„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


    XIX  asr  oxiri  va  XX  asr  mafkurasi,  uning  o'ziga  xos  xususiyatlari



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/23
Sana16.01.2020
Hajmi1,85 Mb.
#34834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Миллий ғоя МАЪРУЗА 2019-20120


 
6.    XIX  asr  oxiri  va  XX  asr  mafkurasi,  uning  o'ziga  xos  xususiyatlari.  Bashariyat 
beparvolikka  berilib,  uning  bunyodkorlik  intilishlari  susaygan  paytda  yovuz  va  buzg'unchi 
mafkuralar  jozibali  shiorlarni  niqob  qilib,  odamlarni  chalg'itib,  hokimiyatga  egalik  qilib  olishi 
ham  mumkin.  XX  asrning  30-yillarida  Italiya  va  Germaniyada  fashizmning  g'alaba  qozonishi, 
buning  natijasida  dunyo  halokat  yoqasiga  borib  qolgani,  insoniyat  boshiga  tengsiz  kulfatlar 
yog'ilgani  bunga  misol  bo'la  oladi.  Albatta,  fashizm  g'oyasi  o'z-o'zidan  paydo  bo'lgani  yo'q.  U 
zikr etilgan davlatlardagi o'zaro qarama-qarshiliklar, ijtimoiy tengsizliklar, iqtisodiy muammolar 
natijasida vujudga kelgan va asta-sekin kuchayib borgan. Xususan, Italiyada 1910-yildan «Milliy 
g'oya»  nomli  jurnal  nashr  etila  boshlagan.  Unda  asosan  tajovuzkor  millatchilik  targ'ib  etilgan. 
Ushbu mamlakatdagi hamda butun dunyodagi taraqqiyparvar kuchlarning bunday noxush holga 
loqayd qaragani, kurash yo'lida birlasholmagani natijasida fashizm tez orada hukmron mafkuraga 
aylandi.  Bu  odamzod  uchun  achchiq  saboq  bo'lib,  har  qanday  g'oya  va  mafkura  ezgulik  va 
bunyodkorlik  intilishlarini  mujassam  etmasa,  xalqni  vayronkorlik  sari  boshlasa,  oxir-oqibatda, 
inson hayotini xavf ostida qoldirishi mumkin ekanligini ko'rsatadi. 
         Ana shunday vayronkor mafkuralardan biri  bolshevizm  edi.  U sinflar o'rtasidagi  ijtimoiy-
siyosiy  qarama-qarshilikni  mutlaqlashtirishga,  hokimiyatni  har  qanday  yo'l  bilan  egallashga, 
xalqni mulksiz, g'urursiz olomonga aylantirishga qaratilgan edi.  U zo'ravonlikni,  qon to'kish  va 
ommaviy qatag'onlarni oqlash uchun jamiyatni sun'iy  ravishda qarama-qarshi  taraflarga  ajratdi. 
Bunday  qarama-qarshilik  doimiy  mafkuraviy  targ'ibot  natijasida  nafaqat  guruh  va  qatlamlarni, 
balki oilalarni ham qamrab oldi. Odamlar ―qizillar va oqlar‖ga bo'linib ketdi. Buning natijasida 
ota  o'g'ilga,  aka  ukaga,  do'st  birodarlariga  qarshi  kurashdi.  Qisqasi,  xalqning  kuch-idroki 
bunyodkorlikka  emas,  vayronkorlikka  yo'naltiriladi.  Yaratish,  ijod  qilish  emas,  balki  buzish  va 
yo'q  qilish,  odam  o'ldirish  mardlik  va  qahramonlik  sifatida  ulug'lanadigan  bo'ladi.  Lekin  bu 
mafkura  dunyoning  oltidan  bir  qismida  etmish  yildan  ortiq  hukmronlik  qilganiga  qaramay, 
g'ayriinsoniy  mohiyati  tufayli,  oxir-oqibatda,  halokatga  uchradi.  Agar  jamiyat  taraqqiyotiga 
―Insoniyat tarixi - g'oyalar tarixidir‖ degan tamoyil asosida nazar solinsa, XX asrda bu jihatdan 
davlatlarning 3 xil yo'ldan borgan shakli rivojlanishi ma'lum bo'ladi: Muayyan g'oya va mafkura 
mutloqlashtirilgan  (ideologizasiyalashgan)  davlatlardir.  Bunda  biron  bir  sinf,  partiya  yoki 
qatlamga oid mafkura mutlaq hukmronlik darajasiga ko'tariladi, boshqa mafkura va qarashlarga 
yo'l  qo'yilmaydi.  O'zgacha  qarashdagi  kishilar  yo'q  qilinadi,  ularga  xos  g'oya  va  mafkuralar 
ta'qiqlanadi.  Sobiq  ittifoq,  ba'zi  sosialistik  lager  mamlakatlari  va  fashizm  hukmron  bo'lgan 
davlatlar  bunga  misol  bo'ladi.  Yuqoridagi  holning  xalqlar  va  davlatlar  boshiga  nihoyatda  katta 
kulfatlar  keltirgani,  fashizm  va  kommunizmning  mohiyatan  bir  xil,  ammo  bir-biriga  qarama-
qarshi mamlakatlar hayotini butunlay qamrab olgani, oxir-oqibatda 1-2-jahon urushlarni keltirib 
chiqargani  G'arbdagi  ko'pgina  mamlakatlarni  boshqacha  yo'ldan  borishga  majbur  qildi.  Bu  yo'l 
siyosat  o'z  yiliga  -  g'oya  o'z  yo'liga,  mafkura  o'z  yo'liga  -  davlat  o'z  yo'liga  degan  qarash 
(deideologizasiya)  asosida  shakllandi.  Ammo  XX  asrning  60-yillari  oxirida  kelib  bu  yo'l  ham 
to'g'ri  emasligi,  g'oya  va  mafkurasiz  millat,  davlat  va  jamiyat  hayoti  halokatli  bo'lishi 
mumkinligi, jamiyatda umumiy bir g'oyaviy tamoyillar lozimligi aniq bo'lib qoldi. 

           Demokratiya,  fikrlar  rang-barangligi,  vijdon  erkinligi,  inson  huquqlari  ustuvor  bo'lgan 
jamiyatda  qanday  qilib  umumiy  mafkuraviy  tamoyillar  bo'lishiga  erishish  mumkin?  degan 
savollar paydo bo'ldi. Ana shu savollarga javob tariqasida ilg'or demokratik davlatlarda g'oyaviy 
taraqqiyoning  zamonaviy  yo'li  -  reideologizasiya  tamoyillari  asosida  hayot  kechirishga  o'tildi. 
Bunda biron-bir mafkura hukmron va davlat mafkurasi darajasiga ko'tarilmaydi. Balki davlat bu 
sohada ham asosiy islohotchi sifatida ish yuritadi. U jamiyatdagi tinchlik, barqarorlik, mushtarak 
maqsadlarga erishish uchun boshqa sohalar kabi g'oyaviy-mafkuraviy sohada ham taraqqiyotning 
hamma  uchun  birdek  ahamiyatga  ega  bo'lgan  umumiy  tamoyillariga  butun  jamiyat  miqyosida 
amal  qilishini  kafolatlaydi.  Bunda  davlat  mafkurachi  emas,  balki  jamiyatdagi  fikrlar  xilma-
xilligi,  qarashlar  rang-barangligi  uchun  huquqiy-siyosiy  kafolatlar,  g'oyaviy  asoslar  va 
mafkuraviy imkoniyat doimo mavjud bo'lishini ta'minlaydi. Jahonning demokratik mamlakatlari 
tajribasida mafkuraviy tarbiyaning boy imkoniyatlari, turli namunalari to'plangan. XX asr 60-70 
yillari G'arbiy Yevropa va AQShda mafkurasizlashuvga, ya'ni ijtimoiy hayotni mafkuradan holi 
(deideologizasiya)  etishga  urindilar.  Lekin  bu  yo'l  o'zini  oqlamadi.  Chunki  tarbiyadagi 
mafkuraviy  bo'shliq  o'z  asoratlarini  ko'rsata  boshladi...  Natijada  ―mafkuraviy  yangilanish‖, 
―qayta mafkuraviylashuv‖ (reideologizasiya)ga kuchli zarurat  tug'ildi  va  mafkurasizlik xatosini 
tuzatishga  kirishildi.  Shu  tariqa,  G'arbiy  Yevropa  va  AQShning  pozitivistik  pedagogikasi 
ijtimoiy qadriyatlarga e'tiborni, mafkuraviy tarbiyani o'z ichiga oluvchi ―maktabda o'quvchilarni 
siyosiy indoktrinatsiyalashni amalga oshirish‖ kontseptsiyasini ishlab chiqib, uni hayotga tatbiq 
qila boshladi. 
         O'zbekiston  davlati  sobiq  SSSR  davrida  ideologizasiya  (mafkuralashtirish)  yo'lidan  1991 
yilgacha  keldi.  So'ngra  deideologizasiyalashtirildi.  Birinchi  Prezident  Islom  Karimov  1998  yil 
―Tafakkur‖ jurnali bosh muharriri bilan suhbatidan ―Jamiyat mafkurasi xalqni - xalq, millatni - 
millat  qilishga  xizmat  etsin‖,  2000  yil  ―Milliy  istiqlol  mafkurasi  -  xalq  e'tiqodi  va  buyuk 
kelajakka  ishonchdir‖  (―Fidokor‖  gazetasi  muhbiri  bilan  savol-javoblari)  suhbatidan  so'ng 
O'zbekiston  reideologizasiya  (2000)  yo'lini  tanladi.  Amerika  maktablarida  mafkuraviy 
immunitetni shakllantirish - o'z milliy manfaatlarini himoya qiluvchi vosita sifatida qaraladi. Shu 
sababli  AQShning  ―Millat‖  (―The  Nation‖)  jurnali  ―Agar  ijtimoiy  fan  o'qituvchisi  maktab 
sinfidan o'zining liberal qarashlarini bildiradigan joy sifatida foydalana boshlar ekan, u tez orada 
ishsizga aylanadi‖, - deya ogohlantiradi. 
Demak, mafkuralar ma'no-mohiyatiga ko'ra bunyodkor g'oyalar va mafkuralar 1) falsafiy, 
2)  dunyoviy,  3)  diniy  ta'limotlar  asosida  yaratiladi.  Turli  ijtimoiy-siyosiy  kuchlar  o'z 
mafkuralarini yaratishda siyosiy g'oyalar bilan birga diniy oqimlar, falsafiy maktablar va ilm-fan 
yutuqlariga  tayanadi,  ulardan  nazariy  asos  sifatida  foydalanadi.  Vayronkor  g'oya  va 
mafkuralarning  eng  ko'p  uchraydigan  shakllaridan  biri  diniy  aqidaparastlikdir.  Ular,  xalqning 
taraqqiyot  darajasiga  qarab,  muayyan  davrlarda  G'arbda  ham,  Sharqda  ham  hukm  surgan, 
bugungi  kunda  ham  dunyoning  turli  hududlarida  turli  shakllarda  paydo  bo'lmoqda.  Ular 
terrorchilik,  diniy  ekstremizm,  qurol-yarog'  va  giyohvand  moddalar  savdosi  kabi  jinoyatkorona 
xatti-harakatlar  bilan  birlashib,  eng  zamonaviy  qurol-aslaha  hamda  texnik  vositalarni  egallab, 
odamzod  uchun  katta  ofatga  aylanmoqda.  Bugungi  kunda  Suriya,  Iroq,  Yaqin  Sharq,  Bolqon 
yarim oroli, Shimoliy Kavkaz, Afg'oniston, Jazoir kabi mintaqa va mamlakatlar bu illatlar keng 
yoyilgan hududlarga aylanib qolmoqda.Aqidaparastlik har qanday shaklda ham insoniyat uchun 
nihoyatda  xatarlidir.  Hozirgi  davrda  ham  hamma  narsani  inkor  etishga,  hech  qanday  ijtimoiy 
me'yor  va  qonun-qoidalarni  tan  olmaslikka  da'vat  etuvchi,  ko'p  hollarda  vatansizlikni 
mutlaqlashtiradigan  ba'zi  mafkuralar  turli  ko'rinishlarda  namoyon  bo'lmoqda.  Prezidentimiz 
ta'kidlagani  kabi,  bashariyatni  jaholatdan  ma'rifatga,  zulmatdan  ziyoga  olib  chiqadigan 
umuminsoniy  g'oyalarni  asoslash  va  amalga  oshirish  yo'l-yo'riqlarini  kashf  etish  uchun  kishilik 
tarixining  turli  davrlarida  beqiyos  aql-zakovat,  iste'dod  va  tafakkur  egalari  mislsiz  zahmat 
chekkanini  ko'ramiz.  Zardusht,  Suqrot,  Aflotun,  Arastu,  Konfusiy,  Forobiy,  Alisher  Navoiy  va 
Maxatma Gandi kabi buyuk mutafakkirlar faoliyati bunga yorqin misol bo'la oladi. Milliy g'oya 
va  mafkura  o'zida  gumanizm  talablarini,  xalqning  iroda  va  intilishlarini  aks  ettirgan  taqdirda 
jamiyatni  birlashtirib,  uning  salohiyat  va  imkoniyatlarini  ulug'  maqsadlarga  safarbar  etishga 

xizmat qiladi. 
            Masalan,  XX  asrda  katta  ahamiyatga  ega  bo'lgan  yapon  milliy  mafkurasi  ―kattaga 
hurmat‖,  ―ona  yerga  sadoqat‖,  ―yaponlarga  xos  ruh‖,  ―umummilliylik‖,  ―fidoyilik‖, 
―vatanparvarlik‖,  ―fuqarolik  burchi‖,  ―tadbirkorlik‖,  ―jamoaga  sadoqat‖  kabi  g'oya  va 
tushunchalarni  qamrab  oladi.  Bu  tushunchalar  xalq  hayotiga  mos  kelgani,  ularni  yuksak 
maqsadlar  sari  boshlagani  uchun  o'tgan  asrda  Yaponiyaning  jadal  rivojlanishiga  asos  bo'ldi. 
G'oyaviy zaiflik va mafkuraviy beqarorlik esa millatning birdamligi, davlatning qudratiga putur 
etkazadi.  Masalan,  ayrim  hukmdorlarning  Chingizxon  bosqini,  Chor  Rossiyasi  istilosi  davrida 
xalqni birlashtirib, kurashga safarbar etolmagani mamlakatimizning qaramlikka tushib qolishiga 
olib kelganini tarixdan yaxshi bilamiz. 
Xulosa  qilib  aytganda,  g'oya  va  mafkuralarning  tarixiy  shakllari,  mazmun-mohiyatini 
asrlar  mobaynida  ezgulik  va  yovuzlik,  bunyodkorlik  va  vayronkorlik  o'rtasidagi  azaliy  kurash 
belgilab  keladi.  Har  bir  kishi  buni  yaxshi  bilmog'i,  bu  borada  o'z  o'rnini  topmog'i,  hayoti  va 
faoliyatini ezgu ishlarga sarflamog'i lozim.  
          Ta'kidlash  lozimki,  har  bir  davrning  o'ziga  xos  ijtimoiy  taraqqiyotining  o'sha  bosqichini 
o'zida  mujassam  etgan  g'oyalari  mavjud  bo'lgan.  Masalan,  ibtidoiy  jamiyatda  inson 
yovvoyilikdan madaniylashishga o'ta boshladi,  tabiat sirlarini o'rganib  o'zining inson ekanligini 
his etish bilan bog'liq g'oyalar yuzaga kela boshladi. Ko'hna qadriyatlarimiz, olimu ulamolarning 
asarlari jamiyatning g'oyaviy-mafkuraviy asosini  yaratishda juda muhim ahamiyatga ega bo'ldi. 
Yurtimiz xalqlarining  tarixi,  madaniyati  o'z  ildizlari  bilan  asrlar  qa'riga  borib  taqalishi  va  uzoq 
ming yillarni o'z ichiga olishini qadimgi fors yozuvchilarining, xitoy, arman va suriyalik geograf 
va tarixchilarning yozib qoldirgan ma'lumotlari, Nosiriddin Burhonuddin Rabg'uziyning ―Qisasi 
Rabg'uziy‖, Alisher Navoiyning ―Tarixi muluki Ajam‖, Firdavsiyning ―Shohnoma‖ asarlaridan, 
zardushtiylikning  muqaddas  kitobi  ―Avesto‖dan,  shuningdek,  Bexistun,  Bundaxishn,  qadimgi 
turkiy  bitiklar,  jumladan  O'rxun-Enisey  yodgorliklaridan  aniq  va  ravshan  bilib  olishimiz 
mumkin. Milliy g'oya va mafkuramizning ildizlari o'ta qadimiy ekanligiga yunonistonlik olimlar 
-  Arrian,  Kvint  Kursiy  Ruf,  Plutarx,  Geradot,  Straban,  shuningdek,  Abu  Rayxon  Beruniy, 
Narshaxiy va boshqa mutafakkirlarning asarlari ham guvohlik beradi.  
         Qayd  etish  lozimki,  O'zbekistonda  milliy  tiklanish,  bir  tomondan  milliy  o'zlikni  anglash, 
boshqa  tomondan,  jamiyatning  g'oyaviy-mafkuraviy  asoslarini  yaratish,  uchinchi  tomondan  esa 
bozor  iqtisodiyoti  munosabatlariga  o'tish  asnosida  yuz  berdi.  ―Ayni  vaqtda  biz  jamiyatni  va 
jamiyat  tafakkurini  yangilashning  inqilobiy  usullariga,  bu  jarayonni  sun'iy  ravishda  chetdan 
turib,  zo'ravonlik  yo'li  bilan  tezlashtirishga  qaratilgan  har  qanday  urinishlarga  mutlaqo 
qarshimiz.  Biz  barcha  sohalarda,  jumladan,  ma'naviy  sohada  ham  tadrijiy-evolyusion  islohotlar 
yo'li  tarafdorimiz  va  bunga  qat'iy  amal  qilamiz.  Ya'ni,  sodda  qilib  aytganda,  odamlarning 
dunyoqarashi,  e'tiqod  va  tafakkurida  demokratik  tamoyillar  vademokratik  qarashlarning 
kengayishi  va  mustahkam  o'rin  topishi  avvalambor  hayotning  tabiiy  yurishi  bilan,  ularning 
moddiy  turmush  darajasi  va  madaniy  saviyasi  tobora  rivojlanishi  va  yuksalishi  bilan 
chambarchas bog'liq ekanini hayotning o'zi taqozo etadi‖.  
           Mustabid  tuzum  davrida  ijtimoiy-falsafiy  g'oyalar  tarixiga  sinfiylik  nuqtai  nazardan 
yondashildi, faqat kommunistik mafkuraga mos, to'g'ri keladigan g'oyalargina tan olindi, xolos. 
Xalqimizning  o'tmish  ma'naviyati,  falsafiy  g'oyalariga  e'tibor  berilmadi.  Keng  xalq  ommasi 
orasida  markscha-lenincha  falsafa,  ilmiy  ateizm  va  ilmiy  kommunizm  g'oyalari  keng  targ'ib 
qilindi. Ularga nomuvofiq ta'limotlar qattiq tanqid ostiga olindi. O'z milliy madaniyati, urf-odati 
va  an'analariga  sodiq  bo'lgan,  ularni  saqlab  qolishga  intilgan  ziyolilar,  olimlar,  shoir  va 
yozuvchilar qatag'on qilindi. 
         Endigi  vazifa  —  sobiq  mafkuraning  asoratlarini  bartaraf  qilib,  milliy  mafkuramizga 
tayanib,  boy  ma'naviy  va  madaniy  qadriyatlarni,  ijtimoiy-falsafiy  g'oyalar  tarixini  chuqur,  har 
tomonlama  o'rganish  hamda  ularga  amal  qilib,  porloq  istiqbolni  yaratishdan  iborat.  Bu  borada 
O'zbekistonda  Birinchi  Prezidentimiz  asoslab  bergan  jamiyat  va  odamlarni,  turli  guruh  va 
qatlamlarni  taraqqiyot  sari  yetaklovchi,  xalqni  ezgu  maqsad  yo'lida  birgalikda  harakat  qilishga 
undovchi  bunyodkor  g'oyalar  muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Bunday  g'oyalar  ta'sirida  inson 

ezgulikka  etishish,  millatlar  va  davlatlar  esa  ozodlik  va  mustaqillikka  erishish  uchun  intiladi, 
adolat va haqiqat tantanasi yo'lida kurashadi, buyuk tarixiy g'alabalarni qo'lga kiritadi. 
     7. Mustaqillik – milliy g'oya fanining bosh mavzusi. Ma'naviy jasorat - millat g'oyasi va 
ruhining ifodasi. 
          Mustaqillik  so‘zi:  «Mustaqil  [arabcha  -  erkin,  ozod;  tobe  bo'lmagan,  alohida]-1)  ixtiyori 
o'zida  bo'lgan;  tobe,  qaram  bo'lmagan;  2)  o'zganing  yordamisiz  yoki  rahbarligisiz  ish  qila 
oladigan,  o‘zicha  fikr  yurita  oladigan,  yashay  oladigan;  3)  faqat  o'ziga  taalluqli,  o'zgalar 
ishtirokisiz, 
ta'sirisiz 
bo'ladigan»,-degan 
ma‘nolarni 
bildiradi. 
Mustaqillikning 
umummetodologik  ahamiyati  shundaki,  u  millat,  halq  manfaatlaridan  kelib  chiqib,  barcha 
sohalarga – ishlab chiqarish, fan-texnika, iqtisod, siyosat, xuquq, ma'naviyat, madaniyat, turmush 
tarziga  ham  ozodlik  va  obodlik  ruhini  berdi.  Va  ayni  ana  shu  mustaqillik  ruhi  har  bir  voqea, 
hodisa,  jarayonlarning  metodologik  asosi  bo'lib  xizmat  qiladi.  Bu  -  mustaqillikning 
qonuniyati bo'lib,  undan  boshqacha  yo'l  bo'lishi  ham  mumkin  emas.  Boshqacha  yo'l  -  bu yana 
ozodlikdan  mahrum  bo'lish,  tobelik,  qullik,  mutelik,  adolatsizlik  sari  bosilgan  ayanchli  qadam 
bo'lar  edi.  Shunday  ekan,  mustaqillik  -  o'zbek  xalqi  uchun  yashash  huquqi,  u  hayot-mamot 
masalasi.  Bu  huquq  faqat  kurash,  mehnat  qilish,  adolat  o'rnatish  va  Vatan  baxt-saodati rivojini 
mustahkamlashdir.  Mustaqillikning  jamiyat  hayotidagi  tub  mohiyati  haqida  Sh.M.Mirziyoev: 
«Agar har bir xalq, har bir davlat mustasil bo'lmasa, boshqalar uning nafaqat dehqonini, nafaqat 
ishchisini, hatto shoiru olimini ham, davlat arbobini ham istagancha tahqirlashi, insoniy sha'nini 
tuproqqa  qorishi  mumkin  ekan.  Biz  yaqin  tariximizda  kechgan  ana  shunday  ayanchli  voqealar 
misolida  mustasilligimizning  ahamiyati  va  mohiyatini,  qadr-qimmatini yanada  teran  anglab 
yetishimiz, 
uni 
har 
sanday 
yovuz 
kuchlardan 
himoya  
qilishga doimo tayyor turishimiz shart»
9
, — degan edi. 
Mustaqillikning  asosan  quyidagi  shakllari  mavjud:  birinchisi  -  siyosiy  mustaqillik, 
ikkinchisi- iqtisodiy mustaqillik, uchinchisi - ma'naviy-madaniy mustaqillik. Siyosiy mustaqillik 
deb, har bir millat va xalqning o'z davlat hokimiyatiga, davlat muassasalariga, konstitusiyasiga, 
fuqaroligiga, tiliga, milliy puliga, davlat ramzlariga, davlat chegarasiga ega bo'lgan holda o'zini 
o'zi  idora  etish,  mustaqil  ichki va  tashqi  siyosat  yurgizish,  o'z  taqdirini  o'zi  hal  qilishdan 
iborat bo'lgan  maqomiga  aytiladi  va  hokazolar.  Iqtisodiy  mustaqillik  deb,  har  bir  millat  va 
xalqning  o'z   tabiiy  va  moddiy  boyliklariga  to'la  huquqiy  ega  bo'lib,  ishlab  chiqarish,  iste'mol, 
taqsimot,  ayriboshlash  munosabatlarini  mustaqil  ravishda  tashkil  etish,  yashash  uchun  zarur 
bo'lgan moddiy ne‘matlarni yaratish faoliyatiga aytiladi. Ma'naviy-madaniy mustaqillik deb, har 
bir  inson,  millat  va  xalqning  olamda  yuz  berayotgan  voqea,  narsa,  hodisa  va  jarayonlarga 
nisbatan  erkin  fikr  bildirishiga,  o'zining  milliy  hislatlarini,  fazilatlarini  umuminsoniy 
qadriyatlarga mos ravishda namoyish qilish asosida betakror madaniy borliq yaratish faoliyatiga 
aytiladi. 
  Маnaviy  jasorat-qalbida,  yuragida  jasorat  hissi  nihoyatda  kuchli  bo‘lgan  insonlar  har 
qanday murakkab vaziyatda ham adolat va haqiqat yo‘lida o‘zini ayamay, el-yurt uchun, 
Vatan uchun ibratli ishlarni amalga oshirishi.  
  Ма‘naviy jasorat-insonlarga hos bo‘lgan ma‘naviy fazilatlarni ezgu ishlar, his-tuyg‘ular, 
muqaddas  va  ulug‘  tushunchalar  bilan  uyg‘unlashib,  millat  g‘oyasi  va  ruhining 
ifodalanishidir. 
  Ma‘naviy  jasorat  sohiblari:  Sokrat,  Platon,  Farobiy,  Beruniy,  Ibn  Sino,  Xorazmiy, 
Kopernik,  Galiley,  Bruno,  Mahatma  Gandi,  Amir  Temur,  Najmiddin  Kubro,  Yahyo 
G‘ulomov, Zulfiyaxonim, Ozod Sharofiddinov, Islom Karimov va boshq... 
Birinchi  Prezidentning  qat‘iyati  va  jasorati  bilan  yurtimiz  mustaqillikka  erishgan, 
taraqqiyot yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritgan. Islom Karimovni qancha e‘zozlasak, 
xalqimizga,  yoshlarimizga  ma‘naviyat  yetkazgan  bo‘lamiz,  deya  ta‘kidlagandi  Shavkat 
Mirziyoyev. 
                                                 
9
Mirziyoev Sh.M. «Shunday o'lka doim bor bo'lsin» // Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga 
quramiz. -T.:«O‘zbekiston», 2017. -B.344.                                       
  

 
Nazorat savollari: 
1. Milliy g'oyaning tarixiy ildizlari deganda nimalarni tushunasiz? 
2.  ―Insoniyat  tarixi  -  g'oyalar  tarixidir‖,  ―Mafkura  -  istiqlolning  yaratuvchisidir‖  degan 
tavsiflarning mazmun-mohiyatini qanday tushunasiz? 
3.  Milliy  va  umuminsoniy  g'oyalarning  o'zaro  nisbati,  ularning  shakllanishi  va  rivojlanishining 
o'ziga xos xususiyatlari haqidagi fikringiz? 
4.  Milliy-diniy  asosdagi  mafkuralardan  qaysilarini  bilasiz?  Monizm,  dualizm,  plyuralizm, 
idealizm va materializm haqida gapirib bering. 
5. Bunyodkor va vayronkor g'oyalarning mohiyati haqida gapirib bering. 
6. Vayronkor g'oyalarning eng ko'p tarqalgan shakllari qaysilar? 
7.  Milliy  g'oya  va  mafkuralar  qanday  talablarga  javob  berganda  xalqni  ezgu  maqsadlar  sari 
safarbar eta oladi? 
8. ―Eng buyuk jasorat-ma'naviy jasoratdir‖ deganda nimani tushunasiz?                                              
 
Adabiyotlar 
1.  Mirziyoyev  Sh.M.  Buyuk  kelajagimizni  mard  va  olijanob  xalqimiz  bilan  birga  quramiz.  
Toshkent –―O‗zbekiston‖ -2017. 
2.  Mirziyoyev  Sh.M.  Xalqimizning  roziligi  bizning  faoliyatimizga  berilgan  oliy  baho.  2-jild,    - 
Toshkent –―O‗zbekiston‖ NMIU, 2018. 
3. Karimov I. Milliy mafkura – davlatimiz va jamiyatimiz qurilishida biz uchun ruhiy-ma'naviy 
kuch-qudrat manbai. - T. 8. –T. : O'zbekiston, 2000. 462-474 betlar. 
4. Karimov I. Jamiyatimiz mafkurasi – xalqni xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin.  T. 7. -
T. : O'zbekiston, 1998. 84-102 betlar 
5. Karimov I. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma'naviyat, 2008. 
6. Milliy istiqlol g'oyasi. –T.:Akademiya, 2005. 
7. Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. –T.: Yangi asr avlodi», 2001. 
8.  Milliy  g'oya  va  rahbar  mas'uliyati/  Q.  Nazarov,  I.  Ergashev  va  boshq.  O'zbekiston 
Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Davlat  va  jamiyat  qurilishi  akademiyasi.  –T.:  G'afur 
G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2007 
3 - Ма‟ruzaMilliy g„oya, ijtimoiy taraqqiyot va mafkuraviy jarayonlarning o„zaro 
bog„liqligi 
Reja 
1. Ijtimoiy taraqqiyot va tarixiy jarayonlarning milliy g‘oyalar shakllanishi hamda amal qilishiga 
ta‘siri. 
2. Tarixiy xotira g‘oya va mafkuraning rivojlanishidagi ijtimoiy ma‘naviy omil.  
3. Siyosat va mafkuraning o‘zaro aloqadorligi va farqi. 
4. Milliy g‘oyada mentalitetning namoyon bo‘lishi.  
5.  O‘zbekistonning  mustaqil  taraqqiyoti  jarayonida  yangi  g‘oyalarning  takomillashuv  jarayoni, 
unda avlodlararo vorislik va yangilanishning namoyon bo‘lishi.  
 
 
Таyanch so’zlar 
Milliy  g‟oya  xalqning  tarixiy  taraqqiyoti  asosi.  Milliy  g‟oya  o‟z-o‟zini  anglashning 
mahsuli.  Milliy  g‟oya  mohiyatida  xalq  manfaatining  ifodalanishi,  g‟oya  va  mafkuralarning 
ijtimoiy  taraqqiyotdagi  roli.  Ijtimoiy-siyosiy  tuzumlar  o‟zgarishida  g‟oyaviy-mafkuraviy 
qarashlarning ahamiyati. Mafkuraviy meros va unda vorisiylikning namoyon bo‟lishi. 
Tarixiy xotira g‟oya va mafkuraning rivojlanishidagi ijtimoiy ma‟naviy omil. Mafkuraviy 
jarayonlarning ijtimoiy ong shakllaridagi in‟ikosi. Individual ongda mafkuraga munosabatning 
turli darajalari. Mafkura va g‟oyalarning kundalik voqelik bilan uzviyligi. Axloq va mafkura, din 
va  mafkura,  san‟at  va  mafkura  mutanosibligi.  Ijtimoiy  jarayonlarning  yo‟nalishlari:  iqtisodiy, 
siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy va boshqa g‟oyalarning o‟zaro munosabati. 

Siyosat  va  mafkuraning  o‟zaro  aloqadorligi  va  farqi.  Siyosatning  mafkuralashish  va 
mafkuraning siyosatlashtirish oqibatlari. Mafkura amal qilishining psixologik va ijtimoiy-siyosiy 
mexanizmlari. Siyosiy ijtimoiylashuv va siyosiy tarbiya muammosi. 
Milliy  g‟oyada  mentalitetning  namoyon  bo‟lishi.  Mentalitetning  fikrlash  uslubi  va 
qadriyatlar  bilan  bog‟liq  elementlari.  Milliy  va  umuminsoniy  g‟oyalarning  individualligi  va 
umumiyligi, integratsiyasi va differentsiatsiyasi. 
O‟zbekistonning  mustaqil  taraqqiyoti  jarayonida  yangi  g‟oyalarning  takomillashuv 
jarayoni,  unda  avlodlararo  vorislik  va  yangilanishning  namoyon  bo‟lishi.  Yangi  g‟oyalar 
tizimidagi  ustuvor  tamoyillar,  ularni  amalga  oshirishning  dolzarb  vazifalari.  Istiqlolga 
asoslangan  yangi  g‟oyalar  tizimini  takomillashtirish,  uning  ma‟naviy  ta‟sirchanligi  va 
mafkuraviy samarasini oshirish usullari va yo‟llari. 
Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish