„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


  Erkaklarning  (ayniqsa,  yosh  yigitlarning)  ayollar  kiyimida  yurishi  va  ayollar



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/23
Sana16.01.2020
Hajmi1,85 Mb.
#34834
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
Миллий ғоя МАЪРУЗА 2019-20120


12.  Erkaklarning  (ayniqsa,  yosh  yigitlarning)  ayollar  kiyimida  yurishi  va  ayollar 
pardoz vositalaridan foydalangan holda o„ziga oro berishi (ko„zi, labi, qoshi va sochlarini 
bo„yashi). 
                                                 
44
 
http://holva.uz/2011/06/15/tatuirovkaning-kelib-chiqishi
 
45
 Karimov I.A. O‗z yo‗limizning shart-sharoiti va zaminlari. 

Yoshlarimiz  bu  kabi  manfur  illatga  chalinmasliklari  uchun  kasb-hunar  o‗rganishga  jiddiy 
kirishmoqliklari shart. Zero, ―Bizning mintaqamizda azal-azaldan hunarmandchilik rivojlangan. 
To‗qimachilik,  milliy  poyabzal  tikish,  kulolchilik,  amaliy  san‘at,  ganchkorlik,  temirchilik, 
o‗ymakorlik bilan shug‗ullanadigan kichik-kichik ustaxona va do‗konlar ko‗p bo‗lgan‖. Albatta, 
barcha bezaklar buyumlarga berilgan. Inson tanasiga emas. 
13.  Umuman,  chetdan  kirib  kelayotgan  yoki  o„zimizda  paydo  bo„layotgan  va  keng 
tus olayotgan axloqqa zid bo„lgan xatti-harakatlarning barchasi. Jumladan: 
dabdabali to‗ylar qilish,  
serhasham uylar qurish,  
ayollarning to‗ydan avvalgi va keyingi turli-tuman serchiqim yangicha tadbirlari,  
yangi tug‗ilgan go‗dakni tug‗ruqxonadan dabdaba bilan olib chiqish,  
to‗y kuni sanoqsiz va qimmatbaho xorij mashinalarida kelin-kuyovning sayrga chiqishi va 
hokazo. 
Yuqoridagi ro‗yxatni yana uzoq davom ettirish mumkin. 
B) ZO„RAVONLIK.  
1.  Insonga  yetkaziladigan  har  qanday  jismoniy,  ma‟naviy,  ruhiy,  moddiy  tazyiqlar. 
Jumladan, o‗ziga nisbatan tazyiq o‗tkazish ham zo‗ravonlik sanaladi. Bunday holatlar ham keng 
avj  olib  bormoqda.  Masalan,  to„da-to„da  bo„lib  bir  kishini  (yoki  bir  necha  kishini) 
do„pposlash. Bunday holatlar ko‗proq yoshlar orasida kuzatiladi. Yaqinda qo‗shni davlatlardan 
biridagi qishloqdagi maktab o‗quvchilari uch kishi bo‗lib 1ta 7-sinf o‗quvchisi do‗pposlab mayib 
qilganini va jabrlanuvchi 1 haftadan so‗ng vafot etganini aytishdi. O‗sha mamlakat hukumati esa 
shu kabi voqealar ko‗payotganligidan xavotir bildirmoqda. 
2.  Xeppining  (avvaldan  rejalashtirilmagan,  nogahonda  uyushtiriladigan  «keskin» 
tomoshalar, masalan, royal, pianino yoki avtomobillarni urib abjag„ini chiqarish yoxud o„t 
qo„yish  orqali  vahshiyona,  ommaviy  «ko„ngil  ochish»lar  uyushtirish).  Bu  kabi  voqealar 
bizning  yurtimizda deyarli kuzatilmaydi.  Lekin  ―ommaviy madaniyat‖ mahsuli  bo‗lgan film  va 
o‗yinlarning  yurtimiz  sarhadlaridan  yashirinib,  sezdirmay  kirib  kelishi  va  ularning  yosh  avlod 
tomonidan qabul qilinishini bizning mamlakatimizda ham xeppining bo‗lishiga sababchi bo‗lishi 
ehtimoldan holi emas. Bu kabi holatlar bizda hozircha juda kam. 
3.  Yo„q joydan janjal qo„zg„ab, vahshiyona urushlar uyushtirish.  
4.  O„zidan  zaif  bo„lgan  kishilarga  kuch  ishlatib,  ularni  biror  bir  nojo„ya  xatti-
harakatga  undash  yoki  majburlash  (yoki  biror  foydali  xatti-harakat  qilishdan  qaytarib 
qolish)  va  boshqalar.  Bu  kabi  barcha  xunrezliklar,  zo‗ravonliklarning  asosiy  sababchilaridan 
biri  qonli  sahnalarga  boy  kompyuter  o‗yinlari  bo‗lib,  bunday  o‗yinlarga  mukkasidan  ketgan 
yoshlar hayotda ham o‗sha o‗yinni sinab ko‗rishi natijasida yuzaga kelmoqda. 
V)  INDIVIDUALIZM  VA  EGOTSENTRIZM  (o‗z  fikr-o‗ylari,  manfaatlari  doirasida 
qotib  qolgan  insonning  atrof-muhit  va  odamlarga  oid  o‗z  bilimlari  va  o‗zgalarga  munosabatini 
o‗zgartira olmasligini bildiradi). 
INDIVIDUALIZM  (lot.  ―individuum‖,  ―individuus‖  –  bo‗linmas,  ajralmas)  shaxsiy 
manfaatlarni  jamiyat  manfaatlaridan  yuqori  qo‗yuvchi,  yoki  ayrim  shaxsni  jamiyatga  qarama-
qarshi qo‗yuvchi nuqtai nazar. O‗zi yoki muayyan shaxsni jamoadan yuqori qo‗yuvchi. 
EGOTSENTRIZM (lot. ―yego‖ – men, ―centrus‖ – markaz) manmanlik va xudbinlikning 
uchiga  chiqqan  shakli:  shaxsning  faqat  o‗z  qiziqish  doirasigagina  bog‗lanib  qolishi, 
boshqalarning fikri bilan hisoblashmay, o‗z fikrlari va shaxsiyatini yuqori qo‗yish. 
1.  Jamiyat  manfaatlarini  mensimaslik.  O„z  manfaatlari  yo„lida  hech  narsadan 
qaytmaslik  va  boshqalar  manfaatidan  uni  ustun  qo„yish.  Masalan,  nikoh  kuni  mashinalar 
karvonini  uyushtirish  odatini  ana  shunday  illatlardan  biri  sifatida  keltirish  mumkin.  Chunki 
birgina kuyov va kelin o‗z manfaati, kayfu safosi deb butun shahar yo‗llarida harakatlanayotgan 
yo‗lovchi avtoulovlarga xalaqit beradi. To‗ylardagi mashinalar karvoni kundan kunga kengayib 
bormoqda. Bu esa o‗ziga yarasha noqulaylik va ayrim holatlarda fojealarni keltirib chiqarmoqda. 
Jamiyat manfaatlarini mensimaslik illatiga yana ko‗plab misollar keltirish mumkin. 

2.  Nigilizm.  ―Nigilizm‖  lotincha  ―Nihil‖,  ya‘ni  ―hech  nima‖,  ―hech  narsa‖  so‗zidan 
olingan.  Nigilizm  –  jamiyatning  axloqiy,  ma‘naviy  norma  va  ustunlari,  tarixiy  hamda  madaniy 
qadriyatlarining  inkor  etilishi;  umume‘tirof  etilgan,  obyektiv  qadriyatlarga  nisbatan  mutlaqo 
salbiy  hamda  o‗ta  tanqidiy  munosabatda  bo‗lish;  muayyan  hodisaga  nisbatan  bir  yoqlama, 
kelishuvni rad etgan tarzda munosabat bildirish; buzg‗unchilik g‗oyalarini o‗zida ifodalash. 
3.  Skeptitsizm.  Dunyo  haqida  ishonchli  bilimlarga  erishish  mumkinligini  shubha  ostiga 
oluvchi  ta‘limotlardan  biri.  Skeptitsizm  –  bilimdan  ko‗ra  hissiy  idrokni  ustun  qo‗yish  va  shu 
asosda  ish  tutish.  YA‘ni  ular  bilim  va  tajribalar  asosida  emas,  balki  o‗zlarining  his-tuyg‗ulari 
asosidagina ish ko‗rishni xohlovchilardir. 
4.  Sinizm.  Beadablik,  uyatsizlik,  hayosizlik;  surbetlik,  orsizlik;  qahri  qattiqlik,  bag‗ri 
toshlik,  shafqatsizlik,  rahmsizlik  berahmlik,  zolimlik;  takabburlik,  manmanlik,  dimog‗dorlik, 
kibr-havo;  beparvolik,  e‘tiborsizlik,  loqaydlik.  Beadablik  –  asosiy  maqsad  emas,  omadga 
erishish vositasi, xolos. Zarurat tug‗ilganda o‗z prinsiplaridan chekinmaslik oqibatida inson bir 
umr  aziyat  chekib,  o‗z  behayoligi  evaziga  qo‗lga  kiritilgan  erkidan  shikoyat  qilib  o‗tishi 
mumkin.  Bunday  beadabliklardan  biri  –  yigit  kishining  o‗ziga  bino  qo‗yib,  to‗ydan  avval  biror 
qizning nomusini toptashi yoki qiz bolaning o‗z nomusini toptalishiga yo‗l ochib berishi.  
5.  Vandalizm  –  madaniy  yodgorliklarni,  qadriyatlarni  vaxshiylarcha  vayron,  oyoq  osti 
qilish, yo‗qotish; madaniyatsizlik, jaholat, nodonlik. 
6. 
 Boshqalarga  biror  xil  ma‟lumot  berish  jarayonida  ularning  fikri  bilan 
hisoblashmaslik,  ularni  mensimaslik
.
  ―Zamonaviy  informatsion  xurujlarning  mualliflarida 
aynan  shu  kabi  egotsentrizm  kuzatiladi  va  ular  o‗zlariga  o‗xshash  faqat  o‗z  manfaatinigina 
ko‗zlaydigan avlod ongini qamrab olishga harakat qiladi‖
46

 
7.  Har  qanday  vaziyatda  o„zini  hammadan  ustun  qo„yish,  haddan  ortiq 
manmanlikka berilish.  Bu illatni  biz xalq  orasidagi kazo-kazolarning serchiqim  to‗y qilish  va 
serhasham uy qurishi jarayonida kuzatishimiz mumkin. To‗y qilishganda manmanliklari natijasi 
o‗laroq,  oddiy  odamlar  qilishi  qiyin  bo‗lgan  yangi-yangi  odatlar  qilishadi,  noo‗rin 
―hotamitoylik‖lar  qilishadi.  Uy  qurganda  esa  qo‗ni-qo‗shnilarning  uyidan  bir  necha  barobar 
baland  va  xashamatli  qilishadi.  Bunday  odatlarining  bari  milliy  qadriyatlarmizga  zid  bo‗lib, 
odamlar orasida turli kelishmovchiliklarni keltirib chiqarishi ham kuzatilmoqda. 
8.  Shuningdek, egotsentrizmning boshqa turlarini keltirish mumkin. 
  ―Yosh avlodimizni turli ma‘naviy tajovuzlardan himoya qilish haqida gapirganda, nafaqat 
xalqimizni  ulug‗laydigan  buyuk  xususiyatlar  ayni  paytda  uning  rivojlanishiga  salbiy  ta‘sir 
ko‗rsatgan,  eski  zamonlardan  qolib  kelayotgan  noma‘qul  odatlar  xaqida  ham  ochiq  so‗z 
yuritishimiz zarur. 
Birinchi  navbatda  xudbinlik  va  loqaydlik,  qarindosh-urug‗chilik  va  mahalliychilik, 
korrupsiya va manfaatparastlik, boshqalarni mensimaslik kabi illatlardan jamiyatimizni butunlay 
xalos etish to‗g‗risida o‗ylashimiz lozim‖
47

Shuni  alohida  ta‘kidlash  lozimki,  yuqorida  keltirib  o‗tilgan  illatlar  bevosita  ―ommaviy 
madaniyat‖chilarning  daromadlariga  xizmat  qilayotgan  mahsulotlarning  iste‘moli  natijasidir. 
YA‘ni biz keltirgan barcha tushunchalarning o‗zi bevosita ―ommaviy madaniyat‖ deyilmasa-da, 
ammo ular ―ommaviy madaniyat‖ning mahsulotlari sanaladi. 
Yoshlar  dunyoqarashini  buzishga  qaratilgan  taxdidlar  mafku-raviy  xurujning  eng  salbiy 
oqibatlarga olib keladigan shakl-laridan biridir.  Ma‘lumki,  xalqimizning nisbatan ko‗pchiligi-ni 
yoshlar  tashkil  qiladi.  Shu  sababli  ular  bizning  oltin  fondi-miz  hisoblanadi.  Afsuski,  ba‘zida 
yoshlarimiz  dunyoqarashini  buzishga  qaratilgan  xatti-harakatlar  ko‗zga  tashlanmoqda.  YA‘ni 
Vatanini  yomon  ko‗rsatish,  o‗tmishga  nisbatan  bepisandlik  ruhini  qaror  toptirish,  davlat  va 
jamiyatga  nisbatan  ishonchsizlik  uy-g‗otish  kabilar.  Yoshlarda  bunday  tahdidlarga  qarshi 
zamonaviy  tafakkur  va  siyosiy  faollikni  shakllantirish  lozim.  Bunda  yoshlarda  siyosiy  ong, 
siyosiy  qarash  va  siyosiy  madaniyatni  shakl-lantirish  muhim  o‗rin  tutadi.  Buning  uchun  oila, 
                                                 
46
 
http://fikr.uz/posts/your-articles/2896.html/
 
Sevara  Musayeva.  Axborot  tahdidlarini  baholash  va  xavfsizlikni 
ta‘minlash imkoniyatlari.  
47
 Islom Karimov. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. T.: ―Ma‘naviyat‖, 2008 yil. 120-bet. 

ta‘lim  tizimi,  mahalla  va  tashkilotlar  orasida  shunday  mexanizm  shakllanishi  kerakki,  har  bir 
yosh  siyosiy  voqelikni  va  ijtimoiy  hayot  jara-yonlarini  to‗laroq  idrok  etsin.  Bu  jarayonda 
yoshlarni  milliy  va  umuminsoniy  madaniyat  uyg‗unligi  asosida  tarbiyalash  nihoyatda  muhim 
ahamiyat  kasb  etadi.  Buning uchun ularni erkin  va musta-qil fikrlashga,  mushohada  yuritishga, 
oila  va  qavm-qarindosh-larni  hurmat  qilishga,  dunyoda  bo‗layotgan  har  bir  voqelikka  o‗z 
munosabatini bildirishga o‗rgatishimiz kerak. Bunda, avvalo, xalq ruhiyatini ko‗taradigan, uning 
ichki, botiniy qudratini namoyon etadigan tadbirlarni ko‗proq tashkil etish, shu ruhdagi adabiy-
badiiy  asarlar,  ilmiy-publitsistik  tadqiqotlarni  ko‗paytirish-ni  rag‗batlantirish,  ularni  omma 
ongiga  singdirishga  erishishga  e‘tibor  qaratish  lozim.  Mustaqillik  davrida  erishilgan  mil-liy-
ma‘naviy  yutuqlarimizning  ahamiyati,  salohiyati  va  jozi-basini  ko‗rsatish,  istiqlol,  xalq  erki, 
milliy  davlatchiligi-miz  eng  sharafli,  eng  muqaddas  qadriyat  ekanini  yoshlar  ongiga  muntazam 
singdirib  borish  bu  borada  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Yoshlarni  qadimiy  Buxoro,  Xiva, 
Samarqand,  Qo‗qon,  Shahrisabz  kabi  shaharlarga  sayohatlar  uyushtirish,  ulug‗  insonlar  hokini 
ziyorat  qilish,  muzeylarga  olib  borib,  o‗lmas  tarixiy  obidala-rimiz,  ajdodlar  madaniyati  bilan 
tanishtirish ham katta ahami-yatga ega. 
 
4.“Mafkuraviy  poligon”  tushunchasi,  uning  namoyon  bo„lish  xususiyatlari.  
Mafkuraviy poligon deganda, odamlar va xalqlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan turli 
g‗oyalarning sinov maydonini ang-lamog‗imiz darkor. Odatda, «poligon» deganda qurol-aslaha 
va  texni-kani  sinash,  qo‗shinlarni  harbiy  tayyorgarlikdan  o‗tkazish  yoki  harbiy  sohada 
tadqiqotlar  olib  borish  uchun  mo‗ljallangan  maxsus  maydon  tushuniladi.  Agar  biz  moziyga  bir 
nazar tashlasak, o‗zga hududlarni  zabt  etish maqsadida qo‗llanadigan jang, urush qurollarining 
uzluk-siz  takomillashib  borganligini  ko‗ramiz.  Dastlab  oddiygina  tosh  yoki  tayoqdan  iborat 
bo‗lgan  qurol  nayzalardan  tortib  avtomat-u,  pulemyot-largacha,  palaxmon,  manjanaq, 
zambaraklardan  yer  yuzining har qan-day  nuqtasiga bexato  yetib boradigan qit‘alararo ballistik 
raketa-largacha  bo‗lgan  uzoq  takomil  yo‗lini  bosib  o‗tdi.  Bu  qurollar  bosib  olinishi  lozim 
bo‗lgan  hududlar  aholisini  jismonan  yo‗q  qilishga  qaratilgan  edi.  Milodiy  uchinchi  mingyillik, 
yanada  aniqrog‗i,  XXI  asr  ibtidosida  esa  o‗zga  hududlarni  zabt  etish  uchun  ularning  aholi-sini 
jisman mahv etish unchalik shart emas. Chunki turli g‗oyaviy, fikriy ta‘sirlar oqibatida ongi va 
shuuri  zabt  etilgan,  qarash  va  kayfiyatlari  «ma‘qul»  yo‗nalishga  o‗zgartirilgan  mahalliy  aholi 
yorda-mida  har  qanday  boylik,  tabiiy  resurslarga  egalik  qilish  mumkin.  Bu  esa  shu  joy 
aholisining  ongi  va  qalbi  yot,  begona  vayronkor,  buz-g‗unchi  g‗oyalar  sinab  ko‗riladigan 
maydonga aylanganini bildiradi. 
Ya‘ni, mafkuraviy poligon deb, odamlarning  qalbi va ongini egallashga qaratilgan g‗oya 
yoki mafkurani ham mablag‗, ham  zamonaviy-texnikaviy vositalar bilan kuchaytirib, moddiy va 
ma‘naviy  qurollarni  ishga  solib,  dunyodagi  axborot  va  fikr  oqimini      о‗z  manfaati  yо‗lida 
boshqarib  turgan,  muayyan  niyatiga  yetish  uchun  ishlatadigan  va  bu  borada  xilma-xil  tarzda 
namoyon bо‗ladigan harakatlarni amalga  oshiradigan g‗oyaviy markazga aytiladi.  
Bugungi  kunda  nafaqat  inson  ongini,  balki  qalbini  ham  egallash  mafkuraviy  kurashning 
bosh maqsadidir. Shuning uchun ham Yer yuzi-ning turli mintaqalari xalqlarining ongi va qalbi 
turli goyalarni sinash maydoniga, mafkuraviy poligonga aylantirilmokda. 
Ana  shunday  sharoitda  xalqning  barcha  qatlamlariga  berilayotgan  bilimlar  obyektiv, 
voqelikni  to‗liq  va  to‗g‗ri  aks  ettirishi,  jamiyat  tarakdiyotiga,  Vatan  va  xalq  manfaatlariga, 
qadriyatlarni saqlashga xizmat qilishi lozim. 
Bu boradagi bilimlar qanchalik obyektiv va chuqur bo‗lsa, uning zamirida  yuzaga kelgan 
qadriyatlar  ham  shunchalik  ustuvor  bo‗ladi.  Ular-ni  egallagan  odam  mafkuraviy  tajovuzlarga 
munosib  zarba bera ola-di.  Bunga  erishish jarayoni  nihoyatda serqirra bo‗lib, u o‗z mohiyatiga 
ko‗ra, yot g‗oyalar kirib kelishining oldini olish va ularni yo‗qotishga qaratilgan chora-tadbirlar, 
g‗oyaviy-tarbiyaviy, siyosiy, iqtisodiy, ij-timoiy, ma‘naviy ishlar majmuini o‗z ichiga oladi. 
Hozirgi  davr  dunyoda  g‗oyaviy  qarama-qarshiliklar  murakkab  tus  olgan,  mafkura 
poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bo‗lib borayotgan davrdir. 

Dunyoning  hududiy  jihatdan  turli  mintaqa  va  qit‘alarga  bo‗lini-shini  jo‗g‗rofiya 
darslaridan  yaxshi  bilamiz.  Jahonning  siyosiy  xarita-siga  qarab  va  mavjud  davlatlarning 
chegaralarini hisobga olgan holda ham Yer yuzining hududiy bo‗linishini bemalol tasavvur qila 
olamiz. 
Insoniyat  XX  ayer  oxiriga  kelib,  qator  chegara  bilmaydigan  muam-molarga  duch  keldi. 
Urush  va  tinchlik,  ekologik  falokatlar,  ma‘naviy  qashshoqlik,  narkobiznes,  terrorizm  kabi 
muammolar ana shular jum-lasidandir. Shu bilan birga dunyoda globallashuv, axborot oqimining 
tezlashuvi  va  intensivlashuvi,  universal  texnologiyalar  bilan  bog‗-liq  umumbashariy  jarayonlar 
ham  bormokda.  Butun  Yer  yuzi  odamzod  uchun  yagona  makon  ekanligi  aniq.  Bunga  shak-
shubha yo‗q, albatta. Ammo tarixda mavjud chegaralarni o‗zgartirish, muayyan hududlarni bosib 
olish uchun son-sanoqsiz urushlar bo‗lgani ma‘lum. Bu jarayonda esa urush qurollari muntazam 
takomillashib borganini bilamiz. Mazkur urushlar to XX asrgacha ko‗proq bir davlat ichida, ikki 
davlat o‗rta-sida yoki nari borganda bir mintaqa doirasida bo‗lishi mumkin edi. 
Shu  bilan  birga  hozirgi  vaqtda  mafkuraviy  vositalar  orqali  o‗z  ta‘sir  doirasini 
kengaytirishga  intilayotgan  siyosiy  kuchlar  va  hara-katlar  ham  yo‗q  emas.  Tajovuzkor 
millatchilik  va  shovinizm,  neofashizm  va  kommunizm,  irqchilik  va  diniy  ekstremizm 
mafkuralari shular jumlasidandir. 
Natijada dunyoda inson qalbi va ongini egallash uchun kurash tobo-ra kuchayib bormoqda. 
Bu hol bugungi kunda dunyoning mafkuraviy man-zarasini belgilab bermoqda. 
Kishilik jamiyati tarixi insonda olijanob fazilatlarning shakl-lanishi va rivojlanishiga ham, 
ayni paytda, g‗ayriinsoniylikning xilma-xil ko‗rinishlari ildiz otib, o‗zining mudhish qiyofasini 
na-moyon qilishiga ham  ko‗p bor guvoh bo‗lgan. Afsuski, insoniyatning butun tarixi davomida 
bunday illatlar unga hamrohlik qilib keldi, turli davrlarda yangi shakl-shamoyil, xususiyat kasb 
etdi. Bugungi kunda ularning eng yovuzlari Yer yuzidagi tinchlik va totuvlik, ham-korlik hamda 
hamjihatlikka va oxir-oqibatda insoniyatning yagona birlik sifatida erkin taraqqiy qilishiga katta 
xavf tug‗dirmoqda. 
Bugun  dunyoning  mafkuraviy  manzarasini  o‗z  maqsadlari  yo‗lida  o‗zgartirmoqchi 
bo‗layotgan  mafkura  shakllari  barqarorlik  va  taraqqi-yotga  tahdid  solmoqda.  Ularning  asosiy 
shakl  va  yo‗nalishlari  Birinchi  Prezidentimiz  Islom  Karimovning  «O‗zbekiston  XXI  asr 
bo‗sag‗asida:  xavf-sizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari»  asarida 
ko‗rsatib berilgan. 
Mafkuraviy  ta‘sir    kо‗rsatish  geosiyosatning  eng  ta‘sirchan  vositasiga  aylanmoqda. 
Shuning  uchun  Birinchi  Prezidentimiz  Islom  Karimov    mafkura  poligoni  yadro  poligonidan 
kо‗ra kuchriloq deb alohida ta‘kidlaganlar. Chunki, mafkuraviy ta‘sirni kо‗z bilan kо‗rish, qо‗l 
bilan ushlash juda mushkul. U insoniyat orasida juda tezlik bilan bilan, ammo sezilmagan tarzda 
kirib keladi va о‗zining zararli oqibatlarini kо‗rsatadi.  
Qaysi  davlatning    kuchi  qanchaligi,  armiyasining  soni    va  yadro  poligoni  qayerda 
joylashgani, uning quvvatini, qanday maqsadga  yо‗nalganligini muayyan darajada  aniq bilish 
mumkin.  Ammo, yovuz mafkuraviy maqsadlarning  qaysi yо‗llar bilan insonlar qalbini egallab 
olayotganligini osonlikcha bilib bо‗lmaydi.  
Bugungi  dunyoda  turli  hudud    xalqlarini  ma‘naviy-mafkuraviy    jihatdan  tobe  etishga  
intilish  va    shunday  asosda    bо‗lib  olishga  urinishlar  davom  etmoqda.    Buning  uchun  ular 
ommaviy  axborot  vositalari,    turli  xil  markazlardan  foydalanmoqdalar.  Masalan,  turli  jangari 
filmlar, bolalar uchun kompyuter programmalari, teleо‗yinlardan foydalanish  hollari mavjud.  
Ana shunday sharoitda  milliy istiqlol  g‗oyasini  chuqur egallash, mustahkam e‘tiqod va 
irodaga ega bо‗lish orqaligina  bunday maqsadlarning asl mohiyatini tо‗g‗ri tushunish mumkin.  
Masalan, keyingi paytda turli  soxta diniy aqidaparastlar juda kо‗payib ketdi. Vahobiylik,  
Hizbut-tahrir      kabilar  fikrimiz  isbotidir.    Ular  birinchidan,  dindan  foydalanib  dinga  aloqasi 
bо‗lmagan  siyosiy  va  boshqa  tajovuzlar  va  maqsadlarni  amalga  oshirishga  intiladilar. 
Ikkinchidan,  dinni  niqob  qilib  olib,  turli  siyosiy  mojarolar,  ziddiyatlarni  keltirib  chiqarishga 
harakat  qiladilar.  Uchinchidan,  inson,  millatlarning  о‗z  taqdirini  о‗zi  belgilash  huquqini  emas, 
balki  dinning  yashashga  bо‗lgan  huquqini  e‘tirof  etadilar.  Tо„rtinchidan,    dinni  dunyoqarash 

tafakkurining  yagona  vositasi  deb  hisoblab,  о‗z  maqsad  va  muddaolarini  amalga  oshirishga 
intiladilar. 
О‗z-о‗zidan ravshanki, bu hodisalar О‗zbekistonning mustaqilligini mustahkamlash, uning 
xavfsizligini  ta‘minlash  zarurligi  nuqtai  nazaridan  qaraganda  butunlay  zararli  g‗oyalardir. 
Iymon-e‘tiqodi  mustahkam,    keng  bilimga  ega  bо‗lgan,  dinning  asl  mohiyatini  chuqur  anglab 
yetgan shaxslargina  ularning nechog‗lik zararli ekanligini  anglab,  uning oldini olishga harakat 
qiladilar.  
 
5.  Mafkuraviy  profilaktikaning  ijtimoiy  siyosiy  zaruriyati.  Mafkuraviy  immunitetni 
shakllantirish  omillari.  Insoniyat  tarixidan  ma‘lumki,  jamiyatdagi  har  bir  ijtimo-iy  kuch  yoki 
aholi  qatlamlari  o‗z  maqsad  va  intilishlarini  ifoda  etuvchi  g‗oyalar  tizimini  yaratgach, 
boshqalarni ham shu g‗oyalar ta‘-siriga tortishga, o‗z tarafdorlari safini kengaytirishga hara-kat 
qiladi. Bunda ushbu yo‗nalishdagi ma‘naviy-ma‘rifiy faoli-yat va ta‘lim-tarbiya jarayoni muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
G‗oyalar  adolatli  va  haqqoniy  bo‗lib,  ko‗pchilikning  talab-ehti-yojlariga  mos  kelsa,  bu 
sohadagi tarbiya vositalari ta‘sirchan, tarbiyachilar esa faol va fidoyi bo‗lsa, g‗oyaviy tarbiyadan 
ko‗zlan-gan  maqsadga  erishiladi.  Jamiyat,  xalq  hali  o‗z  manfaatlarini  anglab  yetmagan,  o‗z 
mafkurasini shakllantirib, maqsadlari sari safarbar bo‗lmagan hollarda begona va zararli g‗oyalar 
ta‘siriga  tushish  ehtimoli  ortib  boradi.  Bu  esa  g‗oyaviy  tarbiyani  yo‗lga  qo‗yish,  sog‗lom 
mafkura tamoyillarini aholi qalbi va ongiga muttasil singdirishni dolzarb vazifaga aylantiradi. 
Shu  ma‘noda,  g‗oyaviy  profilaktikaning  asosiy  vazifalari-dan  biri  komil  insonni 
shakllantirish  va  uni  amalga  oshirishga  bo‗lgan  intilishlar  insoniyat  sivilizatsiyasining  ma‘no-
mazmu-nini  tashkil  qiladi.  Tarixga  nazar  tashlasak,  har  qanday  jami-yatda  komillikning  eng 
asosiy  ko‗rsatkichi  insonning  ezgulikka,  ijtimoiy  baxt-saodatga,  gumanistik  g‗oyalarga 
munosabatida hamda ularga asoslangan amaliy faoliyatida namoyon bo‗ladi. YA‘ni ja-miyatning 
umumiy  rivojiga,  insoniyat  sivilizatsiyasiga  ijobiy  ta‘sir  ko‗rsatuvchi  komillik  mezoni  insonni, 
shaxsni  barkamol  qilish  orqali  jamiyatni  baxtli,  saodatli  qilishdan  iborat  bo‗lib  kelgan. 
"Mafkuraviy prafilaktika" tushunchasi inson, ijti-moiy guruh, millat, jamiyat dunyoqarashini 
shakllantirishga, ularni muayyan g‗oya va maqsadlarni ifoda etadigan mafkuraviy bilimlar bilan 
qurollantirishga  yo‗naltirilgan  jarayonni  ang-latadi.  Uzbekiston  sharoitida  bunday  faoliyatning 
asosiy  vazi-fasi  —  xalqimizning  ozod  va  obod  Vatan,  erkin  va  farovon  hayot  barpo  etish 
yo‗lidagi  asriy  orzu-istaklari,  maqsadlarini,  mil-liy  istiqlol  g‗oyasining  mohiyatini  keng 
jamoatchilikka tushun-tirish, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirishdan iborat. 
Bugungi  kunda  mafkuraviy  profilaktika  jamiyatda,  avvalam-bor,  oila,  maktabgacha 
yoshdagi bolalar muassasalari, maktablar, litsey, kollejlar, oliy o‗quv yurtlari, ommaviy axborot 
vositalari,  jamoat  tashkilotlarining  birgalikdagi  faoliyatini  taqozo  qiladi.  Uzluksiz  ta‘lim  tizimi 
mafkuraviy  tarbiyani  olib  boruvchi  asosiy  bo‗gindir.  Zero,  mafkuraviy  maqsadlarni  kishilar, 
ayniqsa, yoshlar ongiga singdirish vazifasi, asosan, ta‘lim tizimi orqali amalga oshiriladi. 
Ma‘lumki,  "profilaktika"  atamasi  tabiiy  fanlarda,  ay-niqsa,  tibbiyotda  ko‗proq 
qo‗llanishiga  o‗rganib  qolganmiz.  U  maz-kur  sohada  kasallikning  oldini  olish  va  davolash 
jarayonining tarkibiy qismi sifatida tushuniladi. G‗oyalar falsafasi nuq-tai nazaridan "mafkuraviy 
profilaktika"  ijtimoiy  institut-lar  tomonidan  amalga  oshiriladigan  turli  shakllardagi  goyaviy-
tarbiyaviy,  ma‘naviy-ma‘rifiy  ishlar  majmui  bo‗lib,  butun  g‗oyaviy  tarbiya  tizimini  qamrab 
oladigan  faoliyatni  ifodalash  uchun  qo‗llanadigan  tushunchadir.  Mafkuraviy  profilaktika 
g‗oyaviy  bo‗shliqni  tugatish,  mafkuraviy  parokandalikning  oldi-ni  olish  yoki  biror-bir  hudud, 
qatlam,  guruhni  yot  va  zararli  g‗oyalar  ta‘siridan  xalos  qilish  maqsadida  amalga  oshiriladi. 
Bunda  g‗oyaviy  ta‘sirning  xilma-xil  usul  va  yo‗llaridan  foyda-lanib,  turli  vositalar  qo‗llanadi. 
Mafkuraviy profilaktika  tezkor va qisqa sur‘atlarda  yoki  asta-sekin,  bosqichma-bosqich amalga 
oshirilishi mumkin. Birinchi holatda zudlik bilan chora-tadbirlar qo‗llash lozim bo‗lsa, ikkinchi 
holda doimiy va sobit-qadamlik bilan ish olib borish ko‗proq natija beradi. Jamiyat-ning xilma-
xil sohalari va aholining turli qatlamlari orasi-da mafkuraviy immunitet tizimini shakllantirishda 

ham maf-kuraviy profilaktikaning o‗rni katta. Zero, u mohiyatan,  yot  g‗oyalar kirib kelishining 
oldini olish va ular ta‘sirini yo‗qo-tishga qaratilgan chora-tadbirlarga tayanadi. 
Ta‘lim-tarbiya  va  targ‗ibot-tashviqot  tizimi  mafkuraviy  pro-filaktikani  amalga  oshirishga 
yordam beradi. Bunyodkor goyalarni xalq qalbi va ongiga singdirishga xizmat qiladigan ijtimoiy 
tu-zilmalar,  oila,  maktab,  mahalla,  davlat  va  jamoat  tashkilotla-ri  ham  unda  o‗z  o‗rniga  ega. 
Shuningdek,  Vatan,  xalq  manfaatlari-ni,  do‗stlik  va  birodarlikni,  o‗zaro  hurmat  va 
bag‗rikenglikni targ‗ib-tashviq etuvchi ertaklaru dostonlar, qo‗shiqlaru raqslar, turli ko‗rinish va 
mazmundagi ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlar maf-kuraviy profilaktikani amalga oshirish shakllaridir. 
Birinchi  Prezidentimiz  Islom  Karimov  «Fidokor»  gazetasi  muxbiri  savollariga  bergan 
javoblarida yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalasini ko`tardi va «Mafkuraviy 
immunitet»  tushunchasining  ijtimoiy-siyosiy  mohiyati  haqida  shunday  dedi:  ―Ma`lumki,  har 
qanday  kasallikni  oldini  olish  uchun,  avvalo,  kishi  organizmida  unga  qarshi  immunitet  hosil 
qilinadi.  Biz  ham  Vatanga,  ota-bobolarimizning  muqaddas  diniga  sog`lom  munosabatni  qaror 
toptirishimiz,  ta`bir  joiz  bo`lsa,  ularning  mafkuraviy  immunitetini  kuchaytirishimiz  zarur.  Ana 
shunda johil aqidaparastlikning «da`vati» ham, ahloqni rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona 
g`oyalar ham o`z ta`sirini o`tkaza olmaydi‖
48

Mafkuraviy tarbiya natijasida mafkuraviy immunitet shakl-lanadi. Mafkuraviy immunitet 
(lot.    —  biror  nar-sadan  ozod  etish)      shaxs,  ijtimoiy  guruh,  millat,  jamiyatni  turli  zararli 
g‗oyaviy ta‘sirlardan himoyalashga xizmat qiluvchi' tizimdir. "Immunitet" so‗zi tibbiy tushuncha 
bo‗lib,  u  organizm-ning  doimiy  ichki  muayyanligini  saqlashga,  turli  tashqi  ta‘sir-lardan, 
infeksiyalardan himoya qilishga qodir bo‗lgan reaksiya-lar majmuini ifodalaydi. Soddaroq qilib 
aytganda, immunitet — organizmning o‗z-o‗zini turli kasalliklardan himoya qila olish qobiliyati. 
Mafkuraviy  immunitetning  o‗ziga  xos  xususiyatlari  sifatida  quyidagilarni  aytish  mumkin. 
Birinchidan,  insonning  umumiy  immunitet  tizimi  tug‗ma  va  biologik  xususiyat  bo‗lsa, 
mafkuraviy  immunitet  ijtimoiy  jarayonlarning  mahsuli  bo‗lib,  muayyan  ma‘naviy-ma‘rifiy 
tadbirlar asosida shakllantirib boriladi. Ikkinchidan, u har bir davrning xususiyatlariga, mu-ayyan 
avlod yashayotgan zamon va jamiyatning taraqqiyot qonunlari-ga bog‗liq bo‗ladi. Uchinchidan, 
jamiyatda  mustahkam  g‗oyaviy  immu-nitet  tizimi  shakllangandagina,  shu  jamiyatning 
mafkuraviy daxlsizligi va barqarorligi   ta‘minlanadi. 
Mafkuraviy  immunitet  tizimining  asosiy  va  birinchi  ele-menti  bilimdir.  Ammo  bilimning 
ham turlari ko‗p. Masalan, buyuk davlatchilik shovinizmi yoki agressiv millatchilik mafku-rasi 
tarafdorlari  ham  muayyan  «bilim»larga  tayanadi.  Shunday  ekan,  mafkuraviy  immunitet 
tizimidagi  bilimlar  obyektiv  bo‗lishi,  voqelikni  to‗g‗ri  va  to‗liq  aks  ettirishi,  inson  ma‘na-
viyatining  boyishi,  xalq  va  jamiyat  taraqqiyotiga  xizmat  qilishi  lozim.  Ular  o‗z  mohiyat-
e‘tiboriga ko‗ra, Vatan va millat man-faatlari bilan uzviy bog‗liq bo‗lmog‗i kerak. 
Mafkuraviy  immunitet  tizimining  ikkinchi  asosiy  elementi  ana  shunday  ilg‗or  bilimlar 
zamirida  shakllanadigan  baholar,  qad-riyatlar  tizimidir.  Zero,  bilimlar  qanchalik  obyektiv  va 
chuqur  bo‗lsa,  uning  zamirida  yuzaga  kelgan  baholar,  qadriyatlar  ham  shun-chalik  mustahkam 
bo‗ladi.  Bir  so‗z  bilan  aytganda,  qadriyatlar  ti-zimi  mafkuraviy  immunitetning  imkoniyatlarini 
belgilab  bera-di  va  zararli  g‗oyalar  yo‗lida  mustahkam  qalqon  bo‗lib  xizmat  qiladi.  Ammo 
bilimlar  va  qadriyatlar  tizimining  o‗zi  mafkuraviy  immu-nitetning  mohiyatini  to‗liq  ifoda  eta 
olmaydi.  Zero,  bu  ikki  element  mafkuraviy  immunitetning  uchinchi  muhim  elementi,  ya‘ni 
ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy,  madaniy  va  ma‘rifiy  sohalardagi  maqsadlar  tizimi  bilan  bog‗liq 
Bunday  aniq  maqsadlar  tizimi  bo‗lmas  ekan,  inson,  millat  yoki  jamiyat,  goh  oshkora,  goh 
pinhona ko‗rinishdagi mafkuraviy tazyiqlarga bardosh berishi amrima-hol. Inson qalbi va ongini 
egallashga bo‗lgan harakatlar to‗xtamas ekan, jamiyat muayyan sog‗lom mafkuraga ehtiyoj sezib 
yashaydi.  Jamiyat  taraqqiyotiga  salbiy  ta‘sir  ko‗rsatadigan,  odatda,  uning  tanazzuli,  halokatiga 
sabab bo‗ladigan fashizm, kommunizm, di-niy-ekstremizm kabi nosog‗lom mafkura shakllaridan 
farqli  o‗laroq,  sog‗lom  mafkura  insoniyat  taraqqiyotini  tezlashtiradi,  xalq  farovonligi,  Vatan 
ravnaqiga imkon yaratadi. 
                                                 
48
Karimov I. A.  Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e`tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. «fidokor»  gazetasi muxbiri 
savollariga javoblar-T; «O`zbekiston», 2000 yil, 40 bet 

Jamiyatimiz  va  aholimizga  xos  mafkuraviy  immunitetni  iz-dan  chiqarishga  urinishlar 
asosan quyidagi ko‗rinishlarda namoyon bo‗lmoqda: 
bizga  begona  va  yot  g‗oyalarni  targ‗ib  qilish  (kosmopolitizm,  nigilizm,  ekstremizm, 
terrorizm,  ommaviy  madaniyat  va  shaf-qatsiz  individualizm  kabi  xalqimizga  yot  g‗oyalar  turli 
vosita-lar bilan targ‗ib-tashviq qilinmoqda); 
milliy  mentalitetimizga  xos  bo‗lmagan  odatlarni  targ‗ib  qilish  (televideniye,  radio  va 
Internet orqali xalqimiz turmush tarziga yot bo‗lgan turli odatlar targ‗ib-tashviq etilmoqda. Misol 
uchun,  oila  qurish  odatini  olaylik.  Emishki,  oila  qurish-da  yoshlar  obdon  bir-birini  sinashlari, 
iloji  bo‗lsa,  ma‘lum  muddat  birga  yashashlari  lozim  emish.  Bu  millatimiz  mentalite-tiga      xos 
bo‗lmagan holatdan boshqa narsa emas); 
yoshlar dunyoqarashini buzish, ularning tafakkur va tur-mush tarzini o‗zgartirishga intilish 
(o‗z Vatanini yomon ko‗rsa-tish, o‗tmishga nisbatan bepisandlik ruhini qaror toptirish, davlat va 
jamiyatga  nisbatan  ishonsizlik  uyg‗otish.  Buning  aksi  o‗laroq,  o‗zga  hayotni  xuddi  jannatdek 
ko‗klarga ko‗tarib maqtash). 
Yosh  avlodda  mafkuraviy  immunitetni  shakllantirishda  ular  o‗zlashtirayotgan  bilimlar  va 
milliy  mafkuramizning  asosiy  g‗oyalari  yaxlit  tizimni  tashkil  qiladi.  Bunda  nafaqat  ijtimo-iy-
gumanitar  fanlar,  balki  tabiiy-fundamental  fanlarning  ham  o‗ziga  xos  uslublari  ishlab 
chiqilmoqda.  Zamonaviy  pedagogik  tex-nologiyalar  vositasida  mafkuraviy  profilaktika 
ta‘sirchanli-gini oshirib borish mafkuraviy immunitetni shakllantirish va uni mustahkamlashning 
asosiy  vazifalardan  biridir.  Zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  yosh  avlodni  nafaqat 
zamonaviy  ilm-fan  yutuqlari  asosida  tarbiyalash  imkonini  yaratadi,  shu  bilan  bir-ga, 
globallashuv  jarayonida  turli  ko‗rinishdagi  mafkuraviy  ta-jovuzlar  haqida  tasavvurlarni  ham 
oshirib borishga yordam be-Radi. Yosh avlodni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiya-lash, 
mustaqil  fikrlashni  shakllantirishda  mafkuraviy  proflaktika  mohiyatida  milliy  qadriyatlar, 
sharqona demokratiya elementlarini uzluksiz va uzviy tarzda singdirib borish kerak. 
Ma‘lumki,  tafakkur  qulligi  har  qanday  qaramlikdan  ham  dahshatli  ekanini  alohida 
ta‘kidlash  lozim.  Hozirgi  davrda  maf-kura  poligonlari  yadro  poligonlariga  nisbatan  ko‗proq 
kuchga  ega  bo‗lib  borayotgan  bir  paytda,  insonlar,  ayniqsa,  yoshlar  har  xil  yot  mafkuralar 
ta‘siriga  berilmaslik  uchun  mafkuraviy  jihat-dan  qurollangan  bo‗lmogi  zarur.  Bunda  g‗oyaga 
qarshi  faqat  g‗oya,  fikrga  qarshi  fikr,  jaholatga  qarshi  faqat  ma‘rifat  bilan  bahsga  kirishish, 
olishish mumkinligi mafkuraviy kurashning yangicha konsepsiyasidir. 
Oila, mahalla va o‗quv muassasalarining mafkuraviy profi-laktika jarayonidagi o‗rni katta 
bo‗lib,  barkamol  avlod  tarbiya-si,  jamiyatning  istiqbolini  ta‘minlashda  muhim  ahamiyat  kasb 
etadi.  Bunday  profilaktika  murakkab,  doimiy,  tizimli  yondashuv-larni  o‗z  ichiga  olib,  unda 
jamiyatning  har  bir  a‘zosi  faol  qat-nashadi,  jamiyatning  muhim  bo‗g‗inlari  hisoblangan  oila, 
mahalla  va  o‗quv  muassasalarining  doimiy  hamkorlikdagi,  mushtarak  maq-sad  yo‗lidagi 
intilishlari  uyg‗unlashishini  talab  qiladi.  Bu  ja-rayon  umumiy  manfaat  va  maqsadlar  sari 
jamiyatda  tarbiyaning  vorisiyligini  ta‘minlovchi  makonni  vujudga  keltiradi.  Bu  makon  yosh 
avlod, komil inson tarbiyasining ajralmas qismidir. 
Shuningdek, g‗oyaviy profilaktikada fan, ta‘lim, adabiyot va san‘atning roli alohida bo‗lib, 
sohada  ularning  imkoniyatlari-dan  foydalanish  asosiy  vazifalaridan  biridir.  Yosh  avlod  fanni 
o‗rganish bilan tabiat va jamiyat, tafakko‗rdagi o‗zgarishlar, taraqqiyot asoslari va tamoyillarini 
o‗rganadi. Ayni paytda shu jarayonni milliy g‗oyaning mazmun-mohiyati bilan bog‗lash va uni 
har  bir  shaxsning  o‗z  hayotida  aks  etishi  oldimizga  qo‗ygan  maqsad-larga  erishishda  muhim 
ahamiyatga  ega.  Mustaqillikni  mustah-kamlashda  va  istiqlol  imkoniyatlaridan  samarali 
foydalanish-da,  shubhasiz  mafkuraviy  targ‗ibot  vositalaridan  bo‗lgan  kitob-lar,  darsliklarda 
ifodalangan bilimlarning o‗rni katta. Chunki yosh avlod ongi va qalbiga milliy mafkuraning ezgu 
qadriyatlari-ni  jo  qilishda  aynan  shu  targ‗ibot  vositalaridan  oqilona  foy-dalanish  eng  samarali 
yo‗l hisoblanadi. 
Milliy g‗oyaning shaxs, barkamol avlod tarbiyasidagi hamda bugungi mafkuraviy tarbiyani 
takomillashtirishda  o‗ziga  xos  turfalikni  mujassam  etgan  san‘at  asarlaridan  ham  o‗rinli 
foydalanish lozim. San‘atning qaysi bir turini olib ko‗rmaylik, ularda bugungi voqelik, tariximiz, 

ijtimoiy  munosabatlar-ning  turli  ko‗rinishlari  o‗z  aksini  topgan.  Shuningdek,  ushbu  san‘-at 
asarlarini targ‗ib qilishning samarali usuli sifatida ham ko‗rish mumkin. Bugungi kunda yoshlar 
tarbiyasida  uchrab  turadigan  ayrim  illatlar  mentalitetimizga  salbiy  ta‘sir  ko‗rsatayotgan  xorij 
madaniyatining «san‘at asarlari» orqali kirib kelmoqsa. Uning salbiy oqibatlari yoshlarimizning 
ayrim  holatlarda  nojo‗ya  xatti-harakatlari,  axloqida  uchrayotgan  qusurlar  mafkuraviy 
profilaktikani kuchaytirish masalasiga yanada chuqurroq e‘ti-bor qaratishni taqozo qiladi. 
Mafkuraviy immunitetni shakllantirish jamiyat va mamla-katning mafkuraviy xavfsizligini 
ta‘minlash  omillaridan  biri  hisoblanadi.  "Mafkuraviy  xavfsizlik"  shaxs,  millat,  jami-yat, 
davlatning  xilma-xil  shakllarda  namoyon  bo‗ladigan  mafku-raviy  tajovuzlar,  turli  mafkuraviy 
markazlarning  buzg‗unchi-lik  ta‘siridan  himoyalanganlik  darajasini  tavsiflovchi  tushuncha 
ekanligi ma‘lum. Mazkur sohadagi profilaktikaning asosiy va-zifasi deganda, jamiyat ma‘naviy 
hayotida bo‗shliq paydo bo‗li-shining oldini olish, o‗zining pirovard maqsadlariga mos va unga 
xizmat qiladigan g‗oyalar tizimini shakllantirish, uni mutta-sil mustahkamlab borish, fuqarolarda 
mafkuraviy immunitet-ni mustahkamlashdek jarayonlar nazarda tutiladi. 
Ma‘lumki, har qanday mamlakatning mafkuraviy xavfsiz-ligiga tashqi va ichki omillar o‗z 
ta‘sirini  o‗tkazib  turadi.  Bu-gungi  kunda  turli  xil  mafkura  markazlari  va  poligonlarining 
O‗zbekistonda yangi jamiyat qurishga to‗sqinlik qilish uchun g‗arazli niyatlariga erishishda ba‘zi 
fuqarolardan "qurol" sifatida foydalanishga intilishlarida mafkuraviy xavfsizlik uchun real tashqi 
tahdidlar mavjudligini ko‗ramiz. Shuningdek, qo‗shni dav-latlardagi terrorizm, diniy ekstremizm 
va  mavjud  siyosiy  be-qarorlik  ham  mamlakatimiz  mafkuraviy  xavfsizligiga  o‗z  ta‘-sirini 
o‗tkazishi mumkinligini doimo nazarda tutish lozim. 
Mafkuraviy  xavfsizlikni ta‘minlovchi  ichki  omil jamiyatning  siyosiy-ijtimoiy,  axloqiy  va 
ma‘naviy  salohiyati  hamda  fuqarolarda  mafkuraviy  immunitetning  shakllanganlik  dara-jasidir. 
Bundan  tashqari,  mafkuraviy  xavfsizlik  xalkning  as-riy  an‘analari,  tili,  dini,  ma‘naviyatrg  va 
milliy  rivojlani-shiga  xizmat  qiluvchi  umuminsoniy  qadriyatlarga  asoslanishi  lo-zim. 
Shuningdek, davlat idoralari, jamoat tashkilotlari va uyushmalari, madaniy-ma‘rifiy muassasalar 
tomonidan  amalga  oshirilayotgan  tarbiyaviy  ishlar,  ma‘naviy-ma‘rifiy  tadbir-lar  tizimi 
mafkuraviy xavfsizlikni ta‘minlashning zaruriy shartidir. Mafkuraviy xavfsizlik ilmiy asoslangan 
ijtimoiy  siyosat,  huquqiy  madaniyat,  jamiyatning  ma‘naviy  yetukligi  va  demokratiyalashuvi 
bilan uzviy ravishda amalga oshiriladigan g‗oyaviy tarbiyaga tayanadi. Jamiyat, davlat va shaxs 
mafkuraviy  xavfsizligini  ta‘minlash  davlatimiz  siyosatining  tarkibiy  qismi,  mamlakatimiz 
hayotining barqarorligini mustahkamlash omili hisoblanadi. 
Mafkuraviy  immunitetni  fuqarolar  ongiga  singdirish,  av-valambor,  oiladan  boshlanadi. 
"Ona-Vatan",  "Vatanga  muhabbat",  "Vatan  tuyg‗usi"  kabi  ilk  tushunchalar  ham,  avvalo,  oila 
muhi-tida shakllanadi. Bu jarayon bobolar o‗giti, ota ibrati, ona meh-ri orqali amalga oshadi. Bu 
tushunchalarni yoshlar qalbi hamda ongiga singdirishda ta‘lim va tarbiyaning turli shakllari ham 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Mafkuraviy  immuniteti  mustahkam  insongina  hozirgi  kunda  o‗z  g‗arazli  va  jirkanch 
niyatlarini amalga oshirish maqsadida yurtimizga har xil yo‗llar bilan kirib kelayotgan, mustaqil 
dunyo-qarashi  shakllanib  ulgurmagan  yoshlarimizning  qalbi  va  ongini  qandaydir  zararli  va 
buzg‗unchi g‗oyalar bilan egallashga harakat qilayotgan yovuzlarga qarshi kurasha oladi va o‗z 
yurtini  himoya  qiladi.  Mazkur  vazifa  bilan  bog‗liq  mafkuraviy  immunitetni  kamol  toptirish 
ko‗pgina  ijtimoiy-iqtisodiy,  madaniy,  maf-kuraviy,  tarbiyaviy  omillar  bilan  bog‗liq  Bu  katta 
mehnat ta-lab qiluvchi murakkab vazifadir. Barcha kasbdagi ziyolilar, tar-biyachilarning hozirgi 
muhim vazifalaridan biri kishilarda, xususan, yoshlarda Vatanga sadoqat, Yurt tinchligi va Xalq 
faro-vonligi g‗oyalarini amalga oshirish yo‗lidagi fidoyilik kabi fazilatlarni kamol toptirishdir. 
Mafkuraviy  immunitetni  mustahkamlashga  qaratilgan  g‗oyaviy  tarbiyaning  asosiy 
maqsadlaridan biri aholining turli qatlam-lari uchun umumiy tamoyillarga ega bo‗lgan fuqarolik 
mas‘uliya-ti  va  insoniylik  burchi  bilan  bog‗liq  tushunchalarni  shakllanti-rishdan  iborat.  Bu 
tushunchalar  qadim  zamonlardan  buyon.  ma‘lum.  Ammo  ular  deyarli  hamma  vaqt  kishining 
milliy,  sinfiy,  irqiy,  diniy,  hududiy  holatlariga  qarab,  turli  cheklanishlar  yoki  im-tiyozlar  bilan 
bog‗liq bo‗lgan. Yer yuzidagi barcha inson zoti, irqi, dini, millati, jinsi, yashab turgan hududidan 

qat‘i nazar, teng va teng bo‗lib  yashashga haqli ekanligini, ularning huquqlari  va erkinliklarini 
ta‘minlash  jamiyatning  asosiy  vazifasi  bo‗lishi  lozimligini  mutafakkirlar  allaqachon  asoslab 
berganlar.  Shu  bi-lan  birga,  dunyodagi  har  bir  insonning  ota-onasi,  el-yurti,  xalqi,  farzandlari, 
o‗tmish va kelajak oldida burchi va mas‘uliyati mav-judligi ham azaldan e‘tirof etib kelinadi. 
Xullas,  bugungi  kunda  jamiyat  hayotida  kechayotgan  jarayonlar-ni  chuqur  tahlil  qilish, 
turli  g‗oyaviy-mafkuraviy  tahdidlardan  ogoh  bo‗lish,  xorijdan  kirib  kelayotgan  mamlakatimiz 
manfaatla-ri,  milliy  an‘ana  va  qadriyatlarimizga  yot  g‗oya  va  qarashlar  qan-day  maqsadni 
ko‗zlayotganini  anglab  yetish  ham  mafkuraviy  profi-laktikaga  yordam  beradi.  Bu  borada 
ommaviy  axborot  vositalari,  radio,  televideniye  orqali  aholi,  ayniqsa,  yoshlar  o‗rtasida  izchil 
targ‗ibot va tashviqot ishlarini yo‗lga qo‗yish, ularning ta‘-sirchanligini oshirishga erishish ham 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
  
Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish