‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi b. M. U m a r o V psixologiya



Download 5,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/96
Sana30.04.2022
Hajmi5,98 Mb.
#595873
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   96
Bog'liq
hjacki 440 Psixologiya (Umarov B.M.)

Dunyoqarash
. E’tiqod va qiziqishJar har birimizdagi dunyoqa- 
rashni shakllantiradi. Shaxsning dunyoqarashi — tartibga solingan, yaxlit 
ongli tizimga aylantirilgan bilim, tasavvurlar va g‘oyalar majmui bo‘lib, 
u shaxsni ma’lum bir qolipda, o‘z shaxsiy qiyofasiga ega tarzdajamiyatda 
munosib o ‘rin egallashga chorlaydi. Mustaqiliik davrida shakllanayotgan 
yangicha dunyoqarash yoshlarda Vatanga sadoqatni, milliy qadriyatlar, 
an’analami e’zozlashni, o‘z yaqinlariga mehribon va tanlagan yo‘liga — 
kasbi, maslagi va e’tiqodiga sodiqlikni nazarda tutadi. Yangicha fikrlash 
va yangicha tafakkur aynan mustaqiliik maikurasi ruhida taibiya topib, 
sayqal topgan milliy ong, dunyoqarash va e’tiqoddir.
7. 5. Shaxs taraqqiyotidagi ijtimoiy va genotipik om illar
Shaxs individual taraqqiyotining muhim omillaridan yana biri 
uning yoshiga bog‘liq bo‘lgan xususiyatlaridir. Chunki, taraqqiyotning 
har bir yosh bosqichi o‘zining rivojlanish omillariga, qonuniyatlariga, 
yangiliklari va o‘zgarishlariga ega bo‘lib, ular shaxsning xarakteri, 
temperamenti, iqtidori, bilish jarayonlariga bevosita ta ’sirini o‘tkazadi.
Yosh taraqqiyoti davrlarining ham sifat, ham m iqdor o ‘zgarish- 
lariga ega bo‘lgan ko‘rsatkichIari borki, amaliy psixologiya h ar bir


yosh xususiyatlarini ana shu ikkala ko‘rsatkich nuqtai nazaridan 
o ‘rganishi va shaxs xulqini boshqarish va ta’sir ko'rsatishda ularga 
tayanm og‘i lozim. Umuman, psixologiyada isbot qilingan faktlardan 
b in shuki, turli davrlardagi inson taraqqiyoti o‘ta murakkab jarayon 
bo‘lib, har bir davming o ‘z qonuniyatlari mavjud. H ar bir bosqichda 
shaxsning biror bir xususiyatlari o ‘zining etuklik fazasiga erishadi. 
M asalan, olam ni sensor jih a td a n bilishning etuklik fazasi 18-25 
yoshlarda (Lazarev m a’lum otlariga ko‘ra), intellektual, ijodiy yetuk- 
lik — 35 yoshlarda (Leman m a ’lumotlari), shaxsning etukligi 50-60 
yoshlarga kelib eng yuqori nuqtasiga erishadi. Shunga o ‘xshash 
xususiyatlar insonning butun um ri mobaynida muttasil kamolga etib, 
rivojlanib borishini ta’minlaydi. Shunisi xarakterliki, har bir yoshda 
biror funksiyalaming rivojlanishi boshqa bir funksiyalaming susayishi 
hisobiga ro ‘y beradi. M asalan, bolalikning ilk bog‘cha yoshida fazoga 
moslashuv jud a kuchaysa, keyinchalik uning o‘mini vaqtni adekvat 
idrok qilish kuchayadi. Q ariyalam ing biror narsalar xususida bilim- 
donligi, m a’lumotlar dunyosidagi yaxshi oriyentasiyasi, psixomotorik 
funksiyalar va bevosita bilish jarayonlarining susayishi hisobiga ro‘y 
beradi.
Psixologiyaning maxsus tarm o g ‘i hisoblanmish yosh davrlari 
psixologiyasining eng asosiy muammolaridan biri shuki, inson psixik 
taraqqiyotida qanday om illar — genetik, tug‘ma yoki orttirilgan, 
ijtimoiy om illar roli etakchi ekanligi masalasidir. Bir tom ondan, 
bolaning o ‘z ota-onalaridan m eros sifatida o‘zlashtirgan sifatlari, 
masalan, anatomo-fiziologik xususiyatlar, miya faoliyatining o‘ziga 
xosligi, tan a tuzilishi (qo‘l, oyoq, yuz tuzilishi va boshq.) albatta, 
psixologik jahatdan odam bolasining muhitga moslashuvi, unga erkin 
harakat qilishi, jarayonlami ongida aks ettirishiga sabab bo‘ladi. Chunki, 
oddiygina anatomik anomaliya holati (qo‘lning kaltaligi, bo‘yning juda 
kichikligi kabi) psixikaga va shaxsning jamiyatda o‘zini tutishiga salbiy 
ta’sir ko‘rsatadi. Lekin, ikkinchi tomondan, tashqi muhit ta ’sirini 
ham kam sitib bo‘lmaydi. M asalan, agar bola maxsus o‘quv maskan- 
larida o‘qimasa, unga tarbiyaviy ta ’sirlar ko‘rsatilmasa, uning rivoj­
lanishi qanday bo‘lishini ta sa w u r qilish qiyin emas.
Bu m uam m olar ustida bosh qotirgan olimlar L. Vigotskiy, J. Piaje,
S. Rubinshteyn, A. Leontev va ko'plab boshqa psixologlar ikkala omil 
rolini h am inkor qilmagan holda ijtimoiy muhitning etakchilik ta’siri 
to ‘g‘risidagi fikmi baravar yoqlaganlar. Chunki to ‘g‘ri tashkil etilgan 
ta’lim-tarbiya, oila va undagi o ‘zaro munosabatlaming xarakteri, shaxs


muloqotda bo‘ladigan ijtimoiy guruhlar, u tanlagan kasb va kasbdoshlari 
muhiti, nikoh va m a’lumot masalalarining qanday hal qilinganligi 
kabi qator ijtimoiy omillar shaxsning rivojlanishi, uning o‘z-o ‘zini 
anglashi va o‘zgalarga munosabati, bilish jarayonlari hamda intellektual 
taraqqiyotida katta ahamiyatga egaligiga shubha yo‘q. Respublikamiz 
Prezidenti I. Karimov boshchiligida mustaqilligimizning dastlabki 
yillaridayoq boshlangan ,,Sog‘lom avlod uch u n “ shiorini amalga oshi- 
rish siyosati farzandlarimizning ham jism onan, ham ruhan, ham aqlan 
etuk bo‘lishlariga qaratilgan. Jismonan sog‘lom tanada sog‘lom ruh 
bo‘lishi tabiiy.
7.6. Insoniy m unosabatlar psixologiyasi
Shaxs — ijtimoiy munosabatlar m ahsuli, deyilishining eng asosiy 
sababi — uning doimo insonlar davrasida, ular bilan o ‘zaro ta ’sir 
doirasida bo‘lishini anglatadi. Bu shaxsning eng etakchi va nufiizli 
faoliyatlaridan biri muloqot ekanligiga ishora qiladi.
Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat 
bevosita ,,yuzma-yuz“ bo'lishi yoki u yoki bu texnik vositalar (telefon, 
telegraf va shunga o ‘xshash) orqali amalga oshiriladigan; biror profes­
sional faoliyat jarayonidagi amaliy yoki d o ‘stona bo‘lishi; subyekt- 
subyekt tipli (diologik, sheriklik) yoki subyekt-ob’ektli (monologik) 
bo‘lishi mumkin.
Insoniy munosabatlar shunday o ‘zaro ta ’sir jarayonlariki, u n d a 
shaxslaro munosabatlar shakllanadi va nam oyon bo‘ladi. B unday 
jarayon dastlab odam lar o ‘rtasida ro ‘y beradigan fikrlar, h is-k e- 
chinmalar, tashvishu — quvonchlar almashinuvini nazarda tutadi. 
Odamlar muloqotda boMishgani sari, ular o‘rtasidagi munosabatlar 
tajribasi ortgan sari ular o‘rtasida umumiylik, o‘xshashlik va uyg‘unlik 
kabi sifatlar paydo bo‘ladiki, ular bir-birlarini bir qarashda tushuna- 
digan yoki „yarimta jumladan“ ham fikr ayon bo‘ladigan bo‘lib qoladi, 
ayrim hollarda esa ana shunday muloqotning tig‘izligi teskari reaksiya- 
lami — bir-biridan charchash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi 
vaziyatni keltirib chiqaradi. M asalan, oila muhiti va undagi m u n o ­
sabatlar ana shunday tig‘iz munosabatlarga kiradi. Faqat bunday tig‘izlik 
oilaning barcha a ’zolari o‘rtasida em as, uning ayrim a’zolari o‘rtasida 
bo‘lishi mumkin (ona-bola, qaynona-kelin va h-zo).
0 ‘zaro munosabatlarga kirishayotgan tom onlar m unosabatdan 
ko‘zlaydigan asosiy maqsadlari — o ‘zaro til topishish, b ir-b irin i 
tushunishdir. Bu jarayonning murakkabligi, kerak bo‘lsa, Jo z ib a si“ ,


betakrorligi shundaki, o ‘zaro bir xil til topishish yoki tomonlaming 
aynan bir xil o‘yIashlari va gapirishlari mumkin emas. Agar ana shunday 
vaziyatni tasaw ur qiladigan bo‘lsak, bunday muloqot eng samarasiz, 
eng beta’sir b o ‘lgan b o ‘lar edi. Masalan, tasaw u r qiling, uzoq vaqt 
ko‘rishmay qolgan d o ‘stingizni ko‘rib qoldingiz. Siz undan hol-ahvol 
so‘radingiz, lekin, u tashabbusni sizga berib, nimaiki demang, sizni 
m a’qullab, gapingizni qaytarib turibdi. Bunday muloqot juda bemaza 
b o ‘lgan va siz ikkinchi m arta o'sha odam bilan iloji boricha rasman 
salom-alikni bajo keltirib o ‘tib ketavergan bo‘lardingiz. Ya’ni, muloqot 
faoliyati shunday shart-sharoitki, unda har bir shaxsning individualligi, 
betakrorligi, bilimlar va tasaw urlam ing xilma-xilligi namoyon boiadi 
va shunisi bilan u insoniyatni asrlar davomida o‘ziga jalb etadi.
H ar qanday faoliyatdan zerikish, charchash mumkin, faqat odam 
muloqotdan, ayniqsa, uning norasmiy samimiy, bevosita shaklidan 
charcham aydi, yaxshi suhbatdoshlar d o im o m a’naviy jih atd an
rag‘batlantiriladilar.
XXI asrda yashar ekanmiz, odamning eng tabiiy bo‘lgan mulo- 
qotga ehtiyoji, uning sirlaridan xabardor bo‘lish va o ‘zgalarga samarali 
ta ’sir eta olishga bo‘lgan intilishi yanada oshdi va buning qator sabablari 
bor.
Birinchidan, industrial jamiyatdan axborotlar jamiyatiga o‘tib 
bormoqdamiz. Axborotlaming ko‘pligi aynan inson manfaatiga aloqador 
m aium otlam i saralash, u bilan to ‘g‘ri munosabatda boiishni taqozo 
etdi. Axborot XXI asrda eng nodir kapitalga aylandi va bu o‘z navbatida 
insonlarga zarur axborotlar o‘zatilishi tezligi va tempini o ‘zgartiradi.
Ikkinchidan, turli kasb-faoliyat sohasida ishlayotgan odamlar 
guruhining ko‘payishi, ular o ‘rtasida munosabatlar va aloqaninng 
dolzarbligi axborotlar tig‘iz sharoitda oddiygina muloqotni emas, balki 
professional, bilim donlik asosidagi muloqotni talab qiladi. Umuman, 
XXI asming korporasiyalar asri, deb bashorat qilayotgan iqtisodchilar 
ham bu korporasiya insonlam ing o ‘zaro til topishlariga qaratilgan 
malakalaming rivojlangan, mukammal bo‘lishi haqida gapirmoqdalar. 
U ndan tashqari, bu kabi korporativ aloqa ko‘p hollarda bevosita 
yuzma-yuz emas, balki zamonaviy texnik vositalar — uyali aloqa, 
fakslar, elektron p ochta, internet kabilar yordamida aniq va lo‘nda 
fikrlami uzatishni nazarda tutadi. Bu ham o‘ziga xos muloqot ma- 
lakalarining ataylab shakllantirilishini taqozo etadi.
Uchinchidan, oxirgi paytlarda shunday kasb-hunarlar soni ortdiki, 
u lar sosionomik gu ruh kasblar deb atalib, ularda „odam -odam “ 
dialogi faoliyatning samarasini belgilaydi. Masalan, pedagogik fao- 
182


liyat, boshqaruv tizim i, turli xil xizm atlar (servis), marketing va 
boshqalar shular jum lasidandir. Bunday sharoitlarda odam lam ing 
ataylab muloqot bilim donligining o sh irilishi m ehnat m ahsuliini 
belgilaydi.
Shuning uchun ham muloqot, uning tabiati, texnikasi va stra- 
tegiyasi, muloqotga o ‘rgatish (sosial psixologik trening) masalalari 
bilan shug‘ullanuvchi fanlaming ham jam iyatdagi o‘mi va salohiyati 
keskin oshdi.
Shaxslararo munosabatlarni o‘rganish psixologiya fanida eng dol- 
zarb muammolardan hisoblanadi. Chunki inson shaxsining eng nufuzli 
va etakchi faoliyatlaridan biri boMgan m uloqot va u orqali o ‘zaro 
munosabatlar odamlar orasida umumiylik, o ‘xshashlik, uyg‘unlik kabi 
sifatlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Ayniqsa, oila muhitida shaxslararo 
munosabatlaming, chunonchi, ota-ona va farzand orasidagi m uno- 
sabatlaming o‘ziga xos tom onlari shaxsning hayoti, faoliyatining 
samarasi va mazmuniga bevosita ta’sir etadi. Shunday ekan, insonlar 
orasida amalga oshadigan shaxslararo munosabatlar, ulaming turli 
psixologik xususiyatlarini o‘rganish masalasi ijtimoiy psixologiya fanida 
muhim va dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Muomala shaxslararo m unosabatlam ing shunday ko‘rinishidirki, 
uning yordamida odamlar o ‘zaro psixik jih atd an aloqaga kirishadilar, 
o‘zaro axborot almashinadilar, ta ’sir o ‘tkazadilar, ta’sirlanadilar, 
idrok etadilar, tushunish va baholash jarayonlarini kechiradilar. Shuning 
uchun muomala ijtimoiy psixologik hodisa, ijtimoiy kategoriya sifatida 
ijtimoiy turmushning barcha sohalarida bevosita ishtirok etib, hamkorlik 
faoliyatining moddiy, m a’naviy, em osional, kognitiv, motivasion, 
regulyativ qirralarini aks ettiruvchi o b ’ektiv va subyektiv ehtiyoj 
sifatida vujudga keladi, ijtimoiylashuvning asosiy omili, negizi vazifasini 
bajaradi.
Shaxslararo munosabatlarda m uom alaning inson psixik dunyosiga 
ta’siri masalalarini psixolog olimlardan L.S. Vigotskiy, S.L. R ubin­
shteyn, A.N. Leontev, B.G. Ananev, A.V. Zaporojes, A.A. Bodalev, 
B.F. Lomov, A A Leontev, M.I. Lisina tadqiqot ishlarini olib borganlar.
L.S. Vigotskiy bola shaxsi ruhiy dunyosi rivoji va taraqqiyotida 
muom alani tushuntirib shunday deydi: „B ola shaxsiy faolligini 
namoyon bo'lishining asosiy yo‘li k attalar bilan muomalasi hisob­
lanadi...Uning tashqi olamga munosabati ham isha boshqa odam orqali 
munosabat bildirishdir“.
L.S.Vigotskiy fikricha, ontogenezda genetik jihatdan birlam chi 
o‘zaro ta’sir bahs, dialogdir; ikkilamchi esa individning ongi, ruhiy


jarayonlarining individúanigidir: „Biz madaniy rivojlanishning umumiy 
genetik qonunini m ana shunday shaklda ifodalashimiz mumkin: bolaning 
madaniy o‘sishida har qanday funksiya baholanishi uchun ikki marta, 
ikki xil rejada paydo b o ‘ladi, aw al ijtimoiy, keyin psixologik, shu- 
ningdek, shaxslararo interpsixologik kategoriya sifatida so‘ng bola ichki 
dunyosida intropsixologik kategoriya tariqasida“ .
L.S. Vigotskiy shuningdek, shaxslararo munosabatlarda asosiy qurol 
va vosita m uom ala jarayoni ekanligini uqtiradi. Uning fikricha, 
shaxslararo munosabatlarda dastawal muomala asosiy vosita, so‘ngra 
esa xulq atvor vositasi turadi. Chunki, inson yakka qolgan paytda ham 
muomala funksiyasini o ‘zida saqlaydi.
L.S. Vigotskiy qarashlaridan yana shu jihat ko‘rinadiki, muomala 
intereorizasiya, ya’ni ichki nutq va ektereorizasiya tashqi nutq, muomala 
shakllarida nam oyon bo‘ladi. Bundan ko‘rinadiki, muomala tufayli 
shaxs ijtimoiylashuvi yuzaga keladi.
Demak, L.S. Vigotskiyning muomala, shaxslararo munosabatlar 
psixologiyasiga oid fikrlari g‘oyat qimmatli, chunki unda biz shaxs 
ijtimoiylashuvi jarayoni uchun muhim asos sifatida muomalani ko‘ramiz 
va shaxs shakllanishida bu jarayonning qimmati cheksiz ekanligini yanada 
anglaymiz.
V.M. B exterevning boy merosida shaxslararo m unosabatlar 
muammosi, xususan, m uom ala mavzusi ijtimoiy psixologik nazariya 
jihatidan o‘rganilgandir. U ning qarashlarida insonlaming o ‘zaro ta’sir 
etishlari muhim m uam m o sifatida talqin etiladi. V.M. Bexterev ijtimoiy 
hayotda muomalaning rolini tavsiflab, uning funksiyalarini hamkorlik 
faoliyatini amalga oshirish mexanizmi sifatida ajratib talqin qiladi. 
Uning fikricha, shaxsning atrofdagilari bilan muomalasi qanchalik 
xilma xil va boy bo‘lsa, shunchalik uning taraqqiyoti muvaffaqiyatli 
amalga oshadi.
V.M. Bexterev m uom alaning ijtimoiy roli va funksiyasini tahlil 
etishda uning ko‘rinishlari bo‘lmish taqlid va ta ’sirlanish ahamiyatiga 
to ‘xtaladi. Uning fikricha, taqlid bo‘lmasa, shaxs ham yuzaga kelmas 
edi. Chunki, taqlid o ‘z materialini muom aladan olishini uqtiradi. 
T a ’sirlanish esa ijtim oiy jarayonlar nam oyon b o ‘lishining omili 
tariqasida qaraladi.
V.M. Bexterev m uom alani shartli ravishda bevosita va bilvosita 
turlarga ham ajratadi. Bilvosita muomala tarkibiy qismlari sifatida xat, 
telefon, telegramma, erkalash, urishish va boshqalam i olsa, bevosita 
184


muomala turiga nutqni kiritadi. Shuni ta ’kidlash joizki, muomalani 
eksperim ental o ‘rganish ishini V.M.Bexterev to m o n id an amalga 
oshirilgandir.
V.N. Myasishevning „Shaxsning m unosabatlar psixologiyasi“ 
konsepsiyasiga ko‘ra, shaxs „dialogik“ xususiyatli, muomaianing shaxsiy 
tajribasi va boshqa odamlar bilan o‘zaro munosabat mahsuli sifatida 
namoyon boiadi. Shu tufayli shaxsda qiziqish darajasi, emosiya kuchi, 
hoxish, ehtiyoj, ijtimoiy yo‘nalganlik kabi shaxsni harakatlantiruvchi 
ichki kuchi tarldb topadi va bu uning kechinmalari, xulqida, haraka- 
tida ifodalanadi.
V.N. Myasishevning shaxslararo munosabatlar psixologiyasiga oid 
asarlarining tahlilidan ko‘rinadiki, muomala jarayoni shaxsning xusu- 
siyatlari, xarakteri, mayli, qobiliyatiga ta ’sir etishdagina rivojlan- 
masdan, balki muloqotda ishtirok etuvchilaming psixik jarayonlari bilan 
ham bog‘liqligi namoyon bo‘lar ekan. Shuning uchun V.N. Myasishev 
ishlarining alohida tomoni muom ala, uning psixologik tuzilmasi bilan 
muloqot ishtirokchilari psixik jarayonlari orasidagi m unosabat xusu- 
siyatlarini ochib berilishida yaqqol ko‘rinadi.
Shaxslararo munosabatlarda yuzaga keladigan uch xil vazifalar va 
murakkab jarayon tuzilmasini G .M . Andreyeva „Ijtimoiy psixologiya“ 
kitobida ushbu tuzilishini taklif etadi:
1. Muloqotning kommunikativ tomoni, ya’ni o ‘zaro munosabat 
yoki muloqotga kirishuvchilaming o ‘rtasida m a’lum otlar almashinuvi 
jarayoni sifatida;
2. Muloqotning interaktiv tomoni, ya’ni muloqotga kirishuvchi­
laming xulq-atvorlariga ta’sir jarayoni sifatida;
3. Muloqotning perseptiv tom oni, ya’ni m uloqotga kirishuv­
chilaming bir-birlarini idrok etishlari va tushunchalari bilan bogiiq 
jarayon sifatida.
0 ‘zaro munosabatlarda muloqotning psixologik jihatdan murak­
kab ekanligini B.F. Parigin shunday yozadi: „M uloqot shunchalik 
ko‘p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o‘zida quyidagilar kiradi:
A) individlarning o‘zaro ta ’sir jarayoni;
B) individlar o ‘rtasida axborot almashinuvi jarayoni;
C) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni;
D) bir kishining boshqalarga ta’sir ko‘rsatish jarayoni;
E) bir-biriga hamdardlik bildirish imkoniyati;
F) shaxslaming bir-birini tushunishi jarayoni“ .
Demak, shaxslararo munosabatlar, ya’ni muloqot jarayoni odam­
lar amalga oshiradigan faoliyatlar orasida eng murakkabligi va ko‘p


qirraliligi bilan xarakterlanar ekan, ijtimoiy psixologiya fanida olib 
borilgan ja h o n psixologlarining ju d a ko‘p tadqiqotlari shu fenomenni 
shaxs uchun ham zarur, ham oddiy, ham ta’sirchan deb qaraydi.
7.7. S h ax slararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o ‘rni
Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, 
fazilatlari, hattoki, nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. 
Jamiyatdan ajralgan, muloqotda bo‘lish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan 
odam o ‘zida individ sifatlarini saqlab qolishi mumkin, lekin u shaxs 
b o ‘lolm aydi. Shuning uchun m uloqotning shaxs taraqqiyotidagi 
ahamiyatini tasaw ur qilish uchun uning funksiyalarini tahlil qilamiz.
H ar qanday muloqotning eng elementar funksiyasi — suhbat- 
d o shlarning o ‘zaro bir-birini tushunishlarini ta ’m inlashdir. Bu 
o‘zbeklarda sam im iy salom-alik, ochiq yuz bilan kutib olishdan 
boshlanadi. 0 ‘zbek xalqining eng nodir va buyuk xislatlaridan bin ham 
shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta ochiq yuz bilan kutib oladi, 
ko‘rishadi, so'rashadi, hol-ahvol so‘raydi. Shunisi xarakterliki, ta’ziyaga 
borgan chog‘da ham ana shunday samimiyatli qabulni his qilamiz. Bu 
kabi birlam chi kontakt usullari boshqa millat va xalqlarda ham bor, 
ya’ni bu jih a t milliy o ‘ziga xoslikka ega.
Uning ikkinchi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. 
Odam bolasi faqat odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o ‘ziga zarur 
insoniy xu susiyatlam i shakllantiradi. Odam bolasining yirtqich 
hayvonlar tom onidan o‘g‘irlanib ketilishi, so‘ng m a’lum muddatdan 
keyin yana odam lar orasida paydo b o ‘lishi faktlari shuni ko‘rsatganki, 
„m auglilar“ biologik mavjudot sifatida rivojlanaveradi, lekin ijti- 
moiylashuvdan ortda qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday holat 
boladagi bilish qobiliyatlarini h am cheklashi ko‘plab psixologik 
eksperim entlarda o cz isbotini topdi.
M uloqotning yana bir muhim 

Download 5,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish