Toshkent tibbiyot akademiyasi "tasdiqlayman" "kelishldi"


Chaqaloqlar chegaraviy holatlari



Download 1,8 Mb.
bet2/14
Sana07.10.2019
Hajmi1,8 Mb.
#23102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
неонатология китоб


Chaqaloqlar chegaraviy holatlari

Yangitugilgan chaqaloqlarning tashqi muhitga moslashuvi bo’lib, o’tib ketuvchi (chegaradosh, tranzitor, fiziologik) holathisoblanadi. Bu holatlar homila ichi va homiladan tashqari davrlar o’rtasidagi chegaraviy holat bo’lib, norma va patologik holatlar o’rtasidagi chegara hisoblanadi, ma'lum bir sharoitlarda patologik holatlarga o’tishi mumkin (misol, parvarish defekti, ovqatlanish rasionining buzilishi va boshqalar), ya'ni chegaradosh holatlar kasalliklarga moyil holatlar ham bo’lishi mumkin.

Erta neonatal davrlarda adaptiv reaksiyalarning quyidagi bosqichlari ajratiladi:

1. hayotining birinchi 30 minutida (o’tkir respirator gemodinamik adaptasiya.

2. 1-6-soatlarda (asosiy funksional tizimlarning stabilizasiyasi va sinxronizasiyasi)

3. 3-4-sutkalarda (metabolik adaptasiya zo’riqishi).

Chaqaloqlik davri chegaradosh holatlariga quyidagilar kiradi:

1.Tug’ruq katarsisi go’dak tug’ilgandan keyin birinchi sekundlarda letargiya holatida bo’ladi.

2."Yangi tug’ilgan chaqaloq sindromi" keyingi 5-10 minutlarda ichki va tashqi ta'sirlarnatijasida katexolaminlar ko’p miqdorda ajralib chiqadi, chaqaloq faol bo’ladi.

3.Tranzitor giperventilyasiya quyidagi holatlarda kuzatiladi:

-gipoksiya, giperkapniya va asidoz natijasida nafas markazining faollashuvi,tug’ruq vaqtida tranzitor holat sifatida paydo bo’ladi.Chaqaloq birinchi marta chuqur nafas oladi va qiyin nafas chiqaradi, bu o’z navbatida o’pka alveolalarning ochilishiga olib keladi.

-o’pkahavoga to’ladi va funksional qoldiqhajm yuzaga keladi.

-o’pka suyuqlikdan tozalanadi va sekresiya hosil bo’lishi to’xtaydi.

-o’pka arterial tomirlari kengayadi va o’pka tomirlari tarangligi pasayadi va fetal shunt yopiladi.

4. Tranzitor qon aylanishi - hayotining birinchi 2 kunida qonning o’ngdan chapga shuntlanishi kuzatiladi va katta qon aylanishda gemodinamikaning o’ziga xos xususiyati kuzatiladi.

- homiladaqon aylanishi yo’ldosh orqali bo’ladi.

-homilada anatomik shuntlar orqali (oval teshik, arterial (Botallov), venoz (Aransiev) yo’llari) qon aylanadi.

-o’pkada qon aylanishi kam.

-kichikqon aylanish doirasi ishlamaydi.

5. Tranzitor tana vaznini birlamchi yo’qotish- hamma chaqaloqlarda kuzatiladi. Ko’krak suti tanqisligi sababli suyuqlik yo’qotilishiga bog’liq, hamda mekoniya va peshob orqali ham suyuqlik yo’qotilishiga bog’liq bo’ladi. Sog’lom chaqaloqlarda tana vaznini birlamchi yo’qotish 4-6%ni tashkiletadi, bu bola hayotining 3-4 sutkasiga to’g’ri keladi. Tana vaznini qayta tiklash 6-7 sutkaga to’g’ri keladi(60-70%).

6.Termoregulyasiyaning tranzitor buzilishi:

Tranzitor gipotermiya-birinchi 30 minutda chaqaloq tana harorati 0,3-0,5ºCgacha tushadi, tana harorati 35,5-35,8ºC va undan past bo’ladi, hayotining 5-6 soatlariga kelib normallashadi. Bu chaqaloq organizmining kompensator-moslashuv reaksiyasi bilan bog’liq.

Issiqlik yo’qotish yo’llari:

-isib ketish - kuvez devorlari orqali issiqlik chiqishi

-konduksiya - sovuq yuza bilan kontakt

-konvensiya - yelvizak

-ko’p bug’latish - terining ko’p terlashi,agar teri nam bo’lsa teri orqali issiqlik yo’qotish kuzatiladi.

Tranzitor gipertermiya- bola hayotining 3-5 kunlarida yuzaga keladi,tana harorati 38,5-39ºC va undan yuqori bo’ladi. Gipertermiyaning asosiy sababi-suvsizlanish, issiqlash, suyuqlik kam ichish, moddalar almashinuvi jarayonining katabolik yo’nalishi hisoblanadi.

Chaqaloq normal tana harorati 36,5-37ºChisoblanadi. Xona harorati 24-26ºC bo’lishi kerak.

7. Oddiy eritema - teriqizarishi reaktivligi, tug’ruq yog’larini tozalagandan keyin va birinchi tualetdan keyin yuzaga keladi. Ikkinchi sutkadaeritema tiniq bo’ladi, bola hayotining birinchi haftasiga kelib yo’qoladi, chala tug’ilganlarda 2-3 haftagacha saqlanadi.

8.Toksik eritema- bola hayotining 2-5 kunlarida terisida kul rang- sariq papula yoki pufakchalar paydo bo’ladi, allergik (80-85%), immun (15-20%) va noimmun reaksiyalar natijasida paydo bo’ladi.

Klinik shakllari: lokal, tarqoq, chegaralangan.

Kechishi bo’yicha: o’tkir va cho’ziluvchan

O’tkir kechishida toshmalar bola hayotining 2-3 sutkasida paydo bo’ladi va 5-7 sutkada yo’qoladi.

Cho’ziluvchan kechishida toshmalar 1-4 sutkada paydo bo’ladi, 14 kungacha va undan ko’p saqlanishi mumkin.

9.Tranzitor giperbilirubinemiya (fiziologik sariqlik).

Yetuk tug’ilgan chaqaloqlarda bu chegaradosh holat 60-70%, chala tug’ilganlarda 90-95% hollarda uchraydi.

Fiziologik sariqlik genezi chaqaloqlarda bilirubin almashinuvining xususiyatlari bilan bog’liq bo’lib quyidagi hollarda namoyon bo’ladi:

a) eritrositlarning yashashi qisqarganligi, aynan eritrositlar tarkibidagi fetal gemoglobinning (HbF) yashashi 70 kungacha qisqarganligi sabab bo’ladi.

b) tug’ilishdagi fiziologik polisitemiya (Hb 220g/l);

v) eritropoezning yaxshi shakllanmaganligi;

g) jigar sitoxromi, mioglobin, katalaza, pereksidazadan bog’lanmagan bilirubinning qo’shimcha manbai hosil bo’lishi;

d) katabolizmning ustunlik qilishi;

2. Gipoalbuminemiya natijasida (1g albumin 0,85mg bog’lanmagan bilirubinni bog’laydi) bog’lanmagan bilirubinning qon oqimida bog’lanishi va tashilish xususiyati pasaygan bo’ladi.

3. Jigar funksiyasi pasayganligi quyidagicha namoyon bo’ladi:

a) legandin-membrana oqsili kamayganligi natijasida gepatositlarda bog’lanmagan bilirubinning ushlash qobiliyati past bo’ladi.

b) glyukuron kislotasi miqdori pastligi va glyukuronil transferaza faollligi pasayganligi jigarning glukuronlash xususiyatini pasaytiradi;

v) o’t yo’llarining torligi sababli kon'yugirlangan bilirubinning gepatositlardan ekskresiyasi pasayadi.

4. 15-glyukuronidaza fermenti ta'sirida bog’lanmagan bilirubin jigardan ichak -jigar shunti orqali (Aransiev shunt va ichak shilliq qavati) pastki kovak vena, darvoza venasi orqali qon oqimiga o’tadi.

5. Ichakda bifidobakteriyalar miqdori kam bo’ladi.

Tranzitor giperbilirubinemiyaning klinik ko’rinishi chaqaloq hayotining 2-3 kunlarida terisida ikteriklik ya'ni sariqlik paydo bo’ladi va bola hayotining 7-10 kunlarida yo’qoladi. Sariqlikning to’lqinsimon kechishi kuzatilmaydi. Chaqaloqlar umumiy holati qoniqarli va gepatolienal sindrom kuzatilmaydi. Bilirubinning maksimal miqdori periferik qonda chaqaloq hayotining 3 sutkasiga kelib 205mkmol/l, kindik qonida esa bola tug’ilganda 50-60 mkmol/l, bilirubinning soat sayin o’shishi esa - 5-6 mkmol/l, bilirubinning sutkalik o’shishi - 86 mkmol/l, bog’lanmagan bilirubin 25 mkmol/l (umumiy bilirubinning 10-15%dan) ni tashkil etadi. Qonda bilirubin miqdori yetuk tug’ilganlarda 60-80 mkmol/l, chala tug’ilganlarda esa 100-110 mkmol/l bo’lsa, terida sariqlik yuzaga chiqadi. Sariqlik subikterik, ikterik (limon tusli yoki shafron ) bo’ladi va Kramer shkalasi bo’yicha 5 darajaga bo’linadi.

10. Jinsiy (gormonal) kriz ko’krak bezlari shishi (65-70%), milia, deskvamativ vulvovaginit, qizlarda metrorragiya (5-10%) kuzatiladi. Uning asosida homilaning giperestrogen foni - ya'ni onadan homilaga o’tgan gormonlar miqdorining yuqoriligi yotadi va chaqaloq hayotining 1 haftasida bu gormonlar organizmdan chiqib ketadi. Chala va yetilmay tug’ilgan chaqaloqlarda jinsiy kriz kam kuzatiladi.

11. Siydik - nordon infarkti, katabolizm jarayoning oshganligi bilan bog’liq bo’lib, siydik kislotasi hosil bo’lishi purin almashinuvining o’shishiga olib keladi, krisstallar holatida buyrak kanalchalariga to’planadi, natijada peshob sariq - malla rangda bo’ladi. Siydik - nordon infarkti chaqaloq hayotining 1- haftasida paydo bo’ladi.



Chaqaloq holatini baholash usullari

Ko’p hollarda to’g’ri parvarish va chaqaloq holatiga baho berish chaqaloqning homiladan tashqaridagi moslashishini va keyingi sog’ligi holatini aniqlashga yordam beradi.

Chaqaloq holati quyidagicha baholanadi:

" Somatik holatini baholash

" Motor faolligi va nevrologik holatini baholash

" Chaqaloqlar gestasiyasi mosligi va yetilganligini baholash

" Adaptasiya buzilishi va kasalliklarni baholash

" Noqulay omillarni bartaraf etish

" Infisirlanish, gipotermiya, och qolish va keraksiz manipulyasiyalar, agressiv muolajalarni bartaraf etish.
Chaqaloqning fizik holatini baholash

Chaqaloq tug’ilgandan keyin darrov Apgar shkalasi bo’yicha chaqaloq holati birinchi marta baholanadi:

1. Terining butunligi, rangi, toshmalar, o’smalar bor yoki yo’qligi;

2. mushaklar tonusi, harakatlar aktivligi va simmetrikligi;

3. chaqaloqning birinchi yig’lashidagi ovozi, nafas olish soni, xirillashlar mavjudligi yoki yo’qligi;

4. yurak qon-tomir holati- puls ritmi, to’liqligi, yurak urishi, yurak tonlari;

5. ta'sirlanuvchiga nisbatan reflektor javobning kuchi, simmetrikligi va turg’unligi;

6. Chaqaloq vazni, tana uzunligi, bosh va ko’krak aylanasi baholanadi.


Chaqaloqlar birlamchi tualeti

Chaqaloqlar uchun tug’ruqdan oldin individual steril komplekt tayyorlanadi, ular quyidagilarni tashkil etadi:

- uchta steril yo’rgak

- odeyal


- burun va yuqori nafas yo’llaridan shilliqlarni tozalash uchun kateter

- pipetka

-gonoblennoreya profilaktikasi uchun paxtali shariklar

-Koxerning ikkita qisqichi (kindikni qisish uchun)

- kindik kesish uchun qaychi

-Rogovin qisqichi (kindik qoldiqiga qo’yiladi)

- kindikni tozalash uchun kichkina paxtali tayoqchalar qo’yiladi.
Chaqaloqlar birlamchi tualetining bosqichlari:

-Bola boshi chiqqandan keyin rezinali grusha yoki kateter bilan og’iz-halqumdan shilliqlarni tozalash;

- Chaqaloqni steril issiq yo’rgakga o’rab, gorizontal holatda onasining yoniga yotqiziladi (qonni yo’ldoshga yoki chaqaloqga transfuziyasini olidini olish maqsadida)

- Takroriy ravishda og’izdan shilliqlar tozalanadi.


Tug’ruqxonada o’tkaziladigan birinchi chora-tadbirlar

Chaqaloq tug’ilganda parvarishning ketma-ketligi:

- Teridan-teriga muloqot

- Kindikni kesish

- Chaqaloqni ko’krakga qo’yish

- Chaqaloqning yetilganligini baholash

- Kindikni tozalash

- Blenoreyaning profilaktikasi

- Gemorragik kasallikning profilaktikasi

- Emlash


- Kiyintirish, cho’miltirish

- Ona va chaqaloqning birga bo’lishini ta'minlash.


Teridan-teriga holati

Chaqaloq tug’ilgandan keyin ona va bola birga bo’lishi kerak, bola onasining ko’kragiga yotqiziladi.

Ona va chaqaloqning birga bo’lishining ijobiy tomonlari quyidagilardan iborat:

1. Ona va chaqaloqda ruhiy - ijtimoiy talabni qoniqtirish uchun;

2. Ona va bolani birga bo’lishi, emosional davr hisoblanadi.

3. Onaning normal bakterial florasining ko’payishi va chaqaloqning bu floraga moslashishi.

4. Chaqaloq uchun normal tana haroratini saqlash.
Kindikni siqishni optimal vaqti:

Yo’ldosh qonini "yo’ldoshning xayrlashish sovg’asi" deb baholash mumkin. (Clement Smith, 1967).

- kindikni erta siqish 10-15 sekund;

- kindikni erta siqish yetuk tug’ilgan chaqaloqlar uchun rol o’ynamaydi; chala tug’ilganlarda esa qisman gipovolemiya va umumiy qon hajmining yetarli bo’lmasligi sababli nafas buzilish sindromi rivojlanishiga olib keladi.

Kindikni siqish muddatlari chaqaloqning keyingi holati va moslashishiga ta'sir qiladi.

- kindikni kech siqish 3-5minutlarga to’g’ri keladi

- agar chaqaloqlarda tug’ruq jarayonida o’tkir asfiksiya kuzatilsa, kindik kech siqiladi, chunki chaqaloq uchun kislorodga to’yingan qon miqdori ko’proq kerak bo’ladi.

Kindikni kech kesish quyidagi hollarda xavfli hisoblanadi:

-yurak qon - tomir tizimini zo’riqishi va chap tomonlama yurak yetishmovchiligiga sabab bo’ladi.

- polisitemiya, giperbilirubinemiya.

- miya qon aylanishi buzilishi va qonni quyuqlashishi natijasida nevrologik buzilishlarga olib keladi.

Hozirgi vaqtda kindikni kesishning optimal vaqti yetuk tug’ilgan chaqaloqlar uchun hayotining birinchi minutining oxirlari, chala tug’ilgan chaqaloqlar uchun esa tug’ilgandan keyin 30-45 sekund hisoblanadi.


Kindikni kesish usuli

Kindikni kesishda eng qulay va ishonchli usulni qo’llash zarur. Elastik bo’lmagan bog’lov materiallari (ip yoki tasmalar): bu usul vaqtinchalik tomirlarni berkitadi va tug’ilgandan keyin 1 soatdan keyin kindik o’lchami kichiklashadi, boylam kuchsizlanadi va tomirlar yana ochiladi, bu kindikdan qon ketish va infisirlanishga sabab bo’ladi.

Rezinali tasma bilan kindikni bog’lash eng ishonchli usul hisoblanadi. Kindikni shipslar bilan qisib, kesilgandan keyin kindik shipslar yordamida siqib rezinali tasma bilan bog’lanadi.

Kindikga ishlov berish.

Ishlov berish ikki bosqichda olib boriladi. Birinchi bosqichda bola tug’ilgandan keyin 10 sekund ichida kindik Koxer qisqichi bilan siqiladi, kindik aylanasidan 10sm yuqorida birinchi qisqich va undan bir necha sm yuqorida ikkinchi qisqich qo’yiladi. Qisqichlar o’rtasidagi kindik bo’lakchasi 5% yod yoki 96º C spirt bilan artiladi, keyin qaychi bilan kindik kesiladi.

Chaqaloq onasiga ko’rsatiladi va jinsi aytiladi, oldindan isitilgan, steril plenka bilan qoplangan, lampa ostidagi yo’rgak stoliga yotqiziladi.

Kindikga ishlov berishning ikkinchi bosqichida: kindik spirt bilan artiladi, keyin quruq salfetka bilan artiladi, kindik aylanasidan 0,2-0,3 sm Rogovin qisqichi qo’yiladi. Keyin kindik Rogovin qisqichidan 1,5-2sm masofada kesiladi, kindikning kesilgan qismidan qolgani 5% yod yoki 5% margansovka eritmasida tozalanadi.

Tug’ruq yog’laridan tozalash. Steril doka yoki salfetka individual flakonlardan olingan vazelin yoki o’simlik moyiga botiriladi va tug’ruq yog’lari tozalanadi. Agar chaqaloq qon yoki mekoniya bilan ifloslangan bo’lsa, oqar suvda cho’miltiriladi.

Chaqaloqlarni o’lchash maxsus tarozilarda o’tkaziladi, tarozi ustiga individual steril yo’rgak to’shaladi.Tana uzunligi stolda santimetrli lenta yordamida o’lchanadi.


Kindik parvarishi

Kindikga parvarish qilishda antiseptik vositalarni qo’llash tavsiya etilmaydi. Kindik tushishi jarayonida makrofaglar bosh rolni o’ynaydi. Kindikni kech tushishi immun tanqisligi yoki immun tanqislikdan dalolar beradi.

Kindik tushishining optimal vaqti:

- etuk tug’ilgan chaqaloqlar uchun 1 haftagacha

- chala tug’ilgan chaqaloqlar uchun 2 haftagacha.

Kindik chandig’i quruq, toza bo’lishi kerak. Kindikga har qanday bog’lov materiali qo’yish tavsiya etilmaydi.



Kindik o’rninining infisirlanishi belgalari

Kindikni infisirlanis belgilariga doimo jiddiy holat deb qaralishi kerak. Ularga quyidagilar kiradi:

- kindikdan yiring ajralishi

- kindik atrofida terining qizaradi

- kindikdan badbo’y hid kelishi.
Kon'yuktivit profilaktikasi

Chaqaloqni tug’ruq yo’llari orqali o’tayotganda infisirlanishining oldini olish zarur. Davolash vositalari yetarli darajadla samarali va maxsus sharoitni talab qilmaydi.

- 1% kumush nitrati

- 1% tetrasiklin malhami

- 0,5% eritromisin malhami

1% tetrasiklin malhami samaradorligi yuqori, narxi qulay, nojo’ya ta'siri kuzatilmaydi, shuning uchun tavsiya etiladi.

Gonoblennoreya profilaktikasi 30% albusid (sulfasil natriy) bilan olib boriladi, tug’ilgandan keyin ikki marta va tug’ruqdan keyin 2 soatdan so’ng (ikkala ko’ziga bir tomchidan tomiziladi). Qiz bolalarning jinsiy yorig’iga 1-2% kumush nitrat 1-2 tomchi tomiziladi. Chaqaloqlar kasallik tarixiga profilaktika o’tkazilganligi aniq vaqti yoziladi. Profilaktika tug’ruqning birinchi 2 soatida o’tkaziladi.
BSJ profilaktikasi

Barcha mamlakatlarda sil kasalligining o’sishi yuqoriligi hisobga olinib BSJ bilan emlash o’tkaziladi. Birgina qarshi ko’rsatma - simptomatik OIV bilan infisirlanish hisoblanadi. Emlash bola hayotining 3-4 kunlarida o’tkaziladi.

Chaqaloqlarni cho’miltirish quyidagi hollarda bolani cho’miltirish va tug’ruq yog’larini olib tashlash tavsiya etilmaydi.

Agar ushbu davlatda bola tug’ilgandan keyin bolani cho’miltirish sharti qabul qilingan bo’lsa yoki bola tanasi qon, mekoniya bilan ifloslangan bo’lsa, normal tana haroratida chaqaloq 2-6 soatdan keyin cho’miltiriladi.


Yo’rgaklash

Chaqaloqni qattiq yo’rgaklash quyidagi bir necha sabablarga ko’ra qo’llanilmaydi:

- diafragma harakati chegaralanishi o’pka ventilyasiyasini pasaytiradi

- tananig turli qismlarida qon oqimini pasaytiradi

- bola tanasi va yo’rgak o’rtasidagi yo’rgakning yupqa qavati havo o’tishini yaxshi ta'minlaydi va bolani isishiga to’sqinlik qiladi.

- oyoq mushaklari harakati chegaralanishi nerv-mushak koordinasiyaga to’sqinlik qiladi.

- chaqaloqni boshi bilan qattiq yo’rgaklash ko’krak bilan emizishga to’sqinlik qiladi, chunki bola og’zini keng ocha olmaydi, bu esa og’zini ko’krakga to’g’ri qo’yishga halaqit qiladi.

- qattiq yo’rgaklangan chaqaloq ko’p uxlaydi va ko’krakni kam talab qiladi.


Uy sharoitida chaqaloqlarni parvarishlash

Hamshira birinchi marta chaqaloqga tashrif buyurganda anamnez yig’adi, homiladorlik va tug’ruqning kechishini so’rab - surishtiradi, chegaraviy holatlar va erta neonatal davr kasalliklari bor yoki yo’qligini aniqlaydi va tahlil qiladi.

Chaqaloqni ko’rikdan o’tkazganda, terisi va shilliq qavatlarining holatiga, fiziologik reflekslarning chaqirilishiga, ovqatlantirish turiga, so’rish faolligiga, tana vazniga qo’shilishiga, najasi xarakteriga baho beradi. Kindik holatiga alohida e'tibor berish kerak va onaga bolani kindigiga ishlov berishni o’rgatish kerak.

Kindikni to’liq bitishi bola hayotining uchinchi haftasiga (15-18 kuni) to’g’ri keladi. Uzoq muddat bitmagan kindik bolada kindikning infisirlanishiga (omfalit) sabab bo’ladi yoki xirurgik patologiya (kindik teshigi) borligidan dalolat beradi.


Chaqaloqlarni uy sharoitida parvarishlash uchun asosiy talablar:

Kundalik tualet. Teri, shilliq qavatlar, kindik qoldig’i tualeti, chaqaloqni cho’miltirish tug’ruqxonalarda qanday olib borilsa, uy sharoitida ham shunday olib boriladi. Og’iz bo’shlig’ida og’izning oqarishi (molochnisa) bo’lsa, og’zi tozalanadi. Tirnoqlar kichik qaychilar bilan olinadi, bunda tirnoqlar oldindan 96º C spirt bilan tozalanadi.

Yo’rgaklash. Ota-onasining hoxishiga ko’ra, birinchi kundan boshlab, ko’ylakcha va ishtonchalarni ishlatish mumkin. Ammo chaqaloqni yo’rgaklashga qaror qilingan bo’lsa, unda keng va erkin yo’rgaklash tavsiya etiladi. Erkin yo’rgaklash usulidan maqsad, bolaga yupqa ko’ynakchalar kiydirish, uning ustidan uzun yengli ko’ylakcha kiydirish kerak. Chaqaloq qo’li bu yo’rgaklash usulida erkin bo’ladi, bu holat bolaning nerv-psixik rivojlanishiga ta'sir qiladi va nafas mexanizmini yaxshilaydi. Keng yo’rgaklash tos - son bo’g’imining shakllanishiga ham ijobiy ta'sir etadi. Bu usulda son ikki tomonga keng ochiladi, harakat yaxshilanadi va tos - son bo’g’imining to’g’ri shakllanishiga yordam beradi.

Cho’miltirish. 6-oygacha chaqaloqlar har kuni cho’miltiriladi, keyin kun ora cho’miltiriladi. Suv harorati 37-37,5º C tashkil etishi kerak, vanna davomiyligi 5-7 minut. Tanani yuvish uchun sovun haftada 1-2 marta ishlatilishi kerak, oraliq sohasi har kuni sovun bilan yuvilishi kerak.



Toza havoda sayr qilish. Yoz faslida chaqaloq tug’ruqxonadan javob berilgandan keyin sayrga ruxsat beriladi. Birinchi sayr - 15 – 20 minutni tashkil qiladi, keyin bolani ko’chada bo’lish vaqti 10-20 minutga uzaytiriladi. Bahorda va kuzda sayr 10-15 kunga qisqartiriladi. Qish faslida iqlim sharoitidan, bolaning individual xususiyatidan, sg’olik holatidan kelib chiqqan holda sayr qildirish tartibi alohida tanlanadi.
Nazorat savollari:

1.Gestasion yosh nima

2.Etuk tug’ilgan chaqaloqga ta'rif bering.

3.Chaqaloqlarning qanday anatomik - fiziologik xususiyatlarini bilasiz

4.Chaqaloqlik davrining asosiy reflekslariga qaysilari kiradi

5.Asosiy chegaradosh holatlarni sanab bering.

6.Tranzitor giperbilirubinemiya toksik giperbilirubinemiyadan qanday farq qiladi

7.Chaqaloqlar birlamchi tualeti nima

8.Chaqaloqlarda parvarishlash ketma-ketligini aytib bering.

9.Ona va bola muloqotining ijobiy tomonlari nimadan iborat

10. Kindik tushishining optimal vaqti deganda nima tushiniladi

11. Kindik tozalash usullarini ayting.

12. Kindik chandig’i infisirlanishi belgilarini tushintiring.

13. Tug’ruq zalida kon'yunktivit profilaktikasi qanday o’tkaziladi

14. Chaqaloq uy sharoitida qanday parvarishlanadi
SOG’LOM ChAQALOQQARNI OVQATLANTIRISh USULLARI

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Ministrligi YuNISEF bilan hamkorlikda Respublikada bir qancha tadbirlarni ishlab chiqdi, bu chora-tadbirlar ona va bola sog’lig’ini himoyalashga qaratilgandir. Bu normativ - huquq hujjati bo’lib, ko’krak suti bilan emizishni qo’llab-quvvatlashga, himoya qilishga qaratilgandir.

1993 yilda Markaziy Osiyoda ko’krak suti bilan emizishni qo’llab-quvvatlash va targ’ib qilish dasturi ishlab chiqilgan. 1993 yilda - Pediatriya Ilmiy tekshirish instituti qoshida ko’krak suti bilan ovqatlantirish Respublika markazi tashkil qilingan. 1995 yilda "O’zbekistonda ko’krak suti bilan ovqatlantirishni qo’llab - quvvatlash, himoyalash va amaliyotga targ’ib etish" dasturi tasdiqlangan.

Sog’liqni Saqlash Ministrligining 13 iyun 1999 yilda "O’zbekiston Respublikasida ko’krak suti bilan emizishni qo’llab - quvvatlash" to’g’risidagi №295 -sonli buyrug’i chiqgan. 2004 yil avgust oyida Sog’liqni Saqlash Ministrligining №378 "Bolalar davolash muassasalarida va tug’ruqxonalarda ko’krak sutining o’rnini bosuvchilarni reklama qilish ta'qiqlanadi". 2006 yil mart oyida - 81-sonli buyruq, 3 mart 2006 yilda "Respublikada IUDOR ning keyingi tarqatilishi" (295 - buyruq bekor qilingan) chiqgan.13 noyabr 2003 yilda "Tug’ruqxonalarda perinatal yordam samarasini oshirish va homila ichi infeksiyalarining profilaktikasi" 500-buyruq chiqgan.

O’tkazilgan islohatlar natijasida tug’ruqxonadan chiqarilayotgan 98% chaqaloq faqat ko’krak suti bilan ovqatlantirilishi yo’lga qo’yildi. Bu ko’rsatgich 1 oydan 3 oygacha juda yuqori, lekin 3 oydan 6 oygacha tezda pasaymoqda.

Konvensiyaning bola huquqlari to’g’risidagi qonuniga binoan va 24-moddasiga bo’lish huquqiga egalar. Bolani faqat ko’krak suti bilan ovqatlantirishni jamoa orasida doimo targ’ibot qilish lozim.



Tug’ruqxonalarda bolalarni ovqatlantirish va emizishni tashkil etish

1989-1990 yilda Butun Jahon Sog’liqni Saqlash uyushmasi tomonidan ko’krak suti bilan ovqatlantirishni qo’llab quvvatlash keng ko’lamli dasturi ishlab chiqildi, uning maqsad va vazifalariga ko’krak suti bilan emizishni targ’ib etish, shuningdek, chaqaloqlarni tug’ruqxonalarda ko’krak suti bilan ovqatlantirish uchun sharoitlar yaratilishi ko’zda tutilgan.

Dasturning maqsadi ko’krak suti bilan emizishning 10 tamoyilini o’z ichiga oladi:

1. Ko’krak suti bilan emizishni qonun-qoidalariga qat'iyan amal qilish va buni tibbiyot xodimlariga va tuqqan ayolga doimiy ravijda tushintirib borish;

2. Ko’krak suti bilan emizishni amalda qo’llash ko’nikmalarini tibbiyot xodimlariga o’rgatib borish;

3. Barcha homilador ayollarni ko’krak suti bilan emizish texnikasi bilan tanishtirib borish;

4. Tug’ruqdan keyingi birinchi soatlarda chaqaloqni ko’krak suti bilan emizishda onaga yordam berish;

5. Agar ona vaqtinchalik bolasidan alohida bo’lsa ham, onaga ko’krak bilan emizishni texnikasini ko’rsatish, laktasiyani qanday saqlab qolish kerakligini tushintirish zarur.

6. Chaqaloqlarga ko’krak sutidan boshqa hech qanday ovqat yoki suv berish kerak emas, tibbiy ko’rsatmaga bog’liq bo’lgan holatlar bundan mustasnodir.

7. Sutka davomida ona va bolani bir palatada bo’lishini ta'minlash.

8. Ko’krak suti bilan emizishni chaqaloq talabiga ko’ra, oshirib borish, jadval bo’yicha emizish taqiqlanadi.

9. Ko’krak suti bilan emizilayotgan chaqaloqlarga tinchlantiruvchi dori vositalari va so’rg’ichlar berish tavsiya etilmaydi.

10. Ko’krak suti emizishni targ’ib qiluvchi va qo’llab - quvvatlovchi guruhlarni ko’paytirish va ona tug’ruqxonadan, shifoxonadan chiqqandan keyin onani ushbu guruhlarga tibbiy maslahatga yuborish. Ushbu usullarda ish olib borish uchun tug’ruqxonalarda tug’ruq jarayonidan keyin darrov ona va bolani birga bo’lishini ta'minlash, sutka davomida chaqaloqga "erkin tartib"ni belgilashni yo’lga qo’yish, tug’ruqxonalarda 10ta tamoyil asosida ishlash uchun barcha sharoitlarni tashkillashtirish zarur. Chaqaloqni birinchi marta ko’krakga berish tug’ruqdan keyin birinchi soatlarda olib boriladi. Buning uchun chaqaloq tug’ilgandan keyin kindigi kesiladi va ona ko’kragiga yotqiziladi, chaqaloq o’zi ko’krakga qarab intiladi va so’rg’ichni topib, ema boshlaydi.

Ko’krakga erta qo’yishning afzalliklari:

- chaqaloq terisi va ichaklarida normal mikrofloraning erta moslashishi yuz beradi;

- chaqaloqlar infeksiyalarga yuqori chidamli bo’ladi;

- onada laktasiya faol stimullanadi;

- tug’ruqni III- davri va tug’ruqdan keyingi davrning kechishi yaxshilanadi;

- ona va bola o’rtasida psixoemosional muloqot tez paydo bo’ladi.

Ona va bolaning birga bo’lishining afzalliklari:

- onaning chaqaloq bilan doimiy muloqotda bo’lishi (sutka davomida);

- "talab bo’yicha" emizishga qulaylik yaratish;

- chaqaloqning har bir reaksiyasini kuzatish;

- onani bolani to’g’ri parvarishlashga tayyorlash va o’rgatishni yengillashtiradi;

- ona va chaqaloq o’rtasidagi bog’liqlikni mustaqkamlaydi;

- shifoxona infeksiyalarining rivojlanishi moyilligini kamaytiradi.


Ko’krak yoshidagi bola uchun ko’krak suti eng yaxshi ozuqa hisoblanadi. Bola hayotining birinchi 6 oyligida bola organizmining ozuqalarga bo’lgan talabini qondirishni ta'minlaydi. Faqat ko’krak sutida almashlab bo’lmaydigan yoпэ kislotalar, sut oqsillari, yengil hazm bo’ladigan shaklda temir bo’ladi, shuningdek, immunologik va biologik aktiv moddalar bo’lib, ular organizmni mikrob va virusli infeksiyalardan himoya qiladi, chaqaloqlar ichak funksiyasining yaxshi rivojlanishi va chaqaloqni moslashishiga sabab bo’ladi.

Faqat ko’krak suti bilan boqilgan bolalar quyidagi kasalliklar bilan kam kasallanadilar:

- diareya BJSST ma'lumotiga ko’ra, ko’krak suti bolalarni diareya kasalliklaridan, xolera va shigellezlardan himoyalaydi;

- ichak infeksiyalari (bola hayotining birinchi ikki yilligida oshqozon-ichak infeksiyalari bilan kasallanish 2-3 barobarga kamayadi);

- turli respirator infeksiyalarni oldini oladi

- otit (sun'iy ovqatlantirilgan bolalarda otit, respirator infeksiyalar bilan kasallanish

moyilligi 2-3 barobar yuqori bo’ladi.)

- pnevmoniya (sun'iy ovqatlantirilgan bolalarda, ko’krak suti bilan ovqatlantirilgan bolalarga nisbatan pnevmoniyadan o’lim holati 2-3 barobar ko’p uchraydi).

Shuningdek, kichkintoylar ichak kolikalari bilan kam kasallanadilar, qabziyat kuzatilmaydi, ovqat mahsulotlarining allergik xususiyati pasayadi.

Neonatal davrda ko’krak suti bilan boqish chaqaloqni moslashishi uchun muhim ahamiyatga egadir. Bola tug’ilgandan keyin 2-3 sutkada qonda peptid-analgetiklar miqdori ortadi. Oshqozon-ichak traktining APUD (Amine and Amine Percursor Uptake and Decarboxylation) tizimi bu peptid gormonlari va neyroamin mediatorlari sintezida qatnashadi. Chaqaloqni erta onasiga berish tug’ruqdan keyingi stresslarni kamaytirishga sabab bo’ladi.

Ko’krak suti tarkibi:

- Suv balansi 87.0% - 90%

- kazeinning kolloidli dispersiyasi 0.3%

-yog’, membranali va hujayraviy emulsiya 4.0%


Iqlimning issiq vaqtida chaqaloq qo’shimcha suyuqlik ichishga muhtoj bo’lmaydi.

Ko’krak suti bilan boqilgan chaqaloqlar uzoq vaqtgacha qo’shimcha suyuqlik ichishga ehtiyoj sezmaydilar.

Chaqaloqni kunduzi va kechasi ko’krakga qo’yish, uning suyuqliklarga va barcha ozuqa komponentlariga bo’lgan ehtiyojini qondiradi, bu ozuqa komponentlari og’iz sutida va keyinchalik yetuk sutda bo’ladi.

Laktaza va ichak fermentlarining ishlab chiqarilishi chaqaloqda endigina boshlangan bo’ladi, og’iz sutida esa laktoza yetuk sutga nisbatan kam bo’ladi. Shuning uchun, chaqaloq tug’ilgandan keyin donor suti bilan boqish tavsiya etilmaydi, bunda laktoza yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin, bola bezovtalanadi, qusadi, qorni dam bo’ladi, tez-tez ichi ketadi. Og’iz sutida, yetuk sutga nisbatan, oqsil ko’p bo’ladi, lekin bu yaxshi shakllanmagan buyraklarda ortiqcha azot zo’riqishiga olib kelmaydi, og’iz suti yaxshi hazm bo’ladi, ortiqcha chiqindilarni chiqarishga qiyinchilik tug’ilmaydi.

Vitamin A konsentrasiyasi yuqoriligi metabolizmda qatnashadi, chaqaloqning o’sishi va rivojlanishini yaxshilaydi, ko’rishni mustahkamlaydi, turli xil kasalliklarga chidamlilikni oshiradi.

Og’iz suti tabiiy ich keltiruvchi ozuqa hisoblanadi, mekoniya - toksik bilirubinning manbaidir, bu esa bilirubinli ensefalopatiyasi bor bo’lgan bolalar uchun foydalidir.

Og’iz suti tabiiy gastroenteral himoya vazifasini bajaradi, unda immunoglobulinlar barcha sinflari va - sekretor IgA bo’ladi, yaxshi shakllanmagan oshqozon-ichak trakti shilliq qavati yuzasini qoplaydi, chaqaloqlarni bakteriya, viruslar, parazitlar, zamburug’ va boshqa patogen omillardan himoyalaydi.

Ko’krak sutining asosiy uglevodi laktoza va qisman galaktoza, fruktoza va boshqa

monosaxaridlardan tashkil topgan. Laktoza konsentrasiyasi ko’krak sutida eng ko’p miqdorda bo’ladi: og’iz sutida 4% va yetuk sutda 7%ni tashkil etadi. Laktoza chaqaloqning 40% energetik talabini qoplaydi. Laktoza moddalar almashinuvida glyukozaga aylanadi (energiya manbai) va galaktoza -galaktolipidlarning asosiy qismidir, markaziy asab tizimining rivojlanishi uchun kerak bo’ladi. Laktoza kalsiya va temirni parchalaydi, ichak koloniyalarini Lactobacillus bifidusni hosil bo’lishini stimullaydi. Bu bakteriyalar oshqozon - ichak traktida nordon muhitni ta'minlaydi, patogen bakteriyalar, zamburug’lar va parazitlar o’sishini pasaytiradi.

Pediatriya amaliyotida shunday holatlar uchraydiki, ona bolasining ko’p bezovtalanishi, ichi suyuq kelishi, tez-tez siyishi va qusishdan shikoyat qiladi. Ona bolasini bir ko’krak bilan yaxshi to’yishiga bermasligi mumkin. Bundan tashqari ona bir necha minutdan keyin bolani keyingi ko’krakga qo’ygan bo’lishi mumkin, bunday hollarda bola faqatgina oldingi sutni oladi, bu sutda laktoza miqdori ko’p, yog’lar miqdori kam bo’ladi. Laktozaning ko’pligi va laktoza fermentining oxirigacha parchalanmasligi ko’krak sutini ko’tara olmaslikga sabab bo’ladi, ya'ni laktoz yetishmovchiligi rivojlanadi. Agar ona bolani bir ko’krak bilan oxirigacha to’liq emizsa, bola to’ymasa keyingi ko’krakga qo’ysa, bu holat 24 soatdan keyin bartaraf etiladi, ya'ni bola kerakli miqdorda laktoza va yog’larni oladi.

Ko’krak suti tarkibidagi oligosaxaridlarni oshqozon- ichak trakti yuqori qismlari fermentlari parchalamaydi va yo’g’on ichakgacha o’zgarmagan holda o’tadi. Yo’g’on ichakda ular prebiotiklar funksiyasini bajaradi, ya'ni bifidobakteriyalar o’sishi uchun substrat hisoblanadi, yumshoq hazm bo’lgan najasni hosil bo’lishida ishtirok etadi.

Ko’krak suti probiotiklarining biologik faollik mexanizmi

- ichak mikroflorasini normallashtiradi

- shartli - patogen va patogen floralarni o’sishini to’xtatadi

- yuqori antibakterial faollikga ega

- immunomodulyatorlik ta'sirga ega

- vitaminlar sintezida ishtirok etadi va minerallar, oqsil va uglevodlar parchalanishini ta'minlaydi.

Etuk ko’krak sutida og’iz sutiga qaraganda, oqsil miqdori kam bo’ladi, lekin bolani optimal o’sishi va rivojlanishi uchun yetarlidir, har bir emizilgandan keyin ishlatilayotgan sut miqdori ko’payadi. Ayol suti asosan zardob oqsili albumindan tashkil topgan, tez so’riladi va hazm bo’ladi. Sigir sutining asosiy oqsili beta-laktoglobulin, chaqaloqlarda antigen reaksiyasini chaqiradi. Sigir sutida kazein oqsili ko’p bo’ladi, uning asosida sun'iy aralashmalar tayyorlanadi.

Ko’krak sutida yog’lar miqdori yetuk sutda tug’ruqdan keyin 15 kunida, 100 ml sutda 2,0 g, 100 ml og’iz sutida esa 4,0-4,5 gni tashkil etadi va keyinchalik o’zgarmay qoladi. Yog’lar ko’krak sutining o’zgaruvchan komponenti hisoblanadi. Yog’larning sutkalik o’zgarishi ertalab, kunning yarmida kuzatiladi.

Ba'zi ayollarda yog’lar konsentrasiyasi emizish boshiga qaraganda, emizishning oxirida 4-5 marta yuqori bo’ladi. Emizish ohirida yog’lar konsentrasiyasining ortishi to’yinganlik regulyatori hisoblanadi.

Shuning uchun emizish davomiyligini chegaralamaslik kerak. Ko’krak sutida to’yingan yog’ kislotalari 42% va to’yinmagan yog’ kislotalari 57% ni tashkil etadi.

Lipaza faqat ko’krak sutida bo’ladi, ovqatlanishning boshqa turlaridagi mahsulotlar bundan mustasnodir. Ko’krak sutida nospesifik lipazaning borligi yog’larni hazm bo’lishiga yordam beradi.

Ko’krak sutida shuningdek, aminokislotalar - sistin va taurin bor.

Sistin - chala tug’ilganlarda miya strukturasining rivojlanishi uchun muhim hisoblanadi. Sistotionaza, miya to’qimalarida va jigarda metioninning sistinga almashinuvini tezlashtiradi.

Taurin – yog’larni o’t bilan biriktiradi va hazm qildiradi. Shunindek, markaziy asab tizimini shakllanishida neyromodulyator hisoblanadi, markaziy asab tizimining asosiy strukturasi shakllanishi bola tug’ilgandan keyin rivojlanadi.

Ko’krak suti bilan emizish bo’yicha tavsiyalar:

- Tug’ilgandan keyin birinchi ko’krakga qo’yish muddati yarim yoki bir soat

- Emizish muddati chegaralanmaydi

- 0 dan 6 oygacha emizish faqat ko’krak suti bilan olib boriladi

- 6 oyligidan qo’shimcha ovqatlar beriladi

- 2-yoshgacha va undan keyin ko’krak suti bilan emizishni davom ettirish kerak.

Quyidagi omillardan har qaysisi ko’krak suti bilan emizishga to’sqinlik qiladi:

- Bolaga ko’krak sutidan tashqari qo’shimcha ovqat yoki suyuqlik berilsa;

- Bolaga so’rg’ichlar berilsa;

- Ko’krak suti bilan emizish soni chegaralsa;

- So’rish vaqti va emizish uzoqligi kamaysa;


So’rishning samaradorligi:

- Bola ko’krak to’qimasini uzun "so’rqich" shaklida tortadi;

- haqiqiy so’rg’ich bu "so’rg’ichning"1\3 qismini tashkil etadi;

- Bola ko’krakni emadi, so’rg’ichni emas;

- Oksitosin refleksi natijasida sut sinuslarga o’tadi.

- Bola tili uchidan ildiziga tomon qisqaradi, "so’rg’ichni" qisadi va qattiq tanglayga olib boradi;

- Sut sinuslardan bola og’ziga keladi va bola sutni yutadi.

Ko’krakni to’g’ri qo’yishni tashqi belgilari:

- Bola iyagi ko’krakga tekkan

- Bola og’zi keng ochiq

- Pastki labi tashqariga chiqqan

- Yuqori lab ustidan areolaning katta qismi ko’rinadi, pastki lab qismidan ko’rinmaydi.

- Bola yonoqlari aylana shaklida.

- Ko’krak bezlari osilib turmaydi.

Emizishning bu turida bola tili va og’zi ko’krakni va so’rg’ich terisini zararlamaydi.

Ko’krak suti bilan emizishni baholashni 12 mezonlari:

1-mezon. Ona haqida nima deyish mumkin:

- Onaning yoshi, salomatligi, iqtisodiy ahvoli, emizish uchun onaning kiyimi qulaymi yoki yo’qmi

- Onaning emosional holati, ya'ni ona baxtlimi yoki bolani emizishdan quvonadimi, bu holatlar bolani ijobiy emizishga sabab bo’ladi.

- oilaning boshqa a'zolarining onaga, bolaga va emizishga bo’lgan munosabati.

2-mezon. Ona o’z bolasini qanday ushlashi kerak:

- ona bolasini to’g’ri tutganmi, bola buni qaysi tenglikda, ona bolani tanasini va boshini to’g’ri ushlaganmi

- ona emizish vaqtida asabiylashadimi yoki tinch holatda emizadimi

- ona bolasiga nisbatan e'tiborlimi yoki e'tiborsizmi

3-mezon: Bola haqida nima deyish mumkin:

- burundan nafas olish qiyinlashgan

- og’iz bo’shlig’ida og’iz oqarishi

- sariqlik

- O’RI.


- tilchagi qisqa

- tug’ma patologiya.

Kasal bola ko’krakni faol ema olmaydi.

4-mezon: Bolaning reaksiyasi qanday

- Bola ko’krakni qidiradi, u emishga tayyor bo’lganda boshini ko’krak tomonga buradi va og’zini ochadi.

- Katta yoshdagi bolalar ko’krakga emgisi kelganda qo’llarini tegizadi va so’rish harakatiga tushadi.

- Bola emish vaqtida tinch turadi va emib bo’lgandan keyin qoniqadi (to’g’ri emizilgan)

- Bola bezovta va ko’krakdan bosh tortadi (bola ko’krakga noto’g’ri qo’yilgan)

Bola yig’laydi va boshini boshqa tomonga buradi (muammo).

5-mezon: Ona bolani ko’krakga qanday qo’yadi

- Ona so’rg’ichni bola og’ziga tiqishga harakat qiladi, bir oz oldinga egiladi yoki ko’kragini qiyinchilik bilan bola og’ziga qo’yadi.

- ona qulay holatda ko’kragini bolasiga olib keladi.

6-mezon: Ona ko’krakni qanday ushlaydi

Agar quyidagicha bo’lsa, noto’g’ri:

- ona ko’kragini areolaga yaqin tutadi.

- ona barmoqlari bilan ko’kragini bola burnidan uzoqlashtiradi.

- ona ko’krakni "qaychiga" o’xshatib ushlaydi.

To’g’ri:


- ona ko’krakni qo’llari bilan bolaning ko’krak qafasiga perpendikulyar ravijda ushlaydi ko’rsatgich barmog’i ko’krak asosida turadi (so’rish samarali bo’ladi).

7-mezon: Bola ko’krakga to’g’ri qo’yilganmi

Bola ko’krakga to’g’ri qo’yilgan, agar:

- iyak ko’krak bilan tegib tursa

- bola og’zi keng ochilgan bo’lsa

- pastki lab tashqariga chiqgan

- areolaning ko’p qismi qamrab olingan

- emizish vaqtida yonoqlari aylana shaklida

- ko’kragi aylana shaklda

Bola ko’krakga noto’g’ri qo’yilgan:

- iyak ko’krak bilan tegib turmaydi

- bola og’zi keng ochilmagan

- pastki lab tashqariga chiqmagan

- areolaning ko’p qismi qamrab olinmagan

- emizish vaqtida yonoqlari tushgan

- ko’kragi osilib turadi.

8 - mezon: Bola samarali so’radi

So’rishi samarali:

- bola tez emadi (oksitosin refleksini chaqiradi - sut bolani og’ziga tushadi),

- bola chuqur va sekin emadi, vaqti-vaqti bilan nafas oladi va yana qaytadan emadi.

Bolaning samarasiz emishi:

- bola butun emizish davomida ko’krakni tez va yuzaki emadi,

- emish vaqtida bola ovoz chiqaradi,

- bola sutni yutayotganda qattiq qult-qult ovoz chiqaradi, emishdan to’xtaydi, yig’laydi (onada sut ko’p bo’lsa).

9 va 10 mezonlar: Ko’krakni emishdan to’xtash qanday tugaydi

Bola emishdan qoniqqan ko’rinadimi

- bola qoniqqan holatda va uyqusirab ko’krakni qo’yib yuboradi (demak, bola yetarli miqdorda sut qabul qilgan)

- onasi tanaffus vaqtida oldindan ko’krakni oladi, ona bolasi to’ydi deb o’ylashi mumkin yoki bola ikkinchi ko’krakni emsa, unga emish yengil bo’ladi deyishi mumkin (bola faqat oldingi sutni qabul qiladi).

11-mezon: Ko’krak bezlarining holati:

- ko’kragi va so’rqichning o’lchami, shakli (ona ishonchni yo’qotadi, bolani ko’krakga qo’yishga qiyinchilik tug’dirishi mumkin, ona bezovta bo’lishi mumkin).

- sutning tomib turishi va sog’ganda tizillab chiqishi oksitosin refleksidan dalolat beradi.

- emishdan oldin ko’kraklar to’la va emishdan keyin ko’kraklari yumshoq (samarali emizish), ko’kraklari to’la va shishgan (samarasiz emizish ko’kragi va so’rqichlari terisi sog’lom ko’rinishda bo’lishi kerak).

- ko’krak bezlari terisining qizarishi va yorilishi (bolani ko’krakga noto’g’ri qo’yishda kuzatiladi)

- tarang turgan so’rg’ichlar holati yoki burmalar hosil qilib yuqoriga qaragan yoki emgandan keyin pastga qaragan so’rqichlar bolani ko’krakga noto’g’ri qo’yilganligidan dalolat beradi.

12-mezon: Emizish vaqtidagi onadagi sezgi:

- ona tinch holatda va bolani ko’krakga to’g’ri qo’yganidan qoniqqan bo’ladi.

- ona emizish vaqtida og’riq sezadi, bezovtalanadi, chunki bola ko’krakga noto’g’ri qo’yilgan bo’lishi mumkin.


Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish