ijtimoiy va shaxslararo munosabatlaming mahsuli, ongli
faoliyatningsubyekti bo‘Imish individdir.
Shaxsga taalluqli b o ‘lgan eng
muhim tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy m unosabat-
larga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham ob’ekt,
ham subyekt b o ‘lishligidir.
Shaxsga taalluqli b o lg a n fazilatlardan eng muhimi shuki, u shu
tashqi, ijtimoiy ta’sirlami o‘z ongi va idroki hilan qabul qilib (ob’ekt-
ni), so‘ngra shu ta ’sirlaming subyekti sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Oddiy
qilib aytganda, inson bolasi ilk yoshlikdanoq „mening hayotim “ ,
„bizning dunyo“ degan ijtimoiy muhitga tushadi. Bu muhit o‘sha biz
bilgan va har kuni his qiladigan siyosat, huquq, axloq olamidir. Bu
muhit — kelishuvlar, tortishuvlar, hamkorliklar, an’analar, udumlar,
turli xil tillar olami bo‘lib, undagi ko‘plab qoidalarga ko'pchilik mutloq
qo‘shiladi, ba’zilar qisman qo‘shiladi. Bu shunday qoidalar va normalar
o la m ik i, ularga b o ‘ysunm aslik jam iyat tom onidan q o ralanadi,
ta ’qiblanadi. Shulardan kelib chiqadigan xulosa shuki, shaxsjamiyatga
nisbatan barcha tartib-qoidalarni qabul qiluvchi subyekt bo‘lsa,
j a
m iyat
—
ijtimoiy intizom va tartibning, madaniyatning mufassai
k o 4rinishidir.
Shaxs ijtimoiy xulqiga turli tashqi kuchlar ta’sir qiladi: siyosiy,
mafkuraviy, iqtisodiy, m a’naviy, axloqiy va boshqalar. Bu ta ’sirotlar
m ohiyatan, aslida jam iyat a’zolari bo‘lmish shaxslar o‘rtasidagi o ’zaro
m unosabatlam ing ayrim alohida yo‘nalishlarini belgilab beradi.
Shunday qilib, shaxs turli ijtimoiy munosabatlar tizimi ta’sirida
b o ‘ladi va ko‘plab ijtimoiy institutlar (oila, mahalla, o ‘quv maskan-
lari, m ehnat kollektivlari, norasmiy tashkilotlar, din, san’at, mada-
niyat va boshq.) bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, shaxsdagi turli g‘oyalar,
fikrlar va mafkura, mafkuraviy munosabatlar tizimi ta’sirida shakllanib,
ular bevosita oila, bog‘cha, maktab, boshqa o‘quv va tarbiya muas-
sasalari orqali ongga singdiriladi. Agar bu ta’sir uning e’tiqodi darajasiga
ko‘tarilsa, va unda yana yangidan-yangi fikrlar va g‘oyalaming paydo
b o ‘lishi, o ‘sishiga olib kelsa, shaxs taraqqiyoti jarayonida shunday
faoliyat sohasini tanlaydiki, o ‘z qobiliyatlari, malaka va ko‘nikmalarini
rivojlantira borib, ziyoli sifatida yo o‘qituvchi, yoki vrach, yoki o!im,
kashfiyotchi, m uhandis bo‘lib, elu yurtiga xizmat qiladi.
Iq tiso d iy m u n o sab atlar ham shaxs ongi va un ing insoniy
xususiyatlari shakllanishida katta rol o ‘ynaydi. Masalan, bosqichma-
bosqich bozor m unosabatlariga o ‘tayotgan 0 ‘zbekiston sharoitini
oladigan b o ‘lsak, yangicha iqtisodiy o‘zgarishlar, bozor, raqobat,
legalizasiya va shunga o‘xshash yangiliklar har bir shaxsning moddiy
boyliklar va ularga bo'lgan shaxsiy munosabatlarida aks etib, uning
iqtisodiy ongi, tafakkuri va iqtisodiy xulqi normalarini belgilaydi.
Ijtim oiy norma
— shaxs h a y o tid a shunday k ategoriyaki, u
jamiyatning o ‘z a ’zolari xulq-atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va
ko‘pchilik tom onidan e’tirof etilgan harakatlar talablaridir. M asalan,
o‘zbeklar uchun biror xonaga kirib kelgan insonning kirn bo‘lishidan
qat’iy nazar,
„Assalomu alaykum
“ deb kelishi — norma; o'quvchining
o‘qituvchi bergan topshiriqlami bajarishi lozimligi — norma; xotinning
er hurmatini o ‘miga qo‘yishi, qaynonaga gap qaytarmaslik — norm a;
avtobusda yoki boshqa jam oat transportida kichikning kattalarga,
nogironlarga o ‘rin bo‘shatishi — norm a, va hakozo. Bu norm alam i
ayrim - alohida odam ishlab chiqmaydi, ular bir kun yoki bir vaziyatda
ham ishlab chiqilmaydi. U lam ing paydo bo‘Iishi ijtimoiy tajriba,
hayotiy vaziyatlarda ko‘pchilik tom onidan e ’tirof etilganligi fakti bilan
xarakterlanadi, har bir jamiyat, davr, millat va ijtimoiy guruh psixo-
logiyada muhrlanadi.
Ijtimoiy normalaming u yoki bu davrda, u yoki bu toifa vakili
bo‘lmish shaxs tomonidan qay darajada bajarilishi yoki unga am al
qilinayotganligi ijtimoiy sanksiyalar orqali nazorat qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |