sohasidagi majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslar:
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida belgilangan sanitariya
normalari va qoidalariga, ekologik normativlarga rioya etishi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chiqindilarning hisobini yuritishi, ular
to‘g‘risida hisobot taqdim etishi;
chiqindilarning fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i, atrof-muhit uchun xavflilik darajasini
belgilangan tartibda aniqlashi;
chiqindilarning hosil bo‘lish normativlari va chiqindilarni joylashtirish limitlari
loyihalarini ishlab chiqishi;
aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlariga, yo‘llarning chetiga, qatnov
qismiga qurilish va maishiy chiqindilar tashlanishi hamda joylashtirilishining oldini olishi;
chiqindilarni to‘plashni ta’minlashi, o‘ziga tegishli bo‘lgan binolarga yaqin yoki tutash
hududlarda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va vaqtinchalik saqlash uchun konteynyerlar
(qutilar) o‘rnatishi;
resurs qimmatiga ega va utilizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan chiqindilarning lozim
darajada saqlanishini ta’minlashi hamda ularning yo‘q qilinishi va buzilishiga yo‘l qo‘ymasligi;
o‘zining mulki bo‘lgan chiqindilarning utilizatsiya qilinishiga doir texnologiyalarni
ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish choralarini ko‘rishi;
chiqindilarning aralashib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi, bundan ishlab chiqarish
texnologiyasida nazarda tutilgan hollar mustasno;
chiqindilarning belgilanmagan joylarda yoki obyektlarda saqlanishi, qayta ishlanishi,
utilizatsiya qilinishi va zararsizlantirilishiga, shuningdek bunday joylarga yoki obyektlarga
joylashtirilishi hamda tashlanishiga yo‘l qo‘ymasligi;
maxsus texnik moslamalarni qo‘llamagan holda chiqindilarni yoqib yubormasligi;
sanitar tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish
bo‘yicha talablarni buzmasligi;
chiqindilar joylashtirilgan o‘z obyektlarining sanitariya va ekologik holati ustidan
nazoratni amalga oshirishi;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish chog‘ida holati buzilgan yer
uchastkalarida rekultivatsiya ishlarini o‘tkazishi;
chiqindilarni mumkin qadar ko‘proq utilizatsiya qilish, ularni chiqindilarni to‘plash,
saqlash va utilizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga
realizatsiya qilish yoki berish chora-tadbirlari majmuini amalga oshirishi, shuningdek
utilizatsiya qilinmaydigan chiqindilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda zararsizlantirilishini
ta’minlashi;
mahalliy davlat hokimiyati organlariga, chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish
sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlariga ruxsat olinmagan tarzda atrof-muhitga
chiqindilar chiqarilganligi holatlari to‘g‘risida va ko‘rilgan choralar haqida belgilangan tartibda
axborot taqdim etishi;
chiqindilarni joylashtirganlik uchun belgilangan tartibda kompensatsiya to‘lovlari
to‘lashi;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish natijasida fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i
va mol-mulkiga, atrof-muhitga, yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi shart.
(15-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-495-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 03/18/495/2029-son — 2019-
yil 12-yanvardan kuchga kiradi)
Yuridik shaxslar zimmasida chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |