Filial direktorining 2022-yil
____- martdagi _______sonli
buyrug‘iga 1-ilova
Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida o’tkaziladigan
“Yashil makon” ekologik tanlovi
N I Z O M I
1. Umumiy qoidalar
1.1. “Yashil makon” ekologik tanlovi (keyingi o‘rinlarda-Tanlov) ning asosiy vazifasi talaba-yoshlar ongiga ekologik madaniyatni singdirish, hududlarda ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish, O’zbekiston flora olami bilan tanishtirish va uni asrab avaylash, rivojlantirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlashdan iborat
1.2. Tanlov filial tomonidan “Yashil makon” ekologik tanlovida namunali, eng ilg‘or guruhlarni aniqlash, ularning ish tajribalarni ommalashtirish hamda moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish maqsadida o‘tkaziladi.
1.3. Mazkur Nizom tanlovni tashkil etish va o‘tkazish tartibini, tanlov doirasida amalga oshirilgan ishlarni baholash mezonlarini belgilaydi.
1.4. Tanlovda filialning barcha talabalari guruhlar kesimida (tyutorlar boshchiligida), professor-o’qituvchilar esa kafedralar kesimida mazkur Nizomda ko‘rsatilgan talablar asosida qatnashish huquqiga ega.
2. Tanlovni o‘tkazish muddati va tartibi
2.1. Tanlov har o‘quv yilida quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
1) Tanlov ikki bosqichda 1-martdan 15-mart sanasigacha o’tkaziladi.
2) Tanlov ishchi guruhi 15-mart sanasida tanlov ishtirokchilari ishlarini baholab, g’olibni e’lon qiladi.
3. Tanlovning 1- bosqichini tashkil etish va o‘tkazishni boshqarish
3.1. Fakultetlarda tanlovning 1-bosqichlari fakultet dekani rahbarligida tashkil etiladi. Tanlov g‘oliblari bayonnomalar rasmiylashtirilgan holda taqdim etiladi.
4. Tanlovning 2-bosqichini o‘tkazishni tashkil etish
4.1. Tanlovning 2-bosqichini o‘tkazish uchun filial ishchi guruhi tuziladi.
4.2. Tanlovda e’tiborga olinadigan tamoyillar.
- ekiladigan ko’chatlarning soni;
- ekiladigan ko’chatlarning ajratilgan yerga mutanosibligi;
- ekiladigan ko’chatlarning sifati;
- tanlovga ijodiy yondoshishlari;
- ajratilgan yerda yashil maydon tashkil etishdagi faolligi;
4.3. Tanlovda g‘oliblik 1- 2- 3-o‘rinlar bo‘yicha belgilanadi.
4.4. Hakamlar hay’ati ko‘rik-tanlovni yuqoridagi topshiriqlar bo‘yicha baholaydi.
4.5. Natijalarni baholash bevosita tanlov tugagan kun o‘tkaziladi hamda qatnashchilarga e’lon qilinadi.
5. Tanlov ko‘rsatkichlariga qo‘yiladigan talablar va
baholash mezonlari
5.1. Tanlov ko‘rsatkichlariga qo‘yiladigan maksimal baho 100 balldan iborat bo‘lib, quyidagi talablar asosida taqsimlanadi:
1) ekiladigan ko’chatlarning soni-20 ball
ekiladigan ko’chatlarning ajratilgan yerga mutanosibligi-20 ball
ekiladigan ko’chatlarning sifati-20 ball
tanlovga ijodiy yondoshishlari-20 ball
ajratilgan yerda yashil maydon tashkil etishdagi faolligi-20 ball
5.2. Ishtirokchining barcha shartlar bo‘yicha olgan ballari umumlashtirilib, yakuniy ball chiqariladi.
6. Tanlov g‘oliblarini rag‘batlantirish
Ekologik tanlovning yakuniy bosqich g‘oliblari filial tomonidan moddiy va ma’naviy rag‘batlantiriladi, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
7. Tanlovni moliyalashtirish
Tanlov g‘oliblarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish harajatlari o‘rnatilgan tartibda, filialning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |