„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/23
Sana16.01.2020
Hajmi1,85 Mb.
#34834
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Миллий ғоя МАЪРУЗА 2019-20120


O
„ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI 
 
TERMIZ DAVLAT  UNIVERSITETI 
 
TARIX FAKULTETI 
FUQAROLIK JAMIYATI KAFEDRASI 
 
 
 
«MILLIY G„OYA: ASOSIY TUSHUNCHA  
VA TAMOYILLAR» FANI BO„YICHA
 
 
MA'RUZA UCHUN MATERIALLAR
 
 
 
Bilim sohalari:                 100 000 – Gumanitar 
                                         400 000 –  Qishloq va suv xo‗jaligi  
                                         600 000 – Xizmatlar sohasi 
Ta‘lim sohasi                   110 000 – Pedagogika  
                                         140 000 – Tabiiy fanlar 
                                         410 000  – Qishloq, o‗rmon va baliq xo‗jaligi 
                                         630 000 – Atrof-muhit muhofazasi 
Bakalavr yo‗nalishlari:    5111400 – Xorijiy til va adabiyoti (ingiliz tili) 
                                         5140600 – Geografiya 
                                         5140100 – Biologiya                                                     
                                         5141000 – Tuproqshunoslik 
                                         5411000 – Meva-sabzavotchilik va uzumchilik 
                                         5630100 – Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (fan va ta‘lim)   
 
 
 
Тermiz – 2019 

Mazkur o‗quv uslubiy majmuani tayyorlashda O‗zbekiston Respublikasi Oliy 
va o‗rta maxsus ta‘lim vazirining 2017 yil 1 martdagi 107-sonli buyrug‗i asosida 
qabul  qilingan  yangi  o‗quv  uslubiy  majmualarni  tayyorlash  bo‗yicha  uslubiy 
ko‗rsatma  talablari  asosida  yaratildi.Mazkur  o‗quv-uslubiy  majmua  O‗zbekiston 
Respublikasi  Oliy  va  o‗rta  maxsus  ta'lim  vazirligining  2011-yil  17-sentabridagi 
392-sonli buyrug‗i bilan tasdiqlangan, BD -1.09 raqami bilan 2011-yil 8-noyabrda 
ro‗yxatga  olingan  ―Milliy  g‗oya:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar‖  fanidan 
namunaviy dastur asosida tayyorlandi. Majmuada talabalarga ―Milliy g‗oya: asosiy 
tushuncha  va  tamoyillar‖  fanining  mazmun-mohiyatini  to‗liq  va  mukammal 
o‗rgatish nazarda tutilgan. 
 
 
Tuzuvchilar: 
Xoliyorov T.Ch. -  ―Fuqarolik jamiyati‖ kafеdrasi katta o‘qituvchisi 
Eshqurbonov S.B.-  "Fuqarolik jamiyati" kafеdrasi o‗qituvchisi 
 
Taqrizchi: 
Tursunov N.N.    -   ―Fuqarolik jamiyati‖ kafеdrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O‘quv-uslubiy majmua Termiz davlat universiteti ilmiy kengashining 2019-
yil _____________dagi ___- sonli qarori bilan tasdiqqa tavsiya qilingan. 
 

 
MA'RUZA UCHUN MATERIALLAR 
 
1-Мa‟ruza.  Milliy g‟oya: asosiy tushuncha va tamoyillar fanining predmeti, maqsad 
va vazifalari  
reja: 
1.“Milliy  g‘oya:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar‖  fanining  predmeti:  g‘oya  –  insoniyat 
taraqqiyotining harakatlantiruvchi omili, hayotiy maqsadlar ifodasi. 
2. Mafkura tushunchasining mazmuni, mafkuraning funksiyalari va shakllari. 
3. Milliy g‘oya tushunchasi, uning tuzilishi va namoyon bo‘lish xususiyatlari. 
4. Jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ta‘sirida g‘oyalarning differensiallashuvi. 
Oldimizga  qo‘ygan  ulkan  vazifalarni  amalga 
oshirishda  biz  uchun  kuch-qudrat  manbai  bo‘ladigan 
milliy g‘oyani rivojlantirishimiz zarur. O‘tmishga berilgan 
baho  albatta  xolisona,  eng  muhimi,  turli  mafkuraviy 
qarashlardan xoli bo‘lishi zarur! 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti  
Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga 
murojaatnomasidan (2018 yil 28-dekabr) 
 
“Milliy  g‟oya  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar”  fanining  predmeti:  g‟oya  -  insoniyat 
taraqqiyotining harakatlantiruvchi omili, hayotiy maqsadlar ifodasi. Bunyodkor va vayronkor. 
Mafkura  tushunchasining  mazmuni.  Mafkuraning  shakllari:  anarxiya,  monarxiya, 
totalitarizm,  liberalizm,  demokratiya.  Liberal  va  totalitar  mafkuralarning  ziddiyati. 
Demokratiyaga asoslangan mafkuraning ustivorligi. 
Milliy  g‟oya  tushunchasi,  uning  tuzilishi  va  namoyon  bo‟lish  xususiyatlari.  “Ozod  va 
obod  Vatan,  erkin  va  farovon  hayot  qurish”  -  milliy  mafkuraning  bosh  g‟oyasi.  Uni  amalga 
oshirishning  asosiy  g‟oyalari:  yurt  tinchligi,  Vatan  ravnaqi,  xalq  farovonligi,  komil  inson, 
ijtimoiy  hamkorlik,  millatlararo  totuvlik,  diniy  bag‟rikenglik.  Bosh  va  asosiy  g‟oyalar 
o‟rtasidagi o‟zaro aloqadorlik.  
Milliy  taraqqiyot  g‟oyalarining  individual  va  ijtimoiy  ko‟rinishlari.  Mafkuraviy 
jarayonlarni nazariy bilish va amaliy o‟zgartirish muammolari. 
G‟oya,  mafkura  va  milliy  g‟oya  tushunchalarining  ijtimoiy-siyosiy  mohiyati,  ularning 
umumiyligi va farqlari. 
 
1.  Milliy  g‟oya:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar”  fanining  predmeti:  g‟oya  – 
insoniyat taraqqiyotining harakatlantiruvchi omili, hayotiy maqsadlar ifodasi.                                      
2017-yil  28-iyulda  ―Ma‘naviy-ma‘rifiy  ishlar  samaradorligini  oshirish  va  sohani 
rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 
PQ-3160-son 
Qarori
1
 
qabul 
qilindi.
 
O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyevning  2019  yil  uchun  mo‗ljallangan  eng  muhim  ustuvor  vazifalar  haqidagi  Oliy 
Majlisga  murojaatnomasida  2019  yil  –  ―Faol  investitsiyalar  va  ijtimoiy  rivojlanish  yili‖da 
ijtimoiy  sohani  yanada  rivojlantirish  uchun  bir  qancha  vazifalarni  belgilab  berdi.  Unda, 
oldimizga  qo‗ygan  ulkan  vazifalarni  amalga  oshirishda  biz  uchun  kuch-qudrat  manbai 
bo‗ladigan  milliy  g‗oyani  rivojlantirishimiz  zarurligini  alohida  ta‘kidlab  o‗tdi
2
.  2019-yil  8-
aprelda  ―O‘zbekiston  taraqqiyotining  yangi  bosqichida  milliy  g‘oyani  rivojlantirish 
konsepsiyasini  ishlab  chiqishga  doir  chora-tadbirlar  to‘g‘risida‖gi  O‗zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining F-5465-sonli farmoyishi qabul qilindi. 
                                                 
1
 Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston! O‘z R mustaqilligining 26-yilligiga bag‘ishlangan uslubiy qo‘llanma, T., 
―Paradigma‖, 2017, 55-bet  
2
 O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi. T., 2018-yil 28-dekabr  
 

2019-yil  3-may  kuni  ―Ma‘naviy-ma‘rifiy  ishlar  samaradorligini  oshirish  bo‘yicha 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4307-son 
qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq ―Uzluksiz ma‘naviy tarbiya konsepsiyasi‖ loyihasi 
matbuotda  e‘lon  qilindi
3
.  Unda  18  yoshli  yigit-qizlar  mustaqil  hayotga  ―O‘zbekiston 
taraqqiyotining  yangi  bosqichida  Milliy  g‘oyani  rivojlantirish  konsepsiyasi  bilan‖(ijtimoiy 
buyurtma)  belgilangan  fazilatlar:  Vatanga  sadoqat,  tadbirkorlik,  irodalilik,  mafkuraviy 
immunitet, mehr-oqibatlilik, mas‘uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, 
mehnatsevarlik  kabi  tayanch kompetensiyalar bilan kirib boradilar deb belgilangan.  Respublika 
Ma‘naviyat  va  ma‘rifat  markazi  rahbarining  birinchi  o‘rinbosari,  pedagogika  fanlari  doktori, 
professor Muhammadjon Quronov fikricha, O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida Milliy 
g‘oyamizning bosh g‘oyasi ―Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari‖ bo‘ladi. ―Biz kecha milliy 
tiklanishga intilgan bo‘lsak, endi milliy  yuksalish fazasiga kirdik. Yuksalish tiklanishdan ko‘ra 
ko‘p kuch, energiyani talab qiladi. Chunki yuksalish intensiv harakat‖
4

Davlatimiz  rahbari  ―Milliy  tiklanishdan  –  milliy  yuksalish  sari‖  degan  tamoyilga 
asoslangan  holda,  milliy  g‘oya  va  uning  mafkuraviy  negizlarini  puxta  ishlab  chiqish,  yosh 
avlodni  bolalikdan  milliy  g‘urur  va  vatanparvarlik  ruhida  tarbiyalash  dolzarbahamiyatga  ega 
ekanini 2019-yil 23-avgust kuni xalq ta‘limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va 
jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma‘naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan 
videoselektor yig‘ilishida ta‘kidlab o‘tdilar
5
. Maktablardagi ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarni yangicha 
asosda tashkil etish, ―Milliy g‘oya‖, ―Odobnoma‖, ―Dinlar tarixi‖, ―Vatan tuyg‘usi‖ kabi fanlarni 
birlashtirgan holda, yagona ―Tarbiya‖ fanini joriy qilish zarurligi qayd etildi.  
Bu  haqda  shuningdek  Prezidentimiz  Sh.M.Mirziyoyev  O‘zbekiston  Respublikasi 
mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga ba‘g‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida quyidagi 
fikrlarni keltirib o‘tdilar: 
Bugun  O‘zbekiston  o‘z  taraqqiyotining  yanga  bosqichiga  dadil  qadam  qo‘ymoqda. 
Mamlakatimizni  modernizatsiya  qilish,  inson  huquq  va  erkinliklarini,  qonun  ustuvorligini 
ta‘minlash  asosida  O‘zbekistonning  yangi,  demokratik  qiyofasi  yaratilmoqda.  Bu  borada 
Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan 
ustuvor g‘oya biz uchun dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.   
Milliy yuksalish deganda, biz mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning hayot darajasi 
va turmush sifatini har tomonlama yuqori bosqichga ko‟tarishni tushunamiz. 
Davlatimiz,  el-yurtimizning  salohiyati  va  kuch-qudratiga  tayanib,  tabiiy  boyliklarimizdan 
oqilona  foydalanib,  biz  o‘z  oldimizga  qo‘ygan  ana  shunday  maqsadlar  sari  izchil  qadam 
qo‘ymoqdamiz
6

Fanni  o‟rganish  zaruriyati.  Insoniyat  tarixiy  taraqqiyotining  sivilizatsiyalashgan  davri 
biron-bir  jamiyatning  ezgu  g‘oyalar  va  mafkurasiz  rivojlana  olmasligini  tasdiqlab  kelmoqda. 
O‘zbekiston  o‘z  milliy    mustaqilligini  qo‘lga  kiritgach  o‘zbek  xalqi  o‘z  oldiga  ozod  va  obod 
Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish kabi maqsadlarni qo‘ydi. Ana shu maqsadni  amalga 
oshirish, yurtimizda demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyatni barpo etish ehtiyoji tug‘ildi. 
Buning  uchun  bizga  yot  va  begona  g‘oya  tajovuziga  qarshi  tura  oladigan,  har  tomonlama 
barkamol, komil insonlarni voyaga etkazish, bu yo‘lda g‘oyaviy, mafkuraviy bo‘shliq bo‘lishiga 
yo‘l  qo‘ymaslik,  mamlakatimizning  yuksak  taraqqiyotini  ta‘minlash  uchun  milliy  mafkurani 
shakllantirishni taqozo etdi.  
Mustaqillikning  ilk  yilidanoq  mustabid  «kommunistik  g‘oya»dan  voz  kechildi. 
O‘zbekiston  xalqi  o‘z  milliy  g‘oyasi  negizlariga  tayangan  holda  rivojlanish  yo‘lini  tanladi. 
Buning o‘ziga xos sabablari mavjud bo‘lib, ularni quyidagicha izohlash mumkin: 
1.  Mustaqillik  tufayli  mamlakatimiz xalqi  o‘ziga  xos  yo‘lni  tanlash  huquqiga  ega  bo‘ldi. 
Bu xalqimizning ma‘naviy merosi, qadriyatlarini qayta tiklash imkoniyatini berdi. 
                                                 
3
 https://regulation.gov.uz (25.07.2019) 
4
 Yoshlar ovozi gazetasi. 15.11.2018 
5
 https://president.uz/oz/lists/view/28 
6
 https://uza.uz/oz/politics/president-shavkat-mirziyoyevning-nutqi-31.08.2019. 

2. «Mustabid» totalitar tuzum «kommunistik g‘oya»si o‘zbek xalqini ma‘naviy merosi, urf-
odatlari,  qadriyatlari,  ma‘naviyatidan  begonalashtirish  siyosatini  olib  bordi.  Endilikda  ana  shu 
asoratlardan xalos bo‘lish ehtiyoji paydo bo‘ldi. 
3.  Har  qanday  davlat,  jamiyat,  xalq  maqsadsiz  yashay  olmaydi.  U  rivojlanish  uchun 
ma‘naviy  asoslarni  belgilab  olishi  zarur.  Bu  maqsad  xalqning  milliy-ma‘naviy  g‘oyalarida  aks 
etgan bo‘lib, milliy g‘oyani o‘rganish zaruriyatga aylandi. 
4.  Jamiyat  taraqqiyotida  turli  xil  g‘oyalar  hukmronlik  qilib  kelgan  bo‘lib,  g‘oyaviy 
maqsadlar  tufayli  har  xil  salbiy  oqibatlarni  yuzaga  keltirgan.  Ana  shu  g‘oya  bilan  g‘oyaning, 
maqsad bilan maqsadning, fikr bilan fikrning farqini bilish uchun milliy g‘oyani o‘rganish lozim. 
5.  Shaxs,  inson,  ijtimoiy  guruh,  qatlam,  xalq,  millat,  davlat  maqsadi,  orzu  intilishi, 
qarashlari  bir-biridan  farq  qilganidek,  uning  qanday  maqsad  va  g‘oya  ekanligiga  qarab  baho 
beriladi. 
6. Ayrim g‘oyalar ma‘lum bir millat, xalqning maqsad, intilishlarini hisobga olmasdan o‘z 
g‘oyalarini «singdirishga» urinadi, bunday yot yoki yovuz g‘oyalardan ogoh bo‘lish uchun milliy 
g‘oyani o‘rganmoq kerak.  
7.  Bugungi  kunda  dunyoda  mafkuraviy  kurash,  inson  ongi  va  qalbi  uchun  kurash  ketar 
ekan, ayrim  yot  g‘oyalar  yoshlarni o‘ziga rom qilib  o‘z shaxsiy manfaat  yo‘lida foydalanishga 
harakat qilayotganliklari boisdan ham milliy g‘oyani o‘rganish zaruriyatga aylandi.  
Milliy g‟oyaning mazmuni quyidagilardan iborat:  
1.  Tarixiy xotirani uyg‘otish, o‘tmishdan saboq chiqarish, o‘zlikni anglash mezoni. 
2.  Xalq  maqsadlarini  ifoda  etib,  jamiyat  a‘zolarini  birlashtiruvchi  g‘oyaviy  vazifani 
bajaradi. 
3.  Millat, xalq va jamiyatni birlashtiruvchi kuch, yuksak ishonch e‘tiborining manbaidir. 
4.  O‘zbekistonda  yashovchi  barcha  xalq,  millat,  elat,  ijtimoiy  qatlam  vakillariga  birday 
taalluqlidir. 
5.  Millat  aholisi  ongi  va  qalbida  «O‘zbekiston  -  yagona  Vatan»  degan  tushunchani 
shakllantirishga xizmat qiladi. 
6.  Turli  millat,  qatlam,  uning  vakillari,  siyosiy  partiya  va  ijtimoiy  guruhlar  mafkurasidan 
ustun turadigan yuksak fenomen - ijtimoiy hodisa mazmuniga egadir. 
7.  Biron-bir  dunyoqarashni  mutloqlashtirmaslik  yoki  biron-bir  kuch,  partiya  yoki  guruh 
qo‘lida siyosiy qurolga aylanmaslik. 
8.  Har  qanday  ilg‘or  g‘oyani  singdirish  va  har  qanday  yovuz  g‘oyaga  qarshi  javob  bera 
olish. 
9.  Sub‘ektivizm,  valyuntarizm  kabi  illatlardan  xoli  va  jamiyatimizning  xolis  fikriga 
tayanuvchi ob‘ektiv mafkura bo‘lish. 
10. So‘z bilan ishni, nazariya bilan hayotni birlashtira olish
7

11. Davr  o‘zgarishlariga  qarab,  o‘zi  ifodalaydigan  g‘oya,  manfaat,  muddaolarni  amalga 
oshirishning yangi-yangi vositalaridan ijodiy foydalanish. 
Milliy  g‘oya  ana  shu  qayd  etilgan  sifatlarga  javob  bergan  taqdirdagina  kutilayotgan 
maqsadlarga erishish mumkin. Ammo, milliy g‘oya o‘z-o‘zidan inson ongiga, tafakkuriga singib, 
ishonch va e‘tiqodiga aylanib qolmaydi. Bunga har bir inson o‘z hayoti davomida erishib boradi. 
Milliy  g‘oyaning  mazmun-mohiyatini  tushunchalari,  shakllanish  qonuniyatlari,  namoyon 
bo‘lish  xususiyatlari,  uni  xalqimiz  qalbiga  singdirish  yo‘llari  va  usullari  ushbu  fanning 
mohiyatini  belgilaydi.  Uning  tushuncha  va  kategoriyalari  bir  butun,  yaxlit  tizim  shaklida 
namoyon  bo‘ladi.  Milliy  g‘oyaning  fan  sifatida  e‘tirof  etilishi  uning  o‘ziga  xos  predmeti, 
ob‟ekti, maqsad va vazifalari mavjudligini anglatadi. 
Birinchidan,  boshqa  ijtimoiy-gumanitar  fanlar  qatori  ―Milliy  g‘oya»  fanining  ham 
muayyan bilimlar tizimi, o‘ziga xos mavzulari, tushunchalari, qonun va kategoriyalari mavjud. 
Ikkinchidan, uning boshqa fanlar qatori o‘z predmeti, ob‘ekti, maqsad va vazifalari bor. 
                                                 
7
  Ergashev  I.  va  boshq.  Milliy  istiqlol  g‘oyasi:  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  ta‘lim  bakalavriat  bosqichi  uchun 
darslik. -T.: Akademiya, 2005. 8-11-betlar. 

Milliy  g‟oyaning  predmeti  –  Milliy  g‟oyaning  shakllanishi,  keng  jamoatchilikning 
ishonchi  va  e‟tiqodiga  aylanishi,  uning  madaniy  negizlarini  ijtimoiy  hayot,  mehnat  faoliyatida 
namoyon  bo‟lish  shart-sharoitlari,  omillari,  qonuniyatlarining  ilmiy-nazariy  asoslarini 
o‟rganadigan fanlar. 
Milliy  g‘oya  –  mustaqillikni  qo‘lga  kiritish,  uni  mustahkamlash,  O‘zbekistonning  dunyo 
hamjamiyatida  o‘ziga  xos  nufuzga  ega  bo‘lishi  uchun  imkon  yaratadigan  xalqni,  millatni 
jipslashtirib turadigan maqsadlar, manfaatlar majmuidir. Milliy g‘oya fanining predmetini faqat 
«g‘oya  va  mafkura»  tushunchalaridan  iborat  deb  o‘ylamaslik  kerak.  Bu  fanning  predmetini 
hozirgi  zamondagi  mafkuraviy  jarayonlar,  uning  ma‘no-mazmunidagi  o‘ziga  xos  xususiyatlari, 
ta‘sir  etish  qonuniyatlari,  ma‘lum  bir  makonda  va  davrda  namoyon  bo‘lish  xususiyatlari,  uni 
ko‘p  millatli  davlatimiz  fuqarolarining  ongi  va  qalbiga  singdirish  yo‘llari  hamda  uslublarini 
aniqlash ham tashkil etadi. 
Bu  jarayon,  birinchidan,  milliy  g‘oyaning  fan  talablari  asosida,  bilim  va  tajriba  tizimi 
orqali  kishilarning  ongi  va  tafakkuri,  dunyoqarashi,  maqsad  va  intilishlari  milliy-ma‘naviy 
merosga  munosabatning  jamiyat  hayotida  namoyon  bo‘lish  xususiyatlari  bilan  bog‘liq. 
Ikkinchidan,  milliy  istiqlol  g‘oyasi  faoliyatida  hamda  o‘zaro  munosabatlarida  ishonch  va 
e‘tiqodga aylanishi. 
Milliy  g‟oyaning  ob‟ekti  sifatida  O‘zbekistonning  o‘ziga  xos  tabiiy,  ijtimoiy-iqtisodiy, 
siyosiy  milliy-madaniy  rivojlanish  xususiyatlarini,  qadriyatlarini  e‘tirof  etish  mumkin. 
Shuningdek, 
xalqning 
madaniyati, 
milliy-madaniy 
merosini, 
odamlarning 
ijtimoiy 
munosabatlarini qator toptirish bilan bog‘liq maqsadlarini jamiyat hayotida namoyon bo‘lishini 
tahlil etish ham muhimdir. Shuningdek, fanning ob‟ekti - O‘zbekiston tanlagan taraqqiyot yo‘li 
va ijtimoiy rivojlanishning milliy-ma‘naviy negizlari, umumbashariy tamoyillarini tashkil etadi. 
Ilmiy adabiyotlarda g‘oya, mafkura, ideya va ideologiya tushunchalari ishlatilmoqda. Ideya 
va ideologiya ko‘proq G‘arb davlatlarida hamda rus tilidagi manbalarda uchraydi. Ideya iborasi 
yunon  tilidagi  idea  so‘zidan  olingan,  ideologiya  uchun  o‘zak  bo‘lib  hisoblanadi  va  tushuncha 
yoxud fikr ma‘nosini anglatadi.  
Milliy  g’oyaning  asosiy  tushunchalari.  Milliy  g‘oya  muayyan  tushunchalarga 
asoslanadi. Milliy goya, asosiy tushuncha va tamoyillar fanining kategoriyalar
8
(tushunchalar)ini  
umumiy, substansional va funksional kategoriyalarga ajratish mumkin. Bunda: 
1)  umumiy  kategoriyalarga  -  goya,  mafkura,  bunyodkor  goyalar,  vay-ronkor  g'oyalar, 
milliy goyalar, umuminsoniy goyalar, dunyoviy goyalar, diniy goyalar, falsafiy goyalar, ijtimoiy-
siyosiy goyalar; 
2)  substansional  kategoriyalarga  -  milliy  istiqlol  mafkurasi,  mafkura  evolyusiyasi, 
mafkura  yakkahokimligi,  mafkuraviy  vaziyat,  mafkuraviy  poligon,  mafkuraviy  maqsad, 
mafkuraviy  siyosat,  mafkuraviy  xavfsizlik,  mafkuraviy  immunitet,  mafkuraviy  profilaktika, 
mafkuraviy  tarbiya,  g'oyaviy  mustaqillik,  g'oyaviy  ziddiyat,  g'oyaviy  bo'shliq,  g'oyaviy  zaiflik, 
g'oyaviy savodsizlik, g'oyaviy qaramlik, g'oyaviy mutaassiblik, g'oyaviy parokandalik; 
3) funksional kategoriyalarga - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, 
Vatan  ravnaqi,  Yurt  tinchligi,  Xalq  farovonligi,  Komil  inson,  Ijtimoiy  hamkorlik,  Millatlararo 
totuvlik, Dinlararo bagrikenglik kabi tushunchalarni kiritish mumkin. 
G‟oya  tushunchasi:  G‟oya  –  inson  tafakkuri  mahsuli  bo‟lib,  muayyan  maqsadni 
amalga oshirish uchun narsa va hodisalar to‟g‟risida ilgari surilgan izchil fikrlar shakli.     
G‟oya – inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan,  ruhiyatga 
kuchli  ta‘sir  o‘tkazib,  jamiyat  va  odamlarni  harakatga  chorlaydigan,  maqsad-muddao  sari 
etaklaydigan  kuchli,  teran  fikr.  Inson  ongining  mahsuli  sifatida  g‘oyalar  tushuncha  va  fikrlar 
yordamida ifoda etiladi.  
G‟oya – bu yoki bu ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma‘naviy hayotdagi voqea-hodisalarni yo 
qo‘llab-quvvatlaydi, himoya qiladi yoki rad etib unga qarshi kurashishga da‘vat qiladi. 
                                                 
8
 
―Kategoriya‖ grekcha so'z bo'lib, ―guvoh‖, ―ta'rif‖, ―ifodalovchi‖, degan ma'noni bildiradi. 
 

G‟oya  -  inson  tafakkuri  mahsuli,  milliy  g‟oya  esa  millat  tafakkurining  mahsulidir
g‘oya  -  ob‘ektiv  voqelik  hodisalarining  inson  tafakkurida  aks  etishidir.  g‘oyalar  dunyoni 
o‘rganishga va amaliy o‘zgaruviga xizmat qiladi.  
Har qanday tushuncha, fikr va qarash ham milliy g‘oya bo‘la olmaydi. Chunki shaxsiy fikr 
- o‘ziga xos bir qarashdir, ijtimoiy fikr esa - voqelikka nisbatan o‘zgarish yoki harakatni taqozo 
etadigan faol  munosabatni  ifodalaydi.  g‘oya  ana  shu  munosabatni harakatga, jarayonga, zarurat 
tug‘ilganda esa, butun bir davr tarixiga aylantiradi. 
Muayyan  bir  g‘oya  dastlab  biron-bir  shaxsning  ongida  paydo  bo‘ladi.  Ayni  paytda  u 
yuksak ijtimoiy mazmunga ega bo‘lgani, jamiyatning taraqqiyot yo‘lidagi ezgu intilishlarini aks 
ettirgani  bois  umuminsoniy  haqiqatga  aylanadi.  Masalan,  o‘rta  asrlarda  jaholat  va  inkvizitsiya 
shaxsning  orzu-intilishlari,  erkinligi  va  tashabbuskorligi  yo‘lida  to‘siq  bo‘lib  turgan  paytda 
polyak  olimi  Nikolay  Kopernik  Yerning  Quyosh  atrofida  aylanishiga  doir  geliotsentrizm 
nazariyasini  olg‘a  surdi.  Bu  g‘oya  ham,  avvalo,  bir  jasoratli  shaxs  qalbidagi  intilishlar  ifodasi 
sifatida paydo bo‘lgan, keyinchalik esa butun dunyoda e‘tirof etilib, ilmiy tafakkurning tarkibiy 
qismiga aylangan. 
G‟oya -  mafkura  - ijtimoiy  ong formalaridan biri bo‟lib, u har qanday jamiyatning 
ustqurmasida  o‟z  ifodasini  topadi.  G‘oya  -  mafkura  falsafiy  tushuncha  bo‘lib,  ma‘lum 
maqsadga  qaratilgan  inson  aql-zakovatini  ifoda  etuvchi  g‘oyalar  va  qarashlar  yig‘indisidir. 
Ammo, har qanday fikr va qarash ham g‘oya bo‘la olmaydi. G‘oya inson ongida paydo bo‘lsada 
inson va jamiyat ruhiyatiga singib boradi. U odamning ichki dunyosiga kirib borib, uni harakatga 
keltiruvchi, etaklovchi kuchga aylanadi. 
Inson hayotida ham, jamiyat taraqqiyotida ham g‘oyalar muhim o‘rin tutadi. Shu ma‘noda, 
insoniyat tarixi - g’oyalar tarixidir. 
Xo‘sh, g‟oya nima, nega unga bu qadar katta e‘tibor va ahamiyat beriladi? Ma‘lumki, har 
qanday  millat  va  xalq,  har  qanday  ijtimoiy  tuzum  va  davlat  muayyan  bir  tamoyillar  va 
qadriyatlar  asosida  hayot  kechiradi  hamda  o‘z  manfaatlari,  maqsad-muddaolari,  orzu-
intilishlarini ko‘zlab harakat qiladi. Binobarin, ular hayotdagi ma‘lum bir mafkuraga tayanadi. 
Umuman,  g‟oya  -  bu  tadqiqot  maqsadini,  uning  yo‘nalishi  va  mohiyatini  ifodalaydigan 
ilmiy bilish shaklidir. g‘oya o‘z tabiatiga ko‘ra biror fikrdir, u tadqiqotchi miyasida uning amaliy 
va nazariy faoliyati asosida paydo bo‘lib, borliqning to‘g‘ri yoki xato in‘ikosidir. 
Ilmiy bilishda g‘oya muhim rol o‘ynaydi. G‘oyalar tabiatiga ko‘ra:    a) ilmiy g‘oyalar; b) 
badiiy g‘oyalarga bo‘linadi. G‘oyalar xarakteriga ko‘ra:   a) borliqning to‘g‘ri, real in‘ikosidan 
iborat  g‘oyalar,  b)  borliqning  xato  yoki  fantastik  in‘ikosidan  iborat  g‘oyalar.  Shuningdek, 
g‘oyalar:  a)  progressiv  va  b)  reaktsion  g‘oyalarga  ham  bo‘linadi.  Progressiv  g‘oyalar  ilmiy 
bilishni rivojlantirishga xizmat qilsa, reaktsion g‘oyalar unga to‘sqinlik qiladi. 
Ma‘lumki,  inson  o‘zining  aql-zakovati,  iymon-e‘tiqodi  va  ijodiy  mehnati  bilan  boshqa 
barcha tirik jonzotlardan farq qiladi. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish