„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


Mafkuraviy  faoliyatda  milliy  g„oyani  aholi  ongiga  singdirish



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/23
Sana16.01.2020
Hajmi1,85 Mb.
#34834
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
Миллий ғоя МАЪРУЗА 2019-20120


Mafkuraviy  faoliyatda  milliy  g„oyani  aholi  ongiga  singdirish.  Milliy  g‗oyaning  xalq 
ishonchi va e‘tiqodiga aylanishini ularning      ijtimoiy faoliyat   yo‗nalishlariga   mos ravishda 
turkumlashtirish mumkin. Ya‘ni: birinchidan  milliy  g‗oyaning ishonch  va e‘tiqodga aylanishi, 
oilaviy  munosabat  madaniyatida  namoyon  bo‗ladi.  Xususan  o‗zbek  xalqining  oilaviy 
munosabatlari  nisbatan  barqarorligi,  bolajonligi,  kattalarga  hurmat,  kichiklarga  izzat,  umuman 
mehr-muruvvatning  ko‗rsatish  xususiyatlari  bilan  bog‗liqdir.  Bu  sifatlarning  ko‗proq  oilada 
namoyon  bo‗lishi  -  millatning  mentalitetini,  tarixiy  an‘analarga  sodiqligini  ko‗rsatuvchi 
mezonlardir. 
Mahalla  milliy  ijtimoiy  fenomen  sifatida  milliy  va  umuminsoniy  g‗oyalarning  xalq 
ishonchi  e‘tiqodiga  aylanishida  muhim  institutlardan  biri  hisoblanadi.  Negaki,  insonlarning 
yashash  muhiti  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy,  ma‘naviy  muhiti  barqarorligi  milliy  g‗oyani  xalq 
ishonch  e‘tiqodiga  aylantirishda  muhim  ahamiyatga  egaligi  bilan  alohida  boshqa  ijtimoiy 
institutlardan ajralib turadi. Mahalla birinchi Prezidentimiz iborasi bilan aytganda «demokratiya 
darsxona»si  funksiyasi  sifatida  milliy  g‗oyani  xalq  ishonchi  e‘tiqodiga  aylantirishda,  bir 
tomondan,  imkoniyat,  vosita  rolini  bajarsa,  ikkinchi  tomondan,  milliy  istiqlol  g‗oyasining  xalq 
e‘tiqodiga,  ishonchiga  aylanish  darajasini  ko‗rsatuvchi  dastlabki  ijtimoiy  makon  hisoblanadi. 
Ana  shu  makonni  vujudga  keltirishda  –  «…uni  shakllantirish  uchun  har  qaysi  millatning  eng 
ilg‗or  vakillari,  kerak  bo‗lsa,  mutafakkirlarni,  xalq  va  Vatan  ravnaqi  uchun  hayotini 
bag‗ishlaydigan fidoyi ziyolilari mehnat qilishi lozim»
1

Milliy istiqlol g‗oyasining xalq ishonchi, e‘tiqodiga aylanishida mehnat jamoalari, ta‘lim-
tarbiya  tizimi  o‗ziga  xos  faoliyat  mezoni  ekanligini  qayd  qilish  lozim.  Zero,  mehnat  jamoalari 
yoki  ta‘lim  tarbiya  muassasalari  kishilarining  muayyan  faoliyatlari,  ehtiyojlari,  manfaatlari 
umumiyligi  asosida  tashkil  topganligidan  ma‘lum  g‗oyaga  nisbatan  munosabatini 
muvofiqlashtirish imkoniyati katta. Shu bilan birgalikda bu omillar ularni uyushtirish va safarbar 
qilish  imkoniyatini  kengaytiradi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  milliy  g‗oyani  xalq  ishonchi  va 
e‘tiqodiga  aylantirishning  tashkillashtirish  funksiyalariga  katta  imkoniyat  tug‗diradi.  Shu  bilan 
birgalikda,  ularning  barchasi  uchun  xos  bo‗lgan  umumiy  qonuniyatlar,  talablar  ham  mavjud. 
Ya‘ni:  
-  Jamiyat  ma‘naviy-madaniyatini  rivojlantirishning  ustuvor  maqsadlarini,  vazifalarini 
amalga oshirib, uning istiqbollarini, shaxs barkamolligini ta‘minlaydigan milliy va umuminsoniy 
manfaatlar birligi;  
-  Insonlarning  millatidan,  irqidan,  diniy  e‘tiqodidan,  iqtisodiy  ahvolidan,  siyosiy 
partiyalarga  mansubligidan,  madaniy  saviyasi  darajasidan  qat‘iy  nazar,  huquqi  va  ijtimoiy 
faoliyat erkinliklarining ustuvorligi;  
-  Umuminsoniyat  sivilizatsiyasining  ahloqiy,  huquqiy,  siyosiy,  ma‘naviy    qadriyatlar  va 
tarixiy meroslariga tayanishi hamda milliy an‘analarini rivojlantirishi;  
- Millat  tarixiy taraqqiyot  qonuniyatlariga, mentalitet  xususiyatlariga mos  tarzda madaniy 
sohani erkinlashtirish imkoniyatlari va sharoitlarining o‗zgarishi;  
                                                 
1
 Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. T.8. -T.: «O‗zbekiston», 2000. 
501-b. 

-  Mavjud  tuzumning  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy,  madaniy  munosabatlarida  keskin 
ziddiyatga bormaslik, g‗oyaviy-mafkuraviy murosa xususiyatlari;  
-  g‗oyaviy-mafkuraviy  munosabatlarni  erkinlashtirish  -  jamiyat  ma‘naviy-madaniy 
hayotining  dinamik  o‗zgarishlarini  demokratik  tamoyillarga,  umuminsoniy  axloqiy  normalarga 
muvofiqlashtirib, bosqichma-bosqich amalga oshiradigan siyosiy kuch va imkoniyatlarni topish  
jarayonlariga ham xosdir.  
Bozor  iqtisodiyoti  munosabatlariga  asoslangan  jamiyatda    g‗oyaviy-mafkuraviy 
munosabatlarni  erkinlashtirishning  muhim  demokratik  tamoyillaridan  biri  fikrlar  va  mafkuralar 
xilma-xilligini  ta‘minlashdir.  Zero,  demokratik  jamiyat  fikr,  so‗z,  matbuot,  e‘tiqod  sohalarida 
amaliy  faoliyat  erkinligi  uchun  shart-sharoit  hamda  imkoniyat  yaratadi.  Shu  nuqtai  nazardan, 
ma‘naviy-madaniy  sohani  erkinlashtirishning  demokratik  tamoyillari:  bir  tomondan,  inson 
huquqlari  va  erkinliklari  ustuvorligini  e‘tirof  etishi;  ikkinchi  tomondan,  millatning  tarixiy 
shakllangan  ma‘naviy-ahloqiy  meyorlari  va  qadriyatlariga  asoslanishi,  milliy  g‗oyani  xalq 
ishonchi va e‘tiqodiga aylantirishi bilan umuminsoniy mohiyatini namoyon qiladi. 
Jamiyat  rivojlanishi  bilan  barcha  sohalarni  mutanosib  erkinlashtirishning  ijtimoiy  makon 
hamda  tarixiy  zamondagi  xususiyatlari    o‗zgarib,    ularning  maqsadlarida  va  vazifalarida  ichki 
birlik  vujudga  kelayotir.  Xususan,  respublikamizda  bozor  iqtisodiyoti  munosabatlariga 
o‗tishning hozirgi bosqichida, ijtimoiy-siyosiy sohani erkinlashtirish mazmunidagi o‗zgarishlar - 
g‗oyaviy-mafkuraviy  munosabatlarga  umuminsoniy  demokratik  tamoyillar  va  andozalarni 
kengroq  qo‗llash  bilan  xarakterlanadi.  Bu  jarayonning  samaradorligi,  davlat  tizimidagi 
«qonunchilik, ijro va sud tarmoqlarining o‗zaro muvozanati va mutanosibligini, shu bilan birga, 
ularning mustaqilligini ta‘minlash, har qaysi tarmoq o‗z vazifa va burchini bajarish uchun amaliy 
mexanizmlarni hayotda tashkil qilib berish»
1
 bilan bog‗liq.  
Hozirgi davrda ma‘naviy-madaniy sohani erkinlashtirishning g‗oyaviy-mafkuraviy asoslari 
va  tamoyillari,  uning  an‘anaviy  shakllangan  tarixiy  qadriyatlaridan  kelib  chiqqan  bo‗lib, 
demokratik  huquqiy  davlatning  tub  siyosiy  maqsadlarini  ifodalaydi.  Ya‘ni,  shaxs  va  jamiyat 
erkinliklarini  kengaytirish;  davlatning  markaziy  va  yuqori  boshqaruv  organlari  vaqolatlarini 
bosqichma-bosqich  quyi  tizimlarga,  mahalliy  o‗zini  o‗zi  boshqarish  tuzilmalariga  o‗tkazish; 
nodavlat,  jamoat  tashkilotlari  –  fuqarolik  institutlarining  g‗oyaviy-mafkuraviy  munosabatlarni 
boshqaruvchilik rolini oshirishdan iborat.  
Jamiyat ma‘naviy-madaniy taraqqiyotini tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilishning 
demokratik  xususiyatlari,  milliy  g‗oya  va  jamiyat  mafkurasini  xalq  ishonchi,  e‘tiqodiga 
aylantirish  davlat  siyosiy  funksiyalarini  qanday  usullar,  vositalar  bilan  amalga  oshirishiga  
bog‗liq  bo‗ladi.  Shu  nuqtai  nazardan,  «davlatning  kuch  qudrati  –  avvalo,  demokratik 
institutlarning mustaqil faoliyat ko‗rsatishi uchun shart-sharoit yaratish, fuqarolar va jamiyatning 
barcha  siyosiy,  ijtimoiy  salohiyatini  ro‗yobga  chiqarish,  tadbirkorlik  va  iqtisodiy  tashabbuslar 
erkinligi uchun imkoniyatlarni tashkil etib berish qobiliyati bilan o‗lchanadi»
2
. Zero, jamiyatning 
g‗oyaviy-mafkuraviy  munosabatlarini  qayta  qurishda  davlatning  bosh  islohotchilik  roli  aynan 
shu vazifalarni qanday uddalashi bilan belgilanadi.  
O‗zbekistonda  milliy  g‗oyani  xalq  ishonchi  va  e‘tiqodiga  aylantirishning  asoslarini 
yaratishda, davlatning bosh islohotchilik roli quyidagi xususiyatlarida namoyon bo‗lmoqda:  
-  Ma‘naviy-madaniy  hayotni,  g‗oyaviy-mafkuraviy  munosabatlarni  tashkillashtirish, 
boshqarish,  va  nazorat  qilishning  siyosiy  instito‗tlari  tizimini,  mukammal  mexanizmlarini, 
vositalarini vujudga keltirib, uzluksiz takomillashtirmoqda; 
-  Demokratik  konstitutsionalizmga  asoslangan  amaldagi  qonuniy-huquqiy  asoslarining 
umuman ma‘naviy-madaniy hayotni, xususan milliy g‗oyani rivojlanlashtirish manfaatlariga mos 
kelishi,  islohotchilik  roli  samaradorligini  belgilaydigan  mezon  mezonlardan  biri  bo‗lib 
hisoblanadi; 
                                                 
1
 Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoº kerak. T.10. –T.: «¡zbekiston», 2002, 322-b. 
2
  Karimov  I.A.  Ozod  va  obod  Vatan,  erkin  va  farovon  hayot-pirovard  mag‗oyasadimiz.  –T.:  «O‗zbekiston»  2000, 
13-b. 

 -  Davlatning  xalqaro  ma‘naviy-madaniy,    g‗oyaviy-mafkuraviy  munosabatlarni 
erkinlashtirish  siyosati  milliy  manfaatlarga  va  umuminsoniy  demokratik  tamoyillarga, 
tendensiyalarga mos kelmoqda; 
 -  g‗oyaviy-mafkuraviy  munosabatlarni  erkinlashtirish  milliy  davlatchilikning  mavjudligi 
va  demokratik  rivojlanishini  ta‘minlaydigan  omilligi  anglanib,  siyosiy  faoliyatga  asos 
bo‗lmoqda.  Lekin,  shuni  ham  alohida  ta‘kidlash  kerakki,  ma‘naviy-madaniy  sohani,  g‗oyaviy-
mafkuraviy  munosabatlarni  erkinlashtirish  jarayoniga  keng  xalq  ommasini  jalb  qilish,  uning 
intellektual  salohiyatini,  siyosiy  ongi  va  faolligini  oshirish  bilan,  davlat  funksiyalari  ustidan 
nazorat  qilishni  kuchaytirish  mumkinligini,  xalqaro  miqyosda  erishilgan  amaliy  tajribalar 
ko‗rsatib  bermoqda.  Chunki,  «har  qanday  davlat  tizimi,  uning  apparati  va  ma‘muriy  organlari 
demokratik  andozalarga  qanchalik  javob  bermasin  -  baribir  o‗z  kuchini,  qolaversa  o‗z 
zo‗ravonligini o‗tkazishga  harakat qiladigan tizim bo‗lib qolaveradi»
1
.  
Xulosa  qilib  aytganda,  umuman  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlar  tizimiga,  xususan 
g‗oyaviy-mafkuraviy  sohaga  davlat  aralashuvini  cheklashda  demokratik  tamoyillarning  qaror 
topishi: 

jamiyatning  g‗oyaviy-mafkuraviy  ziddiyatlarini 
keskinlashtiruvchi 
inqilobiy 
o‗zgarishlardan, siyosiy qarashlardagi radikalizmdan voz kechish va umuminsoniyat manfaatlari 
ustuvorligini e‘tirof qilish orqali; 
-  g‗oyaviy-mafkuraviy  munosabatlarni  demokratiyalashtirish,  bu  sohada  inson  huquq  va 
erkinliklari  hamda  qonun  ustuvorligi  tamoyiliga  amal  qilishni  ta‘minlash,  xalqaro  insonparvar 
huquq meyorlariga qat‘iy rioya etish tufayli; 

millatlararo  ma‘naviy-madaniy  g‗oyaviy-mafkuraviy  munosabatlar  erkinligi, 
madaniyatlararo tolerantlik, jamiyat mafkurasi taraqqiyoti uchun har bir shaxs, ijtimoiy guruhlar 
va millatlarning mas‘uliyat va imkoniyatlari tengligini ta‘minlash natijasida
-g‗oyaviy-mafkuraviy  munosabatlarni  boshqarishni  erkinlashtirishga  doir  muqobil 
g‗oyalarning  mavqelarini  e‘tirof  etish  va  hurmat  qilish,  xalqaro  munosabatlarda  siyosiy 
plyuralizm,  milliylik  va  umuminsoniylik  uyg‗unligi  tamoyillariga  amal  qilishda  namoyon 
bo‗ladi. 
O‗zbekistonda  bozor  munosabatlariga  o‗tish  davrida  bu  vazifalarning  izchil  amalga 
oshirilishi  tarixiy  taraqqiyotning  taqozosi  bo‗lib,  ijtimoiy  hayotning  barcha  sohalaridagi 
islohotlar  samarasini  va  jamiyatni  erkinlashtirishning  mazmunini  belgilaydi.  Zero,  insonning, 
jamiyatning  ma‘naviy  erkinligi,  ishonch  va  e‘tiqod  erkinligi  milliy  istiqlol  g‗oyasi  uning 
demokratik tamoyillarga asoslanganligini ko‗rsatuvchi mezondir. 
Yurt  tinchligi,  Vatan  ravnaqi,  xalq  farovonligi  g„oyalarining  namoyon  bo„lishi.  Har 
qanday tarixiy davrda, har bir mamlakatda: yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq faravonligi g‗oyasi 
jamiyatning  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy,  ma‘naviy  rivojlanish  darajasini  belgilashda 
mushtaraklashgan  universal  mezon  hisoblanib,  millat,  elat  va  xalqlarning  tarixiy  shakllangan 
mentalitetiga, manfaatlariga  mos keladi. Shu nuqtai nazardan, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq 
faravonligi g‗oyasi bilan bevosita bog‗liq va uning mazmunini ifodalaydigan ijtimoiy, iqtisodiy, 
siyosiy,  ma‘naviy-madaniy  hodisalar  rivojlanishining  obyektiv  shart-sharoitlarini,  subyektiv 
omillarini,  chuqur  o‗rganish  hamda  nazariy-konseptual  asoslarini  ishlab  chiqish  g‗oyat  dolzarb 
ilmiy muammodir. 
O‗zbekiston  xalqining  milliy  g‗oyasi  va  mustaqillik  falsafasining  asoschisi  Birinchi 
Prezidentimiz  Islom  Karimovdir.  Xususan,  ilmiy-konsetstual  jihatdan  mamlakatimiz  milliy 
taraqqiyot  yo‗lini,  ozod  va  obod  yurt  tinchligining  istiqbollari  strategiyasi  hamda  taktikasini 
asoslab berish, mustaqillik yillarida qo‗lga kiritilgan katta muvaffaqiyatlarning amaliy tajribalari 
bevosita  Birinchi  Prezidentimiz  Islom  Karimov  nomi  bilan  bog‗liq  bo‗lib,  Vatan  va  millat 
oldidagi buyuk xizmatlaridir.  
Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g‗oyasi mamlakatimizning har bir fuqarosi 
taqdirida  o‗z  ifodasini  topmoqda.  Kelajak  avlodlarga  ozod  va  obod  Vatan  qoldirish  masuliyati 
                                                 
1
 Karimov. I.A. Yangilanish  va o‗zgarishlar  jarayoni ortga qaytmaydi. Ikkinchi chaqiriq O‗zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining sakkizinchi sessiyasidagi ma‘ruzasi. Ishonch. 2002 yil 5 aprel.. 

esa,  hammaga  birdek  majburiyat  yuklaydi.  Uni  anglash  esa,  inson  barkamolligining  muhim 
mezonidir.  Zero,  bu  g‗oya  «har  bir  yurtdoshimizni  o‗zining  ma‘naviy  kamoloti  uchun  yuksak 
mas‘uliyatini his etishga, o‗z manfaatlarini shu yurt, shu xalq manfaatlari bilan uyg‗unlashtirib 
yashashga da‘vat etadi».
42
 
Insoniyat  tarixining har  qanday bosqichida, har  bir sof vijdonli kishi o‗z vatani ravnaqini 
oliy  maqsad  deb  bilgan  va  o‗zicha  tasavvur  qilgan.  Masalan,  jazirama  sahroda  yashovchi 
ko‗chmanchi  badaviy,  abadiy  muzliklar  bilan  qoplangan  yurtlardagi  evenklar,  inson  o‗tib 
bo‗lmaydigan  tuqaylarda  yashayotgan  aborigenlar  va  boshqa  xalqlar  uchun  ajdodlari  o‗tgan 
hamda o‗zlari yashayotgan tabiiy muhit, ijtimoiy makon Vatan hisoblanadi. Uning ravnaqini o‗z 
o‗tovi,  chaylasi,  yerto‗lasida  yashayotgan  oilasi,  qondosh  urug‗lari,  xalqi  hayot  tarzi,  e‘tiqodi, 
orzu-umidlari  timsolida  tasavvur  qiladi.  Bu  tasavvurlardagi  umumiylik  ma‘naviyatdagi 
umuminsoniylikning  namoyon  bo‗lishidir.  Biroq,  o‗z  vatani  ravnaqini  mutlaqlashtirib,  boshqa 
mamlakatlar  manfaatlariga  qarama-qarshi  qo‗yish,  hech  qachon  tom  ma‘nodagi  yurt  tinchligi, 
Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g‗oyasining mazmunini ifodalamaydi. Agar biz, ularni oliy baxt 
deb  hisoblaydigan  bo‗lsak,  buyuk  faylasuflardan  biri  aytganidek,  «birovlarning  ko‗z  yoshlari 
evaziga erishilgan baxt - eng buyuk baxtsizlikdir».  
Umumlashtirib  aytadigan  bo‗lsak,  erkin  bozor  munosabatlari  shakllanayotgan  hozirgi 
sharoitda,  jamiyatning  umuminsoniy  demokratik  tamoyillarga  asosan  ijtimoiy  tabaqalanishi 
jarayonida,  nafaqat  iqtisodiy  nuqtai  nazardan,  balki  ma‘naviy-ma‘rifiy,  psixologik-ruhiy 
jihatlardan  ham  qatlamlashish  hodisasi  sodir  bo‗lmoqda.  Har  bir  ijtimoiy  guruhning  siyosiy 
qiyofasi,  eng  avvalo  uning  mafkurasida  namoyon  bo‗ladi.  Chunki,  mafkura  -  yagona  Vatan 
hududida yashayotgan millatga, xalqqa mansub bo‘lgan  ijtimoiy guruhlar g‘oyasi va falsafiy 
dunyoqarashlari,  orzu-istaklarining  siyosiy  jihatdan  manfaatlashgan  hamda  ularni  amalga 
oshirish  usullari  va  vositalarining  mushtaraklashgan  shaklidir.  Shuning  uchun  ham 
jamiyatning  turli  ijtimoiy  tabaqalarga  ajralishi  murakkab  mafkuraviy  tizimni  vujudga  keltirishi 
bilan  birgalikda,  ular  tarixiy  zaruriyatga  ko‗ra,  har  bir  millat,  elat,  ijtimoiy  qatlamning  yurti 
tinchligi,  Vatani  ravnaqi,  xalqi  farovonligi  g‗oyasi  doirasida  tutashadi  va  mamlakatimizda 
yashayotgan barcha fuqarolar hamda ijtimoiy tabaqalar uchun umummilliy g‗oya sifatida e‘tirof 
etiladi.  
Jamiyatning  ma‘naviy-mafkuraviy  rivojlanish  xususiyatlari  va  darajasi  yurt  tinchligi, 
Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g‗oyasida namoyon bo‗lib, mamlakat ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy 
barqaror taraqqiyotining zaruriy sharti hamda kafolatidir.  
Bu  vazifani  bajarish  mamlakatimizda  ma‘naviy-mafkuraviy  sohani  rivojlantirishning 
muhim omili bo‗lgan milliy ta‘lim-tarbiya tizimini isloh qilishning tarixiy zaruriyatini va amaliy 
yo‗nalishlarini  belgilab  berdi.  Shunga  ko‗ra,  mamlakatimiz  aholisining  yurt  tinchligi,  Vatan 
ravnaqi, xalq farovonligi yo‗lida ijtimoiy-siyosiy mas‘uliyatini va faolligini oshirish maqsadida 
yuksak  ma‘naviyatli  va  ma‘rifatli,  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlarni  chuqur  egallagan, 
demokratik tamoyillar va fuqarolik jamiyati asoslarini har tomonlama o‗zlashtirgan, shaxsiy va 
umummilliy  manfaatlarni  o‗zaro  uyg‗unlashtiradigan  erkin  shaxs  va  komil  inson  tarbiyasidagi 
ma‘naviy-ma‘rifiy  islohotlarni  davlat  ijtimoiy  siyosatining  ustuvor  yo‗nalishi,  deb  belgilanishi 
tasodifiy emas.  
 
Adabiyotlar 
1.  Mirziyoyev  Sh.M.  Milliy  taraqqiyot  yo‘limizni  qat‘iyat  bilan  davom  ettirib,  yangi 
bosqichga k‘otaramiz. 1-jild,  - Toshkent –―O‗zbekiston‖ NMIU, 2017. -592 b. 
2.  Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan oliy baho. 2-jild,  
- Toshkent –―O‗zbekiston‖ NMIU, 2018. 
3.  Karimov  I.A.  Xavfsizlik  va  tinchlik  uchun  kurashmoq  kerak.  T.10.  –T.: «O‗zbekiston», 
2002. 
                                                 
42
 Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuacha va tamoyillar. — T.: O‗zbekiston, 2001. –B. 51-52. 

4.  Karimov.  I.A.  Yangilanish  va  o‗zgarishlar  jarayoni  ortga  qaytmaydi.  Ikkinchi  chaqiriq 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sakkizinchi sessiyasidagi ma‘ruzasi. Ishonch. 
2002 yil 5 aprel.. 
5.  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  ―Milliy  g‗oya  targ‗iboti  va  ma‘naviy-ma‘rifiy 
ishlar samaradorligini oshirish to‗g‗risida‖gi Qarori.-«Xalq so‗zi». 2006 yil, 26 avgust.  
6.  G‗oyalar falsafasi. Mas‘ul muharrir Q.Nazarov. T., ―Akademiya‖, 2011. 
7.  Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. — T.: O‗zbekiston, 2001.  
 
7- Мa‟ruza.  Globallashuv jarayonida mafkuraviy immunitetni shaklantirish vazifalari 
Reja: 
1.  Hozirgi davrda dunyoning mafkuraviy manzarasi. 
2.  Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash usullari va vositalari.  
3.  ―Ommaviy madaniyat‖ning oqibatlariga nisbatan immunitetni shakllantirishning zaruriyati. 
4.  ―Mafkuraviy poligon‖ tushunchasi, uning namoyon bo‗lish xususiyatlari. 
5.  Mafkuraviy profilaktikaning ijtimoiy siyosiy zaruriyati. Mafkuraviy immunitetni 
shakllantirish omillari. 
Tayanch so‘zlar 
  Hozirgi  davrda  dunyoning  mafkuraviy  manzarasi.  Mafkuraviy  munosabatlarning  
texnologik va intellektual asoslari. Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash usullari va vositalari.  
“Mafkuraviy  poligon”  tushunchasi,  uning  namoyon  bo„lish  xususiyatlari.  Mafkuraviy 
poligonlarning  zahirasi,  ta‟sir  ko„rsatish  usullari  va  vositalari.  Mafkuraviy  poligon  va 
mafkuraviy  profilaktikaning  ijtimoiy  siyosiy  zaruriyati.    Mafkuraviy  jarayonlarning  millat 
mentalitetiga, siyosiy ongiga, diniy e‟tiqodiga, ijtimoiy ruhiyatiga ma‟naviy-madaniy saviyasiga 
ta‟siri. 
  
1.Hozirgi davrda dunyoning mafkuraviy manzarasi. Dunyoning mafkuraviy manzarasi 
deganda,  odamlarning ongi va qalbini egallash uchun olib borilayotgan kurash qayerda, qanday 
kechayotgani,    bu  yо‗lda  qaysi  joyda  qanday  usul  va  vositalar  qо‗llanilayotganini,  qaysi 
hududning  qanday g‗oya va mafkuraviy poligon ta‘sirida ekanligi tushuniladi.  
  Bugungi  dunyoning    mafkuraviy  manzarasida    inson  qalbi  va  ongiga  ta‘sir  о‗tkazuvchi 
turli  xil  vositalar  bilan  kurash  olib  boruvchi  mafkuraviy  poligonlar  faoliyati  tobora  yaqqolroq 
kо‗zga  tashlanmoqda.    Bunday  mafkuraviy    poligonlar  jangovor  qurollar  bilan  emas,  balki,  
avvalo,  inson  qalbi  va  ongiga    ta‘sir  о‗tkazuvchi  g‗oyaviy  qurollar  bilan  kurashish  jarayoni 
kuchayib ketishi natijasida paydo bо‗lmoqda.  
  XXI  asrning  barqarorligiga  xavf  solayotgan,  XX    asrdan  keraksiz  meros  bо‗lib  qolgan 
muammolardan biri – eng murakkabi va serqirralisi bu mafkuraviy kurashdir. 
  Ma‘lumki,  har  qanday  kurashdan,  u  qanday  bо‗lmasin,    ma‘lum  bir  mafkura  kо‗zda 
tutiladi.    Mafkuraviy  kurashdan  kо‗zlangan    asosiy  maqsad  –  insonlarning    avvalambor, 
yoshlarning  qalbini  va ongini egallash,  zabt  etish,  muayyan mamlakat  yoki  mintaqadagi  biror 
millatning milliy tuyg‗ulariga ta‘sir  о‗tkazish, uni  о‗z dunyoqarashiga tortish va tobe qilishdir.  
Fikr  qaramligi,    tafakkur  qulligi  esa  har  qanday  iqtisodiy  yoki  siyosiy    qaramlikdan  ham 
dahshatliroqdir.  
  Axborot  asri,  elektronika  asri  deb  atalgan  XX  asrning  nihoyasida    mafkuraviy  ta‘sirlar 
nihoyatda  kuchayib  ketdi.  Shuningdek,  globallashuv  jarayonlari,  axborot  oqimining  tezlashuvi 
ham bir talay muammolarni yuzaga keltirmoqda.  
  Dunyo miqyosida kishilarni doimo ogoh bо‗lishga undashning ahamiyatli jihati shundaki, 
agar  harbiy,  iqtisodiy,    siyosiy  tazyiq  bо‗lsa,  buni  kо‗rish,  sezish,  oldini  olish  mumkin,  ammo 
mafkuraviy  tazyiqni  tezda  ilg‗ab  olish  qiyin.  Turli  mintaqaviy,  diniy-etnik,  tajovuzkor 
millatchilik  va  shovinistik  asosdagi  mojarolar,  ekologik  falokatlar,  ma‘naviy  tanazzul, 
giyohvandlik,  terrorchilik    kabi    chegara  bilmas  muammolarning  yuzaga  kelishining  asosiy 
sabablari ham  mafkuraviy ta‘sirlarni tezlikda ilg‗ab olish mumkin emasligidadir. 

  Birinchi  Prezidentimiz    aytganidek,    «bugungi  kunda  odamzot  ma‘lum  bir  davlatlar  va 
siyosiy  kuchlarning  manfaatlarigagina  xizmat  qiladigan,  olis-yaqin  manbalardan  tarqaladigan, 
turli  ma‘no  mazmundagi  mafkuraviy  kuchlarning  ta‘sirini  doimo  sezib  yashamoqda».  XXI  asr 
boshlariga  kelib  dunyo  mamlakatlari  o`rtasidagi  o`zaro  ta`sir  shu  qadar  kuchayib  ketdiki,  bu 
jarayondan  to`la  chegaralanib  olgan  birorta  ham  davlat  yo`q,  deb  to`la  ishonch  bilan  aytish 
mumkin.  Hattoki,  xalqaro  tashkilotlardan  uzoqroq  turishga  intilayotgan,  ularga  a`zo  bo`lishni 
istamayotgan  mamlakatlar  ham  bu  jarayondan  mutlaqo  chetda  emas.  Globallashuv  shunday 
jarayonki,  undan  chetda  turaman,  degan  mamlakatlar  uning  ta`siriga  ko`proq  uchrab  qolishi 
mumkin. Bunday g`ayri ixtiyoriy ta`sir esa ko`pincha salbiy bo`ladi. 
Globallashuvning  turli  mamlakatlarga  o`tkazayotgan  ta`siri  ham  turlicha.  Bu  hol  dunyo 
mamlakatlarining  iqtisodiy,  axborot,  ma`naviy  salohiyatlari  va  siyosati  qanday  ekani  bilan 
bog`liq.  Dunyoda  yuz  berayotgan  shiddatli  jarayonlarning  har  bir  mamlakatga  o`tkazayotgan 
salbiy  ta`sirini  kamaytirish  va  ijobiy  ta`sirini  kuchaytirish  uchun  shu  hodisaning  mohiyatini 
chuqurroq  anglash,  uning  xususiyatlarini  o`rganish  lozim.  Bu  hodisani  chuqur  o`rganmay  turib 
unga moslashish, kerak bo`lganda, uning yo`nalishini tegishli tarzda o`zgartirish mumkin emas. 
Globallashuv  yana shunday jarayonki, uni chuqur o`rganmaslik, undan foydalanish  strategiyasi, 
taktikasi  va  texnologiyasini  ishlab  chiqmaslik  mamlakat  iqtisodi  va  madaniyati,  ma`naviyatini 
tog`dan  tushayotgan  shiddatli  daryo  oqimiga  boshqaruvsiz  qayiqni  topshirib  qo`yish  bilan 
baravar bo`ladi. 
O`rta Osiyo xalqlari madaniyati va ma`naviyati ham Sharq va G`arbni tutashtirgan karvon 
yo`llarida  joylashgani  sababli  ham  Sharq,  ham  G`arb  madaniyatidan  bahramand  bo`lgan. 
Muhimi  shundaki,  xalqimiz  G`arb  va  Sharq  ma`naviyatidan  bahramand  bo`lib  ularning  ijobiy 
tomonlarini o`zlashtiribgina qolmay, ularga ijodiy yondashib  yangi cho`qqilarga ko`tarildi. 
Globallashuv  jarayoni  va  mafkura  maydonidagi  kurashlarning  yangilanib,  takomillashib 
borishi  imkoniyatlarining  ortib  borayotganligi  –  haqida  gapirganda,  globallashuv  fenomeni 
bugungi kunda ilmiy-falsafiy, hayotiy tushuncha sifatida juda keng ma‘noni anglatishini hamda 
yangilanib,  takomillashib  borayotganligini  ta‘kidlash  lozim.  Umumiy  nuqtai-nazardan 
qaraganda,  bu  jarayon  mutlaqo  yangicha  ma‘no-mazmundagi  xo‘jalik,  ijtimoiy-siyosiy,  tabiiy-
biologik  global  muhitning  shakllanishini  va  shu  bilan  birga,  mavjud  milliy  va  mintaqaviy 
muammolarning jahon miqiyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda. 
Globallashuv  jarayonida  mafkura  maydonidagi  kurashlarning  yangi  ko‘rinishlari,  uning 
vositalari  va  mexanizmlari  ham  o‘zgarib  borishi  tabiiy  holdir.  Albatta,  globallashtirishning 
boshlang‘ich  ildizlari  davrida  mafkura  maydonlaridagi  kurashlar  uncha  sezilarli  bo‘lmagan 
bo‘lsada, lekin insoniyat taraqqiyotining bu jarayoni qaysi davrlardan boshlanadi degan savolga 
aniq javob izlash va uni boshqa ijtimoiy-falsafiy, iqtisodiy fenomen sifatida bosqichlarga ajratish 
borasidagi  barcha  izlanishlarda  ma‘lum  bir  nisbiylik,  aniq  bir  ilmiy  haqiqat  hali  topilganicha 
yo‘q. Shuning uchun ham bo‘lsa kerakki, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan 
tubdan farq qiladigan o‘ta shiddatli va murakkab bir davrni o‘z boshidan kechirmoqda. 
Keyingi  vaqtlarda  globallashuv  jarayonida  mafkura  maydonidagi  kurashlarning  yangi 
ko‘rinishlari sifatida bir qator fikrlar ham bildirilmoqda. Ulardan, 
Birinchisi,  globallashuv  jarayonida  ana  shu  kurashlarning  asosiy  maqsadi  inson  va  uning 
qadriyatlariga turli – xil yondashuvlarning vujudga kelishi bilan xarakterlanadi. 
Ikkinchidan,  globallashtirish  jarayonlari  jamiyat  va  inson  faoliyatining  barcha  tomonini 
qamrab oladigan harakterga ega bo‘lgani uchun, uni turli xil ilm sohalari vakillari o‘rganaveradi. 
Axborot  olamidagi  globallashuvning  shiddatli  kuchi,  uni  hech  narsa  bilan  qoplab 
bo‘lmaydigan  ulkan  ziyon  etkazishi  mumkinligini  –  axborot  va  texnologiya  inqilobi  tufayli 
dunyo  ilgarigiga  qaraganda  yanada  jips  va  mushtarak  bo‘lib  bormoqda.  Shu  ma‘noda 
globallashuv – bu avvalo hayot sur‘atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir. 
Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish