Toshkent tibbiyot akademiyasi "tasdiqlayman" "kelishldi"



Download 1,8 Mb.
bet5/14
Sana07.10.2019
Hajmi1,8 Mb.
#23102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
неонатология китоб


Nazoratsavollari:

1.Intensivterapiyapalatasidagibirinchireanimasionchoratadbirlar o’tkazishda hamshiraningvazifasi

2. Asfiksiyadaasosiyyordamtamoyillarinisanabbering.

3.Chaqaloq asfiksiyasidabirinchiyordamningasosiychoratadbirlariniayting.

4. Ikkilamchiasfiksiyaprofilaktikasinima.

5. Asfiksiyadankeyin qandayasoratlaryuzagakeladi.

6. Asfiksiyaningoqibatlari.

7. Asfiksiyani o’tkazganbolalarniparvarish qilish




TUG’RUQ JAROHATLARIDA HAMSHIRALIK JARAYONI VA PARVARISHI

Yangitug’ilganchaqaloqlarning 2% tug’ruqjarohatlaribilantug’iladi. Tug’ruqjarohatlarispontanravishda, tug’ruqyo’llaridanchaqaloqningo’tishidayokihomiladorlikdavridayuzagakelib, birqanchachoratadbirlarniqo’llashnio’zichigaoladi. Tug’ruqoldijarohatlariprofilaktikasipatologiktug’ruqgahomiladorlarnitayyorlash, jarohatbilantug’lishxavfibo’lganhomiladorlikdakeserchakesishoperasiyasigako’rsatmaberishtug’ruqjarohatlarnioldiniolishgaqaratilgandir. Tug’ruq jarohatiyoki boshichijarohativauningoqibatlarichaqaloqMNSdaturlixilbuzilishlarga, hattokichaqaloqo’limigachaolibkelishimumkin.

"Tug’ruqjarohat"iterminiostidatug’ruqdavridachaqaloqningbirnechaa'zolariningbutunligibuzilishiyotadi. Perinatalasfiksiyavagipoksiyako’pinchatug’ruqjarohatlaribilankelishiyokiyakka holda hamkelishimumkin.

Tug’ruqjarohati - akusherlikjarohatigaqaragandanisbatankengqamrovlitushunchahisoblanadi.

Chinakusherlikjarohatlarigaboshsuyaklari, oyoq- qo’llarning, o’mrovningsinishikiradi.

Chaqaloqlarningtug’ruqjarohatlaribilantug’lishigasababbo’luvchiomillar:

- homilaningtug’ruqyo’liganoto’g’rikelishi

- homilavazniningkattabo’lishi

- tug’ruqyo’llariningrigidligi

- muddatidankeyintugish

- cho’zilganyokibirdaniga, teztug’ruqlar

- akusherlikyordamininoto’g’riqo’llash

- operativyo’lbilantug’ish

- onaningchanog’igahomilaboshiningto’g’rikelmasligi

Patogenetikjihatdantug’ruqjarohatlariyuzagakelishigaasosiysababchilarigaquyidagilarkiradi: homilaningtug’ruqyo’llaridano’tishidamexanikta'sirlar, akusherlikqisqichlarininoto’g‘riqo’yish, vakuum-ekstraktorninoto’g’riqo’llash, umumiyyokimahalliyqonaylanishiningbuzilishlari.

Zararlanishdarajasigaqarabtug’ruqjarohatlariquyidagichatasniflanadi:

-мarkaziynervsistemasinizararlanishi (boshichijarohatlari, spinal, periferiknervsitemasizararlanishi)

- yumshoqto’qimalarning (tug’ruqo’smalari, kefalogematoma, aponevrozostiqonquyulishlari, adiponekroz, petexiyalar, ekximozalar, m.sternocleidomastoideusgaqonquyilishlar, tug’maqiyshiqbo’yin)

-suyaksistemasiningjarohatlanishi

- ichkia'zolarningjarohatlanishi



Yumshoq toqimalar zararlanishi

Kefalogematoma - mexanikzararlanishbo’lib, boshmiyasuyagi, suyakustipardasigaqonquyulishibilanta'riflanadi. Kefalogematomatug’ruqdankeyinbirnechasoato’tibyuzagakeladi. Kefalogematomajoylashgansohadateridao’zgarishlarsezilmaydi, faqatpetexiyalarniko’rishimizmumkin. O’smadastlabtekisko’rinishgaegabo’lib, pulsasiyabo’lmaydi, og‘riqsiz, sekinpalpasiyaqilingandaflyuktuasiyaseziladi. Dastlabkikunlardakefalogematomakattalashib, 2-3-chi haftasigakelibkichrayaboshlaydi. Kefalogematomaning havflioqibatlariga: yiringlash, bujmayish, suyakplastinkasiningyemirilishi, giperbilirubinemiyakiradi. Kefalogematomako’pinchaboshmiyasuyaginingyorilishiyokisinishibilanbirgakechadi. Kallasuyagirentgenogrammasi 6 smdankattakefalogematomadaqo’llaniladivasuyakdagisinish, yorilishlarnianiqlashuchunishlatiladi. Kefalogematoma 1 oydan 2 oylgachasaqlanishimumkin.

Davolash: vitamin K 1mg/kgdan bir marta yuboriladi. Agarda kefalogematomaning o’lchamlari katta bo’lib, 6-7 kun ichida qaytmasaundakefalogematomabo’shlig‘igapunksiyaqilibolibtashlanadi.

Aponevrozostiqonquyulishi - kallasuyagiaponevroziostigaqonquyulishikefalogematomagao’xshabketadi. Teriostivenalarinizararlanishidanyokiakusherlikqisqichlarininoto’g’riqo’llashdankelibchiqadi. Agardakattaligi 1 smbo’lsa, unda 200 mlyokiundanko’proqqonquyilganbo’ladi. Buesao’tkiranemiksindrom, gipovolemikshokvagiperbilirubinemiyagaolibkelishimumkin. Kattabo’lmaganqonquyulishlardagemorragikkasallikgatekshiribko’rishzarur. Qonquyulishlar 2-3 haftaichidaso’rilibketadi.

Tug’mashishhomilaningakusherlikqisqichitegibturganyokivakuumekstraktortegibturganqismida - masalanboshda, dumbasohasida, oyoqqo’llarda, dumbadabo’lishimumkin. Tegibturgansohadabosimpastligisabablishusohadavenozgiperemiya, maydaqonquyulishlarasosanteriostiklechatkasigavaaponevroziostigabo’ladi. Tug’mashishningchegarasibo’lmaydi, kallasuyaginingturli hilqismlarigatarqaladi, flyuktuasiyakuzatilmaydiva 1-kundanso’ngmustaqilso’rilibketadi.



Adiponekroz - akusheryokineonatalogqo’linibosgansohasidayuzagakeladiganteriostiyog‘klechatkasiningaseptiknekrozidir. Yelka, dumba, orqasohalaridachegaralangantig‘izkattaligi 1-5cmlitizimchalardaniboratbo’ladi. Adipozasohasidagiterio’zgarmaganyokisianotiktipdabo’ladi. Mustaqil holdao’ziso’rilibketadi.

Bosh miya tug’ruk jaroxatlari

Boshmiyatug’ruqjarohatitug’ruqdavridaboshmiyaningog’irjarohatlanishibo’lib, ezilish, yirtilish, qonquyulishibilankechadi. Boshmiyatug‘ruqjarohatlariyuzagakelishidaperinatalgipoksiya, perinatalgemostazbuzilishlari, gestasionyosh, homilaichivirusliinfeksiyalarikabinojuyaomillarkattaaxamiyatgaegadir. Gipoksiyaboshmiyanizararlaydi, shusabablipatogenetikjiqatdanyaqin hisoblanadi. Jarohatlivanojarohatliqonquyulishlarningnisbati 1:10 gateng.

Boshmiyatug’ruqjarohatsitasnifi: qonquyulishdarajasiga qarab

- epidural (jarohatligenezgaega)

- subdural (jarohatligenezgaega)

- to’liqmiyaichiqonquyilishi (yarimsharlarga, ko’ruvtepaliklariga, miyachaga)

- subaraxnoidal (jarohatliyekigipoksikgenezgaega)

- qorinchalarichi (gipoksikgenezgaega)

- periventrikulyar (gipoksikgenezgaega)

Kechishigaqarab

-o’tkir (7-10 kundan 1-1,5 oygacha)

-o’tkirosti (ertaremissiyadavrida 3-4 oydayokikech 1-2 yilda)

-oqibati (tuzalishyokiboshmiyaorganikzararlanishi)

Og’irlikdarajasigaqarab:

-engil

- o’rta


- og’ir

Davrigaqaramasdanasosiyahamiyatgaegasimptomlar:

- o’tkir (neyroreflektorqo’zgaluvchanlik, qo’zgaluvchanlik, gipertenzion, gipertenzion-gidrosefal, talvasa, bosh miya komalari)

- o’tkir osti (asteonevrotik, vegetovisseral buzilishlar, harakatlanishning buzilishi, gidrosefal, tutqanoq, psixomotor rivojlanishdan orqada qolish.)

-oqibati (tuzalish, psixomotor faoliyat buzilishi, nerv-psixik yoki gapirish reflekslarining buzilishi, bosh miyaning organik buzilishi, oligofreniya, epilepsiya, quloqning eshitmasligi, ko’rlik kelib chiqadi).

Chaqaloqlarning tug’ruq jarohatlarida 2-4%ni miya ichiga qon quyulishi tashkil qiladi. Miya ichi qon quyulishining klinik kechishi uning joylashgan joyiga va gematoma kattaligiga bog’liq. O’z muddatida tug’ilgan chaqaloq og’ir tug’ruq asfiksiyasi bilan tug’ilgan bo’lsa, uning o’tkir davrida 4 - bosqich kuzatiladi.

1 - bosqich uchun xarakterli: sedativ preparatlarga tolerant ravishda MNS qo’zgaluvchanligi, qon aylanishining markaziylashuvi, giperventilyasion sindrom (taxipnoe), oligouriya, gipooksemiya va asidozlar.

2 - bosqichda MNS tormozlanishi ustunlik qiladi, o’tkir yurak yetishmovchiligi, fetal qon aylanishi bilan farqlanadi, gemorragik-shish sindromi, sklerema va periferik shishlar kuzatiladi.

3 - bosqichga yurak yetishmovchiligi bilan kechuvchi respirator sindrom va miya komasi xos.

4 - bosqichda mushak tonusi normallashadi, fiziologik reflekslar va ta'sirlanishga nisbatan emosional reaksiyalar paydo bo’ladi. O’pka, yurak etishmovchiligi yo’qolib, metabolizm va elektrolit balansi tiklanadi.

Muddatiga yetmasdan tug’ilgan chaqaloqlarda bosh miya tug’ruq jarohatining o’tkir davri quyidagicha kechadi:

1- Simptomsiz yoki kam klinik simptomlar bilan

2- Nafas buzilishi va apnoe xurujlari bilan.

3- Umumiy tormozlanish

4- O’choqli simptomatika bilan kechuvchi qo’zgaluvchanlik sindromi, gipertenzion-gidrosefal sindrom.

Epidural qon quyulishi - muddatida tug’ilgan bolalarda uchraydi. Akusherlik qisqichlarini va tug’ruq yo’llariga bola boshining o’lchami to’g’ri kelmasligi oqibatida chaqaloq kalla suyagining, tepa suyagining sinishi yoki yorilishi, meningeal arteriyaning yorilishi yuzaga keladi. Bu qon quyulishda 2-3 soat oraliq davr bo’lib, undan keyin qo’zqaluvchanlik, gipertenzion-gidrosefal sindrom, liqildoqlar shishi, tarangligining oshishi, talvasa sindromi, qon quyulish tomonida anizokoriya va nistagm kuzatiladi.

Subdural kon quyulishi. Aniq sababi aniqlanmagan. Muddatidan oldin va katta vazn bilan tug’ilgan bolalarda yuzaga keladi.

Subdural qon quyulish quyidagilarga ajaratiladi:

1)Subtentorial - kalla suyagida bosim yuqoriligida yoki uning deformasiyasi oqibatida venalarning yorilishi, ayniqsa yuqori saggital venalarning ko’ndalang sinuslarga o’tish joyida zararlanishi oqibatida yuzaga keladi.Gematoma o’sgan sayin ikkilamchi asfiksiya belgilari, bradikardiya, termoregulyasiyani buzilishi kelib chiqadi.

2)Subtentorial - orqa kalla suyagi chuqurchasiga va miyachani oraliq qismiga qon quyilishidir.

Tug’ilgan paytida chaqaloq ahvoli og’ir bo’ladi. Klinik jiqatdan bu kasallikda bosh miya faoliyati susayadi, xattoki koma darajasiga olib keladi. O’choqli simptomlari mavjud: nistagm, yutish, so’rish reflekslari buziladi.

Subaroxnaidal qon quyilish - meningial qon tomirlarning butunligi buzilishidan kelib chiqadi. Bunday qon quyilish turida qon miya pardasiga o’tiradi va aseptik yallig’lanish jarayonini keltirib chiqaradi. Bu turdagi qon quyilishini yuzaga keltiruvchi sabablar - gipoksiya, koagulapatiya, qon-tomir deformasiyasi va o’smalardir.

Klinik ko’rinishi: MNS faoliyati tormozlanishi yoki qo’zgaluvchanligining ortishi, gipertenzion gidrosefal, tutqanok va o’choqli simptomlar bilan namoyon bo’ladi. Klinik belgilar tug’ilgandan keyin darrov yuzaga keladi.

Oqibati. Qon quyilish o’chog’i bartaraf qilinganligidan keyin ahvoli yaxshilanadi.

Qorinchalar ichi va pereventrikulyar qon quyilishlar. Muddatida tug’ilgan chaqaloqlarda plexus choroideus zararlanishida ezilish yoki deformasiya bo’lishi oqibatida yuzaga keladi. Muddatidan oldin tug’ilgan chaqaloqlarda bunday turdagi qon quyulishlar yon qorinchalarning to’qimasi homila to’qimasi bilan qoplangani uchun yuzaga keladi.

Bu turdagi qon quyulishlar quyidagi 4 darajaga ajraladi :

1 - subepindemal (ante va intranatal gipoksiya, qayta apnoe xurujlari, gipertonik xurujlar)

2 - qorinchalar kengaymasdan yuzaga keladigan qorinchalar ichiga qon quyulishlari (35-65 %).

3-qorinchalar kengayishi bilan kechadigan qorinchalar ichiga qon quyulishi (12-17 %).

4 - qorinchalar ichi qon quyulishi butun parenximaga tarqaladi (12-17 %).

Qorinchalar ichi va periventrikulyar qon quyulishining klinik kechishi og’irlik darajasiga bog’liq.

1 - darajasi klinik soqov ko’rinishi ham deyiladi. Tranzitor metabolik buzilishlar qo’shimcha usullar orqali aniqlanadi. Subepindemal gematomalar so’rilishi -10-14 kunda va undan ham ko’p vaqt ichida kuzatiladi. Qorinchalar ichi va periventrikulyar qon quyilishining 2-4 darajalarida gipertenzion-gidrosefal, talvasa, o’choqli simptomlar (gorizontal yoki vertikal, rotar nistagmlar, qorachiqlar reaksiyasining bo’lmasligi) keyinchalik qo’zqaluvchanlik va MNS faoliyatining pasayishi xarakterlidir.



Oqibati. Qorinchalar ichi va periventrikulyar qon quyilishlarning 1-darajasi yaxshi, lekin 3-4 darajalarining oqibati yomon bo’lib, 50 -70% va 20 - 40 % ni tashkil etadi. Qorinchalar ichi qon quyulishi oldingi va orqa miya qon tomirlari gipoksiyasi, gemostaz buzilishi oqibatida yuzaga keladi.

Klinikasi. Qon quyulishining kattaligi va lokalizasiyasiga bog’liq. Yarimsharlarga kichik qon quyulishlarda klinika simptomsiz yoki kam klinikali bo’ladi: holsizlik, kekirish, mushak tonusi buzilishi, reflekslarning buzilishi, o’choqli simptomlar (nistagm, anizokoriya, Grefe simptomi), fokal talvasalar kuzatiladi. Tarqalgan miya ichi gematomalari o’choqli simptomlar (anizokoriya, qilaylik, nistagm) va umummiya simptomlari (gipotoniya, adenamiya, gipo-yoki arefleksiya, yuz sohasida, oyoqlarda bir tomonlama talvasalar) bilan kechib komagacha rivojlanib borishi mumkin.

Miya ichi qon quyilishlari simptomsiz kechishga ega bo’lib, miyacha yarim sharlarga qon quyilishida miya ichi gipertenziyasi kuchayib boradi. Miya yarim sharlariga ko’p miqdorda qon quyilishi kuzatilganda nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, bulbar va ko’z harakatlanishi buzilishlari yuzaga keladi.



Markziy nerv sistemasining perinatal zararlanishlari

MNSning zararlanishlari og’ir jarohat hisoblanadi va bolaning nogironligiga yoki letal oqibatga olib kelishi mumkin.



Etiologiyasi. MNS zararlanishining eng ko’p uchraydigan sabablari:

- kislorod yetishmovchiligi (gipoksiya, asfiksiya)

- turli infeksiyalar va intoksikasiyalar

- miyaning mexanik zararlanishlari (bosilishi, ezilishi, to’qimalarning yorilishi va qon quyilishlar).

- moddalar almashinuvining irsiy kasalliklari

- miya rivojlanishining nuqsonlari.

Onaning chanoq o’lchami bilan homila boshining o’lchamini mos kelmasligi, homila joylashuvi anomaliyasi, cho’zilgan yoki tezlashgan tug’ruq, akusherlik aralashuvi patologiyalari va tug’ruqni chaqiruvchi muolajalar, operasiyalar homilaga mexanik ta'sir ko’rsatishi mumkin.

Patogenezi. Chaqaloqlar MNSning zararlanishlarida turli xil klinik va morfologik o’zgarishlar - yengil funksional buzilishlardan tortib, og’ir gemolikvorsirkulyasiya jarayonlarining buzilishlari, miyaning zararlanish simptomlari va hayotiy muhim a'zolarning funksiyalari buzilishi, diffuz shishlar va massiv ravishda miya ichi qon quyilishlari uchrashi mumkin.

Klinik manzarasi. Kasallik quyidagi kechish davrlariga ajratiladi:

- o’tkir (7-10 kungacha, chala tug’ilgan chaqaloqlarda 1-oygacha davom etadi)

- erta tiklanish davri (4-6 oygacha )

- kech tiklanish davri (1-2 yoshgacha )

- qoldiq asoratlar davri (2-yoshdan keyin)

Bosh miyaning zararlanishlari chaqaloq tug’lishi bilan yoki hayotining 2-4 kunlarida namoyon bo’ladi. MNS va ichki a'zolarning zararlanishiga qarab klinik simptomlari yuzaga chiqadi.

MNSning zararlanishlari:

1) harakat aktivligi;

2) mushaklar tonusi holati;

3) chaqaloqlardagi shartsiz reflekslarning kuchi va chaqirilishiga qarab;

4) patologik nevrologik belgilar - umummiya va o’choqli belgilar.

5) kasallikning o’tkir davrida - umummiya buzilishlari (giper qo’zqaluvchanlik va reflekslarning pasayishi sindromi) ustunlik qiladi, miyaning o’choqli zararlanishlari ikkinchi o’rinda turadi.



Reflekslarning pasayishi sindromi - umumiy xolsizlik, harakat aktivligining birdaniga pasayishi, yaqqol ifodalangan mushaklar gipotoniyasi, reflekslarning

pasayishi yoki yo’qolishi.



Giper qo’zqaluvchanlik sindromi - bezovtalik, harakat aktivligining oshib ketishi,

umumiy giperesteziyalar



Talvasa sindromi - tonik va klonik xarakterdagi lokal yoki tarqalgan talvasalar. Miyaning o’choqli zararlanishlari - "botayotgan quyosh" simptomi, nistagm, ptoz, ekzoftalm, yuzning assimetriyasi, og’iz-lab burmalari, til, ko’z yorig’i, oyoqlar parezi, mushak tonusi va reflekslari asimmetriyasi xos.

Og’irlik darajasiga qarab:

-og’ir

-o’rta og’ir



-og’ir formalari ajratiladi.

MNS zararlanishining yengil formalarida nospesifik simptomatika kuzatiladi. Og’ir formalari uchun MNS faoliyatining kuchli izdan chiqishi, talvasalar xos. Nafas, yurak qon-tomir va buyrak usti bezi yetishmovchiligi, ichaklar parezi kuzatiladi.

Erta tiklanish davri uchun:

-astenonevrotik

-gipertenzion

-gidrosefal sindromlar xos.



Astenonevrotik sindrom - kuchli qo’zqaluvchanlik, harakat faoliyatining gipo-yoki gipertonus tipidagi buzilishlari. Mushaklar gipertonusi bukuvchi va yozuvchi mushaklarni qamrab oladi va jarayonga son mushaklari ham tortiladi.

Gipertenzion sindrom - MNS qo’zgalishi va umumiy giperestaziyalar kalla ichi bosimini oshishi bilan birgalikda keladi. Orqa miya punksiya qilinganda likvor suyuqligi oqib chiqishi yoki tomchilab chiqishi mumkin. Bosh aylanasi o’sishining tempi normaning yuqori chegarasidan oshmaydi.

Gidrosefal sindrom - likvorning ortiqcha sekresiyasi yoki uning so’rilishining buzilishi. Klinik ko’rinishlarida bosh o’lchamining kattalashishi fiziologik normadan ortib ketadi (birinchi kvartalda har oyiga 2 smdan kattalashib ketishi), kalla choklarining ochilib ketishi, boshning sochli qismlarida yaqqol venoz to’rlar, katta liqildoqning kattalashishi va ichkariga botishi, qo’zqaluvchanlikning oshishi, qattiq yig’i, ko’z simptomlari, mushaklar tonusining o’zgarishlari (gipo yoki gipertonus) hos bo’ladi. Keyinchalik psixomotor rivojlanishdan orqada qolish rivojlanadi.

Diagnostikasi. Tashxisni tasdiqlash uchun onaning sog’lomlik holati, uning akusher-ginekologik anamnezi, homiladorlikning kechishi va tug’ruq jarayonlari, bola kasalligining klinik belgilari xarakterlidir. Tashxislash uchun miya UTT, oftalmoskopiya, kallani, umurtqani rentgenologik tekshirish, orqa miya punksiyasi o’tkazishdan foydalaniladi.

Davolash. Davolash tug’ruq zalida reanimasion chora tadbirlari o’tkazishdan boshlanadi, keyin intensiv terapiya va maxsus bo’limda davom ettiriladi. Kasallikning o’tkir davrida davolash miya shishini va qon quyilishlarining oldini olishga qaratilgan bo’ladi.

Davo choralari: degidratasiya o’tkazish (mannitol, laziks, plazma, reoglyuman, deksametazon va boshqa). Talvasa sindromini profilaktikasi va bartaraf qilish (seduksen, fenobarbital); Tomirlar o’tkazuvchanligini kamaytirish (askorbin kislotasi, rutin, kalsiy glyukonat); Aylanib yuruvchi qon xajmini oshirish (albumin, reopoliglyukin). Miokardning qisqarish faoliyatini yaxshilash (kokarboksilaza, panangin); Asab to’qimalari metabolizmini va gipoksiyaga chidamligini normallashtirish (glyukoza, ATF, alfa-tokoferol, glyutamin kislotasi).

Jarohat olgan chaqaloqlar sindromli terapiyaga muhtojdirlar. Nerv-reflektor qo’zqaluvchanlikni, talvasani, nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligini kamaytirishga qaratilgan choralar qo’llaniladi.



Tiklanish davrida davolash - nevrologik sindromlarni bartaraf qilish va nerv xujayralaridagi trofikani stimulyasiya qilishga qaratilgan. B gurux vitaminlari, serebrolizin, ATF, aloe ekstraktidan foydalaniladi. Nootrop preparatlar pirasetam, aminolon, pantogam, fenibut, ensefabol, piriditol qo’llaniladi. O’tkir davrda degidratasion terapiya davom ettiriladi. Miyada qon aylanishini yaxshilash maqsadida kavinton, stugeron, trental qo’llaniladi. Fizioterapevtik muolajalar keng qo’llaniladi: massaj, davo fizkulturalari. Medikamentoz, ortopedik, logopedik va ijtimoiy reabilitasiya o’tkaziladi.

Parvarish. To’liq tinchlik saqlash, palatalarda qattiq ovozda gaplashmaslik, taqqillatmaslik, tezkor harakatlar qilmaslik. Bolaga jarohat va og’riq yetkazadigan muolajalarni iloji boricha cheklash, ko’riklar va muolajalarni bolaning krovatida o’tkazish tavsiya etiladi. Bolani bir necha kunga kuvezda saqlash tavsiya etiladi. Miya to’qimalarining kislorodga bo’lgan talabi yuqoriligi bois kislorod bilan ta'minlanadi. Shifokor ko’rsatmasiga asosan kalla-miya gipotermiyasi qo’llaniladi. Buning uchun "XOLOD-2" yoki bolaning boshi tepasiga muz xaltalari osiladi, oyoqlariga grelkalar qo’yiladi. Bolani ovqatlantirish kasallikning og’irlik darajasiga (zond, qoshiqcha, umumiy ahvoli yaxshi bo’lsa - xamshira nazorati ostida ko’krakga qo’yiladi). Davolash yaxshi olib borilsa bola ona ko’kragini ema boshlaydi. Bemor bolalarni qayt qilishi ko’p uchraydigan xavfli holatlardan biri. O’z vaqtida shilliqni va qayt qilingan massalarni olish asfiksiyani oldini olishga yordam beradi. Bemor bolaning terisini va shilliq qavatlarini parvarish qilish lozim. Terida distrofik o’zgarishlar va terining qurishi kuzatilsa toza o’simlik yog’lari va vitamin A bilan tozalash kerak. Og’iz shilliq qavatlarini va lablarni natriy xloridning izotonik eritmasi yoki glyukoza eritmasi bilan artish lozim, ko’zni parvarishlash uchun vitamin Aning ko’z eritmasi tomiziladi.

Oqibati. MNS zararlanishining og’irligi bola hayotining 4-6 oylarida aniqlanishi mumkin. Bolalar markaziy paralichining oqibati og’ir, gidrosefaliya rivojlanib boradi, epilepsiya, ruhiy rivojlanishdan orqada qolishi kuzatiladi. MNSning perinatal zararlanishini o’tkazgan bolalarda uzoq vaqtgacha bosh og’rishi, nozik harakatlar koordinasiyasining buzilishlari, nutq buzilishlari, nerv-ruhiy buzilishlar, diqqatning yetishmovchiligi va giperaktivlik sindromi, ko’rish va eshitish analizatorlarining zararlanishlari aniqlanadi.

Orqa miya va yelka chigalining jarohatlari

Chaqaloqlarda orqa miyani jarohati kalla-miya tug’ruq jaroxatlariga qaraganda nisbatan kam kuzatiladi. 40-80% hollarda tashhis qilinishi va 20% hollarda orqa miya jarohatlari chaqaloqlar o’limiga sabab bo’lishi mumkin. Umurtqa pog’onasining jarohatlari orqa miya jaroxatlariga qaraganda kam uchrab, boshini fiksasiya qilganda umurtqa pog’onasi kompensator ravishda 4-5 sm cho’zilishi mumkin, orqa miya esa 0,4-0,5 sm o’zgarishi mumkin. Tug’ruq jarohatlariga gipoksiya, koagulopatiya, tomirlar malformasiyasi sababchi omil bo’lib xisoblanadi.

Orqa miyaning jarohatiga quyidagilar kiradi:

- umurtqaning zararlanishi (chiqishlari, sinishlari, umurtqalararo bo’g’imlar kapsulasining qisilishi, umurtqa tanasining cho’zilishi - 1-2 umurtqalarning dislokasiyasi).



- orqa miyaga va qavatlariga qon quyilishlari:

A) epidural (yuqori - bo’yin va bo’yin-ko’krak qismi - 40-85%). Qon quyilishlar og’ir nafas buzilishlariga olib keladi.,

B) subdural (10-14% xollardagina uchraydi) qon quyilishlari orqa miyani "engcha" ko’rinishida qamrab oladi, bu bola hayotiga jiddiy xavf soladi,

- umurtqa arteriyalarida ishemiya rivojlanadi, orqa miya shishi kelib chiqadi,

- umurtqalararo disklarning zararlanishi yuzaga keladi.

Orqa miya tomirlarini ishemik jarayon egallab olishi va zararlanishi nisbatan kamroq kuzatiladi.

Orqa miya tug’ruq jaroxatlarining rivojlanishida asosiy uch mexanizm yotadi: umurtqa va orqa miyani bukuvchi-kompresion, distraksion va rotasion ta'sirlaydilar.

Klinik manzarasi - orqa miya zararlanishining morfologik o’zgarishlari va zararlanganlik darajasiga bog’liq bo’ladi. Klinik belgilar:

- spinal shok (SI-SIII),

- nafas buzilishining Kofferat sindromi (SIII-SIV ),

Dyushen - Erbaning parez va paralichlari (SV-TI) qo’llarning proksimal qismi funksiyasining qo’pol buzilishlari bilan birgalikda oyoqlarning spastik parezi

kuzatiladi.

- Dejerin-Klyumpkening (SVII-TI) pastki distal parez va paralichi, Gorner sindromi (ptoz, mioz, enoftalm) bilan qo’llar distal qismining funksiyasining qo’pol buzilishi va oyoqlarning spastik parezi kuzatiladi.

- Kerer paralichi (SV-TI ) - qo’llarning total paralichi oyoqlarning spastik parezi bilan birga keladi. Orqa miya ko’krak qismining (TI-TXII) zararlanishlarida ko’krak qafasi nafas mushaklari funksiyasining buzilishi natijasida nafas buzilishi sindromlari yuzaga keladi. Orqa miya zararlanishida jarayon TIII- TVI segmentlarni egallab olganda oyoflarning spastik parezi kelib chifadi.

Orqa miyaning ko’krak pastki segmentlari jarohatlanganida "bo’shashgan qorin" simptomi kuzatiladi. Orqa miyaning bel-dumg’aza sohalari zararlanishida pastki qismlarda sust paraparezlar yuzaga keladi. Zararlanish jarayoni dumg’aza qismini to’liq egallab olganda chanoq a'zolari funksiyalari izdan chiqadi. Umurtqa pog’onasi bo’yin qismining jarohatlanishlarida chaqaloq holatini o’uzgartirganda, Robinson refleksini tekshirganda, qo’lga ko’targanda kuchli og’riq sindromi kelib chiqadi. Bo’yinning yuqori (SI-SIV) segmentlari zararlanganda o’ta og’ir va og’ir, o’rtacha og’ir variantlarda kechuvchi spinal shok manzarasi kuzatiladi. Og’ir variantida -holsizlik, adinamiya, tarqalgan mushaklar gipotoniyasi, "baqa" pozasi, gipo-, arefleksiya, pay reflekslarining pasayishi yoki umuman chaqirilmasligi, harakat aktlarining to’liq paralichi, zararlangan distal joylarda sezuvchanlikning yo’qolishi yoki spastik tetraparezlarning rivojlanishi, gipotermiya, arterial gipotenziya, tug’ilgandan NBS, siydik ajralishini to’xtab qolishi yoki siydikni davriy tutaolmaslik, qorin dam bo’lishi, ichaklar parezi xarakterlidir. Chaqaloq tug’ilgandan keyin NBSning bo’lishi, asfiksiya xurujlari, shokning kuzatilishi chaqaloq o’limining asosiy sababi bo’ladi.

Kraniospinal darajada zararlanishida klinik belgilar katastrofik xarakterda bo’ladi, o’lik tug’ilish yoki chaqaloq hayotining 1-chi soatlarida rivojlanib boruvchi nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan letal oqibat kelib chiqadi. O’rta o’tkir kechishida spinal shok qisqa vaqtli, harakat va reflektor buzilishlar kuchsiz ifodalangan bo’ladi. Metabolik buzilishlar og’ir nafas yetishmovchiklari uchun xos.

Diafragma parezi (SIII-SIV, Kofferat sindromi) bo’yin chigalini (n. Frenicus), yoki orqa miyaning zararlanishida rivojlanadi. Sindrom chegaralangan bo’ladi, lekin 75% hollarda qo’lning yuqori parezi yoki total paralichlar bilan birgalikda qo’shilib keladi. Diafragmal nervning zararlanishida ko’p hollarda Dyushen-Erbaning chap tomonlama parezi kuzatiladi. Diafragmal nerv zararlanishinida nafas buzilish sindromi asosiy hisoblanadi. Bolani ko’rikdan o’tkazganda ko’krak qafasi asimmetrik, zararlangan qismi nafas aktidan orqada qolgan, parodaksol nafas, auskultasiyada parez kuzatilgan qismda susaygan nafas, ayrim hollarda krepitasiyalovchi xirillashlar eshitilishi mumkin. Dyushen-Erbaning parez va paralichlari orqa miyaning SV-SVI segmentlari yoki yelka chigali zararlanishida rivojlanadi. Dyushen-Erba paralichining klinik manzarasi uchun quyidagi belgilar hos: qiyshik bo’yin - boshi zararlangan tomonga qiyshayishi, tizza bo’g’imi bukilgan, ichkariga burilgan, yelka bo’g’imining rotasiyasi, kaft ichkariga burilgan va orqaga tashqariga aylangan. Proksimal qismlarda mushaklar tonusi pasaygan, yelka harakatlari qiyinlashgan, tashqariga aylanib qolishi, tirsak bo’g’imidan bukilishi va elka supinasiyasi xarakterlidir.

Bolani yerga qaratib yotqizilganda, yuzi pastga qaraganda sog’lom qo’li tanasidan uzoqlashadi va ko’p miqdorda burmalar qo’lning ichki yuzasida aniqlanadi -"qo’qirchoq qo’li" simptomi musbat bo’ladi. Qo’ltiq osti sohasida ko’p burmalar bo’ladi - "qo’ltiq osti orolchasi" deyiladi. Passiv harakatlarda zararlangan oyoqlarda og’riq kuzatilmaydi, ayrim hollarda "shiqillash" simptomi musbat bo’lishi mumkin. Moro, Babkin, ushlab olish reflekslari pasayadi, pay refleksi bilan ikki boshli mushaklar harakati bo’lmaydi. Orqa miyaning SV-SVI segmentlari zararlanganda piramida yo’llari ham jarayonga tortiladi, natijada zararlangan oyoqlarda piramida simptomi kuzatiladi (tizza va axil reflekslari oshgan, kam hollarda son mushaklarining tonusi oshadi). Ko’p hollarda Dyushen-Erba proksimal paralichi o’ng tomonda yoki ikki tomonlama bo’lishi ham mumkin. Dejerin-Klyumpkening pastki distal paralichi - orqa miyaning SVII-TI segmentlarini yoki yelka chigalini pastki tutamini zararlanishlaridir. Qo’l distal qismi funksiyasining qo’pol buzilishi, paralichi bilan kechadi; kaft va barmoqlar bukuvchi funksiyasining pasayishi yoki umuman bo’lmasligi, tirsak bo’g’imi harakatlarining yo’qligi hos bo’ladi. Kaft nervining zararlanishida kaft "dengiz tyuleni" ko’rinishiga kiradi. Kaft oqish-sionatik rangda - "ishemik qo’lqop" simptomi, mushaklar atrofiyalangan, kaft qattiqlashgan. Yelka bo’g’imi funksiyasi buzilmagan, harakatlari saqlangan, Moro refleksi pasaygan, Babkin va ushlab olish reflekslari chaqirilmaydi. Bo’yin simpatik tolalari zararlanishi natijasida zararlangan tomonda Bernar-Gorner sindromi (ptoz, mioz, enoftalm) kuzatiladi. Yuqori qismlarning - qo’llarning total paralichi - Kerer simptomi orqa miyaning SV-TI segmentlarini va mos ravishda yelka chigali tutamini zararlanishi bilan rivojlanadi.

Orqa miya jaroxatlarining klinik belgilari qo’llarda sust parez va spastik oyoqlar, ikki tomonlama Bernar-Gorner sindromi musbat va bular trofik buzilishlar bilan kechadi. Elka chigali tutamining jarohati o’ziga hos klinikaga ega bo’lib, oyoqlarda simptomlarni o’tkazilishi bo’lmaydi. Orqa miya ko’krak qismining TI-TXII segmentlari zararlanishida ko’krak qafasining nafas mushaklari faoliyati buzilishi natijasida nafas buzilishlarining klinik belgilari kuzatiladi, nafas olish aktida diafragma pastga tushadi. Agar orqa miyaning TIII-TVI darajasidagi segmentlar zararlansa klinik belgilar spastik pastki paraparezlar aniqlanadi. Orqa miyaning pastki ko’krak segmentlari zararlanganda qorin devori mushaklari innervasiyasining buzilishi natijasida "bo’shashgan qorin" simptomi kuzatiladi. Bunday bolalarning ovozi past bo’ladi, lekin qorin devori bosimi oshganda ovozi kuchli chiqadi. Orqa miyaning bel-dumg’aza qismining tug’ruq jarohatlarida qo’llarda harakat aktivligi normal bo’lgan holda, pastki qismlarda oyoqlarda paraparezlar kuzatiladi.

Pastki qismlarda mushaklar tonusi pasaygan, aktiv harakatlar chegaralangan yoki umuman kuzatilmaydi. Oyoqlarda "baqa" pozasi, bolani vertikal qilib ko’targanda oyoqlari osilib yotadi, tayanch, avtomatik yurish va Bauer reflekslari chaqirilmaydi, tizza va axil reflekslari pasaygan, "qo’qirchoq oyoqlari" simptomi musbat bo’ladi.

Dumg’aza qismining jarohatlari kuchli bo’lsa anal refleks yo’qoladi, anusning yorilishi kuzatiladi, natijada siydik va najasni tutaolmaydi. Keyinchalik trofik buzilishlar - dumba mushaklari gipotrofiyasi rivojlanib boradi ("teshilgan koptok" simptomi musbat, sondagi burmalar yassilashadi, oyoq mushaklari atrofiyasi, tizza-to’piq sohalarida kontrakturalar).

Orqa miyaning qisman yoki to’liq yorilishlarida (bo’yin va yuqori ko’krak sohalarida uchraydi) zararlangan qismdan pastda parez (paralichlar) va spastik paralichlar kuzatiladi. Chanoq sohasi a'zolarining funksiyalari buziladi (siydik va najas ajralishini tutaolmaydi, tizza-to’piq bo’g’imlarida kontrakturalar).

Orqa miya yorilishlarida miyaga qon quyilishlari, miya shishi, shok chaqaloq hayotining 1-kunidan yoki 1-soatlarida kelib chiqishi mumkin va hali orqa miya zararlanishining nevrologik belgilari yuzaga chiqmasdan turib, bola bir necha soat ichida o’lishi mumkin.

Diafragma nervini jarohati 80-90% hollarda yelka chigalini (total va proksimal tipda) jaroqati bilan birgalikda keladi. Bir tomonlama parezlar klinik simptomlarsiz yoki minimal darajada nafas yetishmovchilik belgilari bilan kechadi. Diafragmani ikki tomonlama parezlari klinik belgilarning yaqqol namoyon bo’lishi bilan xarakterlanadi, chaqaloq hayotining birinchi soatlaridan kuchli nafas etishmovchilik belgilari namoyon bo’lib, bu tezlikda respirator trakt faoliyatini yaxshilashni talab qiladi.

Ko’krak qafasi rentgenogrammasida zararlangan tomonda diafragmaning yuqori turishi yoki diafragma harakatlarini sust bo’lishi xarakterlidir. Bosh miya va orqa miya tug’ruq jaroxatlarini tashhis qilishda anamnestik ma'lumotlar (homiladorlikni va tug’ruq jarayonlarini kechish xususiyatlari), bosh miya va orqa miyazararlanishining spesifik belgilarining klinik namoyon bo’lishi, laborator-instrumental diagnostika (qonning umumiy taxlili, lyumbal punksiya, neyrosonografiya, ikki proeksiyalarda rentgenologik tekshirish natijalari, KT, MRT), okulist ko’rigi asosiy ahamiyatga egadir.

Bosh miya va orqa miya tug’ruq jaroxatlarida davolash. Bosh miya va orqa miya tug’ruq jaroxatlarini davolashda qo’llaniladi: bolaga tinch sharoit yaratish, boshini ko’tarib qo’ish, umurtqa pog’onasini immobilizasiya qilish ("uchuvchi" yo’rgagi, Shans yoqasi, gipsli kravat usulida va 20 kun davomida zararlangan oyoqlari fiziologik "ovoz beruvchining" pozasida fiksasiya qilinadi). Orqa miya tug’ruq jarohatida og’riqni kamaytirish maqsadida tomir ichiga yoki mushak ichiga 50% analgin-0,1 ml dan; 0,5% seduksen eritmasi 0,1-0,2 (0,4) mg/kg; 20% GOMK eritmasi 100 mg/kg; kuchli og’riqlarda - fentanil 2-10 mkg/kg yoki morfin, promedol 0,1-0,2 mg/kg xar 2-3 soatdan buyuriladi, kuchli qo’zqalish va talvasalar kuzatilganda analogik preparatlar buyuriladi, narkotik vositalar qo’llanilmaydi.

Davolash tadbirlari oksigenoterapiya; degidratasiya (saluretiklar: laziks 1 mg/kg, veroshpiron 2-4 mg/kg/kuniga.; osmodiuretiklar: mannitol, manit, sorbitol 5-6 ml/kg), antigemorragik vositalar (vitamin K 1-2 mg/kg, 12,5% disinon eritmasi, etamzilat 10-15 mg/kg, plazma 10-15 ml/kg), antioksidant terapiya (aevit 0,1 ml/kg, vitamin Ye 5,10% yog’li eritmasi 0,2 ml/kg, 0,1 ml/kg, sitoxrom "C" 1 ml/kg), periferik va markaziy qon aylanishini normallashtirishni (adrenalin, atropin 0,05-1,0 mkg/kg/min, 0,5%dofamin eritmasi, 4% dopamin eritmasi 0,5-10 mkg/kg/min, dobutreks,dobutamin 2,0-10,0 mkg/kg/min) talab qiladi. KOS buzilishini, elektrolit balansini va uglevod almashunuvini korreksiyalash zarur. MNS va orqa miya jaroxatlarini o’tkir davri o’tgandan keyin funksiyalarni normallashtirish uchun sedativ ta'sirga ega bo’lgan nootrop preparatlar (fenibut, pantogam 40 mg/kg/, 100 mg/kuniga oshmasligi kerak, kuniga 2- martagacha buyuriladi) yoki stimullovchi (pirasetam 50-100 mg/kg/kuniga, pikamilon 1,5-2.0 mg/kg/kuniga 2 maxal kuniga, aminalon 0,125 mg kuniga 2 marta, ensefabol 20-40 mg/kg/kuniga) qo’llaniladi. Bosh miya va orqa miya jaroxatlarining o’rta o’tkir davrida miyada qon aylanishini yaxshilash uchun trental, kavinton, vinposetin 1 mg/kg/kuniga, tanakan 1 tomchi./kg 2 maxal kuniga tavsiya etiladi. MNS da metabolik jarayonlarni yaxshilash uchun mushak ichiga va tomir ichiga aktovegin 0,5-1,0 ml (80 mg/kg) keng qo’llaniladi. Nevr-mushak o’tkazuvchanligini yaxshilash maqsadida dibazol, galantamin, prozerin, 1-chi hafta oxirida nerv tolalarini mielinizasiyasini ta'minlash uchun vitaminlar B1, B6, 2- chi hafta oxirida - vitamin B12 buyuriladi va umumiy davo 15-20 in'eksiyagacha olib boriladi. Hayotining 8-10 kunligidan fizioterapiya o’tkaziladi; bo’yin sohasiga 0,5-1,0% eufillin yoki nikotin kislotasi bilan 10-12 kurs elektroforez usulida muolaja o’tkaziladi. Kasallikning o’tkir jarayoni o’tgandan keyin gimnastika, massajlarga ko’rsatma beriladi. Bosh miya va orqa miya tug’ruq jaroxatlarining shoshilinch holatlarida miya ichi gematomalarini operativ yo’l bilan olib tashlash lozimdir.


Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish