Toshkent tibbiyot akademiyasi "tasdiqlayman" "kelishldi"



Download 1,8 Mb.
bet3/14
Sana07.10.2019
Hajmi1,8 Mb.
#23102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
неонатология китоб


Nazorat savollari:

1. Ko’krak suti bilan samarali boqishda 10- qadamini ayting

2. Erta ko’krakga qo’yish afzalliklarini ayting

3. Ona va bola o’rtasida qanday aloqa vujudga keladi.

4. Ko’krak sutining tarkibi

5. Og’iz suti nima

6. Ko’krak suti bilan ovqatlantirishga bola tomonidan qanday absolyut qarshi

ko’rsatmalar bor

7. Ko’krak suti bilan ovqatlantirishga ona tomonidan qanday absolyut qarshi

ko’rsatmalar bor.

8. Samarali emish nima

9. Bolani ko’krakga to’g’ri qo’yilganligining tashqi belgilarini ayting

10. Ko’krak suti bilan emizishning samarali xolati qaysi mezonlar orqali

o’tkaziladi.


BUTUN DUNYO SOG’LIQNI SAQLASH TASHKILOTINING MA’LUMOTLARI ASOSIDA TIRIK TUG’IGANLIK MEZONLARI
Sog’liqni saqlash tizimining ish sifatining muhim ko’rsatkichlari chaqaloqlar o’limi ko’rsatkichlarini kamaytirish hisoblanadi. O’zbyokiston Respublikasi 2000 yil Birlashgan Millatlar tashkilotiga a'zo bo’ldi va o’z oldiga ming yillik rivojlanish maqsadlarini qo’ydi. Ming yillik Deklarasiyaning rivojlantirish soxasining bir bobi chaqaloqlar o’limini kamaytirish va 5-yoshgacha bo’lgan bolalar o’limini 1990 yildan 2015 yillargacha 3 dan 2 qismga kamaytirishga qaratilgan.

Tirik tug’ilish - homiladorlik vaqtiga bog’liq bo’lmagan xolda homilani ona organizmidan to’liq ajralishi bo’lib, tug’ilgandan keyin nafas olsa yoki boshqa xayotiy belgilaridan bittasi bo’lsa, ya'ni yurak urishi, kindik pulsasiyasi yoki aniq mushaklar harakati kuzatilsa va bu kindik kesilishiga va yo’ldoshni ajralishiga bog’liq bo’lmagan holda yuzaga kelganda tirik tug’ilish deyiladi.

Butun dunyo sog’liqni saqlash tashkiloti - homila ona organizmidan ajralgandan keyin, homiladorlik vaqtiga bog’liq bo’lmagan holda va quyidagi 4-belgidan bittasi

bo’lganda: nafas, yurak urishi, kindik pulsasiyasi yoki mushaklar harakati kuzatilsa tirik tug’ilgan homila deb atalishini tavsiya qiladi.
BJSST mezonlari:

1. Nafas, yurak urishi, kindik pulsasiyasi, mushaklar xarakati

2. Og’irligi -500 gr.

3. Bo’y uzunligi-25 sm

4. Gestasiya vaqti -22 qafta
O’lik tug’ilish (o’lik tug’ilgan homila) - homiladorlikning kechishiga bog’liq bo’lmagan holda homilani ona organizmidan ajralishi yoki o’lik tug’ilishi, hayotiy belgilarning umuman bo’lmasligidir (yurak urishi, nafas, kindik pulsasiyasi yoki mushaklar xarakati).

Letal oqibat qaysi vaqtda kelib chiqishidan qat'iy nazar homilaning antenatal va

intranatal o’limi va postnatal chaqaloqlar o’limiga bo’linadi;

1) antenatal o’lim - tug’ruq boshlanguncha bo’lgan davr

2) intranatal o’lim - tug’ruq akti boshlangan keyingi davr

3) postnatal o’lim - chaqaloqning tirik tug’ilgandan keyingi davri



Neonatal o’lim - chaqaloq hayotining to’liq 28 kunligigacha bo’lgan davrdagi o’limi hisoblanib, u erta neonatal o’lim (chaqaloq hayotining birinchi 7-kunligacha bo’lgan o’limi) va kech neonatal o’limga (chaqaloq hayotining 7-kunidan 28 kunligigacha bo’lgan davr) ajratiladi.

Erta neonatal o’lim quyidagi toifalarga bo’linadi;

-1- soatdan kam vaqt oralig’ida

- 1- soatdan 23 soat oralig’ida

- 24 - soatdan 167 soat oralig’ida homila yoki chaqaloqning tug’ilishi bilan tana og’irligi grammlargacha ro’yxatga olinadi.

Tirik tug’ilgan chaqaloqning tana og’irligi xayotining birinchi soatlarida aniqlanadi. Postnatal davrda tana og’irligini fiziologik kamayishi kuzatiladi.

Chaqaloqning faktik og’irligi qancha bo’lsa xuddi o’sha vazn yozilishi kerak.

1) tug’ilganida tana vazni kam - tana vazni 2500 grammdan kam (1500 gr.dan 2499 gr gacha)

2) tug’ilgandagi tana vazni juda kam - tana vazni 1500 gr dan kam (1000 gr.dan 1499 gr gacha)

3) tug’ilgandagi tana vazni o’ta kam - tana vazni 1000 gr dan kam (500 grdan 999 gr gacha )


Nazorat savollari:

1.Tirik tug’ilish deb nimaga aytiladi

2.O’lik tug’ilish deb nimaga aytiladi

3.Neonatal o’limga ta’rif bering

4.Tug’ilgandagi tana vazni juda kam deb nimaga aytiladi

5.Kech neonatal o’lim nima

6.Kam vaznli chaqaloqlarni qaerda parvarish qilish kerak
CHALA TUGILGAN CHAQALOQLAR VA HOMILA ICHI RIVOJLANISHIDAN ORQADA QOLGAN BOLALAR

Chalatuпg’ilganchaqaloq - homiladorlikmuddatidan, ya'ni 28 - 38 haftaoralig’ida, tanavasni 1000 - 2500 g, bo’yi 35 - 45 sm, morfologikvafiziologiketishmovchiliklarbilandunyogakelganhomilagaaytiladi. Homila 28 haftadatug’ilsa, uninghayotiybelgilaribo’lsayokihayotiybelgilariyuzagakelmaganbo’lsa, chaqaloqtug’ilgandatanavazni1000 g (500-999 gr) dankambo’lsahomilatushishideyiladi. Chalalikningpastkichegarasidavazni1000 gdankam, bo’yi 35 smdanpastbo’libtug’ilganchaqaloqlar "kechkihomilatushishi" deyiladi.



Chalatugilganliktasnifi

Chalalikning 4-darajasibo’lib,bugestasiyavaqtigavatug’ilgandagitanaog’irligigabog’liqbo’ladi

Birinchi daraja 35 - 37 haftalik va tana og’irligi 2001- 2500 gr ,

Ikkinchi daraja 34 - 32 haftalik va tana og’irligi 1501-2000 gr

Uchinchi daraja 30 - 29 haftalik va tana og’irligi 1500 - 1001 gr

To’rtinchi daraja 28 hafta va undan kam, tana og’irligi - 1000 gr va undan kam

Bola vazni 1500 g dan kam bo’lib tug’ilsa - chuqur chalalik hisoblanadi.

Chala tug’ilishga asosiy 3- gurux omil sababchi bo’ladi:

1.Ijtimoiy - iqtisodiy va demografik omillar (oila daromati va yashash sharoiti, homilador ayolning ovqatlanishi, ish joyi, ma'lumoti, tibbiy xizmat ko’rsatilish darajasi, oilaviy ahvoli va boshqalar)

2.Iqtisodiy-biologik jiqatdan (ota-onaning yoshi, nechanchi homiladorlik, farzandlar orasidagi interval, ko’p homilalik, avvalgi homiladorlik natijasi)

3.Klinik-infeksion va noinfeksion kasalliklar - onaning yuqumli va yuqumsiz kasalliklari, homiladorlik toksikozlari, onaning abort vaqtidagi jarohatlari, ona va homilaning rezus omili mos kelmasligi, onaning endokrin kasalliklari, ayolning jinsiy organlari nuqsonlari, bolaning xromosom kasalliklari, chekish, alkogol, narkomaniya, ayrim dori vositalarini qabul qilib yurishi).



Chala tug’ilgan bolalarning AFX

Chala tug’ilgan bolalarning morfologik belgilari:

1. Tananing noproporsionalligi: oyoqlar va bo’yni kalta

2. Chala tug’ilgan bolalarning boshi tanasining 1/3 qismini tashkil etadi.

3. Bosh suyagining miya qismi yuz qismidan kattaroq

4. Miya suyagi yumshoq, liqildoqlari ochiq, tirnoqlari kalta, tuxum yorqoqga tushmagan, katta lablar kichik lablarni yopib turmaydi.

5. Quloq suprasining tog’ay qismi yaxshi rivojlanmagan va kallaga yopishib turadi.

6.Chaqaloq yelkasi, orqasi, peshona, yonoqlari va son qismlari terisi ko’p miqdorda mayin lanugo bilan qoplangan, terisi yupqa, yog’ qavatlari yaxshi rivojlanmagan, eritemalari aniq bilinadi.



Chalalikning funksional belgilari

Chala tug’ilgan chaqaloqlar uchun barcha a'zolarning yetilmaganligi va chalalik darajasiga bog’lik bo’ladi.



Nevrologik belgilar: mushaklar gipotoniyasi, fiziologik reflekslar va harakat aktivligi sust, termoregulyasiyaning takomillashmaganligi, kuchsiz yig’i hos. Kuchli bezovtalik, doimiy bo’lmagan oyoq-qo’llarining tremori kuzatiladi.

Nafas olish sistemasi. Chala tug’ilgan chaqaloqning nafas olishi muddatida tug’ilgan bolanikiga qaraganda ko’pligi va labilligi, nafas harakatlarining yuzakiligi, nafas chuqurligining notekisligi, davomiyligi turlicha bo’lgan respirator tanafuslar paydo bo’lishi bilan farq qiladi. Apnoe chastotasi (nafasning 10 soniya va ko’proq to’xtashi) o’ta chala tug’ilgan bolalarda maksimal bo’ladi. Sog’lom chala tug’ilgan chaqaloqlarda uyqu yoki tinch paytida quyidagi nafas turlarii kuzatilishi mumkin:

Biot tipi - sog’lom chala tug’ilgan chaqaloqlarda apnoe davrlari chuqurligining va nafas harakatlari chuqurligini bir xilligi hos.

Cheyn - Stoks - turi tanafuslar bilan davriy nafas olishi va tobora nafas olishning ko’payishi, so’ngra esa nafas amplitudasining pasayishi xarakterli.

Chuqur chala tug’ilgan bolalar uchun talvasali nafas harakatlar xos. Nafas chastotasi gestasion yoshga bog’liq holda bir muncha o’zgarib turadi, nafas olish chastotasi o’rta xisobda minutiga 36 - 82ni tashkil qiladi va bu chalalik darajalariga qarab o’zgarib turadi: chaqaloqlik davrida yurak qisqarishlar soni 140-160 minutiga bo’lsa, tana vazni kam bo’lgan chaqaloqlarda esa nafas chastotasi yuqori bo’ladi. Uzoq vaqtgacha nafas to’xtashi kuzatilganda asfiksiya rivojlanishi mumkin. Arterial bosim 60-70 mm.rt.atrofida bo’ladi.

Chala tug’ilgan chaqaloqlarda so’lak ajralishi past bo’ladi. Oshqozon shirasining hajmi etuk tug’ilgan chaqaloqlarnikiga qaraganda 3-martagacha kam, oshqozon shirasining pH 4,4-6,6, erkin xlorid kislota darajasi 0,3 ichaklarning ferment ajratish vazifasi aktivligi juda sust bo’ladi.

Chala tug’ilgan chaqaloqlarda termoregulyasiya to’lik yetilmaganligi sababli bolalar tez sovub ketishi va tez qizib ketishi mumkin.

So’rish va yutish reflekslari kuchsiz rivojlangan, ayrim hollarda bu jarayonlarning koordinasiyasi buzilishi kuzatiladi. Qayt qilish, o’qchish, meteorizm va qabziyatga moyil bo’lishadi. Yo’tal refleksining bo’lmasligi ovqat aspirasiyasiga olib keladi.

Immun tizimning yetilmaganligi sababli chala tug’ilgan chaqaloqlarda yuqumli kasalliklarga moyillik yuqori bo’ladi. Qon tomirlarning o’tkazuvchanligi va sinuvchanligini yuqoriligi sabab miya qon aylanishining buzilishlari va qon quyilishlar tezda yuzaga keladi.

Chala tug’ilgan chaqaloqlarda tranzitor fiziologik holatlar o’ziga xos kechadi; fiziologik eritema yaqqol va uzoq vaqt davom etadi, kam miqdorda yuzaga kelgan sariqlik xam og’ir darajadagi bilirubinli ensefalopatiya bilan kechishi mumkin.

Kindik qoldig’i, muddatidan keyin tug’ilgan chaqaloqlarnikiga nisbatan erta tushadi, kindikdan qolgan yaracha chaqaloqlikning 12-15 kunida bitadi, agar chaqaloq massasi 1000 gr gacha tug’ilgan bo’lsa, unda kindik yarachasi 1-2 hafta kech bitadi.

"Kam vazn bilan tug’ilgan chaqaloqni" aniqlash.

"Kam vaznli chaqaloq"- bu tug’ilganida tana vazni 2,500 gr dan kam bo’lib tug’ilgan chaqaloqlar xisoblanadi.

"O’ta kam vaznli chaqaloq"- bu tug’ilganida tana vazni 1,500 grgacha bo’lib tug’ilgan chaqaloqlar.

"Kam vaznli chaqaloqlar "tug’ilishiga asosiy sabablar:

1.homiladorlik davridagi intoksikasiyalar: chekish, spirtli ichimliklar, narkotiklar.

2.Anemiya, onalarni homiladorlik davrida noto’g’ri ovqatlanishi.

3. Infeksiyalar:

- bakterial: B guruhiga mansub streptakokklar, ichak tayoqchasi, listeriya.

- viruslar: gripp, qizamiq, sitomegaloviruslar.

- parazitlar: bezgak, toksoplazmoz.

4. Gipertonik buzilishlar, boshqarilmaydigan gestozlar

5. Ko’p homilali onalar: egizaklar (ikki, uch), bachadon anomaliyasi va homila anomaliyalari kuzatilsa.

6.Amnion pardasini erta yirtilishi.

"Kam vaznli chaqaloqlar" uchun xarakterli belgilar, ayniqsa muddatidan oldin tug’ilgan chaqaloqlarda:

-kichik o’lchamlar - tanasining uzunligi, me'daning kichikligi.

-yog’, uglevod, temir, kalsiy va vitaminlar zaxirasining kamligi .

Kichik muddatdagi homilaga, yangi tug’ilgan chaqaloqlar uchun xavf omillari:

1. Tug’ilgandan keyingi respirator buzilishlar (asfiksiya, mekoniy bilan aspirasiya)

2. Gipotermiya

3. Gipoglikemiya

4. Ovqatlantirishdagi muammolar

5. Infeksiyalar

6. Tug’ma anomaliyalar

7. Polisitemiyalar



"Kam vaznli" chaqaloq tug’ilishga tayyorgarliklar:

1."Kam vaznli chaqaloq" tug’ilishi kutilayotganda tayyorgarlik:

- tug’ruq xonada harorat 28º C bo’lishi kerak. Chaqaloq uchun issiq kiyimlarini, issiq yo’rgaklarni tayyorlash va xonada isituvchi vositalarni yoqish kerak.

- Neonatologlar guruxi, reanimasion to’plam bilan birgalikda tug’ruq zalida bo’lishlari kerak (laringoskop va medikamentlar ham)

2."Kam vaznli chaqaloqlar"ga oddiy normal tug’ilgan chaqaloqlarga nisbatan reanimasion chora - tadbirlarga muqtoj bo’ladilar va bunday chaqaloqlarni gipotermiya va infeksion kasalliklardan saqlash zarur.

Muddatidan oldin tug’ilgan chaqaloqlarga yordam quyidagi bosqichlarda olib boriladi:

Birinchi bosqich - tug’ruqxonada intensiv parvarish va davo chorlari olib borilishi

Ikkinchi bosqich - maxsus bo’limlarda parvarishni olib borish

Uchinchi bosqich - oilaviy poliklinikasida doimo nazorat ostida bo’lishlari kerak.

Birinchi bosqich maqsadi - chaqaloq hayotini saqlab qolish, zarur paytda intensiv davo terapiyasini olib borish, diqqat bilan parvarish va kuzatuvni o’z ichiga oladi.

Tug’ilgandan 1- soatga yetmasdan chaqaloqni muddatiga yetmasdan tug’ilgan chaqaloqlar boks turidagi honaga yoki ahvoli og’ir bo’lsa ORIT bo’limlariga o’tkazilishi kerak. Uyiga tana vazni 2000 grdan ortiq, sog’lom bo’lgan chaqaloqlar yuboriladi, qolgan muddatiga yetmay tug’ilgan chaqaloqlar maxsus bo’limga ikkinchi bosqich bo’yicha parvarish qilinish uchun o’tkaziladi.

Ikkinchi bosqichning maqsadi - reabilitasion - davolash. Gipoksiya, miyada qon aylanishi buzilishi, sariqlik, pnevmoniyani bartaraf etish va anemiya, raxit, gipotrofiyani oldini olishga qaratilgan. MNS buzilishi kuzatilgan chaqaloqlarda asosiy reabilitasion vositalari DFK, massaj va suvdagi mashqlar o’tkaziladi. Ikkinchi bosqichdagi chaqaloqlarni bo’limdan chiqarish uchun individual ko’rsatmalar: kasalliklar yo’qligi, dastlabki tana vaznini tiklanishi va ortishi, gemoglobin miqdori normada bo’lishi lozim. Chaqaloq haqidagi ma'lumot mahalla shifokoriga yuboriladi.



Parvarish xususiyatlari. Chaqaloq uchun qulay mikroklimatik sharoit yaratish - palata harorati 24-26º C, namlik 60% bo’lishi kerak. Juda erta muddatidan oldin tug’ilgan chaqaloqlar yoki og’ir chala tug’ilgan chaqaloqlar kuvezlarda parvarish qilinishi kerak. Kuvezlarda xarorat 32-36ºC, namlik dastlabki kunlarda 90%, keyinchalik 60-55% bo’lishi kerak. Chaqaloq tana haroratini 36,5-37 º Cda ushlab turish va chaqaloqni qizib ketishdan va sovuq qotishdan saqlash zarur. Oksigenasiya darajasi individual tanlanadi. Kuvezlar dezinfeksiyasi va almashtirish har 2-3 kunda o’tkaziladi. Krovatchalarga o’tkazish uchun chaqaloqda nafas yetishmovchiligi bo’lmasligi, tana harakati doimo bir hil normada bo’lishi, minimal oksigenasiyaga ko’nikishi kerak bo’ladi. Isitish uchun maxsus qizdiruvchi krovatchalar, termomatras, termosaqlovchi yo’rgak, grelka bo’lishi kerak. Muolajalar uchun isituvchi vositasi bo’lgan yo’rgaklovchi stollar, nur bilan isituvchi lampalar bo’lishi lozim. Ximoyalovchi engiga ega bo’lgan yo’rgaklar kiydiriladi.

Asosiy e'tiborni chaqaloqlarni ahvoliga qaratish kerak, tana harakati va namligini, kuvez ishlash parametrlarini va ishlashini, sanitar - gigienik ishlarini qatttiq nazorat ostida ushlash va epidemiyaga qarshi rejimlarni boshqarib va kuzatib turish kerak.

Ona shaxsiy gigienaga rioya qilishi va bola parvarishida sanitariya qoidalariga e'tibor berishi zarur.

Chala tug’ilgan chaqaloqlarni ovqatlantirishni o’ziga xos xususiyatlari bor. Bular chaqaloqning oziq maxsulotlariga talabini kuchliligi, oshqozon-chaktizimining yetarli darajada rivojlanmaganligiga asoslangan. Ko’krak suti homila muddatiga qarab tarkibi o’zgaradi.

Yangi tug’ilgan chaqaloq uchun ko’krak suti kam bo’lsa qabul qilishi yaxshi bo’ladi. Ko’krak sutini ba'zan sog’ib turilishi tavsiya etiladi. Ko’krak suti umuman bo’lmaganda chala tug’ilgan chaqaloqlar uchun sun'iy aralashmalar beriladi. Chaqaloq holatiga qarab ko’krak bilan, qoshiq yoki zond orqali ovqatlantiriladi. Ovqatlanish soni oziqlantirish turiga, chaqaloqning oshqozonida sutni ushlab turish xususiyatiga va so’rish faolligiga bog’liq.

"Kam vaznli chaqaloqlar" ni parvarishidagi qiyinchiliklar:

- 2,500 gr bo’lgan chaqaloqlarda o’lish va kasallik xavfi nisbatan yuqori.

- 2,500 grdan yuqori tug’ilgan chaqaloqlar nisbatan ko’proq parvarishga muxtoj.

- sog’lom tug’ilgan chaqaloqlarga nisbatan tug’ruqxonada ko’p vaqt qolishadi.

- ko’pincha yordam ko’rsatishning boshqa bosqichlariga muqtoj bo’lishadi.



"Kam vazn bilan tug’ilgan chaqaloqlar parvarishi"

1.Profilaktika chora tadbirlarini universal ravishda olib borish (shifoxona ichi infeksiyasini oldini olish).

2.Gipotermiyaning profilaktikasi

- yangi tug’ilgan chaqaloqni issiq quruq yorgak bilan artish

- operasiya xonasida va tug’ruq zalida harorat 25º C < kam bo’lmasligi kerak.

- darxol chaqaloqni onani ko’kragiga qo’yish kerak va o’sha joyda uning nafas olishi va yurak urishini tekshirish kerak.

- chaqaloqga issiq paypoqlarni va qo’lqopchalarni kiydirish, onasini va bolani ustiga issiq odeyallar bilan o’rab qo’yish kerak.

- har 30 minutda chaqaloqning tana haroratini o’lchab turish lozim, dastlabki tug’ruq zalida xar 2 soat ichida.

3. Gipoglikemiyani profilaktika qilish maqsadida

- kaloriyani tiklash uchun ko’krak bilan boqishni tug’ruqdan so’ng 1-2 soat ichida boshlash kerak.

4.Tug’ruq zalida 2 soat davomida har 30 minutda chaqaloqning ko’krak bilan boqishni kuzatib turish kerak.

5. Tug’ruq zalida tug’ruqdan keyin 2 soat davomidi har 15 minut va har 30 minut davomida chaqaloqning nafas olishini tekshirib turish lozim.

- chuqur nafas chiqarish bor yo’qligi aniqlanadi.

- nafas olish sonini sanash, agarda nafas olish soni 1 daqiqa ichida 30 tadan kam bo’lsa yoki 60 dan ko’p bo’lsa , qaytadan o’lchanishi kerak.

- ko’krak qafasi ko’tarilishi yoki burun qanotlari kerilishi bor yo’qligi aniqlanadi.

6. "Kam vaznli chaqaloq " bilan onani tug’ruq zalida yolg’iz tashlab ketish mumkin emas.

- "Kam vaznli chaqaloq " va uning onasi bilan tug’ruq zalida tibbiy xodimlardan bittasi bo’lishi kerak.
Tug’ruqdan keyingi bo’limda "kam vaznli chaqaloqlarni" parvarish qilish

1.Chaqaloq bilan birga bo’lish va uni isitish lozim, tug’ruqdan keyingi palata issiq bo’lishi, 25-28ºC atrofida, chaqaloqlarning kravatchasi sovuq devorga yoki oynaga tegib turmasligi kerak.

Onalarga bolalarini har 4 soatdan tana haroratini o’lchashi va tana haroratii 36,5°C tushgan bo’lsa "teriga - teri" kontakti o’tkazishi kerakligi tushuntirilishi lozim.

Chaqaloq quruqligi ta'minlanishi (tagliklarni yoshiga nisbatan tanlanishi).

Chaqaloq issiq kiyingan bo’lishi kerak (shapka, paypoq, issiq kiyimlar) lekin qatttiq yo’rgaklamaslik kerak. Qatttiq yo’rgaklansa chaqaloq sovuq qotishi mumkin.

"Kam vaznli chaqaloqlarni" cho’miltirish mumkin emas. Zarurat tug’ilgandagina cho’miltirish mumkin.

2. Gipoglikemiya profilaktikasi va kaloriyaga bo’lgan talabiga ko’ra chaqaloqni erta va tez-tez ko’krak suti bilan boqishning adekvatligini ta'minlash kerak.

- onaga har 2-3 soatda bolani ko’krak suti bilan emizishni tushuntirish.

- har kungi ko’krak suti bilan boqishni baholab borish kerak: ko’krakni to’g’ri berayotganligi, so’rish tezligini, kunlik ko’krak bilan boqishning sonini, bolaning ona sutiga konikayotganligini.

- har kuni chaqaloq vaznini ulchab kurish va dinamikasini baholash.

- alternativ ovqatlantirishda chaqaloqning kunlik talabini baholash.

3.Issiq palatadagi chaqaloqning kunlik monitoringi

-chaqaloq harorati va og’irligini o’lchash va yozib olish

-nafas olishini baholash uchun bu holatda chaqaloq tinch holatda va yig’lamagan, baqirmayotgan bo’lishi kerak.

1. chuqur nafas bor yo’qligini aniqlash

2. bir daqiqadagi nafas olishlar sonini hisoblash. Nafas olish chastotasi 30>yuqori yoki >60 kam bo’lishini aniqlash.

3. ko’krak qafasini ko’tarilishi va kengayishi bor, yo’qligini aniqlash

4.burun qanotlarining kerilishi bor, yukligini

5. sariqlik bor, yo’qligini aniqlab borish kerak.


4. Universal ehtiyotlik choralari va gigienik jarayonlarni qo’llash

-Onaga kam vazn bilan tug’ilgan chaqalog’ini o’zi kiyintirishini, yuvintirishi, haroratini o’lchashini ayting.

-Onaga qo’lini to’g’ri yuvish texnikasini o’rgating va uning bajarishini kuzating.

-Kindikni quruq holatda saqlang

-Invaziv tekshiruvlarni minimal darajada o’tkazing: qon olish. Agarda bu tekshiruvlar zarur bo’lsa, unda izlariga to’qri ishlov berish.

-Onaga bolasini ko’rishiga va parvarish qilishiga sharoit yaratish.



"Kam vaznli chaqaloq"da termoregulyasiya.

- kam vaznli chaqaloq tana yuzasining issiqlik chiqarib yuborish xususiyati yuqori bo’lganligi sababli tez issiqlik yoqotadi (kattalardan 3 barobar ko’p)

- kam vaznli bolada termoregulyasiya yaxshi rivojlanmaganligi va yog’ va glikogen zahirasi kam bo’lganligi sababli tana haroratini bir xil ushlab turishga qiynaladi.

-bosh terisi orqali issiqlik yoqotish 50%ni tashkil qiladi. Shuning uchun chaqaloqlarga doimo bosh kiyim kiydirilishi kerak.

Ovqatlantirishdagi qiyinchiliklar

1.Chaqaloq tez o’sib rivojlanishi uchun yetarli darajada kaloriya yetkazib berilishi kerak.

- neytral haroratli muhitda chaqaloq uchun kuniga 120-140 kkal/kg kerak bo’ladi.

2. So’rish refleksi yaxshi rivojlanmagan.

-Chaqaloq rivojlanishining 34-35 haftasida so’rish, yutish va nafas olish reflekslari rivojlanadi.

-qoshiqdan ovqatlantirish hususiyati tug’ilgandan keyin 30-32 haftasiga to’qri keladi. 30- haftasigacha zond orqali ovqatlantiriladi.

3. Oshqozon o‘lchamining juda kichikligi 20 ml/kg

-1,000 grli bola : oshqozon xajmi 20 ml

-1,500 grli bola: oshqozon xajmi 30 ml

- 2,000 grli bola : oshqozon ulchami 40 ml

- 2,500 grli bola : oshqozon xajmi 50 mlga teng bo’ladi.

4. Ichak, buyrak va jigari to’liq shakllanmagan


Ona suti bola uchun eng yaxshi ozuqa hisoblanadi. Ona suti tarkibida 1000/grda 67 kkal bor.

Sutning miqdori va emizish soni

Miqdori :

-Birinchi kuni kuniga 80 ml/kg. Keyingi kunlarda sutning miqdorini 10-20 ml/kg dan to 150 ml/kg bo’lguncha oshirib boring.

Soni:


- Sutning umumiy xajmi chaqaloqning tana vazni va kuchiga qarab 8-12 martagacha bo’lish lozim

- Kam vaznli yoki kasal bolani har 2-3 soatda emizib turish zarur (10-12 marta / kuniga)



Emizish turlari

Chaqaloq gestasion davrda tug’ilgan (30 haftalikda ) yoki kasal chaqaloq:

- Zond orqali ovqatlantirish kerak 30-32 haftalikda

- ko’krak suti bilan boqish mumkin yoki qo’shimcha ovqatlarni qoshiqcha orqali berish yoki piyolachada sog’ilgan ona sutini berish kerak (34-35 haftalikda).

-ko’krak suti bilan boqish mumkin.

"Kam vaznli chaqaloq"larni ko’krak suti bilan oziqlanishiga tayyorgarlik belgilari:

-Gestasion / korrigirlangan davr >32 haftalikdan

-Chaqaloq nafas olishni, yutishni, so’rishni koordinasiya qila olishi.

- Chaqaloq axvoli klinik jixatdan stabilligi (nafas olishning turli xil buzilishlar ining yo’qligi).

-chaqaloq qisqa apnoe va bradikardiya bilan so’rishi.

- tetiklikning aniq belgilari / emishga tayerligi hisobga olinadi.

"Kam vaznli chaqaloq"larni emizishdagi muammolar:

- kam emib, keyin dam oladi.

- emish vaqtida uxlab qolishi mumkin.

- emish vaqtida tez -tez dam olishi, bu emish jarayonini cho’zadi

- har doim ham emish uchun uyg’onmaydi.

Bolani ohirida kelgan sut bilan emizish.

Onaga yordam va maslaxatlar bering:

- ko’krak suti bilan emizishni tug’ilgandan so’ng 1-2 soat ichida boshlang.

-chaqaloqni har 2-3 soatda emizing, oxirgi emizganingizdan 2 soatdan so’ng bola uhlayotgan bo’lsa ham turg’azib emizing.

- ko’krakda bolani ko’proq ushlab turing. Bolaga uzoq vaqt emishiga, orasida dam olib emishiga imkon bering. Agar chaqaloq emayotgan bo’lsa, emizishni to’xtatmang.

-sut oqimini tezlashtirish uchun : emizishdan oldin sutni ozgina sog’ib tashash kerak.



Kosachadan ovqatlantirish texnikasi

-kerak xajmdagi sutni kosachaga o’lchab oling

-chaqaloqni yarim vertikal holatda ushlab turing.

-kosachani chaqaloq og’ziga tekkizing

- sutni chaqaloq og’ziga quymang.

- chaqaloq o’zi sutni ichadi

- chaqaloq qorni tuyganligini og’zini yopib olgandan va sut ichishga qizikish yoqotganligidan bilish mumkin.

"Juda kam vaznli chaqaloqlar"ni ovqatlantirish yoki "kasal kam vaznli chaqaloqni" zond orqali ovqatlantirish:

- nozik nazogastral zondni qo’llang

- quloqdan oshqozonigacha bo’lgan masofani o’lchab, zondga belgilab oling

- burun orqali zond asta - sekinlik bilan oshqozonga kiritiladi.

- zondni to’g’ri yuborilganligini oshqozon ichidagi massani so’rib olishdan yoki oshqozoniga havo yuborib stetoskop bilan tinglab ko’rib aniqlanadi.

- 1-2 kun davomida zond oshqozonida qoladi.

- ovqatlantirish sekin, 15-20 minut davom ettiriladi.



Chaqaloqni emizish yoki sog’ilgan sut bilan ovqatlantirish

- zond orqali ovqatlantirilayotganda doimo ta'm bilish sezgisini va so’rish refleksini stimullab turish lozim.

- imkon tug’ilganda kosachadan ovqatlantirishga o’tish

- zond orqali ovqatlantirilayotganda ona bilan ko’proq kontaktda bo’lishini ta'minlash va buni onaga o’rgatish kerak

- uzluksiz sut bilan oziqlantirish chaqaloq ahvolini doimo kuzatib turishni talab qiladi.

- davriy ravishda 15-20 minut davomida ovqatlantirib turish bugungi kunga kelib fiziologik hisoblanadi.


Chala tug’ilgan chaqaloqlarning o’ziga hos xususiyatlari

O’z vaqtida tug’ilgan chaqaloqlarga nisbatan chala tug’ilgan chaqaloqlar dastlabki bir yil ichida vazniga tez qo’shadi va bo’yi tez o’sadi. Bir yil ichida 27-38 sm ga buyi o‘sadi, lekin shunga qaramasdan 2-3 yeshida o’zi bilan tengdosh o’z vaqtida tug’ilgan bolalarga nisbatan rivojlanishdan orqada qoladi. Dastlabki 1,5 yil ichida psixomotor rivojlanishi sust bo’ladi. Ko’pchilik chala tug’ilgan bolalar normal aqliy faoliyatga ega bo’lishadi, lekin psixologik o’zgarishlar, bezovtalik, uyquning buzilishi, ishtaxa buzilishi, qatttiq ovqat qabul qilishidagi qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin.



Oqibati. Ohirgi yillarda chala tug’ilgan bolalarning yashovchanligi va moslashuvchanligi oshib bormoqda. Ammo 1000 grgacha tug’ilgan va gestasion davri 29 haftali chaqaloqlarda asab faoliyatidagi o’zgarishlar va parvarishi bo’uyicha muammolar mavjud bo’ladi. Bunday bolalarda o’lim ko’rsatgichi, asab sisitemasi buzilishi va nogironliklar kelib chiqadi (DSP, ko’rish va eshitish nuqsonlari, aqliy zaifliklar mavjud).

Muddatidan oldingi tug’ruqning oldini olish

Quyidagi chora-tadbirlar ko’riladi:

- bulajak onalar sog’ligini saqlash, oilani rejalashtirish, tibbiy- genetik maslaxatlar va prenatal tashxis, jinsiy hayotni to’g’ri olib borish, bola tashlashni oldini olish, homilador ayolga tinch va osuda oila sharoitini yaratish, muddatdan oldin tug’ish ehtimolligi bo’lgan homiladorlarni kuzatish va parvarish qilish.

Chala tug’ilgan bolalar bilan ishlashdagi tibbiy-psixologik muammolar

Muddatdan oldingi tug’ruq ota-onalarni emosional tushkunlikga tushirib qo’yadi. Ota - onalar bilan ishlaganda ularni psixologik jixatdan qo’llab-quvvatlash lozim. Hozirgi kunda muddatidan oldin tug’ilgan chaqaloqlar bo’limida "ona va bola"ni birgalikda bo’lishini ta'minlaydigan xonalar mavjud. Tibbiyot hamshirasining asosiy vazifasi ota-onalarning savollariga javob berish, chala tug’ilgan chaqaloqni parvarish qilish, ruxiy tushkunlikdan va qo’rquvni yengishiga o’rgatish kerak. Ota -onalar birlamchi krizdan chiqqan bo’lishlariga qaramasdan tibbiy-psixologik yordamga muxtoj bo’lishadi. Bola bilan ota-onaning aloqada bo’lishi bolada himoyalanganlik, bog’langanlik, o’rganish hissini uyg’otadi. Ota-onalar oldidagi birinchi to’sqinlik qiladigan narsa - chala tug’ilgan chaqaloqlar alohida, katta e'tibor talab qiluvchi parvarishga muhtojligi. Ikkinchi vazifasi - bola bilan ota-onaning faol munosabatidir. Uchinchidan - chala tug’ilganlik belgilarini vaqtinchalik deb qarash lozim. Bunda katta rolni tajbirali tibbiyot hamshirasi uynaydi.


Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish