„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/23
Sana16.01.2020
Hajmi1,85 Mb.
#34834
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
Миллий ғоя МАЪРУЗА 2019-20120


 
                                                 
41
 Jumayev R., Ubaydullayev U., Xo‗janov B. Konfliktologiya asoslari. –T.:Akademiya, 2000, 17-bet.  

Adabiyotlar 
1.  Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat‘iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga 
k‘otaramiz. 1-jild,  - Toshkent –―O‗zbekiston‖ NMIU, 2017. -592 b. 
2.  Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan oliy baho. 2-jild,  - 
Toshkent –―O‗zbekiston‖ NMIU, 2018. 
3.  Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. T., ―Ma‘naviyat‖, 2008.  
4.  Muminov A. O‗zbekiston: axborotlashgan jamiyat sari. T., ―Turon zamin‖, 2013. 
5.  Otamurodov S. Globallashuv va milliy – ma‘naviy xavfsizlik. T.,‖O‗zbekiston‖, 2015. 
6.  Milliy g‗oya va rahbar mas‘uliyati / Q.Nazarov, I.Ergashev va boshqalar. T., ― G‗afur 
G‗ulom‖ NMIU, 2007. 
7.  Ma‘naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‗ati. Q.Nazarov mas‘ul muharrir. T., ―G‗afur 
G‗ulom‖ NMIU, 2013. 
8.  Falsafa qomusiy lug‗at. Mas‘ul muharrir Q.Nazarov. T., ―Sharq‖ NMAK, 2004. 
9.  O‗zbekiston milliy ensiklopediyasi. 4-jild. T., 2002. 
10.  Azroyans E. Globalizatsiya: katastrofa ili put k razvitiyu? —M., "Noviy vek", 2002. 
11.  Kalmikov A.A., Koxanova L.A. Internet-jurnalistika. M.: YUNITI–DANA, 2005. 
12.  Starobinskiy YE. Samouchitel po reklame.- M., 2002. 
13.  htpp:// www.wikipedia.org; Hornby A.S. ―Oxford Advanced Learner's Dictionary of Current 
English‖.   
 
 
6- Мa‟ruza. Mafkuraviy faoliyat - milliy g„oyani amalga oshirish vositasi 
Reja: 
1.  ―Mafkuraviy  faoliyat‖  tushunchasi,  uning  mazmun-mohiyati  va  namoyon  bo‗lish 
xususiyatlari. 
2.  Mafkuraviy faoliyat maqsadli va mo‗ljalli harakat sifatida. 
3.  Mafkuraviy  faoliyatni  tashkil  qilishning  usullari  va  yo‗llari.  Mafkuraviy  faoliyatni  amalga 
oshirishning zamonaviy texnologiyalari. 
4.  Mafkuraviy faoliyatda milliy g‗oyani aholi ongiga singdirish 
5.  Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g‗oyalarining namoyon bo‗lishi. 
 
Tayanch so‘zlar 
“Mafkuraviy  munosabatlar”  tushunchasi,  uning  mazmun  –mohiyati  va  namoyon  bo„lish 
xususiyatlari.  Milliy  g„oyaning  ijtimoiy  subyektlar  orasidagi  hamkorlik  va  hamjihatlikni 
mustahkamlashdagi ahamiyati. 
Mafkuraviy  faoliyat”  tushunchasi,  uning  mazmun-mohiyati  va  namoyon  bo„lish 
xususiyatlari. “Har qanday mafkuraviy faoliyat-muayyan g„oyani amalga oshirish jarayonidir” 
tamoyili  –  ideologik  aksioma.  Mafkuraviy  faoliyat  tizimi,  uning  elementlari.  Mafkuraviy 
faoliyatni tashkil qilishning usullari va yo„llari. G„oyadan mafkuraga, undan amaliy faoliyatga 
tomon  borish  dialektikasi.  Mafkuraviy  faoliyat  maqsadli  va  mo„ljalli  harakat  sifatida. 
Mafkuraviy  faoliyatda  individualizm  va  ijtimoiylikning  namoyon  bo„lishi.  Formalizm, 
kompaniyabozlik, qog„ozbozlik kabilarning ma‟naviy-mafkuraviy oqibatlari. 
Bunyodkor  g„oyalarni  amalga  oshirishga  qaratilgan  mafkuraviy  faoliyat  tamoyillari: 
yaratuvchanlik,  gumanizm,  plyuralizm,  tolerantlik,  ezgulik  tomon  harakat.  Vayronkor  g„oyalar 
asosidagi  buzg„unchilik,  aqidaparastlik,  ekstremizm  va  terrorizmga  moyillik  kabi  mafkuraviy 
faoliyat tamoyillariga qarshi kurashning zarurligi. 
Mafkuraviy  faoliyatni  amalga  oshirishning  zamonaviy  texnologiyalari.  Ommaviy  axborot 
vositalari, internet va boshqa axborot vositalarining mafkuraviy faoliyatdagi o„rni. 
Mafkuraviy  faoliyatda  milliy  g„oyani  aholi  ongiga  singdirish,  Yurt  tinchligi,  Vatan 
ravnaqi, xalq farovonligi g„oyalarining namoyon bo„lishi. 
 

“Mafkuraviy  munosabat”  va  “mafkurafiy  faoliyat”  tushunchalari,  uning  mazmun-
mohiyati va namoyon bo„lish xususiyatlari.  
―Mafkuraviy munosabatlar‖ – muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, elat, millat, xalq jamiyat, 
davlat ehtiyoj va manfaatlari, orzu-istak, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma'naviy tamoyillarini 
ifoda  etadigan  g'oyalar  sub'ektlari  o'rtasida  ma'lum  vaqt  ichida  o'zligini  bunyodkorlik  yoki 
vayronkorlik  xususiyatlari  orqali  namoyon  qiladigan  aloqalar,  ularni  amalga  oshirish  usul  va 
vositalari tizimiga aytiladi. 
Mafkuraviy munosabatlar ob‘yektlariga quyidagilar kiradi:  
1. Jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayoti va unda yuz berayotgan narsa va hodisalar (mulkka bo‘lgan 
munosabat); 
2.  Jamiyat  siyosiy-huquqiy  hayoti  va  unda  yuz  berayotgan  jarayonlar.  (demokratiya  va  qonun 
ustuvorligi); 
3. Jamiyat madaniy-ma‘naviy hayoti va unda yuz berayotgan hodisalar. (insonning oliy qadriyat 
ekanligi). Inson va inson, inson va jamiyat o‘rtasidagi mafkuraviy munosabatlarni  
Sh.M.  Mirziyoyev  ko‘rsatib  berganidek:  “Inson  har  narsadan  ulug‟,  degan  ezgu  g‟oya”viy 
dunyoqarash tamoyiliga mos ravishda o‘rnatish zarur.  
Milliy  g‘oyada  ―Mafkuraviy  faoliyat‖  tushunchasi  va  uning  o‗ziga  xos  xususiyatlarini 
o‗rganish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Chunki,  har  qanday  g‗oya  ham  o‗z-o‗zidan  tarqalib, 
kishilar  ongiga  avtomatik  tarzda  singib  boravermaydi.  Muayyan  g‗oyaviy  tamoyillar  va 
ta‘limotlar  ishlab  chiqilishining  o‗zi  ularning  kishilar  faoliyatini  belgilab  beruvchi,  unga  ta‘sir 
ko‗rsatuvchi ijtimoiy hodisaga aylanishi uchun yetarli emas. Buning uchun ular kishilar orasida 
tarqalishi, odamlar ana shu g‗oyalar ruhida tar-biyalanishi lozim. Aks holda, har qanday g‗oya va 
mafkura  qancha-lik  to‗g‗ri,  jozibador  bo‗lmasin,  muayyan  hodisa  sifatida  tarix  sahifasida  qolib 
ketaveradi. Ayni paytda, har qanday g‗oya va qarashlar tarqalishi uchun, eng avvalo, ular ishlab 
chiqilishi  bilan  birga,  targ‗ib  va  tashviq  etilishi  zarur.  Mafkuraviy  faoliyat  esa  hamisha 
shakllangan  g‗oyaviy  qarashlar,  baholar  va  maq-sadlar  tizimini  odamlarga  yetkazish,  ularning 
ongiga singdirish borasidagi ishlarni amalga oshirish jarayonini anglatadi. 
Shu  ma‘noda,  "Mafkuraviy  faoliyat"  tushunchasi  biron-bir  g‗oyani  amalga  oshirish,  uni 
aholi  ongi  va  qalbiga  singdirish,  muayyan  g‗oyaviy  qarashlar  tizimini  shakllantirish,  uning 
amaliyotini ta‘minlash, yot va begona mafkuralarga qarshi kurash bi-lan bog‗liq chora-tadbirlar 
majmuini  ifodalaydi.  Ayni  paytda,  u  g‗oyaviy  qarashlar  —  bilimlar,  baholar,  maqsadlarni 
shakllantirish  hamda  ularni  tarqatish,  g‗oyaviy  tarbiyani  amalga  oshirish,  mafkuraviy 
profilaktika va immunitetni shakllantirish jarayonini ham anglatadi. Xar qanday ijtimoiy faoliyat 
shakli  kabi  mafkuraviy  ishlarning  mazmuni  va  maqsad-muddaolari  ham  har  bir  davrning 
g‗oyaviy,  siyosiy,  iqtisodiy,  madaniy-ma‘rifiy  xususiyatlariga  chambarchas  bog‗liq  holda 
shakllanadi. 
Mafkuraviy  faoliyat  jarayonida  keng ommani  ezgu  g‗oyalar asosida tarbiyalash, ularning 
umumiy siyosiy va ma‘naviy saviyasi-ni  yuksaltirish,  ijodiy qobiliyatlarini  rivojlantirish, bo‗sh 
vaqtlarini samarali o‗tkazishga ko‗mak beruvchi tadbirlarni amal-ga oshirish nihoyatda muhim. 
"Mafkuraviy faoliyat" tushunchasi keng ma‘noda o‗quv muassasalari, ta‘lim-tarbiya maskanlari, 
klublar,  axborot-resurs  markazlari,  madaniyat  va  istirohat  bog‗lari  faoliyatini  ham  muayyan 
darajada qamrab oladi. Bunda muzey, kinoteatr, teatr va boshqa madaniy-ma‘rifiy muassasa-lar, 
shuningdek, OAV (gazeta-jurnallar,    Internet, radio, TV) muhim o‗rin tutadi.  
Mafkuraviy ishlar muassasalarining keng tarmog‗ining tashkil etilishi, ularning o‗sishi va 
takomillashu-vi  bilan  unga  rahbarlik  qilish  jarayoni  ham  mukammallashib  borgan.  Inson 
dunyoqarashini  shakllantirish,  ma‘naviy-axloqiy  tarbiya,  g‗oyalar  targ‗iboti,  iqtisodiy 
bilimlarning  ilmiy-texnikaviy  targ‗ibot-tashviqoti,  estetik  va  jismoniy  tarbiya,  badiiy 
havaskorlik,  madaniy  dam  olishni  tashkil  etish,  yosh  iste‘dodlarni  har  tomonlama  qo‗llab-
quvvatlash mafkuraviy ishlar-ning turli  yo‗nalishlaridir. Ezgulik va mehr-oqibat, ulug‗vorlik va 
go‗zallik,  vijdoniylik  va  mehr-shafqat,  boshqalarga  hurmat  hamda  tabiat  bilan  uyg‗unlikni 
saqlash kabi xislatlar har bir kishiga asta-sekin, tadrijiy ravishda singdirib boriladi. 

Mafkuraviy faoliyat  jarayonida klub  va o‗quv muassasalarida an‘anaviy  shakllar (suhbat, 
muloqot,  ma‘ruza,  spektakl,  konsertlar,  she‘rxonlik)  bilan  birga  mavzuli  kechalar,  kitobxonlar 
konferensiyalari  va  boshqa  tadbirlar  uyushtiriladi.  Bu  sohadagi  mutaxassislar  universitet  va 
institutlarda tayyorlanadi. 
Istiqlol yillarida zamon, hayot talabiga binoan ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarni yangi, davr talabi 
va  manfaatlariga  mos  ta-komillashgan  tizimi  shakllantirildi.  Bunda  ta‘lim  tizimi,  muzeylar, 
madaniyat  uylari  va  saroylari,  axborot  resurs  mar-kazlari,  madaniyat  va  istirohat  bog‗lari 
ommaviy  muassasalar  sifatida  millionlab  aholiga  ma‘naviy-ma‘rifiy  xizmat  ko‗rsatmoqda. 
Respublika «Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi» (1994) tashkil etildi va uning viloyatlar, tumanlar 
va  shaharlardagi  bo‗limlari  ishga  tushirildi.  Markazga  Respublika  Ma‘naviyat  va  ma‘rifat 
kengashi  rahbarlik  qila  boshladi.  O‗zbekiston  Respub-likasi  Prezidentining  2006  yil  25 
avgustdagi  «Milliy  g‗oya  targ‗iboti  va  ma‘naviy-ma‘rifiy  ishlar  samaradorligini  oshirish 
to‗g‗risida»gi  qaroriga  binoan  Respublika  Ma‘naviyat  va  ma‘ri-fat  kengashi  faoliyati  hamda 
tarkibiy tuzilishi qayta ko‗rib chiqildi. Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat kengashining il-miy-
amaliy  yo‗nalishda  faoliyat  olib  boradigan  va  davlat  byud-jeti  hisobidan  moliyalashtiriladigan 
"Milliy  g‗oya  va  mafkura  ilmiy-amaliy  markazi"  tashkil  etildi.  Respublika  Ma‘naviyat  va 
ma‘rifat  kengashining  amaliy  targ‗ibot  yo‗nalishida  faoliyat  olib  boradigan  Respublika 
Ma‘naviyat  targ‗ibot  markazi  shakllantirildi.  Barcha  viloyatlarda  hokimlarning  ma‘naviy-
ma‘rifiy  ishlar  bo‗yicha  yordamchilari  faoliyati  yo‗lga  qo‗yildi.  Res-publikamizdagi  mahalla 
oqsoqollari va fuqarolar yig‗inlari raislarining ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‗yicha maslahatchila-ri 
tizimi shakllantirildi. 
O‗zbekiston respublikasi Prezidentning 2017-yil 28-iyuldagi PQ–3160-son qarori asosida 
Ma‘naviyat  targ‗ibot  markazi  hamda  Milliy  g‗oya  va  mafkura  ilmiy-amaliy  markazini 
birlashtirish  yo‗li  bilan  Respublika  Ma‘naviyat  va  ma‘rifat  markazi  qayta  tashkil  etildi.  Ushbu 
Qarorga  binoan  Prezident  Respublika  Ma‘naviyat  va  ma‘rifat  kengashining  raisi  hisoblanadi. 
Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  Jo‗qorg‗i  Kengesi  Raisi,  viloyatlar,  Toshkent  shahar  hamda 
tumanlar (shaharlar) hokimlari tegishli ravishda hududiy kengashlarga boshchilik qiladi. 
Markaz zimmasiga quyidagi asosiy vaziflar yuklatildi: 
  amalga  oshirilayotgan  ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlar,  qabul  qilinayotgan  qonun  hujjatlari, 
davlat  dasturlarining  mazmun  va  mohiyatini  targ‗ibot  ishlarini  tizimli  va  izchil  amalga 
oshirish, ―Ma‘rifat‖ targ‗ibotchilar jamiyatini tashkil etish
  dunyoda  yuz  berayotgan  murakkab  geosiyosiy  va  g‗oyaviy-mafkuraviy  jarayonlarning 
mazmun-mohiyatini  har  tomonlama  chuqur  yoritib  borish,  terrorizm,  diniy  ekstremizm, 
aqidaparastlik,  separatizm,  odam  savdosi,  ―ommaviy  madaniyat‖,  narkobiznes  va  boshqa 
tahdidlarga qarshi samarali g‗oyaviy kurash olib borish; 
  jamiyatimizning  barqaror  rivojlanishiga  to‗sqinlik  qilayotgan  ichki  tahdidlar  –  el-yurt 
taqdiriga  loqaydlik,  mahalliychilik,  urug‗-aymoqchilik,  oilaviy  qadriyatlar  va  yoshlar 
tarbiyasiga  e‘tiborsizlik  kabi  holatlarga  barham  berishga  qaratilgan  kompleks  tadbirlar 
tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish; 
  milliy  g‗oyani  yurtimizda  yashayotgan  barcha  millat  va  elatlar,  ijtimoiy  toifa  vakillari 
o‗rtasida  keng  targ‗ib  etish,  bunyodkorlik  ruhini  yalpi  ijtimoiy  harakatga  aylantirish, 
ertangi kunga ishonch tuyg‗ularini kuchaytirish
  targ‗ibot-tashviqot ishlarida aholining hududiy, kasbiy hamda yosh xususiyatlarini hisobga 
olgan holda mutanosib, maqsadli va mazmunli yondashuvni joriy etish; 
  ma‘naviy-ma‘rifiy  targ‗ibot  ishlari  samaradorligining  ilmiy  asoslangan  monitoringini 
ta‘minlashga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar o‗tkazishni muntazam yo‗lga qo‗yish; 
  yoshlarda  sog‗lom  dunyoqarash,  jumladan,  kitobxonlik  ko‗nikmasini  shakllantirish, 
internet,  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalaridan  oqilona  foydalanish  madaniyatini 
oshirish,  ularda  g‗oyaviy  va  axborot  xurujlariga  qarshi  mafkuraviy  immunitetni 
kuchaytirish; 
  mahallalarda  uyushmagan  yoshlar  bilan  ishlash,  ushbu  toifani  ijtimoiy-iqtisodiy 
faollashtirishda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‗lga qo‗yish; 

  xalqimizning  tarixiy  merosi,  urf-odatlari  va  milliy  tarbiya  an‘analarini  asrab-avaylash, 
keng  aholi  qatlamlari,  ayniqsa,  yoshlarimiz  o‗rtasida  dinlararo  bag‗rikenglik,  millatlararo 
totuvlik  va  o‗zaro  mehr-oqibat  muhitini  mustahkamlash  bo‗yicha  chora-tadbirlar  ishlab 
chiqish va joriy etish. 
  Bu  sohadagi  ishlar  samaradorligini  kuchaytirish  borasida  bir  qator  ijobiy  chora-tadbirlar 
amalga  oshirildi.  Respublikaning  barcha  viloyatlari,  yirik  shahar  va  tumanlarida  faoliyat 
yuri-tayotgan  ma‘naviy-ma‘rifiy  muassasalar  ishtirokida  katta  xalq  sayillari,  hosil 
bayramlari,  «Mustaqillik»,  «Navro‗z»,  «Mehrjon» bayramlari,  «Sharq taronalari» xalqaro 
festivali,  xo-nandalar,  raqqosalar,  eng  yaxshi  kasb  ustalarining,  «O‗zbekiston  -  Vatanim 
manim»,  «Eng  ulug‗,  eng  aziz»,  «Kelajak  ovozi»  va  bosh-qa  ko‗rik-tanlovlari 
o‗tkazilmoqda.  Yurtimizda  ma‘naviy-ma‘-rifiy  muhitni  yanada  yaxshilash,  ming  yillar 
mobaynida  uning  bag‗rida  sayqallanib  kelayotgan  ibratli  an‘ana  va  qadriyatlarni  targ‗ib-
tashviq etish borasida ko‗plab tadbirlar tashkil etil-moqda. Shu mavzuda ilmiy-ommabop, 
publitsistik asarlar, huj-jatli filmlar va teleko‗rsatuvlar yaratilib, turli ko‗rgaz-malar tashkil 
qilinmoqda.  Bu  sohadagi  mafkuraviy  faoliyat  yo‗na-lishi  har  bir  kishi  ongi  va  qalbiga 
milliy g‗oyani singdirish, barkamol avlodni voyaga yetkazish, ma‘naviyatning milliy-etnik 
asoslari va zamonaviylikni uyg‗unlashtirishga qaratilgan. 
Mafkuraviy  faoliyat  maqsadli  va  mo„ljalli  harakat  sifatida.  Mafkuraviy  faoliyat 
hamisha  konkret  tarixiy  mazmunga,  maqsad-muddao-ga  ega  bo‗ladi.  Bu,  eng  avvalo,  inson 
bilimlari,  shu  jumladan,  mafkuraning  mazmun-mohiyati  haqidagi  bilimlarning  rivojlan-ganlik 
darajasi  bilan  belgilanadi.  Mafkura  tizimidagi  bilim-lar  to‗g‗ri  yoki  noto‗g‗ri,  progressiv  yoki 
reaksion  mazmunga  ega  bo‗lishi  mumkin.  Mazkur  bilimlar  o‗z  navbatida  ular  asosida 
shakllanadigan  baholarning  to‗g‗ri  yoki  noto‗g‗riligiga  zamin  yara-tadi.  Shakllanadigan 
baholarda esa real yoki kutilayotgan hodisa, jarayonlarga mavjud ehtiyojlar, manfaatlardan kelib 
chiqib,  o‗ziga  xos  munosabat  ifodalanadi.  Bilimlar  qanchalik  chuqur  bo‗lsa,  hosil  qilingan 
baholarga  ishonch  shunchalik  yuqori  bo‗ladi.  Shu  ma‘noda,  baholar  —  qadriyatlar  kishilarda 
ishonch, e‘tiqodning shakllanishiga xizmat qiladi. Ba‘zida erishilgan bilimlar, ularga asoslangan 
baholarning  mutlaq  to‗g‗riligiga  ishonch  dogma-tizmga  aylanib  ketishini,  bu  mafkuraviy 
turg‗unlikni yuzaga kel-tirishini ham unutmaslik zarur. 
Mafkuraviy  faoliyat  va  g‗oyaviy  qarashlar  doirasida  belgilab  olingan  maqsadlarni  bayon 
etishda  istiqbolga,  ertangi  kunga  ishonch  tuyg‗usini  shakllantirish  ham  ko‗zlanadi.  Albatta, 
bunday ishonch o‗z mohiyatiga ko‗ra, sarob bo‗lishi ham mumkin. Ammo u chuqur ilmiy asos 
va  gumanistik  mohiyatga  ega  bo‗lganda  hamda  jamiyat  taraqqiyoti  qonuniyatlari  bilan 
hamohanglik kasb etganda kishilar xulqi va faoliyatining muhim regulyatori bo‗lib xizmat qiladi. 
Zero,  bun-day  paytda  ishonch  kishilar  qarashlaridagi  barqarorlikni  belgi-lovchi  xalqa  sifatida 
namoyon  bo‗ladi.  Ayni  paytda,  mavjud  yoki  yuzaga  kelishi  mumkin  bo‗lgan  qiyinchiliklardan 
cho‗chimaslikka,  ular-ga  qarshi  tura  olish  va  bartaraf  etishning  oqilona  yo‗llarini  iz-lashga 
xizmat qiladi, shu tufayli xulqdagi sobitlik, izchillik va amaliyotdagi faollikni ta‘minlashga yo‗l 
ochadi. 
Mafkuraviy  faoliyat  g‗oyaviy  qarashlarni  tarqatish  va  unga  mos  tarbiyani  amalga 
oshirishni  ham  ifodalaydi.  Unga  ko‗ra,  mafkuraviy  qarashlarni  tarqatish  tizimi,  mexanizmlari, 
usul  va  vositalari  doimo  takomillashib  boradi,  har  bir  davrda  konk-ret  xarakter  kasb  etadi. 
"Odamzod baxti uchun hamma narsadan voz kechishga o‗rgatadigan ezgu g‗oyalarni kishilarga 
singdirish  buyuk  san‘atdir",  deb  yozgan  edi  fransuz  yozuvchisi  Stendal.  Shu  nuqtai  nazardan 
qaraganda, mafkuraviy faoliyat g‗oyaviy tarbiyani o‗zga-ruvchan voqelik va ijtimoiy guruhlarga 
xos xususiyatlarni hisobga olgan holda doimiy takomillashtirib borishni anglatadi. 
Shu bilan birga, mafkuraviy faoliyatni tashkil etishda tex-nika va texnologiyalar, targ‗ibot 
va tashviqot olib borish usul-larining rivojlanganlik darajasi ham o‗ziga xos ahamiyat kasb etadi. 
Xususan, bugungi kundagi va XX asr boshidagi mafkuraviy faoliyat o‗rtasida keskin farq borligi 
shubhasiz.  Hozirgi  davr-da  OAV  mafkuraviy  faoliyatni  amalga  oshirishning  muhim  bo‗g‗i-ni 
hisoblanadi. Yaqin istiqbolda texnika va texnologiya rivoji odamlar ongiga ta‘sir o‗tkazish, ya‘ni 
mafkuraviy  faoliyatni  tashkil  etishning  yangidan-yangi  mexanizmlarini  topishiga  ham  shubha 

qilmasa bo‗ladi. Ayni paytda, fanlar rivoji mafkuraviy faoliyatni ilmiy asosda tashkil etish uchun 
zamin yaratgani-ni ham unutmaslik lozim. 
Yuqorida 
qayd 
etilgan 
mulohazalar, 
mafkuraviy 
faoliyatning 
ijtimoiy-tarixiy 
belgilanganini  ko‗rsatish  barobarida  uning  o‗zgaruvchan  xarakterga  ega  ekanini  ham  bildiradi. 
Ijtimoiy  ja-rayonlarda  mavjud  voqea,  hodisa,  jarayonlar  mohiyati,  rivojla-nish  qonuniyatlarini 
anglab  yetmaslik,  ularning  nazoratdan  tash-qarida  bo‗lishi  va  oxir  oqibatda  kutilmagan 
natijalarni kelti-rib chikarishi bilan xarakterlanuvchi va stixiyalilik deb atali-shi mumkin bo‗lgan 
holatlar  ko‗plab  kuzatiladi.  Mafkuraviy  faoliyat  ham  o‗z  mohiyatiga  ko‗ra  ijtimoiy  hodisa 
bo‗lsa-da,  unga  nis-batan  "stixiyalilik"  tushunchasini  ishlatish  birmuncha  qiyin.  Zero, 
mafkuraviy  faoliyat  aniq  ongli  xarakterga  ega  bo‗ladi.  G‗oyaviy  qarashlarni  tarqatish, 
mafkuraviy  tarbiyani  amalga  oshirish  esa  aksariyat  hollarda  tizimli  va  tadrijiy  tarzda  amalga 
oshiriladi. Onglilik deganda, kishilarning ijtimoiy  qonuniyatlarni tu-shungan, anglagan va unga 
asoslangan holda o‗z faoliyatini tashkil etishi tushunilishini inobatga oladigan bo‗lsak, bugungi 
kunda  mafkuraviy  faoliyat  tobora  ongli  va  aniq  maqsadlarga  qaratil-gan  holda  amalga 
oshirilayotganini qayd qilish zarur. 
Mafkuraviy  faoliyatni  tashkil  qilishning  usullari  va  yo„llari.  Mafkuraviy  faoliyatni 
amalga oshirishning zamonaviy texnologiyalari. Mafkuraviy faoliyatda targ‗ibot va tashviqot 
muhim  o‗rin  egallaydi.  "Mafkuraviy  targ‗ibot  va  tashviqot"  biron-bir  shaxs,  guruh,  millat, 
jamiyat, hudud xalqlarining ongi va qalbiga mu-ayyan g‗oya va mafkuraning mazmun-mohiyati, 
maqsad-muddaolari,  amaliyoti  to‗g‗risidagi  bilimlarni,  ularga  doir  tushuncha  va  ta-moyillarni 
singdirishga qaratilgan tizimli faoliyat  hamda u bilan bog‗liq chora-tadbirlarni  amalga oshirish 
jarayonini  ifo-dalaydigan  tushunchadir.  Shu  bilan  birga,  bugungi  kunda  bu  tu-shuncha 
yurtimizdagi  turli  millat,  ijtimoiy  toifa,  kasbu  kor-ga  mansub  bo‗lgan  kishilarni  ma‘naviy 
tajovuzlardan  ogohlikka  chorlash,  mavjud  xavf  va  taxdidlarning  mohiyatini  anglab  yetish,  ular 
haqida jamoatchilik fikrini shakllantirish, eng muhimi, milliy g‗oya asosida xalqni birlashtirish, 
jipslashtirish,  yosh  avlod  ongi  va  qalbida  ezgu  g‗oyalarga  sadoqat  tuyg‗ularini  tarbiya-lashga 
qaratilgan  usul  va  amaliy  harakatlar  majmuini  ham  anglatadi.  Odamlar  qalbi  va  ongida  ana 
shunday  insoniy  tuyg‗ular  qaror  topishi,  jamiyatda  olijanob  fazilatlar  ustuvor  bo‗li-shida 
mafkuraviy targ‗ibot va tashviqot muhim ahamiyatga ega. 
Mafkuraviy  targ‗ibot  va  tashviqot  aslida  ta‘lim-tarbiyaning  muhim  ko‗rinishidir. 
"Targ‗ibot"  atamasining  o‗zagini  "rag‗bat"  so‗zi  tashkil  etgani  bois,  u  insonni  biror  harakatga 
rag‗batlantirishni  nazarda  tutadi.  "Tashviqot"  tushunchasining  o‗zagi  esa  "shavq"  so‗zidan 
olingan  bo‗lib,  u  kishida  biror  narsaga  shavq,  ishonch  tuyg‗ularini  uyg‗otishga  yo‗naltirilgan. 
Demak, targ‗ibot-tashviqotdan ko‗zlan-gan asosiy maqsad nafaqat bilim orttirish, balki kishyni 
biror-bir xatti-harakatga undashdan iborat. 
Mafkuraviy targ‗ibot va tashviqotning ikki an‘anaviy  yo‗li mavjud. Birinchisi  — insoniy 
fazilatlarni ulug‗lash,  yuksaq ma‘naviyatli  kishilar hayoti va  faoliyatini  ta‘riflash, ular-ni  ibrat, 
namuna  qilib  ko‗rsatish  orqali  kechadi.  Ikkinchi  yo‗l  esa  illatlarni  qoralash,  ulardan  xalos 
bo‗lishga  da‘vat,  tar-g‗ib-tashviq  orqali  amalga  oshadi.  Bu  vosita  birinchisiga  nisba-tan 
samaraliroq.  Shu  sababdan  ham  erishilgan  yutuqlarni  xoliso-na  e‘tirof  etib,  yo‗l  qo‗yilgan 
kamchiliklar tanqidiy nuqtai nazardan baholanishi lozim. 
Mafkuraviy  targ‗ibot  va  tashviqotda  ulug‗  ajdodlarimizning  hayot  yo‗li,  qoldirgan 
merosini bir yoqlamalikka berilmay, to‗g‗ri va haqqoniy aks ettirmog‗imiz darkor. Lekin, bunda 
faqat  o‗tmish-dagi  siymolar  bilan  cheklanib  qolmay,  bugungi  kun  qahramonlari,  ilg‗or 
zamondoshlarimizdan  o‗rnak  olish  ham  muhim  ahamiyatga  ega.  Toki,  ular  yoshlar  uchun  tom 
ma‘noda ibrat namunasi bo‗lsin. Chun-ki, targ‗ibot-tashviqotda faqat o‗tmishdan misol keltirish 
bilan  cheklanib  qolinsa,  bu  —  kechagi  kun  bilan  yashash  bo‗ladi.  Targ‗ibot-tashviqot  borasida 
eski  davrdan  qolgan  quruq,  siyqasi  chiqqan  va‘z-xonlikdan  voz  kechib,  yurt  bugun  boshidan 
kechirayotgan  murakkab  va  mashakqatli  hayot  haqiqatiga  tayanib,  jamoatchilik  fikrini  shakl-
lantirishning  eng  zamonaviy,  ta‘sirchan  usul-uslublaridan  foydalangan  holda  ish  olib  borishni 
hayotning o‗zi talab qilmoqsa. 

Shu  sababdan  ham  targ‗ibotchilar,  ijtimoiy  soha  mutaxassis-lari,  ilg‗or  fikrli  ziyolilar 
milliy  g‗oyaning  asosiy  maqsadla-rini  xalqqa  sodda,  haqqoniy,  tushunarli  tarzda  ifodalab  be-
rishlari  muhim  ahamiyatga  ega.  Buning  uchun  nima,  qanday  targ‗ib  qilishni  aniq  va  puxta 
tasavvur  etmoq,  ma‘naviy  oziq  nimadan  iborat  bo‗lishini,  uni  odamlar  ongiga  qay  tariqa 
yetkazish usul-larini ishlab chiqmoq darkor. Ma‘naviy oziqning mezoni haqiqat va faqat haqiqat 
bo‗lishi zarur. Ya‘ni, xalqqa bor haqiqatni  ochiq aytib, shunga ko‗ndirish, ishonchini qozonish 
va shu asosda uni yangi marralarga intilishga rag‗batlantiriladi. 
Har  qanday  tarbiyada,  hatto  yuksak  rivojlangan  demokratik  tarbiya  tizimida  ham  ozmi-
ko‗pmi  bajarilishi  shart  bo‗lgan  bel-gilar  mavjud.  Masalan,  bola  go‗dakligidan  biror  ezgu 
fazilatga  o‗rgatilmasa,  majbur  qilinmasa,  yuz-qo‗lini  yuvmaslik,  kattalar  gapini  bo‗lish  singari 
qusurlar  unga  odat  bo‗lib  qoladi.  Xalqimizga  azaldan  xos  bo‗lib  kelgan  andisha,  ota-onaga 
hurmat,  ilm-ma‘rifatga  intilish  kabi  olijanob  fazilatlar  ham  o‗z-o‗zidan  shakllanib  qolmaydi. 
Mafkuraviy  targ‗ibot  va  tashviqot  ishla-rida  har  bir  ixtisos,  har  bir  yo‗nalish  bo‗yicha 
mutaxassislar-dan  foydalanish  kerak.  Shundagina  har  bir  ko‗rsatuv,  eshitti-rish,  ma‘ruza, 
ma‘rifiy tadbirlar mazmun-mohiyati bilan odam-lar qalbi va ongiga yetib boradi. 
Mafkuraviy  targ‗ibot  o‗tkinchi,  mavsumiy  holga  aylanib  qol-masligi  lozim.  Bugungi 
murakkab ma‘naviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ular-
ning  ustuvor  yo‗nalishlarini,  kimga  va  nimaga  qarshi  qaratil-ganligini  aniqlash,  aholi  turli 
qatlamlariga ta‘sirini o‗rga-nish, ma‘naviy tajovuzlar mohiyatini ochib berish alohida ahamiyat 
kasb  etmoqsa.  Faqat  ana  shunday  asosda  aholi,  ayniqsa,  yoshlarni  o‗z  fikriga  ega,  ma‘naviy 
tajovuzlarga  qarshi  sobit  tura  olishga  qodir,  irodali,  fidoyi,  vatanparvar  insonlar  etib 
tarbiyalashga erishish mumkin. Targ‗ibot ishlarining ta‘sirchan-ligini ta‘minlaydigan zamonaviy 
informatsion  va  kompyuter  texnologiyalarini  keng  joriy  etish,  jamiyat  ma‘naviy  immuni-tetini 
kuchaytirishga qaratilgan samarali usul-uslublarni ish-lab chiqish, davlat va jamoat tashkilotlari 
hamda  targ‗ibotchi-tashviqotchilar  uchun  tegishli  tavsiya  va  qo‗llanmalarni  tayyor-lash  bu 
boradagi  muhim  vazifalar  tarkibiga  kiradi.  Mafkuraviy  targ‗ibot  va  tashviqotda  keng 
qamrovlilik,  uzluksizlik,  bosqichma-bosqichlik,  meyoriylik,  shaxsiy  ibrat  singari  tashkiliy 
tamoyillarga amal qilingan taqdirdagina ko‗zlangan samaraga erishish mumkin. 
"Mafkuraviy faoliyat samaradorligi" tushunchasi joylarda amalga oshirilayotgan ta‘lim va 
tarbiyaviy ishlardan qanday na-tijalarga erishilganini va shu soha xodimlarining faoliyati hamda 
tarbiyaviy  salohiyatidan  foydalanish  darajasini  ifodalaydi.  Bu  maqsadga  erishish  uchun 
tadbirlarni  ta‘lim  jarayoni  bilan  uyg‗unlashtirish  va  ulardan  samarali  foydalanish  muhim 
ahamiyatga ega. Ta‘lim-tarbiya jarayonida aholiga ta‘sir o‗tka-zuvchi omillarning harakat qilish 
mexanizmlari  va  xususiyatla-rini  aniqlash,  ulardan  unumli  foydalanish,  ma‘naviy-ma‘ri-fiy 
tadbirlar  orqali  yoshlarni  milliy  va  umumbashariy  qadri-yatlarga  sadoqat  ruhida  tarbiyalash 
g‗oyat  muhim  ahamiyat  kasb  eta-di.  Mafkuraviy  faoliyat  samaradorligi  yuqori  bo‗lishi  uchun 
ular-ni  tayyorlash  va  o‗tkazish  jarayonida  yoshlarda  tarbiya  va  o‗zini  o‗zi  tarbiyalash  hissini 
shakllantirish hamda rivojlantirish tashkilotchining diqqat markazida bo‗lishi lozim. Ta‘lim tizi-
midagi  ma‘ruza,  amaliy  mashg‗ulotni  ma‘naviy-ma‘rifiy  tad-birlar  bilan  uyg‗unlashtirish,  bir 
tomondan, ta‘lim samara-dorligini oshirsa, ikkinchi tomondan, ta‘lim va tarbiyaning uz-viyligini 
ta‘minlashga xizmat qiladi. 
Mafkuraviy  tadbirlarni  tayyorlash  hamda  o‗tkazishga  yoshlar-ni  keng  jalb  qilish  ularda 
tuyg‗udoshlik  va  daxldoshlik  xissini  uyg‗otadi,  bu  holat  o‗tkazilgan  tadbirning  tarbiyaviy 
samaradorli-gini  yanada  oshiradi.  Bunday  tadbirlardan  ma‘naviy-axloqiy  tar-biyada  samarali 
foydalanishning  muhim  sharti  shuki,  bunda  har  bir  kishining  xususiyatlari,  muayyan  voqea-
hodisaga nisbatan fikri qay darajada shakllanganini hisobga olish lozim. Ta‘lim muassasalarida 
tadbirlarni  rejalashtirish,  tashkil  qilish,  tayyorlash  va  o‗tkazishga  talaba-yoshlarni  keng  jalb 
qilish,  ay-niqsa, mavzu tanlash, reja tuzish,  ssenariy tayyorlash, tadbir o‗tkaziladigan xonalarni 
jihozlash kabi yumushlarni ularning o‗zlariga topshirish lozim. 
Mafkuraviy  faoliyat  samaradorligining  oshishi  o‗quv  yurtlarida  o‗tkaziladigan  ma‘naviy-
ma‘rifiy  tadbirlarning  reja  va  ssenariylari  professor-o‗qituvchilar  yoki  o‗quv  yurti  xodim-lari 
tomonidan  tuzilgan  taqdirda  ularni  talabalar  muhokama-sidan  o‗tkazish  va  muhokama 

jarayonida  bildirilgan  fikrlar-ning  inobatga  olinishiga  ham  bog‗liq.  Mafkuraviy  targ‗ibot  va 
tashviqot samaradorligini oshirish maqsadida o‗quv yurtlarining ma‘naviy-ma‘rifiy muassasalar 
bilan  hamkorligini  mustah-kamlashning  ahamiyati  katta.  Bunday  hamkorlik,  bir  tomondan, 
madaniy-ma‘rifiy muassasalarni  auditoriya, tomoshabin  bilan ta‘minlashga, ikkinchi  tomondan, 
ma‘naviy-ma‘rifiy  tadbir-larning  ta‘sirchanligi  va  samaradorligini  oshirishga  ko‗makla-shadi. 
Qolaversa,  mafkuraviy  targ‗ibot  va  tashviqot  samarador-ligi  tadbirlarning  mazmunan  milliy 
ma‘naviy-axloqiy  qadri-yatlarimiz,  milliy  g‗oya  va  madaniyatimiz,  ma‘naviy  merosimiz  bilan 
uyg‗un holda hamda zamonaviy shakllar va interaktiv us-lublar asosida tashkil etilishiga bog‗liq 
Mafkuraviy  targ‗ibot  va  tashviqot  samaradorligini  shu  so-haning  faollari,  targ‗ibotchi  va 
tashviqotchilarisiz tasavvur etib bo‗lmaydi. "Mafkura targ‗ibotchisi" shu sohadagi yangiliklar va 
axborotlarni  tarqatuvchi,  kishilarni  muayyan  g‗oya  va  g‗oyalar  ti-zimiga  xos  maqsad-
muddaolarga yetishish, ideallarga erishishga da‘vat etuvchi, hayotning barcha sohalaridagi ilg‗or 
jarayon va vo-qealarni muntazam ravishda tahlil etib, bu boradagi dolzarb muammolar yechimini 
topish  bo‗yicha  xabar,  ma‘lumot,  taklif-larni  ommaga  tarqatuvchi  shaxsni  ifodalaydigan 
tushunchadir.  Mafkura  targ‗ibotchisi,  keng  ma‘noda,  ijtimoiy  faoliyatning  alohida  turi,  ya‘ni 
g‗oya  va  mafkura  masalalari  bilan  shug‗ulla-nadi,  ijtimoiy-siyosiy,  g‗oyaviy,  axloqiy 
qadriyatlarni targ‗ib qiladi. Tor ma‘noda esa, u faoliyati ma‘naviyat, mafkura va siyosatni targ‗ib 
etishga qaratilgan shaxsni anglatadi. 
Mafkura targ‗ibotchisi ilmiylik, konkretlik, obyektivlik, ijtimoiy hayot bilan chambarchas 
bog‗liqlik  tamoyillariga  asos-lanishi,  ilmiy,  nazariy,  amaliy-tashkiliy  jihatdan  yetuk  kishi 
bo‗lishi  lozim.  U  shaxs,  jamiyat  va  davlat  ehtiyojlaridan  kelib  chiqib,  ular  manfaatlarini  ifoda 
etib,  adolatli  jamiyat  qurish  haqidagi  bunyodkor  g‗oyalarni  omma  orasida  yoyish,  kishilarga 
ma‘-naviy,  g‗oyaviy-siyosiy  ta‘sir  ko‗rsatish  subyektidir.  Mafkura  targ‗ibotchisi  o‗zi  anglagan, 
o‗rgangan,  yuragidan  o‗tkazgan,  to‗g‗ri-ligiga  ishongan  ma‘lumotlarning  serqirraligi,  yangiligi 
bilan aholini ma‘naviy, g‗oyaviy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy jara-yonlarda   faollikka chorlaydi. 
Hozirgi davrda ham har bir ma‘rifatli, vijdonli inson buzg‗unchi  g‗oyalar ta‘siriga qarshi 
kurashishi, aholiga bor haqiqatni tushuntirib berishi, odamlar ruhini, ongu tafakku-rini, umuman, 
ma‘naviyatini  himoya  qilishi  zarur.  Elga  ezgu  g‗oyalarga  asoslangan  tushunchalarni  targ‗ib 
qiladigan,  aholiga  tar-biya  beradigan,  tinchlik-osoyishtalikni  saqlash,  ma‘rifatni  tar-qatish  kabi 
savobli va xayrli ishlarni amalga oshirishga da‘vat etadigan mo‗tabar joy — maktablar va ularda 
ishlaydiganlar  ham  mafkura  targ‗ibotchilaridir.  Yuksak  ma‘naviyat  yoshlar  ongi  va  qalbiga 
singishi,  davlat  va  jamiyat  maqsad-muddaolarini  ja-moatchilik  qo‗llab-quvvatlashiga  erishmoq 
uchun targ‗ibot-tashvi-qot uzluksiz bo‗lmog‗i lozim. 
Shu  ma‘noda,  mafkura  targ‗ibotchisi  yangiliklarni  anglashga  qodir,  haqiqat  va  xalq 
manfaati  yo‗lida kurashlarga hamisha tayyor, mard, fidoyi  bo‗lishi lozim. Bunday xususiyatlar 
esa, tarixdan, ajdodlar tajribasidan ma‘lumki,  jamoa, jumladan, mahalla  sharoitida shakllanadi. 
Mahalla  —  jamiyatimizda  alohida  ma‘-naviy  tarbiyaviy  ahamiyatga  molik  bo‗lgan  o‗ziga  xos 
demokratiya  maktabi.  Bu  noyob  tajriba  —  aholining  mahalla  bo‗lib  yashash  tar-zi  jahonning 
boshqa mamlakatlarida kam uchraydi. Shuning uchun ham insonni jamiyat bilan birga yashashga 
o‗rgatadigan, uning ma‘-naviyatini tarbiyalaydigan birlamchi makon mahalladir. 
Milliy  urf-odatlar,  marosimlar  targ‗iboti  chog‗ida  ham  butun  insoniyat,  Vatan  va  millat 
manfaatlarini,  shaxs  erkinligi,  mil-liy  qadriyatlar  majmuining  yaxlit  uyg‗unligini  yodda  tutmoq 
lo-zim.  G‗oya  va  mafkura  tamoyillari  shu  sohadagi      har  bir  inson,  jumladan,  targ‗ibotchining 
har bir xatti-harakatida o‗z ifodasini topadi. Uning yashash tarzi, qilgan ishlari, yaratgan asarlari, 
mehnatining  natijalari,  atrof  voqelikka  munosabati  —  barcha-barchasi  g‗oyalarga  sadoqatning 
ko‗zgusidir. Olimning kashfiyoti, musavvirning kartinasi, yozuvchining romani, shoirning she‘ri, 
o‗qituvchining,  voizning  ma‘ruzasi,  bastakorning  musiqasi  o‗ziga  xos  targ‗ibotdir.  Bunday 
targ‗ibotda  ko‗p  kitob  o‗qiydigan,  ma‘lu-motli  ziyolilarga  mo‗ljallangan  bir  oz  murakkabroq 
axborotlar  bilan  tadbirkorlar  kayfiyatiga  ta‘sir  etib  bo‗lmaydi.  Shuningdek,  g‗oyalarga  sadoqat 
tuyg‗ularini singdirishda talabalarga ham,  fermerlarga ham  bir xil munosabatda bo‗lish,  bir xil 
usullar-dan foydalanish  kutilgan samarani  bermaydi.  Chunki,  turli  ij-timoiy  guruh vakillarining 
dunyoqarashi, manfaatlari va qadri-yatlari bir-biridan farq qiladi. Mafkura targ‗ibotchisi tomoni-

dan  har  bir  guruh,  tabaqa,  toifa  xususiyatlarini  hisobga  olish  ko‗proq  samara  berishi  mumkin. 
Mafkura targ‗ibotchilarining o‗zlari ham el-yurt orasida obro‗-e‘tibor qozongan, yuksak saviyali, 
ko‗pni  ko‗rgan,  jonkuyar,  otashin,  eng  muhimi,  odamlarning  yuragiga  haqqoniy  so‗zi,  yorqin 
fikri bilan yo‗l topadigan halol insonlar, ya‘ni bunga ma‘naviy huquqi bor kishi bo‗lishi lozim. 
Demak, mafkura targ‗ibotchisi "Avesto"dagi "ezgu niyat, ezgu so‗z, ezgu amal" tamoyiliga 
mos shaxs bo‗lmog‗i zarur. Mafkuraviy targ‗ibotda hissiyotlarga kuchli ta‘sir qilish, jozibalilik, 
no-an‘anaviy usullarni  qo‗llash,  oshkoralik, milliy  qadriyatlar doirasidan  chiqmaslik, ommabop 
va  tushunarli  ifodalash  ko‗proq  samara  beradi.  Bugungi  g‗oyat  murakkab,  tahlikali  dunyoda 
yoshlar  ma‘naviyatini  yanada  yuksaltirish,  ularni  milliy  an‘ana  va  qad-riyatlarga  yot  bo‗lgan 
buzg‗unchi g‗oyalar, zararli oqimlar ta‘siri-dan asrash vazifasi mafkuraviy targ‗ibot faollari bilan 
bir-ga, bu sohada faoliyat yuritadigan turli tashkilot va muassasa-lar zimmasiga ulkan mas‘uliyat 
yuklaydi. 
Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish