‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi b. M. U m a r o V psixologiya



Download 5,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/96
Sana30.04.2022
Hajmi5,98 Mb.
#595873
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   96
Bog'liq
hjacki 440 Psixologiya (Umarov B.M.)

kom m unikativ uquvsizlik
yoki 
diskommunikasiya
holatini keltirib chiqaradi. Bunda odamlar oddiy til 
bilan aytganda, bir-birlarini tushunolmay qoladilar, shuning oqibatida 
pishib turgan loyiha yoki yaxshi reja amalga oshmasligi, bir necha 
oylarga cho‘zilib ketishi mumkin.
Shuning uchun ham hozirgi zam on ijtimoiy psixologiyasining 
tatbiqiy yo‘nalishida, boshqaruv psixologiyasida katta yoshli odamlami 
kommunikativ bilimdonlikka o‘rgatish, ularda zarur kommunikativ 
malakalami hosil qilishga katta ahamiyat berilmoqda. Har bir korxona, 
xususiy firma yoki davlat muassasasini boshqaruvchi menejer, rahbar 
tayyorlash muammosi ana shu rahbarlami, boshqaruvchilami psixologik 
jihatdan odam lar bilan ishlashga o‘rgatish muammosini chetlab 
o‘tolmaydi. U m um an, hozirgi davrda har qanday mutaxassis - vrach
muhandis, o ‘qituvchi, iqtisodchi, 
agronom , quruvchi, jurnalist, 
madaniyatshunos yoki boshqalar ham kommunikativ malakalarga ega 
bolm aguncha, bozor munosabatlari sharoitida tezda jamoaga kirishib, 
ko‘pchilik bilan til topishib, o‘z professional mahoratini ko‘rsata olmaydi. 
Har bir ziyoli inson boshqalar bilan ham korlik qilish mahorati va 
san’atiga ega bo‘lishi kerak.


Bu vazifa odamlami muom ala va muloqot etikasiga o‘rgatishni 
har qachongidan ham dolzarb qilib qo‘ymoqda. T o‘g‘ri, muloqotga 
kirishish ijtimoiylashuv jarayonida barcha sifatlardan oldinroq shakl- 
lanadigan qobiliyatlardan, u tabiiy va hayotiy narsa. Bola tili juda 
yaxshi chiqib ulgurmay, atrofidagilar bilan aktiv muloqotga kirisha 
boshlaydi. Lekin masalaning paradoksal tomoni ham shundaki, yillar 
o‘tgan sari ongli, aqlli odam har b ir gapini o‘ylab gapiradigan, har 
bir qadamini o ‘ylab bosadigan b o iib qoladi, bu uning jamiyatdagi 
mavqeini belgilovchi vositadir. Bu muloqotga kirishishga ruhan 
tayyorlanishning ahamiyatini h am odam anglashini taqozo etadi.
M aiu m k i, gaplashayotgan odam lar biri gapiradi, ikkinchisi 
tinglaydi, eshitadi. Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning 
qanchalik o‘zaro mosligi, bir-birini to ‘ldirishiga bogiiq ekan. N o to ‘g‘ri 
tasawurlardan biri shuki, odam ni muomala yoki muloqotga o ‘rgat- 
ganda, uni faqat gapirishga, m a n tiq a n asoslangan s o ‘zlard an
foydalanib, ta’sirchan gapirishga o‘rgatishadi. Uning ikkinchi tom oni — 
tinglash qobiliyatiga deyarli e ’tib o r berilmaydi. M ashhur amerikalik 
notiq, psixolog Deyl Kamegi „Yaxshi suhbatdosh — yaxshi gapirishni 
biladigan emas, balki yaxshi tinglashni biladigan su h batdoshdir“ 
deganda, aynan shu qobiliyatlaming insonlarda rivojlangan b o ‘lishini 
nazarda tutgan edi.
Mutaxassislaming aniqlashlaricha, ishlayotgan odam lar vaqtining 
45%i tinglash jarayoniga ketar ekan, odam lar bilan doim iy m uloqotda 
boiadiganlar 35—40 % oylik m aoshlarini odam lami „tinglaganlari“ 
uchun olarkanlar. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, kom- 
munikasiyaning eng qiyin sohalaridan hisoblangan tinglash qobiliyati 
odamga ko‘proq foyda keltirarkan.
Shuning uchun bo‘lsa kerak, nemis faylasufi A. Shopengauer 
„O dam larni o ‘zingiz to‘g‘ringizda yaxshi fikrga ega b o ‘lishlarini 
xohlasangiz, ulami tinglang“ deb yozgan ekan. D arhaqiqat, agar siz 
kuyunib gapirsangizu, suhbatdoshingiz sizni tinglamasa, boshqa narsa 
bilan ovora bo‘laversa, undan ranjiysiz, nafaqat ranjiysiz, balki u 
bilan aloqani ham uzasiz. 0 ‘qituvchi gapirayotgan p ay td a uni 
tinglam aslik odobsizlikning en g keng tarqalgan k o ‘rin ish i deb 
baholanishini bilasizmi?
Nim a uchun biz ko‘pincha yaxshi gapiruvchi, so‘zlovchi b o ia
olamiz-u, yaxshi tinglovchi bo‘la olmaymiz? Psbiologlaming fikricha, 
asosiy xalaqit beruvchi narsa — bu bizning o ‘z fikr-o‘ylarimiz va 
xohishlarimiz og‘ushida bo‘lib qolishimizdir. Shuning uchun ham ba’zan


rasm an sherigimizni tinglayotganday bo‘lamiz, lekin aslida xayolimiz 
boshqa erda bo‘ladi. Tinglashning ham xuddi gapirishga o ‘xshash 
texnikasi, usullari mavjud. Ulam ing turi ham ko‘p, lekin asosan biz 
kundalik hayotda uning ikki usulini qo‘llaymiz: 

Download 5,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish