„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


  Milliy-madaniy  markazlarning  ijtimoiy  adolat    ustuvorligini  ta‟minlashdagi  roli



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/23
Sana16.01.2020
Hajmi1,85 Mb.
#34834
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Миллий ғоя МАЪРУЗА 2019-20120


 
3.  Milliy-madaniy  markazlarning  ijtimoiy  adolat    ustuvorligini  ta‟minlashdagi  roli. 
Qozoq  milliy-madaniy  markazi  1989  yilda  O‗zbekistonda  birinchilar  qatorida  tuzilgan  edi. 
Qozog‗iston va O‗zbekiston xalqlarining o‗zaro hamkorligini yo‗lga qo‗yish uning faoliyatidagi 
asosiy  maqsad  hisoblanadi.  Ikki  do‗st  davlat  boshliqlarining  Toshkent  va  Almatidagi 
uchrashuvlarida  barcha  sohalarda,  shu  jumladan  madaniyat  sohasida  ham  bahamjihat 
harakatlarning  ham  asosiy  yo‗nalishlari  belgilab  berildi.  Bunda  ko‗p  yillik  madaniy  aloqalarni 
saqlab  qolish  va  yanada  rivojlantirish  zarurligi  nazarda  tutildi.  Ikki  o‗rtadagi  muzokaralarda 
ko‗pgina  masalalar  yuzasidan  tuzilgan  bitimlar,  jumladan,  san‘at,  ilm-fan,  maorif  sohasidagi 
hamkorlikni  mustahkamlash  imkonini  berdi.  Milliy-madaniy  markazning  faoliyatiga  ana  shu 
bitiklar asos qilib olindi. 
Qozoq  madaniy  markazi  yoshlar  bilan  ishlashga  jiddiy  e‘tibor  bermoqda.  Bu  gap  avvalo 
maorif  va  ta‘limni  ona  tilida  tashkil  etish  masalalarini  o‗z  ichiga  oladi.  Hozir  O‗zbekistonda 
istiqomat  qiluvchi  qozoq  bolalari  uchun  600  ga  yaqin  o‗rta  ta‘lim    maktablari  faoliyat 
ko‗rsatmoqda, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universitetida esa qozoq madaniy 
markazining bevosita ishtiroki bilan qozoq filologiyasi fakulteti tashkil etilgan. 
Qozog‗iston televideniyesining dasturlari Toshkent shahri va viloyati aholisiga muntazam 
tarzda  olib  ko‗rsatilmoqda.  O‗zbekiston  televideniyesi  va  radiosi  qozoq  tilida  ko‗rsatuv  va 
eshittirishlar tayyorlamoqda, ―Nurli jol‖ gazetasi chiqarilmoqda va hokazo. 
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Nukus va Navoiy pedagogika institutlarida qozoq tilida ta‘lim 
beriladigan bo‗limlar ishlab turibdi. Ko‗pgina oliy va o‗rta mahsus ta‘lim muassasalarida qozoq 
yoshlari uchun kirish imtihonlari ularning ona tilida qabul qilinmoqda. 
Markaz  xavaskorlik  jamoalari,  xalq  ijodiy  festivallarini  uyushtirib,  qozoq  xalqi  ijodining 
an‘anaviy va zamonaviy turlarini targ‗ib qilmoqda. Markazning faollari tarixiy targ‗ibot ishlarini 
                                                 
61
 Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya 
va isloh etishdir. -T.: O‗zbekiston, 2005. 64-65-betlar. 
62
 O‗zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi. – T.: O‗zbekiston, 2019. 
63
 O‗zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi. – T.: O‗zbekiston, 2019. 

ham o‗tkazmoqdalar. Masalan, davlat arboblaridan S. Xo‗jayev, Turor Risqulov, Saken Sayfulin 
va boshqalar tug‗ilgan kunning 100 yilligiga bag‗ishlangan tantanalarda qozoq madaniy markazi 
bevosita ishtirok etdi. 
Boshqa  xalqlarning  madaniy  markazlarida  ham  qiziqarli  ishlar  amalga  oshiriladi. 
Chunonchi,  1994  yilda  tuzilgan  rus  madaniy  markazi  turli  xilma-xil  masalalarni  hal  etishga 
harakat  qilib,  davlatlararo  va  xalqlararo  munosabatlarni  rivojlantirishda  ishtirok  etmoqda. 
Markaz vakili O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Moskvaga qilgan 
tashrifi  vaqtida  rasmiy  delegatsiya  tarkibida  bo‗lganligi  ana  shundan  dalolat  beradi.  Rossiya 
Federatsiyasining jamoat tashkilotlari bilan aloqa o‗rnatish, turli  madaniy tadbirlar uyushtirish, 
ijodiy guruhlar tuzish va shu kabilarga katta e‘tibor berilmoqda. 
O‗zbekistondagi  Koreys  madaniy  markazlari  uyushmasining  faoliyati  alohida  ko‗zga 
tashlanadi.  O‗tgan  asrning  30-yillarida  respublikamizga  zo‗rlab  ko‗chirilgan  koreyslar  uchun 
O‗zbekiston  ikkinchi  vatan  bo‗lib  qoldi.  Ta‘kidlash  joizki,  sobiq  sovet  hukmronligi  davrida 
boshqa milliy madaniyatlar kabi koreys madaniyati ham deyarli yo‗qolishga mahkum etilgan edi. 
Masalan,  mahalliy  koreyslarning  90%i  asr  oxiriga  kelib,  ona  tilida  o‗qishni  va  yozishni  ham 
bilmaydigan bo‗lib qoldi. Shu bois madaniy markazlar ularga ona tilini o‗rgatish, milliy a‘nalarni 
tiklashni o‗zining asosiy vazifalaridan biri deb bildi. Endilikda Toshkent san‘at institutida koreys 
dramasi  artistlari  tayyorlanmoqda,  Sharqshunoslik  institutida  esa  koreys  filologiyasi  fakulteti 
ochildi. 
Ana  shularga  asoslanib  ta‘kidlash  mumkinki,  butun  mamlakatimizda  ish  olib  borayotgan 
milliy-madaniy  markazlar  turli  millat  va  elatlarning  o‗ziga  xosligini  saqlab  qolish  sohasidagi 
muhim vazifani amalga oshirmoqdalar. Ular ma‘naviy turmushning benazir makonlarigina bo‗lib 
qolmay,  ayni  vaqtda  ijtimoiy-siyosiy  va  madaniy  qurilishga  samarali  hissa  qo‗shmoqdalar. 
Insonning  ma‘naviy  hayotida  g‗oyaviy-fuqarolik  negizlarini  shakllantirish  mazkur  markazlar 
faoliyatidagi  asosiy  vazifalardan  biriga  aylangan.  Bu  vazifani  onda-sonda  o‗tkaziladigan 
tadbirlar  bilan  emas,  kun  sayin  zo‗r  g‗ayrat  bilan  qilinadigan  ishlar  orqali  amalga  oshirish 
mumkin. Shu boisdan ham respublika rahbariyati milliy-madaniy markazlarga katta g‗amxo‗rlik 
ko‗rsatib, ularning faoliyatini muvofiqlashtirib turibdi. 
Milliy-madaniy markazlarning faol ishtirokchilari hukumatning yuksak mukofotlari, orden 
va medallari bilan taqdirlanayotganligi, ularga ko‗rsatilayotgan yuksak diqqat-e‘tiborning yorqin 
namunasidir. 
O‗zbekistonda  istiqomat  qilayotgan  barcha  millatlarning  madaniyat  markazlarini  tuzish 
g‗oyasini shaxsan O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov boshlab berdi. Bu 
ish  1989  yilda  boshlangan  bo‗lib,  endilikda  ularning  faoliyati  gurkirab  rivojlanmoqda. 
O‗zbekiston  madaniyat  va  sport  ishlari  vazirligi  huzurida  Respublikada  tuzilgan  millatlararo 
madaniyat markazi ularning faoliyatini uyushtirib va muvofiqlashtirib turadi. 
1993  yilda bu markaz mustaqil Respublika baynalmilal  madaniyat  markaziga aylantirildi. 
U  milliy-madaniy  markazlarning  faoliyatini  uyushtirib,  O‗zbekistonda  yashovchi  milliy 
guruhlarning  madaniy  ehtiyojlarini  o‗rganib,  qondirish  borasida  davlat  idoralariga  va  jamoat 
tashkilotlariga  ko‗maklashmoqda.  Markaz  vazifalari:  milliy-madaniy  markazlarga  amaliy  va 
uslubiy  yordam  berish,  ularning  faoliyatini  muvofiqlashtirish  va  nazorat  qilish,  respublikada 
yashovchi  xalqlar  va  milliy  guruhlarning  milliy  an‘analari,  urf-odatlari  va  rasm-rusumlari, 
madaniyati  va  ma‘naviy  qadriyatlarini  tiklash  va  rivojlantirishga  ko‗mak  berish,  yaqin  va  olis 
xorijdagi  milliy  hamda  baynalmilal  madaniy  markazlar  bilan  aloqa  va  hamkorlik  o‗rnatib, 
rivojlantirish,  millatlar  va  elatlarni  baynalmilal  ruhda  jipslashtirish,  millatlararo  munosabatlarni 
uyg‗unlashtirishga yordam berishlardan iboratdir. 
O‗zbekistonning hozirgi  ko‗p millatli  aholisi  asosan etnogenetik jihatdan  bog‗liq bo‗lgan 
ikkita katta xalqdan iborat. Ularning biri 83,1%ni tashkil etuvchi turkiyzabonlardan iborat bo‗lsa, 
ikkinchisi 9,2%ni tashkil etuvchi rusiyzabon (slavyan)lardan iboratdir. 
Ularning  har  biri  katta  umumiy  lug‗aviy  zahiraga,  umumiy  tarixiy  o‗tmishga  egadir. 
Rusiyzabon  aholi  vakillari  katta  qismining  ota-bobolari  o‗zbeklar  diyorida  ko‗p  yillardan  beri 
yashab  kelayotganliklari  yuqorida  qayd  etib  o‗tildi.  O‗zbekiston  aholisining  etnik  tafovutlari 

millatlararo  hamjihatlik  uchun  to‗siq  bo‗la  olmaydi.  O‗zbekiston  rahbariyati  turli  etnik 
birliklarning  oz-ko‗pligidan  qat‘i  nazar,  ular  o‗rtasida  mushtaraklik  ruhini  saqlab  qolish  uchun 
milliy  siyosatga  eng  maqbul  tarzda  yondoshish  yo‗llarini  qo‗llanmaqda.  Aniq  maqsadni 
ko‗zlovchi  insonparvarlik  ruhidagi  milliy  siyosat,  o‗zbek  bo‗lmagan  aholining  ilg‗or  ijtimoiy 
qatlamlarini faollashtirish jarayonini rivojlantirishga, O‗zbekistondagi barcha xalqlar  vakillarini 
umumdavlat  milliy-siyosiy  birligi,  vatanparvarlik  tuyg‗usi  va  o‗z  mamlakati  uchun  faxrlanish 
ruhida tarbiyalashga ko‗maklashib kelmoqda. 
Birinchidan,  ular  milliy  qo‗shiq,  raqs,  ananalarni  saqlab  qolish  va  rivojlantirish  yo‗lida 
amaliy ishlarni bajarmoqda. Milliy – madaniy markazlar qoshida qirg‗izlarning ―Sayra Qomuz‖, 
ukrainlarning  ―Djerello‖,  dunganlarning  ―Chinmyo‖  folklor  ansambli  kabi  40  dan  ortiq  badiiy 
jamoalar faoliyat ko‗rsatgani bunga misol bo‗la oladi. 
Ikkinchidan,  professional  sanat  namunalarini  targ‗ib  qilishga  alohida  etibor  berilmoqda. 
Qozoqlarning  ―Koktem‖,  armanlarning  ―Xoravaq  –  shou‖,  ruslarning  ―Tryadushiye‖, 
nemislarning  ―Yugenshbern‖,  mesxeti  turklarining  ―Miko‖  teatr  –  studiyalari,  ruslaring 
―Veteran‖,  polyaklarning  ―Plyast‖,  beloruslarning  ―Katyusha‖,  yaxudiylarning  ―Shalom‖,  kabi 
xor jamoalari va cholg‗u asboblari orkestri kabi 30 dan ortiq badiiy jamoalar faoliyatida buning 
isbotini ko‗rish mumkin. 
Uchinchidan,  har  bir  millat  istiqboli  tabiiy  ravishda  yoshlar  bilan  bog‗liq.  Shu  nuqtai 
nazardan qaraganda, milliy  – madaniy markazlar  yoshlarni milliy madaniyatga muhabbat, etnik 
qadriyatlarni  o‗rganish  va  ezozlashga  muhabbat  ruhida  tarbiyalashga  alohida  etibor  bermoqda. 
Buni  ruslarning  ―Topatushki‖,  koreyslarning  ―Sa  –  mul‖,  nemislarning  ―Nashi  xoroshki‖, 
polyaklarning ―Mazurchek‖ kabi jami 15 ga yaqin bolalar ansambllari faoliyatida ko‗rsa bo‗ladi. 
Milliy  –  madaniy  markazlarning  qayd  etilgan  yo‗nalishlardagi  faoliyati,  bir  tomondan, 
diaspora vakillarini milliy  tarix, urf  –  odat  va ananalardan xabardor qilishga boshqa tomondan, 
etnik o‗z – o‗zini anglashga tasir qilib, milliy birlikning mustaxkamlanishiga xizmat qilmoqda. 
Talim tizim millatlararo totuvlik g‗oyasini singdirishga xizmat qiluvchi muhim mexanizm 
tasir  qilishi  bilan  bir  qatorda,  tabir  joiz  bo‗lsa,  millatlararo  munosabatlarning  ahvolini 
ko‗rsatuvchi o‗ziga xos lakmus qog‗ozi hamdir. 
Shunday  ekan,  talim  tizimda  ijtimoiy  adolat  ustuvorligini  asosiysi,  bu  mezonlar  hamisha 
aniq  ko‗rinishga  ega  bo‗ladi.  Shu  nuqtai  nazardan  qaraganda,  milliy  siyosatimizda  talim  bilan 
bilan  bog‗liq  masalalarga  alohida  etibor  berilmoqda.  Xususan,  mamlakatimizda  o‗rta  va  oliy 
talim  7  tilda  olib  borilayotgani  (o‗zbek,  qoraqalpoq,  rus,  qozoq,  tojik,  qirg‗iz,  turkman),milliy 
tillarda  bog‗chalar,  maktablar  tizimini  rivojlantirish,  ularni  pedagogik  kadrlar  va  zaruriy  o‗quv 
dasturlari hamda darsliklar bilan taminlashga alohida etibor berish milliy siyosatimizda markaziy 
o‗rinni egallaganini takidlash joiz. 
  Ayni  paytda,  mustaqillik  milliy  hayotda  mutlaqo  yangilik  bo‗lgan  yakshanba 
maktablarining  paydo  bo‗lishi  va  rivojlanishiga  zamin  yaratganini  qayd  etish  zarur.  Aynan 
yakshanba  maktablari  respublikamizda  yashovchi  diasporalarga  o‗z  ona  tillari,  millat  tarixi  va 
madaniyatini  o‗rganish  uchun  imkoniyat  yaratib  bermoqda.  Masalan,  arman  madaniy  markazi 
qoshidagi  yakshanba  maktabida  bugungi  kunda  arman  tili  va  adabiyoti  bilan  bir  qatorda  halq 
xoreografiyasi hamda folkloridan talim beriladi. 
  Polyak,  ukrain,  grek  milliy  –  madaniy  markazlari  qoshida  tashkil  etilgan  yakshanba 
maktablarida tahsil olgan o‗nglab yoshlar bugungi kunda Polsha, Ukraina, va Gretsiya oliy o‗quv 
yurtlarida tahsil olmoqda. 
Kamsonli  diasporalarning  o‗z  tillari,  tarixi  va  madaniyatini  o‗rganishi  haqida  gap  ketar 
ekan, mamlakatimizda yashovchi  yahudiylar uchun ham xuddi shunday imkoniyat  yaratilganini 
takidlash  zarur.  Xususan,  Toshkent,  Buxoro  va  Samarqand  shaxarlarida  tashkil  etilgan 
maktablarda  yahudiy  millatiga  mansub  bolalar  ivriy  tili,  yahudiy  xalqi  tarixi,  madaniyatini 
o‗rgana boshlangani mustaqillik bergan imkoniyatlar samarisidir. 
  Oliy talim tizimida esa o‗qish milliy tillarda olib boriluvchi maxsus fakultet va bo‗limlar 
faoliyati ko‗rsatmoqda. Xususan bir qator o‗quv yurtlarda rus, tojik, qozoq, turkman filologiyasi 
fakultetlari, pedagogika va boshlang‗ich talim metodikasi mutaxassislari tayyorlovchi bo‗limlar 

mavjudligi  fikrimizning  dalilidir.  Umuman  olganda,  qardosh  tillarda  faoliyat  ko‗rsatayotgan 
fakultet va bo‗limlarning 30 foizi mustaqillik sharoitida tashkil etilganligini takidlash zarur. 
Yuqoridagi  misollar  respublikamizdagi  har  bir  millat  vakilining  istedodi  va  salohiyatini 
ro‗yobga  chiqarish,  qadriyat,  ananalarini  saqlab  qolish  va  rivojlantirishga  qaratilgan  milliy 
siyosatimizning asosiy tamoyillari hayotda o‗zining aniq yechimini topayotganligining isbotidir. 
Mamlakatimiz  mustaqillikka  erishgach,  avvalo  ma‘naviy  sohada  va  shu  jumladan,  til 
siyosatida  yangilanish  jarayonlari  uchun  katta  imkoniyat  yo‗llari  ochildi.  O‗zbekiston 
Respublikasining  ―Davlat  tili  to‗g‗risida‖gi  qonunining  qabul  qilinishi,  milliy  ko‗pchilik 
aholisining  tiliga  davlat  tili  maqomi  berilishi,  O‗zbekistondagi  barcha  xalqlar  vakillarining 
to‗g‗ri,  tushunganligini  alohida  qayd  etish  kerak.  Jamiyat  hayoti  va  faoliyatining  barcha 
sohalariga  sovet  davrida  rus  tili  majburan  faol  joriy  etib  kelinganligini,  endi  tarixiy  o‗tmish 
sifatidagina esga olish mumkin. Masalan, o‗tgan asrning 30-yillarida o‗rta maktabdagi 10 yillik 
ta‘lim davomida rus tilini o‗qitishga hammasi bo‗lib 400-500 soat ajratilgan bo‗lsa, 80-yillarga 
kelib, bu holat  1600-1850 soatni tashkil etdi. Umuman, O‗zbekistonda birinchi sinfdan boshlab 
to  institutni  tugatgunga  qadar  tub  joy  millatining  bolalari  uchun  rus  tili  va  adabiyotini 
o‗rganishga  3670  soat,  ona  tilini  o‗rganishga  esa  1675  soat  ajratilar  edi.  Hatto  1991  yilda 
respublika oliy o‗quv yurtlari barcha talabalarining 39,5%i barcha fanlar bo‗yicha o‗zbek tilida, 
47,7%i esa rus tilida shug‗ullangan bo‗lib, holbuki talabalar orasida o‗zbeklar 63,5%, ruslar esa 
15,8%ni  tashkil qilar edi. 
Milliy an‘analar va o‗ziga xoslikni qayta tiklash va rivojlantirish sohasidagi ishlar iqtisodiy 
va moddiy sohalardagi nuqsonlarni tugatish bilan birga olib borildi. Chunki, insonning ona tilida 
gapirish va yozish imkoniyatidan mahrum bo‗lishi, o‗z xalqining tarixi, madaniyatini bilmasligi, 
o‗zlikni  anglamaslikka,  ma‘naviyatdan  mahrum  bo‗lishga  olib  borar  edi.  Ma‘naviyat  va 
madaniyatni  tiklash  hamda  yangilash  esa  millatning  iqtisodiy  taraqqiyoti  uchun  qudratli 
poydevordir. 
Ta‘kidlash joizki, rus millatiga mansub kishilar orasida ham turli sohalarda o‗zbek tilidan 
ko‗proq foydalanayotganliklari  sotsiologik  tadqiqot  natijalarida o‗z ifodasini topmoqda. Davlat 
tilini  yanada  rivojlantirish  yo‗lini  respublika  aholisining  ko‗pchiligi  qo‗llab-quvvatlamoqda. 
Savol-javob  qilinganlarning  yarmidan  ko‗prog‗i  davlat  tilini  o‗rganish  uchun  mavjud  shart-
sharoit  va  imkoniyatlarni  yaxshilash  choralarini  ko‗rishni  xohlamoqda.  Ularning  beshdan  bir 
qismi esa bu jarayonni sekin-astalik bilan evolyutsion tarzda o‗tkazish kerak deb hisoblaydi. 
Shu  bilan  birga  hozirgi  vaqtda  millatlararo  aloqa  tili  sifatida  o‗zbek  tili  targ‗ibotini 
kuchaytirishga ehtiyoj sezilmoqda. Sotsiologlar shunday bir qiziq holatni kuzatmoqdalar: o‗zbek 
tilida  so‗zlashuvchi  suhbatdoshlar  guruhiga,  aytaylik  rus  millatiga  mansub  bir  kishi  kelib 
qo‗shilishi bilanoq ular darhol rus tiliga o‗tadilar. Bu hodisa bir tomondan o‗zbeklarning ta‘lim-
tarbiyasi  va  odobidan,  o‗zbek  so‗zini  tushunmaydigan  kishini  ranjitishni istamasligidan  dalolat 
bersa,  ikkinchi  tomondan  tub  joyli  bo‗lmagan  millatlarning  ko‗pgina  vakillari  o‗zbek  tilini 
o‗rganishga  harakat  qilmayotganligidan  dalolat  beradi.  Hayotiy  hodisalar  ham,  sotsiologik 
tadqiqotlarning ma‘lumotlari ham shu fikrni tasdiqlaydi. 
Masalan,  O‗zbekiston  Milliy  universiteti  sotsiolog  talabalari  o‗tkazgan  savol-javobdan 
ma‘lum  bo‗lishicha,  rusiyzabon  aholi  ―baribir  yaqin  orada  ko‗chib  ketamiz‖  degan  fikr  bilan 
o‗zbek  tilini  o‗rganishga  qiziqmasligi,  buning  ustiga  davlat  tilini  samarali  o‗rganish  uchun 
hamma  joyda  ham  qulay  sharoit  yaratilmaganligini  ko‗rsatadi.  Ruslar  orasida  ―bu  jarayonga 
aralashish  kerak  emas,  hammasi  avvalgi  holida  davom  etaversin‖  deb  hisoblaydiganlar  soni 
birmuncha ko‗payib qolgan (42,9%). 
Xullas,  hozirgi  vaqtda  o‗zbek  tilining  millatlararo  aloqa  tili  sifatida  ahamiyatini  targ‗ib 
qilishni kuchaytirishga ehtiyoj mavjud. 
O‗zbek  xalqining  hayotida  ro‗y  berayotgan  chuqur  o‗zgarishlarda  O‗zbekistonda 
yashovchi  boshqa  xalqlarning  vakillari  ham  bir  jon,  bir  tan  bo‗lib  qatnashmoqdalar.  Ana  shu 
xalqlarning hayotida ham chuqur tarixiy o‗zgarishlar faol sodir bo‗lmoqda. 
Millatlararo  hurmat  va  totuvlik  ruhi  bilan  ajralib  turadigan  O‗zbekistonda  millati,  diniy 
e‘tiqodi, tilidan qat‘i nazar, barcha fuqarolarning yakdilligini ta‘minlash siyosati yuritilyapti. Shu 

munosabat bilan ta‘kidlash lozimki, bizning davlatimizda kam sonli xalqlar yoki etnik guruhlar 
muammosi  amaliy  jihatdan  muvaffaqiyatli  hal  etilmoqda.  Umuman  olganda  esa  kam  sonli 
xalqlar  va  etnik  guruhlar  muammosi  butun  dunyoda  mavjud.  Hozirgi  kunda  dunyoda  ikki 
mingdan  ortiq  turli  etnik  guruhlar  mavjudligi,  ularning  320  dan  ortig‗i  1  milliondan  ko‗proq 
kishini  tashkil  etishi  e‘tiborga  olinsa,  bu  hol  yanada  aniq  bo‗ladi.  Sobiq  sovet  respublikalarini 
ham qo‗shib hisoblaganda, BMT tan olgan suveren davlatlar soni 200 dan oshmaydi. Dunyodagi 
har to‗rt davlatdan uchtasida aholining to‗rtdan bir qismidan kamrog‗ini tashkil etuvchi millatlar 
yashaydi.  Umuman  yuz  foiz  bir  millat  yashaydigan  davlatning  o‗zi  dunyoda  yo‗q.  Jahon 
mamlakatlarining 40%ida etatnim va etnosnim bir-biriga mos keladi. O‗z nomi bilan aytiladigan 
davlatlarning  tashqarisida  yashovchi  yoki  o‗z  davlatiga  ega  bo‗lmagan  guruhlar  60  million 
kishidan oshadi yoki MDH aholisining 20% (Fransiyadagi jami aholidan ko‗proq kishini) tashkil 
etadi. 
Keyingi  yillarda  mazkur,  nozik  muammoga  e‘tibor  kuchaydi  va  turli  mamlakatlarda  bu 
masalalarni  hal  etishga  muayyan  ta‘sir  o‗tkazish  muhim  bo‗lgan  bir  qator  tadbirlar  amalga 
oshirildi.  Kopengagenda  milliy  ozchiliklarning  huquqlariga  bag‗ishlangan  konferensiyaning 
qarori,  Yevropada  xavfsizlik  va  hamkorlik  bo‗yicha  Kengash  doirasida  Sankt-  Peterburg, 
Moskva,  Jenevada  o‗tkazilgan  insoniy  o‗lchovlar  Konferensiyalari  qarorlariga  o‗z  ta‘sirini 
o‗tkazdi. 
Bizning  nazarimizda  kam  sonli  xalqlarga  taalluqli  masalalarni  hal  etishda  ijobiy  tajriba 
to‗plagan  va  millatlararo  munosabatlarda  barqarorlikka  erishgan  O‗zbekiston  Respublikasi 
dunyodagi ko‗pgina mamlakatlar uchun namuna bo‗lishi mumkin. 
O‗zbekistonda  barcha  millat  vakillariga  teng  huquqli  munosabat  davlat  qonuni  bilan 
mustahkamlangan.  Buning  ijobati  maktablarimizda  9  ta  milliy  tilda  o‗qitish  ishlari,  20  tilda 
ommaviy axborot nashrlari faoliyat  ko‗rsatayotganligida ko‗rinmoqda. 
 
4. Dinlararo bag„rikenglik,(tolerantlik) – ijtimoiy barqarorlikni ta‟minlash sharti. 
Din  va  e‘tiqod  masalalari  inson  ma‘naviyatining  uzviy  qismi  hisoblanadi.  Mazkur 
masalalarning  mazmun-mohiyati  haqida  chuqur  va  asoslangan  bilimlarga  ega  bo‗lish  hayotiy-
amaliy  faoliyatni  to‗g‗ri  tashkil  etishga  xizmat  qiladi.  Din  va  e‘tiqod  masalalari  inson 
ma‘naviyatining uzviy qismi hisoblanadi. 
Dinshunoslikda 
ham 
dinning 
integratorlik, 
regulyatorlik, 
legitimlovchilik 
va 
boshqaruvchilik  kabi  ijtimoiy  funksiyalari  e‘tirof  etiladi.  shuning  uchun  ham  tarixda  ko‗plab 
davlatlar  va  imperiyalar  o‗z  yaxlitligini  saqlab  qolish  maqsadida  odamlarni  yagona  diniy 
ta‘limot  atrofida  birlashtirishga  harakat  qilganlar.  Bu,  masalaning  siyosiy  jihatlari  edi. 
Masalaning yana bir muhim – yuridik jihatini ham e‘tirof etish kerak. 
Huquqshunoslikda  dinga,  e‘tiqodga  ega  bo‗lish  va  u  bilan  bog‗liq  huquqlarni  amalga 
oshirish har bir insonning qonun bilan mustahkamlangan manfaatlari jumlasiga kiradi. E‘tiqodiy 
tushunchalarni tahqirlash, mensimaslik esa shaxs tabiiy huquqlarining buzilishiga sabab bo‗ladi. 
Chunki  vijdon  erkinligi  ko‗plab  davlatlar  qatori  O‗zbekiston  qonunchiligida  hamda  xalqaro 
konvensiyalarda huquqiy kafolatlangan. 
Ma‘naviyatning  o‗zagini  tashkil  etgan  e‘tiqod  masalasi  ajdodlarimizdan  bizga  ulug‗ 
qadriyat sifatida meros bo‗lib kelmoqda. Xususan, Prezidentimiz BMT Bosh Assambleyasining 
72-sessiyasida  ham,  biz  olib  borayotgan  insonparvarlik  tamoyilla-  riga  asoslangan  islohotlarni 
faqat  ajdodlarimizning  ma‘naviy  merosiga  tayangan  holda  olib  boramiz,  deb  ta‘kidladi.  Ulug‗ 
mutafakkir Alisher navoiy asarlari ham 
–  ijtimoiy-falsafiy,  ma‘naviy-ma‘rifiy,  diniy-huquqiy  ta‘limotlar  tizimidan  iborat.  Uning 
barcha  asarlari  kabi,  «Siroj  ul-muslimiyn»,  «Arba‘in»,  «Vaqfiya»,  «Munshaot»,  «Risolai  tiyr 
andoxtan» asarlari e‘tiqodiy muammolarning ijtimoiy- falsafiy tahliliga bag‗ishlangan.
64
 
                                                 
64
 T.O. Norov. Alisher navoiy insonparvarlik g‗oyalarining ma‘naviy va e‘tiqodiy zamini. Talaba-yoshlar tarbiyasida innovatsion 
yondashuv: tarbiyaning yangi metodlari va unda AKTning o‗rni mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi maqolalar 
to‗plami. – T.: 2018 yil 16 noyabr. 206–209-betlar. 

Bu  hol,  O‗zbekistonda  millatlararo  munosabatlar  va  diniy  bag‗rikenglik  sohasida 
dunyoning  boshqa  mamlakatlari  va  xalqlariga  namuna  bo‗larli  darajada  muvafaqiyatlarga 
erishilgan  bo‗lib,  bu  yutuqlar  va  andozalar  namuna  sifatida  qabul  qili-  nayapti.  Uning  ijobiy 
natijalaridan  biri,  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  Bosh  Assambleyasining  yalpi  majlisi 
tomonidan  –  «Ma‘rifat  va  diniy  bag‗rikenglik»  rezolyutsiyasi  O‗zbekiston  Respublikasi 
tomonidan taqdim etilgan namuna asosida qabul qilinganligi e‘tiborga loyiq. 
Bunday e‘tiborning asosi bor albatta. O‗zbekistonning ijtimoiy-ma‘naviy boyligi, bu uning 
ko‗pmillatli  va  turli  diniy  jamoalaridan  iborat  xalqi  bo‗lishi  bilan  birga,  bu  halqlar  va  diniy 
birliklar o‗rtasidagi do‗stona va bag‗rikenglik fazilatlarini ta‘minlashdek muhim vazifa mavjud. 
2017 yil 15 iyun kuni Toshkent shahrida bo‗lib o‗tgan anjumanda Prezidentimiz «Ijtimoiy 
barqarorlikni  ta‘minlash,  muqaddas  dinimizning  sofligini  asrash  –  davr  talabi»  mavzusidagi 
ma‘ruzasi  yurtimizda  diniy  bag‗rikenglik  va  millatlararo  totuvlikni  mustahkamlash,  muqaddas 
islom dini rivojiga beqiyos hissa qo‗shgan buyuk allomalarimiz merosini o‗rganish, tadqiq etish, 
farzandlarimizni  turli  zamonaviy  yot  g‗oya  va  tahdidlardan  asrashga  qaratilgani  bilan 
qalbimizdan  chuqur  joy  oldi.  Biz  bir  necha  ming  odamga  yetkazishga  uringan  ezgu 
g‗oyalarimizni Prezidentimiz dadil ohangda «biz butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl 
insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa deb hisoblaymiz»
65
 degan so‗zlar bilan 
bayon qildi. 
Mamlakatimizda vijdon erkinligini huquqiy himoya qiluvchi dastlabki qonun- ning paydo 
bo‗lishi  XX  asrning  90-yillariga  to‗g‗ri  keladi.  O‗tgan  asrda  sho‗ro  tuzumi  xalqimiz  ongu 
tafakkurida  dinni  afyun  va  zararli  uydirma  sifatida  gavdalantirish-  ga  harakat  qilayotgan  bir 
pallada  O‗zbekistonda  1991  yil  14  iyunda  ilk  bor  «Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar 
to‗g‗risida»gi qonun qabul qilingan edi. 
Mustaqillik  yillarida  fuqarolarimizning  din  bilan  bog‗liq  huquq  va  manfa-  atlarini  to‗liq 
amalga oshirish, diniy va milliy qadriyatlarni tiklash sohasida qator ishlar amalga oshirildi. Eng 
avvalo,  vijdon  erkinligining  huquqiy  bazasi  mustahkamlandi.  O‗zbekiston  Respublikasi 
konstitutsiyasida  «Hamma  uchun  vijdon  erkinligi  kafolatlanadi.  Har  bir  inson  xohlagan  dinga 
e‘tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e‘tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan 
singdi-  rishga  yo‗l  qo‗yilmaydi»,  degan  huquqiy  norma  belgilandi  (31-modda).  Mazkur  norma 
asosida har bir shaxsning din bilan bog‗liq haq-huquqlari davlat tomonidan rasman kafolatlandi.  
O‗zbekiston Respublikasi demokratik prinsiplarga sodiqligining ifodasi sifatda davlatning 
din  va  diniy  tashkilotlar  bilan  o‗zaro  munosabatda  quyidagi  prinsiplarga  amal  qilishini  e‘lon 
qildi: 
– dindorlarning diniy tuyg‗ularini hurmat qilish
– diniy e‘tiqod fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish; 
–  diniy  qarashlarga  amal  qiluvchi  fuqarolarning  ham,  ularga  amal  qilmaydigan 
fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta‘qib qilishga yo‗l qo‗ymaslik; 
– ma‘naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy 
uyushmalarning  imkoniyatlaridan  foydalanish  uchun  ular  bilan  muloqot  qilish  yo‗llarini  izlash 
zarurati; 
– dindan buzg‗unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‗l qo‗yib bo‗lmasligini e‘tirof etish. 
Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar  to‗g‗risidagi  normalarning  qonunchilikka  kiritilishi 
natijasida  diyorimizda  rasmiy  faoliyat  olib  borayotgan  barcha  din  vakil-  lariga  katta 
imkoniyatlar yaratildi. Jumladan, mustaqillikkacha respublikada bir necha cherkov va sinagoglar 
faoliyat  olib  borgan  bo‗lsa,  qonun  qabul  qilingach,  dunyoning  turli  mintaqalarida  diniy 
ibodatlarini  amalga  oshiruvchi  yevangel-Lyuteran  jamoa-  si,  Rim-katolik  cherkovi,  «yettinchi 
kun  adventistlari»  diniy  tashkiloti,  Bahoiylar  jamoasi,  yahudiylar  diniy  jamoasi  kabi  o‗ndan 
ortiq diniy konfessiyalar yurtimizda rasmiy faoliyat yurita boshladi. 
Mamlakatimizda  yashayotgan  millat,  elatlar  va  diniy  jamoalar  o‗rtasidagi  do‗stona 
munosabatlar boshqa mamlakat va xalqlar tomonidan ijobiy baholanmoqda. 
                                                 
65
  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  BMT  Bosh  Assambleyasining  72-sessiyasidagi  ma‘ruzasi.  «Xalq  so‗zi»  gazetasi, 
2017 yil 20 sentabr soni. 

2018  yil  18  sentabrda  O‗zbekiston  Prezidenti  AQshning  diniy  erkinlik  sohasida  alohida 
topshiriqlar  bo‗yicha  elchisi  –  Samuel  Braunbekni  qabul  qildi.  Elchi  ikki  kun  davomida  bir 
nechta  uchrashuvlar  o‗tkazdi  va  ayrim  nashrlarga  intervyu  berib,  O‗zbekistondagi  e‘tiqodiy 
masalalar va milliy totuvlik holatini yuksak baholadi.
66
 
Hukumatimiz  tomonidan  turli  diniy  tashkilotlarning  o‗z  faoliyatlarini  amalga  oshirish  va 
mamlakat hayotida faol ishtirok etishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berildi. Jumladan, 
O‗zbekiston  Musulmonlari  idorasining  markaziy  tele-  videniye  orqali  ma‘naviy-ma‘rifiy 
ko‗rsatuvlarni  berib  borishi,  mashhur  diniy  arboblarning  tavalludiga  bag‗ishlangan 
anjumanlarning keng ko‗lamda nishonlanishi kabi tadbirlarni aytib o‗tish o‗rinlidir. 
Ammo  yaratilgan  imkoniyatlarga  qaramasdan,  xalqimizning  bag‗rikengligini  suiiste‘mol 
qilgan  ayrim  diniy  oqimlar  faqat  diniy  g‗oya  va  aqidalarni  emas,  balki  siyosiy  va  ekstremistik 
maqsadlarni ko‗zlab ish olib borganlari achinarli holdir. ko‗p asrlardan beri hanafiy mazhabiga 
ergashib kelgan xalqimiz uchun yot g‗oya va qarash- larni yoqlab chiqishlari barobarida hanafiy 
mazhabi  yo‗l-yo‗riqlari  asosida  ibodat  qiluvchilarni  mensimaslik,  mazhab  ulamolarini 
haqoratlash, din arkonlarini ba- jarmayotgan shaxslarni kofirlikda ayblash, imomlar bilan masala 
talashish, boshqa mazhab vakillariga shaklan taqlid qilish kabi holatlar kuzatildi. 
Xorijiy davlatlardan diniy aqidaparastlikni targ‗ib etuvchi, odamlarda qo‗rquv va vahima 
uyg‗otuvchi  ko‗plab  diniy  adabiyotlar  «Hizbut-tahrir»,  «Akromiylar»,  «Tavba»,  «Adolat 
uyushmasi» kabi ekstremistik guruhlar tomonidan ommaga tarqatilib, mamlakat barqarorligiga 
rahna solishga qaratilgan harakatlar yuzaga kela boshladi. 
Asosiy  maqsadi  millat  va  jamiyatni  diniy  asosda  bo‗lib  tashlash  bo‗lgan  missionerlik 
harakatlari  turli  yo‗llar  bilan  yurtimizga  suqulib  kira  boshlagan  edi.  Respublikamiz 
qonunchiligida  missionerlik  faoliyatiga  huquqiy  jihatdan  yetarli  darajada  to‗siqning  mavjud 
emasligi  bartaraf  etib  bo‗lmas  darajada  og‗ir  oqibatlarga  olib  kelishi  mumkin  edi.  Bu  kabi 
holatlar  «Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar  to‗g‗risida»gi  qonunni  qayta  ko‗rib  chiqishni 
taqozo etardi. 
1998  yil  1  may  kuni  O‗zbekiston  Respublikasi  oliy  Majlisining  XI  sessiyasida  «Vijdon 
erkinligi va diniy tashkilotlar to‗g‗risida»gi qonunning 23 moddadan ibo- rat yangi tahriri qabul 
qilindi  va  bu  Qonunni  ishlab  chiqishda  mamlakatimizning  o‗ziga  xos  sharoiti,  unda  yashovchi 
aholining huquq va manfaatlari hamda mentaliteti hisobga olindi. Qonunning asosiy maqsadi har 
bir  shaxsning  vijdon  erkinligi  va  diniy  e‘tiqod  huquqini,  dinga  munosabatidan  qat‘i  nazar, 
fuqarolarning  tengligini  ta‘minlash,  shuningdek,  diniy  tashkilotlarning  faoliyati  bilan  bog‗liq 
munosabat- larni tartibga solib turishdan iborat.
67
 
shuningdek, qonunning 3-moddasida «Dinga e‘tiqod qilish yoki o‗zga e‘tiqodlar erkinligi 
milliy xavfsizlikni va jamoat  tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi,  axloqi, huquqi 
va  erkinliklarini  ta‘minlash  uchun  zarur  bo‗lgan  daraja-  dagina  cheklanishi  mumkin»ligi 
belgilangan.  Bu  norma  «Fuqarolik  va  siyosiy  huquqlar  to‗g‗risidagi  xalqaro  Pakt»ning  18-
moddasi 3-bandiga hamohang tarzda ishlangan. 
shuningdek,  BMT  Bosh  Assambleyasining  «Diniy  toqatsizlikning  barcha  shaklla-  rini 
bartaraf etish to‗g‗risida»gi Rezolyutsiyasida ham bunday qoida mustahkamlangan bo‗lib, unda 
tinchlik  va  jamoat  xavfsizligini  ta‘minlash  maqsadlarida  din  yoki  e‘tiqod  erkinligi  sohasida 
ma‘lum cheklovlarga yo‗l qo‗yilishi belgilab o‗tilgan. 
Missionerlik  va  prozelitizm  borasidagi  cheklovlarni  ayni  shunday  senzlar  jum-  lasiga 
kiritish  mumkin.  Hozirgi  kunda,  ko‗plab  buzg‗unchi  da‘vatchilar  o‗z  strukturala-  rida 
missionerlar  tayyorlash  kurslari,  nashriyotlar,  mintaqaviy  tadqiqot  markazlari,  moliyaviy 
ta‘minot  markazlari  bilan  bir  qatorda,  go‗yoki,  «inson  huquqlari  himoyasi»  bilan 
shug‗ullanuvchi,  aslida  esa  missionerlarning  «dushman»larini  qoralashga  qaratilgan  markazlar 
tuzishga ham alohida e‘tibor bermoqdalar. 
                                                 
66
  Samuel  Braunbek.  Bu  zaminda  ko‗plab  millatu  elatlar,  turli  din  hamda  e‘tiqod  vakillari  o‗zaro  tinch-totuv  va  hamjihat 
yashayotgani e‘tirofga loyiq. «Xalq so‗zi» gazetasi, 2018 yil 19 sentabr № 193 (7151). 
67
 O‗zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‗g‗risida»gi qonuni. 

Bugungi  kunga  kelib  bunday  soxta  demokratlarning  aslida  kim  ekani  hech  kimga  sir 
bo‗lmay  qoldi.  Afsuski,  zamonaviy  missionerlar  ham,  ayrim  inson  huquqlari  «himoyachilari» 
ham bu kabi holatlarni tushunishni istamayapti- lar. Vaholanki,  «Fuqarolik va siyosiy huquqlar 
to‗g‗risida  xalqaro  Pakt»ning  18-  moddasi  2-bandida  e‘tiqodni  o‗zgartirish  majburiy  xatti-
harakatlar bilan bog‗liq bo‗lmasligi, 20-moddasi 2-bandida esa dushmanlik va diniy g‗animlikni 
keltirib  chiqaradigan  harakatlar  qonun  bilan  taqiqlab  qo‗yilishi  zarurligi  haqidagi  qoidalar 
mustahkamlab qo‗yilgan. 
Yuqoridagi mulohazalardan ayrim vijdon erkinligi «himoyachilari»ning da‘- volari ortida 
g‗arazli  maqsadlar  yotganini  anglash  qiyin  emas.  Bunday  «demokratiya  eksporti»ning 
millatimiz,  xalqimiz  istiqboli  va  tinch-totuv  hayotiga  rahna  solishdek  strategiyaga  qaratilgani 
aniq-ravshan ko‗rinib turibdi. 
 «Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar  to‗g‗risida»gi  qonunning  5-moddasida 
mustahkamlangan  bir  konfessiyadagi  dindorlarni  boshqasiga  kiritishga  qaratilgan  xatti-
harakatlar  (prozelitizm),  shuningdek,  boshqa  har  qanday  missionerlik  faoliyatini  cheklash 
haqidagi  qoida  yurtimiz  xavfsizligi,  turli  din  vakillarining  tinch-totuv  yashashini  ta‘minlashga 
qaratilgan. Chunki inson o‗z dini va e‘tiqodini o‗zgartirishi ko‗p hollarda salbiy oqibatlarga olib 
keladi.  Ayniqsa,  bunday  harakatlar  oqibatida  oila  muhitida  ota-bola,  aka-ukaning  yuzko‗rmas 
bo‗lib ketayotganini hech qanday yo‗l bilan oqlab bo‗lmaydi. 
Qonunchilikda  bunday  holatlarga  nisbatan  javobgarlik  ham  belgilangan.  Jumladan, 
O‗zbekiston Respublikasi Ma‘muriy javobgarlik to‗g‗risidagi kodeksining 240-moddasi ikkinchi 
qismida  bir  konfessiyaga  mansub  dindorlarni  boshqasiga  kiritishga  qaratilgan  xatti-harakatlar 
(prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati uchun eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz 
ba- ravarigacha miqdorda jarima solish yoki o‗n besh sutkagacha muddatga ma‘muriy qamoqqa 
olishga sabab bo‗lishi belgilangan bo‗lsa, Jinoyat  kodeksining  2162-moddasi  ikkinchi  qismiga 
asosan  bunday  xatti-harakatlar  ma‘muriy  jazo  qo‗llanilganidan  keyin  sodir  etilsa,  eng  kam  ish 
haqining ellik  baravaridan  yuz baravarigacha miqdorda jarima  yoki  olti  oygacha qamoq  yoxud 
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi nazarda tutilgan. 
Qonunning diniy adabiyotlarga tegishli bo‗lgan 19-moddasi ham o‗zgartirildi. Unga ko‗ra, 
«Diniy  tashkilotlarning  markaziy  boshqaruv  organlari  diniy  maqsadlarga  mo‗ljallangan 
buyumlar,  diniy  adabiyotlar  va  diniy  mazmundagi  boshqa  axborot  ma-  teriallarini  O‗zbekiston 
Respublikasi  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  ishlab  chiqarishga,  eksport  va  import 
qilishga hamda tarqatishga haqlidir». 
O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2004  yil  23  apreldagi  196-qa-  rori 
bilan  tasdiqlangan,  O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Din  ishlari 
bo‗yicha qo‗mita to‗g‗risidagi nizomning 7-bandiga muvofiq, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi  huzuridagi  Din  ishlari  bo‗yicha  qo‗mita  Respubli-  kada  chiqariladigan  yoki  chet 
ellardan keltiriladigan diniy tusdagi mahsulotlarni (matbuot va elektron nashrlarni, audio, video 
kassetalarni,  CD,  DVD  va  boshqa  disk-  larni)  ekspertizadan  o‗tkazadi  va  mazkur  faoliyatni 
muvofiqlashtiradi. Mazkur qoida orqali respublika hududiga diniy mazmundagi adabiyotlarning 
olib kirish tartibi takomillashtirildi. 
Qonunning  19-moddasida  diniy  ekstremizm,  separatizm  va  aqidaparastlik  g‗oyalari  bilan 
yo‗g‗rilgan  matbaa  nashrlari,  kino,  foto,  audio,  video  mahsulotlari  va  shu  kabi  boshqa 
mahsulotlarni tayyorlash, saqlash va tarqatish huquqbuzarlik ekanligi belgilab qo‗yildi. 
Vijdon  erkinligi  qonunchiligi  borasidagi  islohotlar  amalga  oshirilishi  lozim  bo‗lgan 
hayotiy  zarurat  hisoblanadi.  Bu  islohotlar  jamiyat  taraqqiyoti  bilan  hamnafas  tarzda 
rivojlanishda  davom  etadi.  Jumladan,  mavjud  qonunchilik  mohiyatini  keng  xalq  ommasiga 
to‗laqonli  yetkazib  berish  maqsadida  vako-  latli  davlat  organlari  tomonidan  sohaga  oid 
qonunlarga  huquqiy  sharhlar  berilishi,  fuqarolarning  vijdon  erkinligi  huquqini  ta‘minlashga 
xizmat qiluvchi qonunosti hujjatlarining qabul qilinayotgani fikrimizning isbotidir. 
Xulosa  qilib  aytganda,  «Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar  to‗g‗risida»gi  qonunni 
hayotga  tatbiq  etish  va  sohaga  oid  amalga  oshirilayotgan  huquqiy  islohotlar  natijasida  diniy 
tashkilotlarni  ro‗yxatga  olish  hamda  ularga  rahbarlik  qilish,  no-  an‘anaviy  diniy  oqimlarning 

yoyilib  ketishi  oldini  olish,  diniy  ta‘lim  tizimini  takomillashtirish,  shuningdek,  diniy 
adabiyotlarni  chop  etish  va  tarqatish  kabi  diniy  hayot  barqarorligini  ta‘minlashga  qaratilgan 
vazifalarni bajarish uchun zamon talablariga mos huquqiy mexanizm yaratildi. 
Biz  hozirgi  vaqtda  yirik  bir  loyiha  –  O‗zbekistondagi  Islom  sivilizatsiyasi  markazini 
tashkil  etish  bo‗yicha  katta  ishlarni  boshlab  yubordik,  dedi  Prezidentimiz.  Bu  markaz  avvalo 
xalqimizning yaratuvchilik dahosi bilan bunyod etilgan noyob merosni har tomonlama va jadal 
rivojlanishini  ta‘minlash  uchun  shart-sharoitlar  yaratishdan,  mamlakatni  modernizatsiya  qilish 
va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirish- dir. O‗zbekistonda islom dinining insonparvarlik 
falsafasi,  buyuk  g‗oyalari  yosh  avlod  yuragidan  joy  olishiga  barcha  sharoit  yaratib  berilgan. 
Boshqacha  qilib  aytganda,  farzandlarimiz  dunyoviy  bilimlar  bilan  bir  qatorda  Imom  Buxoriy 
to‗plagan  hadislar,  naqshband  ta‘limoti,  Termiziy  o‗gitlari,  Yassaviy  hikmatlari  asosida 
tarbiyalanmoqda. 
Yoshlar  tafakkuri  sofligini  saqlash,  ularning  kayfiyatlari,  orzu-umidlari,  intilishlarining 
mazmun-mohiyatini o‗rganish, ulardan tegishli xulosalar chiqarish o‗ta dolzarb vazifadir. Diniy 
ekstremizm va terrorizm ildiz otib borayotgan bugungi kunda jamiyatimizda yoshlar tarbiyasiga 
ahamiyat  qaratish  eng  dolzarb  vazifadir.  Bugungi  kunda  BMTning  xavfsizlik  va  terrorizmga 
qarshi  kurashish  bo‗yicha  maxsus  bo‗linmalari  faoliyati  terrorizmga  qarshi  qaratilgan  asosiy 
xalqaro uyushmalar qatorida yetakchi o‗rin egallaydi.
68
 
Noan‘anaviy diniy harakatlar va tashkilotlarning ko‗pchiligi XX asrning 60–70- yillarida 
AQsh va G‗arbiy  yevropada paydo bo‗ldi, keyin butun  dunyoga tarqala boshladi. Diniy jamoa 
a‘zolarining turmush tarzi qat‘iy belgilab qo‗yilgan tartiblar, ijti- moiy hayotdan uzoqligi bilan 
ajralib turadi, o‗z rahbarlariga so‗zsiz bo‗ysunishlari talab qilinadi. «Sevgi oilasi» sektasi hech 
bir  cheklanmagan  munosabatlar  vosi-  tasida  «diniy  tozalanish»  yo‗li  bilan  «xudoning  o‗g‗li» 
bo‗lishni  tushuntirib  beradi.  Janubiy  koreyalik  San  Mun  asos  solgan  «Birlashgan  cherkov» 
sektasi  asketik  turmush  tarzini  targ‗ib  qiladi.
69
    «krishnani  anglash  xalqaro  jamiyati» 
noan‘anaviy diniy fan va ta‘limga oid barcha qadriyatlarni inkor qiladi»
70

N  oan‘anaviy diniy harakatlar katta tashviqot va  moddiy  yordam  berish orqaligina emas, 
ma‘naviy  qashshoqlik,  maishiy  buzuqlik  kabi  omillar  tufayli  ham  ayrim  guruhlarni  o‗z  ta‘sir 
doirasiga oladi. «Yangi diniy harakatlarning asoschilari» faqat ulargina mutlaq haqiqatni, barcha 
insoniy muammolarni hal qilishning to‗g‗ri yo‗lini, qayta tug‗ilish va u dunyoda o‗lmaslik orqali 
abadiy  farog‗atga  erishishni  bilishlarini  da‘vo  qiladilar.  Ularning  ta‘limotlari  mistika,  sirlilik 
bilan yo‗g‗rilgan. 
Hozirgi globallashuv jarayonida diniy bag‗rikenglik muammosi mamlakatlar uchun g‗oyat 
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. 1995 yil 16 noyabrda BMTning fan, ta‘lim va madaniyat 
bo‗yicha 
ixtisoslashgan 
tashkiloti 
YuneSko 
tomonidan 
Bag‗rikenglik 
prinsiplari 
deklaratsiyasining qabul qilinishi buning yorqin dalilidir. Ushbu deklaratsiyada e‘tiqod va vijdon 
erkinligiga  ham  e‘tibor  qaratilgan.  O‗zbekiston  Respublikasi  konstitutsiyasining  18-moddasiga 
ko‗ra,  «O‗zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‗lib, 
jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e‘tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat‘i, 
nazar, qonun oldida tengdirlar». 
Asosiy qonunimizda ushbu huquqning aks ettirilishi mamlakatimizda insonlar- ning vijdon 
va  e‘tiqod  erkinligi  ta‘minlanishining  asosi  bo‗lib  xizmat  qilmoqda.  O‗zbekistonda  diniy 
bag‗rikenglik va millatlararo totuvlik tarixiy ildiz va mustahkam qonuniy asoslarga ega bo‗lib, 
dunyoviy davlat va din orasidagi munosabatlarning mustahkam huquqiy asoslari yaratilgan. 
2017  yil  16  noyabr  kuni  Toshkent  islom  universitetida  Xalqaro  bag‗rikenglik  kuni 
munosabati  bilan  «konfessiyalararo  muloqot  va  diniy  bag‗rikenglik  –  jamiyat  barqarorligi 
garovi» mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‗lib o‗tdi. 
                                                 
68
  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  BMT  Bosh  Assambleyasining  72-sessiyasidagi  ma‘ruzasi.  «Xalq  so‗zi»  gazetasi, 
2017 yil 20 sentabr. 
69
 В.М. Межуев. културалогия как наука: за и против (матриали  обсуждения) – «Вопросы филосо- фии», 2008. №11, 15-
б. 
70
 A.S. Ochildiev. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning maъnaviy-maъrifiy asoslari. 

O‗zbekiston  Respublikasi  konstitutsiyasining  31-moddasida  «Hamma  uchun  vijdon 
erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e‘tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e‘tiqod 
qilmaslik  huquqiga  ega.  Diniy  qarashlarni  majburan  singdirishga  yo‗l  qo‗yilmaydi»  deb 
belgilangan.  Ushbu  moddani  amalga  oshirish  mexanizmi  1998  yil  1  mayda  qabul  qilingan 
«Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar  to‗g‗risida»gi  qonunda  keng  yoritib  berilgan.  Uning  3-
moddasiga  ko‗ra,  vijdon  erkinligi  fuqarolarning  har  qanday  dinga  e‘tiqod  qilish  yoki  hech 
qanday dinga e‘tiqod qilmaslikdan iborat ka- folatlangan konstitutsiyaviy huquqidir. 
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 18-moddasida:  «Har bir inson fikr, vijdon 
va  din  erkinligi  huquqiga  ega,  bu  huquq  o‗z  dini  yoki  e‘ti-  qodini  o‗zgartirish  erkinligini  va 
ta‘limotda,  toat-ibodat  qilishda  va  diniy  rasm-  rusum  hamda  marosimlarni  ommaviy  yoki 
xususiy tartibda ado etish, o‗z dini yoki e‘tiqodiga yakka tartibda, shuningdek, boshqalar bilan 
birga amal qilish erkinligini o‗z ichiga oladi», deb belgilangan. Afsuski, hozirgi davrda ko‗plab 
ekstremistik  uyushmalar  va  aqidaparastlar  turli  dinlar,  shu  jumladan,  xristianlik,  yahudiylik, 
islom dinlari ta‘limotidan foydalanmoqda. 
Terrorizm  –  jamiyatda  beqarorlik  keltirib  chiqarish,  aholining  keng  qatlamlarida  vahima 
va  qo‗rquv  uyg‗otishga  qaratilgan  siyosiy  kurashning  yovuz  usulidir.  U  yashirin  tashkilotlar 
tomonidan  beqarorlik  keltirib  chiqarish  orqali  davlat  hokimiyatini  egallash  maqsadida 
qo‗llanadi. Mana shunday sharoitda din niqobi ostidagi ayrim g‗arazli kuchlar O‗zbekistondagi 
vaziyatni  izdan  chiqarish,  mavjud  konstitutsiyaviy  tuzumni  ag‗darish  orqali  islom  davlatini 
qurish g‗oyalarini ilgari surmoqda. Diniy ekstremistik kuchlar jamiyat uchun an‘anaviy bo‗lgan 
diniy  qadriyatlar  va  aqidaviy  ahkomlar  tizimini  inkor  etib,  ularga  zid  bo‗lgan  «g‗oyalar»  va 
amallarni  agressiv  tarzda  targ‗ib  qilishga  intilmoqda.  Mutaxassislarning  fikriga  ko‗ra,  hozir 
dunyoda 
500  dan  ortiq  terrorchilik  tashkiloti  mavjud  bo‗lib,  ularning  80  foizi  islom  dini  niqobi 
ostida faoliyat yuritmoqda. Avvalo kundan-kunga kuchayib borayotgan bunday xatarlarga qarshi 
doimo  sergak,  ogoh  va  hushyor  bo‗lib  yashashimiz  zarur.  Bunday  tahdidlarga  qarshi  har 
tomonlama chuqur o‗ylangan, puxta ilmiy asosda tashkil etilgan, muntazam va uzluksiz ravishda 
olib boriladigan ma‘naviy tarbiya bilan javob berish mumkin. 
Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish