Toshkent tibbiyot akademiyasi "tasdiqlayman" "kelishldi"



Download 1,8 Mb.
bet7/14
Sana07.10.2019
Hajmi1,8 Mb.
#23102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
неонатология китоб


Nazorat savollari:

1. Chaqaloqlarda sepsisning paydo bo’lish sabablariq

2. Sepsisning klinik shakllari.

3. Septik jarayonning tarqoq bo’lishidagi asoratlarq

4. Septik holatlarni tashhislash usullariq

5. Yiringli septik kasalliklarni davolash usullari.

6. Yiringli septik kasalliklarni profilaktikasiq

7. Sepsisda bemor muammolarini aytib bering.


NAFAS BUZILIShI SINDROMIDA HAMSHIRALIK JARAYONI. PARVARISHLASH USULLARI

Nafas buzilish sindromi o’pkaning perinatal orttirilgan noinfeksion etiologiyali kasalligi bo’lib (pnevmopatiyalar), o’pka to’qimasining funksional yetilmaganligiga olib keladi.

Ularga quyidagilar kiradi:

- birlamchi atelektazlar

- gialin membranalar kasalligi

- shish-gemorragik sindrom

Kasallikning rivojlanish sabablariga quyidagilar kiradi:

1) chalalik va homila ichi rivojlanishidan orqada qolish;

2) xomila ichi infeksiyalari

3) perinatal gipoksiya

4) bosh va orqa miya qon talashlari;

5) sovuq qotish;

6) kamqonlikning og’ir darajasi;

7) onada qandli diabet;

8) tranzitor gipofunksiya

9) kesar kesish operasiyasi;


Nafas buzilish sindromi patogenezining asosiy zanjiri: surfaktant tanqisligi.

Surfaktant nafas olish vaqtida alveolalarning yopishib qolishini oldini oladi, bakterisid faollikga ega, alveolalar devorida tomirlar o’tkazuvchanligining kerakli bosimini ushlab turadi. Surfaktant homiladorlikning 35-36 haftasida hosil bo’ladi. Surfaktant sintezi gipoksiya, asidoz, gipotermiya natijasida pasayadi. Natijada og’ir gipoksemiya rivojlanadi. Gipoksiya, giperkapniya keyin respirator-metabolik asidoz rivojlanadi, miya funksional holati buziladi, yurak yetishmovchiligi, mikrosirkulyasiya buzilishi kuzatiladi.



Klinikasi.

1. Hansirash - nafas qarakati minutiga 60 martadan yuqori.

2. Ekspirator shovqin - nafas chiqarishda ovoz tirqishining spazmi natijasida paydo bo’ladigan "xirillovchi nafas chiqarish", bu qoldiq o’pka hajmining ortishiga sabab bo’ladi va alveolalarning yopishishiga to’sqinlik qiladi.

3. Nafas olishda ko’krak qafasining ichkariga tortilishi (qilichsimon o’simta, qovurg’alar orasi, o’mrov usti chuqurchasining tortilishi). Keyin burun qanotlarining kerkishi, apnoe xuruji, sianoz, lunjlar shishi, paradoksal nafas, barmoqlar, oyoqlar shishi kuzatiladi. Yassi ko’krak qafasi xarakterlidir.

4. Yurak qon-tomir buzilishlari - taxikardiya, yurak tonlari bo’g’iqligi. Oval teshik va arterial yo’lak orqali qonni o’ngdan chapga o’tishi kuzatiladi. Tomirlar o’tkazuvchanligining ortishi natijasida qon quyuqlashadi, kompensator mexanizmlarning pasayishi natijasida arterial bosim pasayadi. O’pkada nafasning tez tiklanishi yoki sun'iy o’pka ventilyasiyasi natijasida chap o’ng shunt yuzaga keladi, puls bosimi ortadi, tomirlarda sistolik shovqin eshitiladi.

5. Umumiy simptomlar:

- gipotermiyaga moyillik

- noemosional yig’lash yoki umuman yig’lamaslik;

- mushak gipotoniyasi

- giporefleksiya

- ishtahani pasayishi

- qayd qilish;


Nafas buzilish sindromining kechishi.

Yaxshi oqibat bilan kechishida 2-3 sutkadan keyin ko’krak qafasining tortilish intensivligi, apnoe xurujlari, shish, mushak tonuslari ko’tariladi, spontan nafas harakati paydo bo’ladi, bolada nevrologik status yaxshilanadi. Agar kasallik pnevmoniya bilan asoratlanmasa, nafas buzilish simptomlari asta-sekin 5-6 kundan keyin yo’qoladi.



Tashhislash.

Tashhis klinik simptomlar va rentgenologik ma'lumotlarga, chaqaloq holatiga Silverman shkalasi bo’yicha baho berishga asosan qo’yiladi.

Qiyosiy tashhis:

- o’pka genezli nafas buzilishlari bilan (pnevmoniya, o’pkaning tug’ma rivojlanish nuqsonlari).

-o’pkadan tashqari nafas buzilishlari (ikkilamchi nafas buzilishlari, kalla ichi tug’ruq jaroqatlari, orqa miya tug’ruq jaroqatlari, yurak tug’ma nuqsonlari, diafragmal churra, polisitemiya, metabolik buzilishlar).

Davosi.Parvarish sovuq qotish profilaktikasiga qaratilgan. Sovuq qotish surfaktant sintezining pasayishiga, metabolik asidozning ortishi, apnoe xurujlari paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Bolani tug’ilgandan keyin steril yo’rgakga o’rash kerak. Bolani issiqlik manbaiga qo’yish kerak, kuvezda 34-35°C li haroratda parvarishlash lozim. Har 2 soatda bolaning tana haroratini o’lchash kerak.Nafas olishning kislorod bilan to’yinishi qondagi gaz almashinuvini normallashtiradi, bunda shuni e'tiborga olish kerakki, quruq va sovuq kislorod o’pka to’qimasini zararlaydi, arteriolalar spazmiga, o’pka gipertenziyasi va asidozga olib keladi. 30-32°C issiqlik va nam kislorod juda zarurdir. Kislorodning toksik xususiyatini kamaytirish uchun har kuni mushak orasiga vitamin Ye 20 mg/kg 5 kun davomida

qilinadi.

Apnoe xurujlarida - parenteral eufillin 3-5 mg/1kg tana vazniga yuboriladi. Sun'iy o’pka ventilyasiyasidagi barcha bolalarga antibiotikoterapiya o’tkaziladi.

Ovqatlantirish - birinchi 1-2 kunlarida parenteral. Birinchi sutkada suyuqlik hajmi 50-60 ml/kg. To’liq parenteral ovqatlanishda, asosan sun'iy o’pka ventilyasiyasida yotgan bolalarga, DVS sindrom profilaktikasi uchun geparin 10 HB har 6 soatda yuboriladi.

Bolani ahvoli yaxshilangandan keyin va hansirash pasayganda, bola sut bilan ovqatlantiriladi, apnoesi bor yoki yo’qligi aniqlanadi, nazorat uchun distillangan suv chiriladi, agar bola qusmasa, ovqatlantirish davom ettiriladi. Ovqatlantirish turi bola ahvoliga, kasallikni og’irlik darajasiga va so’rish refleksiga bog’liq.



Oqibati.Kasallikning og’irlik darajasi va hamroq patologiyalarga bog’liq. Nafas buzilish sindromini o’tkazgan bolalar hayotining birinchi yilida pnevmoniya bilan kasallanadi.

Profilaktikasi.Onaga tug’ruqdan 3 sutka oldin har 12 soatda 6 mgdan betametazon (deksametazon har 24 soatda) in'eksiya qilinadi.

Tug’ruqni uzaytirish ham foyda beradi, chunki suvsiz davr 2 sutkadan ortiq davom etsa, nafas buzilish sindromi rivojlanmaydi.


Nazorat savollari:

1. Chaqaloqlarda nafas buzilish sindromiga (NBS) qaysi sabablar olib keladi

2. NBSning klinik shakllari.

3. NBSdagi asoratlar

4. NBSning tashqislash usullari

5. NBSning davolash usullari.

6. NBSning profilaktik chora-tadbirlari

7. NBSda hamshiralik jarayoni.

8. NBSda hamshiralik muammosi.
CHAQALOQLAR PNEVMONIYASIDAHAMSHIRALIK JARAYONI. PARVARISH USULLARI

Chaqaloqlar pnevmoniyasi homila ichi (tug’ma) va postnatal (orttirilgan) turlariga bo’linadi. Orttirilgan yoki postnatal pnevmoniya o’z navbatida kasalxonadan tashqari va kasalxona ichi pnevmoniyasiga ajratiladi. Bundan tashqari pnevmoniya birlamchi va ikkilamchi (misol, sepsisda) turlariga bo’linadi. Chaqaloqlik davrida pnevmoniyaning ko’p uchrashi nafas olish a’zolarining anatomik-fiziologik xususiyatlariga, organizmning infeksiyalarga bo’lgan qarshiligi kuchsizligiga, atelektazning tez rivojlanishiga, tug’ruq vaqtida qog’anoq oldi suvi aspirasiyasiga, emizish vaqtida ko’krak suti aspirasiyasiga, nafas markazlarining yaxshi yetilmaganligiga va boshqa omillarga bog’liqdir. Pnevmoniyani bakteriyalar, mikroblar, viruslar, zamburug’lar, oddiy mikroblar qo’zg’atadi.

O’choqli bronxopnevmoniya ko’pincha kataral holatlar bilan boshlanadi; asta-sekin bola ahvoli og’irlashadi, so’rish aktivligi va tana vazniga qo’shilishi pasayadi, burun qanotlari kerilishi, hansirash kuzatiladi, og’iz-burun atrofi sianozi, og’izdan ko’pik ajralishi, nafas ritmining buzilishi, apnoe; temperatura reaksiyasi bilinar-bilinmasligi aniqlanadi. Auskultasiyada o’pkada dag’al nafas fonida nam xirillashlar eshitiladi. Agar pnevmoniyani adenovirusli infeksiyalar chaqirgan bo’lsa, kasallik klinikasi o’tkir, yaqqol kechadi (ko’krak qafasi shishgan, mayda pufakchali nam xirillashlar eshitiladi, yurak tonlari bo’g’iq, tana vazni pasaygan, to’qimalar turgori pasaygan) klinik mansarasi namoyon bo’ladi.

O’tkir interstisial pnevmoniyani virusli infeksiyalar chaqiradi.



Simptomlari. Yuqori bezgak, lanjlik bilan almashinovchi bezovtalik, ko’krakdan bosh tortish, qayd qilish, qusish kuzatiladi. Meningial sindromlar (katta liqildoq ko’tarilishi, talvasa, ensa mushaklari tarangligi) aniqlanadi. Kataral belgilar kam rivojlanadi yoki umuman kuzatilmaydi. Nafas olishi shovqinli, aritmik, apnoe, burun qanotlari kerilishi; nafas olish soni bir minutda 80-100 marta, sianoz kuzatiladi.

Ko’krak qafasi shishgan, dag’al nafas eshitiladi, xirillashlar ko’p eshitilmaydi. Yurak tonlari bo’g’iq, embriokardiya ko’rinishida bo’lishi mumkin. Jigar kattalashadi.Terisida bichilishlar, og’iz shilliq qavatlarida og’izning oqarishi (molochnisa) aniqlanadi. Pnevmoniyaning kechishi 3-4 haftagacha bo’lsa, cho’ziluvchan pnevmoniya deyiladi, ba'zida l,5-2 oygacha cho’ziladi. Kasallik qaytalanishi otit, piodermiya, plevrit bilan asoratlanishi mumkin.



Oqibati. Kasallikni o’z vaqtida tashhislab, davolansa oqibati yaxshi tugaydi.

Septik pnevmoniyani ko’pincha stafilokokk infeksiyasi chaqiradi. Birlamchi pnevmoniyani stafilokokklar chaqiradi va ikkilamchi pnevmoniya sepsis bilan asoratlanadi.



Simptomlari. Septik pnevmoniya chaqaloqlik pnevmoniyasining og’ir shakllaridan biri bo’lib, ba'zida o’ta o’tkir kechib, letal oqibat bilan tugaydi. Anamnezida stafilokokk o’choqlari (piodermiya, onasida mastit va boshqalar aniqlanadi). Kasallik o’tkir, tez, toksikoz bilan rivojlanadi. O’pkada destruktiv o’zgarishlar xarakterli:

-bullez emfizema rivojlanadi

-mayda va yirik bo’shliqli abssesslar, turli lokalizasiyada joylashadi, ba'zida

piopnevmotoraks va empiemaga sabab bo’ladi.

Homila ichi pnevmoniyasi homiladorlik vaqtida onaning kasalligi natijasida homilaning zararlanishi yoki tug’ruq vaqtida qog’anoq oldi suvi aspirasiyasi natijasida zararlanishidan kelib chiqadi.

Simptomlari. Bola tug’ilgandan keyin hayotining birinchi soatlarida ahvoli o’ta og’ir: hansirash, sianoz, asfiksiya xurujlari, tana haroratining ko’tarilishi; auskultasiyada o’pkada dag’al nafas fonida quruq va nam xirillashlar eshitiladi.

Atelektazli pnevmoniya ko’pincha chala tug’ilganlar va kuchsiz chaqaloqlarda rivojlanadi, chunki ularda o’pka atelektazi tez rivojlanadi, bu esa o’pka ventilyasiyasining buzilishiga va dimlanishga olib keladi. Kasallik simptomlari har doim ham yaqqol bilinmaydi. Chaqaloqning ahvoli yomonlashadi, asfiksiya, hansirash, sianoz, nafas yetishmovchiligi rivojlanadi. Atelektazli sohalarda perkutor tovush qisqaradi. Bola yig’laganda va chuqur nafas olganda nam xirillashlar eshitiladi.

Kasallik uzoq, davriy xurujlar bilan kechadi.

Chaqaloqlar pnevmoniyasining davosi. Tabiiy ovqatlantirish, parvarishlash (bosh qismini ko’tarish, tana holatini o’zgartirish, bola holatini u yondan bu yonga almashtirib turish), toza havo kirishini ta'minlash, nam kislorod yuborish; asidozni

korreksiyalash.

Chala tug’ilgan chaqaloqlarda pnevmoniyani davolashda parvarish asosiy o’rinda turadi, yetarli parvarish qilinmasa, kasallik xurujiga sabab bo’ladi.

Parvarishning asosini quyidagilar tashkil etadi:

1. Xonani shamollatish. Bemor yotgan xona doimo faol ravijda shamollatib turilishi zarur.Toza havo yuqori nafas yo’llari orqali nafas olish markaziga ta'sir etadi, qon aylanishini yaxshilaydi, markaziy asab tizimiga tinchlantiruvchi ta'sir etadi. Toza havoning ta'siri quyidagicha namoyon bo’ladi: teri qoplamlari och pushti rangda, nafas olishi chuqurlashadi, sianoz kamayadi, bola tez uxlaydi.

Xonani shamollatish intensivligi pnevmoniya xarakteriga bog’liq. Agar nafas etishmovchiligi yaqqol rivojlangan bo’lsa, xonani tez-tez shamollatib turish kerak. Xona harorati 20°C va undan past bo’lishi ham tavsiya etiladi, lekin bunda chaqaloq sovuq qotib qolmasligi kerak. Barcha muolajalar vaqtida chaqaloq yaxshi isitilishi kerak (yo’rgaklash, tualet va boshqalar), bu muolajalar vaqtida asosan isitish vositalaridan foydalanish zarur.

2. Tanaga ko’tarilgan xolat berish. Pnevmoniya bilan kasallangan bola gavdasining yuqori kismi balandroq ko’tarilgan, boshi esa bir oz orqaga tashlangan xolatda bo’lishi kerak. Bunday xolatda ichak, oshqozon va diafragma pastga tushadi, bu esa o’pka pastki qismlarining ochilishi va nafas olish yuzasining ko’payishiga olib keladi. Bunday xolatni egallash uchun turli moslamalardan foydalanish mumkin.

3. Ikki tomonlama zotiljamda bolani holatini o’zgartirib turish kerak, har 1-2 soatda u yonboshdan bu yonboshga almashtirib turish zarur, bu esa o’pkada bir xil ventilyasiyasini ta'minlaydi. Agar bolada bir tomonlama, qo’shilgan pnevmoniya bo’lsa, bolani sog’lom o’pka tomoniga yotqizish kerak.

4. Nafas yo’llaridagi shilliqni elektr so’rqich yoki rezinali ballon bilan tozalab turish zarur.

5. Pnevmoniya bilan kasallangan chaqaloqlar yetarli miqdorda suyuqlik bilan ta'minlanishi zarur. Bola nafas olganda, hansiraganda organizmdan ko’p suyuqlik ajralib chiqadi. Buning natijasida chala tug’ilgan va chalalik og’ir darajasida ko’p suyuqlik yo’qotish natijasida suvsizlik kelib chiqishi mumkin.

6. Pnevmoniya bilan kasallangan bemorlarda meteorizmni oldini olish kerak,

meteorizmda diafragma yuqoriga ko’tariladi, bu esa o’pkaning pastki qismida ventilyasiyani yomonlashtiradi. Meteorizmga moyil bolalarning qornini sutkada bir

necha marta massaj qilib turish kerak. Gaz chiqaruvchi trubkalar qo’yiladi, qorinni yengil massaj qilish tavsiya etiladi, agar bu ham yordam bermasa, shifokor tavsiya bilan prozerin qilinadi.

7. Chaqaloqni qattiq yo’rgaklash tavsiya etilmaydi, bolaning qo’llari erkin turishi kerak.

Pnevmoniya bilan kasallangan bolalarni ovqatlantirish

Chaqaloqlarda, asosan chala tug’ilganlarda, kasallikning o’tkir davrida toksikoz, nafas yetishmovchiligi yaqqol rivojlanganda, chaqaloqlarda so’rish, yutish reflekslari pasayadi, bu nafas koordinasiyasini buzilishiga, aspirasiyaga sabab bo’ladi. So’rish aktining o’zi ham funksional zo’riqish hisoblanadi, nafas buzilishi darajasini kuchaytiradi, buning natijasida asfiksiya rivojlanadi. Shuning uchun pnevmoniya og’ir darajalarida bolani ko’krak bilan emizish so’rg’ich yoki oshqozon zondi orqali emizish bilan almashtirib turiladi. Kuchli intoksikasiya davrida bolaning ichadigan sut miqdori kamayadi, bu organizmning himoya funksiyasi deb baholanadi.Og’ir holatlarda bolani majburiy ovqatlantirish qayd qilishga, aspirasiyaga, ichak disfunksiyasiga olib keladi. Klinisistlar tavsiyasiga ko’ra, pnevmoniyaning toksikoz davrida (3-7 kun) bemorlarni yengil ovqatlantirish tavsiya etiladi. Sut hajmi sutkalik talabning 2/3-1/2 va ba'zida - 1/3 qismini tashkil qiladi. Shishadan ovqatlantirish soni 1-3 martaga ko’paytiriladi, og’ir holatlarda zond orqali 6 marta ovqatlantirish buyuriladi. Bolani ovqatlantirilayotganda sut hajmi bolani ahvoliga qarab beriladi, agar bola qayd qilsa, sut hajmi kamaytiriladi. Chaqaloqni ovqatlantirishdan oldin va keyin nafas yo’llari shilliqdan tozalanadi va kislorod ingalyasiyasi qilinadi.

Bundan tashqari, chaqaloqlarning suyuqlikga bo’lgan fiziologik talabini ta'minlash zarur. Agar bola yetarli miqdorda suyuqlik ichmasa, suv-elektrolit balansi buziladi va degidratasiya rivojlanadi. Ko’p miqdorda suyuqlik ichirish gipergidratasiyaga, yurak qon tomir faoliyati buzilishiga, shish, chaqaloq ahvolini og’irlashuviga olib keladi.Bu ayniqsa, chala tuh’ilganlarda ko’proq namoyon bo’ladi.

Medikamentoz davo shifokor tavsiyasiga binoan o’tkaziladi.

Antibiotiklar: penisillin (40000-50000 B/kg tana vazniga sutka davomida, og’ir holatlarda 150000-200000 B/kg tana vazniga, m/o sutka davomida) polusintetik preparatlar penisillin, eritromisin (0,04-0,05 g/kg sutkada tana vazniga), seporin, gentamisin va keng spektrli boshqa antibiotiklar buyuriladi. Antibiotikoterapiya 10-15 kunni tashkil etadi.Agar antibiotiklarning samarasi bo’lmasa, 4-6 kundan keyin antibiotiklarni kombinasiya qilish yoki almashtirish zarur.

Cho’ziluvchan stafilokokli pnevmoniyada stimullovchi terapiya buyuriladi:

antistafilokokkli gamma-globulin 1,5-3 ml m/o har 2-3 kunda, davo kursi 3-5 in'eksiyadan iborat; antistafilokokkli plazma quyiladi. Toksikozda 5% glyukoza va tomir ichiga 10-20 % glyukoza 15-20 ml/kg tana vazniga har kuni buyuriladi, natriy xloridning izotonik eritmasi quyiladi. Og’ir holatlarda prednizolonning qisqa kursi 1-2 mg/kg tana vazniga 7-8 kun davomida tavsiya etiladi. Kordiamin 0,2 ml 3-4 marta teri ostiga yuboriladi.
Nazorat savollari:

1. Qanday sabablar chaqaloqlar pnevmoniyasini yuzaga keltiradi

2. Pnevmoniyaning klinik shakllari.

3. Pnevmoniyaning asoratlari

4. Pnevmoniyaning tashhislash usullarini tushintiring.

5. Chaqaloqlar pnevmoniyasini parvarishlash usullari.

6. Pnevmoniyaning qanday profilaktikasini bilasiz

7. Pnevmoniyada hamshiralik jarayoni.

8. Pnevmoniyada bemor muammosini tushintiring.
CHAQALOQLAR SARIQLIGIDAHAMSHIRALIK JARAYONI VA PARVARISHI

Sariqlik sindromibog’langan va bog’lanmagan bilirubinning qon va to’qimalarda to’planishi va natijada teri, shilliqqavatlar, skleraning sariq rangda bo’lishi bilan xarakterlanadi. Sariqlikning intensivligi bilirubin miqdoriga va qonda bog’lanmaganbilirubinning konsentrasiyasi ortishiga bog’liq, teri va shilliqqavatlar rangi och limon rangdan to’q sariq ranggacha bo’ladi. Bog’langan bilirubin miqdorining oshishi (kon'yugirlangan) terining sariq yoki sariq-yashil tusga kirishiga sabab bo’ladi. Birinchi navbatda sklera vaqattiq tanglay shilliqqavatlari sarg’ayadi, keyin teri sarg’ayadi. Yetuk tug’ilgan chaqaloqlarda bilirubin miqdori 75 - 85 mkmol/l, chala tug’ilganva gestasion yoshi muddatiga mos kam vaznli chaqaloqlarda bilirubin miqdori 95-105 mkmol/l bo’lganda sariqlik paydo bo’ladi.

Sariqlik 65 - 70% chaqaloqlarda hayotining birinchi havtasida yuzaga keladi, faqatgina 10% hollarda sariqlik patologik bo’lishi mumkin.

Bilirubin almashinuvi bosqichi.

75-85% bilirubin chaqaloqlarda gemoglobindagi eritrositlarning parchalanishi natijasida yuzaga keladi.qolgan 15-25% noeritrositar gemdan (mioglobin, sitoxromlar) paydo bo’ladi.

Eritrositlar retikul-endotelial tizimda (jigar,taloqda) parchalanadi. Bunda hosil bo’lgan gemoglobin plazmali oqsillar gaptoglobin, gem-gemopeksin va albumin bilan birikadi. Bu hosil bo’lgan birikmalar yangida retikulo-endotelial hujayra tizimni biriktiradi.

Gemoksigenazalar ta'sirida (jigar va taloqhujayralarida, suyak ko’migida bo’ladi) gemdan verdogemoglobin hosil bo’ladi. Keyin undan temir ajralib chiqadi, biliverdin hosil bo’ladi, biliverdindan biliverdin reduktaza ta'sirida - erkin bilirubin hosil bo’ladi.1 g gemoglobin katabolizmida 35 mg bilirubin hosi lqiladi.

Bilirubin IX - q (Z - Z izomer) qisqa vaqtda erkin holda bo’ladi, tomirlarda plazma oqsili (albuminlar bilan) bilan birikadi. Bilirubin va albuminning bu hosilasi yirik hosila hisoblanadi. Shuning uchun, u kuchsiz toksik xususiyatga ega, miyaga tushmaydi va bilirubin ensefalopatiyani chaqiradi. Albuminning bir molekulasi 2 molekula bilirubin bilan boqlanadi (bittasi kuchli boqlam, ikkinchisi kuchsiz boqlamga ega). 1g albumin 14,4 mkmol bilirubin bilan boqlanadi. Chaqaloqlar qonida 99% bog’lanmagan bilirubin albumin bilan boqlanadi va faqat 1% erkin holda bo’ladi. Ba'zi bir patologikholatlarda (chalalik, homilaning rivojlanmay qolishi, gipoproteinemiya, asfiksiya) bog’lanmagan albumin bilan bog’lanmagan bilirubin miqdori oshadi.

Albuminning bilirubin bilan bog’lanishi ko’p omillarga bog’liq:

-qon pHiga (asidoz bilirubinning albumin bilan bog’lanishini pasaytiradi);

-chaqaloqqonida ekzo-va endogen moddalar borligi, bu moddalar albumin bilan boqlanishga konkurent hisoblanadi. Ularga quyidagilar kiradi: medikamentlar (laziks, yurak glikozidlari, salisilatlar, ba'zi antibiotiklar), estrogenlar, erkin yoq kislotalari va boshqalar.Oqsil bilan bog’langan bilirubin gepatositlarning sinusoidal membranasiga tushadi va transportiruetsya transporter-bog’lovchi bilan jigar hujayralariga o’tadi. hujayra ichida bilirubin ligandin (Y- protein) va kam miqdorda Z protein bilan bog’lanadi. Uning kon'yugasiyasi gepatositlarda silliq endoplazmatik retikulum hujayralarida yuz beradi. Bu reaksiya uchun glyukuron kislota kerak bo’ladi, u glyukozadan va glyukuroniltransferaza fermentidan sintezlanadi .Bunda bilirubin-monoglyukuronid (BMG) hosil bo’ladi. Glyukuron kislotaning ikkinchi molekulasi o’t kapillyarlariga bilirubin-monoglyukuronid o’tgandan keyin, gepatositlarning kanalikulyar membranasida bilirubin-diklyukuronid (BDG) hosil bo’ladi.

Sog’lom chaqaloqlarda bog’langan bilirubin fraksiyasi:

- bilirubin-monoglyukuronid (MGB) 20%;

- bilirubin-diklyukuronid (BDG) - 80%.

Ichakga o’tgan kon'yugasiyalangan bilirubinning ichak florasi ta'sirida rangsiz pigment urobilinogenga aylanadi va keyinchalik sterkobilinga aylanadi, sterkobilin najas orqali chiqadi. Chaqaloqhayotining birinchi kunida bu jarayon ichak sterilligi sababli buziladi. Bundan tashqari chaqaloqlar ichak devori b - glyukuronidaza fermenti bo’ladi, u bog’langan bilirubinni glyukuron parchalaydi va uni bog’lanmagan (kon'yugirlanmagan) bilirubinga aylantiradi, u ichakda so’rilib, qonga o’tadi.

Yuqori chastotali sariqliklarda bilirubin almashinuvining xususiyatlari:

І. Bog’lanmagan bilirubinning ko’p hosil bo’lishi:

1) fetal gemoglobin (70-90 kun kattalarda 120 kunni tashkil etadi) hosilqiladigan eritrositlarning yashash davri qisqaligi;

2) tranzitor polisitemiya;

3) suyak ko’migida eritropoez yaxshi shakllanmaganligi sababli yetilmagan eritrositlarning ko’p parchalanishi;

4) gem-mioglobindan, sitoxromlardan bog’lanmagan bilirubin hosil bo’lishining yuqoriligi;

5) gipoksiya, asidozlarda bilirubin-albumin molekula kompleksining yuqori dissosiasiyasi.

ІІ. Jigar fuknsional holati, kon'yugasiyasi va ekskresiyasining pasayishi :

1) tranzitor gipoalbuminemiya;

2) tashuvchi oqsillar hosil bo’lishi sekinlashuvi;

3) jigar fermentativ tizimi faolligi pasayishi glyukuroniltransferaza hosil bo’lishini kechiktiradi;

4) glyukoza, ATF tanqisligi kon'yugasiya jarayonini sekinlashtiradi chaqaloqlar qonida steroidlar miqdori ko’pligi jigarda glyukuroniltransferaza faolligini pasaytiradi;

5) gepatositlardan bilirubin ekskresiyasi pasayishi tashuvchi oqsillarning yetarli emasligi va o’t yo’llari torligiga bog’liq.

ІІІ. Bilirubinning yuqori enterogepatik sirkulyasisi quyidagi sabablarga ko’ra yuz beradi:

1) ichak b-glyukuronidazasining yuqori faolligi;

2) chaqaloqhayotining birinchi kunida Aransiev yo’li o’z funksiyasini davom ettirishi (ichakdan bog’lanmagan bilirubin qonga o’tadi, keyin jigar orqali portal oqimga o’tadi);

3) ichak sterilligi.

Neonatal sariqlik tasnifi

Chaqaloqlarda giperbilirubinemiyaning sabablari turlicha, shunga asosan neonatal sariqlikning tasnifi ham turlichadir.

I. hamma sariqliklar fiziologik (chaqaloqlar sariqligining 90%) va patologikga (barcha sariqlikning 10%) bo’linadi.

II. Neonatal sariqliklar kelib chiqishiga ko’ra, nasliy va orttirilgan bo’ladi.

III. Laborator ko’rsatgichlarga ko’ra, neonatal sariqliklar ikki guruhga bo’linadi:

1. bog’lanmagan bilirubin ustunligi bilan kechuvchi giperbilirubinemiya;

2. bog’langan bilirubinning ustunligi bilankechuvchigiperbilirubinemiya.

IV. Patogenetik tasnifi:



Fiziologik sariqlik

- chaqaloqtug’ilgandan 36 soatdan keyin paydo bo’ladi.

- yetuktug’ilganlarda bilirubin bola hayotining 3-4 kunlarida, chala tug’ilganlarda 5-7 kunlarida yuqoriga chiqadi.

- bilirubinning miqdori 12 mg/l (205 mkmol/l)

- bolaning klinik holati qoniqarli

- sariqlik yetuktug’ilganlarda hayotining 14 kunida, chala tug’ilganlarda 21 kunida yo’qoladi.

Agar bolada fiziologik sariqlik bo’lsa:

- Kramer shkalasi bo’yicha bilirubin miqdorini aniqlash.

- rasional ovqatlantirish.

- bolaga kunlik monitoring o’tkazish.

- bolani parvarishlash

- chaqaloqni uyiga jABOb berish mumkin.



Patologik sariqlik:

- sariqlik bola hayotining birinchi sutkasida va 7-chi sutkasidan keyin paydo bo’ladi.

- bog’langan bilirubin> 34 mkmol/l (2 mg/dl)

- bolaningahvoliog’ir bo’ladi.

- jigar va talog’i kattalashgan

- najasi rangsiz, peshobi qora rangda bo’ladi.

- sariqlik yetuk tug’ilganlarda > 14 kundan ko’p va chala tug’ilganlarda >21 kundan ko’p bo’ladi, cho’ziluvchan sariqlik deyiladi.

Agar bolada patologik sariqlik kuzatilsa:

- fototerapiyani boshlash zarur;

- qon zardobida bilirubinning umumiy miqdori va fraksiyasini aniqlash kerak;



Neonatal sariqlikning asoratlari

- bilirubin ensefalopatiyasi - bu markaziy asab tizimining o’tkir zararlanishidir.

- yadro sariqligi - markaziy asab tizimining surunkali qaytmas zararlanishi
Neonatal sariqlikning ko’pgina sabablari fiziologik hisoblanadi, ammo har bir sariqlikni o’z vaqtida aniqlash muhim ahamiyatga ega bo’lib, bola hayoti uchun xavfli bo’lgan patologik sariqlikni erta tashhislash va davolashga yordam beradi.

Neonatal sariqlikda klinik tekshiruvlar:

Teri qoplamlari rangini baqolash:

-bola yechintiriladi, ko’rik vaqtida issiqlik himoyasi o’tkaziladi (bolaga yoruqlik yaxshi tushib turgan bo’lishi kerak).

-terining ma'lum bir sohasi teri osti yog’qavatigacha bosib ko’riladi

-sariqlik joylashishi aniqlanadi

-bolaning umumiy ahvoliga baho beriladi (reflekslari aniqlanadi)

-bolani ko’krakni qanday emishiga baho beriladi

-peshob va ich kelishi baholanadi (necha marta va rangi)

-jigar va taloqo’lchami aniqlanadi

- gematoma va kefalogematoma bor yoki yo’qligi aniqlanadi.

Anamnezi:

- onaning qon guruhi va Rh-omili

- xomiladorlik va tug’ruq vaqtidagi infeksiyalar

- nasliy kasalliklari

- oldingi bolalarida sariqlik kuzatilganmi yoki yo’qmi

- bolanin tug’ilgandagi vazni va gestasiya muddati

- chaqaloqlarni ovqatlantirilish (sut yetishmasligi yoki qusish)

- chaqaloqlarga neonatal reanimasiya o’tkazildimi yoki yo’qmi

Moyillik omillari

- o’tkir gemoliz

- chalalik

- qon talashlar yoki kefalogematoma

- bola tana vaznining birdan yo’qotilishi (10%dan yuqori)

- neonatal asfiksiya yoki asidoz

- neonatal infeksiya

- gipoalbuminemiya (< 30 g/l)

Neonatal sariqlikda parvarish

1) Antenatal va erta tug’ruqdan keyingi sariqlik

2) Sariqlik kuzatilgan chaqaloqlarni postnatal kuzatish

Antenatal va erta tug’ruqdan keyingi davrlarda kuzatish:

-tug’ruqgacha bo’lgan bosqichda hamma homilador ayollarga qon guruhi va qondagi Rh-omilni aniqlash tavsiya etiladi. Qoni Rh-manfiy bo’lgan onalar aniqlanadi.

Chaqaloqning qon guruhi va rezus omili, kindik qonida Kumbs sinamasi o’tkaziladi.

Qon guruhi 0 (I) va Rh- omili musbat bo’lgan onalarda:

- bolaningqon guruhi kindik qonida aniqlanadi va Kumbs sinamasi o’tkaziladi.

Postnatal davr: Chaqaloqni har 8-12 soatda ko’rikdan o’tkazish kerak.

Parvarishning asosiy usullari quyidagicha:

- ko’krak suti bilan adekvat emizish (minimum qar 8soatda)

- bolagaqo’shimcha suv yoki glyukoza eritmasi berish tavsiya etilmaydi.

- issiqlik rejimini saqlash kerak.



Ko’krak suti bilan bog’liq sariqlik

Sariqlik sun'iy ovqatlantirishda bo’lgan 3-5% chaqaloqlarda aniqlanadi. Asosiy kasalliklarning klinik belgilari kuzatilmagan sog’lom chaqaloqlarda ham aniqlanadi. Bilirubinning ortishi ikkita cho’qqilarni o’z ichiga oladi: 4-5 va 14-15 kunlar oralig’i. Chaqaloqlarda terining sariqligi 12 haftagacha saqlanadi. Sariqlik kuzatilgan bolalar medikamentoz davoga muhtoj emas va ko’krak suti bilan ovqatlantirish davom ettiriladi.

Yadro sariqligi - bu bog’lanmagan bilirubinbilan miya asosi yadrosining zararlanishi hisoblanadi.Chaqaloqlar gemolitik kasalligining asoratidir. Miyaning bilirubin bilan zararlanish belgilari bola hayotining 3-4 kunlariga to’g’ri keladi, bunda qon zardobida bog’lanmagan bilirubin miqdori maksimal darajaga yetadi (etuk tug’ilgan chaqaloqlarda - 400mkmol/ldan yuqori). Chala tug’ilganlar, yaxshi rivojlanmagan chaqaloqlarda, asfiksiya og’ir darajasi, tug’ruq jarohatlari, respirator-distress sindrom va boshqa og’ir holatlarni o’tkazgan chaqaloqlarda miyaning bilirubin toksik ta'siriga bo’lgan sezuvchanligi yuqori bo’ladi, shuning uchun, bilirubin intoksikasiyasi belgilari bu guruhdagi bolalarda qondagi bog’lanmagan bilirubin miqdori kam bo’lganda ham namoyon bo’ladi. Yadroli sariqlik kechishining 4ta fazasi ajratiladi:

1) bilirubinli intoksikasiya belgilari paydo bo’lishi - holsizlik, gipotoniya, giporefleksiya, patologik esnash, qayd qilish, qusish, so’rish aktivligining pasayishi, monoton yig’lash.

2) yadroli sariqlikning klassik belgilari yuzaga chiqishi (3 – 4kundan keyin). Uzoq muddatli apnoe, bradikardiya, adinamiya, arefleksiya spastik bosqich bilan almashadi (opistotonus, ensa mushaklari rigidligi, spastik "bukilmaydigan" oyoqlar, qo’llari musht holatida). Vaqti-vaqti bilan qo’zqaluvchanlik, "miya" yig’isi, "botuvchi quyosh " simptomi, talvasa kuzatiladi.

3) minimal ijobiy o’zgarishlar davri (3-4 haftada) kuzatiladi. Nevrologik simptomlar kamayadi: spastiklik kamayadi, harakat aktivligi yaxshilanadi va shartsiz reflekslar yaqqol chaqiriladi. Chaqaloq sog’aygandek bo’ladi.

4) nevrologik asoratlar shakllanish davri (3-5oyligida). Ekstrapiramidal buzilishlar yuzaga keladi, eshitish va motorika buziladi.

Quyidagi simptomlar shakllanadi:

· xoreoatetoz;

· parezlar, falajlar;

· eshitishningto karlikgachapasayishi;

· psixomotor rivojlanishda orqada qolish;

· bolalar serebral falaji (giperkinetik shakli).
Chaqaloqlar gemolitik kasalligining og’irlik darajalari klinik xarakteristikasi

Bola tug’ilganda gemoglobin miqdori 140g/ldan yuqori bo’lsa, kindik qonida bilirubin miqdori 60 mkmol/ldan kam bo’lsa gemolitik kasallikning yengil kechishi deyiladi. Kasallik dinamikasida klinik-laborator ma'lumotlarning qisman rivojlanganligi aniqlanadi, bu konservativ davo talab qiladi, asoratlanmaydi.

Kasallikning o’rta-og’ir shaklida rezus-konflikt sabab bo’lsa, sariqlikhayotining birinchi 5 soatida paydo bo’ladi va ABO-konfliktda hayotining birinchi 11 soatida yuz beradi. Chaqaloqtug’ilganda gemoglobin miqdori 140g/ldan past bo’ladi.Klinik-laborator ma'lumotlar dinamikasi qonni almashlab quyishni talab etadi.

Kasallikni og’ir kechishida bola tug’ilganda quyidagi simptomlar namoyon bo’ladi: yaqqol sariqlik (kindik qonida bilirubin miqdori 85 mkmol/l), og’ir anemiya (gemoglobin 100g/l kichik). Kasallik kechishi bilirubinli intoksikasiyasi bilan xarakterlanadi. Ikki marta va undan ortiqqonni almashlab quyish tavsiya etiladi.



Sariqliklarni qiyosiy tashhislash

Neonatal sariqlikning klinik-laborator tashhisot mezonlari.

І. Gemolitik sariqlik uchun quyidagilar xarakterlidir:

1)bog’lanmagan giperbilirubinemiya hisobiga sariqlikning erta boshlanishiva yuzaga chiqishi.

2) bilirubinning soat sayin yuqori o’sishi.

3) teri rangining yorqin-sariq va limon-sariq tusga kirishi.

4) normoxrom giperregenerator anemiya - retikulositoz, normo- va eritroblastoz.

5) gepatosplenomegaliya.

6) najasning normal rangda bo’lishi.

7) siydigi normal rangda (glyukozo-6-fosfat-degidrogenazlarning tanqisligi).

8) organ va to’qimalarga bog’lanmagan bilirubinning toksik ta'siri.

ІІ. Kon'yugasion sariqlik uchun xarakterli:

1) bog’lanmagan bilirubin ustunligi bilankechuvchi giperbilirubinemiya.

2) bilirubinning soat sayin o’sishi yuqori bo’lmaydi.

3) sariqlikning kech boshlanishi -3-4 sutkadan (Krigler - Nayar sindromidan tashqari).

4) gemolizbelgilari bo’lmaydi (anemiya, retikulositoz).

5) splenomegaliya kuzatilmaydi.

6) uzoq kechishi.

7) peshob rangi normada.

8) najas rangi normada (Krigler - Nayar sindromidan tashqari).

9) bilirubinning markaziy asabasab tizimiga yaqqol toksik ta'siri (Krigler - Nayar sindromidan tashqari) kuzatilmaydi.

ІІІ.Mexanik sariqlik uchun quyidagilar xarakterli:

1) bog’langan bilirubin miqdori yuqori bo’ladi.

2) bilirubinning soat sayin o’sishi yuqori emas.

3) jigar kattalashadi.

4) teri rangi sariq rangdan sariq-yashil tusgacha.

5) peshobi to’q rangda.

6) najasi davriy rangsiz.

7) gemorragik sindrom - petexiya, qon talashlar.

8) laborator belgilari sitoliz va mezenximal yallig’lanish.



Neonatal sariqlikni davolash usullari:

1.Fototerapiya

2.Qonni almashtirib quyish

Fototerapiya o’tkazish tartibi:

- bola yechintiriladi

- bolaning ko’zini yoruqlik o’tkazmaydigan mato bilan berkitish

- lampa yaqin masofada joylashtiriladi

-fototerapiya to’g’ridan-to’g’ri usulbilan o’tkaziladi (orada bola ovqatlantiriladi).

Fototerapiya vaqtida monitoring:

- har 3 soatda bolani tana haroratini o’lchash- sutkada bir marta vaznini o’lchash

- har ovqatlantirilgandan keyintana holatini o’zgartirish

- bolani sutkada 8 martadan kam ovqatlantirmaslik

- dinamikada laborator tahlillarni tekshirish

Fototerapiyani to’xtatish:

1. Yetuk tug’ilgan chaqaloqlarda fototerapiya:

-qon zardobida bilirubin miqdori 1sutkadan keyin grafikda ko’rsatilgan miqdorda o’zgarmasa,bir xilda saqlansa;

2. Chala tug’ilganlarda fototerapiyani to’xtatish:

Qon zardobida bilirubin miqdori 12soatdan keyin grafikda ko’rsatilgan miqdorda o’zgarmasa,birxilda saqlansa

3. bolani najasi rangsiz yoki peshobi to’q rangda.

Qonni almashtirib quyishga ko’rsatma:

1. fototerapiyasamarasi bo’lmasa;

2. bilirubin miqdoridan qat'iy nazar, bolada o’tkir bilirubin ensefalopatiyasi klinikasi rivojlansa;

3. qon zardobida umumiy bilirubin miqdori yuqori miqdorda bo’lsa;


Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish