Ўзбекистон республикаси соғЛИҚни сақлаш вазирлиги тиббий таълимни ривожлантириш маркази



Download 139,37 Kb.
bet15/20
Sana15.06.2022
Hajmi139,37 Kb.
#675030
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
1 мавзу Азолар системаси онтофилогенези

Sutemizuvchilarning hazm sistemasi mukammal rivojlangan. Ularda og‘iz, og‘iz oldi bo‘shlig‘i bilan boshlanadi. Bu bo‘shliq lab, lunj va jag‘ orasiga joylashgan. Og‘iz yuqori tomondan tanglay bilan chegaralanadi. Sutemizuvchilarning tishlari geterodont sistema tarzidatuzilgan. Tishlarning kurak, qoziq, kichik jag‘ va katta jag‘ xillari tafovut qilinadi.
Tishlarning o‘zaro munosabati tish formulasi deyiladi. Tuban sutemizuvchilarda tishlarning soni 44 ta bo‘ladi. Yuqori tuzilgan sutemizuvchilarda tishlar soni kamayib boradi. Masalan: primat va 2123
odamlarda tish formulasi quyidagicha: 2123 .
Umr davomida tishlari bir marta almashinadi: sut tishlari va doimiy tishlar. Odamning tish sistemasi oldingi tishlarining reduksiyalanganligi bilan ahamiyatlidir. Qoziq tishlar kichiklashib, hamma tishlar bilan bir qatorda joylashadi. Premolar va molarlar kichiklashadi. Lekin ularning tuzilishi murakkablashadi. Odam tishlaridagi bu o‘zgarishlar ularning mustahkamligini yanada oshirgan. Sutemizuvchilarning og‘iz bo‘shlig‘idagi bezlar ham mukammal rivojlangan, mayda bezlar bilan bir qatorda yirik tilosti, jag‘osti, quloq oldi kabi bezlar ham rivojlangan. Oshqozon boshqa hazm a’zolaridan ajralgan bo‘lib, o‘ziga xos tuzilgan. Ichak, asosan, o‘n ikki barmoqli ichak, ingichka ichak, yo‘g‘on, ko‘r va to‘g‘ri ichak kabi qismlardan tashkil topgan. Ko‘richak ingichka va yo‘g‘on ichak chegarasiga joylashib, ko‘r o‘simta ko‘rinishida bo‘ladi. Uning bunday ko‘rinishi o‘txo‘r va kemiruvchi sutemizuvchilar uchun xosdir. Ba’zan ko‘richak umumiy ichakning 10–26 % ini tashkil etadi. Ko‘pchilik sutemizuvchilarning ko‘richagida yon chuvalchangsimon o‘simta bo‘ladi. Bu o‘simta devorlarida limfatik to‘qima bo‘lib, bu to‘qima organizmda himoya vazifasini o‘taydi. Shunday qilib hazm sistemasining evolutsion taraqqiyoti quyidagi uchta yo‘nalishda borgan:

    1. 1. Ichak nayi shakllangan va keyinchalik u turli bo‘limlarga (oldingi, o‘rta, orqa) ajralgan. Dastlab tana bo‘yiga teng bo‘lgan hazm yo‘llari uzunlashib 8–10 metrga uzaygan, binobarin shu tufayli ichak sathidagi xilma-xil burmalar, mikrovorsinkalar yordamida hazm sathi kengaygan.

    2. 2. Hazm yo‘llari bo‘ylab ko‘pgina bezlar rivojlangan.

  1. Hazm sistemasining muhim bir qismi bo‘lmish tishlar paydo bo‘lgan. Umurtqali hayvonlardan baliqlarda, amfibiyalarda, reptiliyalarda xuddi go‘daklarniki singari gomodont tish sistemasi bo‘ladi. Sutemizuvchilarning tishlari geterodont sistemadan tuzilgan: kurak, qoziq, kichik jag‘ va katta jag‘ tishlari tafovut etiladi.

Ektodermadan hosil bo‘lgan birlamchi ichak nay uchta qismga, chunonchi: oldingi, o‘rta va orqa ichakka bo‘linadi. Oldingi ichakdan og‘izning orqa tomoni, yutqin, qizilo‘ngach, me’da va o‘n ikki barmoq ichakning boshlang‘ich qismi vujudga keladi, o‘rta ichakdan ingichkaichak, oxirgi ichakdan esa yo‘g‘on ichaklar rivojlanadi. Tishlar homila bir oylik bo‘lgandan so‘ng og‘iz bo‘shlig‘ining shiliq qavatidan rivojlana boshlaydi. Bola tug‘ilib olti oylik bo‘lgandan so‘ng, sut tishlari milk ichidan yorib chiqa boshlaydi va ikki, ikki yarim yoshda butunlay chiqib bo‘ladi. Sut tishlar yigirma dona bo‘lib, pastki va ustki jag‘da quyidagi tartibda joylashadi:
20 12 21 02 20 12 21 02
Bola olti yoshga yetganda sut tishlar doimiy tishlar bilan astasekin almashina boshlaydi va 12–15 yoshga qadar davom etadi. Oxirgi katta oziq tishlar 18–25 yoshda chiqadi.
Sutemizuvchi hayvonlarning hazm sistemasi taraqqiyoti bir qancha bosqichda amalga oshadi.
Dastlab ichak nayi shakllanadi, so‘ng og‘iz bo‘shlig‘i va orqa chiqaruv teshigi takomillashadi. Hazm sistemasi embrion varaqdan hosil bo‘ladi.
Barcha ko‘p hujayrali jonivorlarda ichak nayining oldingi va orqa qismlari ektodermadan takomillashadi. Entodermadan o‘rta ichak epiteliysi va uning bezlari rivojlanadi. Mezodermadan esa qon tomirlar va muskul qavatlar, ichak nayining seroz (shiliq) pardasi rivojlanadi.
Hazm a’zolarining rivojlanish anomaliyalari professor G.I. Lazyuk olib borgan kuzatishlariga ko‘ra 100 ta chaqaloqning 25 tasida uchraydi yoki 100 ta perinatal davrida o‘lgan bolaning 3–4 tasida topilgan. Rivojlanish anomaliyalari hazm nayining turli qismlarida: og‘izdan tortib, anal teshigigacha uchrashi mumkin. Qizilo‘ngach ichki diametrini torayishi (stenoz) yoki berk bo‘lishi (artreziyasi) 1000 ta chaqaloqdan 0,3 tasida uchraydi. Ba’zan qizilo‘ngachni ikkiga ajralish hollari kuzatiladi. Me’da rivojlanishi anomaliyalariga me’daning chiqish teshigini torayishi yoki berk bo‘lishi, qo‘shaloq meda bo‘lishi, misol bo‘la oladi. Ichak anomaliyalari ham ichak diametrini torayishi, berk bo‘lishi, orqa chiqaruv teshik (anus) ning bo‘lmasligi bilan ifodalanadi.

Download 139,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish