Toshkent tibbiyot akademiyasi "tasdiqlayman" "kelishldi"



Download 1,8 Mb.
bet4/14
Sana07.10.2019
Hajmi1,8 Mb.
#23102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
неонатология китоб


Nazorat savollari:

1. Chala tug’ilganlikning uchta belgisini sanang

2. Birinchi va ikkinchi bosqichda bo’lgan chala tug’ilgan bolalar parvarishida zarur bo’lgan mikroklimatik sharoitlar.

3. Chala tug’ilgan bolalarni ovqatlantirishni tashkil qilish.

4. Ovqatlantirishda qanday muammolar yuzaga kelishi mumkin.

5. Chala tug’ilgan chaqaloqni shifoxonadan chiqarilish uchun ko’rsatmalar.

6. Chala tug’ilgan bolalarni parvarishi uchun maslahatlar bering.

7. Muddatidan oldin tug’ishni oldini olish uchun qo’llaniladigan chora tadbirlar.

8. Muddatidan oldin tug’ilayotgan chaqaloq kutilayotgan oilalarda yuzaga

keladigan muammolar va ularni hal qilish yollari


HOMILA GIPOKSIYASIDA VA YANGI TUG’ILGAN CHAQALOQLAR ASFIKSIYASIDA XAMSHIRALIK JARAYONI VA PARVARISHI

Yangi tug’ilgan chaqaloq bosh miya faoliyatini buzuvchining omillari ko’p, lekin bular ichida universal zararlovchi omil bo’lib, gipoksiya hisoblanadi. Perinatal o’limning 20-50% sababchisi bachadon ichi va tug’ruq jarayonidagi gipoksiya hisoblanadi, 59% o’lik tug’ilishlar, 72,4% hollarda gipoksiya va asfiksiya homilaningtug’ruq jaraenida va erta neonatal davrlardagi o’limiga sabab bo’ladi.

Gipoksiya patologiyasi to’g’risidagi bir qancha savollar hamshiraga asfiksiya bilan tugilayotgan chaqaloq bolalarni davolash davomida hamshiraga yordam beradi. Bu muammo katta ahamiyatga ega, chunki APGAR shkalasi buyicha 5 balldan past bo’lgan chaqaloqlar og’ir kasallar bilan kasallanishga moyil hisoblanadi.

"Asfiksiya" termini-neonatologiyada noaniq bo’lgan tarkiban olingan ta'rif hisoblanadi. Yunon tilidan tarjima qilinganda "puls yo’qolishi", bunday tug’ilgan bolalar esa o’lik tug’ilganhisoblanishadi.Boshqa mualliflar ta'rifi bo’yicha asfiksiya bu yangi tug’ilgan chaqaloqlarda boshqa hayotiy belgilar bor holda (yurak urishi,kindik pulsasiyasi, mushaklar ixtiyoriy harakatlari bo’lgan) o’pkada gazlar almashinuvi yo’qligi bilan harakterlanadigan jarayon deb qarashadi. Akusherlik-ginekologiya va neonatalogiya umumklinik amaliyotida "homila gipoksiyasi" va " chaqaloq asfiksiyasi" termini ostida o’tkir va surunkali kislorod tanqisligi tufayli yuzaga keluvchi patologik holatlar, gemodinamik, biokimyoviy va klinik o’zgarishlar va metabolik asidozni o’z ichiga oladi.

Butun jaxon tasnifi buyicha homila ichi gipoksiyasi va yangi tug’ilgan chaqaloq asfiksiyasi alohida nozologik tur sifatida, perinatal davrning alohida kasalligi ko’rinishlari xisoblanadi.

Asfiksiya bilan tugiluvchi bolalar 1-1,5%ni tashkil qiladi (gestasion davri 36 haftagacha tug’ilgan chaqaloqlarda 9% atrofida va gestasion davri 37 haftagacha tug’ilgan chaqaloqlarda 0,5%).

Birlamchi (tug’ma) va ikkilamchi (dastlabki soatlarda yuzaga keluvchi - postnatal ) yangi tug’ilgan chaqaloqlar asfiksiyasi farqlanadi.

Birlamchi asfiksiyani yuzaga kelish vaqtiga qarab antenatal yoki intranatal turlari farqlanadi.

Birlamchi asfiksiya davomiyligiga qarab o’tkir (intranatal ) va surunkali

(antenatal) turlari farqlanadi.

Birlamchi asfiksiya og’irlik darajasiga qarab o’rta va og’ir darajalarga

ajratiladi.

Birlamchi asfiksiya og’irlik darajasini baholashda APGAR shkalasidan

foydalaniladi.




Simptomlari

Ball - 0

Ball - 1


Ball -

Birdaqiqadayurakqisqarishlarsoni

Yo’q

100 martadan kam

100 martadan ko’p



Nafas

Yo’q

Bradipnoe, doimiy emas

Normalbalandovoz bilan yig’laydi

Mushak tonusi

Oyoq-qo’llari osilgan

Bir nechta bukish harakatlarini bajaradi

Faol harakatda

Reflektor qo’zg’aluvchanlik

Javob bermaydi

Grimasa

Baqiriq, aksirish

Teri qoplami

Umumiy teri qoplami oqligi va umumiy sianoz

Akrosianoz va terisi pushti rangda

Oyoq-qo’llari va terisi och pushti rangda

Chaqaloq ahvolini APGAR shkalasi bo’yicha baholash tug’ilgandan keyingi 1-5 daqiqasida aniqlanadi. Agarda ballar yigindisi 7dan kam bo’lsa dastlabki 5 daqiqa ichida, qayta tekshiruv 10-15-20 daqiqalarda o’tkaziladi.1- daqiqadagi ballarga nisbatan 5-daqiqadagi ballar yig’indisi chaqaloqning keyingi hayotida qanday nerv-psixologik o’zgarishlar bo’lishi va qanday rivojlanishini oldindan aytishga imkon beradi.

APGAR shkalasi bo’yicha chaqaloqni asfiksiya bilan tug’ilganligini baholash 50% natija beradi, shuning uchun qo’shimcha laborator tekshiruvlar o’tkazish kerak.

Kam miqdordagi asfiksiyada 1-daqiqada APGAR shkalasi bo’yicha 4-7 ballarni tashkil qiladi. 0-3gacha bo’lgan ballar og’ir asfiksiyani bildiradi.

Surunkali gipoksiya rivojlanishiga sababchi havf omillarini uch katta guruxga bo’linadi:

- homilador ayolda gipoksiya va gipooksemiyani rivojlantiruvchi omillar

-homila-ona orasidagi qon aylanishi buzilishlari

-homila kasalliklari



Birinchi omil:

-homilador ayol anemiyasi

-homilador ayoldagi og’ir somatik kasalliklar (yurak-qon tomir, o’pka)

-noto’g’ri ovqatlanish rejimi, alkogol,giyoxvand moddalar qabul qilish, og’ir

ekologik sharoitlar.

-endokrin kasalliklar (qandli diabet,gipotireoz,tuxumdonlar disfunksiyasi)



Ikkinchi omil:

-muddatidan kech tug’ish

-homiladorlik gestozi uzoq davom etishi

-yo’ldosh hosil bo’lishi va rivojlanish anomaliyalari

-ko’p homiladorlik

- kindik anomaliyasi

-homila tushishi havfi tug’ilganida

-qon ketish

- homiladorlikning 2-3 trimestrida infeksion kasalliklar

Uchinchi omil:

-homila kasalliklari (endogen infeksiyalar, rivojlanish nuqsonlari, homilao’sishdan orqada qolishi, homila gemolitik kasalligi)

O’tkir gipoksiyani yuzaga keltiruvchi xavf omillari:

-keser kesish

-homila joylashishida chanoq-son anomaliyalari

-erta va kech muddatda tug’ish

-suvsiz davr 12 soatdan oshib ketsa

-kuchli va tez tug’ish

-yo’ldoshni erta ko’chishi yoki noto’g’ri joylashishi

-tug’ish jarayonining diskoordinasiyasi

-bachadon yorilishi

-tug’ruqnioperativ olib borish

-onada tug’ish davridagi o’tkirgipoksiya (shok,somatik kasalliklar dekompensasiyasi)

-kindik orqali boruvchi qonning kamayishi yoki to’xtashi (kindikga o’ralib qolish,chin tugunlar, kalta yoki uzun kindik, kindik tugunlarini tushib qolishi, torayib qolishi)

-homila rivojlanish anomaliyalari (bosh miya, yurak, o’pka)

-narkotik yoki boshqa analgetiklarni tug’ishdan 4 soat oldin onaga yuborish, onaga umumiy narkoz berish.

Asfiksiya bilan tug’ilish chala tug’ilgan, kech muddatda tug’ilgan, homilani ichki o’sishdan orqada qolgan chaqaloqlarda yuqori darajada turadi.

Ikkilamchi asfiksiya bilan tug’ilish uchun sharoit tug’diruvchi omillar:

-homila asfiksiyasi qoldiqlari va tug’ruq davrida bosh miya, o’pka zararlanishi.

Turli xil patologiyalar tufayli yuzaga keladigan simptomatik asfiksiya (rivojlanish anomaliyalari, pnevmoniya, infeksiyalar )

-respirator - disstres sindrom

-ko’krak sutidan aspirasiya yoki turli aralashmalar bilan ovqatlantirgandan keyin aspirasiya bo’lishi, tug’ilgandan keyin oshqozon sanasiyasini noto’g’ri o’tkazish



Patogenezi. Qisqa muddatli yoki kam miqdordagi gipoksiya va gipooksemiya homilada buyrak usti bezi po’stloq gormonlari va sitokinlar ta'sirida simpatiko-adrenal sistemasini faollashtiradi, kompensator adaptasion mehanizmlarni ishga tushiradi. Buning natijasida qon oqimida eritrositlar soni ortadi, yurak qisqarishlar soni ortadi, sistolik bosim yurak haydash kuchi oshmasdan ko’tarilishi mumkin. Davom etuvchi gipoksiya va gipooksemiya pO2 bosimi 40.mm.sim.ustdan past, bu esa anaerob glikoliz rivojlanishiga sharoit yaratadi. Yurak - qon tomir sistemasi hayot uchun muhim organlarni qon bilan ta'minlaydi, bu esa o’z navbatida hayot uchun muhim organlarda ham kislorod yetishmovchiligi, gipoksiya rivojlanishiga sharoit yaratadi. O’pkada fetal xususiyat saqlaganligi qonning o’ngdan chapga shuntlanishi, bu esa yurakning o’ng qismlarida bosim ortishiga, chap qismlarida esa xajmini ortishiga olib keladi va bularning hammasi yurak yetishmovchiligiga, nafas va sirkulyator gipoksiyaga olib keladi. Gemodinamikadagi o’zgarishlar, qon aylanishining markaziylashuvi, anaerob glikolizni faollashuvi organizmda laktat yig’ilishiga va metabolik asidoz yuzaga kelishiga olib keladi. Og’ir yoki davom etuvchi gipoksiyada kompensasiya mexanizmlari ham izdan chiqadi: gemodinamika,buyrak usti bezi faoliyati buzilishiga, bu esa bradikardiya bilan birdaqiqalik qon aylanishi pasayishi oqibatida arterial gipotoniya va shok rivojlanishiga olib keladi.

Metabolik asidozni kuchayib borishi natijasida plazma proteazalari, yalliglanishga qarshi omillar faollashib hujayra membranasi zararlanishiga, diselektrolitemiya rivojlanishiga sabab bo’ladi.

Qon-tomir o’tkazuvchanligi oshishi eritrositlar bir-biriga yopishib qolishiga, tomir ichi tromblari va qon quyilishlari rivojlanishiga olib keladi. Qon-tomir o’zanidan suyuqlikni chiqishi bosh miya shishiga va gipovolemiyaga olib keladi. Xujayra membranasi zararlanishi MNSda, buyrak usti bezi, buyraklar, yurak-qon tomir sistemasi buzilishiga umuman olganda poliorgan buzilishga sabab bo’ladi.

Ko’rsatilgan omillar gemostazning trombositar va koagulyasion qatorlarining buzilishiga, DVS sindromigacha olib kelishi mumkin.

Asfiksiya oqibatida MNS sistemasi buzilishi markaziy o’rinda tursada, asfiksiya keltirib chiqaruvchi asosiy omillarhaligacha "oq dog’" bo’lib qolmoqda.

Shunga qaramasdan ikkita gipotezani ko’rsatishimiz mumkin:

-bosh miya gipoksik-ishemik zararlanishining asosida metabolik buzilishlar yotadi. Metabolik o’zgarishlarning rivojlanishiga turtki omillar - kislorod tanqisligidir. Kislorod tanqisligi ko’pgina metabolizm maxsulotlari yig’ilishiga (asidoz, laktat miqdori oshishi, araxidon kislota, aminokislotalar yig’ilishi) bosh miyaga to’g’ridan to’g’ri zararlovchi ta'sir ko’rsatib, gemodinamik buzilishlarga olib keladi. Bosh miya gipoksik-ishemiyasi asosida kislorod tanqisligi tufayli serebro - vaskulyar buzilishlar va bosh miyaning o’zini- o’zi qon aylanishini boshqara olmasligi tufayli yuzaga keladi.

Asfiksiya bilan tug’ilgan yangi chaqaloqlarda asosiy patogenetik mexanizmlar quyidagi klinik simptomlarni keltirib chiqaradi:

- MNS tomonidan - bosh miyadagi qon aylanish autoregulyasiyasi buziladi, miyada shish rivojlanishi, neyronlarda ortiqcha miqdorda glutamat yig’ilishi miyada ishemik jarayonlar keltirib chiqaradi.

- Yurak qon tomir sistemasi tomondan - yurakning xaydash faoliyati buzilishi bilan birga ishemik kardiomiopatiya rivojlanadi.

- Nafas olish tizimi tomonidan - surfaktant sintezini ingibitirlovchi moddalar aktivlashishi RDS keltirib chiqaradi, o’pka tomirlari rezistentligi oshishi, o’pkaning ventilyasion - perfuzion funksiyasini, fetal persistirlovchi qon aylanishini, o’pka ichi suyuqligining so’rilishining buzilishiga olib keladi.

- Ayirish sistemasi tomonidan - buyraklar perfuziyasi buzilishi o’tkir tubulyar nekrozga va ADGni noadkvat ravishda ekskresiyasiga olib keladi.

- OIT tomonidan - ichak ishemiyasi bilan birgalikda yarali-nekrotik enterokolit rivojlanishi mumkin.

- Eritropoez va gemostaz tomonidan - trombositopeniya, vitamin K tanqisligi, DVS sindromi kuzatiladi.

- Metabolizm tomonidan - tug’ilgandan keyin giperglikemiya, keyingi soatlarda esa gipoglikemiya, xujayra ichi va tashqari asidozi, giponatriemiya, gipomagniemiya, giperkaliemiya, xujayra ichida kalsiy miqdori oshishi, lipidlarning peroksidli oksidlanishining oshishi yuzaga keladi.

- endokrin sistemasi tomonidan- buyrak usti bezi yetishmovchiligi, gipo va giperinsulinemiya, tranzitor gipotireoz kelib chiqadi.

Chaqalokdagi antenal davridagi surunkali gipoksiyani, rivojlanib boruvchi asfiksiyadan, antenal patologiyadan keyin rivojlangan o’tkir asfiksiyadan quyidagilar bilan farqlanadi: pnevmopatiyalar, ensefalopatiya, jigar ferment sistemasi yetishmovchiligi, buyrak usti bezi va qalqonsimon bezning zaxiralarini kam miqdordaligi, patologik asidoz va ikkilamchi immundefisit holatlari rivojlanishi bilan farqlanadi.

Chaqaloqtug’ilgandan keyin bunday gipoksiyaning asosiy metabolik komponetlari bo’lib gipoksemiyani, giperkapniya va metabolik asidoz bilan birgalikda rivojlanishi xisoblanadi. Bunday xolatda shuni unutmaslik kerakki, perinatal gipoksiya vatug’ruq stressi organizmning adaptasion rezervlarini kamayishi yoki yo’qolishidan yuzaga kelishi mumkin. Erta asidoz xujayralar membranasi buzilishiga bu esa transkapillyar almashinuv, gemodinamik va gemostatik buzilishlarga, bular esa yurak o’ng qorinchasi yetishmovchiligiga, arterial gipotoniya bilan birgalikda kollapsga, simpato-adrenal sistema yetishmovchiligi fonida gipovolemiyaga, miokard ishemiyasiga va gemostazning fazali buzilishlariga bularning hammasiga birgalikda mikrosirkulyasiyani yanada kuchliroq buzilishiga olib keladi.



Klinikasi.Asfiksiya klinikasi uning og’irlik darajasiga bog’liq. Gipoksiya bilan tug’ilgan chaqaloqlarning ahvoli o’rta darajada deb baholanadi. Birinchi daqiqadagi ko’rikda chaqaloq holsiz, bo’shashgan, harakatlari sust bo’ladi. Past tonda baqirib yig’laydi. Yangi tug’ilgan chaqaloq reflekslari sust yoki pasaygan bo’ladi. Yurak auskultasiyasida - yurak tonlari kuchayganligini, taxikardiyani eshitishimiz mumkin. Yurakning nisbiy bo’g’iqlik chegaralari kengaygan. Nafas olishi aritmik, qo’shimcha mushaklar ishtirok etadi va kam holatda turli xil kalibrdagi xirillashlarni eshitish mumkin. Teri qoplamlari sianotik, lekin oksigenasiyada darhol pushti rangga kiradi. Ammo ba’zan akrosianoz saqlanadi. Bir necha kun ichida yangi tug’ilgan chaqaloqlarda past qo’zqaluvchanlik yuqori qo’zqaluvchanlik bilan almashinib, oyoq-qo’llarda kichik tremorlar, gipersteziya, qusish, uyqu buzilishi,Moro (I) spontan refleksi, emaklash, yurish reflekslari, kuchayishi yoki kamayishi, mushaklar gipotoniyasi, adinamiyasi yuzaga keladi. Chaqaloqdagi reflekslar va mushaklar tonusi o’zgarishi individual hisoblanadi.

O’tkir va o’rta og’irlikdagi asfiksiyani boshdan kechirgan chaqaloqlarga o’z vaqtida to’g’ri davo chora tadbirlari ko’rilsa, erta neonatal davrga kelib ularning ahvoli sezilarli darajada yaxshilanadi.

Og’ir va juda og’ir darajadagi asfiksiya bilan tug’ilgan chaqaloqlar ahvoli juda og’ir bo’ladi, xattoki klinik o’limgacha olib kelishi mumkin. Ko’rikda chaqaloqda reaksiya kuzatilmasligi mumkin. Yangi tug’ilgan chaqaloq reflekslari pasaygan yoki juda sustlashgan, adinamiya kuzatiladi.

Teri qoplamlari sianotik, oqargan "marmar tasviri " (mikrosirkulyasiya buzilishidan) rangida bo’ladi. Mustaqil nafas olganda nafasi aritmik, nafas olish aktida qo’shimcha mushaklar ishtirok etadi, ba'zan birlamchi va ikkilamchi apnoe kuzatiladi.

Auskultasiyada nafas susayganligini eshitishimiz mumkin. Aspirasion sindromdao’pka yuzasida turli kalibrdagi xirillashlarni eshitishimiz mumkin. Yurak tonlari bo’g’iqlashgan, bradikardiya, ba'zi holatlarda gemodinamik xarakterga ega sistolik shovqin eshitiladi. Qorin palpasiyasida jigarning oz miqdorda kattalashganligini aniqlashimiz mumkin.

Mekoniy ko’pinchatug’ilgandan keyin ajraladi. Ba'zi hollarda uzoq davom etgan og’irasfiksiya shokga olib kelishi mumkin. Nerv sistemasi tomonidan stupor va koma holatlarini ko’rishimiz mumkin. Ko’rikda yorug’likga nisbatan ko’z refleksi sust yoki yo’q, adinamiya, arefleksiya, og’riqqo’zqatuvchilariga reaksiyasi past yoki yo’q. Mustaqil nafas olish kuzatilmasligi mumkin.

Yurak tonlari bo’g’iq, qo’pol sistolik shovqin ekstrakardial sohalarda ham eshitiladi. Yurak etishmovchiligi kuzatilgan holatlarda - nisbiy yurak chegaralari kengayganligini ko’rishimiz mumkin. O’pkada turli kalibrdagi nam xirillashlar eshitiladi. OIT tomonidan gepatomegaliya, ichaklar spazmi, ishemik va metabolik buzilishlar kuzatiladi.

Tiklanish jarayonida gipertenzion sindrom belgilari kuzatiladi, bunda kam holatlarda mushaklar gipotonusi saqlangan holda talvasalar so’rish va yutish arefleksiyasi kuzatiladi. Chaqaloqhayotining 2-3- kunlarigacha ahvoli yaxshilansa, unda chaqaloqda gemodinamika, nafas olishi, nevrologik hxolatlari tiklanadi (fiziologik, yutish, so’rish reflekslari).



Tashxislash. Asfiksiya tashxisi akusherlik anamneziga, tug’ish jarayonining kechishiga, APGAR shkalasi bo’yicha ballar yig’indisiga qarab, klinik - laborator tekshiruvlarga asoslanib qo’yiladi.

1.Antenatal tashxis

A) xomilaning yurak qisqarishlar soni monitoringi (kardiotokografiya- KTG)- bradikardiya va yurak urishining delesiyasi miokard funksiyasi buzilishi va gipoksiyadan darak beradi.

B) UTT- homila xarakatlari, nafas xarakatlari, mushak tonusi susayganligini ko’rsatadi ( biofizik profil)

2. Intranatal tashxis

A) xomila yurakqisqarishlar soni monitoringi

B) amnion suyuqligida mekoniy topilishi

V) bola bosh terisidan olingan qondagi pH va pO2 aniqlash

G) xomila kindik arteriyasidan olingan arterial va venoz qonidagi pH va pO2 aniqlash

3. Yangi tug’ilgan chaqaloqga asfiksiya tashxisi quyidagilarga asoslanib qo’yiladi:

-APGAR shkalasi bo’yicha

- reanimasion chora tadbirlar ko’rayotgan paytda chaqaloq kindik arteriyasidan yoki venasidan olingan qondagi pH, pN va pO2 aniqlash

-metabolik asidoz va uning kompensasion bosqichini aniqlash orqali

4.Organizm boshqa organ to’qimalarini tekshirib ko’rib.

-Yurak-qon tomir sistemasi (EKG, A/B,YuKS,rentgenografiya,)

- ayirish sistemasi (siydik miqdori, qondagi kreatini miqdori, kunlik yoki daqiqalik diurez, peshobning solishtirma zichligi, ADG)

-Jigar (jigar fermentlarini aniqlash, qonning qovushqoqligi va bilirubinni aniqlash)

- Bosh miya (nevrologik statusni chiqarish, neyrosonografiya, ensefalografiya, KT, MRT)

- kontrol ravishdaqondagi plazmaning osmolyarligini va elektrolitlar miqdorini, glyukozani aniqlash.

Asfiksiya tashxisi quyidagichaqo’yiladi: "Chaqaloq asfiksiyasi o’rta og’irlik (og’ir) darajasida".

Agarda anamnezida antenal homila gipoksiyasi cho’zilganligi yoki yangi tug’ilgan chaqaloqni APGAR shkalasi bo’yicha 1-daqiqadagi bali 7 dan past bo’lsa, unda tashxis quyidagicha qo’yiladi: "Yangi tug’ilgan chaqaloq asfiksiyasi o’rta og’irlik darajasida bachadon ichi gipoksiyasi fonida".

APGAR shkalasi bo’yicha 7 balldan past olgan barcha chaqaloqlar monitor kuzatuvda bo’lishi kerak. Klinik, laborator va apparat monitoringi mavjud.



Klinik monitoring - tana vaznini kuniga ikki maxal o’lchab turish, somatik va nevrologik statusni dinamikasi, umumiy qabul qilayotgan suyuqlik hajmini va tarkibini aniqlash (oqsil, yog’, uglevod, vitamin, mineral tuz) umumiy yo’qotilgan suyuqlik miqdorini aniqlash, diurez nazorati.

Apparat monitoringi - YuKS, A/B, NCh, SVD, saturasiyalar registrasiyasi o’tkaziladi.

Laborator monitoringi - qonning klinik tahlilii ( Nt,Tr, retikulositlar, rang ko’rsatgichi, KOS va elektrolitlarni aniqlash), qonning biokimyoviy analizi (glyukoza, umumiy oqsil, bilirubin, transaminaza, kreatinin, siydik kislotasi), siydik klinik analizi, siydik va qon osmolyarligi, biologik ajratmalarni muxitlarga ekish, qorin bo’shliqi va ko’krak qafasini rentgenogrammasi, bosh miya va qorin bo’shliqi organlari UTT isi o’tkazish.

Differensial tashxis ichki infeksiyalar, bosh miya ichi va orqa miya tug’ma travmalari, o’tkir buyrak yetishmovchiligi, parenximatoz organlar travmasi, diafragma churralari, yurak tug’ma nuqsonlari, postgemorragik anemiya bilan o’tkaziladi.

Davo: Asfiksiya asoratlarini yo’qotishning eng optimal varianti bu tug’ruq zalida birlamchi reanimasion chora tadbirlarni o’z vaqtida qo’llashdir. Birlamchi reanimasion yordamda APGAR shkalasini 5-20 daqiqalarda maksimal darajada ko’tarishga qaratilishi kerak. Agarda APGAR shkalasini 5-daqiqada ko’tarilsa, unda chaqaloqda rivojlanadigan postreanimasion holatlar va keyingi gipoksiyadan keyingi nevrologik o’zgarishlar rivojlanmaydi. Yuqori metabolik o’zgarishlarni normallashivuga uzoq vaqt zarur bo’ladi. Ko’pincha bu tug’ruqdan keyingi daqiqalarda yoki soatlar ichida yuzaga kelishi mumkin. Bu qisqa muddat ichida bosh miyada yuzaga keladigan qaytar jarayonlarni to’qri davolash serebral buzilishlarni oldini oladi. Dastlabki bilamchi reanimasion chora tadbirlarni qattiq nazorat ostida qo’llash P. Safarovning AVS (1980)- reanimasiyaga asoslanadi:

A - airway- havoyo’llarini ochish, o’tkazuvchanligini ta'minlash.

B - breath- nafas, sun'iy yoki yordamchi ventilyasiyani ta'minlash

C - cardial, circulation- gemodinamika va yurak faoliyatini yaxshilash. A prinsipi:

1)Yangi tug’ilgan chaqaloqning to’g’ri yotishini ta'minlash (boshini orqasi 15 gradusga pastga og’gan bo’lishi kerak.)

2)Og’izdan, burundan, ba'zan traxeyadan suyuqlikni so’rib tashlash (amnion suyukligini) lozim.

3)Endotraxeal intubasiyaqilish va nafas yo’llarining pastki qismlarini intubasiyasi zarur bo’lsa o’tkazish kerak.

B prinsipi:

1) taktil sezgilarni stimulyasiyasini o’tkazish (tug’ilgandan keyin 10-15 sekund ichida yig’lamasa, reanimasion stolga yotkazish).

2) kislorod oqimini ta'minlash

3) o’pkaning sun'iy yoki yordamchi ventilyasiyasini ta'minlash Ambu, Penlon, Lerbal, Xavorang Kross yostiqchalaridan foydalangan holda o’tkaziladi. To’g’ri tanlangan havo yostig’i og’izni, burunni, iyak sohasini yopadi, faqat ko’zni yopmaydi.



C prinsipi:

1) yurakning bilvosita massaji

2) medikamentoz davoni to’g’ri tanlash

Birlamchi reanimasion chora tadbirlar samara berganini aniqlash uchun an'anaviy APGAR shkalasidan foydalaniladi.

Parametrlarni to’g’ri aniqlashda eng samarali usul bu kardiorespirator usulidir, bunda: YuQS, nafas harakatlari, teri rangi aniqlanadi.

Baxolashda: YuQS-2 ball, teri rangi- 1 ball bo’lsa reanimasion chora tadbirlar o’tkazilmaydi.

Baxolashda: YuQS-2 ball, nafas-1 ball, teri rangi- 1 ball bo’lganda yuqori nafas yo’llari sanasiya qilinadi va o’pka ventilyasiyasini yaxshilash uchun 40% kislorod yostiqchasi 2-5 minut ushlab turiladi.

Baholashda: YuQS - 2 ball, nafas -1 ball, teri rangi - 1 ball bo’lganda yuqori nafas yo’llari sanasiya qilinadi va o’pka ventilyasiyasini yaxshilash uchun 40% kislorod yostiqchasi 2-5 minut ushlab turiladi.

Bahqolashda: YuQS - 2 (1), nafas - 1, terirangi -0 ballgatengbo’lsabunaqa holataspirasionsindromdakuzatilib, buamnionsuyuqliginiyokimekoniyniog’iz-xalqumbo’shlig’igatiqilib qolishioqibatidayuzagakeladi. Laringoskopyokikateteryordamidatraxeobronxialdaraxtni qaytasanasiya qilinadi. Ortiqchamahsulot qonyokitiniq bo’lmaganmassaolinsaniqobbilanventilyasiya qilinadi.

Agardaamnionsuyuqligida qon, mekoniybo’lsayokiamnionsuyuqligiyashilranggakirganligianiqlansaundatraxeobronxialdaraxtintubasiyasi o’tkaziladi. Traxeobronxialdaraxtdamekoniytopilishiuningsanasiyasi o’tkazilishida qiyinchiliklartug’diradi, bunda 0,5 ml/kgfiziologikeritmadanfoydalanilib, traxeobronxialyo’lninglavaji o’tkaziladi

YuQSnibaholashva harakat taktikasi:

1.YuQSminutida 80-100 gatengbo’lsayurakbilvositamassajiva o’pkaventilyasiyasi o’tkaziladi. YuQSoshganda ham o’pkaventilyasiyasidavomettiriladi. Yurakmassajiva o’pkaventilyasiyasiningnisbati 3:1.

2.Agarda 10 soniyadavomidaYuQS 80-60 va o’pkaventilyasiyasi 100% kislorodbilanta'minlangandaahvoliyaxshilanmasa, yurakbilvositamassajiva o’pkaventilyasiyasi o’tkazilishidavomettiriladi.

3.Quyidagichoratadbirlar o’tkaziladi:

- traxeyaintubasiyasiva o’pkaningsun'iyventilyasiyasi

- endotraxealnaychaorqali - 0,01% -0,1-0,3 ml/kgadrenalin (1 mladrenalinni 9 ml 0,9%liizotonikeritmayoki 5% glyukozabilanaralashtiriladi) kindikkateteriorqaliyuboriladi. 0,01% adrenalinyokiatropin (bradikardiyanioldinioladi) 0,1-0,3 ml/kgdozadayuboriladi. YuQS 1 daqiqada 80 tagayetgandayurakbilvositamassajito’xtatiladi. Chaqaloqdamustaqilnafaspaydobo’ladi. AgardaYuQSdaqiqasiga 100 martagayetsa, adrenalinyuborishnidavomettirishkerak, hattoki harbeshdaqiqadayuborishmumkin, lekin 3 martadanoshmasligikerak.

Gipovolemiyakuzatilayotganbo’lsa, undamikrosirkulyator o’zanniyaxshilaydigandorivositalariniyuborishzarur (5% albumin, 5% glyukoza, 0,9% fiziologikeritma, 6% infuzol). Buninguchunushbudorilarnikindikvenasiga 5-10 daqiqadavomida 10-15 ml/kgyuboriladi. Bularsamarabermasa, 1-2 mg/kgprednizolonyoki 5-10 ml/kggidrokortizonyuborilishikerak.

Metabolikasidoznidekompensasiyadavribo’lsa, yurakbilvositamassaji, adrenalin, mikrosirkulyasiyaniyaxshilovchipreparatlarniyuborgandankeyinfoydabo’lmagantaqdirda hambikarbonatlaryuborishgako’rsatmazarurbo’ladi (pH -7,0;). 0,9% fiziologikeritmadayoki 5% liglyukozadaeritilgan 4%- 2-4 ml/kgnatriybikarbonateritmasini 2 daqiqadavomidayuboriladi.

Asfiksiyabilantug’ilganchaqaloqlarningko’pchiligidagiperglikemiyavalaktatliasidozkuzatiladivabundabirlamchireanimasionchoradavomidabironbirpreparatyuborishdafiziologikeritmadanfoydalaniladi.

Reanimasionchoratadbirlar o’tkazilayotganxona harorati (26-28ºC) davachaqaloq tana harorati (36,4 -37ºC danoshmasligikerak) doimiyravishdanazorat qilibturilishilozim.

Reanimasionchoratadbirlar o’tkazilganligiga qaramasdan 20 daqiqadavomidachaqaloqningyurakurishitiklanmasa, muolajalarto’xtatiladi. Oksigenoterapiya o’tkazishningturlixilusullarimavjud (nazalkateterlar, kislorodliniqob, kislorodlipalatka).

Bularni o’tkazishdanmaqsad:

1) gipoksiyavagiperkapniyanioldiniolish, retinopatiyavaBLDnikeltiribchiqaruvchiomillarnito’xtatish

2) boshmiyadagi qontomirlarvazodilyatasiyasini, gemorragiyavaasidozniyuzagakeltiruvchiomillarni, qondaSO2 miqdorioshishinivagiperkapniyanioldiniolish.

3) miya qontomirlaridagi qonoqiminipasaytiruvchi, giperkapniyaniyuzagakelishiningoldiniolish.


Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish