‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi b. M. U m a r o V psixologiya



Download 5,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/96
Sana30.04.2022
Hajmi5,98 Mb.
#595873
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   96
Bog'liq
hjacki 440 Psixologiya (Umarov B.M.)

!

*
Bob yuzasidan savol va topshiriqlar
L Oliy maktab psixologiyasining umumiy masalalari.
2. Oliy maktab psixologiyasining predmeti, maqsadi, vazifalari.
3. Oliy maktab psixologiyasi, oliy o‘quv yurti rahbarlari, o'qituvchi- 
lari va talabalari faoliyatining psixologik xususiyatlari.
4. Oliy maktab psixologiyasining asosiy vazifalari va psixologiyasi 
metodlari.
5. Oliy m a’lumotli muttaxassis, komil shaxs rivojlanishiga qo‘yi- 
ladigan talablar.
6. Oliy maktabdagi ta’lim va tarbiyaning psixologik tavsifi.
7. OÓ‘Yu da ta’lim va tarbiyaning o‘ziga xosligi.
8. Ta’lim va tarbiyada o‘qituvchi bilan talabalaming hamkorligidagi 
faoliyati.
10. Talaba asosiy faoliyat turlarining psixologik xususiyatlari.
11.Talaba ijtimoiy faoliyatining psixologik xususiyatlari.
13. Talabalar jamoasidagi psixologik muhit.
14. Oliy maktab o ‘qituvchilari faoliyatining psixologik tahlili.
15. 0 ‘Yu o ‘quvchilari faliyati samaradorligini oshirishning hamkor- 
likdagi asosi.
16. Oliy maktab o‘qituvchisi mehnatini ilmiy tashkil qilishning psi­
xologik masalalari.


VII B O B
SHAXS IN S O N IY M U N O SA B A TLA R S IS T E M A S ID A . 
M U O M A LA VA SHAXSLARARO M UN O SA BA TLA R 
P S IX O L O G IY A S I
Bobning qisqacha mazmuni
Psixologiyada shaxs tushunchasi. Psixologiyada inson shaxsini
o ‘rganish muammosi, shaxs ijtimoiy t a ’sirlar mahsuli sifatida, ijtimoiy
normalar, sanksiyalar va shaxs, shaxs dunyoqarashi va e ’tiqodini
o ‘zgartiruvchi omillar, shaxs taraqqiyotidagi ijtimoiy va genotipik omillar
Insoniy munosabatlar psixologiyasi. Shaxslararo muomalaning
shaxs taraqqiyotidagi o'mi, insoniy muomala va muloqotningpsixologik
vositaîari, muloqot va uni o ‘rganish muammolari.
7. 1. Psixologiyada shaxs m uam m osini o ‘rganilishi
Inson shaxsini o ‘rganish m asalasi bilan falsafa, psixologiya, 
pedagogika kabi fanlar shug‘ullanadi. Hozirgi davrda inson m uammosi 
aniq va gumanitar fanlaming um um iy tadqiqot ob’ektiga aylanib 
bormoqda. Shunga qaramasdan, bir tom ondan, insonni o ‘rganishda 
differensiasiya hodisasi yuz berm oqda, ikkinchi tom ondan, inson 
taraqqiyotining sintetik tavsifi b o ‘yicha integrasiya holati k o ‘zga 
tashlanmokda. Inson bir qator fanlam ing tadqiqot ob’ekti ekanligini 
yig'iq tarzda tasaw ur etish uchun uni biososial va sosiobiologik jihatdan 
o‘rganish maqsadga muvofiq.
M a’lumki, inson hayoti va faoliyatining operasional ( 0 ‘quv, 
operasiya, harakat, malaka) mexanizmi uning ontogenezda funksional 
mexanizmga o ‘sib o‘tadi, binobarin, unda komillik belgisi shakllanadi, 
natijada u kamolot cho‘qqisining m uayyan darajasiga erishadi.
Inson — jamiyat — tabiat — turm ush munosabatlarini tekshirgan 
rus olimlari S.L.Rubinshteyn, L.S. Vigotskiy, A.N. Leontev, B.G. 
Ananev odamning ular bilan har xil turdagi va ko‘rinishdagi kauzal, 
strukturaviy, funksional, fazoviy va m akoniy aloqalar tizimi mavjud- 
ligini ta ’kidlab o‘tganlar.
Birinchidan, inson u yoki bu aloqalar tizimiga binoan biologik 
mahsuli „Homo Sapiens“ sifatida o ‘rganiladi.
Ikkinchidan, tarixiy jarayonning h am ob’ekti, ham subyekti 
tariqasida shaxs tadqiq etiladi


Uchinchidan, individ muayyan koiam da o‘zgaruvchan, taraq- 
qiyotning genetik dasturiga asoslanuvchi alohida xususiyatli jonzot tarzida 
ilmiy jihatdan tekshiriladi. Insonni jamiyat ishlab chiqarishining etakchi 
tarkibi, bilish, kommunikasiya va boshqaruv subyekti, tarbiya predmeti 
sifatida tadqiq etilishi m uhim ahamiyatga ega. Inson va uning borliq 
bilan ko‘p qirrali munosabatga hamda aloqaga kirishishi quyidagi tarzda 
nam oyon boiishi mumkin:
— tabiatning biotik va abiotik omillari — inson;
— jamiyat va uning tarixiy taraqqiyoti — inson;
— inson — texnika;
— inson — madaniyat;
— inson va jam iyat — yer va fazo.
XXI asrda ham odam individ, shaxs, subyekt, komil inson sifatida 
talqin qilinishda davom ettiriladi, lekin har bir tushuncha mohiyatida 
sifat o ‘zgarishlari yuz berishi mumkin.
Odamga individ sifatida tavsif berishda uning yosh davri, jinsiy va 
individual-tipologik xususiyatlariga asoslaniladi. Yosh davri sifatlari 
ontogenetik evolyusiya bosqichlarida izchil ravishda namoyon bo‘ladi 
va takomillashuv jarayonida o ‘z ifodasini topadi, jinsiy demorfizm 
xususiyati esa ularga mos tushadi. Individning individual-tipologik 
xususiyatiga konstitusion (tana tuzilishi, bioximik individuallik) holatlar, 
simmetriya va assimetriya juft reseptorlari, effektorlari funksiyasi kiradi. 
Bu xususiyatlar va xossalar birlamchi hisoblanib, hujayra va molekulyar 
tuzilishning barcha darajalarida ishtirok etadi.
Yosh, jinsiy va individual tipologik xususiyatlar sensor, mnemik, 
verbal va mantiq psixofiziologik funksiyalari dinamikasi hamda organik 
ehtiyojlar tuzilishini aniqlaydi. Individning bu xususiyatlarini ikkilamchi 
deb atab, ulaming integrasiyasi temperam entda va tug‘ma mayllarda 
ifodalanilishini ta ’kidlab o ‘tish joiz.
Yuqoridagi sifatlar rivojining muhim shakli ontogenetik evo- 
lyusiyadan iborat b o iib , ular filogenetik dasturga asoslanib hukm 
suradi. Yosh va individual o ‘zgaruvchanlik insoniyatning ijtimoiy-tarixiy 
taraqqiyoti ta’siri ostida har xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Individning 
dinam ik xususiyatlariga shaxsning ijtimoiy sifatlari ta ’sir etib, uning 
individual o‘zgaruvchanligi omilini kuchaytiradi.
Insonning shaxs sifatida tavsiflashning muhim lahzasi, uning 
dinam ik xususiyatlari hisoblanib, jamiyatdagi statusi (iqtisodiy, siyosiy, 
huquqiy, mafkuraviy, ya’ni uning jamiyatda egallagan o ‘mi) orqali 
ifodalanadi. Status negizida doimiy o‘zaro aloqalar tizimi yotadi. Rolning


ijtimoiy funksiyasi muayyan maqsadlarga va qadriyatlarga yo‘nalganlik 
shaxsni faollashtiradi. Status, rol, qadriyatga yo‘nalganlik shaxs xu- 
susiyatlarining birlamchilarini tashkil etadi va uning tuzilishida asos 
bo'lib xizmat qiladi. Shaxsning ta’rifi xulq motivasiyasi xususiyati va 
ijtimoiy fe’l-atvor tuzilishini belgilab, uning tarkibidan ikkilamchi 
alomatlar sifatida joy egallaydi. Shaxsning birlamchi va ikkilamchi 
sifatlarining o‘zaro ta’sirini birlashtiruvchi yuksak samara tarzida inson 
xarakteri va mayllari yuzaga keladi. Insonning shaxs xislatlarini 
rivojlantiruvchi asosiy shakl — uning jamiyatdagi hayot yo‘li va ijtimoiy 
tarjimai holi hisoblanadi.
Individ, shaxs va subyekt taraqqiyotining tadqiqotida quyidagi 
holatlarga e ’tibor qilishi zarur:
— inson rivojining asosi hisoblangan om illar va shart-sharoitlar 
(ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, m aikuraviy, pcdagogik va 
yashash muhiti omillari);
— insoning o‘ziga taalluqli, asosiy tavsiflar, uning ichki qonuniyatlari, 
mexanizmlari, evolyusiya bosqichi, barqarorlashuvi va evolyusiya;
— inson yaxlit tuzilishning asosiy tarkiblari, ulaming o ‘zaro 
aloqalari, shaxsning tashqi ta’sirlarga javobi va munosabati, taraqqiyot 
jarayonida ulaming takomillashuvi kabilar.
Uch xil xususiyatli tadqiqot dasturining tarkibiy qismlari insonning 
amaliy va nazariy faoliyatining mezonlari hisoblanadi. Chunki faoliyatda 
yashash m uh iti tarixiy ta jrib an i e g allash d a in teriorizasiya va 
eksteriorizasiya amalga oshadi.
Odamning maqsadga qaratilgan ijtimoiy foydali faoliyati prosessida 
hayotiy deb ataladigan mexanizmlari va ongli faoliyatining funksional 
sistemasi prosesslari yuzaga keladi. Ana shular tufayli odam bilimlami, 
ko‘nikma va malakalami, kishining sosial tajribalarini o‘zlashtiribgina 
qolmay, balki, o ‘zining idroki, tafakkuri, xayoli, hissiyotlari va iro- 
dasini bir so‘z bilan aytganda, voqelikka bo‘lgan ongli munosabatini 
hamda o‘z harakatlari va xulq-atvorining motivlarini tarkib toptiradi.
Shaxsning barcha xususiyatlari, munosabatlari va xatti-harakatlari 
shaxsning hayoti faoliyatida m a’lum rolni bajaruvchi va har b in
murakkab qurilmadan iborat bo‘lgan ham da shartli ravishda 
to'rtta
o‘zaro mustahkam bog‘langan funksional bosqichlarga birlashtiriladi:
Birinchisi — boshqaruv tizimi;
Ikkinchisi — stimullashtirish tizimi;
Uchinchisi — stabilizasiyalash tizimi;
To‘rtinchisi — indikasiyalash tizimi.


Shaxsning an a shu sosial ahamiyatga ega b o ig an barcha sifatlari 
ijtimoiy taraqqiyotning yuksak ongli faoliyatchisi sifatidagi shaxsning 
xulq-atvori va xatti-harakatlarini belgilaydi.
Birinchi tizimning hosil bo'lishida analizatorlar o‘rtasidagi doimiy 
tabiiy aloqani aks ettiruvchi filogenetik mexanizmlar katta rol o‘ynaydi. 
Biroq, bu ilgari yuqorida ta ’kidlab oHganimizdek, ontogenez pro- 
sessida filogenetik analizatorlar o‘rtasidagi aloqa vaqtli aloqalar bilan 
organik jihatdan q o ‘shilib keladilar. Bunda, mazkur tizimning ichida 
perseptiv tizimiga o ‘tib ketadigan yuksak darajada integrasiyalangan 
m aium ichki sensor komplekslami hosil qiladi. Bunday komplekslar 
qatoriga nutq, eshitish, ko‘rish hamda sensom otor komplekslami 
kiritish mumkin. M ana shu komplekslaming hammasi odamning hayot- 
faoliyati jarayonida o ‘zaro bir-biri bilan doimiy aloqaga kirishib, sen- 
sor-perseptiv uyushishning yagona funksional dinamik tizimini yaratadi. 
Insonning sensor-perseptiv jihatlari doimo takomillashib boradi.
Ikkinchi tizim barqaror psixik holatlami o ‘z ichiga oladi. Bu ho- 
latlar bolaning aniq maqsadni ko‘zlovchi va foydali faoliyatning ongli 
subyekti sifatida bola boshlagan ilmlarining dastlabki yillaridayoq 
shakllana boshlaydi. Tem peram ent, intellekt, bilim va munosabat ana 
shunday xususiyatlar jumlasiga kiradi.
Uchinchi tizim — shaxsni arbob sifatida stabilizasiyalash tizimidir. 
Yo‘naltirilganlik, qobiliyat, mustaqillik va xarakter uning tarkibiy 
qismini tashkil etadi.
Yo‘naltirilganlik bilim, munosabatlaming hamda shaxsning xulq- 
atvori va xatti-harakatlarida ijtimoiy ahamiyat etakchilik qilgan motiv- 
laming bir butun ekanligida o‘z ifodasini topadi. Bu xususiyat odamning 
dunyoqarashi, qiziqishJari va m a’naviy ehtiyojlarida namoyon boiadi.
Yo‘naltirilganlik strukturasida g‘oyaviy e ’tiqod katta rol o‘ynaydi. 
G ‘oyaviy e ’tiqod — bu bilimning, o‘sha shaxsga xos boigan intellektual, 
emosional va iroda sifatlarining sintezi, g‘oyalar va xatti-harakatlar 
bir butunligining negizidir.
To‘rtinchi tizim o ‘z ichiga shunday xususiyatlar, munosabatlar 
va xatti-harakatlam i oladiki, ularda real shaxslaming ijtimoiy „o ‘y 
fikrlari va his-tuyg‘ulari“ aks ettiriladi. U lar bu shaxslaming siyosiy 
jihatdan ongli, ijtimoiy taraqqiyotning mas’ul arboblari sifatida xulq- 
atvorini belgilab beradi. Bunga gumanizm, kollektivizm, optimizm va 
mehnatsevarlik fazilatlari kiradi.


„Shaxs“ tushunchasi psixologiyada eng ko‘p q o ‘llaniladigan 
tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya o‘iganadigan barcha fenomenlar 
aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson ruhiy olami 
qonuniyatlari bilan qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi ham 
shaxsning ijtimoiyligi va aynan jamiyat bilan bo‘lgan aloqasi masalasini 
chetlab o ‘tolmaydi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, „Homo sapiens“ — „aqlli zot“ 
tushunchasini o'zida ifoda etuvchi jonzotning paydo bo‘lganiga taxminan 
40 ming yildan oshibdi. Bu davrda olimlaming e’tirof etishlaricha, 16 
ming avlod almashgan emish. Darvin ta’biri bilan aytganda, tabiiy tanlanish 
jarayonida er yuzida saqlanib qolgan minglab millat va elatlaming keyingi 
davrdagi taraqqiyoti ko‘proq biologik omillardan ko‘ra, ijtimoiy-sosial 
omillar ta’sirida ro‘y bermoqda. Shuning uchun ham har bir individni 
yoki shaxsni o‘rganish masalasi uning bevosita ijtimoiy muhiti va uning 
ijtimoiy normalari doirasida o‘rganishni taqozo etadi.
Sosial yoki ijtimoiy m uhit — bu insonning aniq maqsadlar va 
rejalar asosida faoliyat ko‘rsatadigan dunyosidir. M azm unan har bir 
insonning shu ijtimoiy olam bilan aloqasi uning insoniyat tajribasi, 
madaniyati va qabul qilingan, tan olingan ijtimoiy xulq normalari 
doirasidagi harakatlarida nam oyon bo‘ladi.
Psixologiya ilmining namoyondalari bolm ish olim lam ing butun 
bir avlodi ana shu shaxs va jam iyat aloqalari tizimida insonning tub 
mohiyatini anglash, uning rivojlanishi va kamol topishi qonuniyatlarini 
izlaganlar. Abu Nasr Farobiy, A. Navoiy, Ibn Sino, Beruniy kabi 
yuzlab Sharq allomalari ham bu o ‘zaro bog‘Iiqlikning falsafiy va ijtimoiy 
sirlarini ochishga o ‘zlarining eng durdona asarlarini bag‘ishlaganlar. 
Barcha qarashlarga umumiy b o ‘lgan narsa shu b o ‘Iganki, odam ni, 
uning mohiyatini anglash uch u n aw alo, uning shu jam iyatda to ‘tgan 
o ‘m i va mavqeini bilish zarur. Shaxsni o‘rganishning birlamchi mezoni 
ham shundan kelib chiqqan holda, uning ijtimoiy mavqei, ijtimoiy 
m unosabatlar tizimidagi o ‘m i bilan belgilanishi kerak.
Demak, inson jamiyat a’zosi sifatida uning normalariga bo‘ysunadi, 
uning kutishlariga javob berishga harakat qiladi va o ‘z xulqini uning 
talablariga monand qilishga intiladi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, 
shaxs fenomeniga ta ’rif berish mumkin.
Shaxs — 

Download 5,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish