O‘ZBEKISTON
RESPUBLIKASINING QONUNI
CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari
Ushbu Qonunning maqsadi chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi
munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari chiqindilarning fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-
muhitga zararli ta’sirining oldini olish, chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirish va ulardan
xo‘jalik faoliyatida oqilona foydalanilishini ta’minlashdan iborat.
2-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish — chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga
oshirish sohasida hisobga olish va nazorat qilish, chiqindilarni ko‘mib tashlash va utilizatsiya
qilish joylarining davlat kadastrini yuritish, chiqindilarning hosil bo‘lishi, ularni to‘plash,
joylashtirish, tashish, zararsizlantirish, saqlash, qayta ishlash, utilizatsiya va realizatsiya qilish
bilan bog‘liq faoliyat;
(2-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-495-
sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 03/18/495/2029-son —
2019-yil 12-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
chiqindilarni
zararsizlantirish
—
chiqindilarni
neytral
holga
keltirish,
dezaktivatsiyalash, dezinfeksiyalash, demerkurizatsiyalash, chiritish, yoqib yuborish, termik
jihatdan qayta ishlash va ko‘mib tashlash bilan bog‘liq faoliyat;
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-495-sonli Qonuniga asosan
uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y.,
03/18/495/2029-son — 2019-yil 12-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish obyektlari — chiqindilarni to‘plash,
joylashtirish, tashish, zararsizlantirish, saqlash, qayta ishlash, utilizatsiya va realizatsiya qilish
uchun foydalaniladigan obyektlar;
(2-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-495-
sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 03/18/495/2029-son —
2019-yil 12-yanvardan kuchga kiradi)
chiqindi pasporti — chiqindi kelib chiqqan joyni hamda chiqindining individual
xususiyatlarini tasdiqlovchi hujjat;
chiqindilar — ishlab chiqarish yoki iste’mol qilish jarayonida xomashyo, materiallar,
xomaki mahsulotlar, boshqa buyumlar yoki mahsulotlarning hosil bo‘lgan qoldiqlari,
shuningdek o‘zining iste’mol xususiyatlarini yo‘qotgan tovarlar (mahsulotlar);
chiqindilarni joylashtirish limiti — muayyan muddatga joylashtirish ruxsat etilgan
chiqindilarning eng yuqori miqdori;
Oldingi tahrirga qarang.
chiqindilarni joylashtirish obyekti — chiqindilarni saqlash hamda zararsizlantirish
uchun maxsus ajratilgan va jihozlangan joy;
(2-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-
495-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 03/18/495/2029-
son — 2019-yil 12-yanvardan kuchga kiradi)
chiqindilarni ko‘mib tashlash — chiqindilarni, ifloslantiruvchi moddalar atrof-muhitni
bulg‘atishining oldini olishga qaratilgan hamda bu chiqindilardan kelgusida foydalanish
imkoniyatini istisno etadigan tarzda, ajratib qo‘yish;
Oldingi tahrirga qarang.
chiqindilarni saqlash — chiqindilar zararsizlantirish, qayta ishlash yoki utilizatsiya
qilish maqsadida olib ketilguniga qadar ularni maxsus jihozlangan to‘plagichlarda saqlash;
(2-moddaning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-495-
sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 03/18/495/2029-son —
2019-yil 12-yanvardan kuchga kiradi)
chiqindilarni utilizatsiya qilish — chiqindilar tarkibidan qimmatli moddalarni ajratib
olish yoki chiqindilarni ikkilamchi xomashyo, yoqilg‘i, o‘g‘it sifatida va boshqa maqsadlarda
ishlatish;
chiqindilarni qayta ishlash — chiqindilarni ekologik jihatdan bexatar saqlash, tashish
yoki utilizatsiya qilish maqsadida ularning fizik, kimyoviy yoki biologik xususiyatlarini
o‘zgartirish bilan bog‘liq texnologik operatsiyalarni amalga oshirish;
chiqindilarning hosil bo‘lish normativi — mahsulot birligi ishlab chiqarilayotganda yoki
boshlang‘ich xomashyo birligidan hosil bo‘ladigan muayyan turdagi chiqindilarning
belgilangan miqdori;
xavfli chiqindilar — tarkibida xavfli (zaharlilik, yuqumlilik, portlovchanlik, tez
alangalanib yong‘in chiqaruvchanlik, reaksiyaga tez kirishuvchanlik, radioaktivlik)
xususiyatlardan loaqal bittasiga ega moddalar mavjud bo‘lgan, bunday moddalar fuqarolar
sog‘lig‘i va hayotiga, atrof-muhitga o‘zi mustaqil tarzda ham, shuningdek boshqa moddalarga
qo‘shilganda ham bevosita yoki potensial xavf tug‘diradigan miqdorda va shaklda mavjud
bo‘lgan chiqindilar.