‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi b. M. U m a r o V psixologiya



Download 5,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/96
Sana30.04.2022
Hajmi5,98 Mb.
#595873
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   96
Bog'liq
hjacki 440 Psixologiya (Umarov B.M.)

fjtimoiylashuv jarayonida shaxs faoliyatini yunaltirib turadigan
va real vaziyatlarga nisbatan turg‘un, barqaror motivlar majmuiga
ega b o ‘lishlik shaxsning yo'nalganligi deb aíaladi.


Yo‘nalganlikning eng muhim tarkibiy qismlarini quyidagilar tashkil 
etadi:
Quyidagi 13-rasmda shaxs yo‘nalishlarining sxematik ko‘rinishi 
bayon etilgan.
13-rasm. Shaxsning yo‘nalishlarining eng muhim tarkibiy qismlari
M as’uliyat.
Bu ijtimoiylashuv jarayonida shaxsning etukligini 
belgilovchi muhim ko‘rsatgichlardan sanaladi. Oxirgi yillarda G ‘arb va 
rus psixologiyasida nazorat lokusi nazariyasi (teoriya lokusa kontrolya) 
keng tarqaldiki, unga ko‘ra, har bir insonda ikki tipli mas’uliyat 
kuzatiladi.
Birinchi tipli m as’uliyat shundayki, shaxs o ‘zining hayotida ro‘y 
berayotgan barcha hodisalaming sababchisi, mas’uli sifatida faqat o‘zini 
tan oladi. („M en o ‘zim barcha narsalarga mas’ulman. Mening hayotim 
va yutuqlarim faqat o‘zimga bog'liq, shuning uchun o‘zim uchun 
ham, oilam uchun ham o ‘zim javob beram an“ ).
Mas’uliyatlilikning ikkinchi turi undan farqli, barcha ro‘y bergan 
va beradigan voqea, hodisalaming sababchisi tashqi omillar, boshqa 
odamlar (ota-ona, o ‘qituvchilar, hamkasblar, boshliqlar, tanishlar 
va boshqalar).
Maqsadlar va ideallar.
Maqsad va rejasiz inson — m a’naviyatsiz 
pessimistdir. Bu maqsadlar doimo o‘zining anglanganligi va shaxs real 
imkoniyatlariga bog‘liqligi bilan xarakteralanadi. Ulam ing shakllanishi 
va ongda o ‘mashishida m a’lum ma’noda ideallar ham roi o‘ynaydi. 
Ideallar — shaxsning hozirgi real im k o n iy atlari chegarasidan 
tashqaridagi orzu-umidlari bo‘lib, ongda mavjudligi va har doim ham 
amalga oshmasligi bilan xarakterlanadi. Chunki ulaming paydo bo‘lishiga 
sabab bevosita tashqi muhit bo‘Iib, o‘sha ideallar ob’ekti bilan shaxs 
imkoniyatlari o ‘rtasida tafovut bo‘lishi mumkin. M asalan, o‘smiming 
ideali otasi, u otasiday mashhur va el suygan yozuvchi bo‘Imoqchi. 
Bu orzuga yaqin kelajakda erishib bo'lmaydi, leldn aynan ana shunday


ideallar odam ga maqsadlar qo‘yib, unga erishish yo‘lidagi qiyin- 
chiliklami yengishga irodani safarbar qilishga yordam beradi.
Qiziqishlar va e ’tiqod.
Qiziqishlar ham anglangan motivlardan 
bo‘lib, ular shaxsni atrofida ro‘y berayotgan barcha hodisalar, olamlar, 
ulaming o ‘zaro munosabatlari, yangiliklar borasida faktlar to ‘plash, 
ulami o‘rganishga imkon beruvchi omildir. Qiziqishlar mazmunan 
keng yoki tor, m aqsad jihatidan professional, bevosita yoki bilvosita 
bo‘lishi, vaqt tom ondan barqaror, doimiy yoki vaqtinchalik boiishi 
mumkin. qiziqishlam ing eng muhim tom oni shundaki, ular shaxs 
dunyoqarashi va e ’tiqodini shakllantirishga asos bo‘ladi. Chunki e’tiqod 
shaxsning shunday ongli yo‘nalishiki, u insonga o ‘z qarashlari
prinsiplari va dunyoqarashiga mos tarzda yashashga imkon beradi. Xalq 
doimo e’tiqodli insonlam i hurmat qiladi. E’tiqodning predmeti turlicha 
bo‘lishi m um -kin — Vatanga e’tiqod, dinga, fanga, kasbga, axloqiy 
normalarga, oilaga, go‘zallikka va shunga o ‘xshash.
Insonning insonligi, uning jamiyatdagi mavqei va nufuzi m a iu m
m a’noda undagi e ’tiqodlilik darajasi bilan belgilanadi. Ayrim insonlar 
butun umri m obaynida faqat bitta narsaga e ’tiqod qiladilar. Masalan, 
Mir Alisher N avoiyning butun hayoti xalqqa va millatga fidoiylikning 
namunasi sifatida, turkiy xalqlar adabiyotiga asos solishga bag'ish- 
langanligi, Im om Buxoriy, Ibn Sino singan buyuk allomalaming turli 
tazyiqlarga qaram ay ilm va ijod yo‘lidagi qat’iyatlari, erishgan yutuqlari 
e’tiqodlilikning yorqin namunasidir.
Demak, agar insonda biror narsaga e’tiqod shakllangan b o isa, 
undan yaxshi inson b o iib , odamlarga nafi tegishiga umid qilish mumkin. 
Lekin e ’tiqodsizlikdan qo‘rqish kerak. Agar atrofimizda biror bir 
narsaga aniq ishonmaydigan, maqsad-maslagi yo‘q kishini ko‘rsangiz, 
unga yordam b e rish y o iin i izlash kerak, chunki bu odam dagi 
e ’tiqodsizlik nafaqat uning o‘ziga, balki atrofdagilarga ham faqat salbiy 
ta’sir ko‘rsatadi. E ’tiqodli inson aw alo o ‘zgalarga ziyon keltiruvchi 
amallardan o ‘zini tiyadi, yolg‘on gapirmaydi. Unda har doim o lafz 
b o ia d i, ya’ni b ir nrasani qilaman, deb ahd qilsa, albatta, butun 
kuchi va iqtidorini safarbar qilib, uni bajaradi, boshlagan ishini oxiriga 
yetkazadi. E’tiqodli inson nima qilayotganini, nima uchun aynan shu 
ishni qilayotganligini ju d a yaxshi anglaydi. Shu tufayli haqiqiy e’tiqodli 
inson ilmga intiladi, o ‘z hayotining mazmun-mohiyatini tushunishga 
intiladi, go‘zallik yaratish, har tomonlama barkamol bo‘lishga tirishadi, 
yaxshilarga oshno b o iish , buyuklikka havas uning hayotiy shioriga 
aylanadi. Haqiqiy e ’tiqod sohibida sog‘lom fikr bo‘lib, bu fikr orqali 
u in so n iy a tn in g um rboqiyligini idrok etad i, o ‘zidan oilasiga
178


farzandlariga nimadir qoldirib ketishni istab yashaydi. Shuning uchun 
ham e ’tiqodlilik — shaxsdagi ju r’at, mardlik, fidoiylik, iroda, vijdon, 
qat’iyat, halollik, isnonparvarlik, vatanparvarlik kabi qator ijobiy 
sifatlar bilan bog‘liqdir.
Iymon.
(„Iymon“ arabcha so‘z bo‘lib, lug‘aviy m a’nosi „ishon- 
chdir“ . Haqiqiy e’tiqodli odam da iymon ham bo‘Iadi.)
Iymon keltirish yoki ishonch shunday psixologik holatki, unda 
shaxsning e’tiqodiga mos keladigan, biror konkret narsa va hodisalar 
ta ’sirida ongda o‘mashib qoladigan tasavvurlar majmui etakchi rol 
o ‘ynaydi. Iymon ob’ekti ko‘pincha shaxs tom onidan chuqur tahlil 
qilinmaydi, tekshirilmaydi, chunki unda insoniyat tajribasi, shaxs 
e ’tiqod qilgan ijtimoiy guruhning qarashlari mujassam bo‘ladi.
Iymon tushunchasiga faqat diniy tushuncha sifatida qarash to ‘g‘ri 
emas. Chunki har kungi faoliyatida insonlarga nafi tegadigan amallar, 
savob ishlar qilish, solih xulq sohibi bo‘Iish, oilasi, yaqinlariga m ehr- 
muhabatini ayamaslik, jamiyatdagi xulq normalarini qalban his qilib, 
ulami buzmaslikka intilish ham iymondan ekanligini unutmaslik kerak. 
Agar bola yoshlikdan go‘zal xulqlarga ergashsa, m usulm onchilik 
odatlari, xushxulqlilik tamoyillarini o‘zlashtirib borishga ruhan tayyor 
bo‘lsa, uni iymonli bo‘lib tarbiya topayapti, deyish mumkin.

Download 5,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish