgan davrda tug’ilgan chaqaloqdir (260-294 kun).

Chala tug’ilgan chaqaloqlar- gestasiya vaqti to’liq bo’lmagan 37 haftadan (259 kun) 22 haftagacha (154 kun), tana og’irligi 2500 grammdan 500 grammgacha, tana uzunligi 47 (46) smdan kichik bo’lib tug’ilgan chaqaloqga aytiladi.

Bugungi kunda X-qayta ko’rilgan halqaro kasalliklar tasnifiga ko’ra chalalik alohida darajalarga ajratilmagan. Tasnif qo’yish uchun gestasiya muddati (kun yoki haftalarda) va tug’ilgandagi tana vazni (kichik-2499-1500, juda kichik-1499-1000g, ekstremal kichik-999-500g) ko’rsatiladi.

Chalatug’ilganlarda ba'zi chegaradosh holatlarning o’ziga xos xususiyatlari kuzatiladi. Tana vaznini fiziologik yo’qotish hayotining 4-7 kuniga to’g’ri keladi va 5-12%ni tashkil qiladi, tana vaznini qayta tiklash esa hayotining 2-3 haftasigato’g’ri keladi. Chala tug’ilganlarda fiziologik sariqlik hayotining 3-4 haftasigacha davom etadi. Jinsiy krizlarning paydo bo’lishi xarakterli emas, lekin toksik eritema gestasiya haftasining 35-haftasidan to 37-haftasigacha aniqlanishi mumkin.

Chala tug’ilgan chaqaloqlarning rivojlanish tempi juda yuqori bo’ladi. Ularning ko’pchiligida vazn - bo’y ko’rsatgichi bola hayotining birinchi yili oxiriga kelib xuddi yetuk tug’ilgan chaqaloqlarnikiga teng bo’ladi, og’irchalalikda esa (vazni 1500gkam), vazn - bo’y ko’rsatgichi bola hayotining 2-3 yoshligiga kelib yetuk tug’ilganlarnikiga tenglashadi.

Agar chala tug’ilgan chaqaloq yaxshi parvarishlansa, sog’lomo’sgan bo’lsa, 1,5 yoshiga kelib yetuk tug’ilgantengdoshlariga nerv-psixik rivojlanishi jiqatdan yetib oladi. 60-80% chalalik og’ir darajalarida markaziy asab tizimining organik zararlanishlari (bolalar serebral falaji, gidrosefaliya, shizofreniya, epilepsiya), eshitish, ko’rish organlarining zararlanishlari va boshqalar kuzatiladi.

Muddatidan oldingi tug’ruqlarning uchrashi 3%dan to 15%ni tashkil etadi. Chala tug’ilgan chaqaloqlarni parvarishlash maxsus sharoitga ega bo’lgan muassasalarda olib boriladi. Bu muassasa ikki bosqichdan iborat - tug’ruqxona yoki uy sharoitida parvarishlash bo’lishi mumkin. Vazni 2300 gr (2200) va undan yuqori bo’lsa, chaqaloq uyiga javob berilayotganda umumiy ahvoliqoniqarli, tana vazniga yaxshi qo’shilsa, tana haroratini normal ushlasa, bunday chaqaloqlar ikkinchi bosqichda parvarishlanadi. Bu guruhdagi chaqaloqlar tug’ruqxonadan uyiga hayotining 7-8 kunida javob beriladi. Yetilmagan va kasal chala tug’ilganchaqaloqlar 3-bosqich tizimida ya'ni tug’ruqxonada - chala tug’ilganlarni maxsus parvarishlash bo’limi sharoitida parvarishlanadi.

Agar chala tug’ilganlarda yuqumli kasalliklar vao’tkir xirurgik patologiyalar aniqlanmasa, ular 3 - sutkada maxsus bo’limga o’tkaziladi. Ikkinchi bosqichda parvarishlash muddati 1 oydan 3 oygacha bo’ladi.

Vaqtidan o’tib tug’ilgan chaqaloqlar- tana vaznidan qat'iy nazar, gestasiyaning 42-haftasida (295kunva undan yuqori) tug’ilgan chaqaloqhisoblanadi.

"Vaqtidan o’tib tug’ilgan chaqaloq” atamasi "qayta to’liq yetilgan chaqaloq" atamasi bilan sinonim hisoblanadi.Vaqtidan o’tib tug’ilganlarni klinik belgilari lanugo yo’qligi, tug’ruq yog’larining bo’lmasligi, tirnoqlari o’sgan, boshida sochining ko’p bo’lishi, epidermis ko’chishi vaqo’zqaluvchanlik yuqori bo’lishi hisoblanadi.

Vaqtidan o’tib tug’ilgan chaqaloqlar kasallanish vao’lim ko’rsatkichi yuqoriligi bo’yicha havf guruxiga kiradi (vaqtida tug’ilgan chaqaloqlarga qaraganda 2-3 marta yuqori). Ularda markaziy asab tizimining (MAS) tug’ruq jaroxatlari, asfiksiyalar, aspirasion sindrom va infeksion-yalliqlanish kasalliklari ko’proq uchraydi. Vaqtidan o’tib tug’ilganchaqaloqlarda MAS funksiyasining buzilishlari-vegeto-visseral buzilish sindromlarining (yurak urishi va nafas olish sonining labilligi, to’xtovsiz qayt qilishlar, qabziyat, uyquning buzilishlari) belgilari kuzatiladi.



Chaqaloqlarning anatomik-fiziologik xususiyatlari

Chaqaloqlarning birlamchi ko’rigi tug’ruq blokining bolalar xonasida o’tkaziladi: chaqaloqning umumiy holatiga baxo beriladi va kuzatilishi mumkin bo’lgan kasalliklar aniqlanadi. Xona harorati 24-26°C gacha bo’lishi, yo’rgaklash stoli isitilgan, bolaning terisi quruq bo’lishi kerak. Chaqaloqlar ko’rigi palatada, yo’rgaklash stoli yoki kuvezda xarorat 22°C bo’lganda o’tkaziladi. Chaqaloqni tekshirish extiyotkorlikni, chidamlilikni va yumshoqlikni talab qiladi.



Tashqi ko’rinishi: sog’lom yetuk tug’ilgan chaqaloqlar uchun yuzining tinch ko’rinishi xarakterli. Ko’rik boshlanishida ayrim xolatlarda baland emosional yig’lash kuzatiladi. Sog’lom chaqaloqlar uchun adekvat ta'sirlovchilarga (ochlik, taktil yoki og’riq) nisbatan uzoq vaqtli baland ovozda yig’lash hos bo’lib, yiqlash sababi aniqlangandan keyin bola yig’lashdan to’xtaydi.

Bemor bola yig’isining kuchi va davomiyligi bo’yicha baholanadi. Kuchsiz yig’lash yoki umuman yig’lamaslik chalalik og’ir darajasi bilan tug’ilgan chaqaloqlarda aniqlansa, neonatologlarni bezovta qiladi. Afonik yig’lash o’tkazilgan reanimasion chora-tadbirlardan keyin (traxeya jarohati) yoki markaziy asab tizimining zararlanishi natijasida kuzatiladi. Moddalar almashinuvi buzilishi va nasliy kasalliklarda chaqaloq yig’isi o’ziga hos xususiyatga ega bo’ladi (Daun sindromi, "mushuk yig’isi" sindromi va boshqalar).

Chaqaloqlar harakati koordinasiyalanmagan, ko’p harakatli bo’ladi. Bukuvchi mushaklar tonusi yuqori bo’ladi, bu fiziologik holat hisoblanadi, bu chaqaloqni pozasi bilan bog’liq (fleksiya pozasi, embrional poza): boshi ko’krakga keltirilgan, qo’llari tirsakga keltirilgan, ko’krak qafasining yonboshiga yaqinlashgan, qo’llari musht holatida bo’ladi.Oyoqlari tos-son va tizza bo’g’imlariga bukilgan holatda bo’ladi, bolani yonboshga yotqizganda boshi orqaga qaragan bo’ladi. Sog’lom chaqaloqlarda boldir-tovon va jaq sohasi bo’g’imlarida tremor kuzatiladi. Yetuk tug’ilgan chaqaloqlarning holati va yuz ko’rinishi homilaning tug’ruq vaqtidagi holatiga bog’liqdir. Agar homila yuziva peshonasi bilan joylashgan bo’lsa, chaqaloq yuzi shishgan, yuzida petexiyalar bo’ladi.Agar homila tosi bilan joylashgan bo’lsa, oyog’i tos-son bo’g’imiga bukilgan va tizza bo’g’imiga ochilgan holatda bo’ladi.

Sog’lomtug’ilganchaqaloqlarda quyidagi asosiy shartsiz reflekslar mavjud bo’ladi:

1. So’rish refleksi: labini ta'sirlantirilganda, bola so’rishga harakatqiladi.

2. Kaft-og’iz refleksi (Babkin refleksi): barmoq bilan bolaning kaftlariga bosilganda, bola og’zini ochadi va boshini yengil egadi. 3- oyda yo’qoladi.

3. Kaft- ushlash - Robinson refleksi: bolaning kaftiga barmoqlar qo’yilsa, bola barmoqlarni qattiqushlab oladi. Normada 2-4 oyda yo’qoladi.

4. Moro refleksi: bola yotgan stol ustiga tukullatilganda, bola qo’llarini yonga yozadi (1-fazasi), keyin xuddi tanasini quchoqlaganday birlashtiradi (2-fazasi). Normada bu refleks 4 oyda yo’qoladi.

5. Avtomatik yurish va tayanch refleksi: bola boshining ensa sohasini qo’l bilan ushlab tutganholda, uni qo’ltiqlari ostidan ushlanadi va bunda bolaavval oyoqlarini bukadi, keyin esa oyoqlarini tanasi bo’ylab tik tutadi.

6. Emaklash refleksi (Bauer refleksi): bola qornida yotganda tovonlariga shifokor qo’llarni qo’yib turilsa,bola oyoqlarini to’g’rilaydi va oldinga xarakat qiladi. Normada 4 oylarda yo’qoladi.

7. Chaqaloqlar himoya refleksi: bola qorni bilan yotqizilganda, boshini yon tarafga harakatlantiradi (himoyalaydi).

8. Galant refleksi- umurtqa pog’onasining pastdan yuqori yo’nalishi bo’yicha shtrix harakatlar bilan ta'sirlantiriladi, bunga javoban bola qo’zqatuvchi tomonga qarab, ko’krak qafasini bukadi.



Yuz ko’rinishi.

Chaqaloqlardagi qoniqmagan "kasal" yuz ko’rinishi ko’pgina kasalliklarga hos belgidir.Agar yuz ko’rinishi "qo’rqqan", bezovta, maskasimon, gipomimik bo’lsa, bu bosh miya gipoksiyasi, subaraxnoidal qon talashlar, bilirubinli ensefalopatiyalardan dalolat beradi. Chaqaloqlar yuzi asimmetrik bo’lishi, tug’ruq vaqtida homilaholatining qanday joylashganligi, VII-juft kalla nervlarining falajida kuzatiladi.



Boshi.Chaqaloqlar boshi miya qismining yuz qismiga nisbatan katta bo’lishi bilan farqqiladi.Chala tug’ilgan chaqaloqlarda kalla shakli xuddi gidrosefaliyaga o’xshash bo’ladi, chunki ularda bosh miyasi intensiv o’sadi.Kalla suyaklari bir-biri bilan qo’shilmagan, choklari birikmagan, katta liqildoq ochiq bo’ladi, kalla suyagining bunday o’ziga xos xususiyati tug’ruqga yordam beradi.Tug’ruq jarayonining kechishiga qarab, boshning shakli turli xil bo’ladi: dolixosefaliya(oldindan orqaga cho’zilgan), braxisefaliya (yuqoriga cho’zilgan) yoki noto’g’ri (asimmetrik) holatda bo’ladi.

Chaqaloqhayotining birinchi haftasida bosh shakli normal holatni egallaydi.Meningit, gidrosefaliya, kalla ichi bosimi oshganda katta liqildog’i ko’tarilgan bo’ladi, pulsasiya aniqlanadi.Suvsizlanishda esa, liqildoq cho’kadi.Sog’lom yetuk tug’ilgan chaqaloqlarda bosh aylanasi 32(33)-37(38)smni tashkil qiladi.



Ko’zlari - hayotining birinchi kunida hamma chaqaloqlarda yopiq bo’ladi.Bola tebratganda ko’zlari o’z-o’zidan ochib-yopiladi, bu esa labirint reflekslarning paydo bo’lishini bildiradi. Chaqaloqtug’ilgandan keyin bir necha haftadann so’ng qorachiqlari simmetrik bo’ladi va uning diametri 3 mmni tashkil qiladi. Skleralari oq rangda bo’ladi.Chala tug’ilganlarda skleralari juda yupqaligi sababli havo rangda bo’ladi. Agar skleralari qoramtir-havo rangda bo’lsa, chaqaloqda yetilmagan osteogenez kuzatilishi mumkin.Ko’pincha Daun sindromida kamalak pardasida Brashfild dog’lari aniqlanadi-qalampirli tuz sepilgan ko’rinishga ega bo’ladi. Sub'konyuktival qon talashlar kon'yuktivalarning mayda qon tomirlarining zararlanganligidan dalolat beradi, sog’lom chaqaloqlarda tug’ruq jarohatining asorati bo’lishi mumkin.Chaqaloqhayotiningbirinchi kunida gorizontal nistagm "botuvchi quyosh" simptomi kuzatiladi.Nazogastral zond orqali burun yo’llarining o’tkazuvchanligini tekshirish kerak, bolada xoan atreziyasi bo’lishi mumkin.Burun qanotlarining kerilishi respirator distress-sindromni bildiradi.

Og’iz bo’shlig’i.Chaqaloqda qattiq va yumshoq tanglay tug’ma nuqsonlari bor yo’qligini aniqlash maqsadida tanglay ko’rikdan o’tkaziladi. Og’iz bo’shlig’ining tubida kistoz o’sma - granula aniqlanishi mumkin, bu davo talab qilmaydi vao’z-o’zidan yo’qoladi. Qattiq va yumshoq tanglayda kista (Epshteyn munchoqlari) joylashadi,o’z-o’zidan keyinchalik yo’qoladi. 1:4000 chaqaloqlarda qo’shimcha tishlar bo’ladi, bu tishlarni olib tashlash kerak.Burundan vaog’iz bo’shlig’idan ko’piksimon ajralma kelishi, qizilo’ngach atreziyasi borligini bildiradi.

Teri rangi: pletora (to’q-qizil, eritematoz) rangi ko’proq polisitemiya -giperoksiya (kislorod konsentrasiyasi normadan ortiq berilganda) kuzatiladigan va parvarishda ko’p isitib yuborilgan chaqaloqlarda uchraydi. Sariqlik - sutka davomida qondagi bilirubin miqdori 85,5mkmol/ldan yuqori bo’lsa,chaqaloq uchun patologik sariqlik hisoblanadi, bunda chaqaloqlar gemolitik kasalligi, homila ichi infeksiyalari, sepsis rivojlanadi yoki fiziologik holat ham bo’lishi mumkin.Teri rangining oqimtirligi-kamqonlik, tug’ruq vaqtidagi asfiksiya, shok yoki arterial yo’lakning shakllanishida kuzatiladi.

Sianoz:

a) markaziy (teri, lab, til ko’kimtirligi) - yurak tug’ma nuqsonlari yoki o’pka kasalliklarida uchraydi.

b) periferik (teri ko’kimtir, til va lab och - pushti rangda bo’ladi) -metgemglobinemiya simptomida uchraydi.

v) akrosianoz (teri barmoq uchlarida ko’kimtir bo’ladi, normada yangi tug’ilgan chaqaloqlarda uchraydi yoki sovuqqotgan chaqaloqlarda kuzatiladi, agar sianoz uzoq vaqtgacha saqlansa, gipovolemiya natijasida kelib chiqqan periferik qon aylanishi buzilishida namoyon bo’ladi, ekximozlardan keyin va tug’ruq jaroqatlari natijasida kuzatiladi.

-sianoz pushti rang tusida yoki pushti rang sianozli fonda-noadekvat oksigenasiya, ventilyasiya, yoki polisitemiyada kuzatiladi.

-Arlekin simptomi (persistik fetal qon aylanish, aorta koarktasiyasi yoki tranzitor holat natijasida - normal teri rangi bilan giperemiya o’rtasida aniq chegara) chiziq boshdan to qoringacha o’tishi mumkin.

-"marmar tusli teri" (terining arakashqizil rangda bo’lishi) -gipovolemiya, sovuqqotish, infeksiya natijasidaperiferik qon aylanishning buzilishida kuzatiladi.

Tabiiy burmalar sohasida toshmalar toshishi - ter bezlarining bekilib qolishi natijasida miliarning quyidagi turlari hosil bo’lishi mumkin:

1) yuzaki, yupqa devorli vezikula;

2) eritematoz papulalar;

3) noeritematoz pustulalar

4) Bola hayotining birinchi haftasida yoki tug’ilgandan keyin peshona, ko’krak qafasida, qo’l-oyoqlarida tranzitor neonatal pustulyar melanoz uchun xarakterli toshmalar paydo bo’ladi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda boshning soch qismida neonatal pustulez uchraydi.


Chaqaloqlarda o’pka funksiyasini chuqur o’rganish kerak. Chaqaloqlar ko’krak qafasi-bochkasimon shaklda bo’ladi. Nafas olishi yuzaki, bir minutda 40-60 marta, to’liq diafragmal, ko’krak qafasining bo’sh qismlari nafas olishda tortilib turadi va qorni ko’tarilgan bo’ladi.Chaqaloqlarda burun yo’llari tor, shuning uchun yig’laganda, emganda, bezovtalanganda hansirash tez rivojlanadi, burun shilliqqavatlari shishadi.Chaqaloqlarda nafasi bronxvezikulyar tipda bo’ladi.Chala tug’ilganlarda nafas tez-tez, noregulyar harakatlar bilan labilligi kuzatiladi.

Yurak.Chaqaloqlarda ko’krak qafasi o’lchami va shakli xilma-xilligi sababli yurak chegaralarini aniqlash qiyinchilik tug’diradi. Yurakning joylashgan o’rnini aniqlash kerak, chunki dekstrakardiya (yurakning o’ngda joylashishi) uchrashi mumkin.Yurak tonlari aniq, tiniq eshitiladi.

Chaqaloqlarda yurakqisqarishlari soni bir minutda 140-160zarbadan iborat. Son, radial, yelka, oyoqarteriyalarida pulsni paypaslab tekshirish lozim.Qorin sog’lomtug’ilgan chaqaloqlarda aylana shaklda bo’lib, nafas olishda ishtirok etadi. Bola ko’p emizilganda, yuqumli kasalliklarda va xirurgik kasalliklarda qorin dam bo’ladi. Sog’lomtug’ilgan chaqaloqlarda qorni paypaslaganda yumshoq, tinch holatda chuqur paypaslasa bo’ladi. Jigar qovurg’a ravog’idan +2smgacha paypaslanadi (5yoshgacha norma). Sog’lom chaqaloqlarda taloqqovurg’a yoyi qirrasida paypaslanadi.

Buyraklar paypaslansa, bu chaqaloqlardatug’ma nuqsonlar mavjudligidan dalolat beradi.

Jinsiy a'zolar ko’rigi.Sog’lom chaqaloqlarda urug’don yorg’oqga tushgan, olat boshchasi chegaralangan bo’ladi.Ba'zi chaqaloqlarda gipospadiya uchrashi mumkin. Olat va yorg’oqning kattalashishi adrenogenital sindromning klinik belgisi hisoblanadi. Yorg’oqning pigmentasiyasi fiziologik belgidir.

Sog’lomtug’ilganqizlarda katta jinsiy lablar kichik jinsiy lablarni yopib turadi.Chala tug’ilganqizlardajinsiy yoriq ochiqbo’ladi,kichik jinsiy lablar kata jinsiy lablardan chiqibturadi yoki ular bir xil tenglikda bo’ladi.Klitorning kattalashishibolada qaysi jinsga mansubligini tekshirishni talab etadi.



Chaqaloqlarni to’liq ko’zdan kechirishning asosiy vazifalari:

1.quyidagilarning borligini ko’zdan kechirish:

-havfli simptomlar

-chaqaloqlarningtug’ruqdan keyin tashqi muhitga normal moslashishi

-tug’ma nuqsonlarning rivojlanishi

-chaqaloqlargaqo’pol muamola qilish belgilari va jaroxat yetkazish xolatlari

-tana uzunligini va rivojlanishini aniqlash

2.Ta'minlash usullari:

- parvarish va yordam berish zarur

- ota-onalarga maslaxatlar berish

3.Chaqaloqlarni ko’zdan kechirish o’tkazilishi shartlari:

- issiq xonalarda (>22ºC)

- onaning kuzatuvi ostida (oila a'zolari)

- bola uchunqulay bo’lgan holatda, ona va shifokor vaqtiga qarab

- ko’ruv 15-20 minutdan oshmasligi kerak

- chaqaloq to’liq yechintirilishi lozim


Ko’zdan kechirish to’liqva aniqo’tkazilishi kerak; bolani tekshirish tamoyillari "boshidan tovonigacha". Ko’zdan kechirish vaqtida onaga bolaning holati to’g’risida ko’proq rahbatlantirib, savollar berish, ko’ruv natijalarini onaga tushuntirish va ko’ruv natijalarini bolaning tibbiy xujjatlariga yozib qo’yish kerak.

Chaqaloq pozasi va xarakatlari

Etuk tug’ilgan chaqaloqlarning fiziologik pozasi:

-oyoqlari chanoq son qismidan yengil bukilgan

-qo’llari tirsak qismidan bukilgan va tanaga tegib turadi, barmoqlari musht bo’lib tugilgan.

-kam vazn bilan tug’ilgan va chala tug’ilgan chaqaloqlarda oyoqlari yengil to’g’rilanadi. Tug’ruq vaqtida chanoq bilan tug’ruq yo’llariga kelib qolgan chaqaloqlarning oyoqlari to’liq chanoq son bo’g’imidan bukilgan bo’ladi.

-chaqaloqlar xarakatlari simmetrik bo’ladi.

- chaqaloqlarda oyoqlaridagi mushaklar tonusi yuqori (engil gipertonus); tanasi va bo’yni bir oz gipotonusda bo’ladi.

Antropometriya

Chaqaloqlarning tana uzunligi va bosh aylanasini o’lchash lozim. Zarur bo’lganda chaqaloqlarning tana xaroratini o’lchash kerak. Chaqaloq normada hayotining birinchi kunidan boshlab tana vaznini 5-10% ni yo’qotadi. Tana vaznini tiklanishi chaqaloq hayotining 14-kunligiga to’g’ri keladi.Chaqaloqni har kuni o’lchash kerak emas agarda unda :

- aktiv so’rish refleksi bo’lsa;

- kuniga 8 martadan kam bo’lmagan holatda ko’krakni so’rishi, kunduzi va kechqurungi vaqtlarda ko’krakni emishi bilan.

- kuniga 6 martadan kam bo’lmagan holda tez-tez siyish,

- kuniga 4 martadan najas ajralishi.


Chaqaloqni ko’zdan kechirishning asosiy usullari


1- kun

2-3 кun

7-кun

- Nafas

- Tanaharorati

- Кo’кaksutibilan оvqatlantirish

- kindik qoldig’i

- teriqoplamlari

- siydikajralishi

- najas ajralishi

-immunizasiya



-Кo’кrак suti bilanovqatlanturish

Infeksiya belgilari:

-terining qizarishi yoki pufakchalar paydo bo’lishi

-ko’zidan yiring ajralishi

-bola ushlab ko’rilganda sovuq yoki issiq

-nafas olishning qiyinlashishi




- Кo’кrак suti bilanovqatlanturish

- tana vazni

- infeksiya belgilari

- teri rangi

- immunizasiya



Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish