Mening Dog'istonim



Download 22 Kb.
Sana20.01.2022
Hajmi22 Kb.
#393466
Bog'liq
Rasul Hamzatov


Rasul Hamzatov " Mening Dog'istonim "

Biz qaysidir asarni o'qirkanmiz , undan albatta o'zimiz uchun ma'lum bir xulosa chiqaramiz. Asarni o'qib , undan xulosa chiqarmaslik - suv uchun borib , ichmasdan qaytishdek gap.

Bizning zamonimizda qandaydir maddohlik, safsatabozliklar kuchayib ketgandek nazarimda. Shoirlar , yozuvchilar ijod qilishyapti , yozishyapti lekin insonning qalb torlarini chertadigan asarlar kam. " VATAN" " ONA" " DO'STLIK" " SADOQAT" "MEHR- MUHABBAT " ushbu mavzular ijod ahli borki, har birining asarlarida uchraydi. Ammo, har kim bu tuyg'ularni o'zicha" kashf etadi" Bu tuyg'u esa hech takrorlanmas, o'zgalarga o'xshamagan holda qalbimizda yashaydi.

Dastlab , bu asarni qo'limga olganimda " shunchaki bir Vatan haqidagi , maddohlikka yo'g'rilgan asar" , " ustozimiz juda oshirib yubordilar, u darajadagi muhim asar emasdir" - degan fikrlar keldi .

Lekin asar yakuniga yaqinlasharkanman, ostiga chizib o'qigan so'zlarimni, belgi qo'yib ketilgan jumlalarga takror qarab chiqdim , bu asarni yopishni xohlamadim( eng sevimli asarlarimdan biriga aylangan) Ushbu asardagi eng sevimli jumlam: " Odamzotning tili chiqishi uchun ikki yil kifoya, lekin tilini tiyishi uchun oltmish yil kerak bo'ladi"

Agar siz haligacha insonning nozik kechinmalari, tuyg'ulari oddiy , samimiy aks etgan asarni uchratmagan bo'lsangiz, "Vatan nima ? " degan savolga javob topa olmagan bo'lsangiz BU ASARNI O'QIMASANGIZ BO'LMAYDI!!!

#Taqriz

Rasul_Hamzatov_Mening_Dog'istonim

Atoqli shoir va yozuvchi Rasul Hamzatov ( 1923- 2003) qalamiga mansub "Mening Dog'istonim "asarida Vatanga bo'lgan cheksiz muhabbat , ona xalqini, tilini, urf odat va an'analari e'zozlash haqida so'z boradi. Adib ushbu asari orqali atigi 1 mln aholiga ega bo'lgan avar elini dunyoga tanitdi, o'z xalqiga haykal qo'ydi.

"Mening Dog'istonim " adibning ilk nasriy asari. Ushbu asar badia tarzida yozilgan . Unda yozuvchi o'z millati haqida, tog'liklarning o'ziga xos fe'l atvori, ulardagi mardlik, jasorat, or nomus tuyg'ularini , o'zining boshidan o'tgan voqea- hodisalarni jo'shib tasvirlaydi.

Ushbu asar mahoratli shoir va tarjimon Asror Mo'min tomonidan tarjima qilingan. Asar kitobxonlarning juda katta e'tirofiga sazovor bo'lgan va shu sabab ketma ket 2008 va 2011 - yillarda ikki bora nashr etilgan. Asar ikki kitobdan iborat bo'lib , u bir qancha boblarni o'z ichiga oladi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, Rasul Hamzatov hech qaysi dunyo adabiyotida uchramaydigan yangi usulni o'z asariga kiritdi. Ya'ni asarda keltirilgan parchalar va iqtiboslar " Beshikdagi yozuv", "Ko'zadagi yozuv " "Toshlardagi yozuv" tarzida ifodalandi. Bundan tashqari, yozuvchining yana bir novatorligi shundaki, u o'z fikrlarini "Abutolib aytgandi" " Otam aytgandi" " Shomil aytgandi" " Yon daftarchadan " kabi tarzida dalillaydi yoki biron hayotiy voqeani so'zlab beradi.

Asarni o'qir ekansiz, o'zingizni xuddi tog'lar bag'rida , avar xalqining yonida yurgandek tasavvur qilasiz, ularning hayot tarzini, so'zlashishini uzoqdan kuzatib turgandek his qilasiz o'zingizni.

Asar avvalida yozuvchi unga bir yaqin muharrir do'sti qo'ng'iroq qilib, Dog'iston haqida jurnalga o'zi xohlagan janrda nimadir yozib berishini aytadi . Shundan so'ng Rasul Hamzatov o'zining qadrdon ovuliga yo'l oladi. U o'ziga qadrdon yo'llarni kezadi. Ot minib , bepayon kengliklarni sayr qiladi. Xalqining tantiligini, mard va oliyjanobligini, tog'larining musaffo havosini , yuksak tog' oralab uchayotgan burgut parvozini kitobiga mujassamlashtirishni maqsad qiladi va bunga erishadi. Asarda biron syujet yo'q lekin adib o'z xotiralari bilan kitobxonni maftun etadi.

Avar xalqining ajoyib urf odatlari haqida ma'lumot beruvchi manba desak ham bo'ladi. Masalan , o'g'il bolaga ism qo'yish odati haqida so'z boradi.

Biz ushbu asarni o'qish orqali yozuvchining ona Vataniga bo'lgan mehrini , hurmatini his qilamiz, undan o'rnak olamiz. Ona tilini ardoqlashiga , uni dunyo minbarlaridan yangrashiga hissasini qo'shgan adibga havas qilamiz . Ajdodlardan qolgan urf odatlarga sodiqlik, millatning birligi, birdamligi, sofdilligida tahsinlar aytamiz. Bu asar bizni hayot haqida , Vatan haqida , ona til haqida yana bir bor o'ylab ko'rishga undaydi.

ASARDAN IQTIBOSLAR:

* To'g'ri , barcha Do'g'istonliklar uchun Dog'iston bitta , yagona , lekin har bir dog'istonlikning qalbida o'z Dog'istoni bor.

* Odam tilga kirishi uchun ikki yil kifoya , lekin tilini tiyib yurish uchun oltmish yil kerak bo'adi.

* Birovning otini qancha minma, baribir egardan tushib , otni egasiga qaytarasan

* Adabiyotni pandurga, yozuvchilarni uning tarang tortilgan torlariga o'xshatishga jazm etaman. Har bir torning o'z ovozi bor , ular birlashsa , musiqa yaraladi.

* G'oya bu toshdan toshga urilib sachragan suv emas, u ko'zga ko'rinmasdan tuproqni namlantirib , ildizlari orqali daraxtlarni ozoqlantiruvchi suv.

* Burgut tovuqlar orasida bemalol yuraversa, u burgut emas.

* Ba'zan odamlar miyasida fikr bo'lgani uchun emas, tili uchi qichib turgani uchun gapirishadi.



* Dog'iston - mening muhabbatim, mening kelajagim, mening tavbam , mening ibodatim. Dog'iston- hayotimning mazmuni, barcha she'rlarimning bosh mavzusi.
Download 22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish