„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


  Ijtimoiy  taraqqiyot  va  tarixiy  jarayonlarning  milliy  g‟oyalar  shakllanishi  hamda



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/23
Sana16.01.2020
Hajmi1,85 Mb.
#34834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Миллий ғоя МАЪРУЗА 2019-20120


 
1.  Ijtimoiy  taraqqiyot  va  tarixiy  jarayonlarning  milliy  g‟oyalar  shakllanishi  hamda 
amal  qilishiga  ta‟siri.   Insoniyat  ijtimoiy taraqqiyoti uzoq davom  etgan  tarixiy jarayon bo'lib, 
unda  kishilarning  erishgan  moddiy  va  madaniy  merosi  o'z  aksini  topgan.  Tarixiy  taraqqiyot 
jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy, g'oyaviy-mafkuraviy rivojlanishi bilan 
uzviy bog'liq holda yuz beradi.            
Har  bir  davlat  va  jamiyat  qurilishi  bir-biridan  shakl  va  mazmun  jihatdan  farq  qilib,  bu 
ularning rivojlanish xususiyatlaridagi o'ziga xoslikni belgilaydi. Ayni paytda, dunyodagi barcha 
davlatlar  va  jamiyatlarning  paydo  bo'lishi  va  rivojlanishida  umumiylik  ham  mavjud  bo'ladi. 
Bunday  umumiylik  real  ijtimoiy  asoslarga  ega  bo'lib,  u  insoniyatning  umumiy  manfaat  va 
maqsadlarini  ifoda  qiluvchi  g'oyalarda  yaqqol  ko'rinadi.  Xususan,  ijtimoiy  -  tarixiy 
taraqqiyotdagi  umumiylik,  mutanosiblik  tamoyillari  insoniyatni  birlashtirish,  uyushtirish, 
jipslashtirish, yagona ezgu maqsadga safarbar etish jarayonida namoyon bo'ladi.  Shunday qilib, 
har  bir  davlat  va  jamiyat  rivojlanishida  umumiylik,  mutanosiblik  bilan  birga  o'ziga  xoslik  ham 
bor.  Bunday  o'ziga  xoslikning  yuzaga  kelishiga  o'sha  davrdagi  siyosiy  tuzum,  iqtisodiy  hayot, 
madaniy  turmush,  g'oyaviy-mafkuraviy  muhit  ta'sir  ko'rsatadi.  «Sodda  qilib  aytganda,  -  degan 
edi  Birinchi  Prezident  I.Karimov,  -  muayyan davlat va jamiyat  taraqqiyotining har bir bosqichi 
hayotning  o'zi  o'rtaga  qo'yayotgan  shart  va  talablarning  hisobga  olinishini  taqozo  etadi.  Aytish 
mumkinki,  taraqqiyotning  har  bir  bosqichi  -  bu  yangi  muammolar  va  ularni  bartaraf  etish 
yo'lidagi  yangi  vazifalar  demakdir.  Bu  -  hayot  qonuniyati,  biz  uni  inkor  etolmaymiz  va  inkor 
etishga haqqimiz ham yo'q». 
  Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, har qanday jamiyatning u yoki bu davrdagi 
ijtimoiy-siyosiy  taraqqiyoti  vorislik  tamoyiliga  ega  bo'lsada,  biroq  u  konkretlik  xususiyatiga 
egadir.  Konkretlik  xususiyati  o'z  navbatida  taraqqiyotning  har  bir  ijtimoiy-siyosiy  bosqichining 
mazmun,  mohiyatini  belgilab  beradi.  Boshqacha  aytganda,  tarixiy  taraqqiyotning  mavjudlik 
belgisi  uning  g'oyaviy-mafkuraviy  mazmunida  namoyon  bo'ladi.  Shu  nuqtai  nazardan,  tarixiy 
taraqqiyot  bilan  g'oya  va  mafkuralarning  uyg'unligi  insoniyat  rivojlanishining  muhim  shartidir. 
Ayni  paytda,  har  qanday  g'oya  va  mafkura  xalq,  millatning  tub  manfaatlari  asosidagina  real 
kuchga aylanishi mumkin.  
Darhaqiqat,  milliy  manfaatni  o'zida  ifoda  etgan  g'oyagina  yashovchan  bo'ladi  va  uning 
moddiy  kuchga  aylanish  imkoniyatini  yaratadi.  Masalan,  hozirgi  sharoitda  milliy 
mafkuramizning asosiy  g'oyalari shakllanib bo'lgan. Ular xalqimiz tarixiy taraqqiyoti davomida 
sinovlardan  o'tgan.  Ayniqsa,  ularning  ichida  Vatan  ravnaqi,  yurt  tinchligi  va  xalq  farovonligi 
kabi asosiy g'oyalar hozir milliy mafkuramizning tayanch g'oyalari hisoblanadi. 
Ushbu  g'oyalar  mazmun-mohiyat  jihatdan  bir-birini  to'ldiradigan  hamda  mantiqan  egiz 
g'oyalar  sifatida  baholanishi  mumkin.  Shu  o'rinda  ta'kidlash  lozimki,  g'oya  va  mafkuralar 
hukmron  siyosiy  kuchning  vaqtinchalik  va  xato  maqsadlarini  bajarishga  qaratilganda  ularning 
ijtimoiy  nufuzi  yo'qoladi.  Masalan,  sovet  mustabid  tuzumi  davrida  xalqimiz  o'tmishi  faqat 
urushlardan iborat tarix sifatida talqin etildi. Milliy ozodlik harakatlari, erk, Vatan ravnaqi uchun 
olib borilgan har qanday kurash sinfiy kurash sifatida bayon etildi. 

Mustaqillik  sharoitida  boy  o'tmishimiz  va  milliy  madaniyatimiz  xolisona,  ilmiy  asosda 
o'rganila  boshladi,  ularga  to'g'ri  yondoshuv  va  munosabatlar  yuzaga  keldi  Chunonchi,  Eron 
axmoniylariga  qarshi  Shiroqning,  Makedoniyalik  Aleksandrga  qarshi  Spetamenning,  arab 
fotihlariga  qarshi  Abu  Muslim  va  Muqannalarning,  mo'g'ul  istilosiga  qarshi  Jaloliddin 
Manguberdi,  Temur  Malik,  Najmiddin  Kubro,  Mahmud  Torobiy  va  boshqalarning,  ayniqsa 
adolatparvar,  ma'rifatparvar  xukmdor  Amir  Temurning  sa'i-harakatlari,  shuningdek,  Po'latxon, 
Dukchi  Eshon  qo'zg'olonlari  -  bularning  bari  hech  qanday  «sinfiy  kurash»ga  aloqasi  yo'q  edi. 
Bunday  harakatlarni  yuzaga  keltirgan,  unga  kuch  bag'ishlagan  asosiy  omil  milliy  g'oya  bo'lib, 
uning mohiyatini yurt ozodligi, tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi tashkil etardi. 
Ma'lumki,  g'oyalar  milliy,  umuminsoniy,  mintaqaviy,  irqiy,  diniy  va  boshqa  turli 
shakllarda  namoyon  bo'ladi.  Shuningdek,  ularning  afsona  va  rivoyatlar  vositasida  ifoda  etilgan 
mifologik,  ilohiy  qadriyatlar  majmuasi  bo'lgan  diniy,  olamga  ilmiy  yondashuv  asosida  vujudga 
kelgan dunyoviy ko'rinishlari ham bor. G'oyalar tizimida mifologik asosning o'rni kattadir, zero, 
ibtidoiy  hayot  davrida  mifologiyaga  asoslangan  diniy-ilohiy  qarashlar  asosida,  totemizm, 
animizm,  fetishizm  kabi  g'oyaviy  tizimlar  -  mafkura  shakllari  bo'lgan.  Taraqqiyotning  keyingi 
bosqichlarida  milliy  asosdagi  hinduizm,  iudaizm,  konfusiylik  singari  diniy  mafkuralar 
shakllangan. Yaponlar esa o'zlarining milliy dini - sintoizmni yaratganlar. 
G'oyalar tizimi, ta'kidlash lozimki, o'zgarmas emas. Uning tarkibi dunyodagi hamda u yoki 
bu mintaqa, davlatdagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-mafkuraviy holatlarga bog'liq holda 
o'zgarish  va  yangilanish  tamoyiliga  amal  qiladi.  Ayni  paytda,  g'oyalar  tizimidagi  ayrim  sifatlar 
muammoning hal  etilishi  darajasiga muvofiq ba'zan ko'tarilib,  keskinlashishi  ba'zi  hollarda esa, 
uning hal etilgan muammo sifatida pasayishi yoki tamomila yo'q bo'lishini kuzatish mumkin.  
Masalan,  irqiy  manfaatlarni  o'zida  aks  ettirgan  g'oyalar  insoniyat  tarixida  doimo  dolzarb 
bo'lib kelgan. Irqiy kamsitishlar, ularga ijtimoiy-siyosiy imkoniyatlarning berilmasligi, jumladan
qora  tanlilarni  qul  qilib  sotish  yoki  sotib  olish  bilan  bog'liq  muammolar  doimo  bo'lgan.  Irqiy 
cheklashlar bilan bog'liq muammolar XX asrning 60-yillarida o'ta keskinlashdi. 
Ammo,  dunyodagi  erkparvar  jamoatchilikning  talabi,  ayniqsa  G'arb  mamlakatlari 
hukumatlarining rasmiy siyosati, demokratik tartiblarning har tomonlama joriy etilishi oqibatida 
irqiy  tafovutlar  yo'qola  bordi.  Qora  tanlilarning  huquqlari  tiklana  boshlab,  ularning  kamsitish 
o'rniga  o'zaro  hamkorlik,  hamjihatlik  g'oyasi  shakllandi.  Bularning  bari  hozirgi  kunga  kelib 
muayyan irqiy manfaatlarni o'zida ifoda etuvchi g'oyalarning ahamiyatini pasaytira boshladi. 
Aynan  shunday  fikrlarni  mintaqaviy  manfaatlarni  o'zida  aks  ettiruvchi  g'oyalar  to'g'risida 
ham aytish mumkin. Jumladan, jahon hamjamiyatiga umumiy tahdid solib turgan ayrim konkret 
holatlarda  mintaqaviy  manfaatlarni  ifoda  etuvchi  g'oyalarning  ta'siri  ma'lum  darajada  pasayishi 
mumkin.  Masalan,  ikkinchi  jahon  urushi  davrida  barcha  mintaqaviy  ahamiyatga  molik  g'oyalar 
fashizmni tor-mor etishga qaratilgan  g'oyaga bo'ysundirildi. Umuminsoniyatga daxldor g'oyalar 
ijtimoiy  taraqqiyotning  barcha  davrlarida  ustuvor  ahamiyat  kasb  etaveradi.  Bu  hol,  jumladan, 
XX  asrning  oxiri,  XXI  asr  boshlarida  yanada  muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Gap  shundaki, 
diniy  fundamentalizm,  ekstremizm  hamda  undan  kelib  chiqadigan  xalqaro  terrorizm  bu  davrda 
ancha  avj  oldi.  Ushbu  salbiy  holatlar,  shubhasiz,  jahon  hamjamiyatining  birlashishiga,  yagona 
maqsad  yo'lida  imkoniyatlarni  jipslashtirishga  sabab  bo'ldi.  Natijada  mintaqaviy  manfaatlarni 
himoya  etuvchi  g'oyalar  ijtimoiy  rivojlanishning  mazkur  davrida  o'z  ustuvorligini  ma'lum 
darajada  pasaytirib,  umuminsoniy  qadriyatlarni  himoya  etuvchi  hamda  hududiy  cheklanishlarni 
istisno qiluvchi g'oyalarning dolzarbligi ortdi. 
G'oyalar tizimida diniy manfaatlarni o'zida aks ettiruvchi g'oyalar alohida ahamiyatga ega. 
Bunday g'oyalar ham inson ongi, ruhiyati bilan bevosita bog'liq. Diniy manfaatlarni o'zida ifoda 
etgan g'oyalar «Tavrot», «Zabur», «Injil», «Qur'on» kabi ilohiy kitoblarda zikr etilgan.  
Umuman, xalqlar, millatlar va davlatlar mavjud  ekan, ularning borligini anglatib turuvchi 
g'oyalarning amal qilishi tabiiydir. Insoniyatning taraqqiyoti, uning kelajagi mavjud mintaqaviy, 
irqiy va diniy manfaatlarni o'zida aks ettiruchi g'oyalarning mutanosibligini ta'minlashga bog'liq. 
Bunday mutanosiblikning buzilishi esa dunyoda ko'plab muammolarning yuzaga kelishiga sabab 
bo'lmoqda. 

Milliy  g'oyalar  va  mafkuraviy  qarashlar  har  bir  davlatning  mavjudlik  belgisi  hisoblanadi. 
Ayni  paytda,  ushbu  qadriyatlar  o'sha  davlat  va  xalqning  ijtimoiy  mo'ljali  hamdir.  Yana  shu 
narsaga  e'tibor  berish  lozimki,  davlatlarning  ijtimoiy-siyosiy  tuzumlari  o'zgargan  paytlarda 
g'oyaviy-mafkuraviy  qarashlar  ham  o'zgaradi.  Umuman,  g'oyaviy-mafkuraviy  qarashlar,  ular 
tomonidan himoya qilinadigan qadriyatlar har bir davlat va xalqning ijtimoiy taraqqiyotida katta 
ahamiyat  kasb  etadi.  Ayni  paytda,  bir  ijtimoiy-siyosiy  tuzum  davridagi  g'oyaviy-mafkuraviy 
qarashlar  boshqa  tuzum  sharoitida  tamomila  yangicha  mohiyat  kasb  etsada,  ammo,  ularning 
ayrim  jihatlari vorislik ahamiyatiga  ega bo'ladi.  Davlatlarning ijtimoiy-siyosiy tuzumidan qat'iy 
nazar bu holning mohiyati o'zgarmasdan qolishi mumkin. 
Masalan,  mustaqillikning  dastlabki  yillarida  milliy  mafkurani  shakllantirish  to'g'risida 
ko'plab fikrlar bildirildi. Biroq, bu  - O'zbekistonda milliy mafkura ilgari mavjud emasdi, degan 
ma'noni anglatmaydi. Chunki o'zbek xalqining uzoq tarixiy - madaniy rivojlanishi davrida milliy 
mafkuraning  muayyan  jihatlari  shakllangan  edi.  Masalan,  «Avesto»,  turkiy  bitiklarda,  IX-XII 
asrlardagi  Sharq  U'yg'onish  davrida,  shuningdek,  Amir  Temur  va  temuriylar  hamda  jadidlar 
davridagi  ma'naviy-mafkuraviy  jarayonlarda  milliy  mafkuraning  ustuvor  ko'rinishlari  namoyon 
bo'lgan  edi. Ammo,  sovet  mustabid  tuzumi  davrida  bu  mafkura  siyosiy  aqidalar  iskanjasiga 
olindi va rasmiy hokimiyat tomonidan rad etildi, uning go'yo reaksion ekanligini «isbotlash»ga 
harakat qilindi. Mustabid tuzum davrida milliy mafkura siyosiy tazyiqlar ostida bo'lsada yashab 
qoldi,  u  yo'qolmadi.  Boshqacha  aytganda,  bu  davrda  ikki  mafkuraviy  muhit  yuzaga  keldi. 
Birinchisi,  rasmiy  mafkura  bo'lib,  u  kommunistik  dunyoqarashni  aks  ettirar,  ikkinchisi  esa, 
rasmiy  hokimiyatning  cheklashlariga  qaramasdan  mavjud  edi  va  norasmiy  ravishda  o'zbek 
xalqining milliy qarashlarni tashkil etardi.  
Mustaqillik  yillarida  sovet  mustabid  tuzumi  davrida  toptalgan  va  yo'qotishga  mahkum 
etilgan  milliy  mafkura  tiklana  bordi.  U  mustaqillik,  milliy  tiklanish  g'oyalari  asosida  yangi 
sifatlar  bilan  boyitildi.  Chunki,  har  bir  ijtimoiy-siyosiy  tuzumga  uning  mohiyatidan  kelib 
chiqadigan  g'oyaviy-mafkuraviy  qarashlar  mos  bo'ladi.  Shu  bilan  birga  g'oyaviy-mafkuraviy 
qarashlar  vorislik  tamoyiliga  ega  bo'lganligi  uchun  ham  ular  yangi  mazmun  va  sifatlar  bilan 
takrorlanishi mumkin.  
O'zbekistonda hozir shakllanib, rivojlanayotgan milliy g'oya asosida yurtimizda ming yillar 
davomida paydo bo'lgan sivilizasiya (lotincha - fuqaroviy, ijtimoiy) muhim ahamiyat kasb etadi. 
«Hozir O'zbekiston deb ataluvchi hudud, ya'ni bizning Vatanimiz, - deydi Birinchi Prezidentimiz 
I.Karimov,  -  nafaqat  Sharq,  balki  umumjahon  sivilizasiyasi  beshiklaridan  biri  bo'lganini  butun 
jahon tan olmoqda». 
Haqiqatan  ham  sivilizasiyalar  tarixi,  bu  insoniyat  va  uning  g'oyalari  tarixidir.  Ma'lumki, 
sivilizasiya  ayrim  hududiy,  bir-biri  bilan  bog'lanmagan  sivilizasiya  maskanlari  yoki  o'choqlari 
sifatida  shakllana  boshlab  (masalan,  Qadimgi  Misr  sivilizasiyasi,  Qadimgi  Bobil  sivilizasiyasi, 
Qadimgi  Hind  sivilizasiyasi,  O'rta  Yer  dengizi  sivilizasiyasi  va  sh.k.),  bozor  iqtisodiyoti 
munosabatlari  va  iqtisodi  hukmronligi  davrida  (XVI  -  XX  asrlar)  umumjahon  sivilizasiyasiga 
aylanadi.  
Ta'kidlash  kerakki,  sivilizasiyaning  tarixi  urushlar  va  diniy  jaholatparastlikka  qarshi, 
dunyoviy jamiyat uchun kurash tarixidir. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib ilg'or fan-texnika va 
texnologiya  asosida  ish  ko'rib,  o'zlarida  demokratik,  insonparvar  jamiyat  va  huquqiy  davlat 
qurgan  mamlakatlargina  haqiqiy  sivilizasiya  yo'liga  chiqmoqdalar.  Sivilizasiya  insoniyat 
taraqqiyotining maxsulidir. U insoniyat jamiyatining nihoyatda nozik holati bo'lib, vaqt jihatidan 
besh  million  yillik  insoniyat  tarixining  bor-yo'g'i  0,1  foizini  tashkil  qiladi,  ya'ni  insoniyat 
o'zining  bosib  o'tgan  yo'lining  99,  9  foizi  davomida  yovvoyilik  va  vahshiylik  darajasida  hayot 
kechirgan. 
Umuman,  sivilizasiyalar  tarixida  g'oya  va  mafkuralarning  o'rni  beqiyos.  Boshqacha 
aytganda,  sivilizasiyalarning  paydo  bo'lishi  va  shakllanish  jarayonining  o'zi  ham  g'oya  va 
mafkuralarning  mavjudligi  asosida  yuz  bergan.  Sivilizasiyalar  o'z-o'zidan  paydo  bo'lmaydi.  Bu 
jarayon  progressiv  holatning  reaksion,  ijobiyning  salbiy,  yaxshining  yomon,  bunyodkorlikning 
vayronkorlik bilan o'zaro kurashlari asosida yuzaga kelgan. 

Buning  natijasida  yangi  g'oyalar  va  mafkuralar  yuzaga  kelgan  va  o'ziga  yo'l  ochgan. 
Xalqparvarlik,  tinchlik,  ozodlik,  hurfikrlik,  do'stlik,  bag'rikenglik,  taraqqiyot  kabi  g'oyalar 
aqidaparastlik,  diniy  fanatizm,  terrorizm,  bosqinchilik,  fashizm,  bolьshevizm,  jaholatparastlik, 
shovinizm  kabi  vayronkor  g'oyalarga  qarshi  kurashlar  jarayonida  umuminsoniy,  umumbashariy 
qadriyatlar darajasiga ko'tarildi. Shovinizm, terrorchilik, irqchilik, millatchilik, siyosiy terrorizm, 
rasizm  kabi  g'oyalar  sivilizasiyaning  ashaddiy  dushmanlaridir.  Milliy  g'oya  ushbu  g'oyalarni 
tamomila  inkor  etadi.  Milliy  taraqqiyot  konsepsiyasida  xalqimizning  g'oyaviy-mafkuraviy 
merosini ijodiy rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. G'oyaviy-mafkuraviy meros 
har  bir  xalq  hayotida  tarixan  shakllangan  fenomenal  hodisa  hisoblanadi.  Bunday  meros 
o'zgarmas  va  qotib  qolgan  narsa  emas.  U  doimo  ijodiy  rivojlanib  boradigan,  yangi  sifat  va 
mazmun bilan boyiydigan hodisadir.  
O'zbekistondagi  uzoq  davrlar  mobaynida  shakllangan  ijtimoiy-siyosiy,  madaniy  merosga 
e'tibor  beriladigan  bo'lsa  unda  inson  va  jamiyatni  ezgulik  va  yaxshilikka  undovchi  g'oyalar 
hamisha  ustuvor  ahamiyat  kasb  etganligini  ko'rishimiz  mumkin.  Ammo,  milliy  madaniy 
merosimizdagi barcha qadriyatlar ham o'zgarmas, degan xulosa kelib chiqmasligi lozim. 
Masalan,  milliy  merosimizda  insonni  faqat  sabr-qanoatga  undovchi,  undagi  yaratish, 
bunyod  etishga  rag'batlantiruvchi 
g'oyalarning 
yuzaga  kelishiga  mone'lik  qiluvchi 
qadriyatlarimiz ham borligini unutmaslik kerak. Bu g'oyalar hozirgi sharoitda zamonga, dunyoda 
sodir  bo'layotgan  o'zgarishlarga  mos  ravishda  yangi  sifatlar  bilan  boyib  borishiga  erishish 
muhimdir. 
Qolaversa,  masalaning  yana  boshqacha  jihati  ham  bor.  U  ham  bo'lsa,  milliy  g'oyaviy-
mafkuraviy  merosni  ideallashtirishga  bo'lgan  urinishlardir.  Albatta,  bunday  meros  bilan  biz 
faxrlanamiz. Ammo, ayni paytda, uni mutlaqlashtirish ham yaxshi natijalarga olib kelavermaydi. 
«Ota-bobolarimiz  shuhratining  soyasiga  mahliyo  bo'lib  yuradigan  davrlar  endi  o'tdi.  Bugun 
jahon bizdan o'z so'zimizni aytishimizni, o'z tafakkurimizni namoyon etishimizni talab qilmoqda. 
Boshqa xalqlar, boshqa millatlar bizga yotsirab - bepisand qaramasligi, balki bizni e'tirof etishi, 
bizni ehtirom etishi kerak. Biz ana shu yuksak munosabat va hurmatga loyiq bo'lishimiz darkor». 
Milliy  g'oyaning  tub  mazmun-mohiyatini  aniqlashda  g'oya  va  mafkuralar  shakllanib, 
rivojlanishining  tarixiy  davr  va  bosqichlarini  tahlil  qilish  muhimdir.  Gap  shundaki,  sovet 
mustabid  tizimi  davrida  g'oya  va  mafkuralar  rivojlanish  tarixini  davrlashtirish  tarixni 
davrlashtirish bilan bir xil amalga oshirildi. Bunda formasion yondoshuvga amal qilindi. 
Ma'lumki,  formatsion  yondoshuv  asosida  insoniyat  tarixi:  ibtidoiy  jamoa,  quldorlik, 
feodalizm,  kapitalizm  va  kommunizm  formasiyalaridan  iborat,  degan  aqidaga  amal  qilindi.  Bu 
yondoshuvning xato jihatlari esa quyidagilardan iborat edi: 
1. Har bir davrni o'rganish sinfiylik, partiyaviylik tamoyillari asosida olib borildi. 
2. Sivilizasion yondoshuv mutlaqo inkor etildi. 
3. Tarixni davrlashtirishda hukmron siyosiy-mafkuraviy kuch manfaatlari himoya qilindi. 
Mazkur  holatga  binoan  sovet  mafkurasi  formatsion  yondoshuv  asosidagina  o'zining 
yashovchanligini  ta'minlashi  mumkin  edi. Demak,  umuman  tarixni,  shu  jumladan  g'oya  va 
mafkuralar  tarixini  davlatlashtirishda  umumiylik  mavjud.  Hozirgi  kunda  tarixni  sinfiylik, 
partiyaviylik  kabi  tamoyillar  asosida  o'rganish  va  davrlashtirish  inkor  etilgani  kabi,  ularni 
sivilizasion yondashuv asosida o'rganish ham aniq bo'lib qoldi. Sivilizasion hodisalarni kopleks- 
tizimli  yondashuv  asosida  o'rganish  bizga  g'oya  va  mafkuralarning  rivojlanish  tarixini 
davrlashtirishda to'g'ri yo'l tanlashga imkon bermoqda. 
Agar masalaga shu asosda yondashadigan bo'lsak, unda O'zbekistonda g'oya va mafkuralar 
rivojlanishini quyidagi sivilizasion yondashuv asosida o'rganish mumkin: 
1.  Ibtidoiy jamiyat; 
2.  O'rta asrlar davri
3.  Xonliklar davri 
4.  Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri; 
5.  Sovet mustabid tizimi davri
6.  Milliy mustaqillik davri. 

         Ta'kidlash  lozimki,  har  bir  davrning  o'ziga  xos  ijtimoiy  taraqqiyotining  o'sha  bosqichini 
o'zida  mujassam  etgan  g'oyalari  mavjud  bo'lgan.  Masalan,  ibtidoiy  jamiyatda  inson 
yovvoyilikdan madaniylashishga o'ta boshladi,  tabiat sirlarini o'rganib  o'zining inson ekanligini 
his  etish  bilan  bog'liq  g'oyalar  yuzaga  kela  boshladi.  O'rta  asrlar  davrida  esa  ibtidoiy  jamiyat 
paytida shakllana boshlagan milliy davlatchilik yanada takomillasha bordi, xalqning shakllanish 
jarayoni ro'y bera boshladi, madaniyat va san'atda o'ziga xoslik yuzaga keldi hamda bu ma'naviy 
hayotdagi milliylik sifatida paydo bo'ldi. Umuman milliy istiqlol g'oyalarining yuzaga kelishida 
bu  davr  o'ziga  xos  ahamiyatga  ega.  Zero,  o'rta  asrlarda  O'zbekistonda  buyuk  Sharq  Uyg'onish 
madaniyati,  Sharq  Renessiansi  yuz  berdi.  Ayni  paytda,  bu  davrda  yurtimizga  islom  dini  kirib 
kelishi natijasida musulmon madaniyati shakllana boshladi. Tabiiy, ilmiy fanlar bilan birga diniy 
ta'limot rivoj topdi. Ushbu davrning asosiy g'oyasi esa barkamol insonni  tarbiyalash va adolatli 
jamiyat  qurishdan  iborat  bo'ldi.  Xorazmiy,  Farg'oniy,  Forobiy,  Ibn  Sino,  Beruniy,  Alisher 
Navoiy,  Bobur,  Mirzo  Ulug'bek  kabilarning  ilmiy  merosida,  Moturidiy,  Ahmad  Yassaviy, 
Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband va boshqalarning diniy ta'limotlarida ko'tarilgan asosiy 
g'oyalar mushtarak bo'lib, ularda milliy g'oyaning muhim jihatlari o'z ifodasini topgan.  
 Shuningdek,  mustamlakachilik  va  sovet  mustabid  tizimi  davridagi  norasmiy  g'oya  va 
mafkuralarning  mazmunini  asosan  mustaqillik  g'oyasi,  O'zbekistonni  tom  ma'noda  istiqlolga 
erishishga  yo'naltiruvchi  g'oyalar  tashkil  etganligini  ham  qayd  etish  lozim.  Umuman,  g'oya  va 
mafkuralar  rivojlanishining  tarixiy  bosqichlarini  yoritishda  sivilizasion  yondashish  milliy 
g'oyaning mazmun-mohiyatini to'g'ri anglab etishga imkon beradi. 
Ayni  paytda  milliy  g'oyani  chuqur  o'rganib,  uni  jamiyatning  har  bir  fuqarosida  ijtimoiy 
amaliyot  darajasiga  ko'tarishda  ijtimoiy  ong  va  uning  shakllari  mlhim  ahamiyat  kasb  etishini 
e'tiborga  olish  lozim.  Boshqacha  aytganda,  ijtimoiy  ong  shakllari,  ma'lum  darajada,  g'oyaviy-
mafkuraviy funksiyalarni bajaradi. 
Ma'lumki,  ong  o'z  mazmun-mohiyatiga  ko'ra  g'oyaviy-mafkuraviy  tavsifga  ega.  Ijtimoiy 
ong jamiyatning ishlab chiqarish  munosabatlarini o'zida aks ettiruvchi,  xalqning umumiy hayot 
darajasini  ifodalovchi  his-tuyg'u,  g'oya  va  qarashlari  majmuidir.  Ijtimoiy  ong  madaniyatdagi 
siyosiy, huquqiy, axloqiy, falsafiy, diniy, estetik qarashlar, kechinmalar tarzida ko'rinadi. 
Ta'kidlash lozimki,  ijtimoiy ongning har bir shakli o'ziga xos  tarzda  g'oyaviy-mafkuraviy 
vazifani bajaradi va milliy istiqlol g'oyasining shakllanishida o'ziga xos rol o'ynaydi. Uning turli 
shakllarida umuminsoniy ahamiyatga ega bo'lgan, ayni paytda milliy o'zlikni o'zida aks ettirgan 
chuqur mazmun, teran g'oya va insoniy qadriyatlar mujassam bo'ladi. Har bir shaklda u yoki bu 
millatning  uzoq  yillar  mobaynida  to'plagan  milliy  madaniy,  ilmiy,  ma'rifiy  va  g'oyaviy-
mafkuraviy merosi vorislik tamoyili asosida avloddan-avlodga o'tib boradi. 
Insoniyat  tarixiy  taraqqiyoti  tajribalari  shuni  ko'rsatmoqdaki,  milliy  g'oya  jamiyatdagi 
ijtimoiy,  siyosiy,  iqtisodiy,  ma'naviy  va  huquqiy  munosabatlar  tizimiga  mutanosib 
shakllangandagina  real  kuchga  aylanishi  mumkin.  Ijtimoiy  hayot,  iqtisodiy  turmush,  siyosat, 
ma'naviyat va ma'rifat, huquqiy munosabatlar, hech shubhasiz, g'oyaviy-mafkuraviy jarayonlarga 
ta'sir  ko'rsatadi.  Shu  bilan  birga,  g'oyaviy-mafkuraviy  jarayonlarning  o'zi  ham  ana  shu 
munosabatlar tizimiga ijobiy yoki salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. 
Milliy  mafkura  konsepsiyasida  ham  bu  masalaga  alohida  e'tibor  berilgan.  Jumladan, 
ma'naviy  qadriyatlarimizni  ilm-fan  va  taraqqiyot  yutuqlari  bilan  boyitib  borishi,  o'zligimizni 
anglash, milliy g'oya va mafkura tamoyillarini xalqimizning qalbi va ongiga sindirish, muqaddas 
dinimiz va tariximizni soxtalashtirish, ulardan siyosiy maqsadlarda foydalanishga yo'l qo'ymaslik 
- bu boradagi asosiy vazifalarimiz ekanligi ta'kidlanadi. 
Ijtimoiy-tarixiy  taraqqiyotda  har  bir  davlatning  u  yoki  bu  davrdagi  siyosati  va  uning 
mafkura  bilan  o'zaro  munosabatlari  hamisha  dolzarb  masala  bo'lib  kelgan.  Ma'lumki,  davlat 
siyosati  shu  mamlakatda  mavjud  bo'lgan  rasmiy  mafkuraning  manfaatlarini  himoya  qiladi. 
Umuman,  ijtimoiy  rivojlanishning  hozirgi  bosqichida  «mafkuraviy  siyosat»  atamasi  ham  keng 
ishlatilmoqda.  
Shu nuqtai nazardan hozirgi paytda siyosat mafkuralashishi mumkin bo'lgani kabi, mafkura ham 
siyosiylashuvi  mumkin.  Bu  narsa  bugun  paydo  bo'lgani  yo'q.  Uning  mavjudligi  uzoq  va  yaqin 

tarixda ko'p kuzatiladi. Ya'ni, siyosatning to'g'riligini isbotlash va «asoslash» uchun shunga mos 
mafkura  ishlab  chiqiladi.  Masalan,  qadimgi  Rimda  mustamlakachilik  siyosatini  asoslash  uchun 
soxta vatanparvarlik mafkurasi ishlab chiqilgan. Muqaddas joylarni o'zining «haqiqiy egalari»ga 
qaytarishdan  iborat  bo'lgan  soxta  mafkura  esa  O'rta  asr  Evropa  davlatlarining  «Salb  yurishi» 
siyosatiga  asos  bo'ldi. Turkistonni  bosib olish, uning moddiy boyliklariga ega bo'lishdan iborat 
Rossiyaning XIX asr o'rtalaridagi siyosati, uning «Qoloq xalqlarni madaniylashtirish»dan iborat 
mafkuraviy siyosatining yuzaga keltirdi. Sovet hukumati o'zining talonchilikdan iborat siyosatini 
amalga  oshirish  uchun  kommunistik  mafkurani  takomillashtirgan  bo'lsa,  fashistlar  Germaniyasi 
o'zining  mustamlakachilik  siyosatini  yuritish  maqsadida  «Oliy  irq»  mafkurasini  olg'a  surdilar.  
Umuman, siyosat va mafkura inson manfaatlariga mos kelmas ekan, bunda ijtimoiy to'ntarishlar, 
ommaviy  qirg'inlar  yuzaga  kelishi  mumkin.  Masalan,  ushbu  sabablar  tufayli  XX  asrda  ikkita 
jahon  urushi,  450  ga  yaqin  lokal  urushlar  yuzaga  keldi.  Buning  natijasida  dunyoda  185 
milliondan ortiq kishi halok bo'ldi. 
Masalaning  yana  boshqa  bir  jihati  ham  mavjud.  Gap  shundaki,  u  yoki  bu  mamlakatda 
hokimiyatning rasmiy siyosatiga u tanlagan rasmiy mafkura mos kelishi tayin. Ammo, shu bilan 
birga,  ayrim  holatlarda  o'sha  mamlakatdagi  rasmiy  siyosatga  muqobil  tarzda,  rasmiy  kuch 
tomonidan  cheklangan,  boshqa  mafkura  ham  faoliyat  ko'rsatishi  mumkin.  Masalan, 
mustamlakachilik  davrida  milliy  manfaatlarni  himoya  etuvchi,  milliy  istiqlol  uchun  kurash 
yo'lini tanlagan jadidchilik mafkurasi yuzaga keldi. 
Biroq,  bu  mafkura  o'z  mazmun-mohiyatiga  ko'ra,  milliy  mafkura  bo'lganligi  uchun  ham 
ta'qiqlandi.  Birgina  1937-1939  yillarda  O'zbekistonda  6920  nafar  davlat  arbobi,  ziyoli  - 
ijodkorlar, 80-yillardagi  «Qayta qurish»  yillarida esa  «paxta ishi» va  «o'zbeklar»  ishi oqibatida 
4,5  ming  milliy  kadrlar  qatag'on  qilindi.  Bu  o'rinda  ta'kidlash  lozimki,  jamiyatdagi  inson 
manfaatlariga mutanosib ravishda mavjud bo'lgan siyosat va mafkura masalasi mazkur jamiyatda 
barqarorlikni yuzaga keltiradi.  
G'oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning axloq, din, san'at bilan o'zaro munosabatlari masalasi 
ham  muhimdir.  Milliy  g'oya  va  mafkura  o'zbek  xalqining  milliy  axloqi,  milliy  san'ati  va 
madaniyatini 
turli 
«izm»lardan, 
vayronkor 
g'oyalardan 
asraydigan 
kuch-qudrat 
hisoblanadi. Shuning  uchun  ham  O'zbekiston  hukumati,  mamlakat  Prezidenti  milliy 
mafkuramizning  qonuniy-huquqiy  asoslarini  yaratishga  alohida  e'tibor  bermoqda.  Shu  ma'noda 
qayd  etish  kerakki,  milliy  mafkura  milliy  taraqqiyot  manfaatlarini  himoya  qiluvchi  ijtimoiy 
hodisadir. O'zbekiston Konstitusiyasining 4, 5, 8, 13, 14, 17, 18, 20, 29, 31, 41, 42, 46, 49, 64, 
66,  126  kabi  moddalarida  jamiyat  va  shaxs,  ularning  o'zaro  munosabatlari  masalasiga  alohida 
e'tibor berilgan. Asosiy Qonunning 12-moddasida esa mafkura va davlat o'rtasidagi munosabatga 
oydinlik  kiritilgan.  Hech  qaysi  mafkuraning  davlat  mafkurasi  sifatida  o'ranatilishi  mumkin 
emasligi qoidasi masalaga yangicha yondashuvdir.  
Ma'lumki, dunyoda turli g'oyalar va mafkuralar mavjud bo'lib, ularning har biri u yoki bu 
millat,  davlat  yoki  ijtimoiy  guruhning  manfaat  va  maqsadlarini  ifoda  etadi.  Har  qanday  g'oya 
ham  albatta  bunyodkor  bo'lavermaydi.  G'oyalar  vayronkor  ham  bo'lishi  mumkin.  
Masalan,  Yevropa  davlatlarining  «Salb  yurishi»,  Italiya,  Germaniya,  Yaponiyaning  ikkinchi 
jahon urushi davridagi  g'oyalari hech qachon milliy  g'oya bo'la olmaydi,  zero milliy  g'oya aniq 
bir  millatning  bunyodkorlik,  yaratuvchilik,  uyushtiruvchilikdan  iborat  bo'lgan  g'oyalar 
majmuidir. Dunyodagi  barcha  xalqlarning  milliy  g'oyalari,  o'z  navbatida,  umuminsoniy 
mazmunga ega bo'ladi.  
Darhaqiqat,  hech  bir  umuminsoniy  g'oya  yoki  qadriyat  alohida  olingan  bir  millat 
tomonidan  yaratilmaydi.  Umuminsoniy  g'oyalar  -  bashariyat  intellektual  salohiyatining  ijodiy 
mevasi, insoniyat taraqqiyoti, evolyusion o'zgarishlarning mahsuli hisoblanadi. 
Ijtimoiy  taraqqiyotning  hozirgi  bosqichida  demokratiya,  gumanizm,  tinchlik,  barqarorlik, 
mustaqillik,  ozodlik,  qonun  ustuvorligi  va  inson  erkinliklari  kabi  g'oya  va  qadriyatlar 
umuminsoniy  ahamiyatga  ega.  Ayni  paytda,  yaxshilik,  adolat,  millatlarning  teng  huquqliligi, 
vijdon erkinligi, tabiatni asrash va shu kabilar umuminsoniy g'oyalarga misol bo'la oladi. Jamiyat 

rivojida ular xilma-xil tarzda, turli-tuman shakllarda namoyon bo'lib, inson hayotining ma'naviy 
mezoni bo'lib xizmat qiladi.  
Umuminsoniy  g'oyalarning  har  bir  xalq  mafkurasida  ustuvor  bo'lishi  shu  xalqning  jahon 
hamjamiyatiga teng huquqli a'zo sifatida barcha bilan tinchlik va hamkorlik aloqalarini o'rnatishi, 
erkin va farovon hayot barpo etishining muhim shartidir. Qayd etish lozimki, mamlakatimizdagi 
milliy mafkura umuminsoniy g'oyalarga suyanadi, undan oziq oladi. 
XIX  asrning  ikkinchi  yarmidan  jahondagi  g'oyaviy-  mafkuraviy  jarayonlarda  demokratik 
tamoyillarning  shakllanib,  rivojlanishi  yuz  bera  boshladi.  Demokratlashtirish,  erkinlashtirish, 
iqtisodiyotning  ochiqligi,  havfsizlik  muammolariga  munosabatlarning  bir-biriga  yaqinlashuvi 
bugun jahondagi ko'pchilik davlatlarning ichki va tashqi siyosatlarini belgilab bermoqda. 200 yil 
muqaddam  jahonning hamma davlatlari  avtoritar  davlatlar edi.  XIX asrning oxirida jahonda 13 
tagina  demokratik  davlat  bor  edi.  XX  asrning  birinchi  yarmida  ularning  soni  ikki  marta  ortdi, 
1992 yilga kelganda esa jahondagi 183 davlatning 91 tasi demokratik davlat bo'ldi, yana 35 tasi 
esa  avtoritarizmdan  demokratiyaga  o'tish  davrida  turardi.  Shu  asosda  umumsayyora  ko'lamida 
axloqiy-ma'naviy  masalalar  va  qiziqishning  kuchayishi  ravshanroq  ayon  bo'lmoqda. 
Umumbashariy  g'oya  hisoblangan  demokratiya  g'oyasi  mustaqillikka  erishganidan  so'ng 
O'zbekistonda  ham  huquqiy  zaminga  qo'yildi.  Bu  narsa  mamlakatimizning  asosiy  Qonuni  - 
O'zbekiston  Konstitusiyasida  ham  o'z  aksini  topdi.  Masalan,  uning  «Muqaddima»  qismida 
konstitusiyaning  asosida  insonparvar  demokratik  huquqiy  davlat  barpo  etish  vazifasi 
qo'yilganligi  aytilgan  bo'lsa,  birinchi  moddada  «O'zbekiston  -  suveren  demokratik  respublika» 
deb e'lon qilinadi. Hozirgi sharoitda demokratiya insoniyat oldida turgan hamda erishishi lozim 
bo'lgan eng katta umuminsoniy g'oyaga aylandi.  
Milliy  g'oya  g'oyaviy-mafkuraviy  jarayonlarni  demokratiyalashtirishni  qat'iy  talab 
qilmoqda.  Demokratiyalashtirish  eng  avvalo  jamiyat  fuqarosida  eski  tuzum  sarqitlarini  bartaraf 
etish  hamda  uning  yangicha  fikrlash  va  tafakkur  qilishi  uchun  shart-sharoit  yaratishdir.  Zero, 
«modomiki  biz  huquqiy  demokratik  davlat,  erkin  fuqarolik  jamiyati  qurayotgan  ekanmiz, 
ma'naviyat sohasidagi yigirma birinchi asrga mo'ljallangan harakat dasturimiz ham ana shundan 
kelib chiqmog'i darkor. Ya'ni erkin fuqaro - ongli yashaydigan, mustaqil fikrga ega bo'lgan shaxs 
ma'naviyatini kamol toptirish bizning bosh milliy g'oyamiz bo'lishi zarur». G'oyaviy-mafkuraviy 
jarayonlarni 
demokratiyalashtirishda 
mamlakatimizdagi 
siyosiy 
partiyalar, 
jamoat 
tashkilotlarining  o'rni  va  ahamiyati  katta.  Ular  mamlakat  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy,  madaniy-
ma'rifiy  hayotida  demokratlashtirish  va  hayotni  erkinlashtirish  borasida  ancha  jiddiy  ishlarni 
amalga  oshirmoqdalar.  Biroq,  hali  ularda  o'z  faoliyatini  takomillashtirish  uchun  tajriba 
etishmayotganligi ko'rinib qolmoqda. 
Mamlakatimizda  ro'y  berayotgan  g'oyaviy-mafkuraviy  jarayonlarni  insonparvarlashtirish 
masalasi  ham  o'ta  muhim  ahamiyatga  molikdir.  Umuman,  gumanizm  g'oyalari,  jamiyatni 
insonparvarlashtirish  muammosi  insoniyatning  eng  dastlabki  paytlaridanoq  katta  muammo 
sifatida kun tartibida turibdi.  Insonparvarlik  kishiga  g'amxo'rlikni anglatadi.  U odamning qadri, 
uning  erki,  qobiliyatlari  har  tomonlama  namoyon  bo'lishi  uchun  kurashishda,  insonning  baxt-
saodati, teng huquqliligi, adolatli hayotni ta'minlashga intilishda o'z aksini topadi. Shuni alohida 
ta'kidlash  lozimki,  O'zbekistonning  o'tmish  tarixi  -  gumanizm  g'oyalarining  shakllanishi  tarixi 
hamdir. Buyuk ajdodlarimizning ijodi va faoliyatida inson qadr-qimmati, uni hurmatlash, ularga 
erkin faoliyat ko'rsatish uchun shart-sharoit yaratish g'oyasi yotadi. 
Bu  narsa  jadidchilik  va  ma'rifatparvarlik  harakatida  ham  o'z  aksini  topgan.  Masalan, 
Abdulla  Avloniy  insonni  ulug'laydigan,  bezaydigan  yaxshi  xulqlardan  hisoblangan 
odamgarchilik,  insonparvarlik  tufayli  olamga  madaniyat,  ma'rifat,  adolat  urug'lari  yoyiladi, 
deydi. «Odamgarchilikka, insoniylikka putur yetsa, - deydi Abdulla Avloniy, - musulmonlarning 
diliga  ittifoq  o'rniga  nifoq,  adolat  o'rniga  zulm,  muhabbat  o'rniga  adovat,  g'ayrat  o'rniga  atolat 
(murtadlik), muruvvat o'rniga g'azab, sahovat o'rniga buxl (baxillik), tavoze' o'rniga kibr, sadoqat 
o'rniga  iftiro  (bo'hton,  tuhmat),  shafqat  o'rniga  hasad,  hurmat  o'rniga  husumat,  qanoat  o'rniga 
tama',  sabr  o'rniga  g'urur,  iqtisod  o'rniga  isrof,  avf  o'rniga  dahshat,  sa'y  o'rniga  safohat 
(nodonlik), g'ayrat o'rniga xurufot aralashadi». 

Ta'kidlash lozimki, insonparvarlik keng ijtimoiy fikrni qamrab oladi va ijtimoiy-gumanitar, 
umumta'lim  sohalarida  «gumanizm»  nomi  bilan  ataladi.  Gumanizmning  o'ziga  xos  g'oyaviy-
mafkuraviy  mezonlari  mavjud.  Bular  -  inson  erki,  uning  qadr-qimmati,  fuqaroning  jamiyat 
oldidagi o'z burchi va mas'uliyatini his etishi hamda unga amal qilishi kabilardir.  
Milliy  g'oya  vatanparvarlikka,  xalqning  tarixiy  xotirasiga,  o'zligini  anglashiga  asoslanadi. 
Bizning  milliy  g'oyamiz  millatning,  davlatning,  yurtning  qadr-qiymatini  yuksaltiradi,  iqtisodiy, 
sosial,  siyosiy va ma'naviy salohiyatini  yuzaga chiqaradi,  oriyat  va  g'ururini  asraydi,  istiqbolini 
belgilaydi,  kelgusi  taraqqiyot  uchun  yo'l-yo'riqlar  ko'rsatadi.  Milliy  g'oya  o'zbek  millatining 
o'ziga xosligi nimada ekanligini asoslab beruvchi ilmiy-nazariy va falsafiy qarashlar tizimidir. 
Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish