Toshkent tibbiyot akademiyasi "tasdiqlayman" "kelishldi"



Download 1,8 Mb.
bet8/14
Sana07.10.2019
Hajmi1,8 Mb.
#23102
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
неонатология китоб


Nazorat savollari:

1. Chaqaloqlar fiziologik sariqliklarining paydo bo’lish sabablari.

2. Chaqaloqlar patologik sariqliklarining paydo sabablarining paydo bo’lish sabablari.

3. Patologik sariqlikning klinik shakllari.

4. Patologik sariqlikning asoratlari.

5. Patologik sariqlikning tashhisot usullari.

6. Sariqliklarning davolash usullari.

7. Patologik sariqliklarning profilaktikasi.

8. Sariqliklarda hamshiralik jarayoni.

9. Sariqliklarda bemor muammosi.


CHAQALOQLAR GEMOLITIK KASALLIGIDA HAMSHIRALIK JARAYONI VA PARVARISHI

Chaqaloqlar patologiyasi strukturasida gemolitik kasallik muhim o’rinda turadi. Gemolitik kasallik uchrashi 1:150 dan 1:400ni tashkil etadi. Gemolitik kasallik turli xil klinik ko’rinishga ega bo’lib, qonda bog’lanmagan bilirubinning intensiv ortishi bilan birga markaziy asab tizimi va boshqa organ va to’qimalarning zararlanishi bilan xarakterlanadi, natijada bolani nogironligiga yoki bolalar o’limiga sabab bo’ladi. Hozirgi vaqtda chaqaloqlar gemolitik kasalligining profilaktikasida va davolashda yuqori samaradorlikga erishilmoqda, lekin shunga qaramasdan, kasallikning uchrashi yuqoriligicha qolmoqda.



Chaqaloqlar gemolitik kasalligi (ChGK) - ona va bola qonidagi immunologik ziddiyat natijasida eritrositlarning parchalanishi bilan xarakterlanadi.

Etiologiyasi. Kasallik ona va bola qonining rezus-omil va ABO-guruxidagi nomutanosiblik, ba'zida boshqa qon guruhidagi o’zgarishlar natijasida yuzaga keladi. Rezus omil buyicha ziddiyat - homilador ayolda rezus-manfiy qon guruhi homilada esa rezus-musbat qon guruhi aniqlanganda yuzaga keladi.

ABO-immunziddiyat - onada O (I) qon guruhi, homilada esa, A (II) yoki B (III) qon guruhi bo’lsa yuzaga keladi. Kasal bola tug’ilishi uchun onada oldindan sensibilizasiya bo’lgan bo’lishi kerak. ABO-tizimi bo’yicha gemolitik kasallikning rivojlanishida oldingi homiladorlikning ahamiyati yo’q, chunki, ayol sensibilizasiyasi homiladorlikgacha kuzatilgan bo’lishi mumkin, misol uchun, vaksinasiya vaqtida. Ona va homila qon guruhining bir-biriga to’g’ri kelmasligi har doim ham gemolitik kasallik rivojlanishiga sabab bo’lmaydi. Normal kechgan homiladorlikda yo’ldosh to’siq funksiyasini bajaradi va antitanalarni o’tkazmaydi.

Yo’ldoshdagi to’siq butunligining buzilishi, gestozlar, homilador ayoldagi boshqa kasalliklar birinchi homiladorlikdayoq chaqaloqlar gemolitik kasalligining rivojlanishiga sabab bo’ladi.

Patogenezi. Rezus-omil, homila eritrositining A yoki B antigeni, yo’ldosh orqali ona qoniga o’tadi, antitanalar hosil qiladi.

Antitanalar plasentar to’siq orqali o’tadi va homila eritrositlariga yopishadi. Eritrositlarning parchalanishi giperbilirubinemiya va anemiyaga olib keladi.

Eritrositlarning parchalanishi natijasida hosil bo’lgan bog’lanmagan (erkin) bilirubin jigarda bog’langan (to’g’ri) bilirubinga aylanadi va ichakga ajraladi. Eritrositlarning parchalanish tezligi jigarda bog’lanmagan bilirubinning toksik ta'sirini kamaytirmasa, bilirubin qonga o’tadi va sariqlik rivojlanishiga sabab bo’ladi. Bog’lanmagan bilirubin neyrotoksik zaxar hisoblanadi, uning miqdori (etuk tug’ilganlarda 310-340 mkmol/ldan yuqori, chala tug’ilganlarda 200 mkmol/ldan yuqori bo’ladi), bilirubin gematoensefalik barer orqali o’tadi, bosh miyaning yadrosini zararlaydi, bu bilirubinli ensefalopatiyaga (yadroli sariqlikga) sabab bo’ladi. Bundan tashqari boshqa organ va to’qimalarni ham zararlaydi: jigar, yurak, o’pka.

Klinik manzarasi. Kasallikning uchta shakli ajratiladi:

-shish (2%),

-sariqlik (88%)

-anemik (10%).


Shishi shakli - eng og’ir shakli. Homila homila ichi rivojlanish davrida nobud bo’ladi yoki bola chala tug’iladi. Bolalar uzoq yashamaydi. To’qimalar shishi, teri va shilliq qavatlarning oqimtirligi kuzatiladi. Seroz bo’shliqlarda transsudat to’planadi. Yurak qon-tomir, o’pka yetishmovchiligi kuzatiladi. Jigar va taloq kattalashadi, paypaslaganda qattiq.

Qon tahlilida - gemoglobin va eritrositlar miqdori kamayadi. Yo’ldosh kattalashgan, shishgan bo’ladi.



Sariqlik shakli. Kasallikning bu shakli ko’p uchraydi. Asosiy belgilari sariqlik, anemiya, jigar va taloq kattalashishi, og’ir holatlarda - gemorragik sindrom va markaziy asab tizimining zararlanishi kuzatiladi.

Sariqlik bola tug’ilgandan keyin darrov yoki hayotining birinchi sutkasida yuzaga chiqadi. Sariqlik bola hayotining 2-3 sutkasida maksimal darajaga yetadi. Qonda bilirubin miqdorining oshishi bilirubinli intoksikasiya: kamquvvatlik, uyquchanlik, fiziologik reflekslarning yo’qolishi, mushaklar tonusi pasayishiga olib keladi.

Bola hayotining 3-4 kunlarida bilirubin miqdori kritik sifralargacha ko’tariladi. Yadro sariqligi simptomlari paydo bo’ladi: ensa suyagi rigidligi, tonik talvasalar, katta liqildoqning ko’tarilishi, ingrovchi yig’i, "botuvchi quyosh" simptomi. Ba'zida markaziy xarakterga ega tana haroratining ko’tarilishi, nafas olishning va yurak faoliyatining buzilishlari kuzatiladi. Chaqaloq peshobi to’q rangga kiradi, najasi o’zgarmaydi.

Ba'zida birinchi haftaning oxirida bemor bolalarda o’tning ichakga o’tishi buziladi, natijada - xolestaz (o’t quyuqlashishi sindromi) rivojlanadi. Teri ko’kimtir tusga kiradi, najasi rangsizlanadi, peshobi qorayadi, qonda bog’langan bilirubin miqdori ortadi.

Anemik shakli kechishi bo’yicha yaxshi sifatli hisoblanadi. Klinik belgilari chaqaloq tug’ilgandan keyin darrov yoki hayotining 1-3 haftasida yuzaga keladi. Teri ranglari oqimtir, yengil sariqlik, jigar va talog’i kattalashgan bo’ladi.

Bolalar holsiz, yomon emadi. Qonda gemoglobin va eritrositlar soni kamayadi va qonning yosh shaklli elementlari ko’payadi. Bilirubin bir oz oshadi.



Tashhislash. Hozirgi vaqtda chaqaloqlar gemolitik kasalligini tashhislashda antenatal usuldan foydalaniladi, bunda qonning eritrositar antigenining nomutanosibligi, onasidagi anamnez o’rganiladi (oldingi homiladorlik, bola tushishi, kasal bola tug’ilishi, gemotransfuziya rezus-omilsiz). Homilador ayolning qonida dinamikada rezusga qarshi va guruh antitanalarining titri aniqlanadi, ultratovush tekshiruv va qog’anoq suvini tekshirish o’tkaziladi.

Bola tug’ilgandan keyin bolani qon guruhi va rezus omil, kindik qonida bilirubin, bilirubinning soat sayin ortishi, kindik qonida va periferik qonda gemoglobin miqdori aniqlanadi; immunologik reaksiya (Kumbs sinamasi - chaqaloqlarda eritrositlar antitanalar bilan bog’liqligini aniqlaydigan usul,); kasallikning erta klinik belgilarini aniqlaydi.



Davolash. Giperbilirubinemiyaga, antitanalarni chiqarish va kamqonlikni yo’qotishga qaratilgan.

Davo konservativ va operativ usulda olib boriladi. Asosiy usul konservativ davo hisoblanadi:

-infuzion terapiya;

-gemoliz ortishini pasaytiradigan dori vositalari (alfa-tokoferol, ATF, glyukoza);

-metabolizmni kuchaytirish va bilirubinni chiqarish uchun (fenobarbital);

-ichaklarda qayta so’rilishni kamaytirish (karbolen, agar-agar, xolestiramin);

-terining yuzaki qavatida bilirubinning fotoxemik oksidlanishi natijasida toksik bo’lmagan mahsulotlarning hosil bo’lishiga bog’liq fototerapiya.

Fototerapiyani kuvezlarda o’tkazish kerak, atrof-muhit harorati va namligi optimal tartibda bo’lishi kerak. Bolaning ko’ziga yorug’likdan saqlaydigan ko’zoynak taqiladi, jinsiy a'zolari nur o’tkazmaydigan qog’oz bilan yopiladi. Xolestazni davolash uchun o’t haydovchi dorilar buyuriladi (magniy sulfati va alloxol).

Operativ davosiga qonni almashtirib quyish, gemosorbsiya va plazmoferez kiradi. Qonni almashlab quyish kasallikning og’ir shakllarida o’tkaziladi. Buning uchun rezus manfiy qon guruhi qo’llaniladi (150 ml/kg tana vazniga olinadi). Operasiya vaqtida bemorning 70% qoni almashtiriladi. Yaqqol kamqonlikda eritrositar massa quyiladi.

ABO-nomutanosiblikda qonni almashlab quyish uchun bolani qon guruhi bilan to’g’ri keladigan 0 (I) guruh qon yoki 0 (I) guruh qoni eritrositar massasi, shuningdek, quruh plazma qo’llaniladi. Ko’rsatma bo’lganda, qonni almashtirib quyish takrorlanadi.

Operasiyadan oldin hamshira xonani tayyorlaydi, qonni isitadi, bolaga tozalovchi xuqna qilinadi, oshqozoni tozalanadi va chaqaloq steril choyshab bilan yo’rgaklanadi, bunda qorinning oldingi devori ochiq qoldiriladi. Oldindan tayyorlangan kuvezga bola yotqiziladi, hayot uchun zarur asosiy organlar funksiyasi, tana harorati kuzatilib turiladi. Operasiyadan so’ng chaqaloqlar intensiv kuzatuvda bo’ladi.

Chaqaloqlar gemolitik kasalligining sariqlik shaklida gemosorbsiya va plazmaforez o’tkaziladi (toksik bilirubinni qondan yoki qon zardobidan sorbent orqali o’tkazib yuvish).

Chaqaloq birinchi 3-5 kunda sog’ilgan ko’krak suti bilan ovqatlantiriladi, chunki jismoniy zo’riqish eritrositlar gemolizini kuchaytiradi. Sutda antitanalar topilishi ko’krak suti bilan emizishga qarshi ko’rsatma bo’lmaydi, chunki antitanalar oshqozon-ichak traktida parchalanadi. Sariqlik va qondagi bilirubin miqdori pasaygandan keyin bola ko’krakga beriladi.

Profilaktikasi. Qon quyayotganda, resipient va donor qoninining rezus-omilini aniqlash zarur, istalmagan homiladorlikni oldini olish, ayol sog’lig’ini saqlash uchun keng ijtimoiy chora - tadbirlar olib borish kerak.

Profilaktikaning asosiy maxsus usuli ayolga antitanalar hosil bo’lishini tormozlaydigan - rezus-manfiy immunoglobulin anti-D quyishga qaratilgan. Immunoglobulin qoni rezus-musbat sog’lom bola tug’ilgandan keyin, shuningdek, homiladorlik to’xtatilgandan so’ng yuboriladi. Homilador ayollarda antitanalar titri ortsa, detoksikasion, gormonal, antigistamin terapiya, vitaminlar buyuriladi.

Ayolga erining terisidan antitanalarni antigenlarga transplantat fiksasiyasi uchun ko’chirib o’tkaziladi. Antitanalar titri oshganda ultrabinafsha nurlar, gemosorbsiya, plazmaforez qo’llaniladi, homiladorlik to’xtatiladi.

Oqibati. Bolalarda gemolitik sariqlikdan keyin turli xil psixonevrologik o’zgarishlar kuzatiladi. Shuningdek, gemolitik kasallik o’tkazgan bolalarda gepatobiliar tizimning surunkali kasalliklari, profilaktik emlashlarga noadekvat reaksiya, psixovegetativ buzilishlar kuzatiladi.

Nazorat savollari:

1. Chaqaloqlar gemolitik kasalliklarining(ChGK) yuzaga kelish sabablari.

2. ChGKlarining klinik shakllari.

3. ChGKning asoratlari.

4. ChGKning davolash usullari.

5. ChGKda profilaktik chora-tadbirlar.

6. ChGKda hamshiralik jarayoni.

7. ChGKda bemorning asosiy muammolari.




HOMILA ICHI INFEKSIYALARIDA HAMSHIRALIK JARAYONI VA PARVARISHI

Homila va chaqaloqning homila ichi zararlanishi - patologik holat bo’lib, ko’pgina omillar ta'sirida shakllanadi, onadan bolaga o’tgan infeksiya, qog’anoq suvining ifloslanishi, yo’ldosh, kindik orqali infeksiya tushishi organizmning immunologik reaktivligini o’zgarishiga sabab bo’ladi.

Chaqaloq organizmiga mikrob tushishi tug’ruq vaqtida boshlanadi. Normada homila koagulaz manfiy stafilokokklarni kolonizisiya qiladi, ular ko’pincha yo’ldosh, qog’anoq suvi, onaning tug’ruq yo’llarida joylashadi. Bakteriologik ekmalarda grammanfiy floralarning ustunligi, tillarang stafilokokk, B guruhiga mansub streptokokk topilishi patologik kolonizasiyadan dalolat beradi. Kam hollarda bu qo’zg’atuvchilar sog’lom bolalarda va homila ichi infisirlanishiga moyil bolalarda topiladi.

Antenatal davrda homila ichi infisirlanishiga moyillik tug’diruvchi omillar quyidagilar:

1. akusherlik anamnezida - bola tushishi, o’lik tug’ilish, muddatidan oldin tug’ish, neonatal davrdagi o’lim, abortlar.

2. homiladorlikning patologik kechishi - gestozlar, homiladorlikning tushish havfi, ko’p suvlik, istmiko-servikal yetishmovchilik va uni xirurgik korreksiyasi, homiladorlik kamqonligi, surunkali infeksiya va somatik kasalliklarni qo’zg’ashi, homiladorlikning ikkinchi davrida O’RI.

3. genital patologiya - urogenital infeksiyalar, kolpit, endoservisitlar.

4. yo’ldosh patologiyasi.

5. homiladorlik vaqtida o’tkazilgan infeksion kasalliklar.

Intranatal davrda homila ichi infisirlanishiga moyillik tug’diruvchi omillar quyidagilar:

1. tug’ruq asoratlari - tug’ruqdagi infeksion kasalliklar (urogenital infeksiya, simptomsiz bakteruriya, sistit, surunkali infeksiyalarning qo’zishi, O’RI, pielonefrit), bezgak, qog’anoq suvining tug’riqdan oldin kelishi - 6 soatdan ko’p, ko’p martalik qin tekshiruvlari, cho’ziluvchan tug’ruq.

2. bolaning asfiksiyada, aspirasiyada tug’ilishi, o’tkazilgan reanimasion tadbirlar.

3. onadagi tug’ruqdan keyingi infeksion jarayon.

4. bolaning sovuq qotishi.

5. sanitar-epidemiologik rejim va parvarishning buzilishi.
Ko’pincha homila tug’ilish jarayonida onaning jinsiy yo’li orqali zararlanadi, asosan bu bakterial vaginozda yuz beradi. Qog’anoq oldi suvi bakteriosid faollikga ega. Bakterial xemotoksinlar kindik tomirlaridan neytrofillarni qog’anoq oldi suviga migrasiyasini kuchaytiradi. Qog’anoq suvidagi neytrofillar va bakteriyalar o’zidan fosfolipaza ajratadi. Fermentasiya jarayonida amnion hujayralaridan araxidon kislota hosil bo’ladi, keyinchalik u prostoglandin Ye2ga (bachadon bo’yni kengayadi) va F2ga aylanadi (bachadon qisqarishini indusirlaydi).

Qog’anoq suvining mikrobga qarshi ta'siri qisqa muddatlidir. Minimal bakterial ko’payishi bachadon bo’yni 4 smgacha, maksimal esa bachadon bo’yni 6 sm va undan ortiq ochilganda yuz beradi. Homila pufagi erta yorilganda mikrobning kindik tomirlari va yo’ldoshda ko’payishiga sharoit yaratiladi va yallig’lanish o’choqlari paydo bo’ladi. Shundan so’ng, qo’zg’atuvchi gematogen yo’l bilan homilaga o’tadi. Infeksiya yuqishi shuningdek, boshqa yo’llar bilan ham ro’y beradi: transplasentar, transdesidual (yiringli o’choqdan devor bilan desidual qobiq o’rtasiga o’tadi), chiquvchi (bachadon naylaridan qorin bo’shliqiga o’tadi).

Homilaning yallig’lanish jarayoni xarakteri va og’irlik darajasi homila ichi zararlanish bosqichining infisirlanish muddatiga bog’liq. Homilaning homila ichi zararlanishida gipoksiya, metabolizmning ta'siri, gipertermiya asosiy o’rin tutadi. Bu omillarning ta'siri ularning ta'sir qilish davriga bog’liq (implantasiyadan oldin, embrional, erta va kechki fetal, intranatal, neonatal davrlar). Organogenez va plasentasiya davrida infeksion embriopatiya yuzaga keladi. Ular embrionning nobud bo’lishiga yoki tug’ma nuqsonlar bilan tug’ilishiga sabab bo’ladi. Gestasion davrning 4-chi oyidan to 7 oylarigacha homilada infeksiyaning qo’zg’atuvchisiga nisbatan maxsus sezuvchanlik paydo bo’ladi. Septik etiologiyali fetopatiyalarda tug’ma nuqsonlar shakllanishi mumkin. Ular proliferativ va alternativ yallig’lanish jarayonining natijasi bo’lib, teshiklar va kanallarning obliterasiyasiga va qisqarishiga olib keladi. Homiladorlikning 27-haftasidan keyin homilaning infeksiya qo’zg’atuvchisiga nisbatan maxsus javob reaksiyasi - leykositar infiltrasiya, to’qima va gumoral o’zgarishlar kuzatiladi. Natijada homila ichi infeksiyasi rivojlanadi yoki homilaning o’limi, homilani ko’tara olmaslik, homila rivojlanishining orqada qolishiga sabab bo’ladi. Chaqaloqlarda homila ichi infeksiyasining rivojlanishi infeksion yallig’lanish bosqichlari xarakteri, immunitet holatiga, immunitetning spesifik va nospesifik omillari o’zgarishiga ham bog’liqdir.

Homilaning zararlanishi bola tug’ilgunga qadar sodir bo’lsa, infeksion yallig’lanish rivojlanishi kasallik bosqichlariga bog’liq:

-agar bola tug’ilganda kasallik boshlanish bosqichida bo’lsa, infeksiya erta neonatal davrning birinchi 3 sutkasida namoyon bo’ladi.

-agar tug’ruq kasallikning oxirgi bosqichida bo’lsa, erta neonatal davrda dezadaptasiya sindromi yoki latent kechadigan infeksiya fonida infeksiyaning surunkali kechishi rivojlanadi.

Chaqaloqlarda kasallikning klinik belgilari homila ichi zararlanishida bola hayotining birinchi 3 sutkasida namoyon bo’ladi, gipotrofiya, shish sindromi, teri rangining o’zgarishi (terining oqimtir yoki sariqligi), mushak tonuslari va reflekslarning pasayishi, harakat aktivligi va so’rish refleksining susayishi, sianoz xurujlari, vaznni birlamchi yo’qotishi (10% va undan yuqori) va uning sekin qayta tiklanishi, tana vaznining qayta yo’qotilishi, yassi vazn egriligi grafigi, gepatolienal sindrom, sklerema, anemiya kuzatiladi. Homilaning intranatal zararlanishida inkubasion davr uzoq bo’ladi.

Homila ichi infeksiyalari va ularning shakllari

Homila ichi kasalliklari - bu homilaga tug’ruq vaqtida va tug’ruq yo’llari orqali o’tayotganida zararlangan onadan infeksiyaning o’tishi natijasida, qo’zg’atuvchi infeksion kasallikni va yallig’lanishni yuzaga keltirishidan kelib chiqadigan kasalliklardir.

"TORCH-infeksiya" - Toxoplasma (toksoplazma), Rubella (krasnuxa), Cytomegalovirus (sitomegalovirus), Herpes (gerpes). Ular ante - yoki intranatal bo’ladi. Ularni chaqaloqlar postnatal (gospital) infeksiyasidan ajratish kerak. Chaqaloqlarda "TORCH-infeksiya" klinik belgilari yurak tug’ma nuqsonlari, katarakta, xorioretinit, mikroftalmiya, mikro- yoki gidrosefaliya, serebral kalsifikasiya, trombositopenik purpura, sariqlik, gepatosplenomegaliya hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda homila ichi infeksiyalarining homila va chaqaloqda qo’zg’atuvchilari grammanfiy anaerob fakultativ bakteriyalardir: esherixiya, klebsiellalar, protey va boshqa koliform bakteriyalar. Bu mikroblarning virulentligi past, shuning uchun ular infeksiya o’chog’ida ko’p to’plansagina, infeksion yallig’lanishni chaqiradi. Homila zararlangan vaqtida, homilada shartli - patogen bakteriyalarga nisbatan antagonistik xususiyatga ega bo’lgan normal mikroflora bo’lmaydi, shuningdek bu mikroblarga qarshi passiv immunitet ham bo’lmaydi, shuning uchun infeksion yallig’lanish rivojlanadi.

Oxirgi yillarda chaqaloqlar va homila patologiyasida B-guruhidagi streptokoklarning o’rni yuqori bo’lmoqda. Bu mikroorganizmlar aminoglikozidlarga tabiiy chidamlidir. Homilador ayollarda B guruhidagi streptokkoklarni tashish - 1,5 dan 30%ni tashkil etadi. Ularning servikal kanalda ko’payishi 105 KOE/ml va undan yuqori bo’lib, bu homila uchun xavfli hisoblanadi.

Xozirgi vaqtda bakteriyalar orasida boshqa turlari ham ajratilgan va ular oldin perinatal patologiyada uchramagan. Bular Haemophylus influenzae, A-gemolitik streptokokk, D guruhidagi streptokokklar, spora hosil qilmaydigan anaeroblardir. Bundan tashqari homila ichi infeksiyalarining qo’zg’atuvchisi mikoplazmalar, xlamidiyalar, zamburuqlar hisoblanadi. Mikroorganizmlar tasnifida rikketsiyalar va viruslar o’rtasida mikoplazmalar oraliq mikroorganizm hisoblanadi.

Mikoplazmalarning asosiy farqli xususiyati shundaki, hujayra devori va uning komponentlariga nisbatan rigidligi bo’lmaydi, bu esa mikrobning hujayra ichi rivojlanishida mikrob hujayralarining yuzaki strukturalariga ta'sir etuvchi terapevtik agentlarga chidamliligidan dalolat beradi. Xlamidiyalar grammanfiy bakteriyalar va viruslar o’rtasida oraliq hisoblanadi va hujayra ichi zararlanishiga qulaylik tug’diradi (hujayra ichi paraziti hisoblanadi).

So’nggi vaqtlarda ayollar o’rtasida qin kandidozi oshib bormoqda. Zamburuqli infeksiya chaqaloqlarda oral va teri klinik ko’rinishlarini chaqirishdan tashqari, homilaning turli rivojlanish bosqichida og’ir patologiyalarni ham chaqiradi.

Zamonaviy tekshiruvlar shuni ko’rsatdiki, homila ichi infeksiyalarini onadagi viruslar ko’proq chaqiradi. Tug’ma patologiyalarga sabab bo’ladigan viruslar spektri asta-sekin kengayib bormoqda. Qizilcha virusi, oddiy gerpes, sitomegaloviruslardan tashqari, homila ichi infeksiyalarini suv chechak virusi, B va C gepatit viruslari, gripp, adenoviruslar, parvo- va enteroviruslar, shuningdek, boshqa turdagi viruslar chaqiradi.

Homila ichi infeksiyalari qo’zg’atuvchining uchta sinfi bo’yicha tasniflanadi:

-I (bakteriyalar)

-II (viruslar)

-III (oddiylar - toksoplazmalar, trixomonadlar, plazmodiyalar).

Qo’zg’atuvchining homila organizmiga tushishining 5 ta asosiy yo’llari ajratiladi: chiquvchi, tushuvchi, gematogen, transdesidual va aralash. Infisirlanishning tushuvchi yo’li kasallikni rivojlanishiga katta moyillik tug’diradi.

TORCH-infeksiya sindromiga kasallikning quyidagi umumiy belgilari xarakterlidir:

1. kattalarda subklinik kechishga moyillik.

2. latent infeksiyaning homiladorlik davrida faollashuvi yo’ldoshning va onadagi Ig G natijasida homilaning kam infisirlanishiga sabab bo’ladi.

3.homila ichi infeksiyalari qo’zg’atuvchisi odatda qiyin klinik tashhislanadigan kasalliklarni chaqiradi. Ularni aniqlash uchun sezuvchan serologik sinamalar talab qilinadi.

4.TORCH-agentlari chaqirgan tug’ma infeksiyalar, homilada IgM-antitanalarini hosil qiladi.

5. TORCH-agentlarining ma'lum organ va tizimlarga, jumladan, markaziy asab tizimiga, yurak qon-tomir tizimiga, mononuklear tizimga, ko’rish organlariga nisbatan moyilligi xarakterlidir.

Homila ichi infeksiyalarining rivojlanishiga yuqoridagi omillardan tashqari quyidagi omillar ham ta'sir ko’rsatadi:

1) qo’zg’atuvchining virulentlik turi va darajasi;

2) infisirlanishning massivligi;

3) qo’zg’atuvchining organ va to’qimalarga nisbatan tropizmi;

4) qo’zg’atuvchining tushish yo’li;

5) ona organizmining homila kasalligini oldini olish xususiyati;

6) gestasiya muddati;

7) homilaning immun javobga bo’lgan xususiyati;

8) homiladorlikning kechish xarakteri;

9) homila ichi va intranatal gipoksiya;

10) homiladorlik davrida massiv dori vositalarini qabul qilish.
Kasallikning klinik simptomlari chaqaloq tug’ilgandan keyin darrov (homila ichi - ante- intranatal infeksiyalar), yoki kechki neonatal davrda namoyon bo’lishi mumkin.

Infeksion kasallikning umumiy simptomlari aniq klinik ko’rinishga ega emas, ular ko’p qirrali bo’ladi. Qiyosiy tashhislashda, asosan chala tug’ilganlarda perinatal gipoksiya natijasida yuzaga kelgan infeksion toksikoz va dezadaptasiya simptomlari bir-biriga o’xshash bo’lganligi sababli tashhislashda qiyinchilik tug’diradi. Homila ichi rivojlanish davrida tashhislash usullari bevosita va bilvosita turlariga bo’linadi.

Birinchi usul embrionda, homilada, xorion aspiratida, homila qonida, qog’anoq suvida qo’zg’atuvchini ajralishiga asoslangan. Bu usulga bakterioskopik, sitologik, gistologik, elektron-mikroskopik va bakteriologik usullar kiradi. Ikkinchi usul ona holatini o’rganishni, infeksiya xarakterini aniqlashni, immun javob, organizmdagi metabolik o’zgarishlarni o’z ichiga oladi. Shuningdek, mikrobiologik (bakterioskopik, bakteriologik, elektron-mikroskopik, virusologik ona organizmining bioprob materiallarini aniqlash) usullarini o’z ichiga oladi; immunoferment usul, yoki ELISA-usul (IgM sinfi antitanalarini topish; immunoflyuoressent usuli; molekulyar gibridizasiya usuli (DNK yoki RNK hujayra identifikasiyalarini aniqlash); ultratovush, shuningdek, bioximik usullarni (S-reaktiv oqsilni aniqlash, qin va servikal kanal pHni aniqlash, a1-proteinazlar, fibrinogen, plazmaning b2-globulini) o’z ichiga oladi.

Ikkinchi usul taxminiy tashhis qo’yishga yordam beradi. Homiladorlar, tuqqan ayollarda, so’lak, burun-tomoq ajralmasi, qon, peshob, uretra, qin, bachadon bo’ynidan olingan surtma tekshiriladi. IgG va IgM antitanalari seronegativ homiladorlarda topilishi birlamchi infeksiyadan dalolat beradi, IgG titri topilishi - homilador ayolning oldindan infeksion agentdan immunizasiyasidan dalolat beradi.

Dinamikada IgG titri oshishi yoki IgM topilishi homiladorlik vaqtida infeksiyaning residivlanishidan dalolat beradi. Homila ichi infeksiyalarining klinik belgilari paydo bo’lgungacha bo’lgan tashhislashda bola tug’ilganda, halqumdan, oshqozondan, kon'yunktivadan, quloqdan ajralgan ajralmalarni, periferik qonni, umumiy oqsil va oqsil fraksiyalarini tekshirish, o’tkir fazali ko’rsatgichlar, immunnoglobulinlar A, M, G, S-reaktiv oqsil, peshob, mekoniya, orqa miya suyuqligi, yo’ldoshni gistologik va mikrobiologik tekshirish usullari kiradi.

Chaqaloq oshqozonidan olingan suyuqlik va qog’anoq suvidan olingan surtmani mikroskopik tekshirish skrining - test sifatida qo’llaniladi. Gramm usuli bilan ranglangan surtmalarda 4 va undan ortiq leykositlarning topilishi chaqaloqlarni yuqori darajada infisirlanganidan dalolat beradi.

Homila ichi infeksiyalarining klinik belgilari namoyon bo’lsa, biologik aktiv moddalardan olingan materiallarni tekshirish (qondan - respirator viruslar, bakteriyalar; peshobdan - sitomegalovirus, mikoplazmalar; burun-halqum surtmasidan - qizilcha virusi, gerpes, enteroviruslar, respirator viruslar; oshqozon suyuqligi va najasdan - enteroviruslar, bakteriyalar; vezikul suyuqligidan - gerpes virusi; orqa miya suyuqligidan - qizilcha, gerpes viruslari, sitomegalovirus, enteroviruslar, mikoplazmalar) va dinamikada onadan va boladan 10-14 kundan keyin serologik tekshiruv usuli kasallikka aniq tashhis qo’yishga yordam beradi. Antitanalar titri 4 va undan ortiq ko’tarilsa, bu infeksion jarayonning faollashganligidan dalolat beradi.

Serologik usul bilan aniqlangan antitanalar immunoglobulin G sinfiga kiradi. ELISA usuli bo’yicha IgM aniqlanadi. Homila ichi tashhisotida boshqa serologik usul ham qo’llaniladi, neytralizasiya reaksiyasi, gemagglyutinasiyani tormozlash reaksiyasi, RPGA, lateks-agglyutinasiya, immunobloting, immunoflyuoressentsiya, radioimmunnologik va immunoferment analizlar qo’llaniladi.




Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish