‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi b. M. U m a r o V psixologiya



Download 5,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/96
Sana30.04.2022
Hajmi5,98 Mb.
#595873
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   96
Bog'liq
hjacki 440 Psixologiya (Umarov B.M.)

Ijtimoiy
sanksiyalar
— normalaming shaxs xulqida namoyon boiishini nazorat 
qiluvchi jazo va rag‘batlantirish mexanizmlari boiib, ulaming borligi 
tufayli biz h ar bir alohida vaziyatlarda ijtimoiy xulq norm alarini 
buzmaslikka, jamoatchilikning salbiy fikri ob’ektiga aylanib qolm as- 
likka harakat qilamiz. Masalan, yuqoridagi misolda, agar ja m o a t 
transportida katta m o‘ysafid kishiga o ‘rin bo‘shatishni norm a deb q a- 
bul qilmagan o ‘smirga nisbatan ko‘pchilikning ayblov ko'zi bilan 
qarashi, yoki og‘zaki tanbeh berishi, ju d a kam hollarda o ‘zini bebosh 
tutayotgan o ‘smim ing qo‘lidan tutib, nim a qiiish kerakligini o ‘rgatib, 
„ko‘zini moshday qilib ochib qo‘yish“ ijtimoiy sanksiyaning hayotdagi 
bir ko‘rinishidir.
Har b ir alohida shaxs jam iyat tom onidan ishlab chiqilgan va 
qabul qilingan ijtimoiy normalar va sanksiyalami u yoki bu ijtim oiy 
rollami bajarishi mobaynida xulqida namoyon etadi. 
Rol —
shaxsga 
nisbatan shunday tushunchaki, uning konkret hayotiy vaziyatlardagi 
huquq va burchlaridan iborat harakatlari majmuini bildiradi. M asalan, 
talaba rolini oladigan bo‘lsak, uni bajarish — u yoki bu oliy o ‘quv 
yurtida tahsil olish, uning moddiy bazasidan foydalanish, kutubxonasiga 
a ’zo bo'lish, stipendiya olib, m a’muriyatning ijtimoiy him oyasida 
b o iish kabi qator huquqlar bilan birgalikda o‘sha oliygoh ichki ta r-


tib-intizomi normalariga so‘zsiz bo‘ysunish, darslarga o‘z vaqtida kelish
reyting baholov talablari doirasida kundalik o'zlashtirishni bajarish, 
amaliyotda bo‘lish, dekanatning bergan jamoatchilik topshiriqlarini 
ham bajarish kabi qator burchlam i ham o‘z ichiga oladi. Bu rol uning 
uyga borgach bajaradigan „farzandlik“ roli (ota-ona, yaqin qarin- 
doshlar oldida) talab va imtiyozlaridan farq qiladi. Ya’ni, konkret 
shaxsning o‘ziga xosligi va qaytarilmasligi u bajaradigan turli-tuman 
ijtimoiy rollaming xarakteridan kelib chiqadi. Shunga ko‘ra, kimdir 
„tartibli, ba’mani, fozil, axloqli va odobli“ deyilsa, kimdir be’mani, 
bebosh, o ‘zgaruvchan, ikki yuzlamachi (ya’ni, bir sharoitda juda 
qóbil, boshqa yerda betartib) degan hayotiy mavqega ega bo‘lib qoladi.
Hayotda shaxs bajaradigan ijtimoiy rollar ko‘pligi sababli ham, 
turli vaziyatlardagi uning mavqei - statusi ham turlicha bo‘lib qoladi. 
Agar biror rol shaxs ijtimoiy tasawurlari tizimida uning o‘zi uchun 
o ‘ta ahamiyatli bo'lsa (masalan, talaba roli), u boshqa rollami unchalik 
qadrlamasligi va oqibatda, o‘sha vaziyatda boshqacharoq, noqulay va 
noboproq mavqeni egallab qolishi mumkin. Qolaversa, rollaming ko‘pligi 
ba’zan rollar ziddiyatini ham keltirib chiqarishi mumkinki, oqibatda — 
shaxs ichki ruhiy qiyinchiliklami ham boshdan kechirishi mumkin.
Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va bozor munosabatlari sha- 
roitidagi raqobat m uhiti shaxsdan bir vaqtning o ‘zida qator qobi- 
liyatlar va malakalarni talab qilmoqdaki, ayniqsa, yoshlar o'zga- 
ruvchan sharoitlarga tezroq moslashish uchun b a ’zan bir-biriga zid 
xislatlami ham xulqda nam oyon qilishga majbur b o ‘lishmoqda. M a­
salan, yosh oila boshligi, talaba, ota-onalarga moddiy jihatdan qaram 
bo‘lmaslik uchun, bir vaqtning o‘zida ham itoatkor, intizomli talaba 
va ishdan keyin esa — chaqqon va uddaburon, tadbirkor, tijoratchilik 
bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lishi mumkin.
7.4. S haxs ijtimoiylashuvining asosiy mezonlari
Ijtimoiylashuvning institutlaridan tashqari uning oqibati masalasi 
ham psixologiyada m uhim amaliy ahamiyatga ega. Shaxs ijtimo­
iylashuvining eng asosiy mahsuli — bu uning hayotda o ‘z o‘m ini 
topib, jamiyatga m anfaat keltiruvchi faoliyatlarda ishtirok etishidir. 
S hu n u q tai n azard an olib qaralganda, shaxsning yo'nalganligi 
masalasiga ham fanda katta e ’tiborberiladi.

Download 5,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish