„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/23
Sana16.01.2020
Hajmi1,85 Mb.
#34834
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
Миллий ғоя МАЪРУЗА 2019-20120


popmadaniyat  va  rokmadaniyatni  ham  ko‗rsatadilar,  chunki  hayot  ularning  ham 
yashovchanligini hamda muayyan tabaqadagi kishilarning ongini egallaganligini ko‗rsatdi. 
Buning boisini amerikalik  siyosatshunoslar ham tan olishdi. Bu haqda Zbignev Bjezinskiy 
shunday degan edi: ―Agar Rim dunyoga – huquqni, Angliya – parlamentni, Fransiya – madaniyat 
va milliy respublikachilikni bergan bo‗lsa, AQSH  – dunyoga ilmiy-texnika revolyutsiyasini va 
ommaviy madaniyatni tortiq qildi‖.  
AQShda  bo‗sh  vaqt,  ya‘ni  dam  olishni  sanoat  asosiga  ko‗chirgan.  Aholining  badiiy 
jihatdan  unchalik  yuksak  bo‗lmagan  talablarini  qondirish  (yoki  ushbu  talablarni  shakllantirish) 
maqsadida ommaviy badiiy adabiyot (fantastika, sarguzasht, bulvar adabiyoti, ―ayollar‖ romani) 
dunyoga  keldi.  Shuningdek,  arzon-garov  jangari,  triller,  melodrama  va  boshqa  filmlarning 
g‗oyasi  va  o‗lchami  bitta  –  odamlarning  amerikacha  munosabatlarini  qaror  toptirish,  musiqa 
janrida ham asosan ana shu maqsad kuzatiladi. 
XX  asrda  jazning  yuzaga  kelishi  va  rivojlanishi  bilan  dunyo  musiqa  madaniyatini 
o‗zgartirib  yubordi.  Jaz  XX  asr  arafasida  dunyoga  keldi.    Uning  tomiri  negrlarning  an‘anaviy 
madaniyatiga  borib  taqaladi.  Musiqadagi  ritmik  pauzalarning  kuchayib,  pasayib  turishi  qora 
tanlilarning ―sprichuels‖, regtaym va blyuz kabi o‗ziga xos o‗yinlarini eslatib turadi. 
XX  asrda  o‗yin  madaniyati  mislsiz  miqyosda  tarqaldi.  Jahonni  egalladi.  U    bo‗sh  vaqtni 
o‗tkazish vositasiga aylandi. Dansing va diskotekaga sig‗inish yuzaga keldi. Musiqa shaklining 
rivojlanishi, eskilarining yo‗qolishi va o‗yinda yangi stil usullarining kirib kelishiga sabab bo‗ldi. 
1920 yillarda ―Charlston‖ modada bo‗lsa, keyinchalik uning o‗rnini ―step‖, ―chechetka‖, jazdan 
ajralib  chiqqan  irland  jigisi  keyinroq,  50  yillarda  ―rok-n-roll‖,  60  yillarda  ―sheyk‖  va  ―tvist‖ 

xitga  aylandi    va  uning  ommaviyligini    ta‘minlashda  barcha  vositalar  ishtirok  etdi: 
gramplastinkalar  chiqarildi,  televideniye  va  radiomahsulotlar  tarqatildi.  Bu  ―ommaviy 
madaniyat‖ tarqatilishidagi eng omadli tijorat loyihasi edi.   
– Disko o‗yin yo‗nalishi hozirgi kunlarimizgacha yetib keldi, u juda ommaviy bo‗lmasada, 
hali bor.  
―Ommaviy  madaniyat‖  bugun  iqtisodiyotning  eng  daromadli  tarmog‗iga  aylanib 
bormoqda.  Uni  hozir  ―qiziqishlar  industriyasi‖,  ―tijorat  madaniyat‖,  ―pop-madaniyat‖,  ―bo‗sh 
vaqtdan  foydalanish  industriyasi‖  deb  atay  boshladilar.  Ma‘lumki,  mehnatkashlarning  ma‘lum 
qismida  bo‗sh  vaqt  serob.  ―Ommaviy    madaniyat‖  mazmunini  boyitishni  taqoza  qiladi,  chunki 
mamlakatimizda  ishlab  chiqarishning  tobora  sanoatlashishi,  avtomatlashtirish  jarayonida  aholi 
o‗rtasida  ―bo‗sh  vaqtni  yopish  ehtiyoji‖  ham  oshib  bormoqda.  Ana  shu  jarayondan  hosil 
bo‗ladigan  muammolarni  hal  etish  ehtiyoji  ―ommaviy  madaniyat‖ni  yuzaga  keltirmoqdaki,  bu 
ayniqsa  odamning  ongiga,  ya‘ni  adabiyot  va  san‘atning  barcha  turlariga  bevosita  bog‗liqdir. 
Keyingi  o‗n yillikda madaniyatni demokratlashtirishda kino, televideniye, kasseta, sport albatta 
(uning tomoshabinga taalluqli qismi) juda muhim kanallar hisoblanmoqda. Ular ayni paytda turli 
toifadagi  odamlarning  to‗planishiga  sabab  bo‗lmoqda.  Ko‗pincha  ularni  birlashtirgan  istak  – 
o‗zlarini   psixologik jihatdan bo‗shatib olish istagidir. 
―Ommaviy  madaniyat‖  bozordagi  tovarga  aylanib,  muayyan  xususiyatlar  kasb  etdi. 
Avvalo, u ―oddiy‖ (buni jo‗nlik deb atasa ham bo‗ladi). Chunki ko‗pincha bunday mahsulotlar 
―ko‗cha odami‖ga mo‗ljallangandir. ―Ommaviy  madaniyat‖ o‗z vazifasini to‗la bajarishi,  ya‘ni 
ishlab  chiqarishdagi  asabiyliklarni  olib  tashlashi  uchun  u  eng  kamida  qiziqarli  bo‗lishi  lozim. 
Albatta,  bunday  madaniy    mahsulotlar  intellektual  jihatdan  yetarlicha  rivojlanmagan  odamlar 
ehtiyojini  qondirishi  mumkin  va  inson  ongi,  kechinmalariga  ta‘sir  etadi.  Shuning  uchun  ham 
―Ommaviy madaniyat‖ning ―eng qiziqarli‖ va hammaga tushunarli mavzulari – muhabbat, oila, 
karyera, jinoyatchilik va xo‗rlash, sarguzasht, qo‗rqinch va hokazolardir. 
Mavzular ekspluatatsiyasidan uning egalari katta daromadlar olmoqdalar.  
―Ommaviy  madaniyat‖  baynalminal  va  milliy  bo‗lishi  mumkin.  Estrada  musiqasi  bunga 
misol  bo‗ladi:  u  hammaga  tushunarli  va  barcha  yoshdagilarga,  bilim  darajasidan  qat‘iy  nazar, 
aholining barcha qatlamlariga o‗ng‗ay. 
―Ommaviy  madaniyat‖ning  badiiy  qimmati  xalq  madaniyatidan  pastroq  bo‗ladi.  Lekin 
uning  auditoriyasi  kengroq,  chunki  u  muallifli,  u  odamlarning  hozirgi  daqiqalardagi  ehtiyojini 
qondiradi, har qanday yangi voqea va hodisalarga xozirjavob bo‗ladi. Ma‘lum vaqt o‗tgach, ular 
o‗z  dolzarbligini  yo‗qotadi,  eskiradi  va  modadan  qoladi.  Yuksak  darajadagi    asarlar  va  xalq 
madaniyati bunday qismatga uchramaydi.   
Ma‘lumki,  o‗smirlar,  yoshlar,  talabalar  yangilikka  intiluvchan,  tengqurlariga  havasmand, 
modaparast,  xorij  standartlarini  oson  qabul  qilishga  ruju  qo‗ygan  bo‗ladi.  Ulardagi  ana  shu 
ijtimoiy-psixologik  holat  kirib  kelayotgan  shubhali  qadriyatlarga  tanqidiy  yondashuvni  cheklab 
qo‗ymoqda.  Maqbul  yoki  nomaqbulligi  haqida  muayyan  fikr-mulohazasi  bo‗lmagan  yoshlar 
hayotimizga, milliy mintalitetimizga mos kelmaydigan mafkuraviy mahsulotlarni matbuot orqali 
qabul  qilishga oshiqmoqda. ―Ommaviy madaniyat‖ tashqi ko‗rinishi,  oson o‗zlashtirilishi  bilan 
ularni  qiziqtirmoqda.  Turfa  g‗oya  va  ramzlar  zamonaviy  modalar  ommaviy  madaniyat 
mahsulotlari  yoshlardan  chuqur  fikr-mulohaza  yuritishni  talab  etmaydi,  har  xil  hayot 
tashvishlaridan,  turmush  muammolaridan    ―xalos‖  etadi,  jasadni  va  ruhni  dam  oldirish,  ularni 
o‗qishga,  bilim  olishga  emas,  balki  o‗ynab-quvnab,  ―yashab  olish‖ga  chaqiradi.  Aslida 
―ommaviy  madaniyat‖ning,  uni  tarqatayotganlarning  ham  asl  maqsadlari  shundan  iborat. 
Mamlakatimiz  aholisining  qariyb  60  foizini  yoshlar  tashkil  etishini  va  ―ommaviy  madaniyat‖ 
mualliflari  aynan  ana  shu  auditoriyani  nazarda  tutayotganini  e‘tiborga  olsak,  vazifalarimiz 
mas‘uliyati aniq ayon bo‗ladi.  
Yoshlarning  badiiy  ehtiyojlarini  qondirish,  ular  o‗rtasida  ―ommaviy  madaniyat‖ 
mahsulotlarining  tarqalmasligi  uchun  muayyan  ishlar  amalga  oshirilayotir,  albatta  ularning 
san‘atga,  adabiyotga  va  boshqa  ma‘naviy  mahsulotlarga  bo‗lgan  ehtiyojlarini  o‗rganib  borish 
hozir izchil olib borilmoqda.  

Bitiruvchilarda  esa  aksincha,  san‘atni  kundalik  tashvishlardan  xalos  etish  vositasi  deb 
qarash  eng  yuqori  ball,  ya‘ni  53,5  foiz  ovoz  oldi,  ya‘ni  so‗rovda  qatnashgan  bitiruvchilarning 
shunchasi san‘atga shunday vosita deb qarar ekan. Ularning orasida san‘atga estetik zavq berish 
manbasi  deb  qarovchilar  ham  oz  emasligi  ma‘lum  bo‗ldi.  Birinchi  kurslarga  nisbatan  san‘atni 
ijodga  rag‗batlantiruvchi  vosita  deb  qarovchilar  7,7%,  qadriyatlarni  shakllantirish  vositasi  deb 
qarovchilar esa 5,2% kam ekan. 
―Ommaviy  madaniyat‖ning  hayotimizga  bostirib  kelishida  dastlab  ommaviy  axborot 
vositalari asosiy rolni o‗ynadi. Bugunga  kelib esa, reklama uning ajralmas yo‗ldoshiga aylanib 
qoldi. Bozor qonuniyatlari ―ommaviy madaniyat‖ mahsulotlarini keng  tarqatishdan manfaatdor 
bo‗lib  maydonga  chiqmoqda.  Zamonaviy  audio-videotexnikalar,  ovoz  yozish  va  kuchaytirgich 
asboblarining  yuzlab  turlari  ―ommaviy  madaniyat‖  mahsulotlari  reklamasi  bilan  kun 
ko‗rmoqdalar.  U  sanoat  asosiga  ko‗chirilgach,  o‗rtacha,  bo‗sh  ―ommaviy  madaniyat‖ 
mahsulotlarini  ko‗paytirish  va  sotish  bo‗yicha  qudratli  tizim  yaratildi.  Istagan  do‗kondan 
dunyoning  har  qanday  xonanda  yoki  sozandasi  ijro  etgan  qo‗shiq,  klip    audiovideotasmasini 
topish  mumkin.  San‘atga,  ―ommaviy  madaniyat‖ga  mas‘uliyatsizlik  bilan  munosabatda 
bo‗ladigan, yengil-yelpi ijod bilan elga tanilgan san‘atkorlar armiyasi paydo bo‗ldi. O‗zlari shoir, 
o‗zlari  kompozitor  bo‗lgan,  musiqiy  maxsus  bilimi  bo‗lmagan  juda  ko‗plab  guruhlar  paydo 
bo‗ldi    va  ular  o‗z  mahsulotlarini  istagancha  reklama  qilmoqdalar.  Yoshlar  esa  ana  shunday 
siyqasi  chiqqan,  lekin  ma‘lum  ma‘noda  ―o‗z  auditoriyasini  topgan‖,  ―san‘atkor‖lar  armiyasi 
bilan  yuzma-yuz  turibdilar.  Reklama  –  yaratuvchi  kuch  emas,  balki  u  ommaviy  psixologiyani 
aks ettiruvchidir.  
Ba‘zan  kliplarda  chiroyli  qizlar  va  yigitlar  nima  deyayotganligini  o‗zlari  ham 
tushunishmaydi.  Kuchli  musiqa  sadosi  ostida  nimalardir  deyishadi,  mashinalarga  o‗tirib 
qayerlargadir  borishadi.  ―Ommaviy  madaniyat‖  mahsuli  bo‗lgan  bunday  ―asarlar‖  millat 
mentalitetini  pasaytirishga  xizmat  qilayotgani  sir  emas.  Reklama  nima  deydi?  Birorta  shirin 
ichimlikni iste‘mol qilib cheksiz rohat va farog‗at olish mumkin. Biror  narsaga erishish uchun 
jon kuydirish, ter to‗kib, mehnat qilish shart emas, ichimlikni  sotib olish kerak va uni iste‘mol 
qilish  kerak.  Yoki  yozib  olingan    fonogrammaga  mos  qilib,  labni  qimirlatib  turaverish  kerak, 
tamom  vassalom.  Endi  o‗sib,  jamiyatga    kirib  kelayotgan  yoshlarga,  o‗smirlarga  ham  OAVlar 
shunday ta‘lim bermoqdalar va u qay bir darajada o‗z xaridorini topmoqda hamda ongiga ta‘sir 
etmoqda.  Demak,  ―ommaviy  madaniyat‖ning  ana  shunday  siyqalanib,  jo‗nlashib  borishi 
hammamizni ogohlikka chorlashi lozim.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
“Ommaviy madaniyat” yoshlarga taklif qilayotgan lug„at: 
TUSHUNCHA 
“OMMAVIY MADANIYAT” 
MILLIY MADANIYAT 
ISROFGARCHILIK 
boylik belgisi 
resursni befoyda sarflash, inqiroz sari 
birinchi qadam 
YOSHLIK 
tez o‗tib ketadigan, lazzatlanib 
oladigan vaqt 
har bir daqiqasida bilim olish
komillikka intilish vaqti 
VAFO, SADOQAT 
eskilik sarqitlari 
komil insonga xos belgilar, ezgu 
amallar 

HAY, IBO 
Axloqsizlik 
axloq-odob belgisi, ijobiy fazilat 
INSOF QILISH 
imkoniyatni boy berish 
vijdon bilan ish tutish 
SAXOVAT 
resursni maqsadsiz sovurish 
o‗zgalarga beminnat yordam,  
oliyhimmatlik 
YAXSHI OTA 
bola qo‗liga katta pul beruvchi 
pozitiv partner 
bolasining kasb-hunar o‗rganishi va 
ilm olishiga ko‗maklashuvchi ota 
OILA 
shaxs erkinligini bo‗g‗uvchi 
zanjir 
mehr-muhabbatga asoslangan eng 
yaqin kishilar guruhi, oliy qadriyat 
XIYONAT 
erkinlik belgisi, kechirilishi 
kerak bo‗lgan ish 
bevafolik, sotqinlik, xoinlik 
XUDBINLIK 
o‗zi uchun yashab qolish, oila 
uchun qayg‗urmaslik, yaxshi 
odat 
faqat o‗zinigina o‗ylash, o‗zgalarga 
hurmat-e‘tiborsizlik, yomon odat 
 
«Ommaviy madaniyat»ning ko„rinishlari 
«Ommaviy madaniyat» vakillari deganda asosan ana shu to‗rtta illat – axloqiy buzuqlik va 
zo‗ravonlik, individualizm, egotsentrizmning kelib chiqishiga sabab bo‗ladigan odatlarni o‗ziga 
kasb qilib olgan va ularni madaniyat deb hisoblagan kishilar nazarda tutiladi. Bu to‗rt illat ham 
o‗z ichida bir necha qismlarga bo‗linib ketadi. Quyida ana shulardan ayrimlarini sanab o‗tamiz. 
A) AXLOQIY BUZUQLIK. 
1.  Kashandalik (ayniqsa, xotin-qizlarning sigareta chekishga berilishlari). 
Biz  bolalarimizni    jismonan  yetuk  va  aqlan  barkamol  avlod  etib  tarbiyalaymiz,  deb  jon 
kuydirib  turgan  bir  paytimizda  xomilador  ayollarimizning  sigareta  chekishini  qanday  baholash 
mumkin. Eng qizig‗i, ana shu ayollar uchun ayol kishinining sigareta chekishi bu – zamonaviy 
madaniyatning bir turi.  
Bugun  tamakiga  yo‗q  deya  olmagan  bu  ojizalarning  ertaga  giyohvandlik  moddalarini 
iste‘mol qilmasligiga hech kim kafolat bermaydi, albatta. 
2.  Alkogolizm (ayniqsa, xotin-qizlarning spirtli ichimliklar ichishga ruju qo„yishlari). 
Buni    ilgarilari  faqat  shahar  joylaridagina  ko‗rar  edik.  Hozir  esa  qishloqda  ham 
ayollarning,  ayniqsa,  yosh  qizlarning  spirtli  ichimliklar  ichib  yurishganining  guvohi 
bo‗lmoqdamiz.  Go‗yoki  ular  ichishmasa,  o‗zlarini  zamondan  orqada  qolgan,  madaniyatsiz  va 
tahqirlangan  deb  his  etishar  emish.  Anglab  turganingizdek,  ichish  undaylar  uchun  madaniyat. 
Demak,  ayollarning  spirtli  ichimliklarni  ichib  yurishlari  ―ommaviy  madaniyat‖  niqobi  ostida 
kirib  kelmoqda.  Nima  qilibdi  ayollar  ichsa,  deydiganlar  ham  yo‗q  emas,  albatta.    Birinchidan, 
bizning dinu diyonatimizga to‗g‗ri kelmaydi, ikkinchidan ichkilik insonning ham jismoniy, ham 
ruhiy sog‗ligiga jiddiy salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Spirtli ichimlik ichgan ayoldan esa sog‗lom bola 
tug‗ilishi  dargumon.  Mamlakatimizda  ichuvchi  ayollarimiz  ko‗payaversa,  ularning  aksariyat 
qismi  yo  tug‗ishdan  bosh  tortadi  (chunki  kayfu  safoga  berilgan  ona  farzand  tarbiyasi  bilan 
o‗ralashib yurishni xohlamaydi), yoki tuqqan bolasi ma‘lum bir darajada nomukammal bo‗ladi. 
Natijada  kelajak  avlodimiz  barkamolligini  yo‗qotish  xavfi  tug‗iladi.  Chunki,  olimlarning 
kuzatuvlariga  ko‗ra,  inson  miyasida  o‗n  yetti  milliarddan  ortiq  hujayra  bor  ekan.  Bu 
hujayralarning har biri mikrokapellyar qon tomirlari orqali oziqlanadi. Ular shunchalik nozikki, 
qon tarkibiga alkogol qo‗shilganda, qurum paydo bo‗lib, hujayralarga qon o‗tmaydi, yetti-sakkiz 
daqiqadan keyin esa millionlab hujayralar o‗la boshlaydi va boshqa tiklanmaydi… 
Yuqoridagi illatlarning oldini olish uchun muntazam sport bilan shug‗ullanish lozim. Zero, 
Yurtboshimiz ta‘kidlaganlaridek, ―… sport – sog‗lom avlod, sog‗lom kelajak degani. Binobarin, 
faqat sog‗lom xalq, sog‗lom millatgina buyuk ishlarga qodir bo‗ladi. 
…bolalar va yoshlarning sport bilan ommaviy ravishda shug‗ullanishi ularning xarakterini 
toblaydi, kuchli, mard va jasur bo‗lib kamol topishiga xizmat qiladi, qat‘iyatli, hayot sinovlari va 
qiyinchiliklarini mardona yengib o‗tishga qodir insonlar etib tarbiyalaydi‖. 
3.  Haddan tashqari tor va ochiq, badani, ayniqsa, hatto ayollik belgilari ham ko„rinib 
turadigan darajadagi kiyimlar kiyish. 

Bunday  holatni  ilgari  boshqa  millat  vakillarida    uchratar  edik.  Hozir  o‗zbek  millatiga 
mansub qizlarimiz, qolaversa katta yoshli ayollarmizni ham shunday kiyimda ko‗rishga majbur 
bo‗lib  qoldik.  Eng  achinarlisi,  o‗qituvchilarimizning  shunday  ahvolda  kiyinishlaridir.  Ayniqsa 
boshlang‗ich  sinf  o‗qituvchilari.  Buni  ko‗rib  tarbiya  olayotgan    bolalarimizni  kelajakda 
bundanda badtar holatda ko‗rmaymiz deb kim kafolat bera oladi. Axir, qush uyasida ko‗rganini 
qiladi,  qolaversa  ibrat  ma‘rifati  degan  tushuncha  bor.  Bugungi  har  bir  murg‗ak  qalb  katta 
avloddan o‗rnak olib tarbiya topadi. Hozirgi o‗qituvchilarimiz esa bolalarimizni milliy-ma‘naviy 
ruhda  tarbiyalash  o‗rniga  ―ommaviy  madaniyat‖  bobida  namuna  bo‗lmoqdalar,  xolos.  Ba‘zi 
o‗qituvchilarimizning  (ular  ham  kimningdir  qizi,  opasi,  singlisi,  onasi  yoki  suyukli  rafiqasi) 
kiygan  kiyimlari  shunchalik  yupqaki,  ulardan  odam  anatomiyasi  darslarida  ko‗rgazmali  vosita 
sifatida foydalanish ham mumkin.  
4.  Balog„atga  yetmagan  yosh  yigit-qizlarning  jamoat  joyida  o„pishib,  quchoqlashib 
turishlari. 
Bunday voqealarga  bugungi kunda ko‗proq shahar joylarida guvoh bo‗lasiz. Eng qizig‗i, 
shundaylar  o‗zlari  qilayotgan  ishlarini  madaniyat  deb  biladilar.  Agar  millatimiz  vakillarining 
aksariyati  ana  shu  odatni  kasb  qilib  olsa,  bizda  milliy  ma‘naviyat,  yuksak  madaniyat  degan 
tushunchalar qayoqqa ketadi. Qizlardagi or-nomus, hayo va ibo, sharm va iffat qayoqqa ketadi. 
Bizning milliyligimiz ana shu qadriyatlarda emasmi?  
Barcha dinlar, milliy madaniyatlar o‗smir qizlarga ―O‗zingni bokira tut. Asra‖, deb keldi. 
Ommaviy  madaniyat  esa  ―Kontratseptivdan  foydalan.  Partneringni  hadeb  almashtiraverma. 
Xo‗p-mi!‖, deb nasihat  qilmoqda. Bugun u o‗z nasihatini  o‗zbeklarning  qizlariga aytish uchun 
kelayotir. Chet el telekanallari va turli xorijiy filmlar ta‘siriga tushib qolayotgan yigit-qizlarimiz 
ommaviy  madaniyatga  ergashdi,  lekin  uning  nasixatlarini  ham  to‗la-to‗kis  bajarmayaptilar. 
YA‘ni  hech  qanday  kontratseptivdan  foydalanishmayotir  va  tez-tez  partnerlarini  almashtirib 
turishibdi.  
5.  Ayollarning erkakcha so„kinishlari. 
Buning  isbotini  siz  poytaxtdagi  bozorlarda  savdo    qiladigan  ayrim  ayollarning  joy 
talashishlari jarayonida yoki militsiya xodimining biror ayolni mahkamaga olib ketayotganidagi 
holatda  ko‗rishingiz  mumkin.  Buni  albatta  eng  yorqin  misol  sifatida  keltirdik,  xolos.  Aslida 
boshqa  joylarda,  ya‘ni  ta‘lim  muassasalari  hamda  boshqa  mehnat  jamoalarida  ham  bunday 
holatni kuzatish mumkin. Ayol kishi bo‗la turib badjaxl erkak ham og‗ziga olmaydigan so‗zlar  
(―d...‖, ―p...‖, ―s...‖, ―onang...‖, ―g...‖ va hokazolar) bilan so‗kinishi  uning uchun madaniyatning 
bir turi bo‗lsa kerak, menimcha. Bizning milliy ma‘naviyatimizda esa bundaylarni axloqi buzuq 
odamlar deyiladi. 
6.  Ota-ona va boshqa katta yoshlilarga nisbatan hurmatsizlik. 
Bu  odatni  ham  ko‗proq  o‗zga  millat  vakillarida  kuzatar  edik.  Bugunga  kelib  sof 
o‗zbeklarimiz  ham  shu  odatni  qabul  qilishgan.  Ota-onalariga  ruscha  murojaat  qilishadi  va 
―Mama,  ti...‖,  ―Papa,  ti...‖  kabi  so‗zlardan  ham  foydalanishadi,  avtobus  yoki  boshqa  jamoat 
transportlarida kattalarga joy berishmaydi va hokazo. 
7.  Pornografiya. 
Bunday  holatlarni  avvallari  internet  klublarida  ko‗rardik.  Bugun  ular  nazoratga  olinib, 
tanqid va ta‘qib qilinganidan keyin, endi yashirin ravishda disk sotish, uyatsiz rasmlar sotish va 
boshqa  shu  kabi  axloqsizliklar  avj  olib  bormoqda.  Milliy  mentalitetimizga  zid  bo‗lgan  bunday 
odatlar  esa  yoshlarning  ma‘naviy  tubanlashishiga,  o‗g‗il  bolalarning  yigitlik  xususiyatini 
yo‗qotishgacha olib kelayotganini e‘tibordan chetda qoldirmaslik lozim. 
8.  Starizm  (sub‟ektiv  ehtiroslarga  berilgan  holda,  estrada  artistlari,  aktyorlar, 
sportchilar, telediktorlarni ilohiylashtirish). 
Yosh  yigit-qizlarning  shaxsiy  xonalariga  kirsangiz,  yo  chet  el  aktyori,  yo  chet  el 
qo‗shiqchisi,  yo  chet  el  telediktori  yoki  chet  sportchisining  bir  necha  yuzlab  rasmlarini 
devorlarga yopishtirib tashlaganiga ko‗zingiz tushadi. Eng qizig‗i ular ana shu qahramonlarining 
rasmini  (!)  yaqin  kishilaridan  ham  ustun  qo‗yishadi  (Birorta  rasmni  yirtsangiz,  ―Bu  sendan 
qimmat turadi, nega  yirtding!?‖ deb o‗dag‗aylashidan ham buni bilish mumkin). Ular qorinlari 

och  qolsa  ham  non  olmasdan  o‗zlari  sevgan  qahramonlarining  rasmi  yoki  ijod  namunasini 
olishadi.  Ana  shu  qahramonlari  uchun  hech  narsadan  toymaydilar,  hatto  o‗zgalarga  shikast 
yetkazishdan ham. 
9.  Bilimsizlik, axloqsizlik, madaniyatsizlik, tartibsizlikni qo„llab-quvvatlash. 
Yoshlar  orasida  ―Xeh,  pat-t-trio-o-o-ot!!!‖  degan  istehzo  bilan  bilimli,  odob-axloqli, 
madaniyatli  bolalar  ustidan  kulish  va  mazaxomuz  ohangdagi  so‗zlarni  aytib,  uni  yakkalash 
holatlarini  kuzatish  mumkin.  Bundaylar  sinfdosh  yoki  guruhdoshlari  uy  vazifasini  tayyorlab 
kelgan  bo‗lsa,  unga  qarata:  ―Endi  o‗zingcha  bilimdonsan-da,  a?!‖,  ―Aqllilik  qilyapsan-da,  a!?‖  
kabi  gaplar  bilan  madaniyatli,  axloq-odobli  bolalarning  g‗ashiga  tegishadi  va  shu  yo‗l  bilan 
ularni ham o‗z saflariga, ya‘ni ishyoqmas, dangasa, axloqsiz, bilimsiz bezorilar safiga qo‗shishga 
harakat  qilishadi.  Ajablanarlisi,  ma‘lum  bir  ma‘noda  maqsadlariga  erishishadi  ham.  Natijada 
bilimli, yuksak didli va madaniyatli yoshlar soni kamayib boradi. 
10.  Xullas, yuqorida sanab o‗tilgan illatlarga chalinib qolmaslik uchun har bir yosh doimiy 
bilim  olishga  intilib  yashashi  kerak.  Chunki  muhtaram  Birinchi  Prezidentimiz  Islom  Karimov 
e‘tirof  etganlaridek,  ―Biz  haqiqatan  ham  o„z  farzandlarimiz  va  nabiralarimiz  bilan 
faxrlanishni istasak - ular zamonaviy bilim va tajribaga ega, iymonli-e‟tiqodli bo„lishlariga, 
Vatanimiz  tarixida  o„chmas  iz  qoldirgan  buyuk  ajdodlarimizning  ishlarini  davom 
ettirishlariga erishishimiz lozim”. 
11.  Tatuirovka. 
Tatuirovka –  teri  ostiga  rang  yuborib,  turli  xil  shakl  va  naqshlar  chizish.   Tatuirovka 
qildirish  avvallari  mahbuslarga  xos  odat  edi.  Hozir  esa  u  ommaviylashib,  yoshlarning  sevimli 
―madaniyat‖iga  aylandi.  Aslida  u  turli  yuqumli  kasalliklarni  keltirib  chiqarish  ―ommaviy 
madaniyat‖ni tarqatuvchilarga oydek ravshan. 
Tarixiy kitoblarda yozilishicha, tatuirovkaning qadimiy ko‗rinishlari ibtidoiy jamoa tuzumi 
davrida  qabilalar  orasida  vujudga  kelgan.  Avvaliga  bir  qabila  a‘zolarini  boshqa  bir  qabiladan 
ajratib ko‗rsatish uchun qo‗llanilgan belgi keyinchalik tarixda ashaddiy jinoyatchilar uchun jazo 
vositasiga aylangan. Ammo qaysi manbani qidirmang, xalqimiz o‗tmishida tatuirovka to‗g‗risida 
biror  ma‘lumot  topilmaydi.  Unga  nisbatan  begonalik  kayfiyati  ham  ana  shundan,  desak 
mubolag‗a bo‗lmaydi.  
Hozirgi  kunga  kelib  «tatuirovka»  termini  yevropa  davlatlarida  sekin-astalik  bilan  tarqala 
boshladi, har xil tillarga kiritilib, leksikada aniq nima haqida gapiralayotganini ifodalovchi so‗z 
bo‗lib  o‗rnashib  keldi.  1856  yilda  P.Nisten  tarafdan  tayyorlangan  «Tibbiyot  lug‗ati»da 
«tatuirovka» so‗zi butun dunyoda tatuirovkani xillarini anglatovchi so‗z bo‗lib ilk bor kiritildi. 
Undan keyin E.Littre «Fransuz tili katta lug‗ati»ga kiritdi.
44
 
Bir  jinsli  nikoh.  Erkakning  erkakka  intilishidan  jamiyat  nafratlanib  kelgan,  ko‗payishiga 
yo‗l  qo‗ymagan...  Endilikda  esa  bunday  «oila»  qurishga  turli  mamlakatlarda  qonun  yo‗li  bilan 
ruxsat  berishga  intilish  bor.  Eng  dahshatlisi  shundaki,  ularga  bola  boqib  olishga  ham  ruxsat 
etilyapti.  Tabiiy  savol  tug‗iladi:  ―Ular  boquvidagi  bola  qanday  tarbiya  ko‗radi,  kim  bo‗lib 
yetishadi?‖  Ular  boqqan  bola  ota-onam deb  emas,  balki  yo  ona-onam  yoki  ota-otam  deb  katta 
bo‗ladi. Uning ma‘naviyati qay darajada bo‗lishi haqida esa o‗zingiz xulosa qilavering.  
Bu  illatning  aksi  sifatida  bizda  oila  atalmish  qadriyat  bor.  Har  bir  yosh  oilaga  sadoqatli, 
ota-onaga  hurmat  ruhida  tarbiya  topsa,  milliy  an‘analarimizga  qat‘iy  amal  qilsa,  har  holda 
bunday  xunuk  ishlarga  qo‗l  urmasdi.  Sababi  ―Kattalarni  hurmat  qilish,  oila  va  farzandlar 
to‗g‗risida  g‗amxo‗rlik  qilish,  ochiq  ko‗ngillilik,  millatidan  qat‘i  nazar  odamlarga  xayrixohlik 
bilan  munosabatda  bo‗lish,  o‗zgalar  kulfatiga  hamdard  bo‗lish  va  o‗zaro  yordam  tuyg‗usi 
kishilar o‗rtasidagi munosabatlarning meyori hisoblanadi‖
45

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish