Tuzuchi: Jabborova Sayyora Alimovna Reja: Reja: - Semiotika belgilar tizimi haqidagi fan.
- Ferdinand de Sossyurning belgilar sistemasi haqidagi qarashlari.
Semiotika (yoki semiologiya) belgilar sistemasi haqidagi fandir. Shunga ko‘ra semiotika belgilar sistemasiga xos bo‘lgan umumiy xususiyatlarni, jihatlarni o‘rganadi. Semiotika belgilar nazariyasi haqidagi ta’limot sifatida belgilarni, belgilar sistemasiga kiruvchi hodisalarni, ularning tabiati, mohiyati, turlari, ko‘rinishlari, amal qilishi kabilarni tekshiradi. Semiotika belgilar tizimi haqidagi fan. Semiotika, aytilganidek, belgilar nazariyasi haqidagi ta’limot bo‘lib, uning muayyan yo‘nalishi sifatida tilshunoslik va semiotikaning o‘zaro maqsadli aloqaga, munosabatga kirishishidan tilshunoslik fanining lingvosemiotika deb ataluvchi sohasi shakllanadi. Demak, til ikkilamchi belgilar sistemasi sifa-tida semiotikaning — lingvosemiotikaning tekshirish obyekti hisoblanadi, ya’ni lingvosemiotika tilning belgi tabiatiga egaligini, informatsiya uzatuvchi til birliklarining xususiyatlarini tadqiq qiladi. - Semiotika, aytilganidek, belgilar nazariyasi haqidagi ta’limot bo‘lib, uning muayyan yo‘nalishi sifatida tilshunoslik va semiotikaning o‘zaro maqsadli aloqaga, munosabatga kirishishidan tilshunoslik fanining lingvosemiotika deb ataluvchi sohasi shakllanadi. Demak, til ikkilamchi belgilar sistemasi sifa-tida semiotikaning — lingvosemiotikaning tekshirish obyekti hisoblanadi, ya’ni lingvosemiotika tilning belgi tabiatiga egaligini, informatsiya uzatuvchi til birliklarining xususiyatlarini tadqiq qiladi.
Ferdinand de Sossyur til g‘oya, fikr ifoda etuvchi belgilar sistemasidir, deydi. Semiotikaning tekshirish obyekti jamiyat tomonidan faol qo‘llanadigan belgilar sistemasidir. Semiotika grekcha semion, semiologiya grekcha sema va logos so‘zlaridan iborat bo‘lib, belgi va ta’limot, tushuncha demakdir. Inson paydo bo‘libdiki, jamiyatga xizmat qiladi. Boshqacha aytganda, belgilar sistemasi ham jamiyat kabi qadimiydir. Demak, belgalar sistemasi jamiyat bilan birga paydo bo‘lib, jamiyat bilan birga «qadam tashlaydi». Chunki ular inson faoliyati tufayligina hosil bo‘ladi; shu faoliyat orqali harakatga keladi, muayyan vazifa bajaradi, inson faoliyatining natijasi hisoblanadi. - Ferdinand de Sossyurning belgilar sistemasi haqidagi qarashlari.
NAZORAT SAVOLLARI: NAZORAT SAVOLLARI: - 1. Semiotika haqida ma’lumot bering.
- 2. Ferdinand de Sossyurning belgilar sistemasi haqidagi qarashlarini izohlang.
- 3. Sun’iy belgilarga misollar keltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |