Ўзбекистон республикаси соғЛИҚни сақлаш вазирлиги тиббий таълимни ривожлантириш маркази


Umurtqali hayvonlar nerv sistemasi



Download 139,37 Kb.
bet17/20
Sana15.06.2022
Hajmi139,37 Kb.
#675030
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
1 мавзу Азолар системаси онтофилогенези

Umurtqali hayvonlar nerv sistemasi. Xordalilar turining sodda vakili – lansetnikda markaziy nerv sistemasi rolini orqa nerv nayi o‘taydi. Nerv nayi bo‘ylab ichki maxsus kanal nevrosel joylashgan. Lansetnikning nerv nayi alohida qismlarga, ya’ni bosh va orqa miyaga bo‘linmagan. Barcha umurtqalilarda nerv sistemasi ikkita qismdan markaziy va periferik nerv sistemasidan iborat. Markaziy nerv sistemasiga bosh va orqa miya kiradi. Periferik nerv sistemasiga 10–12 juft bosh miya va 31 juft orqa miya nervlari kiradi.
Togarak o gizlilarda nerv nayi sodda tuzilgan bo‘lib bosh miya va orqa miyaga ajralgan. Minoganing bosh miyasi ham bir tekislikda joylashgan 5 ta qismdan iborat.
Baliqlarning oldingi miyasi ancha kichik bo‘lib, yarim sharlarga bo‘linmagan. Unda hid bilish do‘mbog‘i va hid bilish piyozchasi bo‘ladi.
To‘garak og‘izlilar, baliqlar va amfibiyalar bosh miyasida o‘rta miya yetakchi ahamiyatga egadir. Zero mazkur sinf vakillarida o‘rta miya bosh miyaning qolgan qismlariga nisbatan yaxshi rivojlangan. Bunday bosh miya ixtiopsid miya deyiladi.
Sudralib yuruvchilar va qushlarda bosh miyaning yetakchi hamda rivojlangan qismi oldingi miyadir. Oldingi miya rivojlangan yarim sharlardan iborat bo‘lib, sirtqi tarafdan to‘liq bo‘lmagan (orolcha tarzdagi) po‘stloq bilan qoplangan. Shuni ta’kidlash kerakki, oldingi miya, miyaning asosi (bazisi) hisobiga kattalashadi, ularda po‘stloq oliy nerv faoliyatida aytarli ahamiyatga ega emas. Mazkur turdagi miya zauropsid miya deb ataladi.

Zauropsid miya reptiliyalar va qushlar hulq-atvorini murakkablashishiga, ularni atrof-muhitning turli sharoitlariga moslashishiga imkon beradi. Sutemizuvchilarning bosh miyasi mammal turda tuzilgandir. Bosh miyaning yetakchi qismi katta yarim sharlarni qoplab turuvchi kulrang qavat – po‘stloq hisoblanadi. Katta yarim sharlar po‘stlog‘i sathi egatchalar va pushtalar hisobiga kengayadi.
Barcha umurtqali hayvonlar nerv sistemasi embrion tananing dorzal qismida ektodermadan rivojlanadi. Gastrulatsiya davrida ektodermadan nerv plastinkasi hosil bo‘ladi. Keyinchalik nerv plastinkasi tarnovchaga va nihoyat nerv nayiga aylanadi. Nerv nayining oldingi qismida uchta birlamchi miya pufakchalari bo‘ladi.
Oldingi va orqa miya pufaklarining har biri o‘z navbatida birbiridan ajralib ketmagan 2 ta pufakchaga ajraladi. Natijada 5 ta bosh miya pufaklari hosil bo‘ladi. Mazkur pufaklar bosh miya qismlarining kurtagi hisoblanib, kelgusida oldingi pufakdan, oldingi va oraliq miya, o‘rta pufakdan o‘rta miya va orqa pufakdan miyacha, hamda uzunchoq miya rivojlanadi. Nerv nayining keyingi qismidan umurtqa pog‘onasi kanalida joylashuvchi orqa miya shakllanadi. Shunday qilib, barcha umurtqalilarda bosh miya beshta qismga bo‘lingan (108- rasm).

  1. Uzunchoq miya.

  2. Miyacha.

  3. O‘rta miya.

  4. Oraliq miya.



5. Oldingi miya yoki bosh miya yarim sharlari. Umurtqali hayvonlarning bosh miyasi o‘zaro miya qismlarining hajmi, taraqqiyot darajasi bilan farq qiladi.
Bosh miya pufakchalari ichida nevrosel kengayishi tufayli 3 juft miya qorinchalari hosil bo‘ladi. Miyaning har bir bo‘limida qorincha ustiga joylashgan tomi (mantiya) va uning ostiga joylashgan asosi
375
(bazis) tafovut qilinadi. Bosh va orqa miya ikki xil moddadan: oq va kulrang moddadan iborat. Kulrang modda nerv hujayralaridan, miyelinsiz va nozik miyelinli tolalardan, hamda neyrogliyadan iborat. Oq modda miyelin parda bilan o‘ralgan nerv tolalaridan iborat. Markaziy nerv sistemasining rivojlanish poroklari barcha anomaliyalarning qariyb 30% ini tashkil etadi. Ulardan ko‘p uchraydigani; anensefaliya – bosh miya, miya qutisining gumbaz qismining bo‘lmasligi; mikrosefaliya – bosh miya hajmining normadan kichik bo‘lishi; amiyeliya – orqa miyaning umuman bo‘lmasligi.

Download 139,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish