„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/23
Sana16.01.2020
Hajmi1,85 Mb.
#34834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Миллий ғоя МАЪРУЗА 2019-20120


Inson  -  ongli  mavjudot.  Ongni  shartli  ravishda  ikki  katta  qismga  bo‘lish  mumkin: 
birinchisi,  insonning ruhiy olami: ikkinchisi  -  fikriy olam,  ya‘ni tafakkur  olamidir. Ruhiy olam 
(bu  sohani  ruhshunoslik  ilmi  -  psixologiya  tadqiq  etadi)  o‘z  tarkibiga  sezgilar,  idrok,  tasavvur, 
kechinma,  his-hayajon,  diqqat,  xotira  va  boshqalarni  qamrab  oladi.  Tafakkurning  mantiqiy 
shakllariga tushuncha, hukm va xulosa kiradi (bularni logika, ya‘ni mantiq fani o‘rganadi). 
Falsafaning  oltin  qoidalaridan  biri  -  til  va  tafakkur  birligidir.  Tilning  eng  birlamchi 
mahsuli so‘z bo‘lgani kabi, tafakkurning dastlabki shakli - tushunchadir. Tushunchalar bir yoki 
bir  necha  so‘zlar  bilan  ifoda-lanadi;  ammo  har  qanday  so‘z  ham  tushuncha  bo‘la  olmaydi. 
So‘zlar vositasida anglatilgan fikr gap deb atalishini biz boshlang‘ich sinflardanoq bil-ganmiz. 
Inson  tafakkuri  voqelikni  idrok  etish  mobaynida  turli  fikrlar,  qarashlar,  g‘oyalar  va 
ta‘limotlar  yaratadi.  Binobarin,  g‘oyalar  ham  inson  tafakkurining  mahsulidir.  Lekin  tafakkur 
yaratgan  har  qanday  fikr  yoki  qarash,  mulohaza  yoki  nuqtai  nazar  g‘oya  bo‘la  olmaydi.  Faqat 
eng kuchli, ta‘sirchan, zalvorli fikrlargina g‘oya bo‘la olishi mumkin. 
G‘oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki, bular garchi tafakkurda paydo bo‘lsa-
da,  inson  (va  jamiyat)  ruhiyatiga,  hatto  tub  qatlamlariga  ham  singib  boradi.  g‘oya  shunday 

quvvatga  egaki,  u  odamning  ichki  dunyosigacha  kirib  borib,  uni  harakatga  keltiruvchi,  maqsad 
sari etaklovchi ruhiy-aqliy kuchga aylanadi. 
Jahon  tajribasiga  nazar  tashlasak,  butun  dunyo  taraqqiyotiga  ulkan  ta‘sir  ko‘rsatgan 
nazariya, ta‘limot va mafkuralarni yaratish uchun insoniyat tarixining turli davrlarida ulkan aql-
zakovat, iste‘dod va teran tafakkur egalari mislsiz zahmat chekkanini ko‘ramiz. Sokrat va Platon
Konfutsiy  va  Najmiddin  Kubro,  Alisher  Navoiy  va  Maxatma  Gandi  kabi  buyuk  mutafakkirlar 
faoliyati buning yaqqol tasdig‘idir. 
G‟oya  mohiyatan  ijtimoiy  xarakterga  ega.  Muayyan  g‘oyalar  odatda  alohida  olingan 
shaxs  ongida  shakllanadi,  keyinchalik  esa  jamiyatning  turli  qatlam-lariga  tarqaladi,  turli  elatlar 
va  millatlar  orasida  yoyiladi.  Mustaqil  hayotga  qadam  qo‘yayotgan  yangi  avlod  jamiyatda 
mavjud  g‘oyalar  ta‘sirida  tarbiyalanadi,  muayyan  qarashlar  va  g‘oyalarni  o‘z  e‘tiqodiga 
singdiradi, o‘z navbatida yangi g‘oyalarni yaratadi va targ‘ib etadi. 
Har  bir  narsaning  o‘z  ibtidosi  va  intihosi  bo‘ladi.  G‘oyalar  ham  o‘z  «umri»ga  ega.  Ular 
ham  ma‘lum  makonda  va  zamonda  paydo  bo‘lishi,  jamiyat  rivojiga  muayyan  hissa  qo‘shishi, 
kishilarning  ongi  va  qalbidan  joy  olishi,  o‘z  umrini  yashab,  joziba  kuchi  va  quvvatini 
yo‘qotgach,  tarixiy  xotiraga  aylanishi  ham  mumkin.  g‘oyaga  ta‘rif  berish  uchun  uning 
mohiyatini  namoyon  etadigan  asosiy  xususiyatlarini  sanab  o‘tish  lozim  bo‘ladi.  g‘oyaning  eng 
muhim xususiyati - insonni va jamiyatni maqsad sari etaklaydigan, ularni harakatga keltiradigan, 
safarbar etadigan kuch ekanidadir. 
Xulosa qilib  aytadigan bo‘lsak,  g‟oya deb, inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy 
xarakterga  ega  bo‘lgan,  ruhiyatga  kuchli  ta‘sir  o‘tkazib,  jamiyat  va  odamlarni  harakatga 
keltiradigan, ularni maqsad-muddao sari etaklaydigan ulug‘vor fikrga aytiladi.  
G‟oyalarning  turlari.  Tafakkurning  mahsuli  sifatida  g‘oya  tevarak  olamni  o‘rganish, 
bilish jarayonida vujudga keladi. Ijtimoiy ongning barcha shakllari - ilm-fan, din, falsafa, san‘at 
va badiiy adabiyot, axloq, siyosat va huquq - muayyan bir g‘oyalarni yaratadi, ularga tayanadi va 
ularni  rivoj-lantiradi.  Ma‘lum  ma‘noda  aytish  mumkinki,  har  bir  ong  sohasining  o‘z  g‘oyalari 
mavjud bo‘ladi. 
Mazmuni-mohiyatiga  ko‟ra  namoyon  bo‟lish  shakliga  qarab,  g‟oyalarning  asosiy 
turlari quyidagilardan iborat: 
  ijtimoiy-siyosiy g‟oyalar; 
  siyosiy g‟oyalar. 
  ilmiy g‟oyalar; 
  bunyodkor g‟oyalar; 
  vayronkor g‟oyalar; 
  diniy g‟oyalar;  
 
 
  falsafiy g‟oyalar; 
  badiiy g‟oyalar; 
  milliy g‟oyalar; 
  umuminsoniy g‟oyalar va hokazo. 
Ijtimoiy-siyosiy  g‟oyalar  har  bir  xalq  va  umuman  bashariyatning  orzu-umidlarini, 
maqsad-muddaolarini  ifodalaydi,  erkin  hayot  va  adolatli  tuzumni  tarannum  etadi.  Ozodlik  va 
mustaqillik, adolat va haqiqat, tinchliksevarlik va insonparvarlik g‘oyalari shular jumlasidandir. 
Asrlar  mobaynida  bunday  buyuk,  o‘lmas  g‘oyalar  xalqlarga  kuch-quvvat  va  ilhom  bag‘ishlab, 
ularni o‘z erki uchun kurashga safarbar etib kelgan. 
Ilmiy  g‟oyalar  -  fan  taraqqiyotining  samarasi,  ilmiy  kashfiyotlarning  natijasi  sifatida 
paydo  bo‘ladigan,  turli  fan  sohalarining  asosiy  tamoyillari  (prinsiplari),  ustuvor  qoidalarini 
(postulatlarini)  tashkil  qiladigan  ilmiy  fikrlardir.  Ilmiy  g‘oyalar  -  ilm-fan  sohasida  biron  bir 
sensatsion yangilikni ilgari surish orqali uni hayotga tatbiq etish yo‘lidagi urinishlar. 
G‘oyalarning  «hayoti»  ularning  paydo  bo‘lishi,  rivojlanishi,  boshqa  g‘oyalar  bilan  o‘zaro 
munosabati,  kurashi  va  nihoyat,  eskirgan  g‘oyalarning  yangilari  bilan  almashinishi,  ayniqsa, 
ilmiy g‘oyalar misolida yaqqol namoyon bo‘ladi. 

Qadimgi  yunon  faylasuflari  tabiiy  jismlarning  eng  kichik,  bo‘linmaydigan  zarrasi,  deb 
«atom»  tushunchasini  kiritgan  edilar.  Ptolemey-Aristoteldan  tortib,  o‘rta  asr  Ulug‘bek 
astronomiyasigacha  dunyoning  markazi  Yer  deb  hisoblab  kelganlar;  Yevklid  geometriyasi, 
Nyuton mexanikasi, Darvin ta‘limoti ham o‘z davrining eng ilg‘or ilmiy g‘oyalariga asoslangan 
edi. 
Ilm-fan  taraqqiyoti  atomning  bo‘linishini,  koinot  markazi  Yer  emasligini  ham  ishonchli 
dalillar  bilan  isbotladi;  kvant  mexanikasi,  irsiyat  nazariyasi  va  boshqa  ko‘plab  kashfiyotlar 
qilindi. 
Dunyoga  A.Eynshteyn,  N.Bor,  F.Rezerford,  M.S.Kyuri  va  boshqalarning  nomlarini 
mashhur qilgan  yadro fizikasi sohasidagi kashfiyotlar ham ilmiy g‘oyalar asosiga qurilgan. XX 
asrda  insoniyat  nihoyatda  ko‘p  ilmiy  g‘oyalarni  amaliyotga  aylantirdi.  Kosmik  raketalar, 
kompyuter  va  uyali  telefonlar,  televidenie  va  boshqa  sohalardagi  yutuqlar  bunga  yorqin  misol 
bo‘ladi. 
Fan  taraqqiyoti  uzluksiz  va  cheksizdir.  Bu  jarayonda  amaliyot  tasdiq-lanmagan,  eskirgan 
qarashlar yangi ilmiy g‘oyalar bilan o‘rin almashaveradi. 
Vayronkor g‟oyalar esa xalqlar boshiga so‘ngsiz kulfatlar keltiradi. Bunga olis va yaqin 
tarixdan ko‘plab misollar keltirish  mumkin.  O‘rta asrlardagi  salib  yurishlari,  diniy  fanatizm  va 
ateizm, fashizm va bolshevizmga asos bo‘lgan g‘ayriinsoniy g‘oyalar shular jumlasidandir. 
Yovuz  g‘oya  va  mafkuralarning  eng  ko‘p  tarqalgan  shakli:  aqidaparastlikdir.  Bunday 
mafkuralar muayyan davrlarda G‘arbda ham, Sharqda ham hukmronlik qilgan. Bu ijtimoiy illat 
insoniyat  XXI  asrga  qadam  qo‘ygan  hozirgi  davrda  ham  dunyodagi  tinchlik  va  taraqqiyotga 
tahdid solmoqda. 
Aqidaparastlik, qanday shaklda bo‘lmasin, hamma zamonlarda ham jamiyat uchun birdek 
xatarlidir. 
O‘rta asrlarda G‘arbdagi aqidaparastlik mafkurasi bo‘lgan inkvizitsiya cherkovning mutlaq 
hukmronligini o‘rnatib, hur fikr rivojiga, jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ldi. Galiley va Kopernik 
kabi  yuzlab  buyuk  aql-zakovat  sohiblari  ana  shunday  aqidaparastlik  ta‘qibiga  uchraganlar, 
Jordano Bruno ilmiy qarashlari uchun jaholat qurboni bo‘lgan. 
Sharqda esa Imom Buxoriy, Ibn Sino singari buyuk allomalar ham turli tazyiqlarga duchor 
bo‘lganlar. Mansur Xalloj, Nasimiy, Boborahim Mashrab singari hur fikrli zotlar esa qatl etilgan. 
Toki dunyoda taraqqiyotga intilish, bunyodkorlik hissi bor ekan, jamiyatda ilg‘or g‘oyalar 
tug‘ilaveradi.  Buzg‘unchilik  g‘oyalarining  vujudga  kelishiga  esa  vayronkor  intilishlar  sabab 
bo‘ladi. Shunday ekan, ya‘ni doimo hushyor va ogoh bo‘lib yashamoq hayotning asosiy zarurati 
bo‘lib qolaveradi. 
Demak, falsafada ilmiy bilishning asosiy shakllariga: 
  ilmiy g‟oya;   
 
 
  muammo; 
  gipoteza;   
 
 
  nazariya; 
  ilmiy oldindan ko‟rishlar tashkil qiladi; 
Diniy  g‟oyalar  deb,  har  bir  diniy  ta‘limot  va  oqimning  asosini,  diniy  iymon-e‘tiqodning 
negizini  tashkil  etuvchi  aqidalarga  aytiladi.  Diniy  g‟oya  va  mafkuralar  -  insoniyat 
tafakkurining  oddiylikdan  murakkablikka  qarab  intilishida  dunyoni,  dunyo  ichra  o‘zlikni 
anglashga qaratilgan diniy (ya‘ni iymon-e‘tiqodga asoslangan) qarashlar tizimi. 
Ibtidoiy dinlar har bir narsaning jonli ekani, jonning abadiyligi, but va sanamlarning, tabiiy 
jism va hodisalarning ilohiy quvvatga egaligi to‘g‘risidagi qarashlarga asoslangan edi. Masalan, 
hindlarning diniy tasavvurlariga ko‘ra, jon ko‘chib yuradi, bu hayotda u insonda bo‘lsa, keyingi 
hayotda boshqa jonzotga o‘tishi mumkin. 
Ilohiy  zotlar  haqidagi  fikrga  tayanadigan  politeizm  dinlari  vaqti  kelib  monoteistik  
yakkaxudolik g‘oyasi asosidagi dinlarga o‘z o‘rnini bo‘shatib bergan. 

Yakkaxudolik  g‘oyasi  milliy  dinlarda  (masalan,  iudaizmda),  ayniqsa  jahon  dinlari  - 
xristianlik va islomda o‘z ifodasini yaqqol topgan. Xususan, islom dinida Allohning yagonaligi 
g‘oyasi asosida uning barcha aqidalari, ruknlari, talab va majburiyatlari shakllangan. 
Falsafiy  g‟oyalar  har  bir  falsafiy  ta‘limotning  asosini  tashkil  etadigan,  olam  va  odam 
to‘g‘risidagi  eng  umumiy  tushuncha  va  qarashlardir.  Ular  bizni  o‘rab  turgan  dunyoni  bilish 
jarayonida,  kishilik  jamiyatining  taraqqiyoti  mobaynida  to‘plangan  bilimlarni  umumlashtirish, 
inson  hayotining  ma‘no-mazmuni,  uning  baxt-saodati  kabi  masalalar  ustida  mulohaza  yuritish 
asosida shakllanadi. 
Insoniyat  tarixida  turli  xalqlarning  aql-zakovat  sohiblari,  dono  faylasuf  va  ilohiyotchilari 
turfa xil g‘oyalar yaratganlar. Ammo falsafiy g‘oyalar haqida gap ketganda, jahon falsafiy fikri 
rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan o‘zbek mutafakkirlari yaratgan merosni yodga olmaslik mumkin 
emas. 
Forobiyning  fozil  shahar  to‘g‘risidagi,  tasavvuf  daholarining  komil  inson  haqidagi,  Ibn 
Sinoning tana va ruh munosabatiga oid, Alisher Navoiyning adolat va insoniylik borasidagi teran 
fikrlari falsafiy g‘oyalarning yorqin namunasidir. 
Badiiy g‟oyalar - adabiyot va san‘at asarining asosiy ma‘no-mazmunini tashkil etadigan, 
undan  ko‘zlangan  maqsadga  xizmat  qiladigan  etakchi  fikrlardir.  Ular  hayotdan  olinadi,  badiiy 
talqinlar asosida bayon etiladi, o‘quvchida muayyan taassurot uyg‘otadi. Abadiy qahramonlarni 
sevish, ularga ergashish hollari ham ana shu asosda ro‘y beradi. 
Badiiy ta‘sir vositalari juda katta kuchga ega. Inson va jamiyat ongini o‘zgartirishda, shaxs 
ruhiyatiga  ta‘sir  o‘tkazishda,  odamlarni  harakat  va  junbushga  keltirishda  badiiy  adabiyot  va 
san‘atning ahamiyati beqiyosdir. Milliy istiqlol g‘oyasini targ‘ib etish, xalqning ongi va qalbiga 
singdirishda ham bular muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. 
2. Mafkura tushunchasining mazmuni, mafkuraning funksiyalari va shakllari. 
«Mafkura»  tushunchasi  mazmuni.  Har  qanday  nazariya  yoki  ta'limot  bir  tizimga 
solingan  g'oyalar  majmuidan  iborat  bo'ladi.  Dunyoqarashning  negizini  va  muayyan  ishonch-
e'tiqodning  asosini  ham  g'oya  tashkil  etadi.  Odamlar,  ijtimoiy  sinf  va  qatlamlarning,  millat  va 
davlatlarning manfaat hamda maqsadlari ham g'oyalarda ifoda etiladi. 
O'z  oldiga  qo'ygan  maqsadi,  qanday  jamiyat  qurmoqchi  ekani,  bunga  qanday  yo'l  va 
vositalar bilan erishmoqchi  bo'layotgani haqidagi  g'oyalar tizimi  har bir  millat,  xalq  va jamiyat 
milliy g'oyasining asosini tashkil etadi. 
Mafkura  —  muayyan ijtimoiy  guruh  yo qatlamning, millat  yoki  davlatning ehtiyojlarini, 
maqsad  va  intilishlarini,  ijtimoiy-ma'-naviy  tamoyillarini  ifoda  etadigan  g'oyalar,  ularni  amalga 
oshirish usul va vositalari tizimidir. 
Turli  ijtimoiy  tuzumlar,  jamiyatdagi  har  xil  tabaqa  va  qatlamlarning  mafkurasi  turlicha 
bo'lishi  tabiiy.  Buning  asosida  manfaatlarning  turlichaligi,  ularni  qondirish  imkoniyatlari  va 
uslublarining har xilligi yotadi. Sinfiy qutblashuv kuchaygan, sinfiy kurash avj olgan (yoki sun'iy 
ravishda keskinlashtirilgan) tuzumlarda mafkura o'ta siyosiylashadi, aholini o'zaro qarama-qarshi 
qilib qo'yadi. 
   Ijtimoiy  hamkorlikka  asoslangan,  erkin  demokratik  jamiyat  barpo  etishni  ko'zlagan 
davlatlarda milliy g'oya aholining barcha qatlamlarini jipslangtirishga, umummanfaat va yagona 
maqsad  yo'lida  birlashishga  chorlaydi.  Bunday  mafkuralarda  ziddiyatli  jihatlar  emas 
umuminsoniy  tamoyillar  kuchayib  boradi.  Mafkura  muayyan  ijtimoiy  guruh,  ijtimoiy  qatlam, 
millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad-muammolari, manfaatlari, orzu intilishlari 
hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o‘zida mujassam etadigan g‘oyalar tizimidir bo‘lib, 
G‘arb  davlatlari  va  rus  tilidagi  ilmiy  adabiyotlarda  ―Ideologiya‖  atamasi  bilan  ifodalanadi.  Bu 
atama  ilk  bor  1797  yilda  fransuz  inqilobi  davrida  faylasuf  va  iqtisodchi  Destyut  de  Trasse 
tomonidan  ilmiy  muomalaga  kiritilgan.  U  1815-yilda  yozgan  ―Ideologiya  elementlari‖  nomli 
kitobida ―ideologiya‖ so‘zini falsafiy tushuncha sifatida ishlatgan.  
Ideologiya  (Idea  -  g‘oya,  tushuncha,  logos  -  ta‘limot)  atamasi  esa  g‘oyalar  to‘g‘risidagi 
ta‘limotni anglatadi va ikki xil ma‘noda ishlatiladi: 

-  g‘oyalarning  mohiyat-mazmuni,  shakllanishi,  ahamiyati  to‘g‘risidagi  bilimlarni 
ifodalaydi va ilmiy soha bo‘lib hisoblanadi. 
-  muayyan  g‘oyani  amalga  oshirish,  maqsadga  etish  usullari,  vositalari,  omillari  tizimini 
anglatadi. 
Birinchi  Prezidentimiz  Islom  Karimov  jamiyat  mafkurasiga  shunday  ta‘rif  bergan: 
«Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni 
vaqtda  shu  xalq,  shu  millatning  kelajagini  ko‘zlagan  va  uning  dunyodagi  o‘rnini  aniq-ravshan 
belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lishga 
qodir  g‘oyani  men  jamiyat  mafkurasi  deb  bilaman»  (Asarlar,  Biz  kelajagimizni  o‘z  qo‘limiz 
bilan quramiz. T.7. 89-bet). 
«G‘oya»  va  «mafkura»  tushunchalari  bir-biriga  yaqin  bo‘lsada,  ularni  aynanlashtirmaslik 
kerak. Sababi: 
Birinchidan, mafkura g‘oyaga nisbatan mazmunan kengroq tushunchadir.  
Ikkinchidan,  har  qanday  mafkurada  ijtimoiy  voqelikni  saqlab  qolish  yoki  o‘zgartirishga 
qaratilganlik,  ya‘ni  maqsadlar  botiniy  emas,  balki  zohiriy  tarkibda  mavjud  bo‘lishini, 
mafkuraning o‘zagini tashkil etadi. 
Uchinchidan,  har  qanday  ijtimoiy  g‘oya  faqat  ma‘lum  bir  mafkuraviy  qarashlar 
doirasidagina  o‘zining  uyushtiruvchilik,  yo‘naltiruvchilik  salohiyatini,  jozibadorlik  kuchini 
namoyon qila olishi mumkin. 
Mafkuraning nazariy manbalari: 
1.  Mafkuraning falsafiy ildizlari. 
2.  Mafkuraning dunyoviy ildizlari. 
3.  Mafkuraning diniy ildizlari haqida so‘z yuritish mumkin. 
Mafkuralar ma‟no-mohiyatiga ko‟ra bunyodkor g‟oyalar va mafkuralar  1) falsafiy, 
2)  dunyoviy,  3)  diniy  ta‟limotlar  asosida  yaratiladi.  Turli  ijtimoiy-siyosiy  kuchlar  o‘z 
mafkuralarini yaratishda siyosiy g‘oyalar bilan birga diniy oqimlar, falsafiy maktablar va ilm-fan 
yutuqlariga tayanadi, ulardan nazariy asos sifatida foydalanadi. 
Mafkuraning  elementlari:  mo‘ljal,  emotsiyalar,  xulq-atvor  hisoblandi,  ular  o‘ziga  xos 
individual  va  jamoaviy  xarakterlarga  ega.  Mafkuraning  funksiyalari:  integratsiyalashtiruvchi, 
yo‘naltiruvchi,  ta‘sirchanlik,  tarbiyaviy,  tashkillashtiruvchi,  gnoseologik,  praksiologik, 
prognostik, baholash (qadriyatli), futurologik (bashorat qilish), himoya qiluvchilarga bo‘linadi.  
Mafkuraning  shakllari:  anarxiya,  monarxiya,  totalitarizm,  liberalizm,  demokratiyaga 
bo‘linadi.  
Аnarxiya    (yun.  anarchia  -  hokimiyatsizlik,  beboshlik)  —  rahbar  sifatida  faqat  alohida 
shaxsning xohish-irodasinigina  tan  olib,  har  qanday  hokimiyat  va  davlat  tuzumini  rad  
etuvchi jamiyat to'g'risidagi ta'limot.  
Monarxiya (yun. monarchia - yakka hokimlik) — hokimiyat bir kishining qo‘lida bo‘lgan 
davlat boshqaruvi shakli. 
Liberalizm  (lot.  liberalis)  —  1)  dastlabki  ma'nosi  —  hur  fikrli,  erkin  shaxs.  Murosasoz 
ma'nosini  ham  anglatadi;  2)  liberalizm  izdoshi  va  tarafdori)  -  17-18-asrlarda  Yevropa 
mamlakatlarida yuzaga kelgan va fuqaroviy, siyosiy, iqtisodiy erkinliklarga oid asosiy qoidalarni 
e‘lon qilgan g'oyaviy va ijtimoiy-siyosiy oqim.  
Totalitarizm (lot. totalis — yaxlit, to'liq) — 1) davlat boshqaruv shakllaridan biri (totalitar 
davlat).  Totalitarizmda  jamiyat  hayotining  barcha  sohalari  ustidan  davlatning  yalpi,  to'la  (total) 
nazorati o'rnatiladi, konstitusiyaviy huquq va erkinliklar tugatiladi, bir shaxs, ijtimoiy guruhning 
(mas.,  harbiylarning  yoki  bir  partiyaning)  yakkahokimligigaso'zsiz  bo'ysuniladi,  muholafat  va 
o'zgacha fikrlovchilar  qatag'on  qilinadi  (mas.,  20-asrning  20-yillari  oxiridan  boshlab  fashistlar 
Italiyasidagi, nasistlar Germaniyasidagi Totalitarizmning turli shakllari, SSSRdagi kommunistik 
rejim,  Ispaniyadagi  frankizm  va  b.);  2)  etatizm,  avtoritarizmni  oqlovchi  siyosiy  tafakkur 
yo'nalishi. 20-asrning 20-yillaridan Totalitarizm  Germaniya va Italiyadagi fashistlarning rasmiy 
mafkurasiga aylangan.Liberal va totalitar mafkuralar o‘zaro ziddiyatlidir.  

Demokratiya (yun. demos — xalq va kratos - hokimiyat) — fuqarolar erkinligi va tengligi 
qonunlarda  mustahkamlangan,  xalq  hokimiyatchiligining  vosita  va  shakllari  amalda  o'rnatilgan 
va  yuzaga  chiqarilgan  siyosiy  tuzum.  Demokratiya  davlat  bilann  inson  munosabatlarini 
belgilaydi.  Demokratiyaning  asosiy  talablari:  ko'pchilik  hokimiyati,  fuqarolar  teng  huquqligi, 
ular  huquq  va  erkinliklari  himoyalanganligi,  konstitusiya  va  qonunlarning  ustuvorligi, 
hokimiyatning  bo'linishi,  davlat boshlig'i  va  vakolatli  organlarning  saylab  qo'yilishi. 
Demokratiyaning  bevosita  demokratiya  (asosiy  qarorlar  yig'ilishlarda  bevosita  barcha  fuqarolar 
tomonidan  yoki  referendumlar  yo'li  bilan  qabul  qilinadi)  va  vakillik  demokratiyasi  (qarorlar 
saylab  qo'yiladigan  organlar  tomonidan  qabul  qilinadi)  shakllari  bor.  Demokratiyada  asosiy 
e‘tibor  inson  manfaatlariga  qaratilganligi  bois  unga  asoslangan  mafkura  ustivor  ahamiyat  kasb 
etadi. 
 
3. Milliy g‟oya tushunchasi, uning tuzilishi va namoyon bo‟lish xususiyatlari. 
 Insoniyat  taraqqiyoti  biron-bir  jamiyatning  ezgu  g'oyalar  va  mafkurasiz  rivojlana 
olmasligini  tasdiqlab  kelmoqda.  Milliy  g'oya  har  bir  jamiyat  ijtimoiy-siyosiy  taraqqiyotini 
ta'minlovchi  milliy  omil  sifatida  namoyon  bo'ladi.  Ajdodlarimiz  jamiyatning  barcha 
bosqichlarida  jamiyat  a'zolari  tafakkuriga  ezgulikka  va  bunyodkorlikka  chorlovchi  g'oyalarni 
singdirib  kelganlar. Masalan, zardushtiylik dinining  «Avesto»  kitobidagi  g'oyaviy konsepsiya  – 
«Ezgu fikr, ezgu so'z va ezgu amal» tamoyili buning yorqin dalilidir. Milliy g'oya o'z mohiyatiga 
ko'ra, xalq, millat taqdiriga daxldor, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak bo'lgan vazifalar 
va  mo'ljallarni  ham  aks  ettiradi.  O'z  davrida  (1941-1945  yillarda)  fashistlar  bosib  olgan 
Fransiyada ―qarshilik ko'rsatish‖ g'oyasining milliy g'oya darajasiga ko'tarilgani va bu mamlakat 
ozod  etilishi  bilan  o'z  ahamiyatini  yo'qotgani  fikrimizga  dalil  bo'la  oladi.  Muayyan  g'oyaning 
milliy  g'oya  sifatida  maydonga  chiqishi  millatning  mavjud  holati  bilan  bevosita  bog'liqdir. 
Chunki, ana shu negizga tayangan holdagina u millatning qisqa yoki uzoq vaqtda erishishi lozim 
bo'lgan  maqsad-muddaolari  va  mo'ljallarini  to'g'ri  ifodalay  olishi  mumkin.  Har  bir  xalq  o'z 
tarixining burilish nuqtalarida, avvalo mafkura masalasini, uning o'zagini tashkil etadigan, o'ziga 
xos  birlashtiruvchi  yadro  vazifasini  o'taydigan  ijtimoiy  g'oyani  shakllantirish  muammosini  hal 
qiladi.  Mamlakatimiz  uchun  milliy  g'oya  haqidagi  masalaning  bugungi  amaliy  ahamiyati 
shundaki,  biz  yangi  jamiyat  qurish  davrini  boshdan  kechirmoqdamiz.  Aynan  shunday  paytda 
aholining  turli  qatlamlari  manfaatlarini  himoya  qiluvchi  xilma-xil  qarashlar  shakllanishi 
mumkin.  Bunday  sharoitda  millat  va  jamiyatning  parokanda  bo'lib  ketishiga  aslo  yo'l  qo'yib 
bo'lmaydi. Aks holda siyosiy, huquqiy, iqtisodiy islohotlar o'z ahamiyatini yo'qotadi, mustaqillik 
yo'lida g'ovlar paydo bo'ladi. Ba'zi sobiq ittifoq davlatlarida jamiyatning bir-biriga qarama-qarshi 
turuvchi  kuchlarga  bo'linib  ketgani  yoki  ayrim  qo'shni  mamlakatlarda  mahalliychilik  zaminida 
jamiyatni  bo'lib  yuborishga  urinishlar  bo'layotgani  ham  ana  shuning  oqibatidir.  Birinchi 
Prezident I.A. Karimov ta'kidlaganidek: «Oldimizga qo'ygan olijanob maqsad-muddaolarimizga 
yetish,  eski  mafkuraviy  asoratlardan  batamom  xalos  bo'lish,  g'oyaviy  bo'shliq  paydo  bo'lishiga 
yo'l qo'ymaslik, begona va yot g'oyalar xurujidan himoyalanish, bunday tajovuzlarga qarshi tura 
oladigan har tomonlama barkamol insonlarni voyaga yetkazish zarurati xalqimiz va jamiyatimiz 
manfaatlariga  mos  yangi  mafkurani  shakllantirishni  taqozo  etmoqda».  Mamlakatimizda  erkin, 
huquqiy-demokratik,  fuqarolik  jamiyati  asoslarini  mustahkamlash,  Milliy  g'oyani  jamiyatimiz 
a'zolari  ongiga  singdirishda  madaniy-ma'rifiy  muassasalarning  o'rni  beqiyosdir.  Ushbu 
tashkilotlar  orqali  milliy  g'oyada  ustuvor  yo'nalishlari  sifatida  belgilab  berilgan  qadriyatlar 
targ'ibotiga  e'tibor  qaratish,  ushbu  jihat  xalqimizning  milliy  o'zligini  anglab,  mustaqillikni 
mustahkamlash ishiga kamarbasta bo'lishini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, 
g'oya,  ya'ni  maqsad  ko'p  hollarda  amaliyotdan  ilgari  yuradi.  Avval  muayyan  g'oya  jamiyat 
a'zolarining umumiy maqsadi sifatida ilgari surilib, so'ng ushbu maqsadni bajarish uchun amaliy 
faoliyat  boshlanadi.  Shu  jihatdan  ham  milliy  g'oya  o'zligimizni  anglab  ijtimoiy  taraqqiyot  va 
barqarorlikni  ta'minlashimiz  yo'lida  muhim  omil  bo'lib  xizmat  qiladiki,  ushbu  ishlarni  amalga 
oshirishda  ma'naviyat  sohasi  xodimlarining  faoliyati  muhim  o'rin  tutadi.  ―Yuksak  ma'naviyat  – 
yengilmas kuch‖ asarida ta'kidlangan quyidagi  fikr mazkur  yo'nalishdagi  faoliyat  uchun asosiy 

mezondir: ―Endilikda oldimizda turgan eng muhim vazifa — ana shu yuksak tushunchalar bilan 
birga  milliy  g'oyamizning  uzviy  tarkibiy  qismlarini  tashkil  qiladigan  komil  inson,  ijtimoiy 
hamkorlik,  millatlararo  totuvlik,  dinlararo  bag'rikenglik  kabi  tamoyillarning  ma'no-mohiyatini 
bugungi  kunda  mamlakatimizda  olib  borilayotgan  ma'naviy-ma'rifiy,  ta'lim-tarbiya  ishlarining 
markaziga  qo'yish,  ularni  yangi  bosqichga  ko'tarish,  yosh  avlodimizni  har  tomonlama  mustaqil 
fikrlaydigan yetuk dunyoqarash egalari qilib tarbiyalashdan iborat‖. 
Shunday  qilib,  milliy  g‘oya  xalqning  tub  manfaatlarini  ifoda  etadigan,  uni  o‘z  oldiga 
qo‘ygan maqsadlari sari birlashtiradigan va safarbar etadigan g‘oyadir.  
Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish