Mavzu: Iqtisodiy ta’lim tamoyillari, metodlari va vositalari
Reja:
1.Pedagogning asosiy axloqiy qoidalari.
2.Katta va kichik xodimlar o’rtasidagi munosabat qoidalari.
3.Kasb etikasi kategoriyalarining vazifalari.
4.«Burch», «Or-nomus», «Vijdon» kategoriyalari «Kasb burchi» tushunchasi.
1.Pedagogning asosiy axloqiy qoidalari.
Pedagog umumiy talablardan tashqari quyidagi axloqiy qoidalarga ham rioya etishi lozim.
Pedagogning asosiy axloqiy qoidalari.
Pedagogning asosiy axloqiy qoidalariga quyidagilar kiradi:
qo’l ostidagilarga o’rgatish va ulardan ham o’rganish, «O’rgatib, saboq berib qo’yish»dan o’zni tiyish;
odamlarni o’zining yaxshi hislatlari, ishdagi shaxsiy namunasi bilan ortidan ergashtira bilish, ya’ni «men qilganday bajar» degan qoidani shior qilib ish ko’rish;
talab qilish, ammo ta’qib etmaslik;
qo’l ostidagilarning tarjimai holini, xulqvdagi yaxshi va yomon tomonlarini, turmush sharoitini, oilaviy ahvolini, do’st va dushmanlarini yaxshi bilish;
muomalada kamtar, sodda, vazmin, dilkash bo’lish, ortiqcha rasmiyatchilikka, to’rachilikka yo’l qo’ymaslik;
o’ziga bino qo’yishdan, maqtanishdan saklanish, xalqimizning «kamtarga kamol, manmanga zavol» degan o’gitiga amal qilish;
sobitqadam bo’lish, ammo qaysar bo’lmaslik, qaysarlik - axmoqlik belgisi ekanligani teran anglash;
zarurasiz tanqid qilmaslik, tanqidning maqsad emas, -vosita ekanligani unutmaslik;
xatosini tushunib, uni tuzatgan odamni tanqid qshshaslik, ayniqsa kamchiligani yuziga solmaslik;
zarurasiz qo’l ostidagilarning qilayotgan ishlariga aralashmaslik;
«boshliq xafa bo’lmaydi, u taxdil qiladi» degan o’gitga amal qilish;
hamma vaqt qo’l ostidagilariga ularning yaxshi ishlari uchun tashakkur aytish;
begona odamlar oldida qo’l ostidagilarini tanqid qshshaslik, ularga tanbeh bermaslik;
gapirish, tingaash, suhbatlashishni bilish;
o’zgalar xatosidan o’rganish;
o’zgalarning fikrlariga kuloq solish;
yoqmagan odamlarning ham fikrlariga, takliflariga e’tibor berish, ularni qo’rslik bilan qaytarib tashlamaslik;
iqtidorli xizmatchilardan qo’rqmaslik, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash;
ishxonadan chiqqanda qayerda bo’lishini va ishxonaga qachon qaytib kelishini aytib ketish;
telefonda qisqa va aniq so’zlashish, sirlarni oshkor etmaslik;
itoat qilishga o’rganish;
qo’l ostidagalariga topshiriq berishdan avval ularning imkoniyat va qobiliyatlarini inobatga olish;
o’zini faqat ishdagina boshliq, xizmatdan tashqarida jamoaning teng huqukli a’zosi deb his qilish;
birinchi bo’lib salomlashishga harakat qilish;
tushayotgan ma’lumotlarni obdon tekshirmasdan turib xulosa chiqarmaslik, mish-mishlar hamda g’iybatlarning ishga va rahbar obro’siga katta zarar yetkazishini unutmaslik;
o’zini maqtayotgan odamga nisbatan hushyor bo’lish;
qo’l ostidapsharning ham odam ekanligani, ularning ham oilasi, yoru-do’stlari borligini unutmaslik;
ishonish va tekshirib ko’rish prinsipiga amal qilish va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |